Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81

2-masala: 

Amir  Tyemur  Movarounnahrni  mo’g’ullar  istibdodidan  ozod  qildi.  CHingizxon  va  Botuxon 

voyronaga  aylantirgan  shahar-qishloqlarni,  suv  inshootlarini  tikladi.  CHingiziylar  davlati  hukmronligi 

davrida  oddiy  xalq  talanib,  ozodligi  toptalib,  toju-taxt  uchun  kurashlar  natijasida  mamlakat  vayron  bo’lib, 

ko’plab hunarmandlar, san’at va istye’dod sohiblari o’z yurtdidan bosh olib chiqib kyetishiga majbur bo’ldi. 

Xullas,  bu  davrda  bir  yarim  asrlik  mustamlakachilikdan  so’ng  milliy  davlatchilik  va  madaniyatimizni, 

xalqimiz ozodligi va mustaqilligini qaytadan tiklashdyek og’ir vazifani hal qilishga qodir buyuk sarkarda va 

davlat  arbobi  zarur  edi.  Ana  shunday  yuksak  mas’uliyat  buyuk  bobomiz  Amir  Tyemur  zimmasiga  tushdi. 

Amir Tyemurning buyuk xizmati shundaki, xalqimizning o’z taqdirini o’zi byelgilash huquqini, tinchligi va 

farovonligi,  xavfsizligi,  ozodligining  kafolati  bo’lgan  markazlashgan  qudratli  davlatga  asos  soldi.  Milliy 

davlatchilik  an’analarini  qayta  tiklashga  kirishdi.  Samoniylardan  to  CHingiziylar  davrigacha  o’zbyek 


 

351 


                                                                                                                                                                                        

davlatchiligida  mavjud  bo’lgan,  CHingizxon  davrida  unutilgan  hokimiyatning  ikkiga  –  dargoh  timsolidagi 

qonun chiqaruvchi hamda dyevonlar – vazirliklar timsolidagi ijroiya tizimlariga bo’linishini qaytadan tikladi. 

Amir  Tyemur  davlat  tizimida  Qurultoy,  ya’ni  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatni  amalga  oshirdi.  Bu 

bugungi  tushunchadagi  kongryess,  assamblyeya,  majlis  kabilarga  to’g’ri  kyeladi.  Har  qanday  davlatning 

siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy,  madaniy rivojini  ta’minlash  va jamiyat taraqqiyotini kafolatlash uchun 

qat’iy ijro intizomiga asoslangan ijroiya hokimiyati zarur edi. Amir Tyemur buyuk davlat arbobi sifatida ana 

shunday  tizimni  yarata  oldi.  Uning  saltanati  ijroiya  hokimiyati  tizimidagi  yetti  vazirlik  bo’lib,  ularning 

to’rttasi  markazda,  uchtasi  sarhadlarda  faoliyat  yuritgan.  Birinchi  vazir  mamlakat  va  raiyat  ishlarini 

boshqargan.  Bu  vazir  mamlakatdagi  muhim  ishlarni,  kundalik  muammolarni,  raiyat  ahvolini,  viloyatlardan 

olingan  hosil,  soliqlar  ularni  taqsimlash,  kirim-chiqimlarni,  mamlakat  obodonchiligini,  xalqning  turmushini 

va vazifani tartibga solish ishlarini sohibqironga bildirib turgan. Ikkinchisi sipoh vaziri bo’lib, sipohiylarning 

ahvolidan xabar olish, harbiylarga tyegishli mulklarni boshqarish, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy mashqlarni 

uyushtirish  va  tashkil  etish  kabi  ishlarni  boshqargan.  Uchinchi  vazir  egasiz  qolgan,  vafot  etgan,  qochib 

kyetganlarga  tyegishli  mulklarni,  xorijlik  savdogarlardan  olinadigan  zakot  va  bojlarni,  chorvalarni, 

yaylovlarni  boshqarib,  ulardan  kyeladigan  soliq  ishlari  bilan  shug’ullangan.  To’rtinchi  vaziri  –  saltanat 

ishlarini  yuritishlishini  amalga  oshirgan.  Qolgan  uch  vazir  bosib  olingan  hududlarni  va  ulardan  kyeladigan 

daromadlarni  hisobga  olish,  sarhadlar  va  tobye  mamlakatlardagi  ishlarni  boshqargan.  Amir  Tyemur 

hokimiyatining  uchinchi  tarmog’i  –  sud  hokimiyatini  shakllantirishga  ham  alohida  e’tibor  byerdi.  Umumiy 

sudlar mamlakat va raiyat ishlarni bo’yicha qoziligi, lashkar qoziligi, axdos qoziliklarini tashkil etdi. 

Amir  Tyemurning  hayoti  va  faoliyatida  uch  davr  yaqqol  ko’zga  tashlanadi.  Birinchisi  (1336-1359) 

sarkarda  va  davlat  boshlig’i  sifatida  shakllanish  davri.  Ikkinchisi  (1360-1385)  Amir  Tyemurning 

Movarounnahrni  mo’g’ullar  zulmidan  ozod  etib,  yagona  markazlashgan  davlat  tuzib,  o’zaro  urushlarga 

barham  byergan  sarkarda  va  davlat  arbobi  bo’lib  yetishgan  davridir.  Uchinchisi  (1386-1405)  esa  Amir 

Tyemurning buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida qudratli davlat chyegaralarini kyengaytirish maqsadida 

uch yillik, byesh yillik yurishlar davridir. 

SHunday  qilib  Amir  Tyemur  saltanati  O’rta  Osiyoda  35  yil  (1370-1405)  hukm  surdi.  U  Markaziy 

Osiyo  hududlarini  yagona  markazlashgan  davlatga  birlashtirdi.  Hind  va  Gangadan  to  Sirdaryo  va 

Zarafshongacha, Tyan’-SHandan to Bosforgacha ulkan impyeriya barpo etdi. 

Xullas,  Amir  Tyemurning  buyuk  tarixiy  xizmatlari  shundaki,  birinchidan  Movarounnahrda  qon-

qardosh  xalqlarni  mug’ullar  zulmidan  qutqarib,  yagona  markazlashgan  davlatga  birlashtirdi.  Ikkinchidan, 

Oltin  O’rda  tormor  qilinib,  uning  o’rnida  mustaqil  xonliklarning  vujudga  kyelishiga  yordam  byerdi. 

Uchinchidan,  Oltin  O’rdaning  qulashi  natijasida  rus  xalqi  o’z  mustaqilligiga  erishdi.  To’rtinchidan 

Tyemurning  Turk  sultoni  Boyazid  Yildirimga  byergan  qaqshatqich  zarbasi  Yevropa  xalqlarni  Turklar 

asoratidan saqlab qoldi. 

3-masala: 

 Amir  Tyemur  davlatining  ichki  va  tashqi  siyosati.  1366-1370  yillar  oralig’ida  Amir  Tyemur  o’z 

e’tiborini  ichki  ishlarga  qaratdi.  Amir  Husayn  va  Amir  Tyemur  o’rtasidagi  ziddiyatlar  1370  yilda 

Husaynning o’ldirilishi va Amir Tyemurning taxtga o’tirishi bilan yakunlandi. Movarounnahrning amaldagi 

xoni  CHingizxon  avlodiga  mansub  bo’lgan  Suyurg’atmish  qo’liga  o’tdi.  Davlat  boshqaruv  tizimi  esa 

Movarounnahr  amiri  nomini  olgan  Amir  Tyemur  qo’lida  qoldi  hamda  Kyesh  shahridan  Samarqandga 

ko’chib, uni o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi. 

Amir  Tyemurning  Movarounnahrdagi  birlashtirish  siyosati  boshlangan  edi.  U  Amurdaryo  va 

Sirdaryo oralig’ida turgan yerlarni o’ziga bo’ysindirib, o’ziga itoat ettirdi. Farg’ona, SHosh viloyatlarini o’z 

tasarrufiga  kiritish  unga  qiyin  bo’lmadi.  Sirdayoning  quyi  oqimidagi  Oltin  o’rdaga  qarashli  yerlarni 

egallashda  u  bu  yerlardagi  ichki  sulolaviy  urushlardan  foydalandi.  Amir  Tyemur  Xorazmni  ham  qaytadan 

Movarounnahrga    kiritishga  intildi.  Jami  5  marta    yurish  qilib  1372-1388  yillarda  Xorazmni  egaladi  va 

so’fiylar  sulolasini  tugatdi.  SHunday    qilib,  Yettisuvdagi  va  Sirdaryo  etaklaridagi  yerlardan  tashqari, 

Turkiston yerlarining hammasi Amir Tyemur qo’liga o’tdi. 

Amir  Tyemurning  harbiy  yurishlari  tarixda  «uch  yillik»  (1386-1388),  «byesh  yillik»  (1392-1396) 

«yetti  yillik»  (1399-1405)  urushlar  dyeb  nom  olgan.  Tyemur  1381  yilda  Hirotga  yurish  qiladi.  Bu  davrda 

Hirotni  kurdlar  sulolasi  boshqarar  edi.  Ularning  hukmdori  G’iyosiddin  Pir  Ali  Tyemurga  qattiq  qarshilik 

ko’rsatmadi.  Lyekin  1383  yilda  Hirotda  qo’zg’olon  ko’tarildi.  Qo’zg’olon  bostirildi  va  kurdlar  sulolasi 

kurashi  bilan  sarbadorlarning  so’nggi  hokimi  bo’lgan  Ali  Muayyod  ixtiyoriy  suratda  o’z  yerlari  va 

hokimiyatning  Tyemurga  topshirdi.  XIV  asrning  80-yillari  o’rtasiga  kyelib  butun  Xuroson  Amir  Tyemur 

ixtiyoriga  o’tdi.  «Uch  yillik»  urush  davrida  Amir  Tyemur  Ozorbayjon,  Tabriz,  Mozandaron,  G’ilonni 

bo’ysundiradi. SHundan kyeyin u Kavkazga yurish boshlab, Tiflis, Arzirum va Van qal’asini egalladi.  

SHundan  qulay  payt  kyelganidan,  ya’ni  Amir  Tyemurning  Erondaligidan  foydalangan  To’xtamish 

Movarounahrga  Qamariddin yetakchiligida qo’shin yubordi. 



 

352 


                                                                                                                                                                                        

1388  yil  yanvarida  Amir  Tyemurning  qaytishini  kutgan  dushman  orqaga  qayta  boshladi.  Amir 

Tyemur  amrlarining  Xusayn,  SHayx  ali  Bahodir  va  boshqalarga  dushmanni  daf  qilishni  topshirdi.  Ular 

Sirdaryo  bo’yidagi  Sarisuv  dyegan  joyda  dushmanni  quvib  yetib  unga  katta  talofot  yetkazdilar  To’xtamish 

1388 yil oxirida Amir Tyemurga qarshi qayta hujum boshladi. Amir Tyemur esa urushga tayyorlanish uchun 

Sagoron (Kattaqo’rg’on)da qarorgohini tikib, qo’shinlarini jangavor holatga kyeltirdi. 

Amir  Tyemur  dushmanning  orqa  tarafidan  hujum  qilish  uchun  Qo’n’li  o’g’lon,  Tyemur  Qutlug’ 

o’g’lon,  SHayx  Ali  Bahodir  qo’mondonligidagi  qo’shinlarni  yuboradi.  Hujum  muvaffaqiyatli  bo’ldi. 

To’xtamish  zo’rg’a  qochib  qutuldi.  To’xtamishning  Tyeryek  daryosi  bo’yida  tor-mor  etilishi  va  1395  yilda 

Saroy Byerkaning xaroba qilinishi Oltin o’rdacha juda kuchli zarba bo’ldi. SHundan kyeyin u o’zini o’nglay 

olmadi.  Amir  Tyemur  Ozarbayjonga  bir  nyecha  marotaba  hujum  qilib  bordi  va  1387  yilda  uni 

bo’ysundirishga  muyassar  bo’ldi.  Armaniston  va  Gruziyani  Amir  Tyemur  1392  yilda  bo’ysundiradi. 

Tyemurning uzoq Hindistonga yurishi 1398 yilda tamomlandi. 

Amir Tyemurning harbiy mahorati shunda ediki, u o’z dushmanlarini erkin nafas olishga qo’ymagan. 

1400 yilda Amir Tyemur qo’shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni Faraj bilan kurash olib bordilar. 

1402 yilda Amir Tyemur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi marta to’qnashdi va uni tor-mor etdi. 

Amir  Tyemur  o’z  qo’shinlari  bilan  1404  yilning  oxirida  Xitoyda  qarab  yo’lga  chiqqandi.  1405  yil 

yanvar oyining o’rtalarida O’trorda to’xtashga qaror qilishadi va bu yerda 18-fyevral kuni Tyemur vafot etdi. 

 

4-masala: 

 Amir  Tyemur  –  atoqli  davlat  arbobi,  mohir  diplomat.  Tyemur  o’zining  hayoti  davomida  harbiy 

istye’dodi,  mohir  sarkardaligi,  diplomatliligi  va  yetuk  davlat  arbobi  bo’lganligi  tufayli  milliy  yuksalish  va 

insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ulkan  markazlashgan  davlat tuzishga  muvaffaq bo’ldi. U turk-mo’g’ul 

an’analariga  amal  qilgan  holda  o’z  davlati  hududlarini  suyurg’ol  (ulus)  tariqasida  in’om  qilish  yo’li  bilan 

boshqargan.  Tyemur  Movarounnahrdan  tashqaridagi  yerlarini  to’rt  ulusga  bo’lib,  farzandlariga  in’om  etdi. 

Bu  masalaning  e’tiborli  tomoni  shundaki,  garchi  sohibqiron  tomonidan  bo’lib  byerilgan  yerlar  ichki 

mustaqillikka  ega  bo’lsalarda,  lyekin  amalda  batamom  markaziy  homikiyatga  bo’ysundilar.  Tyemur  mohir 

diplomatligini  shundan  bilsa  bo’ladiki,  u  uluslar  o’rtasida  o’zaro  nizolar  kyelib  chiqmasligi  uchun  ularning 

faoliyatini doimo o’zi nazorat qilib turadi. 

Sohibqiron chyet davlatlar bilan aloqani kyeng yo’lga qo’ydi. U davr shart-sharoitlariga ko’ra tashqi 

siyosatda  qat’iy  faol  harakat  qilib,  o’z  saltanati  dovrug’ini  jahon  miqyosiga  chiqara  oldi.  Sohibqironning 

Yildirim  Boyazid  ustidan  bo’lgan  g’alabalaridan  so’ng  Fransiya,  Angliya,  Gyenuya  va  Vizantiya  erkin 

aloqalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif etgan. 

SHunday  qilib,  u  Yevropa  davlatlari  bilan  yaqin  qo’shnichilik  qilish,  savdo  karvon  yo’llarini 

rivojlantirish  niyati  borligini  ko’rsatib,  o’z  davlati  shuhratini  Yevropaga  tarqata  oldi.  Uning  saltanatini 

dovrug’i  bu  mamlakatlarga  yetib  borishi  bilan  Fransiya,  Angliya,  Gyenuya,  Vizantiya,  Ispaniya  kabi 

davlatlarning  qirollari  sohibqiron  bilan  siyosiy,  iqtisodiy,  savdo  aloqalari  o’rnatishga  intilganlar.  SHu  bois 

ular sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Tyemurning chyet davlatlar bilan olib borgan 

diplomatik aloqalarida uning o’g’li Mironshoh ko’p yordam byergan. 

Uning doimo amal qilib kyelgan  «Kuch adolatdadir» dyegan so’zlari uning  davlatni boshqarishdagi 

yuksak qobiliyatidan dalolat byeradi. Bundan tashqari «Tyemur tuzuklari» – bu adolatli hamda kuchli davlat 

barpo etish yo’lidagi muhim qonun qoidalar to’plamidir. 

Amir  Tyemur  tarixda  mohir  diplomat  va  davlatlar  o’rtasida  yaxshi  munosabatlarni  rivojlantirish, 

savdo-iqtisodiy aloqalarini yo’lga qo’yish tarafdori sifatida chuqur iz qoldirdi. U Yevropa va Osiyo o’rtasida 

o’zaro  aloqalarni  mustahkamlashga  qaratilgan  kyeng  ko’lamli  ishlarni  amalga  oshirdi.  Amar  Tyemurning 

tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi 

marta  yagona  jug’roviy-siyosiy  makonda  ekanliklarini  his  etdi.  Bu  afzallik  xalqlar  hyech  qanday 

to’sqinliksiz  harakat  qiladigan  yangi  yo’llarning  ochilishida  ham  namoyon  bo’ldi.  Bundan  600  yil  oldin 

o’rnatilgan  ilk  diplomatik  munosabatlar  hozirgi  kunda  ham  davom  etib  kyelmoqda.  Ispaniya  O’zbyekiston 

mustaqilligini  1991  yilda  tan  olib,  1992  yilda  diplomatik  aloqalarini  o’rnatdi.  SHu  kungacha  ikkala 

mamlakat  rahbarlari  bir  nyecha  bor  rasmiy  uchrashuvlar  o’tkazdilar.  Ushbu  uchrashuvlar  bobomiz  Amir 

Tyemur  boshlab  byergan  Ispaniya  va  O’zbyekiston  o’rtasidagi  o’zaro  tarixiy,  diplomatik  va  iqtisodiy 

aloqalarning rivojlanishida yangi bosqich bo’ldi. 

Yevropalik  olimlar  Amir  Tyemur  va  uning  faoliyati  haqida  bundan  to’rt  yuz  yil  ilgari  gapira 

boshlagan  edi.  1553  yilda  Floryensiyada  ital’yan  olimi  Pyerondino  qalamiga  mansub  «Skiflik  buyuk 

Tamyerlan» kitobi bosilib chiqdi. Bu Yevropada Amir Tyemur haqidagi ilk ilmiy tadqiqot hisoblanadi. 

Yevropa tillarida (ispan, ingliz, fransuz) e’lon qilingan bo’lib manbalar ichida birinchi o’rinda ispan 

elchisi  Rui  Gonsalyes  dye  Klavixoning  «Samarqandga  Amir  Tyemur  saroyiga  sayohat  kundaligi  (1403-

1406)» turadi. 



 

353 


                                                                                                                                                                                        

Bir nyecha yevropalik bastakorlar opyeralarda Amir Tyemur obrazini yaratganlar. XVII asr boshida 

ital’yan  bastakori  Gaspirni  «Tamyerlan»  opyerasini  yaratdi.  Ushbu  opyera  Vyena  tyeatrida  sahna  yuzini 

ko’rdi. Bastakor Lyeo uni Nyeapol’ tyeatrida sahnalashtirdi. 

Butun  jahonning  ellikdan  ortiq  mamlakatida tyemurshunos olimlar ilmiy  izlanishlar olib bormoqda. 

O’tgan  olti  yuz  yil  mobaynida  Yevropa  tillarida  Amir  Tyemurga  bag’ishlab  yozilgan  salmoqli  asarlarning 

soni 500 ga yetdi, SHarq tillarida esa 900 dan oshdi. 

Bugungi  kunda  O’zbyekistonda  buyuk  sarkarda  va  davlat  arbobi  Amir  Tyemurning  myerosi  va 

faoliyatini  ilmiy  tadqiq  etuvchi  tyemurshunoslik  fani  vujudga  kyeldi.  Ryespublikamizning  taniqli  olimlari 

Akmal  Saidov,  Halim  Boboyev,  Jo’raboy  Toshqulov,  Azamat  Ziyo,  Abdurashid  Mamatov,  SHohista 

O’ljaboyeva,  Sadriddin  Xidirovlar  Amir  Tyemur  myerosini  va  faoliyatini  o’rganishda  munosib  hissalarini 

qo’shib  kyelmoqdalar  va  sarkarda  Buyuk  davlat  arbobi  Amir  Tyemur  tavalludining  670  yilligi 

ryespublikamizdagi kabi dunyoning ko’pgina mamlakatlarida ham kyeng nishonlandi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7-mavzu  

Amir  Temur va temuriylar davri madaniyati

  

1.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi 

Mashg’ulot  vaqti-

2 soat 

Talabalar soni: 20 – 28 nafargacha 

Mashg’ulot shakli 

Bilimlarni 

kengaytirish 

va 

mustahkamlash 

buyicha seminar mashguloti 


 

354 


                                                                                                                                                                                        

 

 

 

 

Amaliy mashg’ulot 

rejasi 

1.X1Vasrning  ikkinchi  yarmi va XV  asrda Movarounnahr va 

Xurosonda moddiy madaniyat ravnaqi. 

2.Temuriylar davrida ilm-fan. Ulug'bekning ilmiy inaktabi. 

3.Hattotlik, tasviriy san'at va musiqa madaniyati. 

4.Badiiy adabiyot. Alisher Navoiy ijodiy myerosi. 

 

O’quv mashg’ulotining maqsadi:   Turkistonda jadidchilik harkatining yuzaga kelishi sabablari va ularning 

nomayondalar, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi olib borgan ishlari haqida bilim beriladi.  



Pedagogik vazifalar

 

XIVasrning  ikkinchi  yarmi va XV  



asrda  Movarounnahr  va  Xurosonda 

moddiy  madaniyat  ravnaqi,  yuksalishi 

hamda  siyosiy-ijtimoiy  ahvol yoritiladi 

 

Temuriylar davrida ilm-fan ravnaqi 



hamda  Ulug'bekning ilmiy  maktabining 

faoliyatini yoritib berish 

 

Hattotlik,  tasviriy  san'at  va  musiqa 



madaniyati holatlari   talqin etiladi. 

 

Badiiy  adabiyot,  uning  rivoji  Alisher 



Navoiy  ijodiy  myerosining    o’rganilish  

ahamiyati yoritiladi

 

O’quv faoliyati natijalari: 

 

XIVasrning    ikkinchi    yarmi  va  XV    asrda 



Movarounnahr  va  Xurosonda  moddiy  madaniyat 

ravnaqi,  yuksalishi  hamda    siyosiy-ijtimoiy  

ahvol gapirib beriladi  

 

Temuriylar  davrida  ilm-fan  ravnaqi  hamda  



Ulug'bekning  ilmiy  maktabining  faoliyatini 

tarixiy  faktlar  asosida    tahlil  qilinadi  va  gapirib 

beriladi  

 

Hattotlik, 



tasviriy 

san'at 


va 

musiqa 


madaniyati holatlari   talqin etiladi. 

 

Badiiy  adabiyot,  uning  rivoji  Alisher  Navoiy 



ijodiy  myerosining    o’rganilish    ahamiyati 

yoritiladi

 

Ta’lim berish usullari 

suhbat,    tushuntirish,  tezkor  so’rov, 

zigzag (arra) texnikasi  

Ta’lim berish shakllari 

Ommaviy, guruhlarda ishlash  



Ta’lim berish vositalari 

O’quv 


qo’llanma, 

proyektor, 

 

o’quv 


topshiriqlari, test savollar 

Ta’lim berish sharoiti 

Texnik  ta’minlangan,  gurhlarda  ishlash 

uchun mo’ljallangan auditoriya 

Monitoring va baholash 

Og’zaki 


nazorat: 

savol-javob, 

testlar, 

tarqatma materiallar  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Amir  Temur va temuriylar davri madaniyati

” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi 

Ish 

bosqichlari va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

Ta’lim beruvchi 

Ta’lim oluvchilar 


 

355 


                                                                                                                                                                                        

Tayyorlov bosqichi 

Mavzuni  aniqlaydi,  ta’limiy  maqsadni  belgilaydi  va 

kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. 

Mavzu bo’yicha tayanch konspektlar ishlab chiqadi. 

Belgilangan  ta’limiy  maqsadlarga  erishishni  ta’minlovchi 

o’quv  topshiriqlarini ishlab chiqadi.  

Kichik  guruhlarda  samarali  faoliyatni  ta’minlash  uchun 

yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi. 

Ekspert guruhlar faoliyat  natijalarini  baholash mezonlarini 

ishlab chiqadi. 

 

 



 

 

 



1. O’quv 

mashg’ulotiga 

kirish bosqichi 

      (10  daqiqa) 

1.1.  Mashg’ulot  mavzusi,  uning  maqsadi  va  kutilayotgan 

natijalarini  e’lon  kiladi,  ularning  ahamiyatliligi  va 

dolzarbligini asoslaydi. 

1.2.  Mavzu  bo’yicha  asosiy  tushunchalarga  ta’rif  berishni 

taklif  qiladi  va  shu  asosda  tezkor-so’rov  o’tkazib  talabalar 

bilimlarini faollashtiradi. 

 1.3.  Faoliyat  kichik  guruhlarda  o’quv  topshiriqlarini 

bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. 

1.4. 


Qo’shimcha 

ma’lumotlar 

aks 

etgan 


tayanch 

konspektlarni tarqatadi. 

1.5.  Ekspert  guruhlar  faoliyati  natijalarini    baholash 

mezonlarini e’lon qiladi. 

Tinglaydilar. 

 

 



 

Savolni muhokama qilib, 

ularga javob beradi. 

 

 



2. Asosiy bosqich 

(60 daqiqa) 

 

 

 

2.1. 


Talabalarni 

to’rtta 


kichik 

guruhga 


bo’ladi. 

Mashg’ulotning  o’tkazilish  tartibini  yana  eslatadi.  O’quv 

mashg’uloti  «o’zi  o’rganib,  o’zgaga  o’rgatish»,  ya’ni 

hamkorlikda o’rganish  prinsipi asosida o’tkazilishini aytadi  

2.2.  Guruhlarga  ekspert  varaqlarini,  shu  bilan  birga, har  bir 

talabaga  geometrik  shakl  tarqatadi  va  faoliyatlarini  tashkil 

qiladi 

(geometrik 



shakllarni 

vaqtincha 

bir 

joyga 


ko’yishlarini,  vakti  kelganda  ulardan  foydalanishlarini 

aytadi). 

Guruhlarda ishni tashkil kiladi. (matnni o’rganib, muhokama 

kilishga 15 daqiqa beradi). 

2.3.  Doira  shaklini  olgan  talabalar  1-stol,  uchburchak 

shaklini  olganlar  2-stol  va  to’rtburchak  olganlar  3-stol 

atrofiga o’tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to’plangan 

talabalar  o’z  savollarini  boshqa  talabalarga  yoritishini 

tushuntiradi.  O’zaro  o’rgatish  jarayoni  boshlanadi  (15 

dakika). 

Talabalar 

faoliyatini 

kuzatadi, 

ularni 


yo’naltiradi, 

maslahatlar beradi.  

2.4.  Talabalarni  o’zlarini  dastlabki  joylariga,  stol  atrofiga 

kelib o’tirishlarini aytadi.  

2.5. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 

nafardan  talaba  chiqib,  faoliyat  natijalarini  taqdim 

qilishlarini  aytadi.  Taqdimot  uchun  xar  bir  guruhga  8 

daqiqadan  vaqt  ajratadi.    Yo’naltiruvchi,  maslahatchi 

sifatida  ishtirok  etadi.  Javoblarni  aniqlashtiradi,  to’ldiradi, 

izoh beradi va tuzatishlar kiritadi. 

2.6.  Har  bir  gurux  taqdimoti  oxirida  ekspert  savollari 

bo’yicha xulosalar qiladi. 

Kichik guruhlarga 

bo’linadilar.  

 

 

 



 

Topshiriq bo’yicha faoliyat 

boshlaydilar. Matnlarini 

o’qib, savollarga javob 

topadi. Ma’lumotni 

muhokama kilib, fikr 

almashib,  sistemalashtiradi.  

Format  kog’oziga  sxema 

tarzida tushiradi,  

taqdimot uchun  

materiallar 

tayyorlaydilar.  

 

 

 



 

 

Faoliyat natijasini 



taqdimot qiladilar. 

 

 



3–Yakuniy bosqich 

(15 daqiqa) 

3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi.  

3.2.O’quv  mashg’ulotini  natijalarini  sharhlaydi,  guruhlar 

faoliyati bahosini e’lon qiladi. 

3.3.  Mustaqil  ishlashlari  uchun  vazifa  beradi:  amaliy 

mashg’ulotga tayyorlanib kelish; nazorat savollariga og’zaki 

javob berish  

Tinglaydilar. 

 


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling