Alisher navoiyning estetik qarashlari


Download 51.38 Kb.
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi51.38 Kb.
#1336331
1   2   3
Bog'liq
ALISHER NAVOIYNING ESTETIK QARASHLARI

Asosiy qism
Ma`lumki, adabiy tanqidning ilmiyligi bilan san`at turlari, estetika va etikaning uy\unligi ham tabiiydir. Bu uy\unlik va uzviy aloqadorlik holatlari adabiyot va san`atning obrazlilik asosidagi fikrlash tarzini yanada kengaytirishga xizmat qiladi va adabiy tanqidni ba`zida san`at darajasiga ko`tarilishiga ham olib keladi.
Tanqidchining adib yoki shoir, umuman olganda, san`atkor va yozuvchining esa ko`p hollarda adabiy tanqidchi bo`lishi adabiyot, san`at, estetika, va tanqidning o`zaro ijodiy uy\unligidagi mahorot mezonlari bo`lib xizmat qilishi mumkin. Yozuvchining adabiy-tanqidchilik faoliyati bilan shu\ullanishi u yozayotgan badiiy asarning yanada pishiq bo`lishiga ko`mak bergan. A. Navoiy, A.Qodiriy, Oybek, S.Ayniy, Cho`lpon, Fitrat kabi mashhur yozuvchilar badiiy asar yozishga kirishishdan oldin eng avvalo mavzu qilib olinayotgan tarixiy davrlarni va ilmiy-ijodiy tajribalarni chuqur o`rganib chiqqanlar.
Umuman, yozuvchining adabiy tanqidchilik faoliyati estetika va adabiyotshunoslik fanining boyishiga munosib xizmat qilibgina qolmasdan ijodkor yozayotgan badiiy asarning puxta, badiiy jihatdan pishiq, tarixiy hujjatlar va faktlarning aniq bo`luviga munosib xizmat qiladi. Shuning uchun ham yozuvchi-tanqidchi mahoratining shakllanishida ilmiy-ijodiy tajribalar, estetik va adabiy-tanqidiy qarashlar muhim ahamiyat kasb etadi.Xullas, adabiy tanqid adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi bo`lib ilmiy tafakkur va badiiy ijod rivojiga ham muhim hissa qo`shib kelmoqda. Shuning uchun ham badiiy adabiyot paydo bo`la boshlagandan boshlab adabiy-tanqidiy fikrlar, estetik va adabiyotshunoslik masalalari ham maydonga kelgan desak, aslo xato qilmagan bo`lamiz. Tarixiy-adabiy manbalar “adabiyotshunoslik”, “adabiy tanqid”, “adabiy tanqidchilik” va “tanqidchi” atamalari ostida tushuniladigan mazmun jahon adabiyoti miqyosida uzoq tarixga ega ekanini isbotlaydi. Haqiqatan ham insonlar qadimdan xalq o\zaki ijodi va badiiy asarlarga o\zaki hamda yozma munosabatlar bildirib, ularga baho bera boshlaganlar. Agar o`zbek adabiyoti tarixiga nazar tashlansa to XX asrgacha bo`lgan davrlarda badiiy ijod, adabiyotshunoslik va adabiy-tanqidiy qarashlar qorishiq tarzda mavjud bo`lganligini kuzatish mumkin. O`tmishda adabiyotshunoslik va adabiy tanqid fan sifatida yaxlit bir holdagi ko`rinishga ega bo`lmagan bo`lsa ham bu sohadagi ilmiy-ijodiy tajribalar qadim-qadimdan boshlab she`riy ko`rinishlarda, tazkira va adabiyotshunoslikka oid risolalarda, tarixiy-badiiy yodnomalarda mavjud bo`lib, rivojlanib kelgan. Ayniqsa she`r va she`riyat ilmiga oid risolalar hamda tazkiralardagi adabiy-tanqidiy tafakkurga oid turli xil fikr va qarashlar mumtoz adabiyot va ijodkor olami taraqqiyotida muhim o`rin tutib keldi. Bu borada Alisher Navoiyning adabiyotshunos va tanqidchi sifatidagi ilmiy-badiiy tafakkur rivojiga qo`shgan hissasi ayniqsa katta mahorat maktabi vazifasini o`tadi. Shuning uchun ham Alisher Navoiy qoldirgan adabiy-tanqidiy meros haqida A.Sa`diy, A.Hayitmetov, B.Valixo`jayev kabi olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar.
Shuni ham alohida qayd etish kerakki, Sharqda A.Navoiygacha ham, A.Navoiydan keyin ham, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidning o`ziga xos bir ko`rinishi bo`lgan tazkirashunoslik bobida ham ko`p ilmiy-ijodiy tajribalar to`plandi. 1X-X asrlarda arab adabiyotshunoslari Abu Abdulloh ibn Sallom al-Jumahiy “Tabaqot ash-shuaro”, Abdulla ibn Muslim Dinovariyning “Ash-she`r va shuaro”, Mansur as-Saolibiyning “Yatimat ad-dahr”, yoki X111 asrdan boshlab turkiy tildagi tazkiralarni boshlab bergan Muhammad Avfiy Buxoriy va uning “Lubob ul-albob” (“Bilimlar ma\zi”), Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”, Hasan Nisoriyning “Muzakkiri abob”, Sodiqbek Sodiqiyning “Majma` ul-havos”, Sulton Muhammad Mutribiyning “Tazkirat ush-shuaro”, Muhammadbade` Malehoning “Muzakkir ul-as`hob”, X1X asrning birinchi choragida yaratilgan “Majmua shoiron”, Rahmatulla Vozehning “Tuhfat ul-ahbob” va boshqa ko`p allomalarning taskiralarida ijodkorning estetik olami, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidga oid ko`p muammoli masalalalar o`z ifodasini topib, ularning Sharqda qadimdan adabiyotshunoslik ilmining rivojlanishiga qo`shgan hissalari katta bo`ldi.
Badiiy ijod, she`riyat nazariyasi va tanqidchilikka oid adabiy-tanqidiy qarashlar va fikr-mulohazalar faqat tazkiralardagina emas, balki Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ma`naviyatimizning ulu\ allomalari asarlarida ham keng ifoda etilganki, bu jihatdan ularning she`r va shoirlik mas`uliyati haqida to`plangan ilmiy-ijodiy tajribalari,adabiy-tanqidiy qarashlari adabiyotshunoslik ilmining rivojiga muhim hissa bo`lib qo`shildi. Albatta, XX asrgacha bo`lgan davrdagi badiiy ijod tahliliga ba\ishlangan asarlar tom ma`nodagi adabiyotshunoslik va adabiy tanqid ko`rinishiga ega bo`lmasa ham, ularda qorishiq tarzda bo`lsada adabiy-tanqidiy qarashlar, adabiyotshunoslik va badiiy adabiyotning tarixiy yo`li turli darajada va saviyada umumlashtirilib munosabat bildirilishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Ayniqsa, she`riy-badiiy so`zning qudratini, ijtimoiy falsafiy teranligini sharhlab berish borasida mazkur ilmiy-ijodiy tajribalarning o`rni va ahamiyati katta bo`ldi. Masalan, buyuk alloma Abu Nasr Muhammad al-Farobiy o`zining “Shoirlar san`ati qonunlari haqida risola”sida ilk bor adabiyot nazariyasi, she`r va shoirlik mahorati haqida teran ilmiy fikrlar bildiradi. Farobiy o`zidan oldin o`tgan yunon va arab adabiyotshunoslarining an`analarini davom ettirib, badiiy ijod va janrlar nazariyasi masalasiga qo`l urib, ularni o`zining nazariy fikr-mulohazalari bilan boyitadi. Shu bilan birga shaklning o`zaro bo\liqligi, o`quvchi oldidagi ijodkor mas`uliyati va badiiy mahorat kabi dolzarb masalalarni ko`tarib chiqib, ularni yanada ilmiy-nazariy qarashlar bilan boyitdi.
Farobiyga xos bo`lgan adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilikning teran va tahliliy yo`nalishi Bobur ijodida ham davom ettirildi. Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoh bo`lish bilan birga iste`dodli shoir, adabiyotshunos olim va adabiy tanqidchi sifatida ham shuhrat topdi. Ayniqsa, Boburning “Boburnoma” va “Aruz risolasi”da adabiyotshunoslik masalalari keng tahlil etilib, ularda o`ziga xos adabiy-tanqidiy qarashlar bayon etilgan. U o`zining “Aruz risolasi”da Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”, Sayfiy Buxoriyning “Mezon ul-ash`or” kabi adabiyotshunoslik va aruz nazariyasiga oid asarlaridan ta`sirlanib, ularga teran sharhlar yozib, munosabat bildirib, aruz nazariyasi va qonun-qoidalari haqidagi mustaqil fikrlari bilan ham adabiyotshunoslik ilmining rivojiga munosib hissa qo`shdi. Bobur adabiyot va she`riyatga ba\ishlangan munozara va mushoiralarga faol munosabat bildirish orqali ham shoirlarning asarlaridagi yutuq va kamchiliklarni mohirona tahlil qila bilib, adabiy-tanqidiy qarashlarini bayon etdi. Boburning adabiy-tanqidiy qarashlarining tub asosini badiiy mahorat masalalari, eng avvalo badiiy asar mazmunining qay darajada teranligiga qarab baho berishlik tashkil etadi. Bobur o`zbek she`riyatini baholashda Alisher Navoiy qo`ygan yuksak talablar asosida ish ko`radi va ko`p hollarda shoir ijodini aruz nuqtai nazaridan sharhlab baholaydiki, bu esa uning yuksak va nozik ta`b adabiyotshunos olim va adabiy tanqidchi bo`lganligidan guvohlik berib turadi. Shu narsani alohida qayd etish kerakki, mumtoz adabiyot tarixida ko`p hollarda adabiy-estetik qarashlar va adabiyotshunoslikka oid fikrlar she`riy shakllarda ham o`z bayonini topganligini ko`rishimiz mumkin. Bu ijodiy-ilmiy tajribalar ham adabiy-tanqidiy qarashlarning shakllanishida va rivojida muhim o`rin tutdi. O`tmishda ko`pchilik shoirlar adabiy tanqidiy va estetik qarashlarini o`z she`rlarida bayon etib, ijodkorlarni xalq qalbidagi orzu niyatlarni tasvirlash, xalq dardi va qalbini chuqur tushunishga, ularning o\irini yengilatishga da`vat etganlar. Shu tariqa shoirlarning ijodida she`riyat orqali il\or adabiy-tanqidiy qarashlar va xalqchillik \oyalari ifoda etilib, san`atkorning burch va mas`uliyati haqida bahs yuritilgan, ko`p hollarda esa she`r va she`riyat ilmiga doir ko`plab nazariy fikrlar bayon etilib, adabiyotshunoslikka oid o`z estetik va ijodiy olamlarini yaratishga harakat qilganlar.
Agar Muqimiy:
SHe`ringizga xalq tolib bo`lsalar so`ngra o`qing,
YO kelib ahbob kar bo`lmakka mehmon bo`ldimu?
degan satrlari orqali badiiy ijodda xalqchillik masalasini ko`tarib chiqib, ijodkor ma`suliyati haqida teran fikr bildirgan bo`lsa, Anbar Otin “she`r yozsangiz xaloyiq xolidan mavzu eting” deya haqiqiy ijodkor, xalq dardini kuylashi kerakligini izhor etadi. Hamza:
Haq quli bo`lsang, haqiqat rishtasin tut\il mudom
Zohiru botin haqiqat nahridin aboddir,
deya badiiy adabiyotda doimo realistik tendensiyalar va tamoyillar hukmron bo`lishligi zarur ekanligini ta`kidlagan edi. Mumtoz adabiyot vakillarining yana shunday she`riy yusindagi adabiy-tanqidiy qarashlari ham badiiy-estetik tafakkur olamining kamol topishi uchun zaruriy manba bo`lib xizmat qilib keldi.
O`zbekistonda adabiy-tanqidiy va estetik hamda adabiyotshunoslik ilmining rivojida X1X asrning ikkinchi yarmidan keyin muhim ko`tarilishlar yuz bera boshladi. O`zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a`zosi, professor Baxtiyor Nazarov “O`zbek adabiy tanqidchiligi” monografiyasida X1X asrning ikkinchi yarmidagi o`zbek matbuotiga, xususan “Turkiston viloyatining gazeti”ga nazar tashlansa, hozirgi adabiy-tanqid haqidagi tushunchamizga yaqin ma`nodagi fazilatlarga ega bo`lgan adabiy-tanqidiy maqolalarga duch kelishligimizni ta`kidlaydi va shu asosida tom ma`nodagi professonal o`zbek tanqidchiligi X1X asrning oxirlaridan shakllana boshlanganligiga e`tiborni qaratadi1.
Haqiqatan ham Turkistonda XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib bir qadar zamonaviy matbuotning paydo bo`lishi adabiy tanqidchilikning rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etdi. O`zbek adabiy tanqidchiligi keng shakllana borib, O`rta Osiyo xalqlari adabiy-tanqidiy tafakkuriga ham barakali ta`sir o`tkazdi. Xullas, tanqidchilik bevosita har bir davrning o`ziga xos ma`naviy yuksaklik mezoni bo`lib xizmat qiladi. Turkistonda X1X asr oxiri XX asr boshlaridagi gazetchilik matbuotining paydo bo`lishi munosabati bilan yangi yo`nalishdagi o`zbek adabiy tanqidchiligining tu\ilishi va ayniqsa XX asrdagi rivojlanish tarixining taraqqiyot yo`lining o`ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, jadidchilik matbuotida adabiy tanqidning ijtimoiy-estetik ahamiyatiga juda muhim e`tibor berilib, tanqidchilik yo`nalishi milliy uy\onishga munosib xizmat qilishlikka qaratilgan bo`lsa, 20-30-yillarda professional tanqidchilik sohasidagi bahslar har tomonlama yanada qizib ketdi. Bu davrlarda adabiy tanqidchilik bolsheviklar partiyasi siyosatini tar\ib etuvchi davlat qo`lidagi qurolga aylana boshladi. 20-30-yillardan boshlab o`zbek adabiyotiga ham sotsialistik realizm haqidagi fikrlarning ko`chirib o`tkazilishi natijasida bu yo`nalishga yot deb hisoblangan ko`plab millatparvar adiblar qato\on qilindi. Kommunistik mafkurabozlik adabiy tanqid taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatdi, bu madaniy merosga bo`lgan ana shunday noso\lom munosabatlar, ayniqsa, mumtoz adabiyot vakillari ijodini turli «reaksion» oqimlarga bo`lib o`rganishga olib keldi.
Tanqidning kommunistik mafkuraviylik asosidagi adabiy jarayon va yozuvchi ijodiga ta`sir o`tkazishi bilan bo\liq bo`lgan salbiy munosabatlar ham ko`p xatolarni keltirib chiqardi. Lekin kommunistik mafkuraviylik siyosatidan qat`iy nazar adabiy tanqidning bosib o`tgan tarixida yuksak mahorat, ijodiy o`ziga xoslik va ko`plab uslub tamoyillar yuz berdiki ularni har tomonlama o`rganish, tad-i-ot qilish muhim ahamiyatga ega.
O`zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a`zosi, professor Baxtiyor Nazarov o`zbek adabiy tanqidchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, tanqidchilikdagi \oyaviylik, qahramon, ijodiy metod va mahorat masalalari ustida bir qator ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirdi.
Baxtiyor Nazarov o`zbek adabiy tanqidchiligining shakllana borgan davrlaridan boshlab, XX asrning 50-yillari o`rtalarigacha bo`lgan davr orali\idagi taraqqiyotining xarakterli belgilari, muhim qirralarini ayniqsa keng ilmiy tadqiq qildi. Xususan, o`zbek adabiy tanqidchiligidagi \oyaviylik uchun kurash, ijodiy metod va qahramon masalalari talqinidagi ijodiy takomil bosqichlarini o`rganishga asosiy diqqatni qaratdi. Baxtiyor Nazarov, «O`zbek adabiy tanqidchiligi» monografiyasida o`zbek adabiy tanqidchiligi takomilidagi muhim masalarni atroflicha o`rganish orqali, ayniqsa ilk adabiy-tanqidiy fikrlarni keng tahlil etadi. Asrimizning 20-yillaridan boshlab, 60-yillargacha bo`lgan davrdagi o`zbek tanqidchiligining o`ziga xos rivojlanish sur`atini ko`proq \oyaviylik, ijodiy metod va qahramon masalalari talqinida tahlil qiladi. B.Nazarovning ta`kidlashicha X1X asrning 80-yillaridagi dastlabki ilk adabiy-tanqidiy qarashlarda, asosan badiiy adabiyot xalqqa manfaat ko`rsatishi, xalq undan ibrat olishi kerak degan \oyalar ilgari surilgan bo`lsa, XX asrning boshlaridan o`zbek tanqidchiligi o`zining keng miqyosdagi shakllanish bosqichiga o`ta boshladi va 20-yillarning ikkinchi yarmidan e`tiboran esa o`zbek tanqidchiligi professional janr sifatidagi o`z qiyofasiga ega bo`la boshladi. B.Nazarov o`zbek tanqidchiligining 20-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab paydo bo`la boshlagan adabiy-tanqidiy maqolalar, monografiya va qo`llanmalarda qo`yila boshlangan adabiyotning \oyaviyligi, mafkura, davr qahramoni mahorat, shakl va mazmun, ijodiy metod kabi masalalarni ilk bor yaxlit olgan holda atroflicha tahlil qilib beradi. Lekin shu narsani ham alohida qayd etish kerakki, bugungi kun nuqtai-nazaridan olib qaraganda B.Nazarovning o`zbek adabiy tanqidchiligidagi \oyaviylik, metod va qahramon muammolari bo`yicha bildirgan ba`zi bir fikrlari munozarali bo`lishi mumkin. Lekin munaqqidning tad-i-otlaridagi mahorat, uslub, tanqid va estetik tamoyillari haqidagi ilmiy-tanqidiy qarashlarining o`rni va ahamiyati kattadir. B.Nazarov keyingi ilmiy-tad-i-otlarida ham ijodiy jarayon va adabiy tanqid muammolarini tahlil etarkan davrlar uzviyligiga ham katta ahamiyat beradi, tanqidchilik taraqqiyotidagi eng muhim yetakchi xususiyatlarni talqin va tahlil qiladi.
Adabiyotshunos Abdu\afur Rasulovning “Tanqidchilik ufqlari” degan adabiy-tanqidiy maqolalar to`plamida ham tanqidchilik nazariyasi haqida bahs yuritilib, adabiy-tanqid tabiatiga ta`rif beriladi va adabiy tanqid adabiyotshunoslik, badiiy ijod, falsafa, estetikaga jon tomirlari bilan ulanishini, lekin u o`z mohiyati va tafakkur yo`siniga ko`ra o`ziga xos mustaqil soha ekanligi haqida nazariy fikrlar bildiriladi. A.Rasulov tanqidchi mas`uliyati masalasi ustida bahs yuritarkan, har bir tanqidchi o`z konsepsiyasiga, o`z mustaqil qarashlariga, o`z so`ziga va izchil ilmiy yo`nalishga ega bo`lishi kerakligi talabini qo`yadi. A.Rasulovning ushbu risolasi kitobxonga adabiy tanqid mohiyatini nazariy va amaliy jihatdan chuqur anglashda ilmiy-ijodiy tajriba sifatida qo`l keladi.
A.Rasulov adabiy-badiiy tanqidning baholovchilik tabiatini uning bosh vazifasi sifatida tushunadi. Lekin adabiy tanqidchi baholashni madhiyabozlikka aylantirmasligi lozimligini ham to`\ri ta`kidlaydi. A.Rasulovning baholash badiiy asarning butun borli\idan kelib chiqishi, ya`ni baholashda alohida olingan asarning o`zidangina emas, yozuvchining butun ijod yo`li va adabiy jarayon yaxlitligi ham hisobga olinishi lozimligi haqidagi fikriga to`liq qo`shilish mumkin.
Mahmudjon Nurmatovning ham 60-70-yillarda tanqid va estetika masalalari bilan faol shu\ullandi. Uning “Tanqid va estetika” (g`.g`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, Toshkent, 1976) kitobida eng avvalo estetika va tanqidning nazariy masalalariga qo`l uriladi. Bu masalada U Tomas Manro, Lev Hikey, Artur Mur, Mak Elrou, J.Hodin, A.Xouell, V.Oldrich, Etyen Surio, Mukerj, Karl Yung kabi olimlar bilan bahsga kirishadi.
M.Nurmatov o`z fikrlarida estetik ta`limotning qadimdan fan sifatida rivojlanib kelganligini isbotlashga kirisharkan, uning bugungi dolzarb vazifalarini ham nazaridan qochirmaydi. M.Nurmatov estetika va adabiy tanqid qanchalik bir-biridan farq qilmasin, lekin ular maqsad va vazifalari jihatidan bir-biriga \oyat yaqin ekanligini ta`kidlab, ular oldida turgan mushtarak vazifalar haqida fikr yuritadi. Estetika, adabiy tanqid va falsafa o`rtasidagi bo\liqlik masalasida nazariy qarashlarini bayon etadi. M.Nurmatov tanqidchining burchi, tanqidchilikdagi mezon va me`yor hamda dialektik metod xususidagi qarashlarida “Estetika - bu go`zallik haqidagi fandir” yoki “Estetika - bu san`atning umumiy nazariyasidir” degan bir tomonlama qarashlarga ham qarshi chiqadi va aslida go`zallik- estetikaning eng umumiy va markaziy kategoriyalaridan biri ekanligini, bundan tashqari estetika yana nafosat, ulu\vorlik, qahramonlik, fojiaviylik, xunuklik, dahshatlilik singari kategoriyalarni ham o`rganishini va o`zida ifoda etishini ta`kidlab estetika fanining ufqi nihoyatda keng ekanligini isbotlashga harakat qiladi. M.Nurmatovning estetik kategoriyalar va adabiy tanqidchilik mezonlari haqidagi qarashlarida bir tomonlama baholash holatlari ham uchrasada, uning tanqid va estetik uy\unlik haqidagi fikr-mulohazalari tadqiqot va tajriba sifatida e`tiborlidir.
Shu narsani alohida qayd etish kerakki, 60-70 yillarda “Sharq yulduzi”, “Guliston”, “O`zbek tili va adabiyoti” jurnallari va gazetalar sahifalarida adabiy tanqidga oid bahs va munozaralar ko`plab uyushtirildi. Ayniqsa, 70-yillarga kelib o`zbek tanqidchiligida adabiy jarayon va yozuvchi ijodiga baho berishda har qachongidan ko`ra chuqurroq ilmiy ifoda usullari qo`llanila boshlandi, xilma- xil maqolalar, monografiyalar ko`plab yozildi. Ayniqsa, M.Qo`shjonovning “Tanqidchi va yozuvchi”, S.Mamajonovning “Adabiy jarayon va adabiyotshunoslik”, L.Qayumovning “Adabiy tanqid va ijodiy jarayon”, M.Yunusovning “Adabiy-badiiy tanqidning tili haqida”, O.Sharafiddinovning “Tanqidiy tafakkur gulxani”, N.Karimovning “Adabiy tanqid va adabiy jarayon”, N.Xudoyberganovning “Yangi olam yaratuvchisi” kabi maqolalarida o`zbek adabiy-tanqidchiligining yutuq va kamchiliklari tahlil etib berildi. Adabiy tanqidchining mahorati va saviyasi, o`ziga xos uslubiy jihatlari haqida keskin tortishuvlar bo`lib o`tdi. Ayniqsa, tanqidchilikdagi sifat o`zgarishlari va mahoratning o`suvi keng ko`lamda tahlil etildi, bu boradagi ayrim nuqsonlar ro`y-rost ochib tashlandi, ularning mazkur fikrlari bugungi kun adabiy-tanqidchiligi uchun ham ahamiyatli ekanligini ta`kidlash lozim.
Adabiyotshunos H.Umurovning adabiy tanqidning nazariy va amaliy masalalariga ba\ishlangan tadqiqotlari ham tanqid tafakkurini yoritishga qaratilgan dastlabki ishlardan hisoblanadi2.
Hotam Umurovning ishlarida, asosan 1956-1966 yillar o`zbek adabiy tanqidchidagi mahoratning ba`zi nazariy masalalari ilmiy-tadqiqot qilinadi. Shu jarayonda adabiy tanqidning janr sifatidagi o`ziga xos xususiyatlari, fazilatlari va uning hayot va badiiy ijod bilan aloqasiga oid ilmiy kuzatishlar qilinadi. Badiiy adabiyotdagi xarakter va sharoit uzviyligi, qahramon yaratish muammollarini yoritish bobidagi o`zbek adabiy tanqidchiligidagi mahorat masalasi tahlil etiladi. “Badiiy ijod tarixi shuni isbotlaydiki,adabiy tanqid faqatgina nazariyani amaliyotga bo\lab qo`yish bilan cheklanmaydi,-deb qayd etadi H.Umurov.-Balki, nazariya sohasini kengaytiradi, tayyor badiiy “mahsulot”dan yangi, hayotiy, nazariy qoidalar yaratadi. U adabiyotdan o`rganadi va adabiyotga yangiliklar kiritadi”3 .
H.Umurov “Tahlil san`ati” monografiyasining “Tanqidchilik mahoratining nazariy masalalari” degan birinchi bobida adabiy tanqidning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat bo`lishi kerakligi haqidagi masala ustida bahs yuritar ekan eng avvalo o`sha davrlardagi tanqid saviyasiga ba\ishlangan muhokama va munozaralarga o`z munosabatini bildirib, bahsga kirishadi. O`zining tanqid nazariyasiga oid nazariy va amaliy fikrlarida o`zbek tanqidchiligining 1956-60 yillarda qo`lga kiritgan yutuq va kamchiliklariga baho beriladi.
H.Umurov monografiyasida “Tanqid konkret fanmi yoki badiiy ijodning bir turimi? “Hayot - adabiyot - tanqid”, “Yozuvchi-kitobxon-tanqidchi” muammolari qanday hal qilinayapti? degan savollar qo`yadi va ularga javob topishga harakat qiladi. Lekin, adabiy-badiiy tanqidning o`ziga xos xususiyati nimalarlan iborat? Tanqid konkret fanmi yoki badiiy ijodning bir turimi? degan savolga muallif to`liq va aniq javob bera olgan, deb bo`lmaydi. To`\ri, muallif tanqid tafakkuriga oid jahon adabiy tanqidchiligi to`plagan boy nazariy va amaliy tajribalar asosida o`zining ilmiy nazariy qarashlarini bayon etadi.
Ma`lumki, XX asrning 80-yillarigacha ham yaxlit holda o`zbek adabiy tanqidi tarixi yaratilmagan edi. 1987 yilda ikki tomlik “O`zbek adabiy tanqidi tarixi”ning O`zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Til va adabiyot institutining adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid bo`limi ilmiy xodimlari tomonidan yozilib chop ettirilishi katta voqea bo`ldi. O`zbek adabiy tanqidining tu\ilishi va rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan mazkur ikki tomlik adabiy tanqid tarixi taraqqiyoti haqida yaxlit bir tasavvur bera oladi. Adabiy tanqid tarixining ikki tomligida tanqidchilikning tu\ilishi va shakllanishidan tortib har bir davrda shu sohada erishilgan asosiy ijobiy taraqqiyot tendensiyalari umumlashtiriladi, yo`l qo`yilgan kamchiliklar tahlil qilinadi. Har bir davrda adabiy tanqid tomonidan diqqat markaziga qo`yilgan asosiy masalalar alohida ajratib olinib yoritilishi ham muhim ahamiyat kasb etgan. Ikki tomlikda eng avvalo tanqid nazariyasining rivojlantirilishiga katta ahamiyat berilib, adabiy tarixiy jarayonda adabiy tanqidning o`rni, adabiy tanqid predmeti va tamoyillari, adabiy tanqid tarixini o`rganishning vazifalari va uni o`rganish uslubiyati va adabiy tanqid tarixi haqidagi asarlarning nazariy-amaliy vazifalari belgilab olinadi, ijtimoiy hayot va adabiy jarayonning shakllanishida adabiy tanqid tutadigan mavqei haqida baxs yuritiladi. Ikki tomlikda o`zbek adabiy tanqidining ilk qadamlaridan boshlab, janriy izlanishlar, adabiy tanqidning mumtoz adabiy merosga yondoshuvi va munosabati, adabiy tanqidchilikdagi ijodiy faollikning oshib borishi, davr va qahramon muammosi, zamonaviylik, \oyaviylik va badiiy mahorat masalalari keng tahlil etiladi. Shuningdek, ijodiy metodlar, tanqiddagi asosiy tendensiyalar adabiy tanqidning adabiy jarayondagi amaliy faoliyati va tanqidchining mahorati masalalari alohida boblarda talqin etiladi. Mualliflar proza, poeziya, dramaturgiya rivojining yangi bosqichlarida adabiy tanqidning tutgan o`rni va tanqid nazariyasining rivojlanishi masalalariga ham alohida e`tibor berib, adabiy tanqiddagi mahorat masalasi doimo diqqat markazida bo`ladi.
Ikki tomlikda har bir davr adabiy tanqidchiligidagi yetakchi xususiyatlar, tendensiyalar alohida tahlil qilinadi va xulosalar chiqariladi. Lekin, mazkur adabiy tanqid tarixi haqidagi ikki tomlikda ko`p masalalarning mohiyati chuqur ilmiy, tahlillar asosida emas, umumiy obzor tariqasidagina yoritilib o`tib ketilganligi holatlarini ham kuzatish mumkin.
Umuman, mazkur ilmiy-tadqiqotlar yo`nalishidan ko`rinadiki, adabiy-tanqidchilikda badiiy adabiyotdagi xarakter haqqoniyligi, hayotiy va badiiy haqiqat, tarixiylik va zamonaviylik muammolari 60-70-yillarda keng tahlil va talqin etila boshlangan. Ayniqsa, 60-yillardan boshlab adabiy jarayonning faollashuvida adabiy tanqidchi va yozuvchi-tanqidchi faoliyati yanada muhim ahamiyat kasb eta borganligi, adabiy tanqidchilik janrlari yanada keng taraqqiy eta boshlaganligi va adabiy merosga yangicha munosabatlarning ko`rinishi bobida ham ma`lum tajribalar umumlashtirilib muvaffaqiyatlarga erishildiki, buni biz yozuvchi tanqidchining ilmiy-nazariy va badiiy estetik mahorati bahsi masalalarida ham yaqqol ko`rishimiz mumkin.
Xullas, badiiy-estetik va adabiy-tanqidiy qarashlarning taraqqiyotida qadimdan rivojlantirilib kelingan adabiy tanqid hamda estetik tafakkur olamida orttirilgan ilmiy-ijodiy tajribalarning o`rni hamda ta`sir doirasining nihoyatda kengligi haqidagi yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarimiz orqali muayyan xulosalarga kelish mumkin.

Alisher Navoiyning adabiyotshunoslik va tanqidiy qarashlari haqida


Jaxon badiiy adabiyotining Xomer, Aristotel, Xoratsiy, Firdavsiy, Dante, Bokachcho, Petrarka, Jomiy, Navoiy, Lomonosov, Gete, Shiller, Chernishevskiy, Belinskiy kabi buyuk allomalari adabiyotshunos olim sifatida ham dong taratganlar. Masalan, eramizdan oldingi qadimgi yunon badiiy adabiyoti erishgan olamshumul yutuqlarni umumlashtirib Arestotel o`zining jahon adabiyotshunosligining ilk majmuasi bo`lgan «Poetika» kitobini yaratgan edi. Lomonosov ilk bor rus she`riyatini isloh qilish (XVIII asr), ya`ni poeziyani oddiy halqga tushunarli qilish qonun qoidalarini ishlab chiqqan edi. Shuningdek, Rim shoiri Xoratsiyning «Poeziya haqida ta`limot» kitobi (eramizdan oldingi I asr), Italiya uy\onish davrining buyuk zotlari Dantening «Halq tili haqida» kitobi Petrarka va Bokachchoning adabiyot nazariyasiga oid fikrlari, qadimiy (antik) yunon adabiyoti namunalarini mangu adabiyot namunalari deb e`lon qilgan Bualoning (XVIII asr) «Poetik san`at» asari, Belinskiyning «Poeziyaning xil va turlarga bo`linishi» (XIX asr) asarlari ham umumjahon adabiyotshunosligi tarixida beqiyos o`rin tutdilar.


Sharqda ham adabiyotshunoslik qadimdan rivojlanib kelgan. Abu Ali ibn Sinoning «Mu`tasamush - shuaro» («Shoirlarning panohgohi») kitobi, Xalil ibni Axmad va Firdavsiyning aruz haqidagi ta`limotlari, Kaykovusning «Qobusnoma», Yusuf Xos Xojibning «Qutat\u bilig» («Saodatga yo`llovchi bilim»), Davlatshoh Samarqandiyning «Taskiratush shuaro», Alisher Navoiyning «Majolisun - nafois» («Go`zal majlislar»), «Muhokamatul - lu\atayn» («Ikki til muhokamasi»), Boburning «Aruz risolasi» («Muxtasar») kabi asarlari sharq adabiyotshunosligi tarixining zabardast ustunlari bo`lib xizmat qildilar. Masalan, Firdavsiy dunyoda birinchilardan bo`lib, adabiyotning beqiyos ijtimoiy roli va ahmiyatini baland ko`targan bo`lsa, Yusuf Xos Xojib badiiy so`z ustalarini ma`no dengizidan injular topib xalqga hadya etuvchilar deb atagan edi. Kaykovus xulqiy tarbiyada adabiyotning benazir o`rni bor ekanligini ta`kidlab «Qobusnoma»da adabiyot nazariyasiga oid qator masalalar haqida qiz\in bahs yuritadi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Sharq adabiyotshunosligi va tanqidchiligining rivoji Alisher Navoiy ijodi bilan chambarchas bo\liqdir. Chunki, Hazrati Navoiyning «Maxbubul - qulub», «Majolisun - nafois», «Mezonul - avzon», «Mukamatul - lu\atayn» kabi nodir asarlari adabiyotshunoslik fanini rivojlantirishga ulkan hissa bo`lib qo`shildi. Masalan, Alisher Navoiyning «Mezonul avzon» («Vaznlar o`lchovi») asarini qadimgi o`zbek tilidagi ilk adabiyot nazariyasiga oid qimmatli asarlardan biri ekanligini aytish mumkin. Chunki, Alisher navoiy mazkur asarida aruz she`riy tartibi haqida o`zining nazariy fikrlarini keltirib ularni amaliyot bilan, ya`ni she`riy usullar bilan izohlaydi. Xullas, mazkur asarda A.Navoiy turkiy xalqlar she`riyatidagi yetakchi bo`lgan aruz she`riy vaznining qoidalarini yanada takomillashtirib boyitadi. A.Navoiy asarda aruz she`r tartibi fors-tojik va turkiy xalqlar poeziyasiga asosan VII-VIII asrlarda kirib kelganligini va bungacha esa aruz she`r tuzilishi arab poeziyasida keng kamol topganligini qayd etib, VIII asrning oxirida tu\ilib IX asrda yashab ijod etgan arab olimi Halil ibni Ahmadning ilk bor aruz ta`limoti haqida katta kitob yozganligini va aruzning bilimdoni sifatida dong taratganligini qayd etadi. Ma`lumki, Xalil ibni Ahmadning tu\ilgan joyi Aruz keyinchalik aruz she`riy tartibotining nomiga aylangan edi. A.Navoiy o`zining «Mezonul avzon» ilmiy asarida aruz tarixining kelib chiqishi haqida ancha mukammal ma`lumotlar berish bilangina chegaralanib qolmasdan u haqida nazariy va amaliy fikrlar bayon etib, bu talimotni yanada rivojlantiradi. A.Navoiyning o`zi ham aruz vaznida yozilgan yuksak she`riyati bilan bu borada ulkan amaliy natijalarga erishdi. Yana shuni ham qayd etish kerakki, A.Navoiy davrida she`riyatda, ayniqsa xalq o\zaki ijodi maydonida barmoq vazni ham ma`lum bir mavqega ega edi. Shuning uchun ham A.Navoiyning «Mezonul-avzon»i asosan aruz vazniga ba\ishlangan asar bo`lishiga qaramay bunda tadqiqotchi xalq she`riyatining asosiy o`lchovi bo`lgan barmoq vazni haqida ham ilmiy izlanishlar qilib, uning aruz vaznidan farq qiluvchi tomonlariga o`quvchining e`tiborini qaratadi: «Chun o`zanlarning o`zmo\i va o`zbaklarning budu-bidoyi hech vazn bila rost emas. Erdi, anga taarruz qililmadi, agargi asarlari bordur, ammo aning aruz ilmi\a daxli yo`qdir». Shubhasiz bu yerda gap o`sha davrda ham, ayniqsa, xalq o\zaki ijodida mashhur bo`lgan barmoq vazni haqida ketayotganligini il\ab olish qiyin emas. Umuman, Navoiyning «Mezonul-avzon» asarini ko`p asrlik turkiy poeziya to`plagan tazribalarini nazariy jihatdan tahlil qiluvchi va yakunlovchi adabiyotshunoslikka oid ilmiy-tanqidiy asar deb baholash mumkin. Ma`lumki, Zahriddin Muhammad Bobur A.Navoiyning «Mezonul-avzon» asaridagi aruz nazariyasi haqidagi fikrlarini yanada davom ettirib «Aruz risolasi» («Muxtasar») kitobini yozgan edi. Xullas, A.Navoiy mazkur asarida she`riyat qonun qoidalari xaqida fikr yuritar ekan shubxasiz, \oyasizlik, bachkanalik va sayozlik badiiylikka ziddir degan mezon o`lchovini ilgari suradi. Ma`lumki, A.Navoiy buyuk mutafakkir va yetuk alloma sifatida badiiy adabiyotni insonlarni ozod va har taraflama kamolatga erishgan shaxslar qilib tarbiyalashda eng qudratli vosita ekanligi \oyasini ilgari surgan va ijodi bilan buni isbotlagan. Bu haqda uning nodir adabiyotshunoslik asari bo`lmish «Majolisun-nafois» asari ham guvohlik berib turadi. Eng avvalo shuni alohida qayd etish kerakki, A.Navoiyning mazkur adabiyotshunoslikka oid asarida 459 dan ortiq shoir ijodi haqida ma`lumotlar beriladi. «Majolisun-nafois» asari 15-asr adabiy hayotini eng oliy ko`zgusi bo`lib tarixda qoldi desak yanglishmagan bo`lamiz. Chunki mazkur asar orqali biz buyuk bobokolonimizning benazir ijodiy mehnatiga tasannolar o`qib uning o`zidan oldin yashab ijod qilgan va ayni paytda hazaratning zamondoshi bo`lgan ijod ahllarining mevasidan atroflicha bahramand bo`lamiz. A.Navoiy mazkur asarida o`z oldiga bor imkoniyat doirasida o`tmishda o`z davri ijodkorlarining xotirasini adabiylashtirish masalasini ham qo`yadi.
Mazkur asarda A.Navoiydek xolis va yetuk mutafakkir allomaning nuqtai nazari asosida o`sha davr ijodkorlari asarlarining yutuq va kamchiliklari bilan tanishish biz uchun ma`lum darajada o`rta asr adabiy muhiti haqida aniq tasavvurlarga ega bo`lish imkoniyatini tu\diradi. «Majolisun-nafois» asarining eng muhim va beqiyos ahamiyati ham ana shundadir. Shuni alohida qayd etish kerakki, A.Navoiy adabiiy-estetik prinsiplarining uzviy xalqasini so`z san`atkorlaridan hayotni rostguylik bilan tasvirlashni talab qilish, yuksak badiiylik uchun kurash \oyasi tashkil etadi. Shuning uchun ham A.Navoiy adabiyot tanqidchisi sifatida didsiz, talantsiz, iste`dodsiz maqtanchoq va maddox shoirlar bilan hech kelisha olmaydi. «Majolisun-nafois» asari bilan qancha chuqurroq tanisha borsak bunga shuncha ishonch hosil qila boramiz. Misollarga murojaat qilaylik, Alisher Navoiy o`z ustozlaridan biri bo`lmish Mavlono Lutfiy haqida shunday bayonnoma bitgan: «Mavlono Lutfiy - o`z zamonasining malikulkalomi erdi, forsiy va turkida naziri yo`q erdi, ammo turkida shuxrati ko`proq erdi va turkcha devoni mashhurdir...».
Shundan so`ng Alisher Navoiy Lutfiyning mashhur va mutaazzirul javob majla`lari bor ekanligini qayd etib, uning quyidagi baytlarini o`quvchining hukmiga havola etadi:
Noziklik ichra belicha yo`q tori chisuyi,
O`z haddini bilib, belidin ulturur qo`yi.
yoki:
Sayd etti dilbarim meni oshufta sochdin,
Soldi kamand bo`ynima ikki qulochdin.

A.Navoiy «Majolisun - nafois» da ulkan badiiy didli adabiyot tanqidchisi sifatida yondoshib, o`z davri adabiy muhitidagi asosiy yo`nalishlar haqida ham aniq ma`lumotlar beradi, badiiylik va \oyaviylik talablarini qo`yadi. Shuning uchun ham talantli navoiyshunos olim A.Hayitmetov «Majolisun - nafois» A.Navoiyning adabiy - tanqidiy qarashlarini o`rganishda eng muhim manba ekanligini ta`kidlasa, shoir satirasi ustida keng ilmiy tadqiqot olib borgan professor A.Abdu\afurov mazkur asarni Navoiy satirasining yorqin ko`rinishlaridan biri sifatida baholaydi.


Albatta, A.Navoiyning «Majolisun - nafois» asarini sinchiklab kuzatar ekansiz bu ikki olimning ham o`zlaricha haq ekanligining guvohi bo`lasiz. Haqiqatdan ham mazkur asarda A.Navoiyning adabiy - tanqidiy qarashlari bilan satirik yo`nalishlari o`zaro uy\unlashib ketgan. Masalan, A.Navoiy o`zining «Mezonul - avzon» asarida tuyuqning «turk shuaro» siga xosligi, uning «sart» (fors-tojik) she`riyatida yo`qligini ta`kidlab tuyuq «ikki baytga muqarrar» (hajmi), «sa`y qilurlarkim, tajnis aytil\ay» (qofiya) va «ul vazn musaddagi maqsaddur» (vazn) deb tuyuq va vazn hajmi jihatidan qat`iy qoidaga ega bo`lishini ta`kidlagan edi. A.Navoiy «Majolisun - nafois» ning VII majlisida tuyuq haqidagi o`zining fikrlarini yana davom ettirib shoirlar Abu Bakr Mirzo va Sulton Iskandar SHeroziy ijodi haqida fikr yuritib, ulardan bittadan tuyuq keltirib va ularga baho beradi:
Abu Bakr Mirzo:
«Er kerak o`rtansa yonsa yolina,
Yoranib yotsa, otining yolina.
It ulumi birla ulsa yaxshiroq,
Er otonib dushmani\a yolina.
Agarchi bazi alfozi turnaroqdur,
Ammo tajnisni yaxshi topibdur», deydi.

Sulton Iskandar SHeroziy:
To`lin oy\a nisbat ettin yorumi,
Ul hijolatdinkim uldi yorumi.
Tori muyungning zakotin men beray,
YO Misrni, yo Halabni, yo Rumi
«Burun\i tuyuqdin bu turkonaroqdir».

Bu misoolar orqali A.Navoiy yirik adabiyotshunos olim va adabiy tanqidchi sifatida o`zining adabiy tanqidiy fikrlarini yanada takomillashtirib borganligining guvohi bo`lamiz.


A.Navoiy adabiy tanqidchi sifatida o`zi iste`dodli bo`la turib, dangasalik qiladigan shoirlarni qattiq tanqid qiladi. Bu jihatdan uning shoir Osafiy xususidagi fikrlari, ayniqsa alohida diqqatga molikdir. Shoir Osafiyning talantli shoir ekanligini tan oladi, lekin uning o`z vaqtini behuda o`tkazishini qoralab uning hulqidagi oliftagarchilik xususiyatlarini qattiq qoralaydi. Lekin bu bilan Navoiy Osafiyni mutlaqo tanqidning qora balchi\iga botirib tashlamaydi va uning:
Yuz balolar ko`rdim ul oromi jondin ko`rmadim,
Ikki ko`zimdin yomonliq ko`rdim andin ko`rmadim,
degan turkcha matla`sini keltirib Mavlono Osafiyning talantli shoir ekanligiga shubha qilmaydi va u haqidagi o`z bahsiga «Insho-ollo tuz yo`l\a kirgay» deb xotima yasaydi. Shu xususda A.Navoiyning «Majolisun - nafois» da Ulu\bek Mirzoning o`\li Abdulatif haqida aytganlarini ham keltirib o`tishni joiz deb topdik: «O`tar dunyo maslahati chun donishmand va podshoh otasin o`lturdi. Har oyinakim, saltanat SHeruyga vafo qil\oncha anga qildi». Bu yerda A.Navoiy Abdulatifni XII asrda Eron shohi Xusravning o`\li - o`z otasini o`ldirgan SHeruya qismatiga o`xshashiga ishora qilmoqda (SHeruya obrazi keyinchalik padarkush - salbiy qahramon sifatida badiiy asarlarga ko`chgan edi). Xullas, A.Navoiy o`zining mazkur asarida o`z zamondoshlari bo`lmish ijodkorlari oldiga yuksak talablar qo`yadi, ularni zamon bilan hamnafas qadam tashlashga chaqiradi, badiiy jihatdan yetuk asarlar yozishga da`vat etadi.
Ma`lumki, A.Navoiyning «Muxokamatul-lu\atayn» asari haqida gap ketganda ko`pgina mazkur asarni tilshunoslik nuqtai nazaridan ko`proq baholashga harakat qiladilar. Natijada, ba`zida A.Navoiyning mazkur asarida turkiy tilning boy imkoniyatlarini ochib berganligi xaqidagi aytilgan fikrlar soyasida bu asarning milliy badiiy adabiyot yaratish mumkinligi bobidagi yirik adabiyotshunoslik asari ekanligi masalasi soyada qolib ketadi. Vaholanki, bu asar butun turkiy xalqlar tilshunosligi va adabiyotshunosligi tarixida yangi bir davrni boshlab bergan buyuk asar ekanligini inkor etib bo`lmaydi. A.Navoiy mazkur asarida Xusrav Dehlaviy, Sa`diy, Xofiz SHeroziy, A.Jomiylar ijodiga yuksak baxo beradi, qasida janrini yangi bosqichga ko`targan Haqoniy, Anvariy, Kamol Ismoil, Zohir va Solmon kabi shoirlarni Firdavsiy, Nizomiy kabi masnaviy janrining ustalari ijodini va \azalchilikni yuksaklikka ko`targan Sa`diy va Hofiz SHeroziylar ijodini teran adabiyotshunos olim sifatida talqin qilib baholaydi. A.Navoiy «Muhokamatul-lu\atayn» asarida mashhur shoirlar ijodini chuqur tahlildan o`tkazar ekan o`z oldiga nima uchun turkiy tildagi poeziya forsiyga nisbatan kam rivojlangan, o`z shoirlarining forscha ijod qilishlariga sabab nima degan muhim savol qo`yadi va unga keng va atroflicha javob beradi.
A.Navoiyning ta`kidlashicha badiiy adabiyotning rivoji siyosiy xukmronlik bilan bo\liqlik holda kamol topdi: Movarounnaxrda arab podshohlari hukmronligi cho\ida poeziya asosan arab tilida rivojlangan bo`lsa, sart (fors-tojik) sultonlari davrida esa fors-tojik tilidagi poeziya kamolot cho`qqisiga ko`tarildi. A.Navoiyning qayd etishicha XIII asrda, ya`ni mulk boshiga turkiy qabilalar aristokratiyasi chiqa boshlagandan boshlab Temur va temuriylar zamonida turkiy adabiyot shakllandi va baland cho`qqiga ko`tarila boshladi: «To mulk arab va sarj sultonidan turk xonlariga intiqol topdi, Xulogun zamonidan va sultoni sohibqiron Tumurkuragon zamonidan farzandi xalafi Shoxrux Sulton zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo`ldilar: ... shuaro: Sakkokiy va Xaydar Xorazmiy va Atoiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoyidiklar. Va forsiy mazkur bo`lgan shuaro muqobilasida kishi paydo bo`lmadi, bir Mavlono Lutfiydan o`zga...» deb qayd etadi A.Navoiy o`zining «Muhokamatul - lu\atayn» asarida. A.Navoiy turkiy poeziyaning forsiydan ortdan qolishining birinchi sababi fors-tojik tilida qadimdan boy an`ana mavjud ekanligi va u yosh boshlovchi shoirlar uchun juda qo`l kelishi, turkiguy shoirlar o`z ona tilining murakkab va nozikligini bildiruvchi ko`p ma`nolik xususiyatlari ustida kam bosh qotirishlari, ya`ni ularning o`zbek tilining ko`p fazilatlar va boyligidan bexabarligi kabi qator sabablar ustida ham tuxtalib o`zining turkiguylikda bosib o`tgan butun mashaqqatli va huzurbaxsh ijodiga munosib yakun yasagandek bo`lib «so`zim martabasi avjdin qo`yi ilmagay va bu tartibim kavkabasi a`lo darajadin o`zga yerni biganmagay» deydi. Ma`lumki, «Muhokamatul - lu\atayn» A.Navoiy umrining oxirlarida yozilgan eng so`nggi asarlaridan biri ekanligini hisobga olsak shoirning mazkur so`zlarining nazm bobida o`ziga qo`l yetmas ajoyib bir haykal o`rnatib ketayotganligiga ishora qilinganlik deb tushunmoq kerak. Shu bilan birga A.Navoiy nazmda turkiguylikni qo`llab-quvvatlash davlat nuqtai nazaridan ham muhim masala ekanligini ta`kidlab podshoh Xusayn Boyqaroni bu borada qator amaliy ishlar qilishga undaganligi «Muhokamatul - lu\atayn» asarining ba`zi bir bayonlarida sezilib turiladi. Masalan, A.Navoiy o`sha davrda o`zbek tilining rivojlanishi uchun podsholik tomonidan qator tadbirlar belgilanganligi va ijodkorlarning o`z ona tilida ijod qilishiga chorlovchi hatto farmonlar berilganligini shunday qayd qilib o`tadi: «Va iltifot va ehtirom yuzasidan ba`zi ma`nilar topib, nazm qilur\a xukmlar ham joriy bo`ldi va so`z uslubina ta`yinlar va adosi\a ta`minlar ham izxor bo`ldi». Demak, turkiguy shoirlar o`z ona tillarida ijod qilishlari uchun Navoiy davrida hamma shart-sharoitlar yaratib berilgan, hatto bu borada maxsus ta`lim beradigan o`qish xonalar ish ko`rgan. Hatto A.Navoiy Xusayn Boyqaroning o`zi ham o`z ona tilida ijod qilganligini, ya`ni turkiguy shoir bo`lganligini ta`kidlab uning she`riyati obi hayotidan ko`plab turkiguy boshlovchi shoirlar lab tashnalarini qondirganligini aytadi.


Xulosa
Albatta, aytilgan yuqoridagi fikrlardan eski o`zbek poeziyasi faqatgina A.Navoiy davrida tarkib topgan ekanda degan xulosa ham kelib chiqmasligi lozim, chunki Navoiyga qadar ham turkiy tilda qator yaxshi asarlar bitgan Sakkokiy, Lutfiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Yaqiniy, Amiriy, Gadoiy kabi mashhur ijodkorlar mavjud bo`lgan. A.Navoiyning o`zi ham «Muhokamatul - lu\atayn» asarida o`zidan oldin o`tgan mazkur shoirlar ijodiga keng to`xtalib ularning turkiy tilning rivojlantirish borasidagi munosib xizmatlarini qayd qilib o`tadi. Masalan, Navoiy Mavlono Lutfiy ijodiga alohida to`xtalib, uning o`zbek adabiyotining bebaho namunalari bo`lgan romantik dostonlari, she`rlariga yuksak baho beradi. Xullas, «Muhokamatul - lu\atayn» asari o`zbek tilini adabiy til darajasiga ko`tarish borasidagi A.Navoiyning butun ongli hayoti davomida olib borgan kurashlari va xizmatlaring nazariy va amaliy yakuni bo`ldi, desak yangilishmagan bo`lamiz. Mazkur ilmiy asar ulu\ alloma o`z halqining tili va taqdiri uchun kurashib nihoyatda buyuk vazifani ado etganligini yorqin ramzidir. Shuningdek, «Muhkamatul - lu\atayn» asari adabiyotlarning o`zaro ta`sirini tekshiruvchi muhim asar hamdir. Chunki, A.Navoiy mazkur asarda fors-tojik tili va adabiyotining katta bilimdoni sifatida ham maydonga chiqadi. Adabiyotlar do`stligi halqlar do`stligi ekanligi \oyasini ilgari surib hech bir xalq tili va adabiyotining kamsitishiga yo`l qo`ymaydi. Ma`lumki, A.Navoiyning adabiyotshunos va adabiyot tanqidchisi sifatidagi faoliyati qaraladi. Biz yuqorida qayd etgan asarlar xududi bilan chegaralanmaydi. Shoir «Hamsa» dostonlari va \azallarida ham o`zining adabiyotshunoslikka oid qarashlarini takomillashtirib borib, san`atkorlarni hayot haqiqatlarini rostgo`ylik bilan tasvirlashga da`vat etgan yuksak badiiylik uchun kurashgan, shaklbozlikka berilgan didsiz va iste`dodsiz shoirlarni tanqid qilgan, ijod bobidagi maqtanchoqlikka qarshi keskin kurash olib borgan. Shoirning «Saddi Iskandariy» dostonida maqtanchoq va iste`dodsiz shoirlar xususida bayon etgan qo`yidagi baytlari fikrimizning isbotidir:
«Kerak daxr ahliga un kun jadal,
Ki besh baytdin bo\la\ay bir \azal.
Basl masnaviguyi nozuk hayol,
Ki nazm ahli ichra solib qiylu qol.
Haloyiqqa yuz husni noz aylagay,
Ki un yilda ming bayt soz aylagay.
Chiqar\on zamon ul nav oyin savod
Ki olamda yo`q bo`yla rangin savod.
Savodi\a har kimki ko`z solibon,
Qaro shomi mehnat aro qolibon.
Ne zulmatki, yo`q obi hayvon anga,
Qayu tunki, yo`q mehri raxshon anga...».
Xullas, A.Navoiyning adabiyotshunoslikka oid qarashlari halqimiz va adabiyotimiz tarixi uchun \oyat ahamiyatlidir.

Download 51.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling