Alisher navoiy “xamsa” dostonlarini o’rgatish bo’yicha noan’anaviy dars namunalari


Download 0.53 Mb.
bet2/2
Sana15.11.2020
Hajmi0.53 Mb.
#146460
1   2
Bog'liq
MATKARIM2


Yakuniy qism:

Uyga vazifani bajargan va darsda faol ishtirok etgan bir guruh o’quvchilar mustahkamlashda bajargan ishlarining saviyasiga qarab baholanadi. (O’quvchilarga uyga vazifa berishdan oldin o’tilgan mavzu bo’yicha tushunmagan joylari bo’lsa so’raladi va tushintirib o’tiladi va undan keyin uyga vazifa beriladi)



Uyga vazifa: “Farhod va Shirin” dostonining qisqacha mazmunini o’qib kelish, mavzu yuzasidan har kim o’z imkoniyati va iqtidoridan kelib chiqqan holda quyidagi topshiriqlarni bajarish.

  1. Ijodiy matn tayyorlash.

  1. Farhod komil inson sifatida

  2. Komil shaxs mening tasavvurimda

  3. Men yoqtirgan qahramon mavzularidan istaganini tanlab ijodiy matn tayyorlash.

2. “Farhod va Shirin” dostoni asosida surat tayyorlash.

3. Mavzu yuzasidan test tuzib kelish.

4. Krasvord tuzish

Layli va Majnun” – oshiq qalblarning dardli dostoni.



Darsning maqsadi:

  1. O’quvchilarga “Layli va Majnun ” dostoni haqida nazariy ma’lumot berish.

b) “Layli va Majnun” dostonini o’qitish orqali o’quvchilarda ushbu doston haqida ijobiy fikrlarni shakillantirish ularda yaxshi fazilatlarni ulug’lash.

c) O’quvchilar bilan mavzu yuzasida metodlar orqali guruhlarga bo’linib ishlash orqali o’quvchilarning og’zaki nutqini va fikirlash doirasini oshirish, barkamol shaxs sifatida tarbiyalash.

Dars turi: Noan’anaviy

Dars jihozlari: darslik, taxta, bo’r, banner, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiyallar va multimediya.



Asosiy tushuncha va atamalar:

Layli, Qays, Majnun, Navfal, Ishq ta'rifida, Ibn Salom, Kaba,sahro



Dars shiori: Intilganga tole yor.

Vaqt taqsimoti



Darsning borishi

ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Uyga vazifani so’rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzuni tushintirish

10 daqiqa

4

Mustahkamlash

20 daqiqa

5

Yakuniy qism

5 daqiqa


DARSNING BORISHI

Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish, sanani va yangi mavzuni taxtaga yozish, o’tmoqchi bo’lgan mavzuning keyingi darslar bilan uzviy bog’liqligini tushintirb o’tish, shu orqali o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishini orttirish. Mavzu uchun zarur manbalarni e’lon qilish.



Uyga vazifani so’rash:

O’quvchilardan o’tilgan mavzu yuzasiadan uyga berilgan vazifa yangi metodlar asosida so’rash va uyga vazifani bajarib kelgan bir guruh o’quvchilar baholanadi. kundalik daftarlarga baholari qo’yiladi.



Yangi mavzuni tushintirish:

Layli va Majnun (arab. مجنون و ليلى (Majnun va Laylo)) arab romantik dostonidir. Voqeiy bo’lmish bu hikoyada Qays ibn al-Mulavvo ismli arab yigitining Layli ismli qiz bilan ishqiy munosabatlari yoritiladi. O’g’lining bu qizga uylanishiga qarshi chiqqan otasining tazyiqlari va ayriliq tufayli Qays aqldan ozib, devona bo’ladi ("majnun" va "jinni" so’zlarining o’zagi bir).

O'zbek adabiyotida bu mavzuni Navoiy boshlab berdi:

Меn turkcha boshlabon rivoyat,

Qildim bu fasonani hikoyat,

Layli va Majnun komillikda vahdatni-yagona- yaxlitlikni tashkil etadi. Bu esa nihoyatda baland darajadagi ishqning, xos ishqning ko’rinishi bo’lib, unda jismoniylik emas, balki ma’naviylik yetakchi mavqyeni egallaydi. Bunday yuksak darajadagi xos ishqni tushinmaydiganlar Layli va Majnun ishqi mohiyatini ham tushinmaydilar. Bular qatorida Laylining otasi ham bor, Ibn Salomlar ham bor. Shuning bilan bir qatorda Alisher Navoiy dostonda Layli va Majnun ishqi mohiyatini tushunuvchi va ularga yordam qo’lini cho’zganlar ham borligini Navfal obrazi misolida ko’rsatadi.

Navfalki Arabda erdi nodir,

Tig’iga qadar, o’qig’a qodir.

Yaxshiliq ila Arabda mavsum,

Oromgahi bu marz ila bum…

Navfal dag’i ishq ko’rgan erdi,

G’am dashti aro yugurgan erdi.

Shu jihatdan Navfal qizi va uning sevgilisi taqdirining ijobiy hal qilingani tushinarlidir. Ammo Navfal qizi va uning sevgilisining muhabbati Majnun va Laylilar o’rtasidagi ishq, xos ishqi darajasiga ko’tarilgan emas. Navfal qizi va sevgilisining o’zaro ishqi Alisher Navoiy ta’riflagan "avom ishqidurkim, …derlar: «falon falonga oshiq bo’lubdur… va bu qismning (avom ishqining) biyikrak martabasi shar’iy nikohdurkim, bari xaloyiqqa sunnat…»1

Alisher Navoiy dostonida bu ikki xil ishqning talqinida shoir majoziy ishq martabasiga Layli va Majnun ishqi misolida alohida urg’u beradi, chunki bu martaba komillik martabasi bo’lib, unda «pok ko’zni pok nazar bilan pok yuzga solmoqdur va pok ko’ngul ul pok yuz oshubidin ko’zg’olmoq va bu pok mazhar vositasi bila oshiqi pokboz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra olmoq» dir Demak, Alisher Navoiy mazkur dostonda hamma sohada poklikka erishgan komil inson haqidagi mulohazalarini Layli va Majnun afsonasi vositasida bayon qiladi. Shunday qilib, Alisher Navoiy bu dostonda bir mavzuni ikki yo’nalishda davom ettirib, uning ko’p qirrali ekanini ko’rsatishga, badiiy timsollar, voqealar, hikoyatlar orqali tasvirlashga bor e’tiborini qaratgan.



Mustahkamlash:

Mustahkamlashda sinfdagi o’quvchilar ikki guruga bo’linishadi va guruhlar quyidagicha nomlanishadi “Xamsashunoslar”, “Navoiyshunoslar”. Har ikki guruhga ushbu surat tarqatiladi. Guruhlar esa ushbu surat asosida qisqacha matn tayyorlashadi. Matnda ushbu suratda qanday voqea tasvirlangani va unda ishtirok etayotgan qahramonlarning nomlarini ham sanab o’tishlari lozim. Guruhlar shartni bajarib bo’lgach ular tayyorlagan matnlar tinglanadi. Qaysi guruh ihcham va lo’nda fikirlar bildirib, suratda tasvirlangan qahramonlarning nomlarini ko’proq va aniqroq topgan guruh yaxshi baholanadi.





Ikkinchi bosqichda; “Xamsashunos” lar jamosi oqlovchi, “Navoiyshunos” lar guruhi esa qoralovchi bo’lib ishtirok etishadi.

O’rtaga quyidagi muammolar tashaladi.



  1. Layli va Majnuning qismati shunday tugashiga ularning ota-onasi sababchi?

  2. Navfal obrazi ijobiy obrazmi yoki salbiymi?

  3. Layli va Majnuning o’limiga ularning o’zlari sababchi?

Yuqoridagi munozarali savollar ketma - ket o’rtaga tashlanadi. “Xamsashunos” lar jamosi oqlovchi sifatida yuqoridagi fikrlarga ijobiy fikr bildirsa, “Navoiyshunos” lar guruhi esa qoralovchi sifatida ularga qarama - qarshi fikr bildirishadi. Qaysi guruh o’z fikrini to’g’ri va aniq, lo’nda qilib ixchamlashtirib bersa o’sha guruh g’olib sanaladi.

Yakuniy qism:

Uyga vazifani bajargan va darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar mustahkamlashda bajargan ishlarining saviyasiga qarab baholanadi. (O’quvchilarga uyga vazifa berishdan oldin o’tilgan mavzu bo’yicha tushunmagan joylari bo’lsa so’raladi va tushintirib o’tiladi va undan keyin uyga vazifa beriladi)



Uyga vazifa: darslik ortida berilgan savollarga javob topish, dostonining qisqacha mazmunini o’qib kelish, mavzu yuzasidan har kim o’z imkoniyati va iqtidoridan kelib chiqqan holda quyidagi topshiriqlarni bajarish.

  1. “Men yoqtirgan qahramon” mavzusida istagan qahramonni tanlab ijodiy matn tayyorlash.

2. “Layli va Majnun” dostoni asosida surat tayyorlash.

3. Mavzu yuzasidan test tuzib kelish.

4. Krasvord tuzish.

Sab’ayi sayyor” – Navoiyning yetti mo’jizasi



Darsning maqsadi:

  1. O’quvchilarga “Sab’ayi sayyor ” dostoni haqida nazariy ma’lumot berish va ularda ushbu doston haqida tasavvur paydo qilish.

b) “Sab’ayi sayyor” dostonini o’qitish orqali o’quvchilarni yomon illatlarning (ichish, ovga mukkasidan ketish) oqibatlaridan ogoh qilish va ularda ijobiy xislatlarni shakillantirish.

c) O’quvchilarni ushbu doston bilan tanishtirish chog’ida Bahromning tabiatga keltirgan ziyonli oqibatlariga urg’u berish orqali o’quvchilarda tabiatga bo’lgan ijobiy munosabatni shakillantirish.

Dars turi: Noan’anaviy

Dars jihozlari: darslik, taxta, bo’r, banner, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va multimediya.



Asosiy tushuncha va atamalar:

Bahrom, Dilorom, Chin, mayishat, ov, Xorazm, chang, yetti qasr, Jo'na vа Mas'ud, Mehr vа Suhayl, Muqbil vа Mudbir, Husayn Boyqaro



Dars shiori: Dunyo bir kundir,

U ham bugundir.

Bu kunnin qadriga yetish juda ham muhimdir.

Vaqt taqsimoti




Darsning borishi

ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Uyga vazifani so’rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzuni tushintirish

10 daqiqa

4

Mustahkamlash

20 daqiqa

5

Yakuniy qism

5 daqiqa


DARSNING BORISHI

Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish, sanani va yangi mavzuni taxtaga yozish, o’tmoqchi bo’lgan mavzuning keyingi darslar bilan uzviy bog’liqligini tushintirb o’tish, shu orqali o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishini orttirish. Mavzu uchun zarur adabiyotlarni e’lon qilish.



Uyga vazifani so’rash:

O’quvchilardan o’tilgan mavzu yuzasiadan uyga berilgan vazifa yangi metodlar asosida so’rash va uyga vazifani bajarib kelgan o’quvchilar baholanadi. Kundalik daftarlarga baholari qo’yiladi.



Yangi mavzuni tushintirish:

Bahromning hayoti haqidagi ma’lumotlar Eron shohlari tarixiga bag’ishlangan «Siyaru muluk ilm-fors», «Tarixi Tabariy», «Tarixi muluki ajam» asarlarida batafsil keltirilgan. Ularning qisqacha mazmuni shunday:

“Eron shohi Yazdigird I mamlakatni zulm bilan boshqaradi. Dushmanlaridan qo’rqqan podsho o’g’li Bahromning tarbiyasini Yaman podshosi Nu’monga topshiradi. U Bahrom uchun Havarnaq qasrini qurdiradi. Nu’mon Bahromni dov-yurak va shijoatli qilib tarbiyalaydi. Bahrom ov qilish, chavandozlik, harb va boshqa qator fanlarni puxta o’zlashtiradi. Bahromning ovdagi sarguzashtlarini rassomlar Havarnaq devorlarida aks ettiradilar. Yazdigird vafotidan so’ng undan bezor bo’lgan xalq taxtga Xusravni o’tqazadi. Taxt vorisi bo’lgan Bahrom bu xabardan voqif bo’lgach, Nu’mon yordamida Eronga qo’shin tortadi. Eron xalqi oldida Vatanni adolat bilan boshqarishga vada berib, uni taxtga o’tqazishlarini iltimos qiladi. Xalq shart qo’yadi. Bahrom ikki dahshatli sherni o’ldirib, ular o’rtasiga qo’yilgan davlat tojini oladi, shu bilan shartni bajaradi va toju taxtga erishadi. Bahrom dastlab mamlakatni tartibga soladi, adolat va tadbirkorlik bilan ish olib boradi. Lekin keyinchalik aysh-ishrat va ovga berilish natijasida u davlat ishlarini unutib qo’yadi. Bundan foydalangan dushmanlar mamlakatga hujum qiladilar. Bahrom turk qabilalari bilan jang qilib, ularni yengadi. Vizantiya bilan bo’lgan jangda esa mag’lubiyatga uchraydi. Ozarbayjon, Xorazm, Balx, Yamanga yurish qiladi. Sudanni bosib olish orzusida bo’ladi”2.

Bahromning vafoti to’g’risida tarixiy manbalarda ikki xil fikr mavjud. Birida Bahrom qulonlarni ov qilib yurgap vaqtda quduqqa tushib ketadi. Ikkinchi talqin bo’yicha Bahrom jangda yaralanib, halok bo’ladi. Navoiy o’zining «Sab’ai sayyor»ida dostonning badiiy va tarbiyaviy jihatlarini yana ham kuchaytirgan va uni g’ayritabiiy elementlardan holi qilgan. Buni Navoiyning o’zi asar muqaddimasida takidlab o’tadi. Nizomiyning «Haft paykar» ida yetti sayyora, yetti rang, haftaning yetti kuni saqlangan, lekin ularning ko’p jihatlari badiiy vositaga aylantirilgan. Dehlaviyda bu rivojlantirilgan. Navoiyda esa yana ham kuchaytirilgan. «Haft paykar» da Bahrom yoshligidayoq o’zi uylanadigan podsho qizlarining suratini unga atab qurilgan Havarnaq qasrida ko’radi, xatto ismlarini ham biladi. Bu suratlar Bahromning surati bilan birgalikda mazkur qasrdagi bir bino devoriga munajjimlarning bashorati bilan solingan bo’ladi. Ammo Bahromga aytilgan afsonalarning birida munajjimlarning bashorati noaniq holda qoladi «Hasht behisht» da mazkur bashoratlar yo’q. Navoiy munajjimlarga bo’lgan salbiy munosabatini o’zining «Mahbub-ul-qulub» asarida ochiq aytadi. U «Munajjimki savobitu sayyor nazoratidan hukm surar, rammoldekdurkim, nuqtalari hisobi bila lof urar, deydi. Shuning uchun uning «Sab’ai sayyor» ida astrologik hukmlarga o’rin berilmagan. Ularning o’rnini ilmiy fantastika egallagan. Yakshanba kuni, sariq qasrda (ikkinchi iqlimdan kelgan musofirning hikoyasida), mohir, lekin qallob zargar Zayd o’z shohiga avtomatik ravishda harakatga keladigan g’ildirakli taxt yasab beradi. Uning zinalari eskalator singari o’zi tushib-o’zi ko’tariladi va avtomobilga o’xshab taxtda o’tirgan kishi ishora qilgan tomonga yuradi. Navoiy ushbu dostoni orqali shohlarni mayishatdan tiyilishga, xalq hayotini o’ylashga va ezgulikga chorlashga intilgan.



Mustahkamlash.

Sinf o’quvchilarini uchta guruhga bo’lamiz va ularni quyidagicha nomlaymiz: “Navoiyshunoslar”, “Xamsashunoslar”, “Chaqqonlar” singari nomlar bilan guruhlar nomlangach olgan nazariy bilimlarini amalda tadbiq qilishlarini tekshirib ko’ramiz.



  1. Topshiriq quyidagicha.

Har bir guruh quyidagi mavzulardan birini tanlaydi va shu tanlagan mavzusi yuzasidan qisqa va ixcham qilib sahna asari yoki ssenariy tuzishadi.

  1. Bahromni zulmatga yetaklagan qismat.

  2. Dilorom – vafodor ayol.

  3. Dunyoni zabt etgan shoh.

  1. Topshiriq quyidagicha.

O’quvchilarga “Sab’ai sayyor” dagi yetti hikoya asosida suratga olingan agar bo’lsa videofilm yoki ushbu hikoyalar asosida ishlangan suratlar (rangli eferda bo’lishi shart) multimediya orqali o’quvchilarga e’tiboriga uzatiladi.

Misol uchun.



Guruhlarga tarqatma meteriyallar tarqatiladi. Tarqatma materiyalda quyidagi savollar bo’ladi.





Yakuniiy qism.

Uyga vazifa berishdan oldin darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar bajargan ishlarining saviyasiga qarab baholanadi. (O’quvchilarga uyga vazifa berishdan oldin o’tilgan mavzu bo’yicha tushunmagan joylari bo’lsa so’raladi va tushintirib o’tiladi. Shundan keyin uyga vazifa beriladi)



Uyga vazifa: dostonining qisqacha mazmunini o’qib kelish, mavzu yuzasidan har kim bir o’quvchi o’z imkoniyati va iqtidoridan kelib chiqqan holda quyidagi topshiriqlarni bajarishlari mumkin:

1. “Men yoqtirgan qahramon” mavzusida istagan qahramonni tanlab ijodiy matn tayyorlash.

2. “Sab’ai sayyor” dostoni asosida surat tayyorlash.

3. Mavzu yuzasidan test tuzib kelish.

4. Krasvord tuzish.

Saddi Iskandariy” – ezgulikning mustahkam qo’rg’oni.



Darsning maqsadi:

  1. O’quvchilarga “Saddi Iskandariy ” dostoni haqida nazariy ma’lumot berish va ularda ushbu doston haqida tasavvur paydo qilish.

b) “Saddi Iskandariy” dostonini o’qitish orqali o’quvchilarni vatanga bo’lgan muhabbatini oshirish va komil inson siymosini ularda shakillantirish.

c) O’quvchilarni ushbu doston bilan tanishtirish orqali Iskandar siymosini chuqurroq o’rganish va uning amalga oshirgan ishlarini o’quvchilarga o’rnak sifatida ko’rsatish orqali ularga bunyodkorlik g’oyalarini singdirish.

Dars turi: Noan’anaviy

Dars jihozlari: darslik, taxta, bo’r, banner, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiyallar va multimediya.



Asosiy tushuncha va atamalar:

Iskandar, Turon Hindiston, Doro, Xitoy, Eron, Mag'rib, Farang, Rus, Qirvon, Xuroson, Samarqand, tilsim.



Dars shiori: Yoshlikda olingan bilm, toshga o’yilgan naqsh kabidir.
Vaqt taqsimoti



Darsning borishi

ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Uyga vazifani so’rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzuni tushintirish

10 daqiqa

4

Mustahkamlash

20 daqiqa

5

Yakuniy qism

5 daqiqa


DARSNING BORISHI

Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish, sanani va yangi mavzuni taxtaga yozish, o’tmoqchi bo’lgan mavzuning keyingi darslar bilan uzviy bog’liqligini tushintirb o’tish, shu orqali o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishini orttirish. Mavzu uchun zarur adabiyotlarni e’lon qilish.



Uyga vazifani so’rash:

O’tilgan mavzu yuzasiadan uy vazifasini bajarib kelgan o’quvchilar baholanadi.



Yangi mavzuni tushintirish:

Navoiy o'zining “Xamsa” asarining so’ngi dostonini "Saddi Iskandariy" deb atadi. U diqqatini Iskandarning jahongirligiga emas, insonparvarligiga qaratadi. "Saddi Iskandariy" "Xamsa" dagi eng yirik dostondir. U 89 bоb vа 7215 baytdan tashkil topgan. Asar voqealari Iskandarning tug'ilishidan boshlanadi. Bo'lajak Iskandarning otasi Faylaqus tangridan farzand so'raydi. Bir kuni ovdan qaytarkan, shaharga kiraverishdagi vayronada yangi ko'zi yоrigаn ayolga duch keladi. Chaqaloq o'g'il bola bo'lib, uni tuqqan ayol o’sha zahoti o'lib qolgan edi. Shoh o'likni dafn ettiradi, bolani o'g'il qilib oladi. Unga Iskandar deb nom qo'yib, tarbiyasi bilan shug'ullanadi. Dostonning keyingi bobida himmat haqida gap ketadi. Shoir Iskandar tarixini yozmoqchi emas. Iskandar bilan bog'liq voqealarning ma'nosini ochmoqchi. Shuning uchun voqealar izoh vа talqinlar, hikoyatlar, savol-javob vа lirik chekinishlar bilan almashinib keladi. Dostonda oldin adolatning ta'rifi beriladi. Вu ta'rif hadislar vositasida tushuntiriladi. Masalan, bir soatlik adolat farishtalarning, dunyodagi barcha insonlarning toatidan afzal degan hadis keltiriladi. Shundan so’ng asarning asosiyqiziqarli jihatlarini tasvirlashga o’tadi. Jumladan, Doro nega mag'lub bo'ldi? Rum mulki Eronga har yili tuxum shaklidagi ming oltin xiroj to'lar edi. Iskandar buni to'xtatadi. Elchiga: "Tuхum beradigan qush allaqachon uchib ketgan", - degan javobni aytadi. Doro g'azabga kelib, bir chavgon vа to'p, bir xalta kunjut bilan boshqa bir elchini yuboradi. Buning ma'nosi shu ediki, sen hali dimog'idan sut hidi ketmagan bir go'daksan, chavgonni olib, to'p о'ynа. Agar xayolingga ixtilof-u nizo kelgudek bo'lsa, askarlarimiz sanog'ini mаnа shu kunjut qadar bilgin! Iskandar bundan boshqa mа'nо ko'radi. Dumaloq koptok, uningcha yer yuzidir. Koptokning Iskandarga taqdim etilishi uning dunyoni olajagiga ishoradir. Chavgon esa Doroning o'z mamlakatini topshirmog'i belgisidir. Asarning shu o'rnida kelishmovchiliklarning sababi nimada, ular qanday kelib chiqadi, buning oldini olish mumkinmi singari savollar o'rtaga qo'yiladi.

Xuddi shu o'rinda shoir ikki jahondor: Chingiz vа Xorazmshoh urushidagi qirg'inni ikki sodiq do'stning ittifoqligi daf etgani haqidagi rivoyatni keltiradi.

Вu nаv' o'lsa mundog' iki zot aro,

Ne bo'lg'ay gumon qil iki yot aro?

Urushda ikki do'st kofirlar qo'liga asir tushadilar. Qatl payti ular: "Oldin meni o'ldir!" - deb navbat talashadilar. Bu voqea Chingizning tushiga kiradi vа ularni ozod qilib, qirg'inni to'xtatadi. Navoiy Iskandar vа Doro urushiga kitobxonni shunday tayyorlab keladi. Biroq kutilgan dahshatli to'qnashuv yuz bermaydi. Shoir yаnа ramziy hikoyalar, ruhiy holatlar, adolat vа adolatsizlikning oqibatiga ishora qilish orqali masalaning eng to'g'ri yechimini topishga urinadi. Ikki qo'shin bir-biriga yuzma-yuz bo'lar ekan, Iskandar oqibatni o'ylaydi. U Doroni yo'ldan qaytarmoqchi edi, bo'lmadi. Ilm-u hikmat da'vosi bilan hovliqib urushga kirishdimikin? Shu payt katta xarsang ustida shiddat bilan bir biriga tashlanib urushayotgan ikki kaklikka Iskandarning ko'zi tushadi. Вiri katta, baquvvat, bu-Doro, o'ylaydi Iskandar. Ikkinchisi - kichik, zaif, bu-mеn. Shu оn to'satdan bir burgut pastga sho'ng'iydi-yu, kuchlisiga chang solib, uni osmon-u falakka olib ketadi. Iskandar buni yaxshilikka yo'yadi. Urush boshlanadi. Biroq ko'p o'tmay, Doroning noiblari unga xiyonat qiladilar. Doro yarador holda Iskahdar qo'liga asir tushadi. So'ng shohlikning tartib-qoidalari, shohning aql-farosati, didi vа zehni, mehri vа qahri haqidagi bоb keladi. Dostonda Iskandar yurishlarining izchil tarixini yaratish maqsadi qo'yilgan bo'lmasa-da, kitobxon bu haqda ma'lum tasavvurga ega bo'ladi. Iskandar olis yurtlarda kasallanib yotib qoladi. Оnа o'rnida bo'lgan enagasi Bonuga o'g'illikni o'rniga qo'ya olmaganidan uzr so'rab, xat yozadi. Vafot etar ekan, Iskandar bir qo'lini tobutdan chiqarib qo'yishni iltimos qiladi. Вu bir ibrat, pand edi. Jahonni egallagan jahongirning u dunyoga hech bir narsasiz, ochiq qo'l bilan ketayotganiga ishora edi. Mustahkamlash.

Sinf o’quvchilari shartli ravishda 4 guruhga bo’linishadi va har bir guruh mavzuga mos holda “Arastu”, “Iskandar”, “Zulqarnayn”, “Xamsashunos” singari nomlar bilan nomlanadi. Guruhlar quyidagi topshiriqlarni olgan nazariy bilimlari asosida bajarishadi.

1. Topshiriq.



Saddi Iskandariy”

Asardagi tarixiy shaxslarni nomlarini yozing

Iskandar zabt etgan o’lka nomlari


Doroni Iskandarga jo’natgan buyum nomlari

Iskandar amalgam oshirgan ezgu ishlar

Iskandar, Arastu, Filipp, Doro

Eron, Xuroson, Hindiston , Chin, Kashmir

Koptok, chovgon, tayoq

Shaharlar qurdiradi, kashfiyotlar qiladi

Guruhlar yuqoridagi jadvalni o’zlari olgan nazariy bilimlari asosida to’ldirishadi.

2. Topshiriq.

O’quvchilarga Iskandar zabt etgan mamlakatlardan birining madaniyatiga dahldor bo’lgan videofilm namoyish qilinadi. O’quvchilar esa ushbu videofilmni tomosha qilib bo’lgach videofilmda namoish qilingan mamlakat nomini yozishlari va o’z bilimi doirasida ushbu mamalakat haqida bilgan va eshtganlarini qog’ozga tushirishlari lozim.



  1. Topshiriq.

Guruhlar quyida berilgan jadvalni ikkita asos bo’yicha to’ldirishlari lozim. Birinchi ustunda Aleksandr Makedonskiyni tarixiy shaxs sifatida u haqdagi ma’lumotlarini yozishlari lozim bo’lsa, ikkinchi ustunda “Saddi Iskandariy ” dostonidagi Iskandar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yozishlari (Bunda o’quvchilar Iskandarning o’ziga xos xislatlari va bir - biriga zid tomonlarini) darkor.

Saddi Iskandariy”

Tarixiy shaxs sifatida

Asardagi bosh qahramon sifatida








Yakuniiy qism.

Uyga vazifa berishdan oldin darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar mustahkamlashda bajargan ishlari saviyasiga qarab baholanadi. (O’quvchilarga uyga vazifa berishdan oldin o’tilgan mavzu bo’yicha tushunmagan joylari bo’lsa so’raladi va tushintirib o’tiladi va undan keyin uyga vazifa beriladi)



Uyga vazifa: dostonining qisqacha mazmunini o’qib kelish, mavzu yuzasidan har kim o’z imkoniyati va iqtidoridan kelib chiqqan holda quyidagi topshiriqlarni bajarishlari mumkin:

1. Ijodiy matn tayyorlash.

2. “Saddi Iskandariy” dostoni asosida surat tayyorlash.

3. Mavzu yuzasidan test tuzish.

4. Krasvord tuzish.

Xamsa” dostonlarini takrorlashga mo’ljallangan bir soatlik dars namunasi



Darsning maqsadi:

a) O’quvchilarga “Xamsa ” asari haqida nazariy ma’lumot berish va ularda ushbu asar haqidagi bilimlarini yanada oshirish.

b) “Xamsa” dostonidagi komil inson to’g’risidagi falsafiy fikirlarni sodda va tushunarli qilib o’quvchilarga tushintirish orqali uarda ham shu hislatlarni uyg’otish.

c) “Xamsa” ni o’rgatish orqali o’quvchilarni fikrlash doirasini o’stirish, ularni yozma va og’zaki nutqini shakillantirish.

Dars turi: Noan’anaviy

Dars jihozlari: darslik, taxta, bo’r, “Xamsa” dostonlariga ishlangan suratlar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar.

Asosiy tushuncha va atamalar:

Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, “Xamsa”,Iskandar, Turon Hindiston, Doro, Xitoy, Eron, Mag'ribni Farang, Rus, Qirvon, Xuroson, Samarqand, tilsim, Bahrom, Dilorom, Chin, mayishat, ov, Xorazm, chang, yetti qasr, Jo'na vа Mas'ud, Mehr vа Suhayl, Muqbil vа Mudbir, Husayn Boyqaro, Layli, Qays, Majnun, Navfal, Ishq ta'rifida, Ibn Salom, Kaba,Sahro, Farhod, Shirin, komil inson, Salosil, Shopur, Chin, Sheruya, Xusrav, Mehinbonu, Buzurg, Suhaylo, “Nahr ul - hayot”, “Bahr un - najot”, “Hayrat ul - abror ” maqolat, Nizomiy Ganjaviy, “Mezon ul - avzon”, Hotami Toy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Husayn Boyqaro va boshqalar.



Dars shiori: Yoshlikda olingan bilm, toshga o’yilgan naqsh kabidir.

Vaqt taqsimoti



Darsning borishi

ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Uyga vazifani so’rash

10 daqiqa

3

Mustahkamlash

30 daqiqa

4

Yakuniy qism

3 daqiqa


DARSNING BORISHI

Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish, sanani va mavzuni taxtaga yozish. Mavzu uchun zarur adabiyotlar ro’yxatini e’lon qilish.



Uyga vazifani so’rash:

O’quvchilardan uy vazifani bajarib kelgan bir guruh o’quvchilar baholanadi. Kund



Mustahkamlash:

Yosh maruzachi” metodi.

O’tmoqchi bo’lgan darsimiz takrorlash darsi bo’lgani uchun o’quvchilardan ushbu mavzu yuzasidan bilgan ma’lumotlarini qayta esiga tushirishlarini so’rab o’tamiz.

Darsimiz takrorlash darsi va qo’llamoqchi bo’lgan metodimiz sababli mavzuni tushintirib o’tirishning hojati yo’q.

Sinf o’quvchilarini oltita kichik guruhlarga bo’lamiz va ularning har birini quyidagicha “Xamsashunos”, “Navoiyshunos”, “Farhod”, “Shirin”, “Layli”, “Majnun” singari nomlaymiz. Har bir guruhga alohida - alohida topshiriq beramiz.

“Xamsashunos” lar guruhi “Xamsa” asari haqida umumlashtirib qisqacha ma’ruza tayyorlashlari lozim. “Navoiyshunos” lar guruhi esa, “Hayrat ul - abror ” dostoni haqida qisqacha ma’ruza tayyorlashlari lozim.

“Farhod” lar guruhi “Farhod va Shirin ” dostoni haqida qisqacha ma’ruza tayyorlashlari lozim. “Shirin” lar guruhi “Layli va Majnun ” dostoni haqida qisqacha ma’ruza tayyorlashlari lozim. “Layli” lar guruhi “Sab’ai sayyor ” dostoni haqida qisqacha ma’ruza tayyorlashlari lozim. “Majnun” lar guruhi “Saddi Iskandariy ” dostoni haqida qisqacha ma’ruza tayyorlashlari lozim.

Eslatma: Ma’ruza tayyorlash jarayonida darslik va mavzuga doir boshqa manbalardan foydalanish mumkin. Ma’ruza iloji boricha qisqa va lo’nda bo’lishi, shu bilan birga mavzu iloji boricha aniq va to’liq yoritib berilgan bo’lishi lozim.

Guruhlar ma’ruzani tayyorlab bo’lganlaridan so’ng ular tayyorlagan ma’ruzalari tinglanadi. Boshqa guruhlar esa shu mavzu yuzasidan savollar bo’lsa maruza ohirida beradilar, kamchiliklarini boshqa guruhlar to’ldirishi mumkin.



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1. “Xamsa” ijod etish uchun “Panj ganj” ning qanday xususiyatlari bu adabiy janirga xos bo`lgan me'yor sifatida belgilandi?

2. Sharq xalqlari adabiyoti tarixida Shayx Nizomiyga izdoshlik qilish an'anasi qanday yo`nalishlarda davom etdi?

3. Alisher Navoiy «Xamsa» si va uning yaratilish tarixiga doir nimalarni bilasiz?

4. "Hayrat ul-abror" dan keltirilgan maqolat va hikoyatlarning mazmun-mohiyati, g`oyasi nimalardan iborat?

5. Ulug` shoir "Farhod va Sliirin" dostonini ijod etarkan, uni yangicha tarixda yaratish niyatini qanday tamsillar vositasida badiiy ifoda etgan? Xuddi shu holat "Layli va Majnun" da qanday bayon etiladi?

6. Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida ulug` salaflarining ijodiy tajribasiga qanday munosabat bildiradi.

7. "Farhod va Shirin" dostonidagi yetakchi obrazlaming ramziy-majoziy xususiyatlarini izohlang.

8. “Layli va Majnun” dardchil ishqiy-sarguzasht mavzuining tarixiy asosi va tadrijiy takomili xususida nimalarni bilasiz?

9. “Sab’ai sayyor” da ilgari surilayotgan g’oya nimadan iborat.

10. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandarni adolatli shoh qilib tasvirlanishining asosiy sababi nimada?
Yakuniiy qism.

Uyga vazifa berishdan oldin darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

Har bir o’quvchi o’z imkoniyati va iqtidoridan kelib chiqqan holda quyidagi topshiriqlarni bajarishlari mumkin:

1. “Mening sevimli qahramonim” mavzusida insho yozish.

2. “Xamsa” dostonlari asosida surat tayyorlash.

3. Mavzu yuzasidan test tuzish.

4. Krasvord tuzish.

To’garak mashg’ulotlarida Alisher Navoiy “Xamsa” sini o’rganish:

ALISHER NAVOIY IJODI – TARBIYA O’CHOG’I

Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o‘rganishda testlar, labirintlar, kichiq matnlar tuzib ishlash juda maqsadga muvofiq. Bolalar dars davomida 1-2 tadan mavzuga oid testlar tuzib, bir-birlari bilan almashlab ishlashlari bevosita ularni test bilan ishlashga o‘rgatadi. Labirintlar bolalarni aql bilan ish tutishga o‘rgatsa, kichik matnlar yaratish esa ularni fikrlashga, ijod qilishga undaydi. Beshinchi sinfda ahloq-odobga oid, hikmatomuz ruboiylarini o‘qib o‘rganish ko‘zda tutilgan. Ularni o‘rganishda tahlil qilish, misralarni nasrga aylantirish, mazmunini sharhlash kabi topshiriqlar darsning faoliyatini oshiradi. 9-sinfda esa “Xamsa” asari ytuzasidan yuqoridagi ishlarni oshirish maqsadga muofiq bo’ladi. Bu topshiriqlarni amalga oshirishda sinf o‘quvchilarini kichik guruhlarga bo‘lib, zigzag usulida, ya’ni birin-ketin topshiriqlarni tezkorlik bilan ishlashga o‘rgatish juda qiziqarli kechadi. Bunda vaqt belgilab boriladi. Topshiriqlar turli stollarga qo‘yilib, guruhlar o‘rin almashib ishlashadi.



Birinchi topshiriq: Test savollari bilan ishlang.

1. Suv va quruqlikda zulmni o‘zida kasb qilib olgan zolim qaroqchi va uning makoni ta’rifi Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonida berilgan?

A) “Hayrat ul-abror”

B) “Sab’ai sayyor”

C) “Saddi Iskandariy”

2. Navoiy qahramonlaridan qaysi biri “Bu ishq tarki yaxshiroqdir” degan xulosaga kelgan?

A) Xusrav

B) Bahrom

C) Farhod

3. 1483 - 1485-yillarda Alisher Navoiy hayotida qanday voqea yuz beradi?

A) «Xazoyin ul-maoniy» devonlarini tuzadi.

B) «Xamsa» asarini yaratadi.

C) vazirlik lavozimiga erishadi.

4. Navoiyning qaysi qahramoni o‘limi oldidan “Otam “Bo‘tam” deb bo‘zlab o‘kursa, onam “Qo‘zum” deb xitob etsa, “Yolg‘uzum” deb bu bekasni sog‘insa”, deya achchiq-achchiq yig‘lagan?

A) Majnun

B) Farhod

C) Suhayl

5. Navoiy “Xamsa” dostonlaridan qaysi birining voqealarini, hatto hikoyalarini o‘z vatani bo‘lmish Xuroson, Movarounnahr hayoti bilan bog‘lashga harakat qilgan?

A) “Hayrat ul-abror”

B) “Sab’ai sayyor”

C) “Saddi Iskandariy”

6. Navoiy qaysi asari sujetlariga Shahrisabz, Xorazm haqida maxsus hikoyalar kiritgan?

A) «Tarixi muluki ajam»

B) «Majolis un-nafois»

C) «Sab’ai sayyor»

7. So‘zda, Navoiy, ne desang chin degil,

Rost navo nag‘mag‘a tahsin degil.

Navoiyning ushbu e’tirofi “Hayrat ul-abror” ning nechanchi maqolotida berilgan?

A) 10-maqolot

B) 1-maqolot

C) 3-maqolot

D) 8-maqolot



Ikkinchi topshiriq; Alisher Navoiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan shaharlar beshta nuqtada yillari bilan aks etgan. Siz shaharlarning nomini belgilang. Ular quyidagilar:

1. (nuqta 1483-yil) – “Xamsa” ni yozishga kirishadi.

2. (nuqta 1469-yil) – Samarqanddan Hirotga qaytadi.

3. (nuqta 1441-yil) – Hirotning Bog‘i Davlatxona joyida tug‘ilgan.

4. (nuqta 1485-yil) – “Xamsa” ni tugatadi.

5. (nuqta 1459- yil) – Mashhaddan Hirotga qaytadi.



Uchinchi topshiriq: Berilgan ismlar haqida olgan nazariy ma’limotlaringiz asosida qisqacha tarif yozing.

1. Farhod -

2. Qays -

3. Iskandar -

4. Bahrom -

5. Shirin -

6. Layli -

To‘rtinchi topshiriq: Ushbu berilgan so‘zlardan foydalanib guruhingiz bilan kichiq matn yarating. («Xamsa», Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, turkiy til, baxt, betakror, nafis, she’riy misralar...)

O‘quvchilar topshiriqlarni bajarib bo‘lgach, ruboiylar tahlili Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidagi hikoyat bilan boshlanadi.



O‘qituvchi: Bolalar, siz Makka haqida ko‘p eshitgansiz, Hajga borgan kishi o‘z gunohlaridan forig‘ bo‘lishga, poklanishga umid qiladi. Hikoya qilinishicha, Ismoil degan shaxs ham Makka safariga otlanadi, u yo‘lda Shayx Mo‘min bilan uchrashib qoladi. Shayx Mo‘min bu yo‘lovchining haj orzusida ekanligini bilgach, undan:

- Onang bormi? – deb so‘raydi. Tasdiq javobini olgach:

- Yo‘ldan qaytib onang xizmatini qil, - deydi. Bu maslahat hoji bo‘lishni istagan kishiga yoqmaydi. Shunda Shayx Mo‘min:

- Men ellik marta haj qilibman, bosh yalang, oyoq yalang va biror hamrohsiz. Barchasini senga berdim. Sen onang ko‘ngli shodligin menga ber, - deydi.

- Xo‘sh, bobomiz Alisher Navoiy bu hikoyati orqali qanday fikrni ilgari surgan? – savoli orqali o‘quvchilarga murojaat qilib, ularning fikrini bilishimiz va ruboiylaridagi ma’nolarni sharhlash yo‘li bilan uqtirishimiz mumkin.

«Munshaot» asarida esa: «... Payg‘ambar buyuribdurkim, tangri taolo g‘azabi ham ota g‘azabiga vobastadur. Kishi ota rizosin olsa, tangri taolo rizosin olgan bo‘lur. ... Mashoyix so‘zidurkim... otang parvardigoringdur»3, - degan fikr bayon qilingan.

Mana ko‘rdingizmi, balki xalq orasidagi «ota rozi – xudo rozi» degan naql o‘sha davrlardan qolgandir.

Endigi topshiriqda har bir guruh Navoiyning bittadan ruboiysini nasrga aylantiradi. «Farzand ato qullig‘in chu odat qilg‘ay» ruboiysining nasrdagi ko‘rinishi bunday bo‘lishi mumkin: O‘z otasining hurmatini bajo keltirgan farzand dunyodagi eng baxtli farzand bo‘la oladi. Mana shu hurmati tufayli uning kasb-kori rivoj topadi. Har kim otasiga qanday munosabatda bo‘lsa, kelajakda xuddi shunday munosabat uning o‘z farzandidan qaytadi. Darvoqe, bugungi o‘g‘il – ertaga ota, bugungi qiz - ertaga ona bo‘lishi tabiiy, bu hayot qonunidir.

Ruboiylar sharhlangach, o‘quvchilarga ota-onani hurmatlash borasida xalqimiz tomonidan yaratilgan maqollarni eslash va “Xamsa” da ona va o’g’il munosabatiga doir vaziyatlarni topish vazifasi topshiriladi:

Ota-ona bo‘lar farzandga quyosh.

Ota-onang duosi,

O‘tga - suvga botirmas.

Otangni kaftingda tutsang,

Onangni boshingda tut.

Ota–onasini og‘ritgan el ichida xor bo‘lar,

Onasini og‘ritgan parcha nonga zor bo‘lar.

Ona mehribon, ota g‘amg‘uzor.

Oltin olma, duo ol.

Bugungi kunda ulug` so`z sohibqironi hayoti va asarlari mohiyatini anglash, tushunishda har birimizning burchimiz desak yanglishmaymiz. Negaki, Navoiy asarlari o’zining xalq tili va qalbiga yaqinligi bilan ham bizga juda yaqindir.

Xulosa shuki, test, matn ustida ishlash, tahlil qilish, ifodali o‘qish jarayonlarida o‘quvchilarga estetik tarbiya berish va ularning og‘zaki nutqini o‘stirish ko‘zda tutiladi.




1 A.Navoiy. Xamsa. Layli va Majnun. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. Toshkent.1986,158-bet.

2 Internet malumoti. Google.ru. Sab’ai sayyor onlaynda.

3 A. Navoiy Munshoat.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling