Alisher navoiy “xamsa” dostonlarini o’rgatish bo’yicha noan’anaviy dars namunalari


Download 0.53 Mb.
bet1/2
Sana15.11.2020
Hajmi0.53 Mb.
#146460
  1   2
Bog'liq
MATKARIM2


ALISHER NAVOIY “XAMSA” DOSTONLARINI O’RGATISH BO’YICHA

NOANANAVIY DARS NAMUNALARI

Hayrat ul - abror” hayratlari.



Darsning maqsadi:

  1. O’quvchilarga “Hayrat ul-abror ” dostoni haqida nazariy ma’lumot berish.

  2. Mavzuni dostondagi hikoya va maqolatlar orqali izohlab o’quvchilarga tushintirish orqali ularga yaxshi fazilatlarni singdirish.

  3. O’quvchilar bilan mavzu yuzasidan metodlar orqali guruhlarga bo’linib ishlash orqali o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini va fikirlash doirasini oshirish.

Dars turi: Noan’anaviy

Dars jihozlari: darslik, taxta, bo’r, tarqatma materiyallar va multimedia.



Asosiy tushuncha va atamalar: “Hayrat ul - abror ” maqolat, Nizomiy Ganjaviy, “Mezon ul - avzon”, Hotami Toy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Sulton Husayn Boyqaro va boshqalar.

Vaqt taqsimoti



Darsning borishi

ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Uyga vazifani so’rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzuni tushintirish

10 daqiqa

4

Mustahkamlash

20 daqiqa

5

Yakuniy qism

5 daqiqa


DARSNING BORISHI

Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish, sanani va yangi mavzuni taxtaga yozish, hafta yangiliklaridan o’quvchilarni xabardor qilish va mavzuning keyingi darslar bilan uzviy bog’liqligini tushintirb o’tish, shu orqali o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishini orttirish.



Uyga vazifani so’rash:

Bunda o’quvchilarga o’tilgan mavzu yuzasidan uyga berilgan vazifa metodlar asosida so’raladi.



Yangi mavzuni tushintirish:

O’tgan darsda o’tgan mavzuni bugungi o’tmoqchi bo’lgan mavzu bilan bog’lagan holda darsni boshlash. Bunda “Hayrat ul-abror” dostoni haqida qisqacha ma’lumot beriladi, iloji bo’lsa kitobdan tashqari bolalar uchun yangi bo’lgan ma’lumotlar beriladi. Bolalarda “Hayrat ul - abror” dostoni haqida nazariy ma’lumot va ko’nikma hosil qilishlari uchun Alisher Navoiyning ushbu dostonini boshqa xamsanavislarning rejanoma dostonlari bilan solishtirib, qiyoslab o’rgatish. Adabiyot tarixida mavjud pandnoma, didaktik asarlar bilan solishtirish va o’ziga xos jixatlarini o’rgatish. “Hayrat ul - abror” dagi maqolat va hikoyalarni chuqur tahlil qilish orqali bolalarga ushbu asarning mazmun mohiyatini tushinishlariga yordam berish lozim. Bundan tashqari ushbu asarning yozilish sabablari haqida ham ularda tasavvur uyg’otish darkor. Alisher Navoiy ushbu dostoni orqali yomon illatlarni qoralaydi va insonlarni ezgulik sari chorlaydi. Ushbu asar o’sha davrda qanchalik muhim ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda ham o’z qadr - qimmatini yo’qotmay kelmoqda. Doston 63 bobdan tarkib topgan bo`lib, uning 21 faslini an'anaviy muqaddimaviy boblar, 40 bobini - 20 maqolat va 20 hikoyat, qolgan ikki bobini esa, xotima va bir hikoyat tashkil etadi. Asarning o`z ichida bo`linishlariga ega bo`lgan an'anaviy — muqaddimaviy boblari, insonning ijtimoiy hayotdagi o`rni va ma'naviy kamolotiga bag`ishlangan maqolat hamda ulardagi fikrlarning tasdig`i uchun keltirilgan hikoyatlari ham mohiyat e'tibori bilan butun “Xamsa” ning boshlanmasi sanaladi.

««Hayrat ul-abror» qomusiy asar bo`lib, uning asosiy qismini tashkil etuvchi maqolat va hikoyatlarda barcha zamonlar uchun o`ta dolzarb bo`lgan barkamol avlod, komil inson haqidagi ulug` mutafakkirning teran axloqiy-ma'naviy, ijtimoiy-falsafiy mulohazalari badiiy ifodasini topgan. Dostondagi maqolatlar sarlavhalarining o`zi asarda komil inson ulug`langanligidan dalolat beradi:

Dars jarayonida o’quvchilarga multimediya orqali ketma - ketlikda “Hayrat ul - abror” dostonining maqolatlariga ishlangan videoroliklar va suratlar qisqa - qisqa ko’rsatiladi. Shu orqali ham o’quvchilarda ushbu asar haqida kengroq ma’lumotga ega bo’lishlariga uchun zamin yaratiladi.



Mustahkamlash:

O’quvchilar “Hayrat ul - abror” ni chuqurroq tushinishlari uchun ular bilan guruhlarga bo’lingan holda quyidagicha o’yinlarni o’tkazamiz. Sinf o’quvchilari to’rtta guruhga bo’linishadi va har bir guruh mavzuga mos ravishda “Navoiyshunos”, “Xamsashunos”, “Didaktika”, “Hotami Toy” (guruhlarni nomlashda “Hayrat ul - abror” dagi maqolot va hikoyatlar nomlaridan foydalanish ham mumkin) singari nomlar bilan nomlanadi. O’quvchilarga multimedia orqali ketma - ketlikda “Hayrat ul abror ” dostonining maqolatlari ko’rsatiladi. Guruhlar esa lavhalarni diqqat bilan kuzatishadi va lavha o’chirilgach guruhdagi har bir o’quvchi lavhada ko’rgan maqolatlarni esida qolganini ketma - ketlikda yozadi. Bundan tashqari o’qituvchi bir nechta maqolat va hikoyatlarni mazmunini o’quvchilarga qisqacha gapirib beradi. O’qituvchi o’quvchilarda bir nechta maqolat va hikoyatlar haqida tasavvur paydo qilgach ushbu maqolat va hikoyatlarga ishlangan suratlar yoki videoroliklarni multimediya orqali namoyish qiladi. Guruhlar esa olgan bilimlari yordamida ushbu lavhalar qaysi maqolatga tegishli ekanini aniqlashadi va guruhining javob varaqasiga yozadilar. Keyingi bosqichda guruhlarga tarqatma materiyallar tarqatiladi. Tarqatma materiyallarga quyidagicha savollar yozilgan bo’ladi.



Har bir guruhning tarqatma materialida quyidagi savollar bo’ladi:

  1. “Hayrat ul - abror” qanday asar?

  2. “Hayrat ul - abror” da tarixiy shaxslardan kimlarning nomlarini uchratishimiz mumkin?

  3. Alisher Navoiy nima sababda ushbu asarini “Hayrat ul - abror” deb nomlagan deb o’ylaysiz?

O’quvchilar yuqoridagi savollarga qisqa va lo’nda qilib javob berishlari kerak.



Yakuniy qism:

Darsda faol ishtirok etgan bir guruh o’quvchilar mustahkamlashda bajargan ishlarining saviyasiga qarab baholanadi. (O’quvchilarga uyga vazifa berishdan oldin o’tilgan mavzu bo’yicha tushunmagan joylari bo’lsa so’raladi va tushintirib o’tiladi. Undan keyin uyga vazifa beriladi)

Uyga vazifa: o’tilgan mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan har kim o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi topshiriqlarni bajarishlari mumkin:


  1. Ijodiy matn tayyorlash.

  2. Mavzuga doir surat chizish (suratda maqolat va hikoyatlarda hikoya qilingan voqealar aks etishi lozim).

  3. Mavzu yuzasidan test tuzib kelish.

Farhod va Shirin” dostoniда komil inson madhi.

Darsning maqsadi:

  1. O’quvchilarga “Farhod va Shirin ” dostoni haqida nazariy ma’lumot berish.

b) “Farhod va Shirin” dostonini o’qitish orqali Farhodning ijobiy xislatlarini o’quvchilarga singdirish va ularda komil inson tushunchasini shu yo’sinda shakillantirish.

c) O’quvchilar bilan mavzu yuzasida metodlar orqali guruhlarga bo’linib ishlash orqali o’quvchilarning og’zaki nutqini va fikirlash doirasini oshirish, barkamol shaxs sifatida tarbiyalash.

Dars turi: Noan’anaviy

Dars jihozlari: darslik, taxta, bo’r, banner, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiyallar va multimediya.



Asosiy tushuncha va atamalar:

Farhod, Shirin, komil inson, Salosil, Shopur, Chin, Sheruya, Xusrav, Mehinbonu, Buzurg, Suhaylo, “Nahr ul - hayot”, “Bahr un - najot”.



Dars shiori: Izlagan imkon topar.


Vaqt taqsimoti



Darsning borishi

ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Uyga vazifani so’rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzuni tushintirish

10 daqiqa

4

Mustahkamlash

20 daqiqa

5

Yakuniy qism

5 daqiqa


DARSNING BORISHI

Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish, sanani va yangi mavzuni taxtaga yozish, o’tmoqchi bo’lgan mavzuning keyingi darslar bilan uzviy bog’liqligini tushintirb o’tish, shu orqali o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishini orttirish. Mavzu uchun zarur manbaalarni e’lon qilish.



Uyga vazifani so’rash:

O’quvchilardan o’tilgan mavzu yuzasiadan uyga berilgan vazifa yangi metodlar asosida so’rash va baholash.



Yangi mavzuni tushintirish:

Alisher Navoiy “Xamsa” sida komil inson tarbiyasi, komillik sari intilish, yetuk va barkamol inson g`oyalari yetakchilik qiladi. “Xamsa”dagi dostonlar orasida, ayniqsa, “Farhod va Shirin” dostonida shoir Farhod obrazi orqali yetuklikning oliy cho`qqisini tasvirlab beradi. Ma’lumki, hazrat Navoiy Sharq Uyg`onish davrining buyuk gumanisti, ilm-fan va ma’rifat homiysi edi. Uning inson, odamiylik, xalqparvarlik, umuminsoniy qadriyatlar to`g`risidagi g`oyalari “Farhod va Shirin” dostonida o`z aksini topgan. Farhod yoshligidan o`zining aql-zakovati bilan ajralib turadi. Xalq uchun qayg`urish, uning g`am-tashvishlariga sherik bo`lish, og`ir damlarda ularga yordam berish, mardlik, shijoatkorlik, sahovatpeshalik, boylikka hirs qo`ymaslik - bularning bari Farhodga xos fazilatlar edi. Axloqiy poklik, nafsni tiyish, jabr-zulm, adolatsizlik, haqsizlik va boshqa hayot qiyinchiliklariga qarshi kurashish Farhod insonparvarligining o`zagini tashkil etadi va komil inson sifatida shakllanishining asosi bo`lib xizmat qiladi.. Navoiy Farhodni bu borada ulug`lab, unga shunday ta’rif beradi:

Demonkim ko`ngli poku ham ko`zi pok,

Tili poku so`zi poku o`zi pok.

Navoiy dostonda Farhodni nihoyatda insonparvar, xalq dardini o`ylovchi, o`zini emas, o`zgalarning g`amini tortuvchi etib tasvirlaydi. Bunga misol tarzida Farhodni Salosil dev qo`rg`oniga bandi qilganlari va kishanlab tashlaganlari, uning esa Suqrot hakimdan o`rganganlarini ishga solib, zanjirdan ozod bo`lganligini keltirish mumkin. Farhod yarim kechalarda o`zidagi hamma zanjirlarni va oldidagi hamma to`siqlarni ochib tashqariga chiqar, tog`u toshlarda faryod chekib yurib, yana qorong`u ketmasdan, odamlar uyqudan bedor bo`lmasdan o`z qamoq joyiga qaytib kelib, kuzatuvchilar bilib qolmasligi uchun, yechilgan zanjirlarni qaytadan o`ziga solar edi. Chunki bu ish odamlar orasida ovoza bo`lib, Xisrav bu posbonlarni jazolashidan, o`zi tufayli bu odamlarning holi xarob bo`lishidan tashvishga tushar edi.

Navoiy ushbu dostonda Farhod va Shirindan tashqari Suqrot, Suhaylolarni ham komil insonlar sifatida talqin qiladi. Dostonda Mehinbonu, Shopur kabi badiiy timsollar ham borki, ular ham Navoiy idealidagi mukammal va yetuk insondir. Mehinbonu adolatli, o`zida ijobiy fazilatlarni mujassamlashtirgan hukmdor. U xalq to`g`risida g`amho`rlik qiladi, mamlakatni obod qilish va ilm-fanni rivojlantirish uchun kurashadi. Shopur esa dostonda Farhodning sodiq va vafodor do`sti sifatida tasvirlanadi. U Farhodni hamma ishlarida faol qatnashadi, Armanistonda Xisravning xujumini qaytarishda mardlik va jasorat ko`rsatadi. N. M. Mallayevning fikricha, Shopur ham “komil bir inson, iste’dodli san’atkor-rassom va sayyohdir. Shopur – sofdil va samimiy kishi. U do`stlik va sodiqlikning tengi yo`q timsoli”. E’tirof etish kerakki, dostonda komil inson g`oyasi atroflicha talqin qilinib, yetuk insoniy fazilatlar tarannum etilgan yuksak badiiy asardir.



Mustahkamlash:

Sinf o’quvchilari 4 guruhga bo’linishadi. Har bir guruh mavzuga mos holda “Farhodlar”, “Shirinlar”, “Navoiyshunoslar” va “Xamsashunoslar” singari nomlar bilan nomlanadi. Shundan so’ng har bir guruhga alohida topshiriq berib chiqiladi. Birinchi guruhga dostondagi ijobiy qahramonlarni yozish, ikkinchi guruhga salbiy qahramonlarni yozish, uchunchi guruhga Farhod egallagan kasblarni nomlarini yozish, to’rtinchi guruhga dostonda nomlari keltirilgan mamlakat va gegrafik joy nomlarini yozish va test tuzish topshiriladi. Guruh ushbu topshiriqni bajarib bo’lgach hamma guruhga bir varakayiga quyidagcha jadval tarqatiladi.



Farhod va Shirin” dostoni

Farhodning do’stlari

Farhod kezgan yurt nomlari

Farhodga ustozlik qilgan shaxslarning nomlari

Farhodning amalgam oshirgan ishlari

Farhodning ijobiy xislatlari

Shopur

Bahrom


Mulkoro

Chin

Armaniston



Boniy, Moniy,

Qoran


Ariq qazishi, Xovuz yaratishi va odamlarni og’ir mehnatdan qutqarishi

Axloqiy poklik, nafsni tiyish, adolatsizlik va haqsizlikka qarshi kurash

Guruhlar jadvalni yuqorida ko’rsatilganday qilib to’ldirishlari lozim. Shundan so’ng ushbu mavzu yuzasida har bir o’quvchi bilan mustaqil ishlash imkonini beradigan “Yomg’ir tomchilari” metodini qo’llaymiz. Bu metodning avzal tomoni shundaki, o’quvchilardan uyga vazifani so’rash va yangi mavzu yuzasidan tuzilgan savollar asosida ularni baholashimiz va ularni darsga bo’lgan qiziqishini yanada orttirishimiz mumkin.




Quyidagilar esa yomg’ir tomchilari

Raqamlangan yomg’ir tomchilarining ortiga mavzu yuzasidan tuzilgan quyidagicha savollar bo’ladi.



  1. Farhod ismining ma’nosi?

  2. Farhod Shirin haqida qanday qilib habar topadi?

  3. Farhodning o’limiga kim sababchi bo’ladi?

  4. Shiringa xos bo’lgan xislatlarni sanab bering?

  5. Farhodga tosh yo’nish sanatini o’rgatgan ustozining nomi?

  6. Sizning tasavvuringizda komil inson qanday bo’lishi lozim?

  7. Farhodga surat chizishni kim o’rgatadi?

  8. Farhodning eng yaqin do’stining ismi?

  9. Sheruya sizningcha qanday inson?

  10. Ushbu dostonning sizga yoqgan tomonlari?

  11. Dostonda ishtirok etgan beshta qahramonning nomini sanab bering

  12. Dostonda qanday jonivorlar tasvirlangan?

Tomchilarda yuqorida takidlaganimizdek savollar bo’ladi. Bunda o’quvchilar jurnalda nechanchi o’rinda tursalar bu yerda ham yomg’ir tomchilarini tanlaganda shu raqamdagi tomchini olishadi va tomchi orqasiga yozilgan savollarga javob beradi. Qaysi o’quvchi javob bersa, javob bergan ishtirokchi qatnashayotgan guruhga bir ball qo’yiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling