Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi


Download 0.77 Mb.
bet41/87
Sana16.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1497374
TuriKompozisiya
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
Bog'liq
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

Adabiyotshunos:
Olis yulduzlarning nuri ular so`nganidan keyin ham ming-ming yillar mobaynida ona-Erimizga yog`ilib turar ekan.
Mir Alisher o`z davridayoq buyuk daholar safidan mustahkam o`rin olib, o`zbek nomini jahonga mashhur qilib, ona xalqimiz timsoliga aylandi, uning ummon qadar bepoyon ijodidan har kim o`z iste'dodiga yarasha bahramand bo`ladi. Zero, Navoiyning har bayti hikmatli bir kitob.
Biz shunday ulug` mutafakkir shoirimiz borligidan faxrlanamiz, iftixor qilamiz. Bugungi tadbirimiz Navoiyga, she'riyat dahosiga bo`lgan ehtiromimizning bir ko`rinishidir.
Barchamizga, adabiyot ahllariga she'riyat bayrami muborak bo`lsin.
Birin-ketin o`tib borar asrlarning karvonlari,
Oh, nechog`lik xatarlidir uning oshar dovonlari,
Inson zoti murodiga azal-abad yetar edi.
Ushalsa gar umidvor zot Navoiyning armonlari,
Fursat keldi do`stu g`anim kimligini bilay bu kun.
Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,
Ko`kka boqib sahar chog`i iltijolar qilay bu kun,
Nurga to`lsin aziz bobom, Navoiyning makonlari.
Barcha kechada qatnashganlar boshlovchilar tomonidan rollari bilan tanishtirilib, sahnaga taklif etiladilar.
***



Namangan viloyati Davlatobod tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 23-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
MURADOVA FERUZA TOXIROVNAning

Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar, aziz bolajonlar. Bugun Alisher Navoiy bobomizning tavallud topgan kunlari munosabati bilan ularning eng yaxshi fazilatlari, xalqimizga ko’rsatgan ehtiromlari haqida eslab o’tamiz, u kishining yozgan asarlari bilan tanishamiz. Hozir men sizlarga Alisher Navoiy bobomiz haqida bir rivoyatni aytib beraman.


Ilgari zamonda G’iyosiddin Kichkina degan kishining Alisher ismli o’g’li bo’lgan ekan. U yoshligidan uddaburon, ziyrak bo’lib o’sibdi. 9 yoshidan she’rlar yoza boshlabdi. Alisher bir kuni yangi she’rini boqqa chiqib o’qiy boshlabdi. Yosh shoirning mayin qo’ng’iroqday ovozi daraxt shoxida o’tirgan bulbulni o’ziga maftun etibdi.
Qushcha darhol uning yelkasiga qo’nib – Ey xushovoz shoir, sen o’qigan she’rlar bulbullarning erta tongdagi navosidan ham yoqimli ekan. Endi o’zingga chiroyli bir tahallus tanlab, she’rlaringni oxiriga o’shani qo’yib ketgin debdi. Alisherga bulbulning boyagi “navo” degan so’zi yoqib qolibdi. Shundan keyin yozgan g’azallarining tagiga “Navoiy” deb yozib qo’yadigan bo’libdi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling