Sahna ko’rinishi:
Domla, farzand muborak! G’iyosiddin Mir janoblari, iloho umri uzun,tolei baland bo’lg’ay!
G’iyosiddin kichikina:-Qulluq, taqsir, endi o’zingiz azon aytib otaliq vazifamni ado etmoqqa ko’maklashursiz.
Domla:-Bu, albatta, biz uchun ham qarz, ham farz.
G’iyosiddin janoblari bu go’dakka xudoning nazari tushgan,buni men qalbim bilan his etib turibmen,buni go’dak yuzidagi ilohiy nurdan payqadim.
Qani,O-omin, o’g’lingiz xudo hohlasa el nazariga tushib uning baxti saodati yo’lida xizmat qilg’ay va yer yuzida undan dilobar inson bo’lmag’ay,ollohu akbar.Bizga endi javob (ular chiqib ketadilar).
1-boshlovchi: Alisher Navoiy Xurosonning bo’lajak sultoni Husayn Bayqaro bilan juda yaqin do’st bo’lib bir madrasada ta’lim olishgan.Yosh Alisher kichikligidan kitob o’qishni, she’r yod olishni sevgan.
2-boshlovchi: Har yerda bahor bo’lsa,chaman bo’lsa kerak,
Har yerda chaman, gulu-suman bo’lsa kerak,
Har qayda xazon bo’lsa, tikon bo’sa kerak,
Har qayda tikan mihan bo’lsa kerak.
Sahna ko’rinishi:
Alisher: Assalomu-aleykum, ustoz.
Mavlona Lutfiy: Valeykum assalom o’glim,kimning o’g’lidursiz,bag’oyat tarbiyali oila farzandi ko’rinasiz ?
Alisher:-Men G’iyosiddin (kichkina) Bahodirning o’g’lidurmen, ustoz.
Lutfiy:-Ey shunday deng, barakallo.Meni taniysizmi, kaminani ustoz deb hurmatlashingizga ne sabab?
Alisher:-Siz haqingizda eshitmagan,sizning g’azallaringiz ila sehrlanmagan kishi bo’lmasa kerak.Mavlono Lutfiy nomi oilamizda juda hurmatlanadi,men sizning go’zal g’azallaringiz-la tanishmen, she’riyatga havasim baland,o’zim ham gohi-gohi mashq qilib qog’oz qoralaydur men.
Lutfiy:-Balli,balli bo’tam qani marhamat aylang, kaminaga ijodingizdan namunalar o’qib lutf aylang-chi.
Alisher:-Orazin yopmoq kozimdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylaykim paydo bo’lur yulduz,nihon bo’lg’och quyosh
Lutify-(Bayntni takroran qaytaradi) Voolloh,agar muyassar bo’lsa edi o’zimning 10-12 ming fors va turkiy baytlarimni ushbu g’azalga almashtirardim va bu ishning yuzaga chiqishini zo’r muvaffaqiyat deb sanardim.
Do'stlaringiz bilan baham: |