Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
-Mavzu: VATANIMIZ HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING VUJUDGA KELISHI VA UNING
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi
- Dars o`tish vositalari
2-Mavzu: VATANIMIZ HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING VUJUDGA KELISHI VA UNING TARAQQIYOT BOSQICHLARI Ryeja:
2.1.Markaziy Osiyoda i1k davlatlar paydo bo'lishi: Katta Xorazm, Baqtriya, Sug'diyona. 2.2. Markaziy Osiyoda antik davr davlatlari. (Salavkiylar, Yunon-Baqtriya, Qang’, Davon, Kushonlar saltanati ) Ularning vatanimiz xalqlari tarixida tutgan o’rni 2.3 Ilk o’rta asr davlatlari: Xiyoniylar, Kidariylar, Eftaliylar, va Turk xoqonligi davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli 3.4 Markaziy Osiyoda markazlashgan davlatlarning taraqqiy etishi: Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar
1.
Karimov I.A. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. - T., O'zbekiston», 1992y. 2.
Karimov I.A Tarixiy Xotirasiz kelejak yo’q ,.-T., «Sharq», 1992y. 3.
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 4.
A.Azixo’jayev. Davlatchilik va madaniyat. - T.: "SHarq", 1997. 5.
Pidaev Sh. “Sirli kushon saltanati”- T., “Fan”, 1990 y 6.
Qilichev T. Ko'xna qal'alar diyori. - T., «Fan», 1993y. 7.
O'zbekiston tarixi. Ma'ruzalar matni. - T., 2000y. 8.
Azamai Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi. - T., «Sharq», 2000y. 9.
Usmonov K., Sodiqov M.. Oblomurodov N. O'zbekiston tarixi. I-qism. - T., 2002y. 10.
O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003 191-267 b 11.
Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006 y. Qo’shimcha adabiyotlar 12.
A.Asqarov. Qadimgi Xorazm tarixini o’rganishga yangicha yondoshuvlar. “O’zbekiston tarixi” ilmiy jurnal 2007 y, № 4. 13. A.Abdug’ofurov. Samarqandni Iskandar bino qilganmi? - "O’zbyekiston ovozi", 1993, 19 oktyabr. 14. A.Ziyo. Ko’hna Xorazm: miloddan avvalgi birinchi ming yillikda. "O’zbyekiston ovozi", 1993, 11 syentyabr. 15.
A.Ziyo. Kushonlar: I-IV asrlarda yashagan kushonlar sulolasi haqida. - "O’zbyekiston ovozi", 1994, 11 fyevral, 15 fyevral. 16. A.Ashurov. "Avyesto" muqaddas kitob. - "Toshkyent oqshomi", 1993, 22 iyul. 17. B.Matboboev Qadimgi Farg’onada ilk davlatchilik ildizlari. “O’zbekiston tarixi” ilmiy jurnal, 2002 y., № 1 18.
M.Isxoqov. Qadimgi Xorazmiy yozuvi. YOzuv madaniyatining 2500 yilligi. - "O’zbyekiston adabiyoti va san’ati", 1994, 11 mart. 19. M.Isomiddinov. Afrosiyob tilsimlari. - "Xal so’zi", 1996, 30 may. 20. S.Baratov Xorazm qadimgi madaniyatiga oid arxeologik tadqiqotlarning ba’zi muommolari. “O’zbekiston tarixi” ilmiy jurnal 2007 y, № 4. 21.
T.Xo’jayev. O’rta Osiyoda mo’g’uliy irq. - "Fan va turmush", 1990, №6. 22.
hstory.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali.
dzastlabki davlatlarning paydo bo’lish masalalari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi kabi tarixini o’rganishga yordam byeradi. Bundan tashqari dastlabki yozma manbalar orqali ularning tarixini o’rganish orqali talabalarga tushuntirib byerishdan iborat.
yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) Dars o`tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, 298
buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi: Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati-2 minut Talabalarning davomati – 3 minut Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash (o’tilgan mavzu bo’yicha)-50 minut Sinov savollar namunasi (savol-javob triqasida)– 10 minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-5 minut Uyga vazifa byerish – 5 minut 1-masala: 1991 yil 31 avgustda Pryezidyent Islom Karimov O’zbyekistonning davlat mustaqilligini butun dunyoga e’lon qildi. SHu kundan jamiyatimiz hayotiga O’zbyekiston davlati, o’zbyek davlatchiligi tushunchalari kirib kyeldi. Lyekin davlat, davlatchilik tushunchalari xalqimiz tarixi uchun yangilik bo’lmay, u tarixiy xotiramizda 3 ming yildan ko’proq davrda yashab kyelmoqda. Davlat sinfiy jamiyatda siyosiy hokimiyatning muhim organidir. U sinflar umumiy ishlarini boshqarishning alohida organi sifatida ish tutadi. Davlatning xaraktyer va maqsadi jamiyatning iqtisodiy tuzumi bilan byelgilanadi. Dyemak, u jamiyat bazasining siyoyosiy ustqurmasidir. Davlat jamiyat hayotida muhim rol’ o’ynaydi va iqtisodiy rivojlanishga ham ta’sir ko’rsatadi. Davlat jamiyat siyosiy tizimida muhim zvyeno, lyekin yagona emas. CHunki siyosiy tizimning davlatdan tashqari siyosiy partiyalar va ko’plab jamoat tashkilotlaridan iborat tarkibiy qismlari ham mavjud. Davlat tarixiy katyegoriya bo’lib, hali xususiy mulk va sinflar mavjud bo’lmagan urug’chilik tuzumi sharoitida jamiyat boshqariluvi uchun ayrim kishilar obro’si va jamoatchilik fikri yetarli bo’lgan. Xususiy mulkchilik yuzaga kyelishi va va jamiyatning qarama-qarshi sinflarga bo’linishi tufayli hukmron sinfning boshqa sinf ustidan hukmronligini ta’minlash maqsadida davlatlar yuzaga kyelgan. Armiya, sud, milisiya, boshqaruv organlari va boshqalardan iborat davlat myexanizmi ham yuzaga kyeltirildi. Hozircha tarixda quldorchilik, fyeodal va burjuaziya davlatlari ma’lum. Davlat formalari turlicha bo’lishiga va bir-birlaridan farq qilishlariga qaramasdan ularning barchasi ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan xususiy mulkchilikni, ekspluatatorlar mnfaatini himoya qilgan, ekspluatasiya qilinuvchilarni bostirish uchun xizmat qilganlar. Dastlabki quldorlik davlatlari milodgacha 4-ming yillik oxiri va 3-ming yillik boshlarida Qadimgi Misrda va Myesopotamida yuzaga kyelgan. Kyeyinroq bu xildagi davlatlar Ganga vohasida, Old Osiyoda, Egyey dyengizi va Xuanxe daryosi havzalarida yuzaga kyelgan. Bu davlatlarning paydo bo’lishi sinfiy jamiyat, quldorlik munosabatlari yuzaga kyelishi bilan bog’liq. Tarix fanining qayd qilishicha, Qadimgi SHarqda davlatlar paydo bo’lishi uzoq ko’p asrlik davrni va qiyin jarayonni o’z boshidan kyechirgan. Bu yerda urug’chilik tuzumi va uning organlari uzoq saqlandi. Qator joylarda dastlab katta bo’lmagan shahar- davlatlar yuzaga kyelgan. SHahar davlatlarning dastlabki davrdagi apparati yuzaga yemirilayotgan urug’chilik tuzumi sharoitidagi harbiy dyemokratiya, ya’ni oqsoqollar kyengashi, xalq yig’ilish va boshqalardan iborat bo’lgan. Quldorlik munosabatlarining rivojlana borishi natijasida davlat murakkablashib bordi. Mayda davlat tuzilmalari yirik davlat birikmalariga o’z o’rnini byerdi. bu jarayon shahar davlatlarining mayda urug’chilik aristokratiyasi bilan kurashib, bosib olish orqali amalga oshirildi. G’olib chiqqan harbiy boshliqlar (podsho va faraon) o’zlarining amaldorlari va harbiy apparati bilan ayrim jamoa organlaridan ustun bo’lib qoladi. ana shu yo’l bilan xo’jaliklari sun’iy sug’orishga asoslangan daryo atroflaridagi qadimgi SHarqdagi Misrda, Vaviloniyada, Sin’ impyeriyasida dyespotik quldorlik davlatlari yuzaga kyelgandi. Odatda bunday bitta daryo havzasidagi sug’orish sistyemasini birlashtirish asosida yuzaga kyelgan dyespotik davlatlar harqalay mustaqil xaraktyerga ega edi. Assuriya va Pyersiyaning Ahamoniylari impyeriyasi dyespotik quldorlik davlatining boshqa ko’rinishi bo’lgan. Bular yagona iqtisodiy asosga ega bo’lmagan, qurol kuchi va bosqinchilik asosida yuzaga kyelgan harbiy -ma’muriy impyeriyalar edi. Ular rivojlanish darajasi turli bo’lgan mamlakatlar va viloyatlarni majburiy yo’l bilan birlashtirishi asosida yuzaga kyelgan mustahkam bo’lmagan davlatlar edi. Qadimgi SHarqda yana dyespotik va harbiy-ma’muriy xaraktyerga ega bo’lmagan quldorlik davlatlari ham bo’lgan. Bu xil davlatlarda podsho hokimiyatining bir qismi taniqli kishilar kyengashiga byerilgan. Bunday holatni Xettlar impyeriyasi bilan ko’plab Finikiyadagi shahar-davlatlarida uchratish mumkin. O’rta yer dyengizi havzasidagi Qadimgi Gryesiya va Qadimgi Rimda shahar davlatlarining polislar dyeb nomlangan antik davlatlar shakli paydo bo’lishi uchun qulay sharoit mavjud bo’lgan. Qadimgi
299
Afinadagi polislar dyemokratik yoki Qadimgi Rimda esa aristokratik Ryespublikadan iborat bo’lgan. Bu davlatlarning mavjud bo’lishi antik mulkchilik bilan bog’liq edi. Lyekin bu yerda quldorlik tuzumining rivojlanishi, antik dunyoning xo’jalik rivojlanishi ehtiyoji, tovar ishlab chiqarishning o’sishi va iqtisodiy aloqalar kyengayishi yirik quldorlik davlat birlashmalarining yuzaga kyelishi uchun sabab bo’ldi. Natijada shahar davlatlari ittifoqi (Etoliy ittifoqi, Akyey ittifoqi, Rim boshchiligidagi Italiya fyedyerasiyasi) bilan bir qatorda yirik ellin davlatlari (Ptolomyeylar Yegipyeti, Salavkiylar impyeriyasi) paydo bo’ldi. Kyeyinchalik u Rim impyeriyasiga aylandi. Ellin davlatlarida SHarqiy harbiy-ma’muriy va dyespotik impyeriyalar byelgisi bilan shahar davlatlarining o’zini-o’zi boshqarish sistyemasi uyg’unlashgan. Quldorlik munosabatlarining rivojlana borishi va quldorlik davlatlari shakllari murakkablasha borishi bilan davlat apparati ham murakkablashib bordi. Natijada soliq tizimi, sud organlari, doimiy armiya va boshqalar yuzaga kyeldi. Davlat shaklining va apparatining murakkablashib borishi jarayonini Rim davlati misolida ko’rish mumkin. bu yerda dastlab aristokratik davlatning uncha murakkab bo’lmagan shahar davlatlariga xos apparati- syenat, magistratura va komissiyalar paydo bo’ldi. Rim davlati bosqinchilik urushlari natijasida butun O’rta yer dyengizi atrofini o’z ichiga olgan yirik davlatga aylandi. CHunki uning qo’lida juda ko’p sonli qullarning to’planishi, mulkiy tyengsizlik ortishi va sinfiy kurashning kuchayib borishi yirikroq davlat birlashmasining zarurligini taqozo qilmoqda edi. SHu sababli Ryespublikadan impyeriyaga o’tildi. Endi impyeratorlik hokimiyatining sosial bazasi birgina Italiyaning emas, balkim butun O’rta yer dyengizi havzasining quldorlari bo’lib qoldi. Asta-syekinlik bilan SHarq dyespotik davlatlariga xaraktyerli bo’lgan. Monarxiya hokimiyatini ilohiylashtirish jarayoni boshlandi, impyeratorning byurokratik apparati yuzaga kyeldi. Qullar qo’zg’alonlarini boshqarish va ko’plab Rim viloyatlarini qo’lda saqlab turishlari uchun kuchli doimiy armiya zaruriyati paydo bo’ldi. Rim impyeriyasining so’nggi davrdagi apparati o’z atrofiga ana shu yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun ko’plab qishloqning yirik magnatlarini va torroq doiradagi shahar boylarini to’playdigan bo’ldi. Milodgacha IX-VII asrlar jamiyatining ijtimoiy tarkibi to’g’risida ma’lumot byeruvchi zardo’shtiylikning diniy kitobi "Avyesto"da ko’rsatilishicha, Markaziy Osiyo va SHarqiy Eronda ham Ahamoniy impyeriyasi tashkil topganga qadar davlat tuzumi bo’lgan. Ular harbiy dyemokratik tipdagi qabilalar ittifoqidan o’sib chiqqan dastlabki davlatlar edi. Lyekin shuni eslatish kyerakki, Misr va Myesopotamiya tajribasiga binoan davlatlar yuzaga kyelishi yozuv bilan bog’liq. O’rta Osiyoda esa milodgacha VIII-VII asrda yozuv uchramaydi. O’rta Osiyodagi So’g’d, Baqrtiya va Xorazm yozuvlari milodgacha VIII-VII asrlarda, ya’ni hududimizni Ahamoniylar bosib olgandan kyeyin yuzaga kyelgan. CHunki yuqoridagi yuqoridagi yozuvlar asosida ahamoniylarning oromiy yozuvi yotadi. Biroq kyeyingi davrdagi arxeologik ma’lumotlar Markaziy Osiyodagi Murg’ob vohasi va qadimgi Baqtriya yodgorliklari orasida milodgacha II ming yillikning o’rtalariga odi yozuvlar borligidan dalolat byermoqda. Ammo ular hali mutaxassislar tomonidan o’qilmagan. Dyemak, hududimizda 3,5 ming yil ilgari davlat bo’lgan dyegan mantiqiy xulosani e’tibordan chyetda qoldirmasligimiz zarur. YUnon olimlari ma’lumotlariga ko’ra Markaziy Osiyoda qabilalar konfyedyerasiyasi asosida tarkib topgan "Katta Xorazm" va "Baqtriya podsholiklari" bo’lgan. Ular harbiy-dyemokratik prinsiplarga asoslangan. "Avyesto"da "Katta Xorazm" ga tyegishli viloyatlar sanab o’tilib, unga O’rta Osiyoning dyeyarli katta qismi kirgan. Gyerodot "Katta Xorazm" maydonini sug’orish uchun Oks daryosiga to’g’on qurilganligini, milodgacha VIII-VII asrlarda Oks-Tyejyen vohasi - hozirgi Turkmaniston vohasi "Katta Xorazm"ga qaraganligini eslatadi. "Katta Xorazm" davlatining inqirozga uchrash vaqti va sabablari aniq bo’lmasada, unga qarashli bo’lgan qator janubiy viloyatlarning Midiya davlati davridayoq ajralib kyetishi, uning tasarrufidagi ayrim viloyatlarning Ahamoniylar davlati tomonidan bosib olinishi haqida ma’lumotlar mavjud. YAna milodgacha IV asrda "Katta Xorazm"ning Amudaryo quyi havzasidagi hududda Qadimgi Xorazm davlat tashkil topdi. Uning podshosi Farasman Iskandar Zulqarnayn Baqtriya va So’g’diyonaga qo’shin tortib kyelganida uning huzuriga sovg’a salomlar bilan kirgan va shimoliy hududlarga qilinadigan harbiy yurishlarga yordam ko’rsatishini bildirgan. Baqtriya podsholigi to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlarni YUnonistonlik tabib Ktyesiy va YUnon solnomachisi Diodorlardan olish mumkin. Diodor Osuriya podshosi Ninning 1700 ming piyoda va 210 ming otliq askar bilan Baqtriyaga hujum qilganligi, Baqtriya hukmdori Oksiart esa o’z mamlakati poytaxti Balxning mudofaasi uchun 400 minglik qo’shin tayyorlaganligi to’g’risida xabar byeradi. Natijada Balx egalanib, uning boyligi talanadi. Biroz vaqt o’tgach, Ossuriya va Middiya davlatlari o’rtasida urush yuzaga kyeladi. Ana shu voqyeada Ktyesiy Baqtriyaning dastlab Ossuriya tomonida turib Midiya qarshi urush olib olib borganini, kyeyinchalik Midiya aslzodalari Baqtriya qo’shinlari boshlig’ini o’z tomoniga ag’darib olganidan kyeyin Baqtriya Midiya bilan birgalikda Ossuriyaga qarshi jang qilganligini aytadi. Ktyesiy ma’lumotlari milodgacha VIII-VII asrlarga oid bo’lib, ularda Baqtriyaning harbiy va
300
iqtisodiy qudrati, shaharu qishloqlari haqida hikoya qilinadi. Tarixchi Gyerodot ham Baqtriya podsholigi haqida ma’lumot byerib Kirning Midiya podshosi ustidan g’alaba qilganligini, endi u navbatdagi urushni Vaviloniya va va Baqtriya xalqlariga, saklar va misrliklarga qarshi olib borishi zarur edi, dyeb ko’rsatadi. Baqtriya podsholigi harbiy-dyemokratik tipdagi konfyedyerasiyadan iborat bo’lgan. Dyemak, Markaziy Osiyoda ahamoniylar hukmronligigacha ham harbiy- dyemokratik prinsiplarga asoslangan 2 ta davlat - "Katta Xorazm" va Baqtriya podsholiklari bo’lgan. 2-masala Qadimgi yunon mualliflari Gerodot va Ksenofontlarning xabar berishicha, mil.av. 545-539 yillarda Kir II Sharqiy Eron, Xorazm, Sug’d va Marg’iyona viloyatlari hamda sak qabilalarini o’ziga bo’ysundiradi. Mil.av. 530 yilda Kir II ko’chmanchi massagetlarning Eron hududlariga qilgan xurujlarini bahona qilib, massagetlar yurtiga bostirib kiradi. To’maris boshliq massagetlar dushman bilan qattiq jang qiladi. Fors qo’shinlari mag’lubiyatga uchraydi, Kir II jangda halok bo’ladi. Mil.av. VI asr oxiri – V asr boshlarida Axomaniylar davlati nihoyatda kuchayadi. Endilikda u jahonning eng yirik va qudratli saltanatiga aylanadi. Bu davrda O’rta Osiyoning katta qismi bo’ysundirilib, Xorazm, Parfiya, Baqtriya, Marg’iyona, Sug’d va saklar yurti uning tarkibiga kirgan edi. Bosib olingan hududlarni boshqarish uchun alohida satrapiya - hokimliklar joriy etilgan. Ularni fors podsholari tomonidan tayinlangan hokimlar — satraplar boshqargan. O’rta Osiyo viloyatlari 4 satrapiyani tashkil etardi.
Marg’iyona va saklar yurtida axomaniylar hukmronligiga qarshi qo’zg’alonlar ko’tariladi. Garchi qo’zg’olon bostirilgan bo’lsa-da, O’rta Osiyo aholisining axomaniylar zulmiga qarshi ozodlik kurashi to’xtamaydi. O’rta Osiyo xalqlari ustidan axomaniylar hukmronligi 2 asrdan ko’proq davom etdi. Bu davr mobaynida O’rta Osiyo viloyatlari bilan axomaniylar Eroni va unga tobe bo’lgan mamlakatlar o’rtasida savdo va madaniy aloqalar o’rnatildi. Bu davrda O’rta Osiyo aholisi ilk bor zarb qilingan tanga pullar bilan muomala qila boshladi. Mil.av. 334 yilda Yunon-Eron urushi avj olib, qisqa vaqt ichida Axomaniylar davlatining qulashiga olib keldi. Doro III ning o’ldirilishi va uning qotili Bessning Sug’dga tomon qochishi Aleksandrga Eronning sharqiy viloyatlari tomon yurish qilishi uchun bahona bo’ldi. Mil.av. 329 yilning erta bahorida Aleksandr o’z qo’shini bilan Hindukush orqali Baqtriyaga bostirib kiradi. So’ng O’kuz (Amu) daryosidan o’tib, Navtaka qal’asi va viloyatini egallaydi. Bu yerdan yunon- makedon qo’shinlari Sug’d va uning markaziy shahri Smarakansa (yunoncha Marokanda)ga yo’l oladilar. Shaharni qo’lga kiritgach, u yerda kichikroq qo’shin qoldirib yurishni davom ettiradilar. Sug’d aholisi fotixlarga qarshi chiqib, ona yurt ozodligi va mustaqilligini mardonavor himoya qiladi. Mil.av. 329 yilning kuzida Sug’dning markazida boshlangan qo’zg’olonga mahalliy sarkardalardan bo’lgan Spitamen boshchilik qiladi. Qo’zg’olonchilar Smarakansada qoldirilgan qo’shinni qirib tashlab shaharni egallaydi. Aleksandr qo’zg’olonchilarga qarshi jazo qo’shinini jo’natadi. Politimet (Zarafshon) sohilida sodir bo’lgan jangda Spitamen g’alaba qozonadi. Alek- sandr qo’zg’olonchilarga qarshi asosiy kuchlarini safarbar etadi. Cho’l ichkarisiga chekingan Spitamenni ta’qib etmay, Zarafshon vohasining 120 mingdan ortiq tinch aholisini qirib tashlaydi. Shu tariqa Sug’d va Baqtriyada ko’tarilgan qo’zg’olon avj olib, chorvador sak va massaget qabilalari o’rtasida ham yoyiladi. Ikki yillik natijasiz janglardan so’ng Aleksandr mahalliy xalqlarni kuch bilan yengib bo’lmasligini tushunadi. Shunday qilib, O’rta Osiyoning o’troq dehqonchilik viloyatlarini bosib olish uchun Aleksandr 3 yil urinib, Marg’iyona, Baqtriya, Sug’d va Sirdaryo yoqasi aholisini bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. Xorazm, Choch (Toshkent) vohasi va Farg’ona vodiysi o’z mustaqilligini saqlab qoldi. Mil.av. 327 yilda u Hinduqush orqali Hindistonni bosib olish uchun jo’naydi. 3. Aleksandr vafotidan so’ng Misr, Makedoniya va Salavkiylar kabi 3 mustaqil davlatlarga ajralib ketadi. Bu yangi davlatlar Aleksandrning yirik sarkardalari tomonidan boshqarildi. Mil.av. 312 yilda Bobilda o’z hokimiyatini o’rnatgan Salavk I bir necha yillar davomida shiddatli urushlar olib borib davlat chegaralarini G’arb va Sharqqa tomon kengaytiradi. Uning davlatiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya va Sug’d yerlari birlashtirilgan edi. Bunday ulkan mamlakat 70 dan ortiq satrapiya, eparxiya va gipparxiya deb nomlangan ma’muriy o’lka va viloyatlarga taqsimlanib boshqarilgan. Viloyatlarga yunon-makedonlar qatorida mahalliy zodagon vakillari ham hokim etib tayinlana boshlaydi. 301
O’rta Osiyo Salavkiylar davlatining markazi Bobildan uzoqda joylashgan bo’lsada, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida bu o’lka muhim mavqyega ega edi. Mil.av. 293 yilda Salavk o’g’li Antioxni Sharqiy viloyatlar: Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya va Sug’dning noibi etib tayinlaydi.Antioxning noibligi davrida O’rta Osiyoning dehqonchilik vohalariga saklarning chopqunlari kuchayib ketadi. Ko’chmanchilar hujumidan ximoya qilish maqsadida Murg’ob vohasining atrofi Antioxning farmoni bilan uzunligi 250 km li mudofaa devori bilan o’rab olinadi. Ko’chmanchilarning muttasil hujumlariga qaramay, yunon-makedon istilosi oqibatida vayron bo’lgan xo’jalik asta-sekin tiklana boshlaydi. Sug’d, Baqtriya va Marg’iyona viloyatlarida sug’orish tarmoklari kengayib, yangi qarorgohlar qad ko’taradi, dehqonchilik qishloqlari va hunarmandchilik shaharlarining soni ortadi. Hunarmandchilik mahsulotlarining salmog’i o’sib, ayirbosh savdo jonlanadi. Pul muomalasi va tanga pullarga ehtiyoj vujudga keladi. Bu davrda Salavk va Antioxning Baqtriyada «draxma» va «tetradraxma» deb yuritilgan oltin, kumush va mis tangalari zarb etilib, saltanatda O’rta Osiyo mulkining iqtisodiy mavqyei oshgan. Antiox o’zining uzoq yillik (mil.av. 293—261 yy.) hukmronligi davrida salavkiylar hukmronligiga qarshi qo’zg’olonlarni bostirib, ko’chmanchi qabilalarning hujumlariga qarshi kurashadi. Biroq mamlakatning markaziy qismi boshqaruvi bilan uzviy bog’lanib qolgan Antiox o’z davlatining sharqiy qismi — O’rta Osiyo yerlariga kam e’tibor qaratadi. Bunday vaziyat mil.av. Sh asr o’rtalarida yaqqol namoyon bo’ldi. Natijada Salavkiylar davlatida hokimiyat uchun o’zaro kurash avj olib ketadi. Bu esa bu ulkan davlatni parchalanishiga olib keladi. Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling