Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.

bet44/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81

Qadimgi  Xorazm.  Mil.av.IV  asrda  Xorazm  Axomaniylar  davlatidan  ajralib,  o’z 

mustaqilligini  tiklab  oladi.  Makedoniyalik  Aleksandrning  harbiy  yurishlari,  so’ngra  Salavkiylar 

hukmronligi davrida  ham o’z erkini  saqlab qolgan Xorazm  bu  yangi  fotixlar  bilan  mustaqil davlat 

sifatida  aloqada  bo’ladi.  Ma’lumki,  mil.av.VII-V  asrlardayoq  uzil-kesil  shakllangan  Xorazm 

vohasining  o’troq  xo’jaligini,  asosan,  dehqonchilik  va  chorvachilik  tashkil  etgan.  Bunday  ishlab 

chiqaruvchi  xo’jaliklarning  kengayishi  esa,  o’z  navbatida  vohada  ko’plab  shahar,  qishloq  va 

qal’alarning qad ko’tarishiga, hunarmandchilikning kulolchilik, temirchilik, to’qimachilik, zargarlik 

va  qurolsozlik  kabi  turli  sohalarining  yuksak  darajada  rivoj  topishiga  olib  kelgan.  Bu  davrda 

qadimgi Xorazmda ayniqsa, dehqonchilik vohalari, aholi turar joylari muhofazasiga katta ahamiyat 

beriladi.  Shahar,  qishloq  va  qal’a  darvozalari  g’ulomgardish,  burj  va  nishon  tuynuklari  bilan 

mustahkamlanadi. Ulkan  va o’ta  mustahkam qal’alari tufayli  bu qadimgi diyor Xorazm («Xu-var-

zm»),  ya’ni  «yaxshi  yoki  ajoyib  qal’ali  o’lka»  ma’nosini  anglatuvchi  nom  bilan  shuhrat  topgan. 

Bunday  qal’alar  Avesto  kitobida  «var»  atamasi  bilan  tilga  olinadi.  Yozma  manba  va  arxeologiya 

ma’lumotlarining  guvohlik  berishicha,  mil.av.III  -  mil.  III  asrlarda  Xorazm  Sirdaryoning  o’rta 

oqimida tashkil topgan Qang’ davlatining tarkibida bo’lgan. 

Davan  —  qadimgi  Farg’ona  davlati.  Farg’ona  vodiysi  soy  havzalarida  shakllangan  katta-

kichik o’troq dehqonchilik vohalari kengayib, mil.av. IV-1 asrlarda ishlab chiqaruvchi xo’jalikning 

turli  sohalari rivoj topadi. Bir  nechta qishloq va  shaharlar qad ko’taradi. Qadimda  bu obod tarixiy 

o’lka  va  bosh  shahri  tabiatiga  monand  mazmunni  anglatuvchi  «Parkana»,  ya’ni  «suv  bo’yi»  yoki 

oddiygina  «vodiy»  deb  yuritilgan.  Qadimgi  Xitoy  yozma  manbalarida  u  Dayyuan  (Davan)  nomi 

bilan tilga olinib,  Quva shahri (Qayqubat) uning poytaxti bo’lgan. 

Davanda  o’troq  ziroatkor  aholi  bilan  bir  qatorda tog’  oldi  va  dashtlik  hududlarda  chorvador 

qabilalar  ham  yashagan.  Chorvachilikda,  ayniqsa  yilqichilikka  e’tibor  kuchli  bo’lgan.  Davan 

qadimda o’zining zotli «samoviy» arg’umoqlari bilan shuhrat qozongan. Davan tulporlari, ayniqsa 

Xitoyda  juda  qadrlangan.  Mil.av.  II  asrda  Davanda  qaviylik  darajasidagi  hokimlik  hukm  surgan. 

Davlat boshqaruvida oqsoqollar kengashi muhim o’ringa ega bo’lgan. Davlat va jamoalarga tegishli 

hayotiy masalalar oqsoqollar kengashida hal etilgan. Davanda pul zarb etish bu vaqtda hali yuzaga 

kelmagan edi. Tashqi va ichki savdo pulsiz mol ayirboshlash vositasida amalga oshirilgan. Qo’shni 

davlatlar, ayniqsa Xitoy bilan bo’lgan savdo muhim o’ringa ega bo’lgan. 

Mil.av.  Sh  asr  boshlarida  Sirdaryoning  o’rta oqimidagi  yerlarda  ko’chmanchi  chorvador  sak 

qabilalarining  Q  a  n  g’  davlati  tashkil  topadi.  Qadimgi  Xitoy  manbalarida  esa  u  «Kangkiya», 

zamonaviy  o’qilishda  «Kangyuy»  va  «Kandzyuy»  shaklida  tilga  olingan.  Bu  davlatning  hududi 

qadimgi  Choch  (Toshkent)  vohasi,  Talas  vodiysi  va  Chu  daryosining  quyi  oqimida  joylashgan. 

Mil.av.  II-I  asrlarda  Qang’  davlati  nihoyatda  kengayib  o’ziga  5  ta  o’troq  viloyat:  Choch,  Kesh, 


 

302 


                                                                                                                                                                                        

Sug’d,  Buxoro  va  Xorazm  hokimliklarini  bo’ysundiradi  va  yirik  davlat  birlashmasiga  aylanadi. 

Mamlakat  bir  qancha  el,  yurt  va  o’troq  dehqonchilik  viloyatlariga  bo’lingan.  Davlatni  xoqon 

boshqargan. Xoqonlik vorisiy  bo’lib otadan o’g’ilga  meros tariqasida o’tgan. Davlat boshqaruvida 

qabila oqsoqollari va harbiy sarkardalardan iborat oliy kengash muhim o’ringa ega bo’lgan. Qang’ 

davlatiga  tobe  viloyatlar  mahalliy  hokimlar  qo’lida  bo’lib,  ular  xoqonlikka  muttasil  boj  to’lab 

turgan. Qang’ davlatiga tobe o’troq viloyatlarda  hunarmandchilik  va  savdo shaharlari,  mustahkam 

yirik  qal’a  va  ibodatxona  ko’p  bo’lgan.  Shaharlar  turar  joylarining  aksariyati  paxsa  va  xom 

g’ishtlardan qurilgan. Shaharning tashqi devori, qal’asi, darvozalari, burj va nishon tuynuklari kabi 

mudofaa 


inshootlarining 

mustahkamligiga 

alohida 

ahamiyat 

berilgan.Shaharlarda 

hunarmandchilikning turli sohalari, xususan, kulolchilik va temirchilik ancha rivoj topgan. 

Qang’  davlati  Xitoy,  Kushon,  Parfiya,  Rim  va  Kavkazorti  mamlakatlari  bilan  iqtisodiy, 

siyosiy  va  madaniy  aloqada  bo’lgan.  Uning  hududidan  Buyuk  ipak  yo’li  kesib  o’tganligi  tufayli 

tashqi savdo aloqalarda sarbonlikni qo’lda saqlab turishga intilgan. Milodning V asriga kelib Qang’ 

davlati parchalanib, uning hududida bir necha mustaqil davlatlar tashkil topadi. 



Kushon  podsholigi.  Mil.av.  1-asr  oxirida  Guyshuang  yabg’usi  Kujula  Kadfiz  5  hokimlik 

(jabg’ulik)ni  birlashtirib,  o’zini  Guyshuang  hokimi  deb  elon  qiladi.  Tarixda  bu  davlat  Kushon 



podsholigi  nomi  bilan  shuhrat  topadi.  Qadimgi  Chag’oniyon  viloyatida  joylashgan  Dalvarzin 

mavzei Kushon podsholigining poytaxtiga aylantiriladiKujula Kadfiz hokimlik davrida «yabg’u», 

«shohlar shohi» va «buyuk xaloskor» kabi jarangdor unvonlar bitilgan tangalar zarb etiladi. 

Kujula  Kadfiz  o’z  davlat  chegaralarini  kengaytirish  va  qudratini  mustahkamlash  maqsadida 

boshqa  hududlarga  yurish  qiladi.  Mil.av.  1  asr  oxiri  va  mil.  1  asr  boshlarida  Kushon  podsholigi 

nufuzi jihatidan Xitoyning Xan davlati, Parfiya podsholigi va Rim saltanati bilan raqobatlashadigan 

qadimgi  dunyoning  eng  qudratli  davlatlaridan  biriga  aylanadi.Kujula  Kadfiz  vafotidan  so’ng, 

podsholik taxtiga o’g’li Vima Kadfiz o’tiradi. U pul islohoti o’tkazib, mis chaqalar bilan bir qatorda 

oltin  tangalar  zarb  etadi.  Hindistonning  shim.-g’arbiy  qismini  o’z  davlatiga  qo’shib  olib,  Rim 

saltanati bilan aloqa o’rnatadi. 

Vima  Kadfizdan  so’ng  Kushonlar  saltanati  taxtiga  Kanishka  I  o’tiradi.  Uning  hukmronligi 

davrida (mil. 78—123) mamlakat har jihatdan rivoj topib yuksaladi. Panjob va Kashmir viloyatlari 

qo’shib  olinib,  davlat  chegaralari  yanada  kengaytiriladi.  Podsholik  poytaxti  Baqtriya  shimoldan 

janubga — Purushapur (hoz. Peshovar shahri)ga ko’chiriladi. Kushon podsholigining chegaralari bu 

davrda  janubda  Panjob  viloyati,  shimolda  esa  Hisor  tog’i  tizmalari  bo’ylab  o’tadi.  Shaharlar  soni 

ortib,  ularda  buddaviy  dinining  hashamatli  me’moriy  obidalari:  ibodatxona,  monastirlar,  stupa 

(sajdagoh)lar  qad  ko’taradi.  Ibodatxonalar  Budda  va  uning  sanam  (bodisatva)lari  haykallari  bilan 

bezatilib,  shahar  me’morchiligi  bilan  uzviy  bog’langan  holda  tasviriy  va  amaliy  san’at, 

haykaltaroshlik yuqori darajada rivoj topadi. 

Arxeologiya  yodgorliklari  va  topilmalardan  ma’lum  bo’lishicha  bu  davrda  hunarmandchilik, 

ayniqsa  kulolchilik,  misgarlik,  zargarlik  va  qurolsozlik  taraqqiy  etadi.  Hunarmandchilik 

mahsulotlarining  ortishi  bilan  ichki  va  tashqi,  xususan,  chorvador  aholi  bilan  savdo  aloqalari  avj 

oladi. Kushon podsholigining Xan davlati va Rim saltanati bilan iqtisodiy va elchilik munosabatlari 

yuksak  darajaga  ko’tariladi.  Kuchli  tabaqalanish  oqibatida  yuzaga  kelgan  qo’zg’olonlarning  avj 

olishi natijasida III acr o’rtalarida Kushon podsholigi parchalanib, barham topadi. 

 

3-masala 



Milodiy  IV-VI  asrlar  O’rta  Osiyo  tarixida  ko’chmanchi  qabilalarning  kirib  kelishi  hamda 

yangi  siyosiy  uyushmalarning  yuzaga  kelishi  bilan  izohlanadi.  Ammo  shuni  e’tiborda  tutish 

lozimki,  o’rganilayotgan  davrda  O’rta  Osiyoga  kelib  joylashgan  qavmlar  Amudaryo  va  Sirdaryo 

hududlarida  hayot  kechirib  kelayotgan  chorvador  xalqlarga  madaniy  va  til  jihatidan  ancha  yaqin 

elatlar edilar. 

Shunday elatlardan biri kidariylar bo’lib, ular haqidagi asosiy ma’lumotlar Xitoyning Beyshi 

solnomasida  hamda  g’arb  mualliflaridan  Prisk  Paniyskiy  asarlarida  uchraydi.  Ushbu 

ma’lumotlarning tahlili kidariylar sulolasining asoschisi, dastlabki hukmdor Sidolo yoki Kidara IV 

asrda  humronlik  qilganligini  ko’rsatadi.  Ammo  bu  ma’lumotlar  to’liq  emas.  Ba’zi  manbalarda 

Kidara  Kushonlar  davlatining  so’nggi  hukmdori  sifatida  tilga  olinadi.  Ushbu  ma’lumotlardan 



 

303 


                                                                                                                                                                                        

kidariylar  kushonlarning  bevosita  davomchilari  bo’lganligini  taxmin  qilish  mumkin.  O’sha  davr 

tangalarini  o’rgangan  olimlar  fikricha,  kidariylar  Tohariston  va  Gandxarani  412-437  yillar 

oralig’ida o’z qo’llari ostida birlashtirganlar. 

Kidariylar  haqidagi  ma’lumotlar  nihoyatda  cheklangan.  Ularda  kidariylarning  456  yili 

Hindistonga  borib  Gupta davlatini  bosib olganliklari, u  yerda 75  yil  hukmronlik qilganliklari, 477 

yili  Gandxaradan  Xitoyga  elchilar  yuborganliklari  ma’lum,  xolos,  kengroq  ma’lumotlar  hozircha 

mavjud emas. 

IV  asr  o’rtalarida  o’lkamizga  shimoldan  ko’chmanchi  xioniylarning  hujumi  boshlanadi. 

Ularga tadbirkor hukmdor Grumbat boshchilik qilgan. Xioniylar 353 yili So’g’dga yurish qiladilar 

va uni bosib oladilar. Shu tariqa O’rta Osiyoda Xioniylar davlati tashkil topadi.  

IV asrning 60-70-yillariga kelib xioniylarning forslar bilan munosabatlari buziladi. Eron shohi 

Shopur  II  xioniylarga  qarshi  kurashib,  ikki  marotaba  yengiladi.  Ma’lumotlar  yetarli  bo’lmasada, 

mutaxassislar  xioniylar  kidariylar  bilan  ittifoqda  bo’lganligini  taxmin  qiladilar.  Bunda  ular  shu 

davrda  Sirdaryo  va  Amudaryo  oralig’idagi  yerlar  xioniylar  ta’siri  ostida  bo’lganligi  hamda  ba’zi 

manbalarda xioniylar kidariylar bilan yonma-yon tilga olinishiga asoslanadilar.  



Eftaliylar  haqidagi  ma’lumotlar  Rim,  Vizantiya,  Suriya,  Arman,  Xitoy  va  Fors  manbalarida 

hamda Firdavsiyning “Shohnoma” asarida uchraydi. Eftaliylarning kelib chiqishi haqida yagona fikr 

mavjud  emas.  Ba’zi  tadqiqotchilar  eftaliylarni  O’rta  Osiyoning  janubiy  viloyatlarida  yashovchi 

qadimgi mahalliy elatlardan, boshqalari esa ularni Orol oldi va Xorazmdan kelib chiqqanligini qayd 

qiladilar.  Manbalardan  birida  (Lazer  Parbskiy,  V  asr)  eftaliylar  yetti  xonadondan  iborat 

massagetlarning yetakchi urug’laridan biri sifatida bayon qilinadi.  

Xitoy  manbalarida  eftaliylar  yuyechjilarning  boshqa  bir  shoxobchasi,  ya’ni  gaogyuy 

qabilasining  tarmog’i,  yoxud  Qang’yuy  avlodlari  sifatida  talqin  qilinadi.  O’zlarini  alxonlar  deb 

atagan  eftaliylar  Baqtriya-Toxariston  yerlarida  yashagan  azaliy  boxtar  qavmidan  chiqqan  etnik 

guruh  ekanligini  qayd  qiluvchi  fikrlar  ham  mavjud.  Zamonaviy  tadqiqotlar  eftaliylarning  haqiqiy 

vatani Baqtriya-Toxaristonga muvofiq kelishini ko’rsatmoqda. 

Manbalarda yozilishicha, eftaliylar yagona hukmdor izmiga itoat etuvchi, batartib xalq bo’lib, 

fuqarolar  orasida  va  qo’shni  davlatlar  bilan  munosabatlarda  ular  uchun  adolat  asosiy  mezon 

hisoblangan. 

Eftaliylar qudratli va ulkan davlat barpo etdilar. Uning hududlari Kushon davlati hududlaridan 

ham  katta  edi.  Uning  hududiga  O’rta  Osiyoning  asosiy  qismi,  Sharqiy  Turkiston  hamda  Shimoliy 

Hindistonning  yarmi  Gandxara  bilan  birgalikda  tarkibiga  kirgan.Eftaliylar  Eron  sosoniylarining 

harbiy  qudratini  sindira  oldilar.  Sosoniylarning  sharqqa  yurishlari  eftaliylarning  qarshiligi  tufayli 

to’xtadi.  Ular  Eron  shohlarining  ichki  siyosatiga  ham  aralashib,  hatto  kimni  taxtga  o’tqazish 

masalasini  hal  qilish  ularning  qo’lida  bo’lgan.  Eron  davlati  har  yili  eftaliylarga  katta  miqdorda 

o’lpon to’lab turgan. 

Eftaliylar  manbalarda  dastlab  453-454  va  457  yillar  voqyelari  bilan  bog’liq  tarzda  tilga 

olinadi.  Ularda  keltirilishicha,  eftaliylar  ularga  hujum  qilgan  Yazdigerd  II  qo’shinini  tor-mor 

keltirib,  Eronning  ichkarisiga  ham  talon-taroj  yurishlarini  amalga  oshirganlar.  Mazkur  voqyealar 

453-454  yillarda  sodir  bo’lganligi  qayd  qilinadi.  Shuningdek,  457  yilda  eftaliylar  hukmdori 

Vaxshunvar Chag’oniyon, Toxariston va Badaxshonni o’ziga bo’ysundirgan. 456 yilda eftaliylardan 

Xitoyga dastlabki elchilar kelgan. 

459  yili  Eron  taxtiga  o’tirgan  Pero’zning  hokimiyatga  kelishi  manbalarda  eftaliylar  bilan 

bog’liq  ravishda  bayon  qilinadi.  Dastlab  eftaliylar  yordamida  hokimiyatga  kelgan  Pero’z 

keyinchalik  ularning  g’animiga  aylanadi  hamda  459-484  yillarda  eftaliylarga  qarshi  uch  marta 

yurish qiladi va har gal mag’lubiyatga uchraydi. Mazkur mag’lubiyatlar natijasida Xuroson hududi 

to’laligicha eftaliylar tasarrufiga o’tadi. 

Eftaliylar  jamiyati  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzumining  tahlili  bu  davrda  aholining  asosiy  qismi 

dehqonchilik  bilan  mashg’ul  bo’lib,  qolgan  qismi  esa  ko’chmanchi  chorvachilik  bilan 

shug’ullanganligini  ko’rsatadi.  Eftaliylarning  ko’pchiligi  mahalliy  aholi  bilan  aralashib,  o’troq 

turmush tarziga o’tgan hamda shahar hayotini o’zlashtirganlar. Ko’chmanchi turmush tarzini afzal 

ko’rganlari  esa  kigiz  o’tovlarda  yashab,  keng  va  sersuv  yaylovlarga  ega  bo’lishgan.  Shu  boisdan 

ular manbalarda goh chorvadorlar, goh shaharliklar sifatida tilga olinadi. 



 

304 


                                                                                                                                                                                        

Eftaliylar davlatida aholi turli dinlarga e’tiqod qilgan. Mamlakat hududlarida zardushtiylik va 

buddaviylik  dinlari  keng  yoyilgan.  Shuningdek,  shaharlarda  nestorianlar  (nasroniylikning  ilk 

ko’rinishi) va ibroniylar (yahudiylar) jamoalari ham mavjud bo’lgan.  

Eftaliylar  davrida  hunarmandchilikning  qulolchilik,  shishasozlik,  chilangarchilik,  bo’zchilik, 

zargarlik, qurolsozlik kabi sohalari ravnaq topgan. Bu davrda shaharlar soni ortib, birgina Zarafshon 

vohasida  o’nga  yaqin  savdo  hunarmandchilik  shaharlari  mavjud  bo’lgan.  Shuningdek,  bu  davrda 

rangli  oynalar  ishlab  chiqarish  ham  keng  yoyilgan.  Eftaliylar  Eron,  Vizantiya,  Hindiston,  Xitoy 

singari qudratli va boy mamlakatlar bilan xalqaro savdo munosabatlarini keng yo’lga qo’yganlar. 

2.  V  asrning  2-yarmi  —  VI  asrning  1-yarmilarida  Oltoy  va  Janubiy  Sibirda  Ashina 

qabilasining  yabg’ulari  Asanshod,  Tuu  va  Buminlar  boshchiligida  turkiy  qabilalarning  ittifoqi 

vujudga  keladi.  Qadimgi  turk  manbalarida  bu  ittifoq  «turk»,  «turkel»,  «turkyut»  va  «turk  budun» 

kabi nomlar bilan tilga olingan. Xitoyliklar Ashina qaramog’idagi odamlarni «tukyu» deb ataydilar. 

«Turk»  so’zining  lug’aviy  ma’nosi  «kuchli,  chidamli»  demakdir.  V  asrda  Ashina  tevaragiga 

to’plangan  o’rda  askarlari  «turk»  nomi  bilan  atalgan  bo’lsalar,  VI-VII  asrlarda  faqat  turk  tilida 

so’zlashadigan aholi shu nom bilan atalardi. 

VI asr o’rtalarida Bumin boshliq turk ittifoqi tele qabilasini o’ziga bo’ysundirgach, Markaziy 

Osiyodagi eng kuchli Jujan xoqonligiga qaqshatqich zarba beradi. 551 yilda Bumin «xoqon», ya’ni 

hukmdor  unvoniga  muyassar  bo’lib,  Turk  xoqonligiga  asos  soladi.  Oltoy  xoqonlikning  markazi 

bo’lib qoldi. 

Hukmronlikni  mustahkamlab  olgach,  Bumin  va  uning  ukasi  Istomi  xoqonlik  chegaralarini 

kengaytirishga kirishadi. 

Qisqa  vaqt  ichida  Yenisey  daryosi  bo’ylarida  yashovchi  qirg’izlar  va  shu  atrofdagi  boshqa 

xalqlar janubi-g’arbiy Manjuriyaning mo’g’ul qabilalari—kidanlar bo’ysundiriladi. Shimoliy Xitoy 

viloyatlari bosib olinib, Xitoy imperatori turklar bilan sulh tuzishga, keyinchalik esa hatto yiliga 100 

ming to’p ipak mato hisobida xoqonlikka o’lpon to’lab turishga majbur bo’ladi. 

555  yildayoq  turklar  Sharkiy  Turkistonning  obod  dehqonchilik  viloyatlarining  kattagina 

qismini  va  boy  hunarmandchilik  shaharlarini  hamda  Sirdaryo  va  Orol  dengizi  bo’ylarigacha 

cho’zilgan  keng  dasht  mintaqasini  butunlay  egallab  oladi,  xoqonlik  hukmronligi  Xorazmga  ham 

yoyilib, uning chegarasi Eftaliylar davlati yerlariga borib tutashadi. 

Shunday  qilib,  VI  asrning  70—80  yillarida  Yeniseyning  yuqori  oqimidan  to  Amudaryo 

bo’ylarigacha, Manjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho’zilgan ulkan maydonda aholisi aksari 

ko’chmanchi chorvador qabilalardan iborat Turk xoqonligi tashkil topdi. 

Turk  xoqonligi  chinakam  markazlashgan  davlat  emas  edi.  Uning  asosi  turkiy  qabilalarning 

ittifoqidan iborat bo’lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqarar edi. Hukmdorning hokimiyati urug’-aymoq 

udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. 

Mamlakat  aholisi  ko’chmanchi  chorvador  va  o’troq  dehqonlardan  iborat  edi.  Ko’chmanchi 

chorvador aholi budun yoki qora budun (qora xalq) deb atalardi. 

VI asr oxirlarida  boshlangan o’zaro qabilaviy urushlar  va  sulolaviy kurashlar oqibatida Turk 

xoqonligi 603 yilda ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Ulardan biri Mo’g’ulistonda tashkil topgan 

Sharqiy turk xoqonligi, ikkinchisi esa, O’rta Osiyo, Jung’ariya va Sharqiy Turkistonning bir qismini 

o’z tasarrufiga olgan G’arbiy turk xoqonligi edi. G’arbiy xoqonlikning markazi Yettisuv edi. 

VII  asrning  1-choragida  G’arbiy  xoqonlik  nihoyatda  kuchayadi.  Uning  sharqiy  chegarasi 

Oltoyga, janubda esa Hind daryosi bo’ylariga borib taqaladi. Xoqon Tun yabg’u hukmronlik qilgan 

yillarda  boshqaruv  tartiblari  isloh  etiladi.  O’troq  aholi  viloyat  hokimlarini  xoqonlik  ma’muriyati 

bilan  bevosita  bog’lash  va  ular  ustidan  nazoratni  kuchaytirish  maqsadida  mahalliy  hukmdorlarga 

xoqonlikning  yabg’u  unvoni  berilib,  ular  xoqonning  noibiga  aylanadilar.  Natijada  O’rta  Osiyo, 

Sharqiy  Turkiston  va  Toxaristonning  deyarli  mustaqil  hokimliklari  ustidan  siyosiy  nazorat 

kuchaytirilib,  ular  huzuriga  xoqonlikning  vakillari  —  tudunlar  yuboriladi.  Tudunlar  viloyatlarda 

boju  yasoqlarni  jamg’arish  ustidan  nazorat  qilar  va  ularni  xoqon  qarorgohiga  jo’natish  bilan 

shug’ullanardi. 

Biroq  xoqonlikning  harbiy-ma’muriy  tayanchi  hisoblangan  dulu  va  nushibi  kabi  qabila 

uyushmalari  zodagonlari  o’rtasida  hokimiyat  uchun  tobora  kuchayib  borgan  kurash  oqibatida 

G’arbiy  turk  xoqonligi  zaiflashib,  bo’linib  ketadi.  Vaziyatdan  foydalangan  Xitoyning  Tan 



 

305 


                                                                                                                                                                                        

imperiyasi  qo’shinlari  657—659  yillarda  Yettisuvga  bostirib  kiradi.  Natijada  xoqonlik  xitoylarga 

qaram  bo’lib  qoladi.  G’arbiy  turklarning  ularga  qarshi  muttasil  kurashi  natijasida  VII  asr  oxiriga 

kelib  xoqonlik  mustaqillikni  tiklab  oladi.  Chochdan  to  Beshbaliq  va  Turfongacha  bo’lgan 

viloyatlarda  dulu  qabila  ittifoqidagi  turkashlar  hukmronligi  o’rnatiladi.  Yangitdan  tiklangan  bu 

turklar davlati tarixda Turkashlar xoqonligi nomi bilan yuritiladi. Keyinchalik Turkashlar xoqonligi 

Sharqda  yarim  asrdan  ortiqroq  vaqt  davomida  Tan  imperiyasining  bosqinlarini  daf  etib,  Xitoy 

qo’shinlarini  O’rta  Osiyo  va  Sharqiy  Turkiston  yerlariga  bostirib  kirishlariga  yo’l  qo’ymaydi. 

G’arbda esa Movarounnahrga jadal bosib kelayotgan yangi g’anim — Arab xalifaligi lashkarlariga 

qarshi Buxoro, Sug’d va Choch aholisi bilan bir safda turib shiddatli janglarda qatnashadi. 

4-masala 

Tohiriylar va Somoniylar davlati 

Arablarning    O’rta  Osiyo  hududlaridagi  deyarli  bir  asrlik  hukmronlik  davri,  bu  hududning 

erksevar  xalqlarining  o’z  eli,  Vatanining  mustaqilligi  yo’lidagi  kurashini,  intilishini  so’ndira 

olmadi. 


Darhaqiqat, IX asr boshlariga kelib Arab xalifaligida yuzaga kelgan siyosiy tanglik, Xuroson 

va Movarounnahrda kechayotgan ziddiyatli  jarayonlar, eng  muhimi,  bu  hududda  yuz  bergan  Rofe 

ibn  Lays  qo’zg’aloni  (806-810)  mazqur    o’lka  xalqlari  uchun  xalifalik  tobeligidan  qutilish,    yurt 

mustaqilligini  qo’lga  kiritish  yo’lida  qulay  imkoniyatlarni  vujudga  keltirgandi.  Gap  shundaki, 

mashhur  xalifa  Xorun  ar-Rashid  (786-809)  vafotidan  so’ng  xalifalik  taxtini  egallash  uchun  uning  

o’g’illari - Amin va Ma'mun  o’rtasida qizg’in kurash boshlangan edi. Bir necha yilga cho’zilgan bu 

siyosiy  mojaro nafaqat xalifalik  markazini tang  ahvolga  solib qolmasdan,  balki unga tobe bo’lgan 

hududlardagi voqealar rivojiga ham sezilarli ta'sir ko’rsatgan. 

Xuroson  noibi  Ma'mun    o’z  kurashida  Xuroson  va  Movarounnahrning  nufuzli  kuchlariga 

tayanib,  nihoyat  813  yilda  xalifalik  hokimiyatini  egallaydi.  Bundan  avvalroq  Ma'mun  bu    o’lkada 

xiyla uzoq davom etgan Rofe ibn Lays qo’zg’alonini bostirishda mahalliy feodal kuchlar madadidan 

foydalangandi.  Ma'munning  xalifalik  taxtiga  chiqishiga  katta  harbiy  yordam  ko’rsatgan  Xuroson 

nufuzli doiralarining  yirik  namoyandasi Toxir  ibn Husayn  bir qancha  muddat Bog’dodda xalifalik 

qo’shinlariga ham boshchilik qilgan edi. 

 Xalifa  Ma'mun  Xuroson  va  Movarounahrda  davom  etayotgan  arablarga  qarshi  kuchli 

muxolifatchilik harakatilarini bartaraf etish qiyinligini anglab yetganidan bu hududlarni boshqarish 

huquqini  mahalliy  feodal  tabaqa  vakillari  ixtiyoriga  berishga  majbur  bo’ladi.  Shu  yol  bilan  u 

mazkur  o’lkalarning xalifalikka tobeligini saqlab qolmoqqa intiladi. 

 Mahalliy  hukmdorlar  esa  uddaburonlik  bilan,  xalifalikning  zaiflashganligidan,  shuningdek 

yangi  xalifa  Ma'munning  "iltifoti"dan  foydalanib,  boshqaruv  jilovini  qo’lga  kiritgach,  undan  yurt 

mustaqilligi, uning ravnaqi va qudratini oshirish yo’lida foydalanishga qat'iyan yo’l tutdilar. 

 Xurosonda Tohir ibn Husayn va uning avlodlari, Movarounahrda esa Somon Xudot va uning 

vorislari tomonidan siyosiy hokimiyatni kiritilishi, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi mana shu 

tarzda amalga oshdi. 

 Tohiriylar  davlatining  asoschisi  Tohir  ibn  Husayn  821  yildan  e'tiboran  Xuroson  noibligini 

qo’lga  kiritadi.  Dastlab  Movarounahrning  ko’pgina  viloyatlari  ham  bu  davlat  tarkibiga  kirgan. 

Buning  boisi,  ikkala    o’lkaning  noiblik  markazi  Xurosonning  Nishopur  shahri  bo’lgan.  Tohir  ibn 

Husayn  o’z davlatining mustaqilligini tiklash maqsadida 822 yilda xalifa nomini xutba namozidan 

chiqarib tashlashga amr kiladi. Biroq tez orada uning sirli  o’limi bu borada katta ishlar qilinishiga 

imkon  bermaydi.  Uning  vorislari  Talha  (822-828),  Abul  Abbos  Abdulloh  (830-844),  Tohir  ibn 

Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir (862-873) davrlarida Tohiriylar davlatining mustaqilligi 

xiyla  ta'minlandi.  Tohiriylar  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  hayotni,  mulkiy  munosabatlarni 

rivojlantirish,  qishloq  xo’jaligini  tartibga  keltirish,  suv  resurslaridan  foydalanishni  yaxshilash,  suv 

inshootlari barpo etish, shuningdek fuqarolardan olinadigan soliqlarni mo'tadillashtirishga ahamiyat 

beradilar. Jumladan, Abdullox ibn Tohirning chiqargan bir farmonida "dehqonlarni xafa qilmaslik", 

bularsiz xazinaga yetarli miqdorda soliq tushmasligi alohida  o’qtirilgandi. Biroq shunga qaramay, 

Tohiriy  hukmdorlar  amalda  dehqonlarni  emas,  balki  ko’proq  yirik  mulkdorlar,  savdogarlarning 

manfatlarini  himoya  qilardilar.  Shu  bois  Tohiriylar  davrida  oddiy  aholi,  ayniqsa  dehqonlar  og’ir 

asoratda  yashash,  haddan  ziyod  soliq-  o’lponlar  to’lashga  majbur  etilgandi.  Birgina  844  yilda 


 

306 


                                                                                                                                                                                        

ulardan olingan soliq miqdori 48 mln. dirxamni tashkil etgan. Bu o’sha davr sharoiti uchun mislsiz 

edi.  Shuning  uchun  ham  mamlakatning  Seyiston  va  boshqa  viloyatlarida  dehqon  g’alayonlari 

yuzaga kelib, kuchayib borgan.  

 Mamlakatning  sharqiy  hududlarida  yuzaga  kelgan  g’oziylar  harakati  va  dehqonchilik 

vohalaridagi  g’alayonlar  ko’shilib,  keng  miqyoslar  kasb  etib  bordi.  Bu  harakatilarning 

yetakchilariga aylangan, asli kelib chiqishlari hunarmand - miskar bo’lgan aka-uka Yoqub va Amir 

ibn  Layslar  873  yilda  Toxiriylar  sulolasini  ag’darib  tashlashga  muvaffaq  bo’ldilar.  Buning 

natijasida Yoqub ibn Lays asos solgan safforiylar (miskarlar) sulolasi hokimiyatga keldi. 

 Biroq  yangi  hukmdor  Yoqub  shaxsiy    hayotda  qanchalik  oddiy  turmush  tarziga  amal  qilib 

yashamasin,    o’z    kurolli  kuchlarini  jangovarligini  kuchaytirish,  askarlarini  maosh  bilan 

ta'minlashga  urinmasin,  bari-bir  oddiy  mehnatkash  xalqning  maishiy  axvoli,  intilishi,  maksad-

g’oyalari unga butunlay begona bo’lib kolaverdi. 

 Shuning  uchun  safforiylar  siyosati  faqat  mayda  va    o’rta  mulqdorlariga  daxl  etgani  holda 

oddiy  mehnatchilarning  ayanchi  qismatini  chetlab    o’tgandi.  Binobarin,  bu  sulola  hukmronligi 

davrida  ham  xalqning  og’ir  soliqlar  to’lashi,  boshqa  to’lovlar  va  majburiyatlar      avvalgidek  

o’zgarmay  qolaverdi.  Bu  xoll  Amr  ibn  Lays  (879-900)  hukmronligi  davri  uchun  ham  xos  bo’ldi. 

Buning  oqibati    o’laroq,  mamlaqatda  xalq  norozilik  harakati,  dehqon  g’alayonlari  to’xtovsiz 

kuchayib  bordi.  Bu  hol  oxir-oqibatda  safforiylar  sulolasi  xukmronligining  ijtimoiy-iqtisodiy 

ildizlarini qaqshatib, uni halokatga mahkum etmay qolmadi. 

 Movarounnahrda  somoniylar  sulolasi  xukmronligining  yuzaga  kelish  jarayoni  ham  IX  asr 

boshlariga  to’g’ri  keladi.  Bunda  ham  xalifa  Ma'mun    o’ziga  sodiq  xizmat  qilgan  mahalliy 

hukmdorlardan Somonxudot avlodlariga Movarounahr hududlarini boshqarish huquqini topshiradi. 

Chunonchi, Asad ibn Somon  o’g’illaridan Nuh Samarqandga, Ahmad Farg’onaga, Yaqub Shosh va 

Ustrushonaga, Ilyos Chag’aniyon va Hirotga  hoqimlik qiladilar. 

 IX  asr    o’rtalariga  kelib  Ahmad  va  uning    o’g’li  Nasr  Somoniylar  Movarounahrning 

ko’pchilik  hududlarini  birlashtirishga  muvoffaq  bo’ladilar.  Nasr  Somoniy  (856-888)  davrida 

Movarounahr  mavqei  yanada  kuchayib  bordi.  Xurosonda  Tohiriylar  sulolasi  ag’darilgach  (853y), 

uning tarkibiga kirgan Buxoro yerlari Somoniylar tasarufiga olinadi. Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga 

noib  etib  tayinlaydi  (874y)  va  Somoniylar  hukmronligi  deyarli  Movarounahrning  barcha 

hududlariga yoyiladi. Ammo, ko’p  o’tmay Ismoil  o’z hokimiyatini kuchaytira borgach, u  o’zining 

vassallik mavkeini tan olmay, Nasr hoqimiyatining xazinasiga to’laydigan yillik daromad miqdorini 

keskin kamaytiradi. Buning  natijasida aka-ukalar  o’rtasida uzoq muddatli katta urish bo’lib, unda 

(888y) Ismoil g’olib chiqadi va hokimiyatni  o’z  ko’liga oladi. Akasi Nasr vafotidan so’ng (892y) 

Ismoil  Somoniy  Movarounahrning  yagona  hukmdoriga  aylanadi.  Shu  tariqa,    o’zbek  davlatchiligi 

qayta  tiklanadi  va  yuksalib  boradi.  Mamlakat  aholisining  mutlaq  ko’pchiligi  turkiy  qavmlardan 

iborat  bo’lib,  davlat  ishlarini  yuritishda  turkiy  qo’shinlar  va  lashkarboshilarning  mavqei  yuqori 

bo’lgan. 

 Ismoilning  893  yilda  sharqdagi  turkiy  qabilalarga  qarshi  qilgan  muvaffaqiyatli  yurishi, 

Tarozni  egalab,  katta    o’lja,  asirlar  bilan  qaytishi  ham  Somoniylar  kudrati  yuksakligidan  yaqqol 

dalolat  beradi.  Ismoil  Somoniy  davlati  qudratining    o’sib  borishidan  cho’chigan  va  uni 

zaiflashtirishni  ko’zlagan  Bog’dod  xalifasi  Xurosondagi  Safforiy  hukmdorlarga  yordam  berib, 

ularni  Ismoilga  qarshi  gij-gijlaydi.  Bu  esa  900  yilda  ikkala  davlat    o’rtasida  katta  urushga  sabab 

bo’ladi. Urush natijasi Somoniylar foydasiga hal bo’lib, buning oqibatida Xuroson yerlari ularning 

qo’l ostiga  o’tadi. Xalifalikning esa bu yerdagi ta'siri keskin pasayadi. 

 Ismoil katta, qudratli davlatga ega bo’lgach, u markaziy davlat boshqaruvi tizimini va shunga 

muvofiq  keladigan  mahalliy  idora  organlarini  vujudga  keltiradi.  Bu  tizim  uning    o’g’li  Nasr  II 

davrida (914-943) ham takomillashib boradi. 

 Bunga ko’ra podshoh (amir) saroyi oliy dargoh va devonlar (vazirliklar)ga bo’linadi. Bunda 

eng  asosiy  siyosiy-ma'muriy  va  ho’jalik  boshqaruvi  vazir  devoni  tasarrufida  bo’lgan.  Boshqa 

devonlar  esa  unga  bo’ysungan.  Mamlakat  hayotida  muhim  rol      o’ynagan  bu  devonlar 

quyidagilardan  iborat:  Mustafiy  devoni-davlat  xazinachisi;  devoni  Amid  al-mulk  -  davlatning 

muhim  hujjatlari  bilan,  boshqa  xorijiy  ellar  bilan,  davlatlararo  diplomatik  munosabatlar    o’rnatish 

ishlari bilan shug’ullangan. 



 

307 


                                                                                                                                                                                        

 Sohib  ash-shuhrat  devoni  -  harbiy  ish,  qo’shining  oziq-ovqati,  maoshi  va  hokazo  sohalarni  

o’z  tasarrufiga  olgan.  Sohib  al-barid  devoni  pochta-aloqa  xizmati  sohasi  vazifalari  bilan 

shug’ullangan.  U  ayni  chog’da  davlat  sirlari,  mas'ul  lavozimdagi  xodimlarning  ish  faoliyati  bilan 

ham mashg’ul bo’lgan. Bu devon boshlig’i faqat markaziy hokimiyatga bo’ysungan. 

 Davlatning  muhtasib  denoni  esa  bozorlardagi  savdo-sotiq,  toshu  tarozi    o’lchovlari  nazorati 

bilan shug’ullangan. 

 Mushriflar devoni davlat ishlari nazorati, xazinaning daromad va xarajatlarini tekshirib borish 

bilan band bo’lgan. 

 Shuningdek  Davlat  mulklari  (erlari)  devoni,  qozilik  (sud  ishlari)  devoni,  Vaqf  (diniy 

muassasalar  mulklari)  devoni  singari  devonlarning  ham  markaziy  davlat  boshqaruvidagi  roli  va  

o’rni alohida bo’lgan. 

 Pochta-aloqa xizmatidan boshqa hamma devonlarning mahalliy bo’limlari mavjud bo’lib, ular 

mahalliy  hokimlar,  ularning  idoralariga  bo’ysungan.  Har  bir  shaharda  shahar  boshlig’i  -  rais 

ma'muriyati mavjud bo’lgan. 

 Davlatda  islom  dinining  ta'siri  g’oyatda  katta  bo’lganligidan  oliy  diniy  mansab  -  Shayxul-

islomning mavkei yuqori darajada e'tirof  topgan. 

 Somoniylar  markaziy  hokimiyat  boshqaruvini  qanchalik  takomillashtirib  bormasinlar,  biroq 

ular  mamlakatning  hama  hududlarida  ham    o’z  hukmronlik  ta'sirini  birdek    o’tkaza  olmaganlar. 

Masalan, Xorazm, Chag’aniyon, Xuttalon viloyatlarining ichki mustaqilligi buni isbot etadi. 

 Somoniylar  davrida  qishloq  xo’jaligi,  mahalliy  ishlab  chiharish,  hunarmandchilik,  savdo-

sotiq  munosabatlari,  shaharlar  hayoti  ancha  yuqsaldi.  Mamlakat  mustaqilligi  ta'minlangan,  nisbiy 

ichki  siyosiy  barqarorlik,  kuchli  markaziy  hokimiyat  tizimi  mavjud  bo’lgan  bir  sharoitda 

jamiyatning  barcha  hayotiy  sohalarida  sezilarli    o’zgarishlar,  ijtimoiy  siljishlar  yuz  berib  borgan.  

O’lkaning Shosh, Farg’ona va Xorazm vohalarida turli xil g’alla ekinlari yetishtirish, bog’dorchilik, 

sohibkorlik,  polizchilik,  paxta  yetishtirish  ancha  kengayib  bordi.  Ko’plab  suv  inshootlari  barpo 

etildi. 

Qishloq  ahli  xomashyodan  turli  ishlov  berish  yo’li  bilan  har  xil  matolar  ishlab  chiqara 

boshladi. Jumladan, Zandona qishloqida sifatli bo’z to’qish (u chetga ham chiqarilgan), Samarqand 

yaqinidagi  Vadar  qishloqida  sarg’ish  tusli  chiroyli  yumshoq,  pishiq  matolar  tayyorlash  yo’lga 

qo’yilgan. Bu yerdagi to’qilgan matodan oliy amaldorlar ham kiyim tiktirishda foydalanganlar. 

Shaharlarda  ko’plab  hunarmandchilik  korxonalari,    o’nlab  karvonsaroylar,  bozor  rastalari 

mavjud  bo’lib,  doimiy  ravishda  ishlab  turgan.  Shahar  bo’lish  uchun  mazkur  joyda  qamida  32  xil 

hunar-kasb turlari bo’lishi kerakligi  o’sha davr uchun xos bo’lgan. 

Somoniylar davrida Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh, Isfijob, shuningdek, Farg’ona, Xorazm 

vohasi shaharlari savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatida g’oyatda ravnaq topgan. 

Buyuk Ipak yo’li bu shaharlarni xalqaro karvon savdosi bilan tutashtirib, ularda yetishtirilgan 

barcha noyob mato-yu mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishini ta'minlagan. 

Metall  ishlash,  nodir  metallardan,  chunonchi,  oltin,  kumush,  mis    va  boshqa    ma'danlardan 

qimmatlu,  bezakli buyumlar,  asbob-anjomlar   tayyorlash   shaharlarda   keng   rivojlangan.   Uch   

joyda  (Buxoro,        Samarqand,        Farg’ona)        kumush        pullar      zarb      etilgan.  Shoshda    charm   

mahsulotlari,      Farg’ona      va      Iloqda    kurol-yaroqlar  yuqori        darajada        tayyorlangan.    

Shuningdek      Farg’ona      vodiysi, Ohangaron,     Samarqand,     Nurota   tumanlarida    kon-ruda   

ishlab  chiqarilishi        taraqqiy      topdi.  Ip  -    yigirish,        to’kuvchilik        va  to’imachilik    (gilamlar,  

poyondozlar v.b)  hunarlari rivojlangan bo’lib, bu soha yumushlariga xotin-qizlar ham jalb qilingan. 

Somoniylar  davrida  mulk  shakllari  uch  xil  bo’lib.  birinchisi  -  mulki  sultoniy,  ya'ni  davlat 

yerlari,  ikkinchisi  mulklar,  (xususiy  mulklar)  va  uchinchisi  -  vaqf  mulklaridan  iborat  edi. 

Somoniylar  davrida  davlat  boshlig’i    o’z  farzandlari,  yaqinlariga,  amirlar,  hokimlar, 

lashkarboshilarga  ularning  xizmatlari  evaziga  tuman,  shahar,  hatto  viloyatlarni  ham  in'om  qilgan. 

Bunday  mulq  -  iqto,  ularning  egalari    -iqtadorlar  deb  atalgan.  Iqtadorlar    o’ziga  in'om  etilgan 

hududlarda  yashovchi  aholidan  olinadigan  soliqlar  evaziga  daromad  olgan.  Aholi  iqtadorga 

bo’g’doy, paxta, quruq meva, gazmol yoki pul shaklida soliq to’lagan. Iqtadan foydalanish muddati 

davlat  boshlig’iga  bog’liq  bo’lgan.  Avvallari  iqto  vaqtincha  berilgan,  iqtador  bunday  mulkdan 

mahrum ham etilgan, ayrimlari iqtadan umrbod foydalanganlar. 



 

308 


                                                                                                                                                                                        

Somoniylar  davlati    o’zining  muayyan  bosqichlarida  ijtimoiy-siyosiy  va  boshqa  sohalarda 

qanchalik  yuksalish,  muhim  o’zgarish  jarayonlarini  boshdan  kechirmasin,  biroq  keyinchalik  asta-

sekin tushkunlik, parokandalik sari  yuz tutib  bordi. X asrning  ikkinchi  yarmidan boshlab, xususan 

keyingi Somoniy hukmdorlar: Nuh ibn Nosir (943-954), Abdul Malik (954-962), Mansur ibn Nuh 

(961-971),  Nuh  II  ibn  Mansur  (997-999)  davrida  mamlakat  oliy  hokimiyati  ichida  ham,  mahalliy 

feodal beklar, amaldorlar  o’rtasida ham  o’zaro ichki nizolar, ziddiyatlar to’htovsiz kuchayib bordi. 

Davlatning harbiy tayanchi hisoblangan turk gulomlaridan iborat qo’shin boshliqlari oliy hukmdor 

saltanatiga  bo’ysunmay,  ayrim  viloyatlarni  egallashga  ko’z  tika  boshladilar  (Masalan,  Alptegin, 

Abu  Ali  v.b.).  Mahalliy  hukmdorlarning    o’zboshimchalik,  boshboshdoqlik  xatti-harakatilarining 

avj olishi ularni jilovlashga markaziy hokimiyatning ojizligi - bular davlatning yanada zaiflashuviga 

sabab  bo’ldi.  Xalq  norozilik  harakati  shu  qadar  alangalanib  bordiki,  hatto  amir  Abdumalik  vafoti 

bahonasi bilan boshlangan qo’zg’alon amir saroyini bosib olib, uni yakson qilish bilan tugallandi. 

Bunday  jiddiy  nizolar, ziddiyatli  jarayonlar pirovard oqibatda Somoniylar davlati tanazzulini 

tezlashtirishga  olib  keldi.  Buning  natijasida  sharqdan  kelgan  Qorahoniylar  sulolasi  Somoniylar 

hukmronligini barxam topdirib, uning hududlarini  o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi. 

 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling