Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi


Download 0.77 Mb.
bet72/87
Sana16.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1497374
TuriKompozisiya
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87
Bog'liq
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

"Topmadim” g‘azali.
Mehr ko‘p ko‘rgizdim, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
G‘am bila jonimg‘a yetdim, g‘amguzore ko‘rmadim,
Hajr ila dilxasta bo‘ldim, dilistone topmadim.
Ishq aro yuz ming malomat o‘qig‘a bo‘ldim nishon,
Bir kamon abro‘da tuzlikdin nishone topmadim.
Ko‘nglim ichra savr o‘qdir, g‘uncha paykon, gul tikon,
Dahr bog‘i ichra bundoq dilistone topmadim.
O‘z ishimdin bo‘lajabroq dostone topmadim,
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.
Taob ganjidin Navoiy xo‘rdasin yuz qatla hayf,
Kim nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.
( Guli va qizlar yengil ta’zim bilan chiqib ketadilar).
1-boshlovchi:
Angladik, sevgini qalbga jo etib,
Yashabsiz hayotda misli samandar.
Ishq ichra tug’ilib, ishq ichra mangu,
Ishq tug’in tutmagan hech kim siz qadar.
2-boshlovchi:
Esimda u damlar, sho’x-shodon yillar,
“Guliston”, “Bo’ston”ni yod olgan kunlar.
Hamdamim, anisim ul maktab aro
Jondek aziz do’stim- Husayn Boyqaro.
Ko’nglim supasiga o’ltirgan shoh ul,
Va o’zga xayolni supurgan butkul.
Men bitdim “Hamsa”ni, ”Chor devon” yana,
Barida do’st nomi topdi tantana.
Gar vafo qilganda bu umri foniy,
Tarixin bitardim ul shohi G’oziy.
( Navoiy va boshlovchilar chiqadi. Boyqaro va mulozimlar kirib keladi. Boyqaro o’tiradi va musiqa boshlanib, raqs ijro etiladi.)
Ofarin, mashshoqlar sozingizga boz,
Raqsingiz har qancha ta’riflasam oz.
Hudaychi bularni aylangiz e’zoz,
Ko’ngillari bo’lsin bizdan sarafroz.
Hudaychi bosh egib: Buyuringiz bosh ustiga. (musiqachilar va hudaychi chiqib ketadi)
Boyqaro :
Do’stimiz Alisher nega ko’rinmas?
Saroyni fayzi-la fayziob etmas?
Yo biror mushkulot tushnmish boshiga
Yoki borsammikan o’zim qoshiga?
Hudaychi (kiradi, ta’zim qilib):
Hazratim, qabulda shoir Alisher,
Ruxsatingiz kutib turmishlar, ne dey?
Tezroq chorlang, kirsin aziz do’stimiz,
O’zi mushtoq edi unga ko’nglimiz.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling