B ekzodbek: Tun kuning’a aylagili nurfosh
Birisin oy ayla, birisin quyosh
Sozlaridan chekma qalam tashqari
Xatlaridan qo’yma qadam tashqari Muxammadyusuf: Mir Alisher Navoiy
Bobomizning kitobi
Yoritar dilimizni
Misli bahor oftobi.
Sunbula raqsi
Firdavsbek: Ustoz ruxsat eting, siz yozib qoldirgan hikmatlardan aytaylik.
A.Navoiy: Qulluq.
Saidakbar: Ona ko’nglini olmoq ellik marta haj qilmoqdan afzal.
Madinabonu: Chin so’z mo’tabar, yaxshi so’z qisqa – muxtasar
M ubina: Bilmaganni so’rab o’rgangan olim
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim Madina Xamrayeva: Oz-oz o’rganib dono bo’lur
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.
Bunyodbek: Odami ersang demagil odami
Oni kim yo’q xalq g’amidin g’ami
H ojiakbar: Don sochib ekin o’rmagan
Bilim olib amal qilmaganga o’xshar
Sanjarbek: Befoyda so’zni ko’p aytma
Foydali so’zni eshitishdan qaytma
Nozanin: Kishining eng muhim burchlaridan biri, ota-ona hurmati.
Sodikova Madina: Yanshilik qilmasang, yomonlik ham qilma
Farangiz: Vatan tarkini bir nafas aylama.
Yana ranju g’urbat havas aylama
Madinabonu: Haq yo’lida kim senga bir harf o’rgatmish ranj ila
Aylamak oson emas haqqin ado yuz ganj ila.
Ayubxon: Chin so’zni yolg’onga cho’lg’ama
Chin ayta olur tilni yolg’onga bulg’ama
Umrni zoyi etma mehnat qil
Mehnatning saodating kaliti bil
Mubina: She’riyat olamida tengsizdir shaydo
G’azallaring o’qib lutfiydir shaydo
Qalamin tebratgan ikki dil aro
Qutlug’ yoshing muborak Navoiy bobom
Navoiyning Lutfiy bilan uchrashuvi
Shahna ko’rinish
Navoiy: Assalomu alaykum, ustoz, mavlono.
Lutfiy: Va alaykum assalom, inim Alisher xo’sh bugun menga qanday mashqlaringizni keltirgan erdingiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |