Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


  Qo`shimcha adabiyotlar


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81

  Qo`shimcha adabiyotlar: 

11. 


"Avyesto" nodir manba". "Turkiston" gazyetasi, 2001 yil 31 yanvar. 

12. 


Saidkulov T. Ochyerki istiografii istorii narodov Sryednyey Azii. Tashkyent, "O’qituvchi", 1992. 

13. 


Dyervish R.A., Lyevtyeyeva P.G., Musakayeva A. Pamyatnik istorii, ryeligii i kul’turы v Uzbyekistanye. 

Tashkyent, "O’qituvchi", 1994. 

14. 

Karimov SH., SHamsutdinov R. Vatan tarixi. Andijon, "Myeros", 1995. 



15. 

Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Toshkyent, "Fan", 1964. 

16. 

Hamidjon Homidiy. "Zardo’shtiylikning ta’lim tizimi". "Ma’rifat gazyetasi", 2000 yil 29 yanvar. 



17. 

O’rmonov M. "Avyesto". "Adolat" gazyetasi, 2000 yil 5 may. 

18. 

Habibullayev A. "Avyesto"ning muqaddas nurlari". "Qishloq hayoti" gazyetasi, 2000 yil, 26 may. 



19. 

Sagdullayev A. "Ni starosti, ni smyerti, ni zavisti zlyevryednoy". "Narodnoye slovo", 18 noyabrya 2000 

goda. 

20. 


Usmonov M. "Avyesto" ma’naviy chashmasi". "Ishonch" gazyetasi, 2001 yil 15 iyun. 

21. 


Hasanov S. "Avyesto"da jinoyat va jazo" Hayot va qonun, 2001 yil №1. 

  Darsning o`quv va tarbiyaviy  maqsadi:  «Avyesto»  kitobi  orqali  o’lkamizning  qadimgi davri tarixini  

yoritib  byerish.  SHuningdyek  «Avyesto»  va  zardushtiylik  dinining    tamoyillari    va  qonun  qoidalarini 

tushuntirib  byerishdan  iborat.  Bundan  tashqari    Ushbu  mavzu  orqali  O’zbyekiston  tarixining    noyob  

qadimgi tarixini yoritishga ham  yordam byeradi.  



  Dars o`tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu 

yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 

  Dars o`tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli 

muloqot  o`tkazish,  erkin  fikrlash  va  so`zlashga  o`rgangan  holda  fikr  mulohazalarini  bayon  qildirish, 

buning  uchun  har  bir  talabaga  o`tilgan  mavzular,  tayanch  iboralardan  savol  tashlanadi.  O`qituvchi  va 

talabalar  o`rtasida  byerilgan  savollarni  tahlil  etish.  Tarqatma  tyestlar  asosida  talabaning  mavzuni  qay 

darajada  o`zlashtirganligini  aniqlash.  Talabalarni  voqyealarni  tahlil  etishga  o`rgatish.  Xarita  bilan 

ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. 

  Darsning xrono kartasi – 80 minut.  

  O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi: 



 

289 


                                                                                                                                                                                        

  Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati-2 minut 

  Talabalarning davomati – 3 minut 

  Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut 

  Talabalar bilim darajasini aniqlash (o’tilgan mavzu bo’yicha)-50 minut 

  Sinov savollar namunasi  (savol-javob triqasida)– 10 minut 

  Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-5 minut 

  Uyga vazifa byerish – 5 minut 



  Tayanch  so’zlar  va  tushunchalar:  («Avyesto»,  zardushtiylik,  ezgu  o’y,  ezgu  so’z,  ezgu  fikr, 

davlatchilik,  Xorazm,  "Quyoshli  yer",  S.P.Tolstov,  I.M.D’yakonov,  Ed.Myeyyer,  nmana,  vis,  varzana, 

zantu,  daxya,  1999  yil  YUNYeSKO  Bosh  konfyeryensiyasining  30  syessiyasi,  "Avyesto"ning  jahon 

madaniyati  va  dinlari  tarixidagi  tutgan  o’rnini»  2700  yillig.  O’zbyekiston  Ryespublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi 2000 yil 29 martdagi qarori 2001 yil oktyabr) 

 

1- masala: 



 "Avyesto"  kitobi  O’rta  Osiyo  va  qo’shni  mamlakatlarning  eramizdan  avvalgi  II  ming  yillikning 

oxirlaridan  I  ming  yillikning  kyeyingi  asrlarigacha  bo’lgan  davrni  qamrab  olgan  tarixi  va  madaniyatini 

o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qilayotgan buyuk asardir. 

"Avyesto"  so’zi  "qat’iy  qonunlar"  ma’nosini  bildiradi.  Bu  kitobda  shu  hududda  yashagan  barcha 

xalqlarning  qadimgi  davrlardagi  ijtimoiy  iqtisodiy  hayoti,  diniy  qarashlari,  olam  to’g’risidagi  tasavvurlari, 

urf-odatlari, ma’naviy  madaniyatlari o’z aksini topgan. Ana shu buyuk asar haqida hozirgacha chop  etilgan 

ma’lumotlarni chuqur o’rganish maqsadida o’tkazilishi lozim bo’lgan syeminar darsi quyidagi ryeja asosida 

olib borilishi tavsiya qilinadi: 

"Avyesto"  kitobi  haqidagi  ma’lumotlarni  har  tomonlama  o’rganishda  I.A.Karimovning  "Tarixiy 

xotirasiz  kyelajak  yo’q",  Abu  Rayxon  Byeruniyning  "Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar", 

S.P.Tolstovning    "Qadimgi  Xorazm  madaniyatini  izlab",  SH.Karimov,  R.SHamsutdinovlarning  "Vatan 

tarixi",  S.A.Tokaryevning  "Ryeligiya  v  istorii  narodov  mira"  kabi  asarlari  bilan  tanishish  katta  yordam 

byeradi. 

Manbalarda  "Avyesto"  kitobining  muallifi  Zardusht  (ba’zi  manbalarda  Zardust)  bo’lganligi  qayd 

etiladi.  U  hayotda  yashab  o’tgan  tarixiy  shaxs.  Abu  Rayxon  Byeruniy  o’rta  asr  xronologiya  an’analari 

asosida  Zardusht  Alyeksandr  Makyedonskiydan  258  yil  ilgari  yashagan  dyegan  fikrni  ilgari  surgan  edi. 

Taniqli  faylasuf  olim  Ibrohim  Karimov  ham  "Muloqot"  jurnalining  1992  yil  11-12  sonlarida  chop  etilgan 

"Zardushtiylik  haqida  haqiqat"  maqolasida  Zardushtning  miloddan  avvalgi  589-512  yillarda,  ya’ni  bundan 

2600 yil muqaddam yashab o’tganligini yozadi. Olimning ta’kidlashicha, Zardusht Spitoma Markaziy Osiyo 

hududida  faoliyat ko’rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir tabiatshunos olim bo’lgan. Uning uch o’g’il va bir 

qizi  bo’lgan.  Zardusht  40  yoshga  yetganda  o’zigacha  bo’lgan  ko’p  xudolik  diniy  aqidalariga  tabiat 

hodisalariga qarshi chiqib, yakkaxudolikka asoslangan birinchi diniy kitob - "Avyesto"ni yaratgan. Zardusht 

zardushtiylik  dinining  payg’ambari  sifatida  tan  olingan  va  e’tirof  etilgan.  Boshqa  olimlarning 

(I.M.D’yakonov,  Ed.Myeyyer)  fikricha  Zardusht  ancha  ilgari,  ya’ni  eramizga  qadar  I  ming  yillikning 

boshlarida yashagan. 

SHu paytga qadar zardushtiylik haqida olimlar o’rtasida turlicha qarash va g’oyalar mavjud. Bu eng 

avvalo  zardushtiy  dini  qaysi  maskanda  paydo  bo’lganligi  haqidagi  masaladir.  Ba’zilar  zardushtiylik  dinini 

Midiyada  kyelib  chiqqan  dyesalar  boshqalar  Sosoniylar  davridagi  manbalarga  tayanib  Zardusht 

Antropatyenye  (Ozarbayjon)  shahridan  dyeb  isbotlashga  harakat  qiladilar.  J.Darmittyer,  V.Djyekson, 

E.Xarufyel’d  kabi  olimlar  Zardushtning  tug’ilgan  va  o’z  faoliyatini  boshlagan  joyi  shimoliy  G’arbiy  Eron 

bo’lib,  u  Doro  I  ning  zamondoshi  bo’lgan  dyeb  hisoblaganlar.  Ularning  bu  taxminiga  Zardusht  haqidagi 

rivoyatlardan  biri  asos  bo’lib  xizmat  qilgan.  Bu  rivoyatga  ko’ra  Zardusht  Vishtaspa  dyegan  podsho 

hukmdorligi  vaqtida  yashagan.  Ma’lumki,  Doro  I  otasining  nomi  Gitaspa  bo’lgan.  YUqorida  nomi  tilga 

olingan  olimlar  Vishtaspa  bilan  Gitaspa  aslida  bitta  shaxs  bo’lgan  dyeb  hisoblab,  Zardushtning  vatanini 

SHimoliy  G’arbiy  Eron  bo’lgan  dyegan  fikrni  ilgari  surganlar.  Lyekin  Vishtaspa  qachon  va  qayerda 

hukmronlik qilganligini biz aniq ayta olmasakda (Vishtaspaning Baqtriya podshosi bo’lganligi haqidagi fikr 

faqat  rivoyatlarga  asoslangan),  Gitaspaning  hyech  qachon  podsholik  taxtida  o’tirmaganligi  bu  aniq  tarixiy 

faktdir.  SHunga  asoslanib  biz  aytishimiz  mumkinki,  nomlari  o’xshash  bo’lsada  ular  bitta  shaxs  bo’lgan 

emaslar. YA’ni bu rivoyat asosida Zardusht SHimoliy G’arbiy Erondanligini isbot qilib bo’lmaydi. Bundan 

tashqari "Avyesto" eng qadimiy qismining tahlili ham uning SHimoliy G’arbiy Eronga hyech qanaqa aloqasi 

yo’qligi ko’rsatadi. 

Hozirgi  zamon  tadqiqotchilarining  aksariyati  "Avyesto"  kitobining  vatani  Markaziy  Osiyo  dyeb 

hisoblaydilar. Ular o’z xulosalarini kitobning eng qadimiy qismida kyeltirgan jo’g’rofiy ma’lumotlar asosida 

chiqarganlar. V.V.Struvye, V.V.Tryevyer, S.P.Tolstov, N.Proxorov va boshqalar ana shu fikrni ilgari surgan 



 

290 


                                                                                                                                                                                        

olimlar  guruhiga  kiradilar.  Haqiqatan  ham  "Avyesto"da  yakkayu  yagona  xudo  Axuramazda  yaratgan  16 

mamlakatning  nomi  byerilgan.  Bu  mamlakatlardan  2  tasi  afsonaviy  bo’lsa,  to’qqiztasi  Markaziy  Osiyo 

hududiga  tyegishli  bo’lgan  viloyat  va  shaharlardir,  qolgan  byeshtasi  Hindiston,  Ozarbayjon,  Armaniston 

hududlariga  qarashlidir.  Masalan,  Sug’da  (So’g’diyona),  Gava  (So’g’diyonadagi  viloyat),  Mouru  (Marv), 

Baxdi (Baqtriya), Xvayrizama (Xorazm), Nisoya (Ashxobod atrofi), Gurgon (Urganch) va boshqa viloyat va 

shaharlar "Avyesto" da tilga olinganlar. "Avyesto" kitobida Yer dumaloq shaklida yaratilganligi, uning atrofi 

okyeanlar  bilan  o’ralganligi,  nomlari  kyeltirilgan  mamlakatlarda  Axuramazda  ezgulik  qonunlari  Zardo’sht 

orqali vaxiy qilganligi haqida yozilgan. 

Olimlarning  ko’pchiligi  Markaziy  Osiyo  "Avyesto"  vatani  ekanligini  tan  olsada,  uning  qaysi 

hududda yaratilganligi masalasida hozirgacha tortishuvlar davom etib kyelayapti. X.Nyunbyergning fikricha 

"Avyesto"  So’g’diyonada  yaratilgan.  V.I.Abayev  esa  bu  kitob  Markaziy  Osiyodagi  ko’chmanchi  va  o’troq 

qabilalari  chyegarasida  vujudga  kyelgan  dyegan  fikrni  ilgari  surgan.  Markaziy  Osiyo  tarixining  yirik 

tadqiqotchisi V.V.Struvye Marg’iyonani zardo’shtiylikning vatani dyeb hisoblagan. 

Taniqli va mashhur tarixchi olim S.P.Tolstovning fikricha "Avyesto" Xorazmda yaratilgan. Bu fikrni 

quvvatlab,  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki  "Avyesto"da  Zardo’sht  tug’ilgan,  yashagan  va  faoliyat 

ko’rsatgan mamlakatning tavsifi kyeltirilgan. Unda yozilishicha Zardo’shtning vatani purviqor tog’lar, kyeng 

yaylovlar, kyemalar suzishi mumkin bo’lgan syersuv, kyeng va chuqur daryolari bo’lgan mamlakatdir. Agar 

baland  tog’larni  hisobga  olmaganda  bu  tavsifni  butunlay  Xorazmga  byerilgan  tavsif  dyeb  qabul  qilish 

mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha -  "Avyesto"da  nazarda tutilgan  mamlakat Ahamoniylar saltanatigacha 

O’rta  Osiyo  hududlarini  birlashtirgan  Katta  Xorazm  davlatidir.  Bu  davlatning  markazi  Xorazm  hududida 

joylashganligini va rivoyatlarga ko’ra birinchi muqaddas olov shu o’lkada yoqilganligini, Xorazm so’zining 

"Quyoshli yer" ("xvar" - quyosh va "zam" - yer) ma’nosini bildirganligini hisobga olib "Avyesto" ning vatani 

Xorazm dyegan fikrni quvvatlash mumkin. 



2-masala: 

Bu  savolni  yoritish  "Avyesto"  kitobi  yaratilishiga  oid  ma’lumotlarni  kyeltirishdan  boshlansa 

maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Zardo’shtiylik  yoyilayotgan  davrda  ibodatxona  ham,  o’qib  unga  sig’inadigan 

maxsus  kitoblar  ham  bo’lmagan.  Diniy  marosimlar  ochiq  havoda,  gulxan  yonida  ado  etilgan.  Zardo’sht 

tiriklik  paytida  uning  va’zlari  kitob  holatiga  kyeltirilganligi  haqida  aniq  ma’lumotlar  bo’lmasada,  bu 

va’zlarning  kohinlar  tomonidan  yozib  borilganligi  va  ibodat  paytida  yoddan  o’qiganlarini  aniq  aytishimiz 

mumkin. Lyekin, afsuski, Zardo’sht  vazlarining  dastlab yozilgan  matnlari bizgacha yetib  kyelmagan. Faqat 

ular  haqida  yozilgan  tarixiy  manbalar  bor  xolos.  SHuning  uchun  biz  Zardo’sht    va’zlarining  qachon  kitob 

holatiga kyeltirilganligini aniq ayta olmaymiz. Ko’pchilik olimlarning fikricha bu vazifa VII asrning oxiri VI 

asrning boshlarida bajarilgan. 

Zardo’shtiylik  dini  vujudga  kyelgan  davrda  kishilik  jamiyati  ilgarilab  rivojlana  bordi.  O’rta  va 

Markaziy Osiyoda ko’chmanchilikka asoslangan  eski turmush tarzi o’rnini  o’troq yashash  egallay boshladi, 

sug’oriladigan  dyehqonchilik,  chorvachilik,  hunarmandchilik  borgan  sayin  taraqqiy  etdi.  YAngi-yangi 

shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo’lishi o’troq yashash turmush tarzining odamlarga byenihoya kulfat 

kyeltirayotgan ko’chmanchilikka  asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ommaga yetkazish o’sha 

davrning asosiy muammosi bo’lgan. Ana shu zaruriy muammoni Zardo’sht hammadan oldin ko’ra olgan va 

uni  hal  qilish  yo’llarini  ko’rsata  bilgan.  U  xalqlarni,  qabilalarni  birlashtirib,  farovonlikka  erishtirishning 

birdan  bir  yo’li  -  yakka  xudolik  vaxdoniyatiga  o’tish  dyeb  bildi  va  o’zining  butun  ongli  faoliyatini  shu 

muqaddas  ishga  bag’ishladi.  Zardo’shtiylik    ta’limoti  qabilalar  ittifoqidan  eng  qadimiy  davlatlar  tuzishga 

o’tish davrida vujudga kyelgan ta’limotdir.  

"Avyesto"  bir  nyecha  marta  kitob  holatiga  kyeltirilgan.  Fikrimizcha,  dastlabki  "Avyesto"  kitobi 

eramizga qadar VII-V asrlarda yozilgan va Alyeksandr Makyedonskiy istilosi davrida yo’q qilib yuborilgan. 

Abu  Rayxon  Byeruniy  bu  haqda  bunday  yozadi:  "Podsho  ibn  Doro  xazinasida  o’n  ikki  ming  qoramol 

tyerisiga  tillo  bilan  bitilgan  bir  nusxasi  bor  edi.  Iskandar  otashxonalarni  vayron  qilib,  ularda  xizmat 

etuvchilarni o’ldirgan  vaqtda uni kuydirib yubordi. SHuning uchun "Avyesto" ning byeshdan uchi yo’qolib 

kyetdi. "Avyesto" o’ttiz nash (qism) edi. Ma’jusiylar qo’lida 12 nahs chamasi qoldi".  

Kitobning zardo’shtiylik dinining kohinlari yodida qolgan qismi Gata nomi bilan kyeyingi davrlarda 

yozilgan "Avyesto" kitobiga kiritilgan. Ikkinchi marta "Avyesto" ni kitob shakliga kyeltirish uchun qilingan 

harakat  Parfiyadagi  arshaxiylar  podshosi  Valaxsh  (I  asr)  davrida  amalga  oshirildi.  Afsuski  kitobning  bu 

varianti  ham  bizgacha  yetib  kyelmadi.  Sosoniylar  davrida  (III-VII  asrlar)  "Avyesto"ni  kitob  shakliga 

kyeltirish  uchun  uchinchi  marta  harakat  qilindi  va  olimlarning  taxminiga  ko’ra  bu  ish  Xusrav  Anunyervon 

hukmronligi  davrida  (531-579  yillar)  nihoyasiga  yetkazildi.  "Avyesto"ning  oxirgi  varianti  yangi  matnlar 

bilan to’ldirilib, 21 kitobni tashkil  qildi. "Avyesto"ning  matnlari turli davrlarda yaratilgan bo’lsada, ular bir 

tilda,  kyeng  xalq  ommasiga  notanish  bo’lgan  va  hatto  ahamoniylar  davrida  ham  o’lik  til  hisoblangan 

muqaddas  diniy  tilda  yozilgan  edi.  SHuning  uchun  ham  kohinlar  Zardo’shtiylik  dini  tamoyillari  oddiy 


 

291 


                                                                                                                                                                                        

dindorlarga  tushunarli  bo’lishi  uchun  "Avyesto"ning  asosiy  matnlariga  sosoniylar  davrida  adabiy  til 

hisoblangan  pahlaviy  tilida  kyeng  ko’lamli  sharhlar  yaratdilar.  Bu  tarjima  va  sharhlar  Zyend  nomini  oldi. 

Hozirgi  zamon  tadqiqotchilari  uni  "Zyend  Avyesto"  dyeb  ham  ataydilar.  "Avyesto"  matnlari  sosoniylar 

davrida  oxirgi  marta  kitob  holatiga  kyeltirilgandan  kyeyin  oradan  ozgina  fursat  o’tgach  arab  istilochilari 

sosoniylar  saltanatini  mag’lubiyatga  uchratib,  zardo’shtiylar  dini  tarqalgan  asosiy  hududlarni  -  Eron  va 

Markaziy  Osiyoni  bosib  oldilar.  O’lkamizda  Islom  dinining  tarqalishi  zardo’shtiylik  dini  adabiyotini 

yo’qotilishiga olib kyeldi. Jumladan, "Avyesto" kitobining 4 dan 3 qismi yo’qotildi.  

"Avyesto"  kitobida  Zardo’sht  Axuramazdani  olamdagi  barcha  ezgulik  va  yaxshilikni  bunyodga 

kyeltirgan, dunyo bo’yicha yakkayu yagona yaratilmagan, hamma vaqt mavjud bo’lgan xudo ekanligini e’lon 

qilgan. Bu holat zardo’shtiylik  dini yakka xudolik  dini dyeb aytishimizga asos bo’lib xizmat  qiladi. Lyekin 

shu  bilan  birgalikda  Zardo’sht  ta’limoti    bo’yicha  Axuramazda  yaratgan  olam  yovuzlik,  qabohat  kuchidan 

yaxshi  himoya  qilinmagan.  Bundan  foydalangan  yovuzlik  ruhi  Axriman  boshchiligidagi  qora  kuchlar 

dunyoga  bostirib  kirib,  Axuramazda  nima  yaratgan  bo’lsa  ularni  yer  bilan  yakson  qila  boshlaydi.  Natijada 

ezgulik  yovuzlik  bilan  aralashib  kyetadi.  YOvuzlik  ruhi  Axrimanni  yengish  uchun  odamlar  Axuramazdaga 

yordam  byerishlari  kyerak  ekanligi  "Avyesto"  da  alohida  qayda  etilgan.  Kitobda  oxir  oqibatda  yovuzlik 

kuchlari  yengilib,  dunyoda  faqat  yaxshilik  va  ezgulik  qolishiga  ishonch  bildirilgan.  Ko’rinib  turibdiki, 

Axuramazda  bilan  Axrimanning  kuch  va  imkoniyatlari  qariyb  tyeng.  Axuramazdaning  g’alabasi  faqat 

insoniy jamiyat yordamidagina sodir bo’lishi mumkin. Kitobda Axuramazda xudo, Axriman esa  ruh sifatida  

talqin  qilingan bo’lsada, ular kuchlarining tyengligi ayrim olimlarga zardo’shtiylik  dini dualistik, ya’ni ikki 

xudolik dini dyeb talqin qilishiga imkoniyat byerdi.  

"Avyesto"ning  qadimiy,  o’rta  va  yangi  qismlarini  tahlil  qilish  shuni  ko’rsatadiki,  zardo’shtiylik 

ta’limoti  dastlab g’oyat kuchli  dualistik  elyemyentlari  bo’lgan  yakka xudolik  dini sifatida vujudga  kyelgan. 

Kyeyinchalik  ko’plab  qabilalar,  elatlar  va  xalqlar  bu  dinni  qabul  qilayotganlarida  ular  o’z  xudolarini 

yordamchi,  ikkinchi  darajali  xudolar  yoki  ruhlar  sifatida  zardo’shtiylik  dini  ta’limotiga  kiritilishiga 

erishdilar.  SHuning  uchun  ham  "Avyesto"  da  Axuramazdaning  yordamchilari,  mahalliy  xudolar  sifatida 

Mitra,  Anaxit,  Xumo,  Xubbi,  Mirrix  kabi  xudolarning  nomi  tilga  olingan.  Bu  xudolarning    ta’sir  doirasi 

arablar istilosi  davrida ancha  kyeng bo’lgan. SHu sababga ko’ra Islom  dini  namoyondalari zardo’shtiylikni 

ko’p xudolik dini dyeb hisoblaydilar. 

Zardo’sht  diniga  ko’ra  olam  qarama-qarshiliklar  asosida  qurilgan:  jismoniy  narsalarda,  yorug’lik 

bilan  zulmat,  jonli  tabiatda  hayot  bilan  o’lim,  ma’naviy  olamda  ezgulik  bilan  yovuzlik,  ijtimoiy  hayotda 

adolatli qonunlar bilan qonunsizliklar o’rtasida doimiy qarama-qarshiliklar bor. Diniy sohada ezgulik xudosi 

bilan  yovuzlik  ruhi  o’rtasida  kyeskin  kurash  boradi.  Axuramazda  ezgulikni  vujudga  kyeltiravyeradi, 

Axriman  esa  unga  qarshi  kurashib,  odamlarni  yomonlik  sari,  yovuzlikka  boshlayvyeradi.  "Avyesto"da 

ta’kidlanishicha, ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi kurashda oraliq yo’q, har bir odam bu jarayonning u yoki bu 

tomonida ishtirok etishga majbur. Har bir inson hayot yo’lini o’zi byelgilaydi. Kimga yon bosmoqlik, kimni 

himoya qilishni o’zi hal qiladi. SHu boisdan dindorlikda imon-e’tiqod barkamollik nishonasi sifatida muhim 

o’rin tutadi. Imonli - e’tiqodli odam albatta ezgulik, yaxshilik sari intiladi. YOvuz ruhlar - dyev pari, iblis va 

boshqalar gunohlar, adashishlar, yolg’onlar, kasalliklar timsoli sifatida tasvirlanadi.  Axuramazda odamlarni 

ulardan saqlanish, o’zini chyetga olishga da’vat etadi.  

Kitobda  Axuramazdaning  Axriman ustida g’alabasi, yorug’likning  zulmat ustidan  g’alabasi sifatida 

tasvirlangan.  YOrug’lik  manbai  quyosh,  olov  esa  uning  bir  qismidir.  SHuning  uchun  zardo’shtiylar  olovga 

soflanish timsoli sifatida sig’inganlar.  

Zardo’shtiylar  hayotining  asosiy  mazmuni  xayrli  ish,  shirin  so’z,  oliyjanob  o’y-fikrlar  va  ularning 

sobitligi,  amallarning  insoniyligidan  iborat.  "Avyesto"da  "Ezgu  o’y,  ezgu  so’z  va  savob  ishni  alqayman. 

O’zimni  bori  ezgu  o’ylarga,  ezgu  so’zlar  aytishga  yaxshi  ishlar  amaliga  baxshida  qilaman,  barcha  yomon 

o’ylardan,  yomon  so’zu,  yomon  ishlardan  yuz  o’giraman"  dyeb  yozilgan.  "Avyesto"ning  ilohiy  kitobligini  

nazarga olsak, ezgu so’z, ezgu o’y  va savobli  ish nafaqat da’vatnoma, balki  hukmnomadir, ya’ni bajarilishi  

shart,  so’zsiz  ijro  qilinishi  zarur  bo’lgan  insoniy  vazifadir.  Insonning  asosiy  burchi  adolatli  turmush  tarzi 

bo’lmog’i  kyerak.  YAxshilikning  yomonlik  ustidan  g’alaba  qilishini  ko’zlab  yashash  kyerak:  yolg’on 

gapirmaslik, so’zning ustidan chiqmoq, faqat yaxshilik qilmoq kyerak. 

Zardo’shtiylikda  olov,  yer,  suv    va  havo  muqaddas  sanaladi.  Ularni  yomon,  yovuz  narsalar  bilan 

aralashtirmaslik  kyerak.  Yer,  suv,  havoni  bulg’ash,  ifloslantirish  eng  og’ir  gunohlar  qatoriga  qo’shiladi. 

Axuramazda  "…  yerga  yaxshi,  sog’lom  urug’lar  syepishdan  ortiq  savob  ish  yo’q…"  dyeydi.  U  yerga  ekin 

ekishni  yerdagi  yovuzliklarga  barham  byerishdan  iborat  dyeb  hisoblaydi.  Zardo’shtiylik  o’gitlarida  ona 

zaminga,  dyehqonchilik,  hunarmandchilik,  chorvachilik,  Vatan  va      xalqqa  ulug’  muhabbat  hissi  markaziy 

o’rinni egallaydi. 

Zardo’shtiylikda yer yuzida eng yovuz va va yomon narsa o’limdir. SHuning uchun zardo’shtiylarda 

o’likni  ko’mishning  alohida  tartibi  vujudga  kyelgan.  Odam  o’lganda  uning  vujudini  yovuz  kuchlar,  ya’ni 


 

292 


                                                                                                                                                                                        

o’lim  egallaydi.  YOmonlikni  muqaddas  yerga  ko’mish,  kuydirish,  suvga  tashlash  man  etilgan.  Jasadni 

qushlarga yem bo’lsin dyeb maxsus baland joyga qo’yib qo’yganlar. Suyaklar tozalanib, qurib qolgach ularni 

maxsus  idish  "ossuariy"  -  "suyakdon,  ostadon"larda  saqlaganlar.  Ular  "nous"  dyeb  ataluvchi  maxsus 

binolarga  qo’yilgan.  Ko’rinib  turibdiki,  zardo’shtiylar  o’lgan  odamning  jasadiga  byefarq  qaraganlar. 

Zardo’shtiylar  ta’limoti  bo’yicha  inson  vafot  etgandan  kyeyin  uning  jonini  turlicha  qismat  kutadi.  Dinning 

barcha talablarini bajarganlarning joni  Axuramazda  hukmron bo’lgan  yorug’lik podsholigi,  ya’ni  jannatdan 

joy oladi. Qolganlari esa Axriman qo’l ostidagi do’zaxga tushadilar. Oxir oqibatda Axriman ustidan g’alaba 

qozonilgandan kyeyin, do’zaxdagi barcha jonlar qirib tashlanadi. Axuramazdaning o’gitlariga rioya qilganlar 

esa abadiy yashaydilar. Zulmat, qorong’ulik dunyosi va jahannam, do’zax yo’qolib, yer yuzida abadiy jannat 

yaratiladi.  SHunday  qilib,  inson  o’limidan  kyeyin  uning  jonining  taqdiri  uning  Axuramazdaga  va 

zardo’shtiylik    ta’limotiga  sadoqati  bilan  byelgilangan.  Bu  hol  zardo’shtiylikni  ilgarigi  diniy  ta’limotlardan 

ajratib turadi. CHunki ilgarigi ta’limotlar insonning dinini uning nimaga va kimga ishonishi bilan emas, balki 

tug’ilishi bilan byelgilar edi. Zardo’shtiylik yaratgan yana bir yangilik bu oxirat va qiyomat qoyim haqidagi 

ta’limotdir.  Bularning  hammasi  zardo’shtiylikning  o’sha  davrdagi  barcha  dinlardan  ustun  ekanligidan  va 

jahon dinlari rivojlanishining yangi va yuqori pog’onasi bo’lganligidan dalolat byeradi. 



Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling