Alisher navoiyiing hayoti va ijodiy faoliyati. Shoir hayoti va ijodining manbalari
Shoir hayoti va ijodining manbalari
Download 145 Kb.
|
1-Mavzu
2. Shoir hayoti va ijodining manbalari.
Navoiy haqida shoirning o‘z asarlaridagi ma’lumotlar. Alisher Navoiy o‘zining faoliyati va olijanob insoniy fazilatlari bilan hayotligi vaqtidayoq juda katta obro‘ va hurmatga sazovor bo‘lgan. Shuning uchun uning hayoti, faoliyati, ilmiy va adabiy merosini o‘rganish, shaxsiy fazilatlarini yoritish, unga baho berish, uni ibrat-namuna sifatida e’tirof etib keng targ‘ib etish o‘sha vaqtdan, ya’ni XV asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Alisher Navoiy haqida hozircha birinchi ma’lumot 875-hijriy-1470-melodiy yilda yozilgan «Matla’ us-sa’dayn va majma’ ul bahrayn» (ikki saodat bag‘ishlaguvchining boshlanishi va ikki dengizning birlashuvi) nomli tarixiy asarda uchraydi. Asarning muallifi Abdurazzoq Samarqandiy bo‘lib, mazkur kitobning ikkinchi jildida 1470-yilning safar – avgust oyigacha sodir bo‘lgan voqyealar bayoni jarayonida Alisher Navoiyni «Amir Alisher» tarzida tilga oladi, uning hayoti va ijtimoiy faoliyati haqida mo‘jazgina ma’lumot beradi. Bu manbada Alisher Navoiyning Sulton Husayn Boyqaro taklifi bilan Samarqanddan Hirotga kelib, «Hiloliya» qasidasini buyuk hayit kuni Sulton Husayn Boyqaroga taqdim etgani uqtirilgan. Shuning bilan birga Alisher Navoiy Samarqanddaligi vaqtida Xoja Fazlulloh Abulaysiy hamda Xoja Ubaydulloh-Xoja Ahrori Vali so‘hbatlaridan bahramand bo‘lganligi ham birinchi marta tilga olinadi. Navoiyning faoliyati va merosini o‘rganish uzoq va murakkab tarixga egadir. Bu tarix XV asrning o‘zidan, Navoiy zamondoshlarining asarlaridan boshlanadi. Besh asrga yaqin davr ichida Naoviyning faoliyati va merosini o‘rganish murakkab taraqqiyot bosqichlarini kechib o‘tdi. Alisher Navoiy yaratgan asarlarni o‘z davrining mashhur xattotlari bo‘lmish Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Abduljamil kabilar go‘zal tarzda ko‘chirish bilan ularning avlodlarga yetib kelishiga bois bo‘ldilar. Navoiyning hayoti va faoliyatini o‘rganishda birinchi manba Navoiyning o‘z asarlaridir. Navoiyning deyarli barcha asarlarida, xususan, uning „Munshaot“, „Vaqfiya“, „Xamsat-ulmutahayyirin“, „Xutbai davovan“, „Majolis-un-nafois“ va „Mahokamat-ul-lug‘atayn“ kabi asarlarida uning hayoti va faoliyatiga doir ko‘p va qimmatli faktlar, ma’lumotlar bor. Bu fakt va ma’lumotlar Navoiyning shaxsiy hayoti, uning ijodiy faoliyati, ayrim asarlarining yozilish tarixi, rejalari va orzu-intilishlari, madaniy hayot va obodonchilik sohasidagi xizmatlari, xalqning osoyishtaligi uchun kurashi, muhrdor va vazir sifatida qilgan ishlari, do‘stlari, hamkorlari, raqiblari va dushmanlari bilan bo‘lgan munosabatlari kabi masalalarni qamrab oladi. Download 145 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling