Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi


Download 0.77 Mb.
bet56/87
Sana16.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1497374
TuriKompozisiya
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87
Bog'liq
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

E’tiboringiz uchun rahmat!



Mavzu:Buyuk siymolarni yod etib
Shior: “Alisher Navoiy-barcha zamonlar buyuk daho ijodkori, o`zbek adabiy tili asoschisi”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Alisher Navoiyga uning
asarlariga bo`lgan hurmatni singdirish.
1-boshlovchi:
Biz o’zbek yoshlari, so’z naqqoshlari,
Bu qadim Turonning tillaqoshlari
Gohida tinch daryo, goh beboshlari
Hatto maysangga ham titroq bo’lamiz,
Vatan, biz To’maris, Shiroq bo’lamiz.
2-boshlovchi:
To’rt fasling ham gulzor, boychechak fasli,
To’rt fasling ham Vatan, bizniki asli,
Barkamol avlodning barkamol nasli,
Tog’larni yiqitar bilak bo’lamiz!
Vatan, sen deb urgan yurak bo’lamiz.

  1. boshlovchi:

She’riyat olamida tengsiz ham, tanho
G’azallarin o’qib Lutfiydir shaydo
Qalamin tebratgan ikki til aro
Qutlug’ yosh muborak, Navoiy bobo!

2-boshlovchi: -Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, bugun o’zbek tilining asoschisi, shoir, olim, ma’rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 578 yilligini nishonlash uchun bu yerga yig’ildik.
1-boshlovchi:Navoiy nazmiga tushdi-yu ko’zim,
Hayrat gulshanida unutdim o’zim.
Buyuk tog’lar ichra bo’lib buyukroq,
Suyuk tog’lar ichra bo’lib suyukroq,
Navoiy ko’rinar ko’zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.
2-boshlovchi:Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
1-o’quvchi:1441-yil 9-fevral kuni Hirot shahriga, podsho saroyida xizmat qiluvchi G’iyosiddin Kichkina xonadonida bir go’dak dunyoga keladi. Otasi yaxshi niyatlar ila unga Alisher deb ism qo’yadi.
2-o’quvchi:Alisher bolaligidanoq o’tkir zehnliligi, bilimga chanqoqligi va she’riyatga mehr qo’yganligi bilan tengdoshlari orasida alohida ajralib turadi. Unga onasi doimo ertaklar aytib berar, kichik Alisher esa ularni jon qulog’i bilan tinglar edi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling