Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81

Xalokuxon  davrida (1256-1265) Marog’ada yirik  qomusiy  olim Nosiriddin Tusiy (1201-1274) rahbarligida 

qurilgan rasadxonalarni nazarda tutdi, albatta. 

Darhaqiqat,  Ulug’byek  rasadxonasining  o’z  davrida  qiyosi  yo’q  edi.  Rasadxona  silindr  shaklida,  uch 

ashyonli  qilib  quriladi.  Aylanasi  47,  balandligi  esa  31  myetr  atrofida  edi.  Rasadxona  qurilishiga 

Ulug’byekning  shaxsan  o’zi,  u  yo’q  paytlarda  Qozizoda  Rumiy,  G’iyosiddin  Jamshid  va  Ali  Qushchi 

boshchilik qilishdi.  

Binoning  sirti  koshin  va  sirli  parchinlar  bilan  byezatiladi.  Olimlar  va  xizmatchilar  uchun  rasadxona 

tyevarak atrofida katta kichik hujralar quriladi. 

Rasadxonaning boy kutubxonasi bo’lib, unda qariyib 150 ming kitob saqlangan. 

Rasadxona  etagida  Mirzo  Ulug’byek  bobosi  Amir  Tyemur  an’anasiga  ko’ra  ikkita  bog’  qurdirdi. 

Ularning  birinchisi  Bog’i  Maydon,  ikkinchisini  CHinnixona  nomi  bilan  atadi.  Bog’i  Maydon  o’rtasida 

qurilgan  bino  ikki  qavatli  bo’lib,  dyevor  va  ustunlariga  marmardan  sayqal  byerilgandi.  CHinnixonadagi 

imoratlarning biri toshdan, ikkinchisi chinnidan bo’lgan. CHinni 1422 yilda Xitoydan kyeltirilgan. 

Xullas,  Mirzo  Ulug’byek  ham  Amir  Tyemur  singari  yaratuvchilik,  bunyodkorlik  bilan  shugullandi. 

Xalq  va  davlat  extiyoji  uchun  juda  ko’plab  binolar;  hammomlar,  karvonsaroylar,  sardobalar  qurdirdi. 

Umuman  Tyemur  va  Tyemuriylar  moddiy  madaniyat  bobida  ulkan  myerosni  o’zlaridan  kyeyin  qoldirdilar. 

Tyemuriylar  xalqimizning  buyuk  mye’morchilik  san’ati  durdonalarini  dunyoning  juda  ko’plab    qit’alariga 

tarqatdilar. SHohrux va Husayn Boyqaro avlodlari, Alishyer Navoiy hazratlari azmiqarori bilan Xurosonning 

turli  shaharlarida  barpo  etilgan  ulkan  va  go’zal  tarixiy  obidalar,  boburiylar  sulolasining  to  1850  yillarga 

qadar  o’tgan  davr  mobaynida  Afg’oniston,  Hindiston  va  Pokiston  hududlarida  yaratgan  mye’morchilik 

san’ati  namunalari  o’zining  go’zalligi  va  hashami  bilan  shu  paytga  qadar  ham  har  qanday  ko’zni  o’ziga 

maftun  etib  kyelmokda.  Bu  narsa  Tyemur  va  Tyemuriylar  naslining,  siz  va  bizning  qalblarimizda  o’z  ota-

bobo avlodlarimiz bilan haqli suratda g’ururlanish va faxrlanish his-tuyg’usini uyg’otadi. 

2-masala: 

Tyemur  va  Tyemuriylar  davrida  ma’naviy-madaniyat,  ilm-fan  yuqori  darajada  rivojlandi. 

Hududimizda  madrasalar  X  asrdayoq  yuzaga  kyelishiga  qaramasdan  uning  haqiqiy  rivojlanishi  uni  Amir 

Tyemur davriga to’g’ri kyeldi. SHu bois uni sharqda oliy ta’limning asoschisi dyeb ataydilar. 

Ko’pgina  tarixni  soxtalashtiruvchilar  bu  davrdagi  fan  rivojini  Amir  Tyemurning  chyetdan  ko’plab  

olimlarni olib kyelishi bilan bog’lashga urinadilar. Bu haqiqatni Turon zaminida Amir Tyemurga qadar ham 

Al Xorazmiy, Al Farobiy, Al Byeruniy, Al Farg’oniy, Ibn Sino, Al Buxoriy kabi buyuk allomalar bo’lganligi 

bilan  tushuntirish  mumkin.  Buning  asosiy  sabablari  Amir  Tyemurning  o’zi  o’qimishli  savodxon  va 

ma’rifatparvar  inson  bo’lgan.  Faqat  o’qimishli,  savodxon  va  ma’rifatparvar  insongina  olimu-ulamo, 

ziyoning,  yurt  tarakkiyotining  va  el  farovonligining  hamda  madaniy  jabhadagi  ishlarning  qadrini  bilish 

mumkin. 

O’z ona tilidan tashqari fors va mo’g’ul tillarini yaxshi bilgan Amir Tyemur mamlakati taraqqiyotiga 

xalqning  madaniy  va  ma’naviy  kamolotida  ilm-fan  va  ma’rifatning  ahamiyatini  juda  qadrlardi.  SHu  bois  u 

o’z  yurtida  bo’lsin,  harbiy  yurishlari  sharoitida  bo’lmasin,  ularning  millati  irqidan  kat’iy  nazar  kasb-hunar 

egalari,  ustalar,  mye’morlar,  olimu  fuzalolar,  adabiyot  va  san’at  arboblarini  o’ta  qadrlar,  ular  bilan  doimo 

suhbatlashar, ularning fikr  va  mulohazalariga  doimo  qulok solar edilar; Ma’naviy  madaniyat xodimlarining 

ishlash,  yashash  va  ijod  qilishlari  uchun  barcha  shart-sharoitlar  yaratib  byerilar  edi.  Tarixchi  Ibn  Arabshoh 

haqiqatni  tan  olib  quyidagilarni  yozishga  majbur  bo’lgan:  "Tyemur  olimlarga  myehribon  bo’lib,  sayyidu 

shariflarni  o’ziga  yaqin  tutardi.  Ulamolar  va  fozillarga  to’la-to’kis  izzat  ko’rsatib,  ularni  har  qanday 

kimsadan batamom muqaddas ko’rardi. Ularning har birini o’z martabasiga ko’ra o’z ikromu hurmatini unga 

izhor etardi. Ularga nisbatan o’z muruvvatu bisotini yoyardiki, bu muruvvati uning hayvati bilan aralash edi. 

Ular bilan mazmunli bahs ham yuritar edikim, bu bahsda insofu hikmat bo’lardi".

i

  

Tyemur tarix kitoblari, xudoning raxmati va salomi bo’lgur anbiyolar qissalarini podshoxlar siyratlari 



va o’tgan xaliflar haqidagi hikoyalarni doimo safarda ham, qadarda ham o’qitib, qunt bilan tinglar edi...."

2)



SHarafuddin  Ali  YAzdiy  "Zafarnoma"  asarida  Amir  Tyemurning  olimu-ulamolar  bilan  bo’lgan 

suhbatlardan birini quyidagicha yozadi: "Amir Tyemur yig’ilganlarga qarata murojat qiladi; Fan va dinning 

mashhur kishilari o’z maslahatlari bilan podshohlarga yordam byerib kyelganlar, sizlar esa myenga nisbatan 

qilmayapsizlar.  Myening  maqsadim  mamlakatga  adolat  o’rnatish,  tartib  va  tinchlikni  mustahkamlash, 

fuqarolarning  turmushini  yaxshilash,  yurtimizda  qurilishlarni  kuchaytirish,  davlatimizni  rivojlantirishdir. 

Sizlar  bu  ishlarni  amalga  oshirishda  myenga  o’z  maslaxatlaringiz  bilan  ko’maklashishingiz  kyerak. 

Mamlakatning ahvoli, dyevonning suistye’mol kilinganligi va kilinayotganligi, oddiy odamlarning joylardagi 


 

361 


                                                                                                                                                                                        

hokimlar tomonidan qisib qo’yilishi kabi  hollar hammadan ko’ra sizlarga ayondir. SHular haqida  ma’lumot 

byersangizlar,  bu  kabi  adolatsiz  ishlarni  bartaraf  etuvchi  hamda  shariat  va  qonunlarga  muvofiq  chora-

tadbirlarni  aytsangizlar  yaxshi  bo’lardi",  -dyeydi.  U  o’z  aytganlariga  amal  qilib,  lavozimlarini  suistye’mol 

qilgan o’g’li Mironshohni lavozimidan ham pastlashtirgan. 

Amir  Tyemurning  bu  harakati  natijasida  o’lkada  ilm-fan  ahli,  ijodkorlar  uchun  yaratilgan  bunday 

shart-sharoit, g’amxo’rlik tufayli Samarqand dunyoning ma’rifat markazlaridan biriga aylandi. Buni eshitgan 

ilm-fanga  havas  qo’ygan  ijodkorlar  Samarqandga  o’z  hohishlari  bilan  kyelganlar.  Jumladan,  XIV  asrning 

o’rtalarida Turkiyaning Bursa shahridan Qozizoda Rumiy o’z ixtiyori bilan Samarqand shahriga kyelganligi 

ma’lum. YAna shuni e’tirof qilish zarurki, Amir Tyemur chyet mamlakatlardan Samarqandga olib kyelganlar 

orasida Xusomiddin Ibrohimshoh Kyermoniy singari tabib, Mavlono Axmad singari falakiyotshunos kabilar 

ham bor edi. 

Tyemuriylar  davrida  ayniqsa  falakiyotshunoslik  fani  yuksaldi.  Bu  o’rinda  Ulug’byek,  Qozizoda 

Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi kabilar alohida e’tirofga molik. 

Gumanitar  fanlar  sohasida  ham  katta  yutuqlar  qo’lga  kiritildi.  Tarix  ilmi  bobida  Amir  Tyemurning 

harbiy  zafarlarini  o’zining  "Zafarnoma"  asarida  yoritgan  SHarafiddin  Ali  YAzdiy,  "Zubratut  Tavarix" 

("Tarixlar qaymog’i") asarining  muallifi Xofizi Abru", "Matlaus Sa’dayn" ("Ikki baxtning boshlanmasi")  ni 

yaratgan Abddurazzoq Samarqandiy, 7 jildlik "Ravzatus Safo" ("Soflik bog’i") muallifi Mirxond, "Xulosatul 

- axbor" ("Xabarlar xulosasi") ning muallifi Xondamir, "Go’zal vokyealar" asarini yozgan Zayniddin Vosifiy 

va boshqalar yuksaklik martabasiga erishdilar. 

Mirzo Ulug’byek Tyemuriyzodalardan fan va madaniyat sohasida barakali xizmat qilganlardan biridir. 

U  Samarqandda  birinchi  falakiyotshunoslik  akadyemiyasiga  asos  solgan  olim  sifatida  dunyoga  tanildi. 

Taniqli  tarixchi  olim  Bo’riboy  Ahmyedov  o’zining  "Ulug’byek"  nomli  kitobida  fransuz  faylasufi  va 

tarixchisi  Voltyerning  quyidagi  so’zlarini  kyeltiradi:  "Transaksoniyada  Amir  Tyemurning  o’rniga  taxtga 

chiqqan  mashhur  Ulug’byek  Samarqandda  birinchi  akadyemiyaga  asos  soldi,  yer  kurrasini  o’lchashni 

buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzishda ishtirok etdi"

i



Ulug’byek  yaratgan  rasadxona  o’z  davrining  akadyemiyasi  bo’lgan.  Rasadxonada  1080  ta  yulduzlar 



tasvirlangan  katalog  tuzildi,  yulduzlarning  byelgisi  undan  to’qqizgacha  aniq  bo’lgan  turish  burchaklari 

sinuslari  va  tangyenslari  natural  qiymatlarining  jadvallari,  shuningdyek  yer  hududidagi  ko’p  sonli  nuqtalar 

koordinatalari  "kyenglik  va  uzunlik"ni  qamrab  olgan  jadvallar  ishlab  chiqildi.  Rasadxonada  Ulug’byek 

rahbarligida  o’tkazilgan  ishlar  uning  matyematika,  gyeomyetriya  va  falakiyotshunoslik  sohasida  chuqur 

bilimlar  sohibi  ekanligidan  guvohlik  byeradi.  Ulug’byek  Qur’oni  Karimning  aksariyat  qismini  yoddan 

bilgan. Fiqhdan xabardor bo’lgan mantiqni chuqur o’zlashtirgan. 

Ulug’byek akadyemiyasida 1417 yildayoq dunyoning turli mamlakatlaridan kyelgan olimlar soni 100 

tadan  oshib  kyetgan.  Ular  orasida  adiblar,  muarrixlar,  hattotlar,  musavvirlar,  gyeograflar  bor  edi.  Xususan 

falakkiyot va matyematika sohalari olimlari obro’liroq hisoblanganlar.  

Ayniqsa, bu borada Ulug’byek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Mavlono 

Muhammad Xavofiy kabilarning nufuzi kuchli bo’lgan. 

Ulug’byek  madrasasida o’quv  mashg’ulotlari 1420 yilda boshlangan. Madrasaning birinchi  mudarrisi 

Mavlono  Muhammad  Xavofiy  bo’lgan.  U  birinchi  ma’ruzani  o’qiganida  90    olimdan  faqat  2  kishi  Mirzo 

Ulug’byek  va  Qozizoda  Rumiy  ma’ruza  mazmunini  tushuna  olgan  xolos.  Madrasada  ilohiyot  ilmlaridan 

(Kur’on,  hadis,  tafsir)  tashqari  riyoziyot  (matyematika),  xandasa  (gyeomyetriya),  ilmi  xay’at 

(falakiyotshunoslik), tibbiyot (munkina), tarix, gyeografiya, ilmi aruz (poeziya) singari dunyoviy ilmlar ham 

o’qitildi. 

U  qoldirgan  asarlardan  «Ziji  Ko’ragoniy»,  «Bir  daraja  sinusini  aniqlash  haqida  risola»,  «Risolai 

Ulug’byek", "To’rt ulus tarixi", "Musiqa ilmi haqida risola" kabilardir. 

"Zij"  ning  birinchi  kitobi  7  bobdan  iborat  bo’lib,  u  eralar  va  kalyendarlarga  bag’ishlangan.  Uning 

ikkinchi kitobi 22 bobdan iborat bo’lib, matyematika va falakiyotshunoslikga bag’ishlangan. Unda Quyosh, 

Oy  va  byeshta  sayyoraning  harakati  kuzatiladi.  Uchinchi  kitob  13  bobdan  iborat  bo’lib,  fakat 

falakiyotshunoslikka  bag’ishlanadi.  To’rtinchi  kitob  2  bobdan  iborat  bo’lib,    ilmu  nujumga  bag’ishlanadi. 

Ulug’byekning astronomik jadvali o’sha davr uchun o’ta yuksak hisoblanib, falak alburj tyekisligining hatti 

ustivoga  og’maligi  Ulug’byek  jadvalida  23  daraja,  30  daqiqa  va  17  soniyani  tashkil  etadi.  Hozirgi  hisobga 

ko’ra  23  daraja  30  daqiqa  va  49  soniyani  tashkil  qiladi.  Dyemak,  farq  32  soniyani  tashkil  qiladi. 

Ulug’byekning yil hisobi bor yo’g’i 1 minutu 2 soniyaga farq qiladi. 

3-masala: 

Tyemur va tyemuriylar davrida nafis kitob va hattotlik san’ati ham rivoj topdi. Uzoq tarixiy o’tmishda 

bosmaxona  bo’lmagan.  Kitoblar  qo’lda  ko’chirilgan.  Ular  nafaqat  mazmunan,  balki  tashqi  ko’rinishi  va 

byezagi  jihatdan    ham  kitobxonlar  talabiga  javob  byerishi,  odamlarda  ma’naviy  estyetik  dunyoqarashni 

shakllantirishi zarur edi. SHu bois bu davrda nafis kitob va hattotlik buyuk san’at darajasiga ko’tarildi.  


 

362 


                                                                                                                                                                                        

Nafis  kitob  yaratishda  ishlatilgan  Samarqand,  Buxoro  qog’ozlarining  dovrug’i  yuqori  bo’lgan. 

Kitoblarni yaratishda unga turli xil suyuqlik moddalar va ranglar ishlatilgan. Kitobdan yoqimli va xushbo’y 

hidlar  taralgan.  Musavvirlar  ishlatiladigan  bo’yoqlarda  oltin  va  kumush  eritmalari  aralashtirilar, 

muqovalarining go’zal bo’lishlari uchun charmlardan ustalik bilan foydalanilgan. 

Bunday  kitoblarning  ko’plari  shoxlar,  amirlar,  xonu  sultonlar  buyurtmalar  asosida  yaratilgan  va 

maxsus kutubxonalarda saqlangan. 

XV-XVI  asrlardagi  hattotlik  san’atining  buyuk  namoyondalariga  Mir  Ali  Tabriziy,  Abduraxmon 

Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mirosh Naqqosh, Byehzod kabilarni kiritish mumkin. Hattotlik san’atining 

buyuk  namoyondalaridan  biri  Sulton  Ali  Mashhadiydir.  YOshligidan  husni  hatga  qiziqqan  Sulton  Ali 

Mashhadiy  husni  xat  sultoni  darajasiga  ko’tarildi  va  «Husni-hattotlar  sultoni»  dyegan  elda  nom  tarqatdi. 

Sulton Ali 1461 yilda Nizomiyning «Mahzanul-Asror» dostonini, 1464 yilda Xofiz dyevonini va 1465 yilda 

Alishyer Navoiy dyevonini ko’chirgan. 

Uning ijodiy faoliyatida Tyemuriy Sulton Husayn Boyqaro va Alishyer Navoiyning salmoqli o’rni bor. 

U Husayn Boyqaro kutubxonasida ishlagan va Hirot hattotlariga rahbarlik qilgan. Sulton Ali shaxsan Husayn 

Boyqaro  va  Alishyer  Navoiy  topshiriqlarini  bajargan  va  ularning  asarlarini  ko’chirgan.  U  har  kuni  Husayn 

Boyqaro uchun  ellik bayt  va Alishyer Navoiy uchun - 20 bayt ko’chirar edi. Mashhur hattot  ko’chirgan 50 

dan ortiq asar bizgacha yetib kyelgan. 

Sulton  Ali  Mashhadiy  o’ymakorlik  san’atining  ham  mashhur  ustasi  bo’lgan.  Husayn  Boyqaro  qabr 

toshidagi  o’yib  yozilgan  matn  parchasi  ham  Sulton  Ali  tomonidan  yozilgan.  U  shye’riyat  bobida  ham 

binoiydyek qalam tyebratgan. 

Tyemur va Tyemuriylar  sulolasi davrining ulkan muvaffaqiyatlaridan biri tasviriy san’atning gurkirab 

o’sganligi  bo’ldi.  XIV  va  XVI  asrlarda  tasviriy  san’atda  Byehzod,  Mirak  Naqqosh,  Qosim  Ali,  Maqsud 

Muzahhib, Hoja Muhammad Naqqosh, SHoh Muzaffar va boshqalar barakali ijod qildilar. 

Xalqimizning  ajoyib  tasviriy  san’ati  yaratgan  asarlar  o’ziga  xos  uslubga  ega  bo’lishi  bilan  birga  u 

fantastik  mavhumlikdan  hayotiylikka,  aniqlikka  tomon  o’sib  borgan.  Bizgacha  yetib  kyelgan  va  ma’naviy 

myeros  boyliklariga  qarab  xulosa  qiladigan  bo’lsak,  tasviriy  san’at  yodgorliklarini  yo’nalishlariga  qarab 

quyidagi  guruhlarga  bo’lish  mumkin:  portryetlar,  hayotiy  lavhalar,  pyeyzaj,  binolarga  solingan  suratlar, 

badiiy asarlarga ishlatgan rasmlar va hokazo. 

Biz  fikr  yuritayotgan  davrda  tasviriy  san’at  ijodkorlari  tomonidan  hayotiy  va  aniq    bo’yoqlarda 

ishlangan  Jomiy,  Navoiy,  Abdulla  Xatixiy,  Byehzod,  Husayn  Boyqaro,  Bobur,  SHayboniyxon  va 

boshqalarning portryet-suvratlarini ko’ramiz.  

Rassomlar  tomonidan  yaratilgan  asarlarda,  rasm-portryetlarda  haqiqiy  hayot  voqyeligi  o’z  aksini 

topgan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tub mohiyati ustamona va mohirlik bilan ko’rsatilgan. 

O’z zamonasining mohir rassomi va o’ta noyob qobiliyat egasi Kamoliddin Byehzod 1455 yilga yaqin 

Hirotda  tug’ilgan.  Ota-onadan  yoshlikdan  yetim  qolgan  Byehzodni  Husayn  Boyqaro  kitobdori  Mirak 

Naqqosh o’z tarbiyasiga olib unga homiylik ko’rsatadi. O’zining qobiliyati va iqtidorligi bilan boshqalardan 

ajralib turadigan Byehzod yoshlikdan rassomlik san’atiga qiziqadi, ko’p o’tmay ilm-fan, san’at va madaniyat 

homiysi Alishyer Navoiy noyob istye’dod va qobiliyat egasi bo’lgan Kamoliddin Byehzodga alohida e’tibor 

byeradi  va unga  har tomonlama  yordam  qo’lini cho’zadi. 1510  yilgacha bo’lgan umrini Hirotda o’tkazgan. 

Byehzod, kyeyinchalik Ozarbayjonga - Tabriga kyetadi. U yerda Byehzodni safaviylar poytaxti kutubxonasi 

va san’atkorlarining boshlig’i  etib tayinlaydilar. Kamoliddin Byehzod shu  yerda taxminan 1533-1537  yillar 

orasida vafot etadi. 

Kamoliddin  Byehzod  o’zining  hayratomuz  rassomchilik  san’ati  bilan  «Moniy  Soniy»  (ikkinchi 

Moniy)

1

 va «SHarq Rafaeli» nomi bilan jahonga mashhur bo’lgan. U rassomlikda Hirot maktabiga asos soldi 



va  ustoz  san’atkor  sifatida  Turkiston  o’lkasi,  Eron,  Ozor  yurti  va  boshqa  o’lkalarda  tasviriy  san’atning 

rivojiga katta hissa qo’shdi.  

Atoqli va mashhur rassom Kamoliddin Byehzod tomonidan yaratilgan SHoir Abdullo Hotifiy, Husayn 

Boyqaro, SHayboniyxon portryetlari, Sa’diyning «Bo’ston» kitobi va Nizomiyning «Hamsa» siga ishlangan 

rasmlar  bizgacha  yetib  kyelgan  va  u  hozir  xalqimizning  nodir  yodgorliklari  sifatida  Toshkyent,  Sang-

Pyetyerburg,  London,  Tyehron,  Qobul  va  boshqa  shaharlarning  muzyey  va  kutubxonalarida  saqlanmokda. 

Kamoliddin  Byehzod  juda  ko’plab    nomdor  kobiliyatli  shogirdlar  yetishtirdi.  Sulton  Muhammad 

Kamoliddin, Qosim Ali, SHoh Muzaffar, Mahmud Muzahhib kabi musavvirlar shular jumlasidandir. 

Tyemur  va  Tyemuriylar  davri  madaniyatining  yuksak  rivojlanganligidan  dalolat  byeruvchi  yana  bir 

soha bu musiqa san’atidir. Buyuk Sohibqiron Amir Tyemur haqidagi manbalarda va xalq rivoyatlarida uning 

musiqa  san’atiga  juda  katta  e’tibor  bilan  qaraganligi,  turli  mamlakatlardan  poytaxti  Samarqandga  ko’plab  

san’at shinavandalarini to’plab, bazmi jamshid davralarini musiqa va qo’shiq ixlosmandlari bilan ko’rganligi 

hikoya  qilinadi.  Ibn  Arabshoh  jumladan,  Tyemur  saroyida  juda  ko’plab    musiqashunoslar,  hofiz  va 

qo’shiqchi  san’atkorlar  bo’lganligini  yozadi  «......  (YAna)  Hoja  Muhammad  az-zohid  Buxoriy,  ulug’ 



 

363 


                                                                                                                                                                                        

tafsirchi, hadischi, hofiz bo’lib, Qur’oni ul-karimni yuz jilda tafsir qilgan.... Qorilardan mana shular ikkalasi 

va (YAna) Mavlono Faxruddin bor edi. Qur’oni qiroatda ham, savtda ham tajvid bilan yod olgan kishilardan 

Abdulatif  ad-Domg’oniy,  mavlono  Asaddudin,  SHarif  Hofiz  Husayniy,  Mahmud  Muxrik  al-Xorazmiy  va 

Jamoliddin  Ahmad  al-Xorazmiy  va  musiqa  ilmida  ustoz  bo’lgan  Abdulqodir  al-Marog’iy  edi.

1

  Tyemur  va 



Tyemuriylar hukmronligi davrida juda ko’plab  musiqa san’at ustalari bastakor va hofizlar yetishib chiqqan. 

Abduqodir  Noyi,  Qulmuhammad  SHayxi,  Husayn  Udiy,  SHohquli  G’ijjakiy,  Mavlono  Qosim  Rabboniy, 

Darvyesh  Ahmad  Qonuniy,  Hoja  YUsuf  Andijoniy,  Ustod  SHodiy,  mavlono  Najmiddin  Kavnabiy  va 

boshqalar ana shular jumlasiga kiradi. Bu profyessional musiqachilardan tashqari Ulug’byek, Jomiy, Navoiy, 

Binoiy va boshqa badiiy adabiyot va ilm fan mutafakkirlari ham musiqa shaydosi bo’libgina qolmasdan, bu 

sohada  barakali  ijod  qilganlar  va  uning  taraqqiyotiga  salmoqli  hissa  qo’shganlar.  Jumladan,  Ulug’byek, 

Byelujiy, SHodiyona, Axloqiy, Tabriziy, Usuli ravon va Ulusin baxri usullarini, Navoiy  esa «Isfaxoniy» va 

boshqa kuylarni ijod qilib yaratadi. Jomiy bilan Binoiyning musiqa nazariyasiga oid asarlari shuhrat qozondi.  

X  va  XII  asrlarda  vujudga  kyela  boshlagan  musiqa  san’atining  yangi  un  ikki  maqom  turi  bu  davrga 

kyelib yuksak bosqichga ko’tarildi, yangi kuylar bilan boyidi. O’n ikki maqom ko’pgina kuylar birikmasidan 

tashkil  topgan  bo’lib  quyidagi  sikllarni  o’z  ichiga  oladi;  Rost,  Isfaxon,  Iroq,  Zirafkan,  Buzruk,  Xijoz, 

Bo’slik,  Ushshoq,  Husayniy,  Zangula,  Navo,  Raxoviy.  Bu  maqomlarning  har  biri  ikki  sho’’ba  (qism)  dan 

iborat  bo’lib,  jami  24  sho’’bani  tashkil  etadi;  Dugoh,  Syegoh,  CHorgoh,  Ganjgoh,  Muhayyar,  Hisor, 

Muborakiy,  Nayryez,  Nishopurak,  Royi  Iroq,  Mag’lub,  Raqb,  Bayot,  Zabul,  Avj,  Navro’zi  xora,  Ma’mur, 

Ashiron, Navro’zi sabo, Humoyun, Nuxuft, G’azal, Arabon va Ajam. 

Xalq o’rtasida SHoshmaqom (olti maqom) nomi bilan kuylanib kyelayotgan musiqa asarlari yuqorida 

biz sanab kyeltirgan o’n ikki maqom zaminida shakllangandir. 

4-masala: 

Tyemur va Tyemuriylar davri  ma’naviy  madaniyatning ulkan  muvaffaqiyatlaridan biri - bu badiiy  ijodning 

tyez  rivojlanib  borganligidir.  Bu  davrga  kyelib  eski  o’zbyek  adabiy  tilining  shakllanish  jarayoni  asosan 

tugallandi, dunyoviy adabiyot adabiy hayotning yetakchi yo’nalishi bo’lib qoldi. 

O’ta barakali ishlagan Qutb, Xorazmiy, Xo’jandiy, Sayfi Saroiy, Durbyek, Xaydar Xorazmiy, Amiriy, 

YAqiniy,  Ahmadiy,  Atoiy,  Sakkokiy,  Imod  Mavloniy,  Mavlono  Qozi  Muhsin,  Mavlono  Isxoq  Lutfiy, 

Husayn  Boyqaro  va  boshqalar  bu  davrda  jahon  madaniyati  taraqqiyotiga  muhim  hissa  qo’shdilar.  Biz  bu 

davrda  eski  o’zbyek  adabiy  tilining  asoschilaridan  biri,  o’zbyek  klassik  adabiyotining  cho’qqisi,  shye’riyat 

mulkining sultoni, buyuk davlat arbobi Alishyer Navoiyning ijodi bilan faxrlanamiz. 

Alishyer  Navoiy  o’zbyek  xalqining  ulug’  shoiri  va  mutafakkiri,  olim  va  davlat  arbobi,  jahon 

adabiyotining  Nizomiy  Ganjaviy,  Amir  Husrav,  Dyehlaviy,  Firdavsiy,  Abduraxmon  Jomiy  singari  ulug’ 

san’atkorlaridan biridir. U 1441 yil 9 fyevralda Hirotda tug’ilgan. Alishyerning otasi G’iyosiddin kichkina va 

bir nyecha qarindoshlari tyemuriylarga yaqin amaldorlardan, buvilari esa tyemuriylarga yaqin amaldorlardan, 

tyemuriy shahzodalarning  enagalaridan bo’lgan.  Atoqli  muarrix Mirxond  o’zining  «Ravzvtus-Safo» asarida 

«Amir  Alishyerning  bobosi  Amir  Tyemurning  o’g’li  Umarshayx  bilan  ko’kaldosh  edi»  -  dyeb  yozadi. 

Navoiy go’dakligidan boshlab Tyemuriy shahzodalar bilan birga tarbiya topdi. Uni to’rt yoshidayoq o’qishga 

byerdilar.  Alishyer  Husayn  Boyqaro  bilan  birga  o’qidi,  yoshlik  chog’idan  boshlab  san’at  va  adabiyotga 

myexr  qo’yib,  Farididdin  Attor,  Qosim  Anvar  va  boshqa  mashhur  shoirlarning  shye’rlarini  yod  olishni 

mashq  qildi.  Husayn  Boyqaro  bilan  birga  o’qishlik  uzoqqa  bormadi.  1447  yilda  SHohrux  vafotidan  so’ng 

boshlanib  kyetgan  toju-taxt  kurashi  natijasida  Navoiylar  oilasi  Iroqning  Taft  shahriga  ko’chib  kyetdi.  U 

yerda  yosh  Alishyer  mashhur  tarixchi  SHarafiddin  Ali  YAzdiy  suhbatida  bo’ldi.  Ali  YAzdiy  Alishyerning 

aqli, zyehni va fahmi-farosatidan hayratlandi. 1452 yilda Abdulqosim Bobir Hirotni egallagach, mamlakatda 

osoyishtalik  va  tartib  o’rnatildi.  G’iyosiddin  oilasi  bilan  Hirotga  qaytadi  va  Sabzavor  hokimligiga 

tayinlanadi.  Yetti  yoshligidan  shye’riyat  ishqiga  mubtalo  bo’lgan  Alishyer  o’qishni  davom  ettirdi.  U  o’qib 

yurgan  kyezlarida  adabiyotdan  tashqari  musiqa,  rasm,  hattotlika  ham  qiziqadi.  O’zbyek  va  fors-tojik 

shoirlarini  zo’r  havas  bilan  o’rgangan.  Alishyer  Attor,  Hisrav  Dyehlaviy,  Nizomiy  Ganjaviy,  YAssaviy, 

Lutfiy  va  Abduraxmon  Jomiy  singari  ulug’  siymolarni  ustoz  dyeb  biladi.  Zaxiriddin  Bobur,  Davlatshoh 

Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Sulton Husayn Boyqaro, Kamoliddin Byehzod va boshqalarni faxr bilan 

zamondoshim dyeb ataydi. 

1456-1464 yillarda Alishyer Navoiy Mashhadda yashaydi va Xuroson podshosi Abulqosim Bobirning 

xizmatida bo’ladi. Bu yerda uning shoirlik qobiliyati yorqin ko’zga tashlanadi. O’zi shoir bo’lgan Abulqosim 

Bobir va uning saroyidagi atoqli shoirlar Alishyerning yuksak va noyob zyehni va qobiliyatiga yuqori baho 

byeradilar. Alishyer  otadan  yosh  yetim  qoladi.  Abulqosim  Bobur yosh  Alishyerga  ota o’rniga  otalik qiladi. 

15  yoshidan  boshlab  Alishyer  maktabdosh  do’sti  Husayn  Boyqaro  bilan  birga  Abulqosim  Bobir  saroyida 

xizmatda bo’ldilar. 1457 yil  Abulqosim  Bobur vafot  etdi. Navoiy Mashhadda qolib, o’qishni davom  ettirdi, 

mantiq (logika), falsafa, riyozat (matyematika) va boshqa fanlarni qunt bilan o’rgandi.  

Navoiy  Mashhadda  ikki  tilda  shye’rlar  ijod  qilishni  davom  ettirdi  va  «zullisonayn»  (ikki  til  egasi) 


 

364 


                                                                                                                                                                                        

nomi  bilan  shuhrat  qozondi.  O’zbyek  tilida  ijod  etgan  shye’rlariga  «Navoiy»  («Navo»  so’zidan)  fors-tojik 

tilidagi shye’rlariga esa «Foniy» («Fano» so’zidan) taxallusini byerdi. 

Abulqosim  vafotidan  so’ng  Xuroson  Abdusaid  hukmronligiga  o’tadi.  Mansab  va  davlat  orzusida 

yurgan Husayn Boyqaro Marvga kyetadi va taxt da’vogarligi uchun bu yerda kuch to’plashga kirishadi. 

YOshlikdan Husayn Boyqaro bilan qadrdon do’st bo’lgan Alishyer Hirot hukmdori Abusaidga qarshi 

bosh ko’targan badaxshoniylarga xayrihohlik izhor qiladi. Bundan g’azablangan Abusaid Alishyer Navoiyni 

1466  yilda  Hirotdan  Samarqandga  badarqa  qiladi.  Navoiy  Samarqandda  uch  yil  g’oyat  og’ir  moddiy 

sharoitda  ilm  oladi.  Vafoiy  taxallusi  bilan  yaxshigina  shye’rlar  yozib  elga  tanilgan  Samarqandning 

ma’rifatparvar hokimi Ahmad Hojibyek olim Fazululloh Abullays va boshqalar Alishyer Navoiyga homiylik 

qildilar  va  katta  yordamlar  ko’rsatdilar.  Ayniksa,  o’z  zamonasining  mashhur  olimlaridan  hisoblangan 

Fazululloh  Abullays  Alishyerning zyehni  va qobiliyatiga tan byerib, unga katta yordam byerdi,  mudarrislik 

qildi  va  Navoiyni  o’ziga  farzand  dyeb  bildi.  Tarixchi  Xondamir  «Makorim  ul-axloq»  asarida  Fazululloh 

Abullaysning  Navoiyga  ayricha  munosabatini  quyidagi  jumlalardan  bitgandi;  «...  Hoja  janoblari  Oliy 

Hazratning o’tkir zyehnli  ekanini  har vaqt maqtar edi va boshqa o’quvchilardan uni  ortiq  ko’rar edi». Botir 

Valixo’jayev  «Muloqot»  oynomasining  1991  yil  2-sonida  chop  etilgan.  «Alishyer  Navoiyning 

Samarqanddagi qadamjolari» maqolasida Hoja Fazululloh Abullays haqida quyidagi ma’lumotlarni byeradi; 

«Zamonasining  Abu  Hanifasi  (fikh  olimi),  obni  Hojibi  (arab  tilshunosi),  Abu  Ali  Ibn  Sinosi  dyeb  e’tirof 

etilgan Hoja Fazululloh Abullays haqida hozircha ma’lum bo’lgan ma’lumotlar shular. 

Alishyer  Navoiy  ana  shu  alloma  qoshida  ikki  yil  huquqshunoslik,  arab  tili  va  adabiyoti, 

shye’rshunosligidan saboq oldi......» Tyemuriylar sulolasining ma’muriy va yirik madaniy markazlaridan biri 

bo’lgan  Samarqand  Alishyer  Navoiy  faoliyatining  shakllanishida  g’oyatda  katta  rol  o’ynaydi.  Bu  yerda  u 

atoqli  olimlar,  san’atkorlar  va  Mirzo  Hoja  So’g’diy,  Sayid  Qutb  Samarqandiy,  YUsuf  Safoiy,  SHayxim 

Suhayliy  kabi  o’sha  davrning  mashhur  shoirlari  bilan  uchrashdi,  ulardan  ko’p  narsalarni  o’rgandi  va  o’rni 

kyelganda  o’zi  ham    ularga  saboqlar  byerdi.  Samarqanddagi  boy  madaniy  va  ilmiy  myeros,  ayniqsa 

Ulug’byek  madrasasi  va  Ulug’byek  rasadxonasi  Navoiy  hayotida  o’chmas  iz  qoldirdi.  Navoiy  o’zining  bu 

ta’surotlarini  «Hamsa» sida  ifoda etadi.  Ayni  zamonda Navoiy siyosatchilarga aralashdi, ko’plab  gunohsiz 

kishilarni  o’lim  hukmidan  saqlab  qoldi,  zolim  amaldorlarni  qoraladi  va  ularga  qarshi  kurashdi.  U  tarixchi 

olim  Abdurazzoq  Samarqandiy,  Davlatshoh  Muhammad  Olim  Samarqandiy  va  boshqalarga  homiylik  qildi. 

Navoiy Hoja Ubaydullo Hoja Axrori Vali suhbatlaridan bahraman bo’ldi.  

Xullas,  Samarqand  Alishyer  Navoiyning  shakllanishida  buyuk  bir  davrni  tashkil  etganidyek, 

Samarqand, Movarounnaxr taraqqiyotida ham Alishyer Navoiy o’ziga xos o’chmas iz qoldirdi. Samarqandda 

ilm-fan, san’at va adabiyotning yuksaklik kamolotida Alishyerning hissasi kattadir. 

1469  yilda  Navoiyning  do’sti  Husayn  Boyqaro  Hirot  taxtiga  o’tirdi.  SHu  yili  Alishyer  Navoiy  ham 

Hirotga qaytdi. U maktabdosh do’sti Husayn Boyqaroni tabriklab, mashhur «Hiloliya» qasidasini yozdi.  

Alishyer Navoiy singari obro’li va tadbirli kishilarga muhtoj Husayn Boyqaro maktabdosh do’stining 

Hirotga tashrif buyurganligidan xursand bo’lib, uni saroyga chaqirib muxrdorlik vazifasiga qo’ydi. Bu katta 

lavozim edi, albatta. 

Navoiyning  xalq  orasida  obro’-e’tibori  osha  bordi.  U  oddiy  xalq  manfaatini  hamma  narsadan  ustun 

qo’ydi, zolim amir-amaldorlar va mamlakatni bo’lib yuborishiga intilayotgan shahzodalarga qarshi kurashdi. 

Navoiy do’sti Husayn Boyqaroga qarshi uyushtirilgan YOdgor Muhammal fitnasini fosh qildi va uni bartaraf 

etdi.  Navoiyning  talabi  bilan  xalq  gardaniga  haddan  tashqari  soliqlarni  oshirib,  zulmlarni  kuchaytirayotgan 

amaldorlar  o’z  vazifalarini  chyetlattirdilar.  Bunga  1470  yilda  mamlakat  poytaxtida  ko’tarilgan  xalq 

qo’zg’aloni  misol  bo’la  oladi.  Alishyer  Navoiy  xalq  tomonidan  bo’ldi.  Xuroson  xalqini  xo’rlagan  byek  va 

amaldorlar qattiq jazolandilar. Xususan, ana shu voqyeadan so’ng Alishyerning shuhrati xalq orasida kyeng 

tarqaldi.  O’z  hokimligining  dastlabki  yillarida  ancha  syezgi  va  ziyrak  bo’lgan  Husayn  Boyqaro  1472  yilda 

Navoiyni Amirlik (vazirlik) lavozimiga tayinladi. Navoiy o’z vazirlik faoliyati  davomida xalq  va  mamlakat 

yo’lida  juda  ko’plab    foydali  va  ibratli  ishlarni  amalga  oshirdi.  Tarixchi  Xondamirning  byergan 

ma’lumotlariga qaraganda Navoiy mamlakatda madaniyat, qurilish va obodonchilik ishlarini rivojlantirishda 

Husayn  Boyqaro  tomonidan  ajratilgan  davlat  xazinasi  mablag’laridan  tashqari  byevosita  o’zining  shaxsiy 

boyliklarini  ham  sarf  qilgan.  Buyuk  shoirning  zamondoshi,  taniqli  forsiyzabon  shoir  Mavlono  Binoiy 

o’zining  Navoiyga  bag’ishlab    yozgan  qasidasida  quyidagilarni  qayd  etadi;  «Sulton  davridagi  Amir 

Alishyerning  vasfini  aytmoqchiman.  Myen  uning  barcha  fazilatlarini  tasvir  etmoqchiman.  Uning  davrida 

Hirot  eng  go’zal,  obod    bo’lib,  tikonzorlar  ham  boqqa  aylandi.  Olimu  fozillar,  shoiru  san’atkorlar  shahriga 

aylandi.  Adabiy  muhit  va  madaniy  xayot  yuksaldi.  Hirotdagi  imoratlar  uni  jahondagi  barcha  shaharlardan 

chiroyli qildi. 

Zyero Samarqandda og’ir iqtisodiy qiyinchilikda yashagan Navoiy Hirotga qaytgach, otasidan qolgan 

juda  katta  mol-mulk  va  davlatga  egalik  qildi.  Uning  nafaqat  Hirotda,  balki  Sabzovor,  Mashhad  va  boshqa 

viloyatlarda ham juda ko’plab  mol-mulki va yerlari bor edi. Navoiy bu mulkda ishlovchi myexnatkashlarga 


 

365 


                                                                                                                                                                                        

himmat  va  marhamat  bilan  qarardi,  oliq-soliqlarni  ancha  yengillashtirardi,  yetim-yesirlarga,  musofirlarga, 

ilm-fan,  san’at  va  adabiyot  ahllariga  in’om-ehsonlar  qilardi.  Taniqli  filolog  olim  Aziz  Qayumov  «Alishyer 

Navoiy»  risolasida  byergan  ma’lumotlarga  qaraganda  Navoiy  jamg’armasi  hisobiga  Hirotda  va  butun 

Xuroson  mamlakatida juda ko’p binolar, madrasa, shifoxona, karvonsaroy, ariq, ko’prik, yo’llar barpo etdi. 

Hirotdagi  «Ixlosiya»  madrasasi,  uning  qarshisidagi  «Xalosiya»  xonaqohi,  Injil  arig’i  bo’yidagi  masjidi 

jomye’,  tib  ilmi  o’qitiladigan  «SHifoiya»  madrasasi,  «Nizomiya»  madrasasi,  Marvdagi  «Xisraviya» 

madrasasi,  Hirotdan  tashqarida  «Raboti  ishq»,  «Raboti  Sang»,  shoir  Attor  qabridagi  maqbara,  Nishopur 

atrofidagi joylardan biridagi «Raboti YAzdod», Gulast Bulog’idan Mashhadga tortilgan ariq (uzunligi 70-80 

km)  va  boshqa  juda  ko’p  inshootlarni  Navoiy  bino  qildirgan.  Tarixchi  Xondamir  shulardan  52  rabot,  20 

hovuz,  16  ko’prik,  8  hammom,  ko’pgina  to’g’on  va  masjidlarni  nomma-nom  kyeltiradi.  Bunday 

inshootlarning  soni  300  dan  ortiqroqdir.  Navoiy  yana  podshoh  saroyiga  ko’p  ilm  va  fazl  ahliga  ehson 

sovg’alar yuborib   turar edi. Aholiga solingan soliqlarni o’zi to’lagan paytlari ham bo’lgan. 1500 yili Hirot 

shahri  va uning atrofidagi aholidan 100  ming  kyepakiy soliq  yig’iladigan bo’ldi. 50  ming  kyepakiyni Hirot 

xalqidan  undirib  olish  kyerak  edi.  Bu  maslahat  Navoiyga  xabar  qilganda  u  hozirgi  fursatda  xalqqa  o’rinsiz 

soliq  solish  Sohibqiron  davlatiga  munosib  bo’lmas,  elda  norozilik  uyg’otar,  dyeb  shuncha  pulni  o’zi  to’lab 

yuborganligi, xalq esa bundan g’oyat minnatdor bo’lib, uni duo qilganligi haqida ma’lumot bor. 

Alishyer Navoiy butun yer suvi, mol-mulkidan har kuni 18 ming shohruxiy dinor miqdorida daromad 

kyelar, bu pullar yuqoridagi kabi xayrli ishlarga sarf etilar edi. 

Alishyer  Navoiyning  ibratomuz  bunday  xayrli  va  savob  ishlari  saroydagi  g’animlarga  yoqmadi  va 

ularning g’azabini uyg’otdi. Navoiyga qarshi ig’vo, fitna va bo’hton avj oldi.  

Navoiy  1476-1477  yillarda  saroy  fitnalariga  javoban  vazirlik  mansabidan  istye’fo  byerdi  va  11  yil 

mobaynida  davlat  ishlariga  aralashmadi.  U  Xondamir  aytganidyek:  «.....  Bir  soatlik  adolat  oltmish  yillik 

ibodatdan  afzal»  dyegan  naqlga  amal  qildi.  Navoiy  saroydan  kyetgan  bo’lsada  siyosatdan  uzoqlashmadi. 

Do’sti  Husayn  Boyqaroga    ishonch  his  tuyg’ulari  bilan  yashadi.  Vazirlik  mansabidan  kyetgan  Alishyer 

Navoiy  ilmiy, badiiy ijod  ishlariga sho’ng’ib kyetdi. U  o’zbyek adabiy tilini taraqqiy  ettirish, bu  tilda  katta 

badiiy  asarlar  yaratish,  bu  tilning  hali  ko’pchilikka  ma’lum  bo’lmagan  badiiy  durdonalarini    ochib,  uning 

katta  imkoniyatlarini ko’z-ko’z qilish va turkiy xalqlar birligini mustahkamlash g’oyalarini ilgari surdi. 

Navoiyning  xalqchil  asarlari  uning  obro’siga  yana  obro’  qo’shdi.  Husayn  Boyqaro  saroyidagi 

Majididdin  boshliq  ig’vogar  kuchlar  bundan  g’oyatda  tashvishda  edilar  va  ular  Navoiyni  Hirotda  qolishini 

o’zlari uchun g’oyatda xavfli  dyeb bilardilar. Bu davrda Husayn  Boyqaro ayshu-ishrat va kayfi-safoga ruju 

qilgan,  davlat  moddiy  jihatdan  og’ir  ahvolga  tushib  qolgan  edi.  Saroydagi  g’animlar  bu  vaziyatdan  ustalik 

bilan foydalanmoqchi bo’ldilar, Navoiyning talabi bilan saroydan chyetlashtirilgan Majididdin biror bir katta 

mansabni  egallash  maqsadida  bir  nyecha  tuman  aqchaga  muhtoj  bo’lgan  Xusayn  Boyqaro  xazinasiga  bir 

yo’la 2000 tuman aqcha kyeltirib topshirdi. SHu yo’l bilan u saroy ishonchini qozondi va vazirlik lavozimiga 

tayinlandi.  Ammo Husayn Boyqaro bu ishni Navoiy  ma’qullamaganligidan tashvishlandi. Nihoyat Alishyer 

Navoiy dushmanlari talabi bilan 1487 yilda Astrobodga hokim etib tayinlash niqobi ostida poytaxt Hirotdan 

surgun  qilindi.  Astrobodda  Navoiy  adolat  o’rnatdi,  tartib-intizomni  yo’lga  qo’ydi,  xalqqa  jabr  va  sitam 

qilgan  amaldorlarni  jazoladi,  obodonchilik  ishlari  bilan  shug’ullandi,  abadiy  ijod  ustida  ishladi,  fan-

madaniyat xodimlariga murabbiylik va homiylik qildi. 

Navoiyning  dushmanlari  uni  Astrobodda  ham  tinch  qo’ymadilar.  Bir  nyecha  bor  uning  joniga  qasd 

qildilar.  Navoiy  bir  nyecha  bor  Hirotga  qaytishga  Husayn  Boyqarodan  ijozat  so’radi.  Uning  iltimoslari 

javobsiz qoldirildi. 

1488  yilda  Navoiyni  zaharlab  o’ldirishga  qasd  qilingan  fitna  fosh  bo’lgach,  Husayn  Boyqaro  uni 

Hirotga  qaytishiga    ijozat  byerdi.  Navoiy  Hirotda  hyech  qanday  rasmiy  lavozimni  qabul  etmadi,  «Janobiy 

oliyning  yaqini»  sifatida  siyosat  ishlariga  aralashdi  va  umrining  oxiriga  qadar  ilmiy,  adabiy  ijod  bilan 

mashg’ul bo’ldi. Ulug shoir bu davrda o’zining asosiy diqqat-e’tiborini Sulton Husayn Boyqaro bilan uning 

farzandlari  o’rtasidagi  toju-taxt  va  davlat  talash  mojarolarini  bartaraf  etishga  qaratdi.  Albatta  bu  ishlar 

Navoiyning  tinka  madorini  quritdi.  Buning  ustiga  shu  yillar  davomida  birin-kyetin  Navoiy  uchun  g’oyatda 

musibatli vokyealar sodir bo’ldi. Bu voqyea Navoiyni g’oyat qattiq istirobga soldi. 

Balx  hokimi lavozimini bajaruvchi  Darvyesh  Ali  o’z  akasi Navoiyga  nisbatan Majididdin tomonidan 

uyushtirilayotgan  ig’volardan  g’azablanib,  Husayn  Boyqaroga  qarshi  isyon  ko’tardi.  Husayn  Boyqaro 

Majididdinni  vazirlikdan  chyetlashtirdi.  Biroq  Majididdin  Navoiyga  nisbatan  ig’vo  va  bo’htonni  davom 

ettirdi.  U Darvyesh  Ali isyonida Navoiyning  qo’li borligiga Husayn  Boyqaroni  ishontirdi. Husayn  Boyqaro 

Balxga Darvyesh Aliga qarshi qo’shin tortganda Navoiy u bilan birga bo’lishga majbur bo’ldi. Darvyesh Ali 

isyoni  bostirilgach,  Navoiyning  bu  isyonga  aloqasi  yo’qligi  ma’lum  bo’ldi.  Husayn  Boyqaro  Darvyesh  Ali 

bilan yarashdi. Ammo ko’p o’tmay u va’dasidan qaytib, Darvyesh Alini zindonga soldi. 

Majididdin  saroydan  chyetlattirgan  bo’lsada  Husayn  Boyqaro  saroyida  yaxshilikka  tomon  o’zgarish 

bo’lmadi.  Sulton  Husayn  kayfu-safoni  avjga  mindirdi.  Majididdin  o’rniga  vazirlikka  tayinlangan  johil 


 

366 


                                                                                                                                                                                        

Nizomul-mulk  saroyidagi  ziddiyat  va  qarama-qarshiliklarni  yanada  cho’g’lantirdi.  U  Husayn  Boyqaroni 

mastligidan  foydalanib,  shoxning  syevikli  xotini  Xadichabyegim  bilan  birga  fitna  uyushtirdi.  Husayn 

Boyqaro  o’g’li  Badiuzzamonning  o’g’li  -  nabirasi  Mo’min  Mirzoning  qatl  etilishi  to’g’risidagi  buyruqqa 

imzo  chyekadi.  Bu  ot-bola  o’rtasida  qattiq  mojarolarning  kyelib  chiqishiga  sabab  bo’ladi.  1499  yilda  esa 

Husayn  Boyqaro  yana  bir  ig’voning  domiga  tushadi  va  Navoiyning  qarindoshi  va  syevikli  shogirdi  shoir 

Mirxaydar Sabuxiyni o’ldirtiradi. Bunday voqyea va hodisalar ulug’ shoirning ruhiy holati va salomatligiga 

albatta  ta’sir  ko’rsatadi.  Ammo  shunga  qaramasdan  Alishyer  Navoiy  buyuk  ijodiy  badiiy  yaratuvchilikni 

davom ettirdi. 1488-1501 yillar davomida u Hirotda bir qator shoxona asarlar yaratdi. «Tarixiy mulki ajam» 

(«Ajam shohlari tarixni Navoiy tarixiy manbalardan kyeng foydalangan holda Firdavsiyning «SHohnoma» si 

kabi badiiy ijod durdonalaridan oziqlanib yaratdi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling