Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81

2-masala: 

  

SHarqda Uyg’onish davrning eng birinchi namoyondalaridan biri mashhur matyematik, astronom va 



gyeograf, «hozirgi zamon algyebrasining otasi» Al- Xorazmiy nomi bilan bog’liq. 

Bu  olim  783  yilda 

Xorazmda tug’ilgan. YOshligidanoq ilm- fanga chanqoq edi. Arab, fors, hind va yunon tillarini o’rganadi. U 

dastlabki  ma’lumotlarni  o’z  ona  yurtida  oladi.  O’z  bilimini  yanada  takomillashtirish  maqsadida  Xorazmiy 

Al-  Ma’mun  akadyemiyasida  o’z  izlanishlarini  davom  ettiradi.  Bu  yerda  O’rta  Osiyolik  va  Xurosonlik  ilm 

ahillari  juda  ko’p  edi.  Ular  orasida  Xorazmiy  bilan  bir  qatorda  Marvdan  YAhyo  ibn  Abu  Mansur,  al- 

Farg’oniy, Xobash al- Marvaziy, Farobdan  Abu  Abbos al-Javhariy va shunga  o’xshash  ko’plab olimlar bor 

edi. 


 

Xorazmiy  qalamiga  mansub  20  dan  ortiq  asarlarning  faqat  10 tasi  bizgacha  yetib  kyelgan.  Ulardan 

«Aljabr  va  al  muqobilya  hisobi  haqida  qisqacha  kitob»-  algyebraik  asar,  «Hind  hisobi  haqida  kitob»  yoki 

«Qo’shish  va ayrish  haqida kitob» - arifmyetik asar, «Kitob sur’at- ul- arz»-  gyeografiyaga oid asar, «Zij», 

«Dasturlar bilan ishlash haqida kitob» va hokazo asarlari bor. 

 

Xorazmiyning mashhur «Hisob aljabr va muqobila» nomli algyebraga oid asari uzoq asrlar davomida 



G’arb  va  SHarq  olimlariga  algyebra  fanidan  qo’llanma  bo’lib  xizmat  qildi.  Italiyaning  Monarda  Bonachi, 

Kardon,  Tartal’ya  kabi  matyematik  olimlari  o’z  davrida  Xorazmiy  asarlarining  lotincha  tarjimasidan 

foydalandilar. Xorazmiy birinchi va ikkinchi darajali tyenglamalarni ishlab chiqdi. 

 

Xorazmiyning  astronomiyaga  oid  «Ziji»  ham  daslabki  astronomik  asar  hisoblanib  o’rta  asr 



SHarqdagina  emas  balki  G’arbda  ushbu  fanning  rivojiga  katta  hissa  qo’shgan.  Xorazmiy  rahbarligida 

Bog’dodda  qurilgan  rasadxonada  ulkan  ilmiy  izlanishlar  olib  borilgan.  Ko’p  yillik  izlanishlar  olib  borgan 

Xorazmiy  IX  asrning  20-  yillarida  yangi  astronomik  jadval  yaratdi.  Bu  jadvalda  buyuk  olim  Hindiston 

astronomik jadvalini qattiq tanqid qildi. 

Xorazmiy ijodida gyeografiya ham muhim o’rin tutadi. Gyeografiyaga oid «Kitob suratal arz» nomli 

asarida  olim  tarixda  birinchilardan  bo’lib  Amudaryo  va  Sirdaryoning  Orol  dyengiziga  qo’yilishini,  undan 

tashqari muhim ko’plab tog’larning gyeografik joylashuvini, daryolar, dyengizlar va okyeanlar havzalarining 

shaklini  bayon  etib  byergan.  Al-  Xorazmiyning  ushbu  asarining  1037  yilda  ko’chirilgan  nusxasi  Strasburg 

kutubxonasida saqlanmoqda. 

 

O’rta asrlarda yashagan O’rta Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matyematik va gyeograf al- 



 

342 


                                                                                                                                                                                        

Forobiy  salmoqli  o’rin  egallaydi.  Abu  Nasr  Muhammad  al-  Forobiy  870  yil  Sirdaryo  bo’yidagi  Farob 

qishlog’ida  tug’iladi.  Forobiy  uning  taxallusi  bo’lib,  uning  to’liq  nomi  Abu  Nasr  Muhammad  Uzlug’ 

Tarxondir. 

 

Forobiy ko’p qirrali olim bo’lib, u o’rta asr fani va tilini turli sohalarini o’rgangan mashhur faylasuf, 



qomusiy olimdir. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra Forobiy 70 dan ortiq tilni yaxshi bilgan. 

 

Taxminan  941  yildan  boshlab  Forobiy  Damashqda,  shahar  chyetidagi  bog’da  qorovul  bo’lib, 



faqirona hayot kyechirgan. Asosiy ishi ilm bilan shug’ullangan. Uni saroyga taklif etganda ham ko’nmagan, 

oddiy hayot kyechirishni afzal ko’rgan. 

 

Forobiy bir asarni o’qib tushunib olmasa uni qayta- qayta o’qigan. Masalan, buyuk YUnon faylasufi, 



O’rta asr SHarqida "Birinchi muallim" dyeb atalgan Aristotyelning "Jon haqida" asarini Forobiy "yuz marta 

o’qidim,  yana  o’qishim  kyerak"  dyeb  yozgan  ekan.  Kunlardan  birida  Forobiydan  "Siz  ulug’  olimmi  yoki 

Aristotyelmi?"  dyeb  so’rashganda  u  kishi  «Agar  myen  Aryestotyel’  zamonida  yashaganimda,  uning  eng 

yaxshi ko’rgan shogirdlaridan biri bo’lar edim»- dyeb javob byergan ekan. 

 

SHarq  mamlakatlarida  Forobiyni  ulug’lab  «Al  muallim  as-  soniy»  (ikkinchi  muallim)  «SHarq 



Arastusi»  dyeb  atashgan.  Forobiy,  ayniqsa  Aryestotyel’  asarlariga  ko’p  sharhlar  yozgan,  uning  asarlarini 

YAqin  va  O’rta  SHarq  xalqlari  orasida  kyeng  tarqalishiga  sababchi  bo’lgan.  Buyuk  alloma  Ibn  Sino  ham 

uning sharhlaridan foydalanganini yozadi. U Aryestotyelning «Myetafizika» asariga Forobiy yozgan sharhlar 

yordami bilangina bu asarni to’liq tushunganligini ta’kidlagan edi.  

Forobiy  o’zining  77  yillik  umri 

mobaynida  160  dan  ziyod  asarlar  yozgan,  ammo  bu  asarlarning  40  tasi  bizgacha  yetib  kyelgan,  uning 

«Substansiya haqida so’z»,  «Masalalar manbai»  kabi  falsafiy asarlari, ya’ni  «Isbot  kitobi», «Fizika  usullari 

haqida kitob», «Inson a’zolari haqida risola» va boshqa asarlari. 

 

Ilm,  bilish  va  aql  haqidagi  ta’limot  Forobiy  asarlarida  («Ilm  va  san’atning  fazilatlari»)  anchagina 



izchil  va  mukammal  ishlangan.  Uning  fikricha  insonning  ruhiy  qobiliyatlarini  miya  boshqaradi,  yurak  esa 

barcha  a’zolarni  hayot  uchun  zarur  bo’lgan  qon  bilan  ta’minlab  turuvchi  markazdir,  barcha  ruhiy 

«quvvatlar», jumladan bilish qobiliyati muayyan a’zoga bog’liq. 

 

Forobiy  o’zining  «Aql  ma’nolari  haqida»  risolasida  aql  masalasini  chuqur  tahlil  qiladi.  Aql  bir 



tomondan ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan tashqi ta’sir, ta’lim- tarbiya  natijasi ekanligini uqtiradi. 

 

Forobiy aqlli  inson  haqida shunday  dyeydi:  «Aqlli  dyeb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, 



o’tkir 

mulohazali,  

foydali  ishlarga  byerilgan,  zarur  narsalarni  kashf  va  ixtiro  etishga,  zo’r  istye’dodga  ega,  yomon  ishlardan 

o’zini chyetga oladigan kishilarni aqlli, oqil dyesa bo’ladi». 

 

Forobiy  o’rta  asrlar  sharoitida  birinchi  bo’lib,  jamiyatning  kyelib  chiqishi,  maqsad  va  vazifalari 



haqida izchil ta’limot yaratadi. U «Fozil shahar aholisining maslagi» risolasida jamiyatni inson jamoasining 

kyelib chiqishi haqida shunday yozadi. «Har bir inson yashashi uchun yetuk bo’lishi uchun ko’p narsalarga 

muhtoj  bo’ladi,  ammo  u  bu  narsalarni  bir  o’zi  qo’lga  kirita  olmaydi,  ularga  ega  bo’lish  uchun  insonlar 

jamoasiga  ehtiyoj  tug’iladi.  SHuning  uchun  inson  shaxslari  ko’paydilar  va  yerning  aholi  yashaydigan 

qismiga  o’rnashdilar,  natijada  inson  jamoasi  vujudga  kyeladi».  Forobiy  o’zining  bu  asarida  shaharlarning 

paydo bo’lishi, uning insonlarning uyushtirishidagi ahamiyati to’g’risida ham yozib qoldirgan.   

Forobiy  o’zining  ««Baxt  saodatga  erishuv  yo’llari  haqida  risola»  asarida  o’zi  orzu  qilgan  fozil 

jamiyatni  yanada  yorqin  tasvirlaydi.  "Davlatning  vazifasi  insonlarni  baxt-  saodatga  olib  borishdir"-  dyeb 

yozadi  u,-  "bu  esa  ilm  va  yaxshi  ahloq  yordamida  qo’lga  kiritiladi».  Forobiy  davlatni  yetuk  shaxs 

(monarxiya),  yetuk  hislatga  ega  bo’lgan  bir  nyecha  shaxslar  (aristokratiya)  va  saylangan  shaxslar 

(dyemokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi. 

Forobiyning  fikricha  «Fozil  jamiyat  va  fozil  shahar  (yoki  mamlakat)  aholisi  kasb-hunar  bilan 

shug’ullanadi.  Odamlar  bu  yerda  ozod  yashaydi.  Ular  orasida  turli  yaxshi  odatlar  ,  zavq,  lazzatlar  paydo 

bo’ladi».  Forobiy  bunday  fozil  jamoani  erkin  davlatni  boshqaruvchi  podsho  yoki  rahbarga,  xalq  haqida 

doimo  g’amxo’rlik  qilishni,  boshqalar  manfaatini  o’z  manfaatidan  doimo  ustun  qo’yishni  talab  qiladi. 

Bunday jamoani (davlatni) idora etuvchi guruhlar o’zlarida oltita xislatni ifodalashlari  zarurligi 

aytiladi. 

Bular adolatli bo’lish, dono bo’lishlik, qonunlarga rioya etish, qonunlar yarata olishlik, kyelgusini  oldindan 

ko’ra  bilishlik,  boshqalarga  g’amxo’r  bo’lishlik.  Forobiy  umrining  oxirida  Misrga  boradi  va  u  yerdan 

Damashqqa borib 950 yilda vafot etadi. 

O’rta  asr  fyeodal  SHarqining  buyuk  allomalaridan  yana  biri  qomusiy  olim  gyeograf,  gyeolog, 

astronom,  etnograf, tabib Muhammad ibn  Ahmad Byeruniy bo’lib, ul zot 973 yilning 4 oktyabrida qadimgi 

Xorazmning  Markaziy  shahri  Qayoshda  (hozirgi  Qoraqalpog’iston  avtonom  Ryespublikasining  Byeruniy 

SHobboz) tumanida dunyoga kyelgan. 

Byeruniy ota- onasidan  erta yetim  qoladi, ammo  yaxshi insonlar qo’lida tarbiya topadi, yoshligidan 

ilm- fanga qiziqadi, kyeyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo’lida ta’lim oladi. Byeruniy ona 

tilidan tashqari arab, so’g’diy, fors, yunon va qadimgi yahudiy tillarni  yaxshi bilgan    Hatto u Hindistonga 


 

343 


                                                                                                                                                                                        

borib  sankrit  tilini  ham  o’rganadi.  Uning  Hindiston  yeri,  tog’lari,  daryolari,  o’simliklari  va  hayvonot 

dunyosi, xalqi, dini va urf- odatlarini batafsil ta’riflagan «Hindiston» asari shu tarzda dunyoga kyelgan. Bu 

davrda  Maxmud  G’aznaviy  vafot  etadi  va  uning  o’rniga  taxtga  o’g’li  Ma’sud  o’tiradi.  Endi  Byeruniyning 

ahvoli  yaxshilanib  astronomiyaga  oid  «Ma’sud  qonuni»  asarini  yozadi.  Bu  asar  sulton  Ma’sudga 

bag’ishlangan edi. O’sha davr olimlaridan biri YOqutning yozishicha ««Ma’sud qonuni» kitobi matyematika 

va astronomiya bo’yicha ungacha yozilgan hamma kitoblarning izini o’chirib yuborgan». 

Byeruniyning  «Minyeralogiya»  asari  O’rta  Osiyo,  YAqin  SHarq,  hatto  Yevropada  ham 

minyeralogiya  sohasidagi  eng  yaxshi  asardir.  Uning  oxirgi  asari  «Dorivor  o’simliklar  haqida  kitob»ining 

qo’lyozmasi XX asrning 30- yillarida Turkiyada topildi. Asar «Saydona» nomi bilan mashhurdir. Bu asarda 

Markaziy Osiyo hududlarida o’sadigan dorivor o’simliklarni to’la tavsifi byerilgan. 

Byeruniyga  fan  olamida  katta  shuhrat  kyeltirgan  asarlaridan  biri  «Qadimgi  yodgorliklar»  kitobi 

bo’lib, unda olim yunonlar, rumliklar, forslar, so’g’dlar, xorazmliklar hamda arablarning islomgacha bo’lgan 

urf-  odatlari,  diniy  e’tiqodlari,  matyematika  va  gyeografik  tushunchalari  to’g’risida  qimmatli  tarixiy 

ma’lumotlar  bayon  qilingan.  Byeruniy  shogirdi  Abu-l  Fadl  as-  Syeraxsiy  ma’lumoti  bo’yicha  1048  yilda 

vafot etgan. 

Byeruniy  so’ngi  avlodlariga  katta  ilmiy  myeros  qoldirdi.  Bu  olim  nafaqat  SHarqda  balki  G’arbda, 

butun  dunyoda  mashhur  buyuk  siymo  edi.  Byeruniy  O’rta  SHarq  olimlari  ichida  birinchi  bor  Yerning 

dumaloq  ekanligi  va  Yer Quyosh atrofida aylanishini  ilmiy  isbotladi. U 5  myetr kyeladigan globus  yaratdi, 

dunyo xaritasini chizdi. U o’zining gyeliosentrik ilmiy xulosasini yaratdi. 

Byeruniyning faoliyatiga XIII asrda yashagan Suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanna Bar Ebryey 

(1226- 1286) yuqori baho byergan: «O’sha o’tgan yillarda yunon va hind falsafasi dyengizini kyechib o’tgan 

Byeruniy, o’tmish ilmida shuhrat topdi.  Uning asarlari nihoyatda ko’p va ishonarli, bir so’z bilan aytganda, 

o’z davrida undan so’ng va hozirga qadar ham hamkasblari orasida astranomiya ilmida bunday bilimdon  va 

bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo’lmagan». 

O’zbyekistonda ham bu siymoning ijodiga yuqori baho byerilib kyelinmoqda. Ko’plab asarlari chop 

etildi.  Byeruniyning  asarlari  bir  nyecha  nusxada  o’zbyek,  rus  tillariga  tarjima  qilinib  O’zbyekiston  FA 

tomonidan nashr etildi, uning nomida ko’chalar, institutlar bor. Fan sohasida nufuzli Byeruniy nomli davlat 

mukofoti ta’sis etilgan. 

O’rta  Osiyo  xalqlari  madaniyatini  o’rta  asr  sharoitida  dunyo  madaniyatining  oldingi  qatoriga  olib 

chiqqan  buyuk  mutafakkirlardan  yana  biri,  o’rta  asrning  ensiklopidist  olimi  va  faylasufi  Abu  Ali  ibn  al- 

Husayn Abdulloh ibn Ali ibn Sino bo’lib, u kishi 980 yilda Buxoro yonidagi Afshona qishlog’ida tug’iladi. 

Uning otasi somoniy Nuh ibn Mansur saroyida amaldor edi. Ibn Sino boshlang’ich ta’limni Buxoroda oladi. 

U istye’dodli, xotirasi kuchli, zyehni o’tkir bo’lganidan o’z davrida ma’lum bo’lgan ilmlarini tyezda egallay 

boshlaydi. 

«Bolalikda olingan bilim toshga o’yib yozilgan xatdyek mustahkam bo’ladi»- dyegan edi, Ibn Sino,- 

«Balog’at  yoshidagi  bilim  esa  muzga  yozilgan  yozuvdyek  tyez  yo’qolib  kyetadi»-  dyeb  davom  ettirgan. 

Buyuk allomaning butun hayoti va ijodi ham bu fikr to’g’riligini isbotlaydi. 

Ibn  Sino  yoshligidanoq  Abu  Abdullo  Notiliy  rahbarligida  falsafani,  Hasan  ibn  Nuh  al-  Kumriydan 

tibbiyot  ilmini  har  tomonlama  o’rganib,  asta-  syekin  tabiblik  bilan  ham  shug’ullana  boshlaydi.  U  o’zidan 

avval  o’tgan  SHarq  mutafakkirlarining  asarlarini,  qadimgi  yunon  tabiiy-  ilmiy,  falsafiy  myerosini,  xususan 

Aristotyel’, Evklid, Ptolomyey, Gippokrat, Pifagor asarlarini qunt bilan o’rgangan. 

  Ibn Sino o’zining qisqa, ammo syermazmun hayotida 450 dan ortiq asarlar yozdi. Bu asarlardan 40 

tasi tibbiyot, 80 tasi falsafa bo’yicha, ahloq- odob bo’yicha esa 85 ta asari ma’lum. Afsuski, allomaning 160 

ga  yaqin  asarlari  bizgacha  yetib  kyelgan.  Ibn  Sino  asarlarining  ko’p  qismi  arab  tilida,  ba’zilari  fors  tilida 

yozilgan.  Uning  bizgacha  ma’lum  bo’lgan  yirik  asari  «Kitob  ush-  shifo»  (SHifo  kitobi)  22  jilddan  iborat 

bo’lib, ushbu kitob lotin va yevropa tillariga tarjima qilingan.  

YAna bir shox asari «Al-Konun» butun dunyoga mashxur bo’lib, u 500 yil mobaynida Yevropa oliy 

o’quv yurtlarida shifokorlik bo’yicha asosiy o’quv qo’llanmasi vazifasini bajargan. 

 

Ibn Sino haqiqiy, ahloqiy fazilatlarga va idyeal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, 



jamiyatda insonlar uzaro yordam asosida yashashlari kyerak dyeb ta’kidlaydi. Jamiyat adolatli qonunlar 

yordamida boshqarilishi kyerak, jamiyat a’zolari ushbu qonunlarga itoat etishlari zarur. Qonunni buzgan 

kishilar, adolatsizlik jazolanishi lozim. Basharti hokim podshoning o’zi adolatsizlikka yo’l qo’ygan bo’lsa, 

halqning unga qarshi qo’zg’oloni to’g’ri va jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanmog’i lozim. 

 

Ibn  Sino  o’zining  syerqirra  maxsuldor  ijodi  va  boy  myerosi  bilan  jahon  ma’daniyati  taraqqiyotiga 



katta  hissa  qo’shdi.  U  o’z  davrida  SHarq  va  Ovropada  «SHayx  ur  -  rais»,  «Olimlar  boshlig’i»,  «Tabiblar 

podshoxi» kabi buyuk  nomlarga sazovor bo’ldi. U  o’nlab shogirdlar tayyorladi. Ajoyib olim  va shoir Umar 

Xayyom  ham ul zotning shogirdidir. SHvyed botaniki  Karl Linnyey Ibn Sino sharafiga doimo  yashil bo’lib 

turvchi tropik o’simlikning nomini «Aviseniya» dyeb atadi. 



 

344 


                                                                                                                                                                                        

 

IX-XII  asrlarda  Movorounnaxr  va  Xorazmda  adabiyot  va  badiiy  sa’nat  rivoj  topdi.  Bu  davrda 



yashagan  badiiy  ijod  ustalari  Abdulla  Rudakiy,  Daqiqiy,  Abulqosim  Firdavsiy  va  boshqalarning  nomlari 

tariximizda  munosib  o’rin  qoldirdi.  Abulqosim  Firdavsiy  (942-1020)  Xurosonning  Tus  shahri  yaqinidagi 

Taboron qishlog’ida tug’ilgan, Arab va Fors adabiyotini yaxshi bilgan. 

 

Firdavsiy  o’zining  «SHoxnoma»  asari  bilan  shuxrat  topgan.  Bu  asar  islomga  qadar  bo’lgan  Eron 



shoxlarining afsonoviy qaxramonlariga bag’iщlangan bo’lib, u 120 ming  misradan  iborat. SHoir uni  yozish 

uchun 35  yillik umrini sarf etgan. Bu asar yozib bo’lingach turk sultoni Maxmud G’aznaviyga topshiriladi. 

«SHoxnoma»  sultonga  ma’qul  tushadi.  Sulton  bu  asar  uchun  Firdavsiyga  100  ming  dirxam  oltin  byerishni 

vazirga topshiradi. Ammo vazir unga 60 ming kumush dirxam byeradi. 

 

Dyemak,  shoir  o’z  davrida  asari  uchun  yetarli  mukofot  ololmagan.  Ammo  Firdavsiy  «SHoxnoma» 



asari  bilan  o’ziga  abadiy  haykal  yaratdi  va  avlodlar  tashakkurga  sazovor  bo’ldi.  Uning  asarini  iqtidorli 

sharqshunos olim Firdavsiy nomidagi halqoro mukofot sovrindori SHoislom SHomuxammyedov 1984 yilda 

o’zbyek tiliga tarjima qilgan. 

O’rta asr  fors  –  tojik  shye’riyatning  buyuk  ustozi  Abu  Abdullo  Rudakiy  bo’lib,  860  yilda  Samarqand 

yaqinidagi  Panjrudak  qishlog’ida,  dyexqon  oilasida  tug’ildi.  U  yoshligida  shye’riyatga  ixlos  qo’yadi  va 

Abdul  Abbos  Baxtiyor  qo’lida  musiqadan  bilim  oladi.Rivoyatlarga  kura  u    onadan  ko’zi  ojiz  tug’ilgan. 

Hayoti  davrida  1mln.300000  misra  shye’r  yozgan.  Uning    shye’rlarida  X  asrning  ijtimoiy  hayoti,  halqning 

orzu  umidlari,  aql  idroki,  hulq-atvori  va    bilimning  zarurligini    asosiy  o’rin    egallaydi.  Ro’dakiy    fikricha  

haqiqiy do’stlik uchun kishilarning hatto turli dinda bo’lishlari ham xalaqit byermaydi  

Jaxonning shodligi yig’ilsa butun  

Do’stlar diydoridan bo’lolmas ustun 

Rudakiy hayotni o’zining birinchi ustozi dyeb hisoblaydi 

Har kishi olmasa hayotdan ta’lim, 

Unga o’rgatolmas hyech bir muallim. 

 

 

IX-XII  asrlarda  Markaziy  Osiyoda  barcha  fanlar  qatori  tarix  ilmi  soxasida  xam  ijod  qilgan  olimlar 



ko’p edi. Ulardan biri Abu Bakr Narshaxiydir (899-959y). Olimning myeros tariqasida yagona asari «Buxoro 

tarixi» bizgacha yetib kyelgan. Bu asar O’rta Osiyoda Arablar istilosi natijasida Islom dinining tarqatilishi va 

undan  oldingi  davrlar  hamda  Buxoroga  yaqin  shaxar,  qishloqlar  halqlarning  iqtisodiy,  madaniy  ,  ijtimoiy, 

siyosiy  tarixiga  oid  muhim  ma’lumotlar  o’z  aksini  topgan.  YAna  asarda  Buxoroning  arablar  sarkardasi 

Ubaydullox ibn Ziyod tomonidan fatx etilishi, Qutayba ibn Muslimning hukmronligi, arablar zulmiga qarshi 

Buxoroda  ko’tarilgan  «oq  kiyimlilar»(Muqanna)  qo’zg’oloni,  Samoniylar  hukmronligining  o’rnatilishi  

haqida qiziqarli, takrorlanmas ma’lumotlar byerilgan. 

 

«Buxoro tarixi» asari halqimiz tarixini  o’rganishda  nodir  manba bo’lib xizmat  qiladi.  Bu asar 1991 



yilda «Kamalak» nashriyotida A.Rasulov tomonidan tayyorlanib chop etildi. 

3-masala: 

XI-XII  asrlarga  kyelib  ijtimoiy,  madaniy  hayotda  turkiy  tilning  kyeng  tarqalib  borishi,  davlat 

ishlarida kyeng qo’llanishi ko’zga tashlandi.: arab, fors tillaridagi badiiy asarlar bilan birga turkiy tilda ham 

yirik dostonlar, shye’rlar yaratildi.YUsuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilik» (Saodatga boshlovchi bilim) asari 

shulardan biridir. Bu asar 13,5 ming misradan iborat bo’lib, pand nasixat usulida yozilgan. 

 

Asarda  markazlashgan  davlatni  mustahkamlash,  nizolarga  chyek  qo’yish,  obodonchilikka  e’tibor 



byerish, ilm  egallash, kambag’allar axvolini yaxshilash  kabi iqtisodiy  masalalar bilan birga, amaldorlarning 

burchlari, elga adolatli bo’lishi,  davlatni  idora etish uchun bilimli  kishilarni  jamlash  darkorligi  kabi siyosiy 

masalalar  xam  o’z  o’rnini  topgan.  YUsuf  Xos  Hojib  ushbu  asarida  «Saodat  kaliti-  fanni  egallash»-  dyeb 

nasihat qiladi. 

Bu asar to’rt tayanch unsur asosiga qurilgan: 

Biri to’g’rilikka tayanch- Adolat, 

Biri Davlat erur, u qutli g’oyat,  

Uchinchi- ulug’lik Aql va Zako, 

To’rtinchi- qanoat erur byebaho. 

XI  asrning  yana  bir  zabardast  olimlaridan  biri  Mahmud  Qoshg’ariy  bo’lib,  ul  kishining  hayoti  va 

faoliyati  haqida  yetarli  ma’lumotlar bizgacha  yetib  kyelmagan.  Uning to’liq ismi Mahmud  ibn Muhammad 

Qoshg’ariydir. YOsh Mahmud Balosog’unga (Qirg’izistonning hozirgi To’qmoq shahri) oilasi bilan ko’chib 

kyelgandan  so’ng,  bu  yerda  arab  va  fors  tillarini  o’rganadi.  U  turkiy  xalqlar  tarixi,  tili,  madaniyati,  urf- 

odatlarini  puxta  o’rganish  maqsadida  butun  Markaziy  Osiyoni  kyezib  chiqadi.  Izlanishlar  natijasida  u 

«Javohirun  naxvori lug’ati turk» (Turkiy tillarning sintaksisi  durdonalari) va  «Dyevoni lug’atit turk» (Turk 

tilining lug’ati) asarini yozdi. 

Qoshg’ariy  asari  sodda  va  lunda  yozilgan.  Unda  qadim  turk  alifbosi,  fonyetik  qonuniyatlari, 


 

345 


                                                                                                                                                                                        

orfografik  qoidalari  puxta  tushuntirib  byerilgan.  «Dyevon»da  7500  dan  ortiq  turkiy  so’z  va  iboralar 

izohlangan.  Asarda  yuzlab  kishilarning  ismlari,  shahar  va  o’lka,  daryo  va  yaylov,  jug’rofiy  atamalar,  turli 

qabila  va  elatlarning  nomlari,  fasllar,  turkiy  xalqlar  tarixiga  oid  qadimiy  afsonalar, rivoyatlar  300  ga  yaqin 

maqol  va  matallar,  hikmatli  so’zlar  o’rin  olgan.  «Dyevon  da  saqlangan  ikki  yirik  asar:  «Alp  Er  To’nga 

marsiyasi» va «Qish va YOz» munozarasi ko’pchilikning diqqatini o’ziga tortadi. Marsiya 44 satrdan iborat 

bo’lib,  unda  turkiy  el  o’zining  syevimli  qahramoni,  hoqoni  va  yo’lboshchisigagina  emas,  boy  byerilgan 

imkoniyatlar,  parchalangan  elat,  tushkunlikka  tushgan  Turkiy  impyeriyadagi  manaviy  holatiga  ko’z  yosh 

to’kadi, motam qiladi.  

Bu shye’rning mazmuni shunday: 

Alp Er To’nga o’ldimi,  

YOmon dunyo qoldimi,  

Zamon o’chin oldimi, 

Endi yurak yirtilur. 

Xulosa  qilganda  Mahmud  Qoshg’ariyning  islomdan  ilgari  va  ilk  islom  davri  turkiy  madaniyat 

obidalarini  tadbiq  etib  byerishdagi  xizmatlari  nihoyatda  ulkan.  Uning  «Dyevoni»ni  Markaziy  Osiyo 

mintaqasida  yashagan  turkiy  xalqlar  hayoti  haqida  qomusiy  asar  dyeb  atash  mumkin.  Bu  asar  3  tomda 

o’zbyek tilida nashr etilgan. 

Hozirgi  zamon  jahon  ilmiy  jamoatchiligi  XI  asr  buyuk  olimi  M.  Qoshg’ariyni  qiyosiy 

tilshunoslikning asoschisi dyeb tan oladi. 

Bu davrni turkiyzabon shoirlaridan yana biri Ahmad YUgnakiydir. Uning bizgacha yagona «Hibatul 

haqoyiq»  («Haqiqatlar  tuhfasi»)  nomli  dostoni  yetib  kyelgan.  Bu  asar  484  misradan  iborat.  Ahmad  onadan 

ko’zi ojiz tug’iladi.  U  haqida  A. Navoiy  ma’lumotlar byergan.  Uning  o’smirlik chog’lari Bog’dod  yaqinidi 

o’tadi.  Bu  yerda  u  ustozlaridan  bilim  oladi.  U  o’z  asarida  bilimning  ahamiyatini,  uni  qadrlash  zarurligini 

o’qtiradi.  «Bilimli  kishi  qimmatli  oltindir.  Bilimsiz  johil  kishi  arzimas  qalbaki  aqchadir.  Bilimli  ayol  erdir, 

bilimsiz  er  ayoldir».  Ahmad  YUgnakiy  asarining  2  bobi  «Tilni  tiyish  va  boshqa  odoblar  haqida»  dyeb 

nolanadi.  Unda  kishi  boshiga  har  qanday  ish  tushsa,  tili  tufayli  sodir  bo’ladi.  Ahmoq  odamning  tili- 

dushmani.  Bobda  shoir  sir  saqlashni  muhimligi  haqida  gapirib  «Hatto  yaqin  do’stingdan  ham  ehtiyot  bo’l» 

dyeya ogohlantiradi. 


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling