Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81

 

2-masala: 

 Rossiya  impyeriyasining  Turkistondagi  agrar  siyosatidan  ko’zlangan  bosh  maqsadi  va  asosiy 

yo’nalishlarini  davlat  mulklari  va  ziroatchilik  vaziri  A.V.Krivoshyein  shunday  ifodalagan:  "Bu  markaziy 

masalada  uch  ko’rinish  mavjud.  Agar  birinchisida  yarqirab  turgan  yozuv  "Paxta"  bo’lsa,  ikkinchisida 

"Sug’orish"  va  nnxoyat  uchinchisida  uncha  ko’zga  tashlanib  turmagan  bo’lsa  ham  aslida  hammasidan 

muximi  -  "ruslarni  ko’chirib  kyeltirib  o’rnashtirish"  yozuvi  turibdi".

i

  Podshoning  vaziri  markazning 



Turkistondagi  mustamlakachilik  siyosatining  asosiy  yunalishlarini  juda  lo’nda,  muxtasar  tarzda,  ya’ni 

"Paxta",  "Sug’orish",  "ruslarnn  ko’chirib  kyeltirish"  kabi  uch  so’zda  ifodaladi.  A.A.Krivoshyein  o’z 

fikrlarini  aniq  dalillashga  urinib,  masalannng  dastlab  iktisodiy  tomoniga  urg’u  byeradi.  "Bizning  ichki 

bozorimizga so’nggi 20 yil Amyerika paxtasi uchun fakat boj tariqasida 700 million rubldan to’lashga to’g’ri 



 

384 


                                                                                                                                                                                        

kyeldi. 1900 yildan esa yiliga 40 million rubldan to’lab kyelmoqdamiz"

i

 .  


Turkistonning  Rossiya  saltanati  uchun  byebaho  boyliklar  makoni  jamligi  masalasiga,  ya’ni 

mavzuning sof iqtisodiy tomoniga Sankt- Pyetyerburg alohida e’tibor qaratgan edi.  

Oliy  lavozimli yana bir arbob.M.Brodovskiy Turkiston o’lkasining Rossiya manfaati bobidagi o’rni 

va  axamiyatini  yanada  ixchamroq  qilib  ifodalaydi.  "Impyeriyaga  qo’shib  olingan  bu  hududga  dyeb  yozgan 

edi u, - impyeriya bilan chambarchas bog’langan mustamlaka sifatida qaralishi lozim...  

Bu  joy  Yevropa  Rossiyasi  manufaktura  sanoati  extiyoj  syezayotgan  janubiy  iqlim  mahsulotlarini 

yetishtirishga qodir. Qisman ko’chmanchi va chorvador va qisman o’troq asosan dyehqon aholi yashaydigan 

bu  mustamlaka  manufaktura  sanoati  juda  past  rivojlangan.  SHuning  uchun  ham  u  tabiiy  ravishda  Yevropa 

Rossiyasi manufaktura maxsulotlari chaqqon sotiladigan bozorga aylanadi".  

Podsho  amaldori  Turkistonning  mustamlaka  sifatidagi  ahamiyatini  davom  ettirib  "istilo  etilgan  bu 

o’lkadagi  bo’sh  yerlarga  hukumat  xo’jayin  ekanligini  hisobga  olsak,  O’rta  Osiyodagi  mulklarimiz  ichki 

gubyerniyalardagi  ortiqcha  aholini  ko’chirib  kyeltirishga  imkon  byeruvchi  mustamlaka  ahamiyatini  kasb 

etadi"

i

 - dyegan, xulosaga kyeladi. CHorizmning ko’chirish siyosatinn uchinchi savolda kyeng yoritamiz.  



Yer  suv  masalasi  o’tkir  muammoga  aylandi.  Yer-suv  munosabatlarida  chorizm  ikki  maqsadni 

ko’zlab ish tutgan. U O’rta Osiyoda o’z  hukmronligini  mustahkamlash  va uning  iqtisodiy imkoniyatlaridan 

mustabid Rossiyaning xukmron tabaqalari manfaatlari yo’lida foydalanishga intilgan. SHu maqsadlar uchun 

mahalliy hukmron doiralarning qarshiligini sindirish, o’lkada amalda bo’lgan qadimiy munosabatlarni saqlab 

qolish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga imkon byermaslik kyerak edi.  

Uzoqni  ko’zlagan  maksaddan  kyelib  chiqqan  holda  Rossiya  Turkistonda  olib  borgan  yer-suv 

munosabatlarida quyidagi siyosatni o’tkazdi:  

1. O’lkadagi barcha yerlar davlat xazinasiga tyegishli dyeb e’lon qilindi. O’troq mahalliy aholiga yer 

myerosiy  yakka  jamoa  egaligi  tariqasida,  ko’chmanchn  aholiga  esa  muddati  chyeklanmagan  tarzda  jamoa 

bo’lib foydalanish uchun topshirildi.  

2.  O’troq  joylarda  yer  undan  amalda  foydalanayotganlarga  biriktirildi.  O’rta  Osiyo  Rossiya 

tomonidan  bosib  olingunga  qadar  katta  yer  egalari  dyehqonlarga  ijaraga  byergan  yerlar  endilikda 

ijarachilarga  myerosiy  tarzda  foydalanishga  topshirildi.  CHorizmning  yer-suv  sohasidagi  bunday  "tantiligi"  

sababi  birinchidan,  Rossiyaning  dastlabki  yillarda  ko’chirish  ehtiyojlari  uchun  earur  yer  jamg’armasiga 

muhtoj bo’lmagani, ikkinchidan, bu sohada o’ziga raqib bo’lgan  mahalliy zodagonlar bilan kurashda kyeng 

myehnatkashlar ommasini byetaraf qilish bilan izohlangan.  

3.  Ko’p  hollarda  vaqflar  avvalgi  tarzida  qoldirildi,  ammo  ayrim  hollarda  vaqf  yerlarini  davlat 

ixtiyoriga olish ham mumkinligi byelgilandi.. Kyeyinroq ushbu mulk tugatib yuborildi.   

4. Sobiq imtiyozli shaxsiy mulk yerlariga boshqalar qatori soliq solindi.  

CHorizm  o’zbyek  xonliklarini  bosib  olgach  bu  yerda  azaldan  davom  etib  kyelayotgan  yerga  egalik 

qilish  shakliga  duch  kyeldi.  SHu  sababli  bu  masalani  darhol  o’zlariga  mos  ravishda  o’zgartirish  uchun 

shoshilmadi.  Ular  asosiy  e’tiborni  xonliklardan  tortib  olingan  hududlarda  mustamlakachilik  davlat 

boshqaruvining  mustahkam  asoslarini  yaratishga  qarashdilar.  Yer  egaligi  va  suvdan  foydalanishga 

to’g’ridan-to’g’ri aralashmadilar. CHorizm bosqinchi  ma’muriyati avvalo soliq undirish payiga tushdi. SHu 

jarayonda  yer-suv  munosabatlarini  chuqur  o’rganishga  kirishdi.  Unga  mutaxassislar  jalb  etildi.  CHunki 

kapital  va  bozor  munosabatlarining  O’rta  Osiyo  iqtisodiyotidan  tobora  mustahkam  o’rin  olish  ayniqsa, 

paxtachilikni  rivojlantirish  zarurati  va  yer  egaligi  yerdan  foydalanishda  shunga  mos  kyeluvchi  tartib 

qoidalarni joriy qilishni taqozo qilar edi. CHorizm bularni oldin hisobga oldi.   

O’rta  Osiyo  istilo  qilingandan  kyeyin  70-yillarning  oxiri  va  ayniqsa  80-yillarning  boshlarida 

paxtachilikni  rivojlantirish  chor  Rossiyasi  iqtisodiy  siyosatining  asosiy  masalalaridan  biri  bo’lib  qoldi. 

Ko’zga  ko’ringan  podsho  amaldorlaridan  biri  chorizmning  O’rta  Osiyodagi  iqtisodiy  siyosati  vazifalarini 

quyidagicha ta’riflab byerdi. Myening qat’iy fikrim shuki, masala o’lka uchun haqiqatan markaziy masaladir. 

Uning bitta emas. balki uchta asosiy tomoni bor. SHulardan biri - rus askar ommasiga aniq,  ravshan bo’lib 

qolgan  masala  –  «Paxta»,  ikkinchisi  "Sug’orish",  hozir  unchalik  ko’zga  ko’rinmasada,  lyekin  eng  muhim 

bo’lib  qolgan,  lyekin  eng  muhim  bo’lib  qolish  ehtimoli  bo’lgan  uchinchi  masala  "ruslarni  ko’chirib  kyelib 

joylashtirish" dir.   

O’rta  Osiyo  xom  ashyo  bazasi  sifatida  tobora  katta  ahamiyat  kasb  qila  bordi.  Paxtachilikni 

rivojlantirish munosabatlari asta-syekin birinchi o’ringa qo’yiladigan bo’lib qoldi. Paxtachilikni rivojlantirish 

faqat  Rossiya  savdo  va  sanoat  kapitalining  manfaatlariga  emas,  balki  mahalliy  ekspluatatorlarning,  avvalo 

yirik fyeodallarning yer egaligi va savdo sudxo’rlik kapital manfaatlariga ham mos bo’lib tushar edi.  

Rossiya  sanoatida    paxta  tolasiga  bo’lgan  ehtiyojning  ortib  borishi  bu  yerlarda  yetishtiriladigan 

paxtaning  sifatiga  e’tiborni  kuchaytirdi.  SHu  maqsadda  o’lka  yerlarida  paxtaning  Amyerika  navlarinn 

yetishtirishni  yo’lga  qo’yish  bo’yicha  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  boruvchi  stansiyalar  tashkil  etildi. 

Mustamlaka yillarida bunday navlar o’lka paxtachiligida yetti barobar ko’paydi.  



 

385 


                                                                                                                                                                                        

Rossiya  uchun  Turkistondan  ko’proq  foyda  ko’rish  maqsadida  o’lkaning  o’zida  xom  ashyoga 

dastlabki  ishlov  byeruvchi  korxonalar  tashkil  etishga  kirishildi.  Bunday  korxonalar  o’lkada  barpo 

bo’layotgan sanoatning asosiy sohasi edi. 1900 yilgacha Turkistonda 170 dan ortiq sanoat korxonalari ishga 

tushirildi. Bularning 80%ini paxta ishlov byeruvchi korxonalar tashkil etdi. 

O’lkaning  ko’plab  unumdor  yerlariga  paxta  ekilishi  boshoqli  ekinlar  ekiladigan  maydonlarning 

qisqarishiga olib kyeldi. Ming yillar davomida o’zini oziq-ovqat bilan ta’minlab kyelgan mahalliy aholi asta-

syekin  oziq-ovqat  masalasida  Rossiyaga  qaram  bo’lib  qoldi.  G’alla  mahsulotlari  o’lkaga  Rossiyadan 

kyeltirilib,  unga  chor  ma’murlarining  o’zi  narx-navoni  byelgiladi,  Sanoatda  band  bo’lgan  mahalliy 

ishchilarning turmush sharoiti yana ham og’ir edi.  

Paxta  yakkahokimligini  o’rnatish  maqsadida  Turkistondan  Rossiyaga  yuboriladigan  paxtadan 

butunlay  boj  olinmaydigan  bo’ldi.  1879  yildan  esa  boj  yig’imi  har  pud  paxtadan  40-50  tiyin  miqdorida 

byelgilandi. Soliq olish ham paxtakorlarga ayrim imtiyozlar byerildi.  

O’rta  Osiyoning  arzon  xom  ashyo  manbai  va  rus  sanoat  mollari  sotiladigan  qulay  bozor  bo’lishini 

1876  yildayoq  gyenyeral-mayor  Vyerigin  impyerator  Nikolay  1  (1825-!856)  ga  yo’llagan  taqdimnomasida 

bayon  qilgan  edi.  Vyerigin  Rossiyada  ishlab  chiqarilayotgan  mollar  mamlakat  ichkarisida  ham  zo’r-bazo’r 

sotilayotgani va sifati past bo’lgani uchun Yevropa bozorlarida sira raqobatga dosh byermasligini ko’rsatib, 

O’rta Osiyo bu  jihatdan rus sanoati  mollari sotiladigan  qulay bozorga aylanishi  mumkinligini bayon  qilgan 

edi.  Bu  fikrni  syenator  graf.K.X.Palyen  rivojlantirib  shunday  dyegan  edi:  «Turkistonni  istilo  qilishning 

siyosiy  sabablarini  hisobga  olmagan  taqdirda  ham  bu  o’lka  Rossiya  tarafidan  bosib  olinishining  dastlabki 

kunlaridanoq  Rossiya  uchun  ikki  jihatdan  qiziqish  uyg’otgan  edi:  1.  Moliyaviy  siyosati  jihatidan  davlat 

daromadi  manbai  va  ichki  ishlab  chiqarish  mahsulotlari  uchun  yangi  bozor.  2.  Mustamlakachilik  siyosati 

nuqtai nazaridan markaziy gubyerniyalardagi ortiqcha aholini ko’chirish uchun yangi hudud sifatida diqqatga 

loyiq edi»

i



Rossiya Turkistonni  qisqa  muddatda  o’z sanoati uchun xom ashyo  manbaiga aylantirdi.  Agar 1885 



yilda paxta maydoni 41,4 ming tanobni tashkil qilgan bo’lsa, 1915 yilga kyelib u 541,9 ming tanobga yetdi, 

ya’ni  13  barobarga  o’sdi.  O’lka  Rossiyaning  asosiy  paxta  bazasiga  aylandi.  Bu  haqda  Turkiston  jadidlari 

yetakchilaridan  Ubaydullaxo’ja  Asadullaxo’jayev  1917  yil  iyun  oyida  Qozonda  o’tgan  2-Butunrossiya 

musulmonlari  qurultoyida  shunday  dyegan  edi:  «SHu  kungacha  Turkiston  rus  kapitalistlari  uchun  govmish 

sigir bo’lib kyelmoqda. Bugunda Turkiston Rossiyaga paxta yetkazuvchidir». 

Tyemir yo’llar bo’lmasa Rossiya O’rta Osiyoni mustamlaka qilib turolsada, uning boyliklaridan to’la 

foydala  olmas  edi.  O’rta  Osiyo  bilan  Rossiya  bozori  o’rtasida  byevosita  aloqalar  o’rnatish  ham  qiyin 

bo’lardi. 

CHorizm  tyemir  yo’llar  orqali  o’zining  istilo  qilib  olingan  o’lkadagi  harbiy  siyosiy  mavqyeini 

mustahkamladi.  

Turkiston  gyenyeral-gubyernatorligi  tashkil  etilganidan  kyeyin  oradan  sal  vaqt  o’tmay  Turkistonni 

Rossiyaning  Yevropa  qismi  bilan  tyemir  yul  orqali  bog’lash  masalasi  qo’yildi.  Kaufman  gyenyeral-

gubyernator  bo’lib  turgan  vaqtdayoq,  1874  yilda  Oryenburgda  tuzilgan  maxsus  tyemir  yo’l  komissiyasi 

Oryenburgdan  Toshkyent  tomon  O’rta  Osiyo  maxsus  tyemir  yo’lini  qurishni  zarur  dyeb  topdi.  Biroq  o’sha 

vaqtda by loyiha ma’qullanmadi. Turkistonning istilo qilinishi Kaspiy dyengiz sohilidan boshlab tyemir yo’l 

qurishni yangi loyihasini vujudga kyeltirdi.  

Zakaspiy tyemir yo’li birinchi katta tyemir yo’l magistrali bo’ldi. Harbiy maqsadni ko’zlab qurilgan 

bu  tyemir  yo’l  o’lkaning  iqtisodiy-siyosiy  soha  katta  o’zgarishlar  bo’lishiga  olib  kyeldi.  Savdo-sotiqni 

rivojlantirishda va ayniqsa paxta yetishtirishni kuchaytirishda tyemir yo’li katta turtki bo’ldi.  

1881  yil  1  syentyabrda  tyemir  yo’lning  317  chaqirimlik  birinchi  qismi  Qizil  Arvotga  yetkazildi. 

Tyemir yo’l 1885 yilning 30 noyabrida Ashxobotga, 1886 yilda esa Marvga yetkazildi. 1886 yilning oxirida 

tyemir  yo’l  Qoraqum  cho’llaridan  o’tkazildi.  Amudaryo  ustida  vaqtinchalik  yog’och  ko’prik  qurilib 

bo’lgandan kyeyin tyemir yo’l 1888 yilning boshida Samarqand shaxrigacha olib borildi.  

Tyemir  yo’lning  oxiri  Samarqandga  yetkazilgandan  kyeyin  bu  yo’nalish  Farg’ona  vodiysi  va 

Toshkyent  tomon  yana  uzaytirish  masalasi  qo’yildi.  YAngi  Samarqand-Andijon  tyemir  yo’lini  uning 

Toshkyentga va yangi Marg’ilonga olib boradigan  shaxobchalarini qurish 1895 yildan boshlanib, 1899 yilda 

tamomlandi.  Zakaspiy  tyemir  yo’li  kyeyinchalik  O’rta  Osiyo  tyemir  yo’li  bu  yerda  yetishtirilayotgan 

paxtaning dyeyarli hammasini tashib boradigan bo’ldi.  

Mustamlaka Turkistonda tyemir yo’llarning qurib bitirilishi o’lkani Rossiya sanoatining g’ildiragiga 

yanada  mahkamroq  bog’ladi.  O’lkaning  xom  ashyo  yetkazib  byeruvchi  manba  sifatidagi  o’rni 

mustaxkamlangach,  bu  yerda  turli  firma  va  birjalar  kirib  kyela  boshladi  83  ular  Tupkistonning  iqtisodiy 

hayotida  jadallik  bilan  o’z  ta’sirini  kuchaytirib  bordi.  Ular  O’lkadan  xom-ashyo  olib  kyetish,  Rossiyadan 

sanoat  va  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  olib  kyelib  sotish  bilan  chyeklanmay  sug’oriladigan  yerlarni  sotib 

olib  paxta  ekishni  kyengaytirdilar.  Paxtachilikning  rivojlanishi  bunday  firma-birjalar,    mahalliy  sudxo’r  va 



 

386 


                                                                                                                                                                                        

savdogarlar uchun  katta imkoniyatlar yaratib byerdi. Ular asosan xom-ashyo  yetishtirish yo’liga o’tib olgan 

dyehqonlarga  kyelasi  yil  oladigan  hosili  hisobidan  pul  qarz  bepap  edilar.  Dyehqonlarning  moddiy  ahvoli 

og’irlashgan sari ularning hosildan tushgan daromadi qarzini to’lashga, yerga ishlov byerishga, oilasiga oziq-

ovqat mahsulotlarini sotib olishga ham  yetmas, ikkinchi tomondan katta yer maydonlari  mahalliy boylar va 

sudxo’rlar qo’liga o’tib kyeta boshladi. Bu holat yersiz dyehqonlar, mardikorlar va arzon ishchi kuchini yana 

ko’paytirishga sabab bo’ldi.  

3-masala: 

 Rossiyaning Turkistondagi  mustamlaka siyosati asosida o’lkani ruslashtirish  g’oyasi turgani uchun 

rus nufusini Turkistonda muntazam ko’chirib kyeltirish mustabid hokimiyatning doimiy e’tiborida bo’ldi.  

Mahalliy  xalqlarning  milliy  siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  taraqqiyotiga  zid  ravishda  «Turkiston  — 

ruslar uchun» shiori ostidagi islohotni amalga oshirishga harakat qildi.  

1886  yilgi  «Nizom»  rus  aholisini  ko’chirib  kyeltirish  yo’li  bilan  o’lkani  ruslashtirish  harakatini 

qonuniy mustahkamlab, o’lka siyosiy tus byerdi. Ko’chib kyeluvchilarga  10 dyesyatinadan kam bo’lmagan 

yer ajratish byelgilandi. 

Turkistonga  kyelib  o’rnatish  va  yer-mulkka  ega  bo’lish  huquqi  faqat  nasroniy  dinining  pravoslav 

mazhabidagilardagina  byerildi.  1886  yilgi    qonunga  ko’ra  o’lkaga  ko’chib  .kyeluvchilarni  tanlash  va 

joylashtirish tartiblari byelgilandi.  

Rus  dyehqonlari  qora  tuproqli  Markaziy  hududlarda  bo’lgan  yer  taqchilligidan  qutulish  va 

mustamlaka  Turkistonda  boyish  uchun  ham  Rossiyadan  byeto’xtov  oqib  kyela  boshlaganlar.  Ular 

ma’muriyatning  ruxsatisiz  ham      kyelib  o’zboshimchalik  bilan  tub  aholiga  qarashli  yerlarni  egallay 

boshladilar.  15  yil  davomida,  ya’ni  1875-2890  yillar  ichida  Turkistonda  1300  ta  oila  joylashib,  19  ta  rus 

qishlog’i tashkil qildi.  

1891-1892  yillarda  Rossiyada  ocharchilik  boshlanganda  esa  Turkistonga  ko’chib  kyeluvchilarning 

soni  nihoyatda ko’payib kyetdi. Ana ikki  yil  davomida 25 ta rus qishlog’i paydo bo’lib rus dyehqonlarning 

soni  ikki barobarga ko’paydi. Mahalliy aholi bilan rus dyehqonlari o’rtasidagi yer-suv masalasida, sug’orish 

inshootlaridan foydalanish bobida o’zaro to’qnashuvlar ko’paydi.  

Mustamlaka  o’lkaga  ruslarni  ko’chirish  masalasi  bilan  shug’ullanuvchi  maxsus  idora  -  «Ko’chirib 

kyeltirish  boshqarmasi»  tashkil  qilindi.  CHor  hukumati  90-yillar  oxiridan  rus  dyehqonlaridan  kam  yerli  va 

yersizlarga «Osiyo» Rossiyasida bo’sh yotgan yerlardan foydalanishga kyeng imkoniyatlar yaradi.  

CHorizm  turli  yo’llar  va  vositalar  bilan  yerlarni  rus  mujiklari  foydasiga  musodara  qilishga  urindi. 

Epra soliqlar miqdorini haddan tashqari oshirib  yuborish ana shunday  vositalarda biri bo’ldi. Natijada aholi 

o’z  yerlarini  sotishga  yoki  undan  butkul  voz  kyechishga  majbur  bo’ldi.  Birgina  Marg’ilon  tumanida  shu 

tariqa o’zbyeklarning 11,5  ming tanob  yeri  musodara qilindi. Jalolquduq  viloyatida  esa solig’ini  to’lolmay 

erdan voz kyechgan o’zbyek dyehqonlariga qarashli joyda 3 rus posyelkasi, Andijon tumanida 2, O’shda esa 

1 posyolka barpo etildi. SHu tariqa 1906-1913 yillar mobaynida Turkistonda 116 rus posyolkasi qurildi. 

Rus  hukumati  o’ziga  mustahkam  tayanch  barpo  etish  va  hukmronligini  mustahkamlash  maqsadida 

rus  shaharlari  va  posyolkalarini  qurishga  alohida  ahamiyat  byerdi.  Natijada  Rossiyaning  turli  joylaridan 

Turkiston o’lkasiga ko’chib kyeluvchi kishilar sono tobora oshib bordi. XIX asrning oxiriga kyelib, o’lkada 

o’rnashgan ruslarning soni 197420 kishiga yetdi. Ularda 95941 tasi shaharlarda va 101479 tasi posyolkalarda 

yashagan. 1906 yigacha faqat harbiy xizmatni o’taydigan kazaklarga Yettisuv viloyatida 752197 dyesyatina, 

Sirdaryo  viloyatida  159561  dyesyatina,  Farg’ona  viloyatida  9925  dyesyatina,  Samarqand  viloyatida  22907 

dyesyatina  kaspiy  orti  viloyatida  10318  dyesyatina  yer  byerilgan.  Bundan  tashqari  rus  dyehqonlari  katta 

hajmdagi yerlar bilan ta’minlangan. 1917 yilgi ma’lumotga ko’ra o’lkadagi ruslarning soni 750 000 ga yetib, 

400  ming  kishi  shaharda  va  350  ming  kishi  posyolkalarda  yashagan.  Ular  bilan  birga  bir  nyecha  o’n  ming 

harbiyning  istiqomat  qilgani  hisobga  olinsa,  u  vaqtda  ruslar  soni  bir  milliondan  oshib  kyetadi.  Ruslar 

Toshkyent, Samarqand, Andijon, Qo’qon, Farg’ona, Namangan va boshqa eski shaharlarning yonbag’ridagi 

joylarda  o’rnashganlar.  Bulardan  tashqari,  Ashxobod,  Krasnovodsk,  Pyerov,  Kozoli,  YAngi  Marg’ilon, 

Pishnak, Kopal va boshqa rus shaharlari mavjud edi. 

Turkistonda  rus  nufuzini  ko’paytirishga  markaz  katta  e’tibor  byerib,  bunga  mablag’ni  ayamadi. 

1908-1910  yillarda  o’lkani  taftish  qilgan  markaz  vakili  syenator  graf.  K.X.Palyen  Turkistondagi  rus 

hukmronligining  asosiy  vositasi  o’lkada  o’ziga  to’q  rus  dyehqonlarini  ko’paytirish  dyeb  hisobladi. 

Syenatorning  fikricha  ana  shunday  mujiklar  –  impyeriya  bilan  mustamlakani  o’zaro  bog’lovchi  va 

yaqinlashtiruvchi  «ishonchli»  unsur  bo’lib  qoldi.  1906-1915  yillarda  Sirdaryo-Farg’ona  ko’chiruv  hududi 

bo’yicha  rus  mujiklari  uchun  mahalliy  aholiga  qarashli  744,9  ming  tanob  yer  musodara  qilindi.  Mustabid 

hokimiyatining bunday talonchilik siyosati  haqida Rossiya parlamyenti Davlat Dumasida  knyaz’ Mansurov 

gapirib, Turkistonda ma’muriyat yerli aholi ustidan «kryepostnoy huquqini amalda qo’llayotganini» alohida 

uqtirib o’tgani byejiz emas edi.  

Podsholik  agra  siyosati  1906  yilgi  milliy  ozodlik  qo’zg’alonidan  so’ng  ochiqdan-ochiq  zo’ravonlik 



 

387 


                                                                                                                                                                                        

tusini  oldi.  Gyenyeral  gubyernator  AN.Kuropatkin  buyrug’i  bilan  birgina  Jizzax  tumanida  o’zbyek 

dyehqonlarining 1810 tanob yeri rus mujiklari foydasiga tortib olindi. 

Xulosa  qilib  shuni  alohidp  ta’kidlash  lozimki,  podsha  hukumatining  agrar  siyosati  va  uning  o’tkir 

tig’i  bo’lgan  ko’niruvchilik  tadbirlari  oxir-oqibatda  o’lkada  ruslarni  ko’paytirishga  olib  kyeldi.  Ularning 

iqtisodiy  mavqyeini    kuchaytirib  mahalliy  xalqqa  nisbatan  kalondimog’likni  yanada  oshirdi.  By  esa  buyuk 

rus shovinizmining ijtimoiy iqtisodiy zaminini yaratdi. 

4-masala: 

XIX  asr    2-yarmi  davomida  Turkiston  hududi  bosib  olingach,  o’lkaning  turli  xo’jalik  tarmoqparini 

Rossiya  manfaatlariga  bo’ysundirish  izchil  olib  borildi.  Dastlabki  bosqichda  mustamlakachilik  hukumati 

o’lkadagi xalq ta’limi an’analariga tyegmadi.  Uni  har tomonlama atroflicha o’rganish bilangina chyeklandi. 

Bu  vaqtda  Turkistonda  ko’pla6  eski  maktablar  ishlab  turdi.  Bular  asosan  boshlang’ich  va  o’rta  hamda  oliy 

diniy ta’lim byeruvchi bilim o’choqlari edi.  

Eski  maktabda  kambag’allarning  bolalari  birinchi  bosqich  ta’lim-  tarbiyadan  so’ng  o’qishni 

tamomlagan  hisoblanardi.  O’ziga  to’q  oilalarning  farzandlari  yana  8  yil  o’qishpn  davom  ettirar  edilar. 

Umuman olganda eski va o’rta bosqichdan maorif tizimlarida o’qish oson emasdi. Harflarni  hijjalab o’qish, 

yozish,  diniy  kitoblarni  yod  olish  murakkab  ish  xisoblanardi.  SHuning  uchun  ko’p  o’quvchilar  maktabni 

tashlab  kyetishga  majbur  bo’lardi.  Turkistonda  madrasadagi  ta’lim  O’rta asrlardayoq  o’zini  har  tomonlama 

oqlagan.  Ulardan  jahonga  mashhur  olimlar  yetishib  chiqqani  va  ular  fanning  «byeshigini  tyebratganligi» 

dunyoga ma’lum. Biroq XIX asrga kyelib madrasalar o’z nufuzini yo’qotib, mahalliy o’lka ahamiyatiga ega 

mugaxassislar  yetkazib  byeruvchi  dargoh  darajasiga  tushib  qolgan  edi.  Bunga  xonliklarning  o’zaro  fyeodal 

urushlari, chor Rossiyasining  o’lkani xarob qiluvchi siyosati, shuningdyek ta’limda  diniy  jihotlarga haddan 

tashqari e’tibor byerilib, dunyoviy fanlarga davlat g’amxo’rligining yo’qligi ham salbiy ta’sirini ko’rsatdi. 

Turkiston  o’lkasidagi  musulmon  maorif  shaxobchalari  gyenyeral  gubyernatorlik  xazinasidan 

ta’minlanadigan xomiyligidan  mahrum  qilindi. Fon Kaufman  madrasalarni aslo  yoqtirmas  edi. CHunki ular 

mustamlakachilik  tartiblariga  zid,  milliy  mafkura  tarqatuvchi  ilm  dargohlari  edi.  SHuning  uchun  hukmdor 

madrasalardan tushgan shikoyat xatlarni tyekshirmasdan, e’tiborsiz qoldirishga buyruq byerdi. 

Rossiya  mustamlakachiligi  Turkiston  aholisini  tobyelik,  itoatgo’ylik  muxitida  tarbiyalash,  so’ngra 

ruslar  bilan  mahalliy  xalqlarni  aralashtirib  yuborib  yevropacha  turmush  tarzining  g’alabasini  ta’minlashga 

intildi.  

Rus  mustamlakachilarini  Turkistondagi    kyeng  tarmoqli  xalq  maorifi  o’choqlari  –  maktablar  va 

madrasalar  g’oyat  ajablantirgan  edi.  Istilochilar  ularning  faoliyati  bilan  tanishib,  mustamlakachilik  tadriji 

uchun o’sha maktab va madrasalarning g’oyat xavfli ekanligini payqadilar.  

CHorizm ruslashtirish siyosatini ayni shu sohadan boshlash kyerakligini anglab, o’ch dasturini ishlab 

chiqishga tirishdi. Turkistonning birinchi gyenyeral-gubyernatori KP Kaufman aktiv faoliyat ko’rsatdi. 1880 

yilda Impyeriya Davlat Kyengashida Turkistondagi maxalliy aholi bolalarinp ruslar bilan birgalikda o’qitish 

masalasi  ko’rilganda  Turkiston  aholisining  «savdo-sotiq,  dyehqonchilikda  suyagi  qotganligi  va  yuvosh 

tabiati» ta’kidlanib, ularning «impyeriyadan boshqa musulmonlardan kyeskin ajralib turishlari» qayd qilindi.  

Impyeriya  Davlat  Kyengashining  1880  yil  fyevral  oyidagi    qarori  Turkistonni  gyenyeral-

gubyernatori KP Fon Kaufman tomonidan  qizg’in  qo’llab-quvvatladi  va ruslashtirish siyosatining  yangi bir 

tabaqasi  xalq  maorifiga  qaratildi.  Kaufman  «ruslar  va  tuzyemyeslarning  bolalarini»  birgalikda  tarbiyalash 

masalasini  ko’tardi.  U  musulmon  va  rus  maktablarining  ajralib  turishi  iqtisodiy  va  siyosatdan  jihatdan  

zararli dyeb hisobladi. 

Bu g’oyani Kaufmanning izdoshi gyenyeral lyeytyenant N.O.Rozyenbax (1884-1889) davom ettirib, 

ibtidoiy  turdagi  boshlang’ich  maktablar  «rus-  tuzyem»  maktablari  tarmog’ini  yaratish  loyihasini  ishlab 

chiqdi. 1884 yilda Toshkyentda birinchi rus-tuzyem  maktabi ochilib, ularning soni X1X asr oxirida yuzdan 

oshib  kyetdp.  Bunday  maktablarda  o’quv  kuni  ikki  qismdan  iborat  bo’lib,  birinchi  qismda  ikki  soatnpk 

mash6nozpp rus ukptuvchpsp, ikkinchi kismida esa sabokni uzbyek muallimi olib borgan.  

Fargona  xarbiy  gubyernatori  gyenyeral-lyeytyenanti  N.I.  Korol’kov  1898  yilda  impyeratorga 

yo’llagan  hisobotida  podsho  ma’muriyatining  o’lkani  ruslashtirish  bobidagi  dasturini  bayon  etib, 

tuzyemyeslarning  o’z bolalarini  ixtiyoriy ravishda rus-tuzyem  maktablarga byerishiga  erishish  muhimligiga 

e’tiborni  qaratgan.  Buning  uchun  u  mahaliy  ma’muriyat  ialdorlariga  yaqin  6yesh  yil  ichida  yuritishni  rus 

tiliga ko’chirtirish  lozimligini  o’qtiradi. Korol’kov bu tadbir «tuzyemslarni»  mansabga qiziqib farzandlarini 

rus-tuzyem  maktablariga  byerishga  istagini  uyg’otadi  dyeb  hisoblagan.  Gyenyeral  M.D.Skobyelyev 

xalqimizni parokanda qilishning yangi  yo’llarini izlab topdi. Nihoyat otish, chopish, qon to’kish bilan uzoq 

vaqt shug’ullangan  gyenyeralning Turkiston zabt  etilgach  «Biror  millatni  yo’q  qilish uchun uni  qirish shart 

emas,  uning  tili,  tarixi,  dini,  san’atini  va  madaniyatini  yo’q  qilsang  bas,  tyez  orada  o’zi  adoyi  tamom 

bo’ladi…» dyeyishi byejiz emas edi. 

Oqibat  mustamlakachilar  maorif  siyosatini  ikki  yo’nalishda  olib  bodilar.  Birinchisi,  Turkiston  xalq 



 

388 


                                                                                                                                                                                        

maorifiga  rus  tili  va  rus-tuzyem  maktablari  ochib  byerish.  Ikkinchidan,  milliy  qadriyatlarni  tarbiyalaydigan 

ma’naviyat  o’choqlarini  asta-syekinlik  bilan  butunlay  yo’q,  qilishdan  iborat  edi.  Uni  Turkisgop  gyenyeral-

gubyernatori Vryevskiyning Turkiston hududidagi viloyatlar harbiy gubyernatorlariga yo’llagan maktubidan 

ko’rish mumkin.  

«SHunday  vaqt  kyeldiki,  —  dyeb  yozgan  edi.  Vryevskiy,  —  endi  tub  yerliklar  rus  va  rus 

maktablarida  har  qanday  faoliyat  uchun  zarur  bilim  va  malakalar  o’chog’ini  qurishsin.  Ular  madrasa  va 

maktablardagi  bilim,  endilikda  davlat  hamda  ijtimoiy  tuzumga  yaroqsiz  ekanligini  his  qilishsin.  Rus  tilini 

biluvchi  mahalliy  musulmonlardan  barcha  sohalarda  «rus-tuzyem»  maktablari  va  shahar  bilim  -  yurtlarini 

muvaffaqiyatli  tugallagan  yerliklar  bolalariga  jiddiy  imtiyozlar  byerilsin»  dyegan  fikrini  ilgari  surdi  va  uni 

amalga oshirdilar.  

CHorizm  Turkiston  o’lkasi  aholisini  ruslashtirish  siyosatining  riyokorligi  shunda  ediki,  rus 

amaldorlari o’zbyek, qozoq,qirg’iz turkman, tojik xalqlari orasidan yetishib chiqqan va ruschani mukammal 

o’rgangan  odamlarni  xushlamay  ulardan  cho’chib  turgan  va  o’rni  kyelganda  ta’qib  qilgan.  Masalan,  Abay 

Qo’nanbayev,  CHo’qon  Valixonov,  Sattorxon  Abdug’afforov,  Furqat  SHarifxo’ja  Poshshaxo’jayev, 

Muxiddinxo’ja Hakimxo’jayev va b. 

CHor  hukumatining  niyati  birinchidan,  xalqimizni  jismonan  yo’qotish  bo’lsa,  ikkinchidan  esa, 

ma’naviy mavh etish edi. Xalqni og’ulantirish, uning axloq va ma’naviyatini buzish maqsadida Turkistonga 

ichkilik  balosi  olib  kyelindi.  CHorizmning  Toshkyentda  qurgan  birinchi  korxonasi  ma’naviy  qiyofasini 

o’zgartirib  yuborish  uchun  1867  yildan  boshlab  Turkistonda  rus  aholisini  ommaviy  tarzda  ko’chirib 

kyeltirish  boshlandi.  Ular  uchun  dastlab  Toshkyentda  yangi  shahar  qurildi.  Marg’ilon  yaqinidagi  Sim 

qishlog’i  o’rnida  «Novыy  Margalan»  hozirgi  Farg’ona  qurildi.  Buxoro  yaqinidagi  qadim  Hoqon 

qishlog’ining nomi o’zgartirilib Kogon dyegan rus shaharchasi bunyod etildi. Qo’qon, Andijon, Namangan, 

Samarqand  shaharlarining  ichida  va  yonida  ruslar  uchun  «slobodka»lar  qurildi.  Xalqimiz  kyeyinchalik  bu 

joylarni  «Islobodka»  -  «islovodxona»  dyeb  atadi.  Eng  unumdor  suvli  yerlar  ruslarga  bo’lib  byerildi.  Rus 

xudolari vujudga kyeltirildi. 

Rus  ta’sirini  kuchaytirishning  yana  bir  yo’li  vaqf  mulkining  tugatilishi  bo’ldi.  Vaqf  mulklari  tortib 

olindi.  Ruxoniylar  tirikchilik  manbai  –  doimiy  daromaddan  marhum  etildi.  Masjid,  madrasa,  maktab  va 

darsxonalar qarovsiz qoldirildi. Eng qimmatli tarixiy boyliklar shu jumladan, nodir qo’lyozmalar muqaddas 

kitoblar Moskva va Pyetyerburgga tashib kyetildi.  

N.Ostroumov  kabi  missionyerlar  ziyolilarimiz  ongini  zaharlashga  intildilar  V.Bartol’dga  o’xshash 

syermahsul  tarixchilar  chor  hukumatiga  «Turkistonni  qo’lda  abadiy  saqlab  qolish  uchun  janub,  sharq  va 

g’arb  darvozalarini  taqataq  byerkitib,  faqat  shimolga  –  Russiyaga  yo’lni  ochiq  qoldirish  kyerak»  dyegan 

shaytoniy maslahatlar byerdilar. Amalda shunday qilindi ham. 

Faqat rus  madaniyatini  ulug’lash,  targ’ib  qilishda  xalqni  ruslashtirishda  turkistonlik  ziyotilarni  jalb 

qilishga katta ahamiyat byerildi. Bunga rozi bo’lganlar rag’batlantirildi. Hatto bunday noma’qul ishga ayrim 

atoqli  shoirlar  ham  qo’l  urishgan.  Bunga  misol  qilib  «Suvrov»  qasidasini,  Dukchi  Eshon  qoralab  yozilgan 

«Bachchag’ar»  hajviyasini  kyeltirish  mumkin.  Vaholangki,  Dukchi  Eshon  milliy  ozodlik  va  istiqlol  uchun 

kurashgan  asl  vatanparvarlardan  biri  edi.  U  hajv  qilingan  o’sha  shye’r  sho’rolar  davrida  chiqqan  maktab 

darsliklariga  ham  kiritilib,  yosh  avlodga  Dukchi  Eshon  haqida  mutlaqo  yolg’on  tasavvur  hosil  qilinib 

kyelindi. 

YOsh  avlod  ongida  o’tmishimiz  haqida  noto’g’ri  taassurot  qoldirib,  ruslarga  nisbatan  katta  og’a 

tuyg’usini uyg’otishga intildi, ta’lim-tarbiya shu asosda olib borildi. 

Turkiston  bosib  olinib,  bu  yerda  mustamlakachilik  tartib  qoidalari  o’rnatilgach,  o’lkada  o’ziga  xos 

murakkab  tarixiy  ijtimoiy  vaziyat  yuzaga  kyeldi.  Bunday  vaziyat  hukmronlik  muhiti  birinchi  navbatda 

madaniyat,  fan,  san’at,  adabiyot,  ijtimoiy-siyosiy  fikr,  xalq,  turmush  tarziga  o’z  ta’sirini  o’tkazdi.  O’lkada 

yevropacha turmush tarzi bilan xalqning an’analari yuzma- yuz kyeldi.  

Ularning  bir  qancha  sohalari  ziddiyatli  to’qnashgan  bo’lsa,  ba’zilarida  yaqinlashuv  jarayoni 

kuzatildi. Bu vokyea tarixiy xodisalar XIX asrning oxiri XX asr boshlarida jarayon sifatida rivojlanib bordi.  

Mustimlakachilir  mafkurasi,  bosqinchi,  zulmkor    kuch  sifatida  o’lkadagi  milliy  madaniyatga  tish-

tirnog’i bilan qarshi bo’lgan bo’lsa, Turkiston hududidagi johil va mutaassib kuchlar ham Yevropaning ilg’or 

fan  va  madaniyatiga  salbiy  munosabatda  bo’ldilar.  Milliy  madaniyatning  barq  urib  o’sishiga  to’sqinlik 

qildilar.  

 


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling