Alisher navoiyning pedagogik qarashlari
Download 1.28 Mb.
|
ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’azal mulkining sultoni Navoiy asarlarida tarbiyaviy qarashlar
ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI Reja: 1.So’z mulkining sultoni. 2.Navoiy asarlarida tarbiyaviy qarashlar. 3.”Xamsa” dostonining tarbiyaviy ahamiyati. Tayanch so’z va iboralar. Tarbiya- ma’lum bir maqsadga qaratilgan axloqiy sifatlatlarni shakllantiradigan jarayon. Hayrat ul abror-yaxshi kishilarni hayratlanishi. Pedagogika-yunoncha ‘’bola yetaklayman’’ degan ma’noni bildiradi. Ahli ma’ni – komil insonlar. Farhod va Shirin- xamsaning ikkinchi dostoni. Hilmlik- muloyimlik. Xamsa- besh doston yig’indisi Arba’in - Navoiy asarlaridan biri Naf – foyda keltirish. Oliyjanoblik- kishilarga doimo yaxshilikni tilash. Mahbub ul qulub – ko’ngillarning sevgani. Himmat- sahovat. Arjumand- bag’ishlamoq G’azal mulkining sultoni Navoiy asarlarida tarbiyaviy qarashlar Alisher Navoiy maktabdor yoki mudarris bo’lib dars bergan bo’lmasa ham, ta’lim va tarbiya ishida juda katta xizmatlar qiladi. Navoiy bolaning voyaga yetishida,kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor berdi.Odam shaxsi kishilar bilan munosabatda asosiy omillardan biri – tarbiya ekanligini uqtirdi. Uning fikricha yaxshi ta’lim va tarbiya olgan har bir kishi Iskandar kabi bo’lmog’i mumkin,buning uchun aslzoda va shahzoda bo’lishi shart emas. Elga sharaf bo’lmadi johu nasab, Lek sharaf keldi, hayo-yu adab Alisher Navoiyning fikricha, tarbiyaning maqsadi - yosh avlodni xalqparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega qilib yetishtirishdir. U bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk bo’lib o’sishiga, injiq, yalqov, yomon xulqli bolalarni ham tarbiya orqali tuzatish mumkinligiga ishonch bildiradi. Navoiy tarbiyaning kuchiga e’tibor berish bilan birga, kishining qanday odam bo’lib voyaga yetishiga ta’sir ko’rsatadigan boshqa omillarni ham unutmaydi, har bir kishidan yoqimli, ochiq chehrali bo’lishni talab qiladi: Har kimgaki, dahr ichida donolik erur, Hilm ila anga majlis oroliq zarur Hazrati Navoiyning asarlarining har bir sahifasida komillik zo’r kuch bilan tashviq etilgan.Shoirning “Arba’in” asarida quyidagi hikmat ayniqsa muhimdir: El aro yaxshiroq, deding,kimdur, Eshitib shubha ayla raf andin, Yaxshiroq bi anu ulus arokim, Yetsa ko’proq ulusga naf andin. Kishi umrini baland himmat bilan boyitmog’I shart. Insonga naf yetkazib yashashni hayotining mazmuni deb bilmoq – himmati balandlikning nishonasidir. Birovkim, anga himmat o’ldi baland, Erur olam ahli aro arjumand. Ani, anga mufliski yo’q himmati, Chu, yo’q himmati, yo’q aning hurmati Navoiy el-yurtini obod, farovon, mustaqil bo’lishini, xalqqa ish bilan ham, so’z bilan ham foyda keltirish kerakligiga, vatanni sevishga da’vat etadi. Naf eturmakka shoir aylading, O’zinga ul nafni yor aylading. Nafing agar xalqqa beshak durur, Bilki, bu naf o’zinnga ko’prik durur. “Xamsa” dostonining tarbiyaviy ahamiyati Alisher Navoiyning nazmda yaratgan «Layli va Majnun»ga yana «Saddi Iskandariy», «Farhod va Shirin», «Sab’ai sayyor» hamda «Hayrat ul-abror» dostonlari qo’shilib, besh dostonni tashkil qiladi. Bunday beshlikni sharq adabiyotida «Xamsa» deb yuritiladi. “Hayratul-abror” falsafiy ta’limiy dostondir. Dostonda yetuk shaxsning ma’naviyatidagi yaxshilik, saxovat, soflik, muruvvat, andisha, rostgo’ylik, bag’rikenglik,kamtarlik singari fazilatlari ta’riflanib, ruhiy kamolot yo’llari tahlil etilgan. “ Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling