Bulbul: - Assalomu alaukum bolajonlar.
Bolalar: - Va alaykum assalom!
Tarbiyachi: Bulbuljon, guruhimizga xo’sh kelibsan.
Bulbul: Men Alisher Navoiy bobomiz bilan uchrashgani moziyga ketyapman. Agar xohlasangiz sizlarni ham olib borishim mumkin.
Tarbiyachi: qanday qilib mozeyga olib borasan?
Bulbul: Mana bu sehrli tayoqcham bilan sehrlab chiqsam, men bilan birga mozeyga uchasiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar, bulbulcha bizni sehrli tayoqcha yordamida mozeyga ya’ni o’tmishga sayohat qildirmoqchi ekan, borishni xohlaysizlarmi?
B ulbul: Xa qani ortimdan yuringlar.
Mironshoh: G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish.
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulga tikandek oshiyon bo’lmas emish.
Bulbul: Assalomu alaykum bobojon
Xurshidbek: Va alaykum assalom bulbuljon. Xush kelibsan.
B ulbul: Bobojon sizni tavallud kuningiz bilan qutlash uchun ko’pgina bolajonlarni olib keldim.
A.Navoiy: Qani ular?
Bolalar: Assalomu alaykum ustoz.
A.Navoiy: Barakallo ofarin.
Madina: Ko’p jahongir ko’rgan bu dunyo
Hammasiga guvoh yer osti
Lekin do’stlar she’r ahli aro
Jahongiri kam bo’lgan rosti
Farangiz: Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she’r
Temur tig’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher
Saidakbar: Qilgan bo’lsak sizni bezovta
Ustozim avf eting bizni
Qalb qulfini ochdik bir marta
Avlodlarga to’yingiz kuni
Tarbiyachi: Ustoz, siz she’riyat mulkining sultonisiz, mushoiramizga o’zingiz bosh bo’ling.
Sanjarbek: Boshni fido ayla ato qochig’a
Jismni qil satqa ano boshig’a
Ikki jahoningg’a tilar sen fazo
Hosil et o’shal ikkisin rizo
Akbarjon: Nurli o’tmishimiz nurafshonisiz
Buyuk bir millatning buyuk shonisiz
Bobojon dillarda so’nmas mehringiz
Ajdodlar g’ururi, qalb, vijdonisiz.
Bahodirxo‘ja: Boyqaro irg’ishlab istak ostida
Jahonda boqqanda misli bola she’r
Hirot darvozasin bir qanotida
She’riy lashkarini tuzgan Alisher
Nozanin: Nido tingla bu kun yurting tarafdan
Ey yiroq Hirotda maskan topgan er!
Ogoh bo’l Alisher, sen ushbu gapdan
Har ikki nabirang – biri Alisher
Do'stlaringiz bilan baham: |