339. Mumtoz adabiyotda raqib obrazi haqidagi fikr keltirilgan qatorni toping.
*ma’shuqaning vasliga da’vogar bo‘lgan boshqa bir oshiq.
340. Mumtoz asarlarni o‘qitishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar to‘liq keltirilgan qatorni topnig.
*Vazn bilan bog‘liq; qofiya bilan bog‘liq; til xususiyatlari yuzaga keltiradigan to‘siqlar; obrazlarning ko‘proq ramziy va majoziy xarakterda ekanligi; tasavvufiy (ramziy) ma’noni ilg‘ash mushkulligi.
341. Matnning hajm jihatdan turlari qaysilar? * mikromatn, makromatn
342. Mumtoz adabiyotda shakli bir xil yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlarni baytning turli o‘rinlarida, har bir o‘rinda alohida ma'noni ifodalash san'ati * Tajnis
343.Monologik metodni ko‘rsating? * leksiya, hikoya, namoyish qilish
344. Maqol janriga xos xususiyat to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
* fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘ladi
345. Metrik she’r tizimi deb nimaga aytiladi?
* bo’g’inlarning uzun-qisqaligiga, unlilar holatiga asoslanadi
346. Mumtoz adabiyotimizdagi topishmoq - janrlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
* muammo, lug‘z, chiston
347. Muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho qanday nomlanadi? * adabiy-ijodiy
348. “Mening bolalik yillarim Farg‘ona vodiysining Yaypan, Nursuq, Kudash, Buvayda, Tollik, Olqor, Yulg‘unzor, Oqqurg‘on degan qishloqlarida o‘tgan….” Parcha qaysi yozuvchi tarjimai holidan olingan? * Abdulla Qahhor
349. Mavjud bilim, ko`nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo`llay olish qobiliyati nima deyiladi? * kompetensiya
350. Milliy asoslardagi maktab dasturiga mos darsliklar qachon yaratilib, maktab amaliyotiga joriy etildi? *1993 yilda
351. Mavjud metodik adabiyotlarda dars tahlili necha turga bo’linadi? * 4 turga
Do'stlaringiz bilan baham: |