Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi


Download 0.77 Mb.
bet31/87
Sana16.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1497374
TuriKompozisiya
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87
Bog'liq
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

boshlovchi: Kamol et kasbkim olam uyidin

Senga farz o'lmag'ay g'amnok chiqmoq
Jaxondin notamom o'tmak beaynix
Erur hamomdin nopok chiqmoq.

  1. boshlovchi: Xar kimsaki, so'z demak shiorida durur

Ma'no guli nutqning baxorida durur
So'zkim demasun ulki, ixtiyorida durur
So'z yaxshilig'i chu ixtisorida durur

  1. boshlovchi: Biz buyuk Navoiy avlodi bo'lganimiz bilan iftixor qilamiz, hozirgi avlod ham kelgusi avlod ham hazrat asarlaridan chinakam baxramand bo'lgan avlod bo'lib yetishib chiqadilar.

  2. Boshlovchi: Ular har bir so'zlarida hazrat bundoq deganlar deya, ulug' shoir baytlaridan o'qib o'z fikrlariga tayanch topadilar.

Hamma: Haq yo'linda Kim senga bir harf o'qitmish ranj ila
Aylamak bo'lmas ado aning haqin yuz ganj ila.

«Navoiyxonlik kechasi»
Assalomu alaykum aziz mehmonlar biz sizlar bilan bu yerga yig’ilishimizdan sabab buyuk siymolarni yod etishdir.
Mustaqil O’zbekistonimizda bobokalonimiz A.Navoiyning 571 yilligi nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan bizning guruhimiz bolalari «Navoiyxonlik kechasi»ni tayyorlab kelishgan. Marhamat tomosha qiling.
Mumtoz kuy ostida Husayn Boyqaro va vazir janoblari kirib keladi.
Vazir: Bir qoshiq qonimdan keching, ne bo’ldi shoxim, nechun g’amginsiz?
Husayn Boyqaro: Ko’nglim nenidir istaydur, lekin bilmaydurmen.
Vazir: Menda bir fikr bor. Agar ruxsat bersangiz saroy ahlini chaqirtirsak.
Bolalar musiqa ostida kirib kelishadi.
Vazir: Sizlarni yig’ishimdan maqsad shoximizning ko’ngli nimadir istamoqda, lekin ko’ngillariga yo’l topa olmayapmiz. Kimda kim shoximizni xushnud qila olsalar shohimiz ul kishini taqdirlaydilar.
Vazir: Vazir janoblari menda bir she’r bor.
Vazir: Qani eshitaylik.
Ko’p jahongir ko’rgan bu dunyo
Hammasiga yer osti guvoh
Lekin do’stlar she’r ahli aro
Jahongiri kam bo’lar rosti
Besh asrki nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she’r
Temur tig’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher
Dunyo bo’ldi chamanim manim
O’zbekiston Vatanim manim.
Vazir: Vaziri olam menda bir taklif bor.
Vazir: Qani -qani qanaqa taklif ekan?
Vazir: Hozir bir daqiqa. Men shoximizga dunyodagi eng chiroyli gullarni keltirdim.
Shox yuzini o’girib oladi.
Vazir: Sovg’angiz shoximizga yoqmadi.
Shu payt vazirlar, saroy a’yonlari bir-birlari bilan shivirlashib maslahatlashadilar.
Vazir: Shoxim do’stingiz Mir Alisher tashrif buyurdilar.
Keling-keling Mir Alisher. Men shoximizga xushbo’y nonlardan keltirdim.
Shoh: Barakallo, ofarin, oh-oh!
Shoh o’rnidan turib: Non isidek xushbo’y hid bu dunyoda yo’qdir. Bu ne’matdan keeling, sizlar ham tatib ko’ringlar.
Boshlovchi: Shunday qilib Mir Alisherning sovg’asi shohimizga manzur bo’ldi. Bolajonlar, shunday qilib mehmonlarimizga Alisher Navoiy bobomiz haqida qisqacha ma’lumot berib o’tsak.
Alisher Navoiy buyuk mutafakkir, shoir, olim, davlat arbobi bo’lgan, u 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug’ilgan. Otasi G’iyosiddin Kichkina, onasi esa Amirzodaning qizi bo’lgan.
Yosh Alisher 9 yoshidanoq she’rlar yoza boshlagan, Farididdin Attorning «Qush tili» asarini yod olgan Navoiy o’z asarlariad insonlarni yaxshilikka, halol mehnat qilishga, Vatanni sevishga chaqiradi.
Alisher Navoiy 60 yil umr ko’rdi. Ammo nihoyatda ko’p kitoblar yozishga ulgurdi. Uning eng yirik asarlaridan biri «Xamsa» dostonidir.
«Xamsa» dostoni 5 asarni o’z ichiga oladi.

  1. «Hayrat-ul abror»

  2. «Farhod va Shirin»

  3. «Layli va Majnun»

  4. «Sabbai sayyor»

  5. «Saddi Iskandariy»

Boshlovchi: Aziz bolajonlar Alisher Navoiy bobomiz haqida qisqacha bo’lsada ma’lumot berib o’tdingiz. Ana endi Navoiy bobomiz haqidagi she’rlardan eshitamiz.



Hirot tuprog’ida voyaga yetgan
Qush tili so’zlarin munavvar etgan
Yillar to’zonidan sog’-omon o’tgan
Navoiy bobomlar buyuk odamlar.



«Xamsa»si ko’ngilni shamdek yoritgan
Tilimizni ko’rkam boy etgan.
Mag’ribu mashriq ham iftixor etgan
Alisher bobomlar buyuk odamlar.



Mir Alisher otam zabondir


Umri boqiy omon-omondir
G’azallari fidoyi jondir.
Navoiy bobomlar buyuk odamlar.
Raqs: Qizlar ijrosida
Boshlovchi: Alisherning onasi bilan muloqoti.



Bilmam qanday ayol bo’lgan
Alisherning onasi
Balki uning aqliga ham
Lol qolgan zamonasi
Balki uning ko’zlarida
Bo’lgan og’ir bir hayol
Balki g’amgin bir zotdir u
Balki sho’xchan bir ayol.

Balki buyuk farzandiga
Terib kelgan chechaklar
Balki tunlar unga bedor
Aytib bergan ertaklar
Mayliga u kim bo’lmasin
Yolg’iz bir so’z ma’nosi
Alisherning onasi u
Navoiyning onasi.

Alisherning onasi: Mir Alisher o’g’lim qo’lingdagi qanday kitob?


Alisher: Payg’ambarimizning hadis kitoblari onajon! Hadislardan yod olgan edim, o’qib beraymi?
Alisherning onasi: Qani o’g’lim eshitaylik.
Alisher: «Oralaringizda salom berishni tarqatinglar, bir-birlaringga muhabbatlaring ziyoda bo’lsin. Salomdan oldin gap boshlamanglar. Mo’minning afzali xulqi yaxshirog’idir» - degan ekanlar.
Alisherning onasi: Barakallo Mir Alisher Payg’ambarimizhadislarin doim yodda tutgin.
Ikkalasi chiqib ketishadi.
Boshlovchi: Endi Alisher Navoiyning hikmatli so’zlaridan eshitamiz.



Odam borki odamlarning naqshidir
Odam borki hayvon undan yaxshidir.



Olamdan g’amsiz o’tay desang
Ilmu hunar o’rgan.



Odami ersang demagil odami
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.



Hunarni asrabon netgumdir axir
Olib tuproqqami ketgumdir axir.



Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila


Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Turk nazmida chu men tortib alam
Ayladim ul mamlakatni yak qalam.
Boshlovchi: Ana endi navbatni sahna ko’rinishiga beramiz.
Vazir: Choy iching, shoxim.
Shoh: Rahmat
Vazir: Mirshablar davraga raqqoslarni taklif qiling shohimiz bir oz hordiq chiqarsinlar.
Raqs: «Arabcha»
Shoh: Bo’ldi bas, yetar ko’nglim kimnidir istayapti.
Vazir: Do’stingiz Mir Alisherni huzuringizga chorlay-mi shohim?
Shoh: O’zlari qayerdalar?
Vazir: Navoiy do’stingiz bog’dalar.
Shoh: Qani Vazir janoblari do’stim Alisherni huzurimga chorlang.
Vazir chiqib ketadi.
Shoh choy ichib kitob varaqlab o’qib turadi.
Davraga Alisher va Vazir kirib keladi.
Alisher: Assalomu alalkum shohim.
Shoh: Keling, keling vaalaykum assalom, xush ko’rdik.
Nechun do’stim shoirlar majlisida ko’rinmay qoldingiz desam bog’bonlik qilayotirsizmi?
Alisher: -»Ko’klam kelsa ko’chat ek» - degan ekan mashoyixlar. Bog’imizdagi qurigan olma daraxtlari o’rniga yangi yong’oq ko’chatlarini ekadurmen.
Shoh: -Ey do’stim, sizga bog’ qilishning ne hojati bor? Axir bu yong’oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon yeysiz. Keksalik gashtini shu bog’dagi soya-salqinda g’azal bitib o’tirsangiz bo’lmaydirmu?
Alisher: «Yaxshidan bog’ qoladi» degan naqlni eshitmaganmisiz do’stim? Men bu ko’chatlarni o’zim uchun emas, bizdan keyingi avlodlar ham mevasidan bahramand bo’lishini istaydurmen. Bu bog’ Alisherdan qolgan desalar qanday yaxshi.
Shoh: Ofarin! Do’stim saxovatingizga qoyil qoldim. Mana buni olib qo’ying.
(Sandiqchadan olib beradi)
Alisher: Ana ko’rdingizmi, ekayotgan ko’chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi.
Shoh: Hozirjavobligingizga qoyilman, ofarin yuring do’stim bog’ingizga.
(Chiqib ketadi)
Boshlovchi: Navbat endi Navoiy bobomiz g’azallari va ruboiylariga.



Jondin seni ko’p sevarman ey umri aziz
Sondin seni ko’p sevarman ey umri aziz
Har neni sevmoq sendin ortiq bo’lmas
Ondin seni ko’p sevarmen ey umri aziz.



Ham so’z ila elga o’limdan najot
Ham so’z ila topib o’likdan hayot
Ganch berib bo’lmas ekan tutsa ko’z
Ulga qilur vaqtida bir yaxshi so’z.



G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish
Oltin qafas ichra qizil gul bitsa
Bulbulga tikondek oshyon bo’lmas emish



Boshni fido ayla ato qoshig’a
Jismni qil sadqa ano boshig’a
Ikki jahoningga qilarsan fazo
Hosil et ushbu ikkisin rizo.



Tunu-kuning aylagin nurafshon
Birisin oy angla birisin quyosh
So’zlaridan qo’yma qadam tashqari
Hadlaridan qo’yma qadam tashqari



Turk nazmida gulin tortib alam
Ayladim ul mamlakatni yak qalam.



Mana shu bilan «Navoiyxonlik kecha»miz ham o’z nihoyasiga etdi.E’tiboringiz uchun rahmat.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling