Alisher navoiyning estetik qarashlari
Download 51.38 Kb.
|
ALISHER NAVOIYNING ESTETIK QARASHLARI
ALISHER NAVOIYNING ESTETIK QARASHLARI Kirish Asosiy qism Badiiy-estetik va tanqidiy tafakkur taraqqiyotining uy\unligi masalalari. Qadimdagi taskirashunoslik va adabiyotshunoslik bobidagi ilmiy-ijodiy tajribalar haqida. SHe`riy shakldagi adabiiy-tanqidiy tafakkur taraqiyoti haqida O`zbek adabiy tanqidchiligining shakllanishi va tanqidiy tafakkur taraqiyoti haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar xususida. Sharq va g`arb qadimgi adabiyotshunosligi tarixidan Alisher Navoiyning «Mezonul-avzon»i qadimgi ilk adabiyot nazariyasiga oid qimmatli asar A.Navoiyning «Majolisun-nafois» asaridagi adabiyotshunoslik va adabiy tanqidiy qarashlarining tahlili A.Navoiyning «Muhokamatul-lu\atayn» yirik adabiyotshunoslik asari va unda milliy adabiyot yaratish \oyalarining ifodalanishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Ilmiy- ijodiy tajribalardan ma`lumki, yozuvchining adabiy-tanqidchi ijodiga ta`siri va ularning o`zaro hamkorligi doimo ijobiy baholanib kelingan. Masalan, taniqli munaqqid Matyoqub Qo`shjonov va Ozod Sharafiddinov A.Qahhor satirasi haqidagi salmoqli ilmiy-tadqiqotlarida adibning ijodiy tajribalari, yoshlar bilan suhbati va adabiy-tanqidiy qarashlariga suyanib ish ko`radi. Bu esa M.Qo`shjonov, O.Sharafiddinov tanqidchilik mahoratining yanada oshuvi va adibning ijod laboratoriyasiga ularning chuqur kirib borishlariga munosib xizmat qilgan. Yozuvchining ko`p hollarda taniqli tanqidchi ham bo`lishi yoki o`z navbatida tanqidchining badiiy ijod bilan muntazam shu\ullanish jarayonlari ham biz fikr yuritgan tanqidchi uslubi va mahorati muammolari bilan uy\unligini ko`rsatib turadi. Masalan, Izzat Sultonning nazariyotchi, tanqidchi va yoki yozuvchilik faoliyatlarini bir-biridan ajratish ancha mushkul masala. Chunki I.Sultonning ijodi qorishiq bo`lib, uning yozuvchi, adabiyot nazariyotchisi va tanqidchilik faoliyati biri ikkinchisini taqoza etib, ular qayerdan boshlanib, qaysi nuqtalarda kesishib to`xtaydi, bilib bo`lmaydi. Yana shu narsani ham alohida qayd etish kerakki, o`zbek professional tanqidchiligi boshida Fitrat, Cho`lpon, A.Qodiriy, Oybek, H.Olimjon kabi yozuvchi-tanqidchilar turganligi ham mazkur masalani yanada oydinlashtiradi. Albatta, ko`p hollarda yozuvchi-tanqidchi professional tanqidchi kabi muayyan asarni yoki ijodkor olamini ilmiy-adabiy qonuniyatlar nuqtai-nazaridan tahlil qilmasligi mumkin, bu tahliliy jarayon undan talab ham qilinmaydi. Lekin bu yozuvchi-tanqidchining estetik va adabiy-tanqidiy faoliyatini o`rganish kerakmas, degani emas. Chunki yozuvchi adabiy-tanqidiy faoliyatidan bahs ochish kitobxonni san`atkor ijodiy laboratoriyasiga yanada chuqurroq olib kiradi, badiiy ijod sirlarini, estetik adabiy-tanqidiy qarashlar uy\unligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ilmiy-tanqidiy va estetik tafakkur rivojiga munosib hissa qo`shadi. Xullas, jahon adabiy-tanqidchiligi tarixida muhim o`rin tutgan yozuvchi-tanqidchi mahorati masalasini o`zbek adiblari ilmiy-estetik tafakkuri misolida o`rganib chiqish muhim ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi. Download 51.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling