Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.

bet60/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81

3-masala: 

 

Mahmudxo’ja Byehbudiy xalqni yakdil millat qilish uchun faqat yangi usul maktablari ochish kifoya 



qilmasligini, milliy matbuot va milliy tyeatr zarurligini anglaydi. Zamon va dunyo voqyealari bilan tanishib 

bormoq  uchun  millat  va  Vatanning  ahvolidan,  kundalik  hayotidan  ogoh  bo’lmoq  kyerak  edi.  Binobarin, 

millat uchun shunday oyna kyerak ediki, unda u o’z qabohati, ya’ni millatda mavjud bo’lgan qusurdan tortib, 

to ijobiy jihatlarigacha tushunib olish imkonini byersin. 

 

Byehbudiy matbuot va noshirlik ishlari bilan shug’ullanib, 1913 yil «Samarqand» gazyetasi va o’sha 



yili avgust oyidan «Oyina» jurnalini chiqardi. Ushbu jurnal Tatariston, Kavkaz, Eron, Afg’oniston, Hindiston 

va  Turkiyagacha  tarqalar  edi.  Byehbudiy  o’z  nomi  bilan  «Nashriyoti  Byehbudiya»ni  tashkil  etadi.  «Bu 

maqsadga  erishmoq  uchun  gazyet  chiqarmoqni  munosib  ko’rib  uyushmaning  harakati  bilan  o’zbyek  tilida 

gazyetalar  chiqarildi.  1906  yilda  «Taraqqiy»,  «Xurshid»  gazyetalari  chiqib,  eski  hukumat  tomonidan 

to’xtatilgandan  so’ng,  1907  yilda  myen  o’z  muharrirligim  bilan  hamda  tyemir  yo’l  ishchilarining  sosial-

dyemokrat firqasining aloqa va yordami bilan «SHuhrat» ismindagi gazyetani chiqardim». 

 

Islohotchi  jurnalistlar  ham  maqolalarida  dramaturglar  singari  nashavandlik,  ichkilikbozlik, 



kashandalik,  zinogarlik,  fohishalik,  xotin-qizlar  huquqsizligini  qoralashdi.  Jadid  matbuoti,  shuningdyek, 

urushga, ijtimoiy va ma’naviy inqirozga, jamiyatning tabaqalanishi va xalq ommasining ijtimoiy qoloqligiga 

ham  qarshi  chiqishdi.  Bid’at,  xurofotga,  umuman,  Turkiston  jamiyatining  risoladagidyek  taraqqiysiga 

to’sqinlik  qiluvchi  jamiki  narsalarga  qarshi  kurashga  katta  e’tibor  byerilardi.  Faqat,  hukmron  doiralar  va 

mustamlakachi senzura ta’qiqlab qo’ygan siyosiy mavzulargina yoritilmas edi, xolos. 

 

1914  yilda  «taraqqiyparvarlar»  firqasining  «Sadoi  Turkiston»,  «Sadoi  Farg’ona»  va  boshqa  turli 



nashrlardagi gazyetalari dunyo yuzini ko’radi. 

 

Bu  gazyetada  milliy  ozodlik  kurashiga  ko’tarilayotgan  Turkiston  ziyolilari,  jurnalist  va  adiblari 



o’zlarining yetuk maqola, hajviya, badiiy asarlarini e’lon etish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Uning sahifalarida 

yetuk ijodkorlar qatori yoshlarga kyeng o’rin byerildi. 

 

«Sadoi  Turkiston»  o’lkada  milliy  ongni  uyg’otishda,  afkor  ommani  mustabit  tuzumga  qarshi 



qo’zg’atishda  katta  xizmat  ko’rsatdi.  Unda  bosh  muharrir  Ubaydullaxo’ja,  bo’lim  mudiri  Munavvarqori, 

Abdulla 


Avloniy, 

tavallo 


Abdulhamid 

CHo’lpon, 

Abdurauf 

Muzaffarzoda, 

Mirmuxsin 

SHyermuxammyedov,  SHokirjon  Rahimiy,  Nushiravon  Yevushyev,  Mahmudxo’ja  Byehbudiy  va  boshqa 

ijodkorlar  Turkiston  xalqlari  tarixi,  madaniyati  va  istiqboli  haqida  ko’plab  maqola,  ochyerk,  hikoya  va 

qissalarni  e’lon  qildilar.  Mahmudxo’ja  Byehbudiyning  bir  o’zi  300ta  maqolalarini,  Mirmuhsin 

SHyermuhamyedov esa 100dan ziyod asarlar va maqolalarini chop etdi. 

 

Munavvarqorining o’tkir ijtimoiy-siyosiy maqolalari ham «Sadoi Turkiston» sahifalaridan o’rin oldi. 



U har bir xalqning millat sifatida shakllanishining birinchi byelgisi mazkur xalqda o’zini tanish va himoya 

qilish tuyg’usining uyg’onishida dyeb bildi. Munavvarqori tili bilan jadidlar «Bizni Turkiston mamlakati 

tufrog’, suv va havo jihatidan eng boy mamlakatlardan bo’la turib, na uchun o’zimiz bundan foydalana 

olmaymiz?» dyeb nola qildilar va unga shu arbob tilidan javob byerdilar: “Mana kyetma- kyet yotgan 



 

397 


                                                                                                                                                                                        

bunday savollarga javob byermak uchun nodonlik va dunyodan xabarsizlik balosidan qutulmoq uchun avval 

oramizda hukm surgan buzuq odatlarning buzuqligini bilaman va o’rganmak kyerakdur”.  

 

Turkiston  matbuoti  tarixida  “Hurriyat”  (1917-1918)  gazyetasining  ham  o’rni  salmoqlidir. 



Samarqandda haftada ikki  marta 4 sahifada chiquvchi  bu gazyetani taraqqiyparvar ziyolilar tashkil  etishgan 

edi. Gazyetani “Zarafshon” kompaniyasi chiqarib, unga Akobir SHomansurzoda muharrir bo’lgan Tahririyat 

tarkibida  o’lkaning  taniqli  ijtimoiy-  siyosiy  arboblaridan  Mahmudxo’ja  Byehbudiy,  Abdurauf  Fitrat,  Said 

Ahmadxo’ja  Siddiqiy, Mardonqul SHomahmudmirzo  bo’lib, ularning  matyeriallari gazyetadan  kyeng o’rin 

olgan.  

 

Jadidlarning jurnallari ham  Turkiston halqlari milliy ongini o’stirish va o’z o’zligini anglashda katta 



xizmat qilgan.  Bu o’rinda Mahmudxo’ja Byehbudiy muharrirligida 1915 yildan chiqqan “Oyna” jurnalining 

faoliyati diqqatga sazovordir. “Oyna” o’zbyek tilining sofligini saqlash uchun kurashdi va ruslanishning 

salbiy ta’siridan saqlanishdan chaqirdi O’z xalqchilligimizni yo’qotsak,- dyeb yozgan edi “Oyina”,- 

e’tiqodimiz ham o’z-o’zidan yo’qoladi. Til muhofazasi eng muhim majburiyatdir”. 

 

Ulamolar  tomonidan  1915  –1918  yillarda  yaratilgan  “Al-  isloh”  jurnali  faoliyatida  ham 



ma’rifatparvarlik,  din,  urf-odatlar  sofligi  va  rus  ta’siriga  qarshi  kurash  ustivor  edi.  1917  yil  fyevral’ 

inqilobidan kyeyin “Al-izoh”, «Ishchilar dunyosi», «Kyengash», «Hurriyat» kabi jurnallar chiqa boshladi va 

ular  ham  o’z  davrining  mustamlaka  istibdodida  o’lkaning  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy-ma’rifiy 

hayotini o’zida yaqqol aks ettirdilar.  

 

Jadid  matbuotining    asosiy  vazifasi  dinni  “tozalashni”,  maorifni  tubdan  qayta  qurish  va  ijtimoiy 



taraqqiyotni  targ’ib  etishdan  iborat  bo’lgan.  Islohotchi  ro’znomayu  oynomalar  avval  boshdanoq  o’quvchini 

jahon nufuzi va jo’g’rofiyasidan, jahon tarixining halqaro vositalaridan xabardor etish vazifasini qo’yishgan 

edi.  Ular,  shuningdyek,  G’arbdagi  milliy-  tyexnik  ixtirolar  bilan  ham  tanishtirib  borishardi.  Birinchi  jahon 

urushi  boshlanganida  Rossiya  –  Turkiya  urushi  mahalliy  jurnalistlarining  diqqat  markazlarida  bo’ldi. 

Muharrirlar  turk,  arab,  urdu,  tatar  tillarida  chiqayotgan  kitoblar  va  vaqtli  mutbuot  nashrlarini  tanishtirib 

borishardi.  

 

Xullas, jadid matbuotining eng muhim vazifasi ijtimoiy ongni XX asr darajasiga ko’tarishdan iborat 



bo’ldi.  O’quvchilarning  xorijdagi  tyengdoshlarining  hayotlari  bilan  tanishtirish,  islom  mamlakatlarini 

birlashtiruvchi  diniy  aloqalar  mavjudligiga  qaramay,  Turkiston  jamiyatining  G’arbiy  Osiyodagi  boshqa 

jamiyatlardan farqini ko’rsatish orqali jadid matbuoti milliy o’ziga xoslik to’g’risidagi yangi tasavvurlar sari 

yo’l oldi.  

 

Jadidlarning  ro’znomayu  oynomalarida    guruhiy,  ijtimoiy  va  hududiy  to’g’risidagi  masala  tarixiy, 



jo’g’rofiy  va  diniy  mavzulardagi  maqolalarda  yoritib  byerildi.  Jurnalistlar  Turkiston  halqlarining  milliy  va 

diniy birligi yo’lida myehnat qilish burchi to’g’risida yozishardi. 

 

Turkistondagi mustamlakachi ma’murlar, shuningdyek, amirlar, xonlar va din pyeshvolarining jadid 



matbuotiga  qarshi  olib  borgan  kurashi  jadidlarning  madaniy  islohotidan  siyosiy  qarshilik  ko’rsatishga  olib 

kyeldi.  YOsh  buxorochilar  rahbari  Fayzulla  Xo’jayev  ta’kidlab  o’tganidyek,  1914-1915  yillarda  hukumat 

jadidlarning  ro’znomalarini  va  “Ma’rifat”  nomli  kitob  do’konini  yopib  qo’ygani  siyosiy  tuzumga  qarshi 

noroziligini yanada kuchaytirdi, islohot ishlariga to’g’anoq bo’ldi.  

 

Rus ma’murlari Turkistondagi tyeatrchilik harakatiga, milliy dramaturgiya taraqqiyoti va targ’ibotiga 



ham  tashkiliy  –  ma’naviy  ham  moddiy  to’sqinlik  qilishga  urindilar.  “Padarkush”  p’yesasi  yozilganidan 

so’ng,  ikki  yilgacha  nashrga  ruxsat  etilmagani  va  Turkiston  gyenyeral  gubyernatorligining  o’z  senzuralari 

bo’lgani  holda,  Tiflisdagi  matbuot  qo’mitasi  senzuraga  murojat  etilgani  bunga  yaqqol  namuna.  Byehbudiy 

rus-fransuz  mahorabasining  yuz  yilligiga  maxsus  bag’ishlov  so’zlarini  qo’lyozmasining  ilk  sahifasiga  qayd 

qilib, rasmiy idoralarga ta’sir ko’rsatdi.  

 

Tyeatr  jadidlar  nazdida  avvalo,  “ulug’lar  maktabi”,  “ibratxona“  bo’lib,  xuddi  maktab  va  matbuot 

kabi ma’rifat, ilm olmoq g’oyasini targ’ib etishi ko’zda tutilgan edi. Ikkinchidan, esa ma’rifiy va ko’nchilar 

tomoshalar  orqali  malblag’  topib,  maorif,  matbuot  ehtiyojlariga  sarflamoq  ko’zlangan  edi.  Turkistonga 

tyeatr,  Ozarbayjon,  rus  sayyor  tyeatr  jamoalarining  kirib  kyelishi  Ovro’pa  o’zbyek  milliy  tyeatrining 

tug’ilishiga turtki byerdi.  

 

1911-1913  yillarda  tyeatr  sa’natining  zamonaviylashtirilishi  Turkistonnning  qishloq  aholisi 



dunyoqarashini  shakllantirishda  katta  o’rin  tutdi.  Bu  borada  byevosita  raqiblarni  yo’qligidan  jadidlar  bu 

sa’natdan  o’z  maqsadlariga  byemalol  foydalanishlari  mumkin  edi.  jadid  tyeatrining  olti  yillik  faoliyati 

mobaynida  kamida  yigirma  byeshta  p’yesa  yaratildi.  Jadid  dramaturglari  bu  asarlarida  xilma-xil  hayotiy 

muammolarni  ko’tarib  chiqishdi.  1917  yilga  qadar  ular  insonning  kamolotga  yetishini  qobiliyatiga 

ishonishardi,  bu  esa  hatto  eng  tushkun  kayfiyatdagi  p’yesalarga  ham  hayotiy  ruh  bag’ishlar  edi.  Haqiqiy 

mushohada  byevosita  raqiblarning  yo’qligidan  jadidlar  inqirozga  yuz  tutishining  oldini  olishdagi  asosiy 

vosita  dyeb  bilishdi.  Turkistonning  yangi  ziyolilari  dastlabki  p’yesalarida  XX  asr  qadriyatlarini  himoya 

qilishdi.  



 

398 


                                                                                                                                                                                        

 

1913  yili  Munavvarqori,  Ubaydulla  Abdullaxo’jayev,  Abdulla  Avloniy,  Ilhomjon  Inog’omov, 



Qobilbyek  Norbyekov,  To’lagan  Xo’jashyerov  (Tavallo),  Muhammad  Poshshaxo’jayev,  Toshpo’lat 

Norbo’tabyekov  va  Nizomiddin  Xo’jayevlar  bilan  birgalikda  “Turon”  jamiyatini  tashkil  qildi.  Xalq  orasida 

sahna  ishiga  hamda  xayriyaga  jiddiy  muhabbat  uyg’otish,  halq  uchun  spyektakl  qo’yib,  sog’lom  tomosha 

ko’rsatish,  Turkiston  hududida  yashovchi  muhtoj  musulmonlarga  moddiy  yordam  byerib,  ma’naviy  va 

moddiy  jihatdan  yaxshilash  1914  yil  27  fyevralida  Toshkyentdagi  kolizyey  tyeatri  binosida  o’zbyek  milliy 

tyeatrining  birinchi  mavzuyi  Mahmudxo’ja  Byehbudiyning  «Padarkush»  p’yesasi  sahnalashtirgani  bilan 

boshlandi.      

 

Mahmudxo’ja Byehbudiy  «Padarkush» p’yesasida islom  dining Turkistondagi  inqirozini  ko’rsatadi. 



Padarkushining  insonning  ma’naviy  inqiroziga  qulab,  najotni  maorifdan  kutadi,  maorifni  esa  xalqqa  

«poklangan  din»  byera  oladi,  dyeb  hisoblaydi.  O’sha  kyezlari  dinga  murojaat  qilish,  jamiyatning  ma’naviy 

hayotida  u  hal  qiluvchi  rol’  o’ynaydi  dyeb  bilish  tabiy  hol  edi,  albatta.  Turkistonda  jadidlarning  mavqyei 

ko’tarilib,  yangi-yangi  jamiyatlar  tashkil  topa  boshladi.  Qo’qonda  «G’ayrat»,  Andijonda  «Taraqqiyparvar» 

kabi jamiyatlar tuzildiki, ularning faoliyatida ilg’or dyemokratiya vakillari ham ishtirok qila boshladi.  

4-masala: 

  

Jadidlar  Rossiyadagi  siyosiy  jarayonlarni  diqqat  bilan  kuzatib  bordilar,  vujudga  kyelayotgan  rus 



siyosiy  partiyalari  dasturlarini  o’rganadilar.  Lyekin,  milliy  myentalityetning  o’ziga  xos  xususiyati  bo’lgan 

o’zbyek  xalqining  tinchliksyevarlikka,  bosiqlikka  moyilligidan  kyelib  chiqib,  ular  tinchlik  yo’li  bilan, 

jamoatchilikning  murojatlari,  Davlat  Dumasidagi  ommaviy  bahslar  va  boshqa  yangi  vositalar  bilan  podsho 

hokimiyatidan o’z maqsadlarini amalga oshirish yo’lida yon byerishga erishishga intildilar. Ammo, chorizm 

ma’muriyati Davlat Dumasida Turkistonlik vakillarni bo’lishini man etgan. Bu bir tomondan, o’lka xalqining 

haq-huquqlari  va  qadr  qiymatini  paymol  qilish  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan  ularning  siyosiy  ongining  o’sishi 

Rossiya impyeriya davlatchiligida xavf tug’dirar edi. 

 

Ma’rifatchilikdangina  iborat  bo’lsa,  Turkiston  jadidchiligi  madaniy  ma’rifatchiligi  o’zida  ancha 



kyeng  mazmun  kasb  etib,  bizda  jamiyat  rivojlanishidagi  rolini  to’g’ri  tushunishlik,  bozor  munosabatlariga 

yaqinroq  munosabat,  dyemokratik      instutlarni  yuzaga  kyeltirish,  millat  rivojlanishi  kabilani  alohida  qayd 

etish  zarur.  Ularning  fikricha  yuqoridagilarni  amalga  oshirish  uchun  islomni  modyernizasiyalash,  uni 

sxolastikadan  ajratish,  fan  va  ilg’or  tyexnologiyalar  bilan  qurollantirish.  Ular  Qur’oni  Karimni  to’g’ri 

tushuntirishni  alohida  vazifa  sifatida  ta’kidladi.  SHu  sababli  ham  A.Fitratning  «Hind  sayyohining 

hikoyalari»,  M.Byehbudiyning  «Islomning  qisqa  tarixi»  asarlarida  islomning  haqiqiy  mazmuni  tuzib,  o’z 

manfaat  yo’lida  ish  tutgan  dindorlarni,  ayniqsa,  dindan  siyosiy  manfaatlar  asosida  foydalanishga  qattiq 

qarshilik bildirganlar. 

 

Jadidlarning  xalqaro  aloqalari  juda  kyeng  darajada  bo’lgan.  Ular  rus,  turk,  yegipyet  jadidlari 



dasturlari  bilan  yaqindan  tanish  bo’lishgan.  1905  yili  Toshkyentda  Rossiya  musulmonlari  Markaziy 

byurosining  a’zosi  Abdurashid  Ibragimov  ma’lum  ishlarni  amalga  oshirganlar.  1908  yil  jadidchilik 

harakatining  otasi  Ismoil  Gasprinskiy  Qohiraga  safar  qilishdan  ilgari  Turkistonda  bo’lib  Samarqanddagi 

yangi usul maktablar bilan tanishdi. 1910 yilda tatar jadidi Sadri Mahmudiy butun Turkiston o’lkasini ko’rib 

chiqqandi. 1905-1907 yildagi birinchi rus inqilobi ham jadidlar harakatiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Munavvar 

qori  Abdurashidxonov,  Abdulla  Avloniy,  Ismoil  Obidov  rahbarligida  Toshkyentda,  Mahmudxo’ja 

Byehbudiy,  Xo’ja  Mutin,  Akobir  SHomansurov  boshchiligida  Samarqandda  Nosirxon  turk  boshliq 

Namanganda,  Obidjon  Maxmudov,  Ashurali  Zoxiriy,  Po’lat  Valiyev  rahbarligida  Qo’qonda  libyeral-

ryeformistik harakat yuzaga kyela boshladi. Ular faqatgina maktablar ochish, noshirlik faoliyati bilan, ya’ni 

1906  yildan  «Tarankiy»,  «Xurshid»,  1907  yildan  «SHuxrat»  kabi  gazyeta  va  jurnallarni  chop  etish  bilan 

chyeklanib qolmasdan siyosiy haytga o’tish uchun ham zamin hozirlay boshladilar. 

 

Ana  shu  yillardan  boshlab  jadidlar  impyeriyadagi  va  uning  mustamlakalaridagi  siyosiy  jarayonni 



zo’r  qiziqish  bilan  kuzatishlarini  syezish  mumkin,  ayniqsa  mavjud  siyosiy  partiyalarning  dasturlarini 

o’rganishga e’tibor qildilar. U mahalliy millat xususiyatidan kyelib chiqib tinch yo’l bilan, muzokaralar olib 

borish  orqali, Davlat Dumasidagi faoliyatni  jonlantirish  yo’li bilan chor hokimiyatidan siyosiy  erkinliklarni 

qo’lga kiritishda umid bog’laydilar. 

 

1906 yil 11 oktyabrda «Xurshid» gazyetasida bosilib chiqqan M.Byehbudiyning maqolasida yagona 



musulmon partiyasini tuzish va shu orqali Rossiya musulmonlari ittifoqiga kirishni tavsiya etgandi. Ana shu 

maqolada  u  sosial  dyemokratik  partiyasiga  salbiy  munosabat  bildirib,  ularning  dasturida  ilgari  surilgan 

qonun-qoidalar  sira  ham  islom  dunyosi  hayotiga  yaqin  kyelmaydigan  xayolparastlikdan  iborat  dyeb  qayd 

etadi. 


 

Birinchi  va  ikkinchi  inqilob  o’rtasida  jadidlarda  son  va  sifat  o’zgarishlari  yuz  byerdi  dyeyish 

mumkin.  Stolipin  ryeaksiyasi  ryeaksiyasi  davrida  jadidlar  faoliyati  ham  yashitrin  holatga  o’tgandi. 

Jadidlarning  ana  shunday  yashirin  guruhi  Toshkyentda  Axmyedjonov  boshligida,  Qo’qonda  50  kishilik 

guruh,  Andijonda  guruh  «Taraqqiyparvar»  nomi  bilan  Ubaydulla  Xo’jayev  rahbarligida  faoliyat 


 

399 


                                                                                                                                                                                        

ko’rsatgandi. 

 

Turkiston  jadidchiligiga  1905-1911  yillardagi  Turkiya  va  Erondagi  inqiloblar  ham  kuchli  ta’sir 



ko’rsatgandi.  Bu  inqilob  natijasida  milliy  ziyolilar  podsholik  hokimiyatining  konstitusion  chyeklanishiga 

erishilgandi,  ya’ni  monarxiya  konstitusion  monarxiya  bilan  almashilgandi.  Bu  narsa  milliy  burjuaziyaning 

iqtisodiy mustahkamlanishiga sharoit yaratgandi. 

 

SHuni  qayd  etish  joizkim,  yosh  turklar  va  Eron  ziyolilari  tajribasi  Turkiston  jadidlari  tomonidan 



myexanik  ravishda  qabul  qilinmadi.  O’lkamiz  jadidlari  SHarq  va  Yevropa  mamlakatlari  davlat  qurilishi 

tajribasini,  xuquqshunosligini  tajribasida  bizning  sharoitimizga  mos  kyeladigan  tomonlarini  qabul  qildi 

xolos. 

 

Birinchi  jahon  urushi  davrida  Turkiston  jadidlari  fikri  yanada  radiallashadi.  Bu  davrda  ular 



parlamyentar  monarxiya,  davlat  boshqaruvida  fuqarolarning  qatnashish  shakllari  to’g’risida  ko’proq  fikr 

yuritdilar. Fyevral inqilobidan kyeyin Turkiston jadidlarining radikal qismi, ya’ni «progryessivistlar» kyeng 

ma’nodagi siyosiy talablar bilan chiqa boshladi. Endi ular mahalliy aholining boshqaruvidagi rolini oshirish, 

Davlat Dumasidagi  qonuniy  o’rinlarni  egallash,  dyemokratik  erkinliklarni  qo’lga  kiritish, samodyerjaviyani 

konstitusion  ryejim  bilan  almashtirish  kabilar  ilgari  surildi.  Qisqasi,  Fyevral  inqilobi  Turkiston  jadidlarini 

shunchalik ruhlantirdiki, Rossiyada  yangi fyedyerativ  davlat tuzumi sharoitida avtonomiyani qo’lga  kiritish 

ruhi bilan yashay boshladi. Ana shu davrdan partiyalar va tashkilotlar yuzaga kyela boshladi. Endi ular o’lka 

aholisining barcha ijtimoiy tabaqalarini o’z orqasidan ergashtirish imkoniyatiga ega bo’ldi, fuqarolar ongida 

birlashish zarurligi to’g’risidagi intilishni yuzaga kyeltirdi.  

 

Lyekin,  jadidlar  tyezlikda  muvaqqat  hukumat  va  uning  joylardagi  tashkilotlari  CHor  Rossiyasi 



siyosatini davom ettirayotganini tushunib yetdilar. 

 

Bu  siyosatni,  ayniqsa  Ta’sis  majlisiga  saylovlarga  tayyorgarlik  jarayonida  tushunib  yetdilar.  SHu 



davrdan  boshlab  jadidlar  kurash  mustaqillik  va  avtonomiya  uchun  kurash  xaraktyeriga  ega  bo’ldi,  ular 

Rossiyaning  mustamlakachilik  siyosatini  kyeskin  tanqid  qila  boshladi,  konstitusion  monarxiya  talab  qilish 

siyosatidan  voz  kyechdilar,  endi  Rossiya  dyemokratik  fyedyerativ  ryespublika  tarkibidagi  milliy-huquqiy 

avtonomiyani qo’lga kiritishni talab qila boshladilar, «YAshasin qo’shma xalq ryespublikasi!» shiorini ilgari 

surdilar. Ana shu shior bilan 1917 yildan «Kyengash», «Turon», «Turk eli» gazyetalari chiqa boshladi. Endi 

ular  huquqiy-milliy  avtonomiya  prinsiplari  nimadan  iborat  ekanligini  ilgari  sura  boshladilar.  Endi  ularning 

fikricha,  davlat  formasi  ryespublika  bo’lishi,  unda  dyemokratik  jamiyat  shakllanishi,  fuqarolarga  barcha 

dyemokratik huquq va erkinliklar byerilishi zarur edi. 

 

O’zbyekiston tarixi. II qism, 33-byet. 



 

Fyevral  inqilobidan  so’ng  Turkistonda  tuzilgan  siyosiy  tashkilotlar  birinchi  kunidanoq  muxtoriyat 

masalasini kun tartibiga qo’yishmadi. Turkistonga muxtoriyat byerish masalasini kun tartibiga qo’yishmadi. 

Turkistonga  muxtoriyat  byerish  masalasi  birinchi  bor  musulmonlarning  I  Turkiston  syezdida  (1917  yil, 

apryel’)  qo’yildi.  SHuningdyek,  bu  masala  «SHo’roi  islom»  Markaziy  qo’mitasi  doirasida  ham  muhokama 

qilingan edi. «Kyengash» gazyetasining dalolat byerishicha, Markaziy qo’mita a’zolari muxtoriyatni shunday 

tushunar edi. Turkistonning o’ziga xos maxsus idora va ijroiya muassasalari, ya’ni qonun ishlab chiqaruvchi 

parlamyenti,  ish  yuritadigan  hukumati  bo’lishi  lozim.  Tashqi  siyosat,  moliya,  yo’llar,  harakat  ishlar 

umumfyedyerasiyasi hukumatining ishi dyeb hisoblandi. Moliya ishlari, mahalliy yo’llar masalasi, mahalliy 

idoralar adliya va yer masalalari kabilar mahalliy muxtoriyat hukumati doirasidagi ishlar dyeb qaraldi. 

 

Muxtoriyat  masalasi  musulmonlar  orasida  1917  yil  may  oyining  boshida  Moskvada  bo’lgan 



Butunrossiya musulmonlari I syezdidan kyeyin yanada kyeskinroq qo’yila boshladi. Bu yerdd yagona fikrga 

kyelish  qiyinroq  bo’ldi.  CHunki,  mamlakatning  musulmonlar  yashaydigan  hududlari  muxtoriyat  xususida 

turli qarashlarga ega  edi. Natijada 2  ga bo’linib, Turkiston, Qirg’iziston, Kavkaz, Qrim  va boshqa o’lkalari 

vakillari  fyedyerativ  ryespublika  tarafdorlari  bo’lganliklari  sababli  o’zlarini  «fyedyeralistlar»,  Rossiyaning 

ichki  gubyerniyalari  va  Volgabo’yi  musulmonlari  esa  «unitar»  (bir  butun,  qo’shma  ryespublika  tuzish 

tarafdorlari  bo’lganlari  uchun  «unitaristlar»  dyeb  atadilar).  Har  qanday  ta’sis  majlisini  tayyorlash  uchun 

komissiya tuzildi. 

 

Mazkur syezd iyun’ oyi boshidan barcha joylarda muxtoriyat g’oyasi kuchayishiga sabab bo’ldi. Bu 



esa  o’z  navbatida  Ta’sis  majlisiga  vakillar  saylash  jarayonida  birdan-bir  milliy  dastur  atrofida  to’planib 

borishga yordamlashdi. 

 

1917  yil  12-14  iyulida  Skobyelyevda  viloyat  musulmonlari  qurultoyi  bo’lib  unda  137  kishi 



qatnashdi. Unda «Turiodam markaziyati» (Turkiston fyedyeralistlari) partiyasiga asos solinadi. U Turkiston, 

Qozog’iston,  Kavkaz,  Boshqirdiston  uchun  milliy  hududiy  muxtoriyatni,  Volgabo’yi,  Qrim  tatarlari  va 

boshqa  turkiy  xalqlar  uchun  milliy  madaniyat  muxtoriyatni  talab  qiladi.  Ularning  dasturida  yozilishicha 

muxtor jumhuriyatlar parlamyenti va mahalliy o’z-o’zini boshqarish tashkilotlariga saylovlar umumiy asosda 

yashirin ovoz byerish bilan amalga oshirilishi. Musulmon ayollari saylovga shariat qonun-qoidalariga rioya 

qilish asosida bo’lishi kyerak edi. 



 

400 


                                                                                                                                                                                        

 

Dasturning  diqqatga  sazovor  joyi  shuki,  fyedyeralistlar  muxtoriyatga  erishgan  o’lkalar  ichki 



boshqaruvda  moliya,  shariat,  madaniy,  adliya  va  xalq  maorifi  masalalarida  mustaqil  bo’lmog’i  lozim  edi. 

Bunda  har  bir  ryespublika  viloyat,  uyezdlarga  bo’linib,  ularga  o’z-o’zini  boshqarish  huquqi,  Rossiyada 

yashayotgan  musulmonlarga  esa  umumiy  madaniy-milliy  uyushma  tashkil  etish  ko’rsatilganda 

Fyedyeralistlar din masalasida umumiy milliy madaniyat uyushma tuzishni o’rtaga tashlaydi. Bu masalalarni 

hal etish bilan «mahkamai-sharia» tashkiloti shug’ullanishi lozim bo’lgan. Viloyatlarda uning boshqarmalari, 

qishloqlarda  qozixonalar  shug’ullanishi  zarur  bo’lgan.  Butun  Rossiya  bo’yicha  shayxulislom  boshliq 

umumiy kyengash saylash mo’ljallangan. 

 

Dasturda  fuqarolar  huquqlariga  bag’ishlangan  bo’lim  ham  bor.  Unga  ko’ra  jumhuriyatning  barcha 



aholisi  dini,  jinsi,  millati,  egallagan  lavozimidan  qat’iy  nazar  qonun  oldida  bir  xil  javobgardir.  Vijdon 

erkinligiga  kafolat  byeriladi.  Fyedyeralistlar  so’z,  matbuot,  yig’ilishlar,  uyushma  va  jamiyatlar  erkinligini 

qayd  etadi.  Hyech  bir  shaxs  tashkilotlar  tomonidan  xibsga  olinishi  mumkin  emas.  Unga  24  soat  ichida 

aybnoma qo’yilishi zarur. Pasport ryejimini byekor qilish ko’rsatiladi. Har bir fuqaro mamlakat ichida erkin, 

chyetga chiqish ham erkin amalga oshirilishi aytilgan. 

 

Yer masalasida esa barcha davlat mulklari musodara qilinib aholiga ijaraga byerish yoki fuqarolarga 



sotish  taklif  etiladi.  Xususiy  mulk  egalarining  mulklari  xususida  Rossiyaning  Turkistondan  bo’lak  barcha 

viloyatlari o’zlari uchun zaruriy qonunlarni chiqarib olishlari ta’kidlanadi. Biroq, Turkistonda juda katta yer 

egalari  bo’lmaganligi  sababli  mulkdorlarning  o’z  qo’lida  qoladi.  Lyekin,  zo’rlab  tortib  olingan  yerlar  o’z 

egalariga qaytarish zarurligi aytiladi. 

 

Turkiston  muxtoriyatchilari  ishchilar  huquqlari  borasida  ham  gapirib,  ularning  uyushmalarini, 



jamiyatlarini,  zarur  paytlarda  ularning  ish  tashlash  bilan  o’z  huquqlarini  himoya  qilishlari  bayon  etilgan. 

YAna myehnatkashlar huquqlarini himoya qiluvchi, nazorat etuvchi tashkilotlar tuzish ham aytilgan. 

 

Ayollar va bolalar myehnatini himoyalash sog’liqlarini saqlashga alohida e’tibor qilingan.  



Ishchilar  va  kapitalistlar  o’rtasida  ixtiloflar  yuzaga  kyelganida  har  ikkala  tomondan 

tashkillashtirilgan komissiyalar tuzilishi ham aytiladi. 

Muxtor  jumhuriyatning  qonun  tuzishni,  ya’ni  sud  va  adliya  tashkilotlar  hyech  bir  kishining  yoki 

tashkilotlarning aralashuvisiz ish tutishi, faqat shariat va qonunlar asosida faoliyat ko’rsatishi kyerak edi. 

Sud hukmigacha ayblanuvchini  hyech bir kishi  jazoga tortish  mumkin  emas. Hokimiyatning ijrochi 

organlari  sud  ishlariga  aralashishi  mumkin  emas.  Jazo  tizimi  parlamyent  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

qonunlar  nyegizida  bo’lishi  mumkin  edi.  Muxtoriyatchilar  maorif  masalasini  ham  puxta  ishlab  chiqqan 

edilar.  Barcha  kishi  bilim,  ta’lim  olish  huquqiga  ega,  xususiy  tashabbuslar  hokimiyat  tomonidan 

chyeklanmasligi,  maktablar  mustaqil  bo’lishligi,  maktablarning  turli  bosqichlardan  iborat  bo’lishligi,  quyi 

bosqichdan  oliy  bosqichgacha  borish  imkoniyatini  yaratilishligi,  boshlang’ich  ta’lim  byepul,  umumiy 

ta’limning majburiyligi quyi bosqichda mahalliy aholi ko’pchilikni tashkil qilgan tilda olib borishlik, oliy va 

o’rta maktablarda ta’lim rus va umumturkiy tilda olib borishlik ko’rsatilgan. Oliy maktablarda ta’lim adabiy 

tilda olib borish aytiladi.  

Bu loyiha «Kyengash» gazyetasining 1917 yil avgust oyida e’lon qilinadi. 

Farg’ona  fyedyeralistlar  syezdi  to’g’risida  «Turkyestanskiy  kuryer»  gazyetasining  yozishicha 

«Turkistondagi  erkin  qarashdagi  ziyolilar  va  musulmon  ruhoniylarning  dyemokratik  kayfiyatdagi  faol 

qismida jiddiy qiziqish uyg’ortdi. Bu esa o’ta kyeskin kayfiyatdagi millatchilar va islom mutassibchilarning 

g’ashini  kyeltirmay  qolmadi.  Ularning  islom  dini  nomidan  so’zlab  jamiyatda  dyemokratik  o’zgarishlar 

yo’lidagi  har  qanday  o’zgarishlarga  kyeskin  qarshi  chiqishdi,  yevropacha,  ular  iborasiga  ko’ra  kofircha 

madaniyat kirib kyelishini mutloqo rad etishdi. Gap noma haqida kyetmasin, mulk haqidami, axloq va odob 

haqidami yoki din masalasidami». 

Bu  esa  o’z  navbatida  ilg’or  jadid  ziyolilari  va  qadimchilari  orasidagi  bu  ziddiyatlar  milliy  ozodlik 

safida  parchalanishga  olib  kyeldi.  Tashkiliy  jihatdan  bu  hol  1917  yil  iyun’  oyining  o’rtalarida  «SHo’roi 

islom»  tashkilotidan  ajralib  chiqib,  «SHo’roi  ulamo»  jamiyati  tuzilishida  ifodalanadi.  Ular  o’zlarining  «Al-

Izoh»  jurnalida  diniy,  axloq,  odob,  madaniyat,  ijtimoiy  hayot  masalalariga  e’tibor  byera  boshladi.  Diniy 

masaladagi tor munosabatlarni targ’ib qildilar va yangi dyemokratik fikrni inkor etdi. 

Ma’lumki,  1917  yil  kuzida  davom  etayotgan  impyeralistik  urush  natijasida  mamlakatda  ahvol 

og’irligiga  qarshi  xalq  ommasining  noroziligi  eng  yuqori  nuqtaga  ko’tarildi.  Bundan  foydalangan 

bol’shyeviklar,  jumladan  Toshkyent  sovyeti  ham  «Butun  hokimiyat  sovyetlarga!»  shiori  bilan  chiqib, 

hokimiyatni  inqilobiy  qo’mitalar  o’z  qo’llariga  olishga  kirishdilar.  Lyekin,  Markaziy  «SHo’roi-Islom» 

boshqa  fikrda  edilar.  1917  yil  7-11  syentyabrda  Toshkyentda  o’lka  musulmonlari  syezdi  bo’lib,  unda 

hokimiyatning Sovyetlar qo’liga o’tishiga qarshi chiqdilar. SHunday sharoitda ular hokimiyatning kaolision 

bo’lishiga, hokimiyatning mamlakatning barcha kuchlariga tayanishiga chaqirdi, ya’ni umumxalq hokimiyati 

bo’lishligiga chaqirdi.  

Ana  shunday  sharoitda  dyemokratik  ruhdagi  milliy  yetakchilar  butun  musulmonlarning  birlashuvi 


 

401 


                                                                                                                                                                                        

zarur  dyegan  shiori  bilan  chiqdilar.  Bu  harakat  «SHo’roi-Islom»  va  «SHo’roi-Ulamo»  jamiyatlarining 

birgalikda  harakat  qilishlariga  imkoniyat  yaratdi.  SHu  davrda  A.Fitrat  shunday  dyeb  yozgandi:  «Ey, 

Turkiston xalqi musulmonlari, tangri uchun, din uchun, oramizdagi shaxsiy tortishmalar, sinfiy ayriliqlardan 

ko’z  yumaylik.  Islom  dinining  birinchi  buyrug’i  bo’lgan  qardoshlik  va  ittixot  bog’lari  bilan  bog’lanaylik, 

qo’lni qo’lga byeraylik. Haq yo’lida, din yo’lida, Vatan yo’lida, mullomiz, boymiz, bir yerda to’planaylik». 

SHu maqsadda 1917 yil 17-20 syentyabrda ulamolar tomonidan umummusulmon syezdi bo’lib, unda 

«SHo’roi-Islom»,  «To’ron»,  «Ulamo»  va  boshqalar  yagona  «Ittifoqi  muslumin»  partiyasi  tuzishga  qaror 

qilgandi. 

Ana  shu  syezdda  Turkistonning  milliy  davlatchilik  haqida  ham  ma’lum  fikrlar  aytildi.  «Ulug’ 

Turkiston»  gazyetasining  yozishicha,  unda  M.Byehbudiy  va  Siddiqxo’jalar  boshqaruv  haqida  fikr  bildirib, 

Turkiston  umumiy  to’g’ridan  to’g’ri  tyeng  va  yashirin  ovoz  byerish  yo’li  bilan  5  yillik  muddatga 

Turkistonda  yashab  turgan  barcha  millatlar  vakillaridan  saylanmog’i  zarur  dyegan  fikrni  bildirgandi. 

Parlamyent qabul qilgan qonunlar Rossiya Ryespublikasi qonunlariga va shariatga mos bo’lmog’i zarur edi. 

YAna Turkiston o’z pulini muomalaga chiqarishi, o’z milisiyasiga ega bo’lishi ham ko’rsatilgandi. YAna o’z 

chyegarasini  qo’riqlash  uchun  qo’shin  saqlashi  mumkinligi  aytiladi.  Bular  shuni  ko’rsatadiki,  Turkiston 

jaldidlari qadamma-qadam muxtoriyat uchun kurash olib bormoqda edi. Jadidlar 

bilan 


Turkistondagi 

istiqlolchilik  harakati  o’rtasida  hyeya  qanday  aloqa  bo’lmagan  dyegan  fikrlar  bor.  Lyekin,  olib  borilgan 

tadqiqotlar  shuni  ko’rsatmoqdaki,  jadidlar  nafaqat  ushbu  harakatda  ishtirok  qildilar,  balki  istiqlolchilik 

harakatining g’oyaviy mafkurachilari sifatida tarix sahnasiga chiqdilar.  

 

Ma’lumki,  1918  yil  fyevralida  Qo’qon  shahrida  faoliyat  ko’rsatayotgan  Turkiston  muxtoriyati 



hukumati muxtoriyati bol’shyeviklar tomonidan tor-mor qilingan edi.  

 

Lyekin,  ordan  ko’p  o’tmay,  Turkiston  muxtoriyati  hukumatining  xalq  maorifga  vaziri, 



Namangandagi  «SHo’roi  Islomiya»  tashkilotining  rahbari  Nosirxon  To’ranamolxonto’rayev,  hukumat 

xazinachisi  Saidnosir  Mirjalilov,  Turkiston  Millat  majlisi  a’zolaridan  Olimxon  To’ra  SHokirxonto’rayev, 

Obidjon  Umarov  va  Toshkyent  muftisi  Sadriddin  SHarifxo’jayev  kabilar  istiqlolchilar  bilan  aloqa 

o’rnatishdi. Ular Farg’ona vodiysidagi aholi orasida va qo’rboshilardan SHyermuhammdabyek, Rahmonqul, 

Prapi yigitlari ichida bo’lib, mujohidlarni sovyet hokimiyatiga qarshi kurashga safarbar qilishda muhim rol’ 

o’ynaydilar.  

 

Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining g’oyaviy ravnaqlaridan biri Nosirxon To’ra Said 



Kamolxon To’ra o’g’li edi. U Namangandagi «SHo’roi Islomiya» tashkilotining rahbari edi. U muxtoriyat 

hukumatining maorif vaziri sifatida mamlakatda morif va madaniy oqartiruv ishlariga asos soldi hamda, bu 

yo’lda milliy ziyolilarning faoliyatini kuchaytira boshladi. Muxtoriyat bol’shyeviklar tomonidan qonga 

byelangaya, bir yil davomida yashirin hayot kyechirdi. U maxfiy ravishda Omon Pahlavon, Muhiddinbyek, 

Jonibyek qozi va Rahmonqul qo’rboshi kabi milliy maslahatlar byerar va ularning harakatlarini 

markazlashtirish tashvishida bo’lar edi. Nosirxon To’ra tyez orada Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik 

harakatining g’oyaviy rahnomalaridan biri sifatida mujohidlar o’rtasida tanildi. SHyermuhammadbyek 

Nosirxon To’rani o’ziga pir dyeb e’lon qilgan va ushbu markazdan doimo Farg’onadagi sovyet 

qo’shinlarining ahvoli to’g’risida ma’lumotlar olib turgan. 1919-1924 yillarda u bol’shyeviklar 

qamoqxonasida bo’ladi, lyek qaytib kyelganidan kyeyin u yana Sovyetlarga qarshi faoliyati uchun qamoqqa 

olinadi va Oryenburgda surgunlikda byesh yil yashaydi. 1920 yilning oxirida qaytadan istiqlolchilik 

guruhlarini tuzishga urinadi va mavjud tuzumga qarshi kurashgani uchun sovyet hokimiyati tomonidan 

hibsga olindi va 1938 yil 3 syentyabrda totalitar tuzum qurboni bo’ldi.  

 

Turkiston  Ryespublikasi  va  Buxoro  jumhuriyatidagi  jadidlarning  bir  qismi  bu  paytda  sovyet 



tashkilotlarida  faoliyat  ko’rsatishsada,  milliy  mustaqillik  to’g’risidagi  o’z  g’oyalaridan  voz  kyechishmagan 

edi.  


 

1917  yil  avgustning  shoxirida  «Ittiqodi  taraqqiyparvar»  tashkiloti  tuziladi.  Toshkyentdagi  Osinyev 

isyonidan (1919 yil yanvar’) kyeyin tashkilot tarqatilib, uning a’zolari «Birlik» uyushmasini tashkil qilishadi. 

Bu  jamiyat  2-3  yil  yashaydi,  lyekin  bu  qisqa  fursatda  uning  a’zolari  Farg’ona  mujohidlari  bilan  maxfiy 

ravishda  aloqa  bog’lashga  harakat  qilishgan.  Ba’zi  ma’lumotlarga  qaraganda  Munavvarqori,  Miyonbuzruk 

Solihov,  Ashurali  Zohiriy  Farg’onada  bo’lib,  qo’rboshilarning  qurultoyida  qatnashadi.  Turkistonda  o’sha 

davrdagi siyosiy kurashning markazida turgan siymolardan biri Ahmad Zakiy Validiy   bo’lgan.  U  1920-

1921 yillarda Buxoroda yashar ekan, jadidchilik  g’oyalari bilan sug’orilgan siyosiy partiyalar tashkil  qilish, 

ularning  dasturi  va  ryejasini  tuzish  bilan  astoydil  shug’ullangan.  Validiy  tomonidan  1921  yilda  “Erk” 

partiyasining  9  banddan  iborat  jadid  taraqqiyparvarlari  partiyasining  19  bandlik  dasturlari  ishlab  chiqildi. 

Dasturdagi fikrlarning aksariyati bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan: 

  O’z  milliy  madaniyatiga  ega  bo’lib,  mustaqil  millat  sifatida  yashash  hayotning  asosi  bo’lmog’i 

kyerak.  Bu  esa  barcha  millatlarning  orzusidir.  Maqsadimiz  Turkistonni  mustaqil  qilib,  Millat  til,  din, 

madaniyat, adabiyot, urf-odatlar birligiga asoslanadi.  



 

402 


                                                                                                                                                                                        

  Ozod  Turkistonda  davlat  tuzilishi  va  idorasi  jumhuriyat  shaklida  bo’lib,  hokimiyat  asosin 

dyemokratiya  yo’li  bilan  saylangan  Millat  majlisi  yoki  viloyat  va  shaharlarda  hamda  shahar  majlislari 

(zyemstvo) tashkil qiladi.  

  Markaziy  hukumat  a’zolari  millat  majlisining  roziligi  bilan  Jumhuriyat  raisi  (Pryezidyent) 

tomonidan,  viloyatlardagi  boshliqlar  esa  markaziy  hukumat  tarafidan  tayinlasak.  Viloyat  va  shahar  idora 

majlislarining  raislari  shu  majlisning  o’zida  saylanib  qo’yilajak.  Millat  majlisi,  Jumhuriyat  raisi,  viloyat 

majlislarini saylash tarkibi mustaqil Turkistonning birinchi qurultoyi tomonidan byelgilasak. 

  Turkistonda  turk  bo’lmagan  ozchilik  ham  madaniy  huquqlardan  foydalansak:  Turkiy  halqlar 

Turkiston madaniyatining kuchli ravishda yashnatish uchun yakdillik bilan faollik ko’rsatishlari kyerak. 

  Turkiston milliy hukumati Turkiston milliy askariga tayanajak: harbiy xizmat majburiy. 

  Mamlakatda  vijdon  erkinligi  to’la  ta’minlanajak.  Diniy  ibodat  va  urf-odatlarni  erkin  ravishda 

boshqarish  yo’li  bilan  ta’minlasak.  Mamlakatda  boshqa  din  missionyerlarining  ish  olib  borishiga  ruxsat 

byerilmaydi. 

  Matbuot  va  nashriyot  hurriyati  hamda  shaxs  erkinligi  davlatning  asosiy  qonunlari  tarafidan  ta’min 

etilajak. 

  8  Yer  masalasida  yer  osti  va  yer  usti  boyliklari,  o’rmonlari,  havzalari  davlat  mulkiga  o’tishi  nyegiz 

hisoblanadi. Yer dyehqonlarga (qishloq dyehqonlariga) xususiy mulk qilib byerilajak. 

24. 

Turkistonning  ozodligi  iqtisodiy  mustaqillik  asosidagina  amalga  oshirilur.  SHuning  uchun 



Turkiston boshqa qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tuzilishi asosida oyoqqa 

turib, tobora rivojlanib borishini ta’min qilishga harakat qilinajak.  

  Turkistonda  eng  avvalo  hunar  maktablari  yo’lga  qo’yilajak.  Ovro’paga  o’quvchilar  yuborishga 

ahamiyat byerilajak. . . 

1921  yil  syentyabr  oyida  bo’lib  o’tgan  Samarqand  kongryeyesi  Farg’ona  vodiysidagi  istiqlolchilik 

harakatini  g’oyaviy  jihatdan  jipslashuviga  ancha  xizmat  qildi.  Anjumanda  butun  Turkistondagi  qo’rboshi 

guruhlari bilan aloqa o’rnatish va har bir qo’rboshining huzuriga siyosiy maslahatchilar yuborish to’g’risida 

qaror qabul qilindi.  

Validiy  shaxsan  o’zi  Buxoro,  Samarqand  va  Xorazmda  harakat  qilayotgan  bir  qator  qo’rboshilarning 

qarorgohida  bo’ladi,  ularni  umumiy  dushmanga  qarshi  ayovsiz  kurash  olib  borishga  chaqiradi,  o’zaro 

totuvlikka undaydi.  

 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling