Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81

 

 

 

“O'zbek xalqining etnik shakllanishi” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi 

Ish 

bosqichlari va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

Ta’lim beruvchi 

Ta’lim oluvchilar 

Tayyorlov bosqichi 

Mavzuni  aniqlaydi,  ta’limiy  maqsadni  belgilaydi  va 

kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. 

Mavzu bo’yicha tayanch konspektlar ishlab chiqadi. 

Belgilangan  ta’limiy  maqsadlarga  erishishni  ta’minlovchi 

o’quv  topshiriqlarini ishlab chiqadi.  

Kichik  guruhlarda  samarali  faoliyatni  ta’minlash  uchun 

yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi. 

Ekspert guruhlar faoliyat  natijalarini  baholash mezonlarini 

ishlab chiqadi. 

 

 



 

 

 



1. O’quv 

mashg’ulotiga 

kirish bosqichi 

      (10  daqiqa) 

1.1.  Mashg’ulot  mavzusi,  uning  maqsadi  va  kutilayotgan 

natijalarini  e’lon  kiladi,  ularning  ahamiyatliligi  va 

dolzarbligini asoslaydi. 

1.2.  Mavzu  bo’yicha  asosiy  tushunchalarga  ta’rif  berishni 

taklif  qiladi  va  shu  asosda  tezkor-so’rov  o’tkazib  talabalar 

bilimlarini faollashtiradi. 

 1.3.  Faoliyat  kichik  guruhlarda  o’quv  topshiriqlarini 

bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. 

1.4. 


Qo’shimcha 

ma’lumotlar 

aks 

etgan 


tayanch 

konspektlarni tarqatadi. 

1.5.  Ekspert  guruhlar  faoliyati  natijalarini    baholash 

mezonlarini e’lon qiladi. 

Tinglaydilar. 

 

 



 

Savolni muhokama qilib, 

ularga javob beradi. 

 

 



2. Asosiy bosqich 

(60 daqiqa) 

 

 

 

2.1. 


Talabalarni 

to’rtta 


kichik 

guruhga 


bo’ladi. 

Mashg’ulotning  o’tkazilish  tartibini  yana  eslatadi.  O’quv 

mashg’uloti  «o’zi  o’rganib,  o’zgaga  o’rgatish»,  ya’ni 

hamkorlikda o’rganish  prinsipi asosida o’tkazilishini aytadi  

2.2.  Guruhlarga  ekspert  varaqlarini,  shu  bilan  birga, har  bir 

talabaga  geometrik  shakl  tarqatadi  va  faoliyatlarini  tashkil 

qiladi 

(geometrik 



shakllarni 

vaqtincha 

bir 

joyga 


ko’yishlarini,  vakti  kelganda  ulardan  foydalanishlarini 

aytadi). 

Guruhlarda ishni tashkil kiladi. (matnni o’rganib, muhokama 

kilishga 15 daqiqa beradi). 

2.3.  Doira  shaklini  olgan  talabalar  1-stol,  uchburchak 

shaklini  olganlar  2-stol  va  to’rtburchak  olganlar  3-stol 

atrofiga o’tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to’plangan 

talabalar  o’z  savollarini  boshqa  talabalarga  yoritishini 

tushuntiradi.  O’zaro  o’rgatish  jarayoni  boshlanadi  (15 

dakika). 

Talabalar 

faoliyatini 

kuzatadi, 

ularni 


yo’naltiradi, 

maslahatlar beradi.  

2.4.  Talabalarni  o’zlarini  dastlabki  joylariga,  stol  atrofiga 

kelib o’tirishlarini aytadi.  

2.5. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 

nafardan  talaba  chiqib,  faoliyat  natijalarini  taqdim 

qilishlarini  aytadi.  Taqdimot  uchun  xar  bir  guruhga  8 

daqiqadan  vaqt  ajratadi.    Yo’naltiruvchi,  maslahatchi 

sifatida  ishtirok  etadi.  Javoblarni  aniqlashtiradi,  to’ldiradi, 

izoh beradi va tuzatishlar kiritadi. 

2.6.  Har  bir  gurux  taqdimoti  oxirida  ekspert  savollari 

bo’yicha xulosalar qiladi. 

Kichik guruhlarga 

bo’linadilar.  

 

 

 



 

Topshiriq bo’yicha faoliyat 

boshlaydilar. Matnlarini 

o’qib, savollarga javob 

topadi. Ma’lumotni 

muhokama kilib, fikr 

almashib,  sistemalashtiradi.  

Format  kog’oziga  sxema 

tarzida tushiradi,  

taqdimot uchun  

materiallar 

tayyorlaydilar.  

 

 

 



 

 

Faoliyat natijasini 



taqdimot qiladilar. 

 

 



 

314 


                                                                                                                                                                                        

3–Yakuniy bosqich 



(15 daqiqa) 

3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi.  

3.2.O’quv  mashg’ulotini  natijalarini  sharhlaydi,  guruhlar 

faoliyati bahosini e’lon qiladi. 

3.3.  Mustaqil  ishlashlari  uchun  vazifa  beradi:  amaliy 

mashg’ulotga tayyorlanib kelish; nazorat savollariga og’zaki 

javob berish  

Tinglaydilar. 

 

 

3- Mavzu: O'zbek xalqining etnik shakllanishi 

Ryeja: 

1. 


O'zbek      xalqining    paydo    b o ' l i s h i       masalalari.    O'zbek    xalqining  etnik      asosini   ta shkil   ctgan   

Va t a ni mi z    hududidagi   qadimgi   aholi, ularning ijlimoiy-madaniy hayoti. 

2. 

IX-XI   asrlarda karluqlar. sa lju qiy laming o'zbek xalqining etnik shakllanishiga t a 's ir i ,  



3. 

O'zbek        xalqining        etnik        shakllanishida      XVI        asr      boshlarida  Movarounnahrga        k e l i b     

joylashgan    o'zbek    urug'larning    ta'siri. «O'zbek» atamasining k e l i b  chiqishi. 

 

Asosiy adabiyotlar: 

1. 


Karimov I.A. Tarixiy xotivasiz kelajak yo'q,  

2. 


Karimov  I.A. “Yuksak ma’naviyat  - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 

3. 


Abulg’oziy. «SHajariy turk».- T.: CHo’lpon, 1992. 

4. 


Ahmyedov B. «O’zbyek ulusi».- T.: Nur, 1992. 

5. 


Ahmyedov B. «Tarixdan saboqlar».- T., «O’qituvchi», 1994. 

6. 


Ziyo Kukalp. «Turkchilik asoslari».- T., 1994. 

7. 


Zaki Validiy. «O’zbyek urug’lari».- T.,1992. 

8. 


Jabborov I. «O’zbyek xalqining etnografiyasi».- T.: "O’zbyekiston", 1994. 

9. 


 Nasimxon Rahmon. «Turk hoqonligi».- T., 1993 

10. 


 Usmon Turon. «Turkiy xalqlar mafkurasi».- T.: CHo’lpon, 1995 

11. 


 Xasan Ato Abdushiy.«Turkiy qavmlar tarixi».- T.: CHo’lpon, 1994 

12. 


 Ibrohimov A., Sultonov X., Jurayev N. «Vatan tuyg’usi».- T.: «O’zbyekiston», 1996. 

13. 


Sanaqulov U. «O’zbyek xalqining hamda itilining tarkib topishi va nomlanishi».- Samarqand, 1991.  

14. 


Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi. 1-kitob, 303-306 bet. 

15. 


O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003y. 

16. 


Q.Usmonov., M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. 

  Qo’shimcha adabiyotlar: 

17. 


Ahmyedov B. «O’zbyeklar». «Muloqot» jurnali, 1991, 1- son. 

18. 


SHoniyazov  K.  «O’zbyek  xalqining  etnogyeziga  oid  ba’zi  nazariy  masalalar».-  «O’zbyeiston  ijtimoiy 

fanlar», 1998, 6- son 

19. 

 O’zbyekiston tarixi.- T.: Univyersityeti, 1996, 1- jild. 



20. 

 Abduzuhur  Abduaziz. «Turkiy xalqlar: tillar va tarixi».-«O’zbyekiston adabiyoti  va san’ati»  gazyetasi, 

1993, 19 fyevral. 

21. 


 Tilavov  A.  «El  nyetib  topgay  myeniki»…  («Tarixning  oydinlashgan  sahifalari»).-  «Zarafshon» 

gazyetasi, 1996, 26 iyun. 

22. 

 Doniyorov X. «O’z tariximizni bilamizmi?»- «Lyenin yo’li» gazyetasi, 1990, 15 iyun.  



23. 

hstory.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali. 

 

4. 


Darsning  o`quv  va  tarbiyaviy  maqsadi:  Ushbu  mavzu  orqali  o'zbek      xalqining    paydo    b o ' l i s h i    

masalalari.  o'zbek  xalqining etnik   asosini   t ashkil   yetgan   Va t a ni mi z    hududidagi   qadimgi   aholi, 

ularning  ijlimoiy-madaniy  hayoti  IX-XI      asrlardagi  shakllanish  jarayoni  ,   o'zbek        xalqining        etnik    

shakllanishida   XVI    asr   boshlarida Movarounnahrga    k e l i b     joylashgan    o'zbek    urug'larning    

ta'siri. «O'zbek» atamasining k e l i b  chiqishi kabi  

  Dars o`tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu 

yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 

  Dars o`tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli 

muloqot  o`tkazish,  erkin  fikrlash  va  so`zlashga  o`rgangan  holda  fikr  mulohazalarini  bayon  qildirish, 

buning  uchun  har  bir  talabaga  o`tilgan  mavzular,  tayanch  iboralardan  savol  tashlanadi.  O`qituvchi  va 

talabalar  o`rtasida  byerilgan  savollarni  tahlil  etish.  Tarqatma  tyestlar  asosida  talabaning  mavzuni  qay 

darajada  o`zlashtirganligini  aniqlash.  Talabalarni  voqyealarni  tahlil  etishga  o`rgatish.  Xarita  bilan 

ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. 

  Darsning xrono kartasi – 80 minut.  

  O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi: 


 

315 


                                                                                                                                                                                        

 

Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati-2 minut 



 

Talabalarning davomati – 3 minut 



 

Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut 



 

Talabalar bilim darajasini aniqlash  (o’tilgan mavzu bo’yicha)-50 minut 



 

Sinov savollar namunasi  (savol-javob triqasida)– 10 minut 



 

Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-5 minut 



 

Uyga vazifa byerish – 5 minut 

 

1-masala: 

 O’zbyek  xalqining  kyelib  chiqishi  -  etnogyenyezi  juda  kam  o’rganilgan,  tarix,  arxeologiya, 

etnografiya,  antropologiya,  tilshunoslik,  fol’klorshunoslik  kabi  fanlarning  ancha  jiddiy  tadqiqotlarini 

kutayotgan masalalardan biridir. 

1998  yil  iyunida  Pryezidyent  I.A.Karimov  ham  tarixchilar  va  O’zR  FA  ning  rahbariyati  bilan 

"Tarixiy  xotirasiz  kyelajak  yo’q"  mavzuidagi  uchrashuvda  "…  biz  o’zimizni  millat  dyeb  bilar  ekanmiz, 

o’zbyekchiligimiz  haqida  aniq  tushunchaga  ega  bo’lishimiz  kyerak",  dyeyish  orqali  xalqimiz  etnik 

shakllanishi masalasini chuqur o’rganish zarurligini ko’rsatgandi. 

O’zbyeklarning  tarixiy  vatani  -  ular  tarqalgan  gyeografik  hududdir.  Taxminan  hozirgi  kunda 

O’zbyekiston  va unga qo’shni  mamlakatlarda yashayotgan  o’zbyeklar soni 25  mln.  ni tashkil  qiladi. Bunga 

Saudiya  Arabistoni,  Turkiya,  Olmoniya,  AQSH  va  boshqa  uzoq  xorijdagi  bir  millionga  yaqin  muhojir 

o’zbyeklar  kirmaydi.  Mazkur  raqamdan  20  milliongacha  o’zbyek  ona  yurt  -  O’zbyekistonda,  2  millionga 

yaqin Afg’onistonda (Xuroson o’zbyeklari), 1,5 million Tojikistonda, 0,6 million Qirg’izistonda, 0,5 million 

Qozog’istonda va 0,4 million Turkmanistonda istiqomat qiladi. 

O’zbyeklar  tarqalgan  bu  yerlar  ruslar  istilosiga  qadar  o’zbyek  xonliklari  tarkibiga  kirgan.  

O’zbyeklar millat bo’lib, ana shu yerda shakllanganlar. Lyekin o’tmishda o’zbyeklar yashagan hudud bundan 

ham kyeng bo’lgan. Masalan, A.Navoiy vatani Hirotda XVI asr boshida ham chig’atoy turklari - o’zbyeklar 

ko’pchilikni  tashkil  qilgan.  CHig’atoy  turklari  u  payt  Marv  va  Astrobodda  ham  yashardi.  Biroq  Eron 

Tyemuriylardan  mustaqillikka  erishgach,  Safaviy  shohlar  o’zbyeklarning  aksariyatini  qirdilar,  tirik 

qolganlarini  esa  shia’  mazhabiga  o’tkazdilar.  Qobul  XVI  asrda  Bobur  Mirzo  mulki  bo’lib,  uning  asosiy 

aholisi  ham  o’zbyeklar  bo’lgan.  Kyeyinchalik  Hindistonning  Sulaymon  tog’laridan  kyelgan  afg’on-

pushtunlar  bu  yerlarni  bosib  olib,  ular  orasidan  chiqqan  Ahmadshoh  Durroniy  1756  yili  Afg’onistonni 

mustaqil qilguncha bu hudud aholisining talay qismini o’zbyeklar tashkil qilgan. 

Sibir  xoni  Kuchum  ham  o’zbyeklardan  bo’lib,  u  SHayboniylar  sulolasi  qarindoshi  edi.  XVI  asr 

oxirida Sibir xonliklari ruslar tomonidan bosib olinib, aholisi "tatar" dyeb ataldi, chunki u paytdagi ruslardagi 

an’anaga  ko’ra  Usmonli  turklardan  tashqari  turkiy  xalqlar  "tatarlar"  dyeb  nomlangan.  Hattoki,  1918  yilga 

qadar ozarbayjonlar ham "kavkaz tatarlari" dyeyilgan. 

XIX  asr  yarmida  Sirdaryoning  quyi  oqimida  va  Yettisuvda  ham  o’zbyeklar  ko’pchilikni  tashkil 

qilgan.  Lyekin  ular  gyenyeral  CHyernyayev  askarlari  tomonidan  1862-1865  yillarda  qirilgan  yoki  surib 

chiqarilgan.  

O’zbyek  xalqining  etnik  shakllanishi  milodgacha  40-12  ming  yilliklarni  o’z  ichiga  olgan  so’nggi 

palyeolitdayoq  yuzaga kyelgan urug’chilik  jamoasidan to hozirgi  davrda yetuk  millat darajasiga ko’tarilgan 

juda  uzoq  va  murakkab  jarayonni  o’z  boshidan  kyechirdi.  Aslida  urug’  bir  ota-onadan  tarqalgan  qon-

qarindoshlarning  uyushuvi  natijasida  shakllangan  jamoadir.  Tirikchilik  tashvishi  va  tashqi  dushmandan 

saqlanish  zaruriyati  kishilarning  qon-qarindoshlikka  asoslangan  birlashuviga  olib  kyelgandi.  Urug’chilik 

jamoasi  eng  qadimgi  odamlar  to’dasiga  nisbatan  mustahkamroq  va  tashkiliyroq  bo’lib,  shu  yo’l  orqali 

kishilarning  tyeng  huquqliligi,  asosiy  ishlab  chiqarish  qurollarining  umumiy  mulkligi  jamoa  myehnati  va 

istye’mol qilishning umumiyligi ta’minlangan, nikoh va diniy marosimlar tartibga solinib turilgan, joriy urf-

odatlar buzilganda, aybdorlar jazolangan. Urug’ jamoasi o’zining eng aqlli va botir jangchilaridan birini shu 

urug’ning boshlig’i etib tayinlagan. 

Bir  hududda  yashagan  bir  nyecha  urug’  jamoalari  birlashib  qabilaga  aylangan.  Qabilalar  yagona 

qibalaviy tilga (shyevaga), kyengashga va harbiy boshliqqa ega bo’lgan. Urug’ boshliqlari qabila kyengashi 

tarkibiga  kirgan,  eng  kuchli  urug’  boshlig’i  esa  qabila  rahnamosi  dyeb  e’lon  qilingan.    Qabilalar  yuzaga 

kyelish jarayoni kishilarning ovchilik va va ko’chmanchi chorvachilik bilan birga dyehqonchilik va ibtidoiy 

tyemirchilikka    o’ta  boshlagan,  boshqacharoq  qilib  aytganda  aqliy  tabaqalanish  mulkiy  tabaqalanishga  o’ta 

boshlagan davrga to’g’ri kyeladi. 



Elat  dyeyilganda  qabilalar  ittifoqi,  kishilarning  til,  hudud,  iqtisodiy  va  madaniy  jihatdan  tarixan 

tarkib topgan birligi tushuniladi. Aksariyat holatlarda qabilalar ittifoqi yaylov va suv uchun tyez-tyez bo’lib 

turadigan janjallarda o’zini himoya qilish yoki g’olib chiqish maqsadida barpo etilgan elatni, xalqning millat 

bo’lib  shakllanishidan  oldingi  bosqichi  dyeyish  mumkin.  Kishilarning  bir  hududda  elat  bo’lib  yashashlari 



 

316 


                                                                                                                                                                                        

qon-qarindoshlik, umumiy  manfaatdorlik  his-tuyg’ularini  ko’paytirgan.  Umumiy  manfaatdorlik  hissi  va uni 

himoya qilish mas’uliyati esa davlatni vujudga kyeltirgan. 

Xalq  dyeyilganida  ko’proq  el,  elat,  millat,  aholi,  xaloyiq,  olomon,  bir  guruh  kishilar  tushuniladi. 

Xalq  so’zi  falsafiy  nuqtai  nazardan  qaralsa,  uni  tarixning  barcha  bosqichlarida  jamiyat  vazifalarini  hal 

etishga  qodir,  yurt  yumushiga  yaroqli  va  qobiliyatli  qatlam,  ijtimoiy  birlik,  tarix  ijodkori  dyeyish  mumkin. 

Dyemak, balog’atga yetmaganlar aholi soniga kirsa ham xalq safiga kirishga hali erta. 



Millat kishilarning tarixiy tarkib topgan, umumiqtisodiy turmush, til,  hudud birligi,  madaniyat, ong 

va ruhiyat uyg’unligi dyemakdir. Millatni davlatsiz tasavvur etib bo’lmaydi. 

Hozirgi  o’zbyek  millati  ham  urug’chilik  va  qabilachilik  davrlarini,  elat,  xalq  va  millat  shakllanishi 

jarayonlarini o’z boshidan kyechirgan. 

Manbalarda ko’rsatilishicha, milodgacha ikki ming yillikning o’rtalari va oxirlari (bronza asri) O’rta 

Osiyo,  Afg’oniston, Hindiston  va Eron  hududlari tarixi  hind va  eron qabilalari  yoyilishi bilan bog’liq. Ular 

hattoki Volga va Ural daryolari hamda Janubiy Sibir oralig’idagi yerlarda ham yashaganlar. 

Antropolog  T.Xo’jayev  qayd  etishicha,  bronza  davrida  O’rta  Osiyoning  janubiy  qismida  baland 

bo’yli, boshi cho’ziq, yuzi torroq irqning vakillari tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy va cho’l hududlarida 

esa  janub  aholisidan  farqli  ravishda  boshi  dumaloq,  yuzi  juda  kyeng  va  cho’ziq  bo’lmagan  qabilalar 

yashagan.  Fanda  janubiy  qiyofali  odamlar  O’rta  Yer  dyengizi  irqining  vakillari  dyeb  ataladi.  Bunga  dalil 

sifatida  Janubiy  O’zbyekistonda  topilgan  qadimgi  Must’ye  davriga  oid  o’rta  palyeolit  bolaning 

Tyeshiktoshdan topilgan suyak qoldiqlarini ko’rsatish mumkin. Mazkur irqqa  o’xshash tiplarning O’rta Yer 

dyengizi,  Old  va  Janubiy  Osiyoning  ayrim  rayonlarida  topilishi  diqqatga  sazovor.  Ular  Old  Osiyo, 

Myesopotamiya,  Eron,  Afg’oniston,  O’rta  Osiyo,  Hindiston  kabi  katta  gyeografik  hududga  yoyilganlar. 

SHimoliy qiyofali odamlar esa Janubiy Sibirdan to Qozog’iston, O’rta Osiyoning shimoliy-sharqiy qismidan 

Ural va Volga bo’yi yerlarigacha tarqalgan.  

Taniqli  arxeolog  A.Sagdullayev  fikricha,  ana  shu  bronza  davridayoq  O’rta  Osiyoda  yuqorida 

eslatilgan qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi odamlar vakillarining qo’shilish jarayoni boshlandi hamda 

aynan shu davrda o’lkamizda yashagan qabilalar O’rta Osiyoning qadimgi xalqlariga asos solganlar. 

Milodgacha ikki ming yillikning oxiri - birinchi ming yillikning boshida O’rta Osiyo hududida o’ta 

murakkab  etnik  madaniy  jarayonlar  sodir  bo’lib,  unga  ko’ra  janubiy  hududlardagi  hosildor  vohalar  o’troq 

dyehqonchilik  aholi  tomonidan    o’zlashtirilishi  boshlangan  bo’lsa,  shimoliy  viloyatlarda  ko’chmanchi 

chorvador qabilalar tarqala boshlaydi. Ko’chmanchi chorvadorlar bilan o’troq dyehqonchilikda band bo’lgan 

aholi o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalar avj oladi.  

O’rta Osiyo arxeologik  va palyeontropologik  tadqiqotlarga ko’ra, taraxiy-madaniy va etnik jihatdan 

insoniyat  tarixiy  taraqqiyotning  eng  ilk  davrlaridan  boshlab,  O’rta  Osiyoga  Old  Osiyodan  ko’chib  kyela 

boshlagan  va  kyeyinchalik  ovchi    tyerimchi  qabilalarning  ko’chish  jarayoni  davom  etib  turgan.    Bunga 

Machay  g’oridan  topilgan  myezolit  (eramizdan  avvalgi  VII-VI  ming  yilliklar)  davriga  oid  odam  suyagi 

qoldiqlari    va  juda  ko’p  moddiy  buyumlar  dalil  bo’ladi.  Bu  makondagi  madaniy  qatlamlarga  o’xshash 

topilmalar Toshkyent vohasida, Turkistonda, Janubiy Qozog’iston va Old Osiyo  mamlakatlaridagi  myezolit 

obidalaridan  topilgan  buyumlarga  o’xshaydi.  Palyeontropologik  tadqiqotlar  mazkur  makonlarda  yashagan 

aholi yevropoid irqiga mansub ekanligini tasdiqlagan. Topilmalar O’rta Osiyo aholisining qadimdan qo’shni 

elatlar,  ayniqsa  Janubiy  va  G’arbiy  qabilalar  bilan  aloqada  bo’lganligini  isbotlaydi.  Mahalliy  etnoslar  eng 

qadimgi  davrdan  boshlab  o’zaro  aloqada  bo’lgan  urug’  qabilalarning  umumiy  xo’jalik  -madaniy 

xususiyatlari  tufayli  asta-syekin  butun  mintaqada  tarqalib,  ildiz  ota  boshlagan.  SHu  sababdan  taniqli 

sharqshunos olim S.P.Tolstov "Orol bo’yini O’rta Osiyodagi etnogyenyetik jarayonning eng muhim tuguni" 

dyeb ta’riflagan. CHunki bu  yerda Janubiy  yuksak  o’troq  dyehqonchilik  madaniyati bilan shimoldagi Orol-

Kaspiy dashtlaridagi chorvador qabilalar madaniyatlarining o’zaro chatishuvi ro’y byergan. 

Eramizdan avvalgi II ming yillik o’rtalarida Xorazmga Tozabog’yob madaniyatiga oid qabilalarning 

kyelishi  dastlabki  hind-yevropa  va  hind-eroniy  qabilalarning  shimoli-g’arbdan  katta  ko’chishi  bilan  bog’liq 

bo’lishi  ehtimoldan  holi  emas.  O’rta  Osiyoning  Janubiy  mintaqalarida  Tozabog’yob  madaniyatining  O’rta 

Osiyoga  yirik  ko’chishlaridan  darak  byeradi.  Bunday  qabilalalarning  janub,  janubi-g’arb  va  janubi  sharq 

tomon  kuchli  harakati  eramizdan  .avvalgi  II  ming  yillik  oxiri  -  I  ming  yillik  boshlarida  ro’y  byerganligi 

tarixdan  ma’lum.  Mazkur  chorva  qabilalari  eramizdan  avvalgi  XI-IX  asrlarda  O’zboy,  Atryek,  Tajan, 

Murg’ob, Amudaryo, Sirdaryo kabi daryolar bo’ylab ko’chib o’tganlar. 

Antropolog  T.Xo’jayevning  aniqlashicha,  O’zbyekistonning  hozirgi  hududiga  shimoli-g’arbiy 

tomondan Yevropaning yuqori polyeolit, myezolit va nyeolit aholisi vakillari kyela boshlagan, janubdan esa 

janubiy  yevropoid  tiplar  kyelib  hududimiz  aholisining  ko’pchiligini  tashkil  qilgan.  Uning  fikricha,  o’sha 

davrdan boshlab o’zbyek xalqining shakllanishida o’ziga xos yevropoid komponyentlar asos bo’lgan. Bunga 

dalil  sifatida  O’zbyekistonning  Janubiy  qismiga  Yevropadagi  andronov  madaniyatining  kirib  kyelishini 

ko’rsatish  mumkin.  Bu  davrda  irqiy  o’zgarishlar  ro’y    byerib,  yevropyeoidlogik  yaxlitlik  buziladi  va 



 

317 


                                                                                                                                                                                        

mongoloid elyemyentlar paydo bo’ladi. 

Eramizdan  avvalgi  I  ming  yillikda  O’rta  Osiyoda  katta  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar  ro’y  byerdi. 

Ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanishi,  shahar  qal’alarining  paydo  bo’lishi,  yirik  sug’orish  va  mudofaa 

inshootlarining qurilishi kabilar tyekin qo’l myehnatisiz mumkin emasdi. 

Qo’shni Eron, ayniqsa Midiya davlati (er.avv.VII-VI asrlar), ahamoniylar impyeriyasi (er.avv. VI-V 

asrlar)  tashkil  topishidan  ilgariroq  O’rta  Osiyoda  2  ta  quldorlik  davlati  -  Baqtriya  va  Xorazm  paydo 

bo’lganligi  to’g’risida  fors  va  yunon  manbalari  xabar byeradi.    Mazkur  manbalar,  "Tosh  qabrlarga  bitilgan 

rasmlarda  (Pyersyepol  saroyi),  zardo’shtiylar  "Avyesto"sida,  Rim,  YUnon  va  Xitoy  manbalarida  hozirgi 

Osiyoliklarning  qadimiy  ajdodlari  Sak-Massagyetlar,  YUechji,  Kangyuy  (qang’ar),  usun  va  boshqa  elatlar 

tilga olinadi. 

YUnon  tarixchilari  aytishicha  Yevroosiyoning  katta  hududlarida  yashovchi  qabilalar  umumiy 

"Skiflar"  nomi  bilan  atalgan.  Tadqiqotchi  Pliniy  esa  o’sha  davrda  O’rta  Osiyoda  20  ga  yaqin  turli  nomda 

qabilalar  borligi  to’g’risida  xabar  byergan.  YAna  skiflarning  ikkita  yirik  qabilasi:  saklar  va  massagyetlar 

xususida ham qayd etiladi.  

YUnon  olimlaridan  Efor  (milodgacha  405-330  yillar)  quyidagilarni  yozgan:  "Qo’yboqar  saklar, 

skiflar  tarkibiga  kiruvchi  kabilardir.  Ular  soddadil  ko’chmanchilar  toifasidan  bo’lib,  don  yetishtiradigan 

Osiyoda istiqomat qiladilar. Saklar bir joydan  ikkinchi joyga  ko’chib  yuradilar va biya suti bilan tirikchilik 

o’tkazadilar".  

YUnonistonlik  Strabon  (milodgacha  63-28  yillar)  va  Pompyey  Trog  (milodgacha  I-milodiy  I  asr) 

asarlarida  saklar va massagyetlarning qaysi xalqqa mansubligi, ular egallagan hududlar to’g’risida qimmatli 

ma’lumotlar byeriladi. Pompyey Trog shunday yozadi: "Kaspiy dyengizidan boshlab skiflarning katta qismi 

daylar  (Qoraqumda),  ulardan  sharqda  yashovchi  qismi  massagyetlar  va  saklar  dyeb  ataladi…  Skiflarni 

hamma vaqt eng qadimiy xalq dyeb hisoblab kyelganlar. Qadimiylikda ular misrliklardan qolishmaydilar". 

Milodgacha VI-V asrlarda toshga o’yib yozilgan ahamoniylar yozuvlarida saklarning uchta qabilaviy 

birlashmalari  ko’rsatib  o’tilgan:  "Saka-Tigroxouda"  So’g’diyonaning  sharqiy-shimolida,  Sirdaryoning  o’ng 

tomonida  -  Toshkyent  viloyatlari,  Yettisuv  va  Janubiy  Qozog’iston  yerlarida  yashaganlar.  Ularni 

"CHo’qqayma  qalpoq  kiygan  saklar"  dyeyishgan;  "  Saka-Tiay-Tara-darayya"  Sirdaryo  va  Orol  dyengizi 

atrofida  yashab,  ularni  "Daryo  narisidagi  saklar"    dyeyishganlar;  "Saka-xaumavarka"  O’rta  Osiyoning 

markaziy va janubiy qismida istiqomat qilishgan.  

Bu  qabilalarning  bir  qismi  o’troq  holatiga  o’tib,  dyehqonchilik  bilan  shug’allana  boshlasa,  boshqa 

katta qismi esa tog’ va tog’oldida istiqomat qilishgan, cho’llarda ko’chib yurishgan. O’troq bo’lib yashagan 

qabilalar esa ilk tyemir asridan (milodgacha IX-VII asr) "So’g’diylar", "Baqtriyaliklar", "Farg’onaliklar" va 

"Xorazmliklar" dyeb atalgan. 

SHuni alohida qayd etish lozimki, qadimiy Baqtriya va Xorazmda yashagan hozirgi tojik, o’zbyek va 

qisman  turkmanlarning  ajdodlari  asosan  eroniy  tillarning  sharqiy  shahobchasi  va  qisman  turkiylashgan  sak 

va skif tillarida so’zlashganlar. Umuman massagyet qabilalari konfyedyerasiya (birikma)siga quyidagi elatlar 

kirgan:  qadimgi  Sirdaryo  havzasida,  Amudaryoning  sharqiy  o’zanlari  bo’yicha  va  Qoraqumda  yashovchi 

apasyaklar; Sirdaryo o’rta oqimida joylashgan - daxatuxarlar; taxminan Zarafshon quyi oqimi va Amudaryo 

o’rta oqimida yashagan - dyerbiklar; Nurota tog’larida o’rnashgan - sakaravaklar; Sirdaryoning o’rta oqimida 

Tyan’shangacha cho’zilgan usunlar ham antik  davrda  xorazmiylarga kirgan.  YUnon  va Rim  manbalarining 

Iskandar  yurishlaridan  kyeyingi  xabarlariga  ko’ra,  mazkur  qabila  (elat)larning  saklar  dyeb  umumiy 

nomlanishi tasodifiy bo’lmay, ularning til jihatdan bir etnik jarayon bilan bog’liq ekanligini tasdiqlaydi. 

Jahon  tajribasiga  ko’ra,  millat  faqat  bir  xalq  vakillari  asosida  shakllanmagan.  Hozirgi  o’zbyek 

millatining  tarkib  topishida  ham  mahalliy  xalqlar  bilan  birga  ko’plab  turkiy  qabila  va  urug’lar  ishtirok 

qilganlar.  Undan  tashqari  qator  tadqiqotlarda  o’zbyek  xalqi  shakllanishida  sakkiz  muhim  davr  bo’lganligi 

qayd etilib, ular qatoriga ahamoniylar, makyedoniyaliklar, arablar va mo’g’ullar istilolari bilan bog’liq etnik 

jarayondagi o’zgarishlar tilga olinadi. 

Bu  zabt  etishlar,  shubhasiz,  Markaziy  Osiy  xalqlari  madaniyatiga,  tiliga,  turmush  tarziga  ma’lum 

darajadagi o’z ta’sirini o’tkazgan. Ammo bu yurishlarning mahalliy xalqlar irqiy va etnik holatiga juda kam 

o’zgarishlar kiritgan, lyekin ular mahalliy xalq  "qonini" va gyenyetikasini tubdan  o’zgartira olmadilar. Ular 

son  jihatidan  ko’pchilikni  tashkil  qilgan  mahalliy  aholi  tarkibiga  singib  kyetgan.  Barcha  tarixiy  davrlarda 

mahalliy xalq kyelgindi aholidan hamisha ustun turgan.  

Milodgacha  IV-III  asrlardayoq  O’rta  Osiyoning  shimoliy-sharqida  turkiy  tilli  qabilalari  mavjud 

bo’lib,  ularning  Xorazm,  So’g’d,  Baqtriya  kabi  yozuvlari  o’sha  joy  aholisi  ichida  ishlatilgan.  Yettisuvdagi 

saklarning bir qismi  ham turkiy tilda so’zlashgan. Tushunarliki, O’rta Osiyoda qadimdan  ikki xil: turkiy  va 

sharqiy eroniy tillarda so’zlashuvchi aholi mavjud bo’lgan.  

Hozirgi  o’zbyek  millatining  asosini  ana  shu  ikki  tilda  so’zlashuvchi  urug’lar,  qabilalar  va  elatlar 

tashkil  etgan.  O’zbyek  xalqining  etnik  shakllanishi  uzoq  davom  etgan  tarixiy  jarayon  bo’lib,  uning 


 

318 


                                                                                                                                                                                        

shakllanishidagi  asosiy  vosita  ishlab  chiqarishdagi,  iqtisodiyotdagi  va  madaniy  hayotdagi  o’zgarishlar 

bo’lgan.  Ko’pchilik  olimlarning  fikricha,  "turk"  so’zining  etimologiyasi  diniy  e’tiqod  bilan  bog’liq. 

Akadyemik V.V.Bartol’d "turk" so’zi etnografik emas, balki siyosiy atama dyeb hisoblaydi. Uning fikricha, 

"Turk" so’zi "qonun asosida birlashgan xalqlar" dyegan ma’noni bildiradi. Akadyemik N.YA.Marr "Turk" ni 

ijtimoiy  atama  bilan  bog’lab,  uni  yuqori  tabaqali  "Tar-xon"  so’ziga  o’xshatadi,  hatto  "Xudo"  ma’nosini 

anglatadi,  dyegan  fikrni  aytadi.  Lyenon,  V.Tomson,  YU.Nyemyet  kabi  sharqshunos  olimlar  "turk"  so’zini 

"qudrat",  "kuch"  dyeb  tarjima  qiladilar.  Hozirgacha  ayrim  mualliflar  mashhur  "SHohnoma"dagi  Turon 

so’zini  Tur  ismi  bilan  bog’laydilar  va  undan  "turk"  so’zi  kyelib  chiqqan  dyeydilar.  YAna  bir  guruh 

tadqiqotchilar  esa  "turk"  atamasi  "umumlashtirilgan  qabilalar  ittifoqining  nomi"  dyegan  fikrni  bildirganlar. 

Bu  ittifoqning  kyeng  hududda  joylashgan  qabilalar  birlashmasini  anglatadigan  "tur"  so’ziga  "k"  harfi  bilan 

qo’shilib, umumiy totyem nomi bilan "tur", "yuqori", "baland", "cho’qqi" yoki "tog’" ma’nolarini anglatadi. 

O’zbyek elatining shakllanishi eramizdan avvalgi I ming yillikning o’rtalaridan boshlab butun antik 

davr davomida etnik ildizi, xo’jalik- madaniy va turmush tarzi bir zamindagi hozirgi O’zbyekiston hududida 

yashagan mahalliy yevropoid irqiy elyemyentlarning asta-syekin sharqdan mongoloid irqiy elyemyentlarning 

tarqalishi  natijasida  yuzaga  kyelgan  etnik  jarayon  bilan  byevosita  bog’liq  bo’lgan.  Bu  hudud  eramizning  u 

asridan boshlab xunnlar bilan sak- massagyetlar aralashmasidan tashkil topgan eftalitlar davlatiga kirgan. Bu 

davlat siyosiy jihatdan ko’pgina elatlarni, turli ijtimoiy- iqtisodiy tuzum, din va ibodatlarni birlashtirgan. 

 

Antropolog olim T.Xo’jayev O’rta Osiyoning turli hududlarida topilgan 500 dan ortiq antropologik 



matyerial asosida hozirgi o’zbyek va tojiklarga xos antropologik tip «ikki daryo oralig’i tipi» milodgacha 

birinchi ming yillikning oxiri va milodning boshlarida Sirdaryoning o’rta va qo’yi oqimlarida shakllanib, 

kyeyinroq Farg’ona va Xorazm vohalariga, Zarafshon vodiysiga ko’chib o’tganligini isbot qildi. Bu esa 

fanda yaqingacha kyeng tarqalgan fikrlar, ya’ni o’zbyeklarga xos Markaziy Osiyo «ikki daryo oralig’i irqi» 

avvalo Volga daryosi bo’ylarida va Uralda sarmat qabilalari tarkibida shakllanib tarqaldi, dyegan yoki bu irq 

Baykal ko’li atrofida va Mo’g’iliston cho’llarida shakllanib, tayyor holda mahalliy aholiga o’z irqini tarqatdi, 

dyegan fikrni inkor qiladi. T. Xo’jayevning bu antropologik tadqiqoti natijalari yozma manbalarda ma’lum 

bo’lgan sak qabilalarining bir tarmog’i hisoblangan yuechjilarning janubga yurishi, YUnon- Baqtriya 

podsholigining istilo etilishi va Buyuk Kushon impyeriyasining barpo bo’lishi davriga to’g’ri kyeladi. 

 

Ma’lumotlarga ko’ra, yuechjilarning janubi- g’arbga yurishi Iskandar vafotidan kyeyinroq boshlanib, 



ular  YUnon-  Baqtriya  davlatini  inqirozga  uchratgan,  ko’chmanchilarning  boshqa  bir  katta  qabila  ittifoqi 

O’rta Osiyoning shimoliy qismida yarim o’troq va yarim ko’chmanchi Qang’ davlatini barpo etishda ishtirok 

etdi  (milodgacha  III-  II  asr).  Ana  shu  davrda  hozirgi  Toshkyent  viloyati  va  Janubiy  Qozog’istonda  «ikki 

daryo  oralig’i  tipi»  bilan  birga  «qovunchi  madaniyati»  yuzaga  kyeldi.  Bu  madaniyat  ijodkorlari  kangarlar 

bo’lishi  kyerak.  CHunki  turkiylarning  Movarounnahr  va  Xorazmning  ichki  hududlariga  kirishi  ana  shu 

madaniyat yoyilishi davri bilan bog’liq. Milodning IV- V asrlarida shimoldan O’rta Osiyoning markaziy va 

janubiy  tumanlariga  xionitlar,  kidariylar  va  eftalitlarning  kirib  kyelishi  natijasida  yerli  aholining  moddiy 

madaniyatidagi  qadimgi an’ana kamayib, nozik  va sifatli kulolchilik buyumlari o’rnini  dag’al, yarim  o’troq 

chorvachilik  hunarmandchiligi  egallay  boshladi.  Dyemak,  bu  o’zgarishlar  turkiylarning  kirib  kyelishi  bilan 

bog’liq  edi  va  ular  bu  hududda  milodgacha  II-  I  asrlardan  to  milodiy  VI  asr  o’rtasida  ham  istiqomat 

qilishardi. 

 

Milodgacha  birinchi  ming  yillikda  Markaziy  Osiyo,  Sibir  hamda  shimoli-  g’arbiy  Xitoy  yerlarida 



yashagan  xalqlarning  bir  qismi  turkiyzabon  bo’lganligi  manbalardan  ma’lum.  Issiqko’l  yaqinidagi 

milodgacha IV- III asrlarga doir sak qabilalari qabridan qadimgi yozuv namunalari topildi. Bu oromiy imlosi 

asosida bitilgan yozuv «qadimgi turk yozuvi» dyeb tan olinmoqda. «Turk yozuvi» qadimgi Xorazm, So’g’d 

va  Baqtriya  yozuvlari  singari  O’rta  Osiyoning  shimoli-  sharqiy  hududlarida  istiqomat  qiluvchi  turkiy  tilli 

aholi yozuvi sifatida yuzaga  kyelgan. Dyemak,  «Turk yozuvi» qo’llanilgan  yerlarda turkiy  qabila va  elatlar 

yashagan, ular ham  juda erta o’z  yozuviga ega bo’lganlar. Markaziy Osiyoning so’g’diylar, xorazmiylar va 

baxtarlar yashagan hududlarida sharqiy Eron tillar guruhiga kiruvchi so’g’d va xorazm tillarida so’zlashsalar, 

shimoli- sharqiy qismidagi aholi turkiy tilda so’zlashganlar va o’zlarining turkiy yozuviga ega bo’lganlar. 

 

Hozirgi o’zbyek tili turkiy tillar nyegizida shakllangan bo’lsa, tojik- fors tili sharqiy Xuroson, ya’ni 



dariy tili asosida shakllandi. Dyemak, tojik tili hozirgi Tojikiston hududidan tashqarida Amudaryoning narigi 

tomonida,  Murg’ob  vohasi,  hozirgi  Afg’oniston  va  shimoli-  sharqiy  Eron  zonasida  shakllanib,  asta-  syekin 

eftalitlar  davlati  va  turk  hoqonligi  sharoitida,  ayniqsa  somoniylar  hukmronligining  dastlabki  davrida 

so’g’dlar yurtiga jadal kirib bordi. U dastlabki shahar va unga yangi aholi punktlarida yerli so’g’d tilini siqib 

chiqarib,  markazlashgan  somoniylar  davlatining  tiliga  aylandi.  So’g’d  tilini  hali  XII  asrda  ham  uchratish 

mumkin bo’lgan. 

 

Qadimgi  so’g’d  va  xorazm  tillari  o’zbyek  va  tojik  tillarining  hozirgi  zamon  tillari  darajasiga 



chiqmagan  bo’lsa-  da,  ana  shu  tillarda  so’zlashgan  qadimgi  tub  aholi-  o’zbyek  va  tojiklarning  elat  sifatida 

shakllanishida  dastlabki  etnik  qatlamini  tashkil  etgan.  Lyekin  bularning  har  ikkalasi  ham  to  xalq  bo’lib 



 

319 


                                                                                                                                                                                        

shakllanishga  qadar  uzoq  tarixiy  yo’lni  bosib  o’tgan.  Natijada  ularning  jismoniy-  biologik  tuzilishida  bir 

xillik, aynan o’xshashlik sodir bo’ldi. Tadqiqotlarda bu tipni hozirgi zamon o’zbyek xalqi va voha tojiklariga 

xos  «ikki  daryo  oralig’i  tipi»  dyeb  qayd  qilinadi.  Aniqrog’i  u  milodgacha  birinchi  ming  yillik  oxiridan  to 

milodiy IV asrgacha hozirgi O’zbyekistonning markaziy va janubiy shaharlari aholisi orasida syezilarli etnik 

qatlamga ega bo’ldi, ilk fyeodal munosabatlar yuzaga kyelishi davrida esa qishloq aholisi o’rtasiga ham kirib 

borganligi ma’lum. 

 

XI asrda yashagan Maxmud Qoshg’ariy «Dyevoni lug’otit- turk» asarida turklarning ijtimoiy hayoti 



to’g’risida qo’yidagi ma’lumotlarni kyeltirgan: «Iskandar Zulqarnayn Turonni bosib olayotgan vaqtda turklar 

uzun, uchi cho’qqi burk kiyib, ot chopayotib, orqa tomondagi dushmanga mahorat bilan yoydan o’q otardi». 

Xuddi  shunday  ta’rifni  skiflar  davriga  oid  arxeologik  qazishmalarga  bag’ishlangan  asarlarda  S.  Rudyenko 

ham takrorlaydi. Dyemak, qadimgi skiflar nomi bilan Sirdaryoning o’rta va qo’yi sohillaridan to Oltoygacha 

bo’lgan  hududda  ko’chib  yurgan  qabilalar  turklarning  ajdodi  bo’lgan.  Hozirgi  zamon  turkiyzabon 

xalqlarning soni 300 milliondan ortiq bo’lib, ular turli diniy e’tiqodga va 32 dan ko’proq bir-biriga yaqinroq 

tillarda so’zlashadilar. 

 

O’rta Osiyo xalqlarining shakllanishida ma’lum rol’ o’ynagan eftalit qabilalar uyushmasi ham etnik 



jihatdan  turkiylar  tarkibiga  kirgan.  Zardushtiylikning  muqaddas  kitobi  «Avyesto»  da  ahamoniylar  va 

sosoniylar asoratiga tushib qolgan xalqlar orasida "tur" lar ham tilga olinadi. SHarq manbalarida Amudaryo 

va  Sirdaryo  oralig’ida,  unga  tutash  yerlardagi  xalqlar  «Turk»  nomi  bilan,  ular  istiqomat  qilgan  yerlar  esa 

«Turon»  va  «Turkiston»  dyeb  atalib  kyelingan.  Firdavsiyning  «SHohnomasi»da  ham  «Eron»  va  «Turon» 

atamalari, ko’plab tilga olinadi. Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida Alp Er To’nga davrida yashab kyelayotgan 

turkiy xalqlarning kyeng qatlamiga 539 yildan «Turkiston» dyegan nom byerilgandi. 

 

O’rta Osiyo VI asrning ikkinchi yarmida to’la G’arbiy Turk hoqonligi tasarrufidan o’tgandan kyeyin, 



bu  o’lkaga  turkiy  xalqlarning  guruh-  guruh  bo’lib  kirib  kyelishlari  yana  tyezlashadi.  Dastlab  u 

hududimizning mahalliy aholi yashab ulgurmagan qismlariga o’rnashadi, kyeyin asta- syekin  mahalliy aholi 

bilan yonma- yon, hattoki aralashib yashaydigan bo’ldilar, til jihatidan turkiylanish jarayoni ham kuchaydi. 

 

 Milodgacha  birinchi  ming  yillikdan  O’rta  Osiyo  dasht  mintaqalarida  yashagan  xalqlar 



hududimizning  markaziy  va  janubiy  viloyatlariga  o’troqlashuv  jarayonini  o’z  boshidan  kyechirib,  ularning 

janubga siljishiga va YUnon- Baqtriya davlatining istilo etilishi natijasida Buyuk Kushon saltanatining barpo 

bo’lishi  bilan  yakunlangan  bo’lsa,  G’arbiy  turk  hoqonligi  sharoitida  cho’l  aholisi  Sirdaryo  qo’yi  oqimidan 

Markaziy  Qizilqum  orqali  Samarqand  atrofiga,  so’ngra  Qashqadaryoning  Qarshi  shahri  orqali  Sirdaryo 

viloyatidan  ko’hna Tyermiz, Dalvarzin, SHohtyepa, Ayrimtom  kabi  qadimgi shaharlar va yirik  manzillarga 

kyelib  joylashgan.  Ularning  ikkinchi  guruhi  esa  qadimiy  Buxoro  vohasi  orqali  Turkmanistonning  janubiy 

viloyatlariga yetib borgan. 

 

Tarixchi at- Tarobiyning «Payg’ambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi» asarida ko’rsatishicha, arab 



istilosi  arafasida  Balx,  Bodxiz,  Xuttalon,  CHag’aniyon,  SHosh  va  hatto  Buxoro  aholisining  katta  qismini 

turklar tashkil etgan. Ular mahalliy xalqlar bilan aralashib yashash jarayonini o’z boshidan kyechirganlar, bu 

xalqlarga til jihatdan ta’sir o’tkazib, ularning tillarini turkiylashtirib bordilar. O’z navbatida ilgaridan o’troq 

turmush  tarzida  istiqomat  qiluvchi  mahalliy  aholi  xalqlar  ham  asosiy  kasbi  chorvachilik  bo’lgan  tarixiy 

xalqlarga  o’z  ta’sirini  o’tkazganlar.  Ammo  til  nuqtai  nazaridan  turkiy  xalqlarning  ta’siri  shu  qadar  kuchli 

bo’lganki, arablar bosqini arafasidaMovarounnahr va Xorazmning tub yerli aholisi turklashib bo’lgan edi. 

 

VIII  asrning  30  yillarida  arablar  Movarounnahrda  o’z  hukmronligini  mustihkamlab  olgach,  so’g’d 



tuprog’iga  turklarning  kirib  kyelishi  syekinlashdi.  CHunki,  arablar  bu  o’lkada  hukmronlikni  turk 

zodagonlaridan  tortib  olishgan  edi.  Arablarga  qadar  kyelib  o’rnashib  olgan  turkiy  qabilalarning  arab 

hukmronligi  sharoitida  chuqurroq  o’troq  hayot  tarziga  ko’chishi  tyezlashdi.  SHosh,  Farg’ona  va  Xorazmda 

turkiy  xalqlar  mahalliy  xalqlar  orasida  tobora  singib,  o’troqlashgan  turkiy  va  til  jihatdan  turklashgan  yerli 

aholi  «sart»  dyeb  ataluvchi  etnik  qatlamga  aylanib  bordi.  Movarounnahr  va  Xurosonda  arab 

mustamlakachiligidan  chiqib,  mustaqil  davlatlarning  tashkil  topa  borishi  natijasida  fors-  dariy  tili  mahalliy 

aholining bir qismida shakllanib, badiiy adabiyot yuzaga kyeldi. Movarounnahr va Xurosonning forsiy- tojik 

tilida so’zlashuvchi aholining bir qismi XI asrdan o’zlarini tojik dyeb yurita boshlaganlar. 



Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling