Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

11-mavzu  

Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat 

1.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi 

 

403 


                                                                                                                                                                                        

Mashg’ulot  vaqti-

2 soat 

Talabalar soni: 20 – 28 nafargacha 

Mashg’ulot shakli 

Bilimlarni 

kengaytirish 

va 

mustahkamlash 

buyicha seminar mashguloti 

 

 

 

 

Amaliy mashg’ulot 

rejasi 

1 . T u r k i s t o n   M u x t o r i y a t i   v a   u n i n g   f ojiali taqdiri. 

2 . Far g ’ on a  vod i ysi   -   qurolli   harakat   markazlaridan   biri.   Bu  yerldagi 

harakatlarning  mohiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, va uning  bosqichlari. 

3.Buxoro va Xorazmda Sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat. 

 

O’quv mashg’ulotining maqsadi:   Turkistonda jadidchilik harkatining yuzaga kelishi sabablari va ularning 

nomayondalar, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi olib borgan ishlari haqida bilim beriladi.  

Pedagogik vazifalar

  O’zbekistonda  yer-suv  islohatlarining    mohiyati 

haqida  bilimlarni mustahkamlash; 

  Harbiy  kommunizm  siyosati    va    NEP  haqida  

tassavurlarni  kengaytirish; 

  O’zbekistonda  sanoatlashtirish,  qishloq  xo’jaligini 

jamaolashtirish 

siyosatining 

mazmun-mohiyatini  

ochib berish;  

  Sovet  hokimiyati  davrida    O’zbekistonning  

ma’naviy-madaniy  qaramligini  uning    oqibatlari 

haqida  ma’lumot berish 

O’quv faoliyati natijalari: 

  O’zbekistonda  yer-suv  islohatlarining    mohiyati  haqida  

bilimlarni mustahkamlash; 

 

  Harbiy  kommunizm  siyosati    va    NEP  haqida    tassavurlarni  



kengaytirish; 

 

  O’zbekistonda 



sanoatlashtirish, 

qishloq 


xo’jaligini 

jamaolashtirish siyosatining mazmun-mohiyatini  ochib berish;  

 

  Sovet  hokimiyati  davrida    O’zbekistonning    ma’naviy-



madaniy qaramligini uning  oqibatlari haqida  ma’lumot berish 

Ta’lim berish usullari 

suhbat,    tushuntirish,  tezkor  so’rov, 

zigzag (arra) texnikasi  

Ta’lim berish shakllari 

Ommaviy, guruhlarda ishlash  



Ta’lim berish vositalari 

O’quv 


qo’llanma, 

proyektor, 

 

o’quv 


topshiriqlari, test savollar 

Ta’lim berish sharoiti 

Texnik  ta’minlangan,  gurhlarda  ishlash 

uchun mo’ljallangan auditoriya 

Monitoring va baholash 

Og’zaki nazorat: savol-javob  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi 

Ish 

Faoliyat mazmuni 


 

404 


                                                                                                                                                                                        

bosqichlari va vaqti 

Ta’lim beruvchi 

Ta’lim oluvchilar 

Tayyorlov bosqichi 

Mavzuni  aniqlaydi,  ta’limiy  maqsadni  belgilaydi  va 

kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. 

Mavzu bo’yicha tayanch konspektlar ishlab chiqadi. 

Belgilangan  ta’limiy  maqsadlarga  erishishni  ta’minlovchi 

o’quv  topshiriqlarini ishlab chiqadi.  

Kichik  guruhlarda  samarali  faoliyatni  ta’minlash  uchun 

yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi. 

Ekspert guruhlar faoliyat  natijalarini  baholash mezonlarini 

ishlab chiqadi. 

 

 



 

 

 



1. O’quv 

mashg’ulotiga 

kirish bosqichi 

      (10  daqiqa) 

1.1.  Mashg’ulot  mavzusi,  uning  maqsadi  va  kutilayotgan 

natijalarini  e’lon  kiladi,  ularning  ahamiyatliligi  va 

dolzarbligini asoslaydi. 

1.2.  Mavzu  bo’yicha  asosiy  tushunchalarga  ta’rif  berishni 

taklif  qiladi  va  shu  asosda  tezkor-so’rov  o’tkazib  talabalar 

bilimlarini faollashtiradi. 

 1.3.  Faoliyat  kichik  guruhlarda  o’quv  topshiriqlarini 

bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. 

1.4. 


Qo’shimcha 

ma’lumotlar 

aks 

etgan 


tayanch 

konspektlarni tarqatadi. 

1.5.  Ekspert  guruhlar  faoliyati  natijalarini    baholash 

mezonlarini e’lon qiladi. 

Tinglaydilar. 

 

 



 

Savolni muhokama qilib, 

ularga javob beradi. 

 

 



2. Asosiy bosqich 

(60 daqiqa) 

 

 

 

2.1. 


Talabalarni 

to’rtta 


kichik 

guruhga 


bo’ladi. 

Mashg’ulotning  o’tkazilish  tartibini  yana  eslatadi.  O’quv 

mashg’uloti  «o’zi  o’rganib,  o’zgaga  o’rgatish»,  ya’ni 

hamkorlikda o’rganish  prinsipi asosida o’tkazilishini aytadi  

2.2.  Guruhlarga  ekspert  varaqlarini,  shu  bilan  birga, har  bir 

talabaga  geometrik  shakl  tarqatadi  va  faoliyatlarini  tashkil 

qiladi 

(geometrik 



shakllarni 

vaqtincha 

bir 

joyga 


ko’yishlarini,  vakti  kelganda  ulardan  foydalanishlarini 

aytadi). 

Guruhlarda ishni tashkil kiladi. (matnni o’rganib, muhokama 

kilishga 15 daqiqa beradi). 

2.3.  Doira  shaklini  olgan  talabalar  1-stol,  uchburchak 

shaklini  olganlar  2-stol  va  to’rtburchak  olganlar  3-stol 

atrofiga o’tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to’plangan 

talabalar  o’z  savollarini  boshqa  talabalarga  yoritishini 

tushuntiradi.  O’zaro  o’rgatish  jarayoni  boshlanadi  (15 

dakika). 

Talabalar 

faoliyatini 

kuzatadi, 

ularni 


yo’naltiradi, 

maslahatlar beradi.  

2.4.  Talabalarni  o’zlarini  dastlabki  joylariga,  stol  atrofiga 

kelib o’tirishlarini aytadi.  

2.5. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 

nafardan  talaba  chiqib,  faoliyat  natijalarini  taqdim 

qilishlarini  aytadi.  Taqdimot  uchun  xar  bir  guruhga  8 

daqiqadan  vaqt  ajratadi.    Yo’naltiruvchi,  maslahatchi 

sifatida  ishtirok  etadi.  Javoblarni  aniqlashtiradi,  to’ldiradi, 

izoh beradi va tuzatishlar kiritadi. 

2.6.  Har  bir  gurux  taqdimoti  oxirida  ekspert  savollari 

bo’yicha xulosalar qiladi. 

Kichik guruhlarga 

bo’linadilar.  

 

 

 



 

Topshiriq bo’yicha faoliyat 

boshlaydilar. Matnlarini 

o’qib, savollarga javob 

topadi. Ma’lumotni 

muhokama kilib, fikr 

almashib,  sistemalashtiradi.  

Format  kog’oziga  sxema 

tarzida tushiradi,  

taqdimot uchun  

materiallar 

tayyorlaydilar.  

 

 

 



 

 

Faoliyat natijasini 



taqdimot qiladilar. 

 

 



3–Yakuniy bosqich 

(15 daqiqa) 

3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi.  

3.2.O’quv  mashg’ulotini  natijalarini  sharhlaydi,  guruhlar 

faoliyati bahosini e’lon qiladi. 

3.3.  Mustaqil  ishlashlari  uchun  vazifa  beradi:  amaliy 

mashg’ulotga tayyorlanib kelish; nazorat savollariga og’zaki 

javob berish  

Tinglaydilar. 

 

 

11- Mavzu: Sovet hokimiyatiga qarshl qurolli harakat 


 

405 


                                                                                                                                                                                        

Ryeja: 

1.  T u r k i s t o n   M u x t o r i y a t i   v a   u n i n g   f ojiali taqdiri. 

2.  Far g’ona   vodi ysi  -   qurolli   harakat   markazlaridan   biri.   Bu  yerldagi harakallarning mohiyati, 

harakatlantiruvchi kuchlari. 

3.  Buxoro va Xorazmda Sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat. 

 

1.  Asosiy adabiyotlar: 



 

2.  Karimov I.A. O’zbyekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 

kafolatlari. Toshkyent, «O’zbyekiston», 1997. 328-byet. 

3.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kyelajak yo’q. Toshkyent, «O’zbyekiston», 1998. 31- byet. 

4.  Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. - T., O’zbekiston, 1996 y. 

5.  Karimov  I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 

6.  Aliyev A. Mahmudxo’ja Behbudiy. – T., Yozuvchi, 1994y. 

7.  Jadidchilik islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot  uchun kurash. – T., Universitet, 1999 y. 

8.  Qosimov B.Ismoilbek Gaspirali. – T.,1992 y. 

9.  Ziyoev H. Turkistonda Rossiya tajavuzi va hukmronligiga qarshi  kurash. -., “Sharq”, 1998 y. 

10.  O'zbekistonning          yangi          t a r i x i.           Birinchi          kitob:        Turkiston          Chor          Rossiyasi 

mustamlakachiligi davrida. T., «Sharq». 2000y, 253-318; 412-444 b 

11.  O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003y, 359-380 b. 

12.  A’zamxo’jayev  S.  Turkiston  muhtoriyati  (Mustaqilligimz  tarixidan  sahifalar). Toshkyent,  «Fan»,  1996. 

60-byet. 

13.  Ibrohimov Q. Madaminbyek. Toshkyent, «YOzuvchi», 1993. 

14.  Mustafo CHo’qay o’g’li. Istiqlol jallodlari. Toshkyent, 1992. 8-byet. 

15.  Rajabova R.YO. va boshqalar. O’zbyekiston  tarixi (1917-1993 y.y.) Toshkyent, «O’qituvchi», 1994. 

16.  Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. 

 

Qo’shimcha adabiyotlar: 

17.  R.Tursunov.  Jadidlarning  Turkiston  ijtimoiy-iqtisodiy  holatiga  qarashlari.  “O’zbekiston  tarixi”  ilmiy 

jurnal 2004 y, № 3. 

18.  Rajabbov Q. Mustaqil Turkiston uchun mushohadalar (1917-1935 y.y.). Jamiyat va boshqaruv. 1998, № 

1-2, 3-4. 

19.  Ibodullayev A. Qo’rboshi Madaminbyek. Toshkyent, «YOzuvchi», 1993. 

20.  history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali. 

 

  Darsning  o`quv  va  tarbiyaviy  maqsadi:  Talabalarga  O’zbyekiston  tarixi  fanining  tadqiqot  ob’yekti, 



pryedmyeti va  vazifalari borasida tushuncha byerish, shuningdyek turli  davrlarda tadqiqotchilar tomonidan 

mavzuga  byerilgan  ta’riflarni  talabalarga  tushuntirish,  mavzuni  syerqirra  mavzu  ekanligidan  talabalarni 

boxabar etish. 

  Dars o`tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu 

yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 

  Dars o`tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli 

muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning 

uchun  har  bir  talabaga  o`tilgan  mavzular,  tayanch  iboralardan  savol  tashlanadi.  O`qituvchi  va  talabalar 

o`rtasida  byerilgan  savollarni  tahlil  etish.  Tarqatma  tyestlar  asosida  talabaning  mavzuni  qay  darajada 

o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga 

o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. 

  Darsning xrono kartasi – 80 minut.  

  O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi 

  Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut 

  hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut 

  yo`qlama-5 minut 

  o`tilgan dars yuzasidan savol-javob-5 minut 

  Talabalar bilim darajasini aniqlash-50 minut 

  sinov savollar namunasi – 7 minut 

  Uyga vazifa byerish – 6 minut 



1-masala: 

1917 yilning boshida Sankt-Pyetyerburgda bo’lib o’tgan voqyealar ta’sirida Turkistonda ham yangi 



 

406 


                                                                                                                                                                                        

jamiyatni shakllantirish uchun harakatlar boshlanib kyetdi. Turkiston-ijtimoiy-siyosiy hayotida asosiy masala 

muhtoriyat maqomini olishdan iborat edi. Bu g’oyalarni ilgari so’rishda Turkiston jadidlari katta rol o’ynadi. 

CHunki bu vaqtga kyelib ushbu harakat ma’rifatchilikdan, siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko’tarilgan 

edi.  1917  yilning  o’zidayoq  Butunturkiston  musulmonlarining  to’rt  marotaba  qurultoyi  o’tkazildi.  Ularda 

Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyati tashkil etish g’oyasi olg’a surilgan edi. 

«Turkiston  muhtoriyati»ning  faoliyati  haqida  kyeyingi  davrda  juda  ko’plab  kitoblar 

monografiyalar,  ilmiy  maqolalar  chop  etilmoqda.  Masalan,  M.CHo’qayevning  «Istiqlol  jallodlari  (1917  yil 

xotiralari),  T.,  G’.G’ulom  nashriyoti,  1992  yil;  Qayumxon  Vali:  Mustafo  CHo’qaybyekni  eslab.  «Xalq 

so’zi»,  1992,  27  fyevral;  O.SHarafutdinov  Mustafo  CHo’qayev.  «SHarq  yulduzi»,  1992,  №4;  Saidakbar 

A’zamxo’jayevning  «Turkiston  muxtoriyati»,  (T.,  «Fan»,  1996)  nomli  manografiyalarini  talabalar  varaqlab 

chiqsa, maqsadga muvofiq bo’ladi dyeb o’ylaymiz. 

1917 yil mart oyida tashkil topgan «SHuroi Islomiya» jamiyat atrofida birlashgan jadidchilar ham 

kyelajakda  Rossiyada  tashkil  qilinadigan  fyedyerativ-dyemokratik  ryespublika  tarkibida  Turkiston  muxtor 

jumhuriyatini barpo etishdan iborat edi. 

1917  yilning  dastlabki  oylarida  Muhtoriyat  tizimi  haqida  ochiq  so’zlashlar  bo’lmadi.  CHunki  bu 

mavzu faqat Markaziy SHo’ro doirasida qilinar edi. 

1917  yil  may  oyining  boshida  Moskvada  bo’lib  o’tgan  Birinchi  Butun  Rossiya  umummusulmon 

syezdidan kyeyin muxtoriyat masalasi kun tartibiga faolroq quyila boshlandi. 

Biroq  syezd  rahbarlari    har  qancha  harakat  qilmasin,  yagona  fikrga  kyelisha  olmadi.  Jumladan, 

mamlakatning  musulmonlar  yashaydigan  hududlari  muhtoriyat  xususidagi  masala  kyeskin  bahslarga  sabab 

bo’ldi. Bu tortishuvlar natijasida syezd ikkiga bo’linib kyetdi. Rossiyaning Turkiston, Qirg’iziston, Kavkaz, 

Qrim  kabi  o’lkalari  vakillari  fyedyerativ  jumhuriyat  tarafdori  bo’lib,  o’zlarini  «Fyedyeralistlar»  dyeb  atadi. 

Rossiyaning  ichki  gubyerniyalari  va  Volga  bo’yi  musulmonlari  vakillari  esa  unitar  (bir  butun,  qo’shma 

ryespublika tarafdori bo’lib,  o’zlarini  «Unitaristlar» dyeb  hisobladilar. Lyekin  har qalay syezd  dyemokratik 

ruhdagi  qaror  qabul  qildi.  Unda  Ta’sis  majlisiga  saylovlar  o’tkazish  haqidagi  qonun  loyihasini  tayyorlash 

bo’yicha maxsus komissiya tuzildi. Ubaydulla Xo’jayev ana shu komissiya tarkibiga a’zo bo’lib kirdi. 

Zaki Validiy o’z «Xotiralari»da shunday yozadi: «Iyun oyi boshidan boshlangan kurash natijasida 

muhtoryat  g’oyasi  ta’siri  hamma  yerda  kuchaya  boshladi.  Bu  esa  bizni  Rossiya  ta’sis  majlisi 

(Uchryedityel’noye  sobraniye)ga  vakillar  saylashda  birdan  bir  milliy  dastur  atrofida  to’planib  borishimizni 

ko’rsatdi.  Buning  natijasida  1917  yilning  12-14  iyulida  Skobilyev  (Hozirgi  Farg’ona)  shahrida  viloyat 

musulmon  tashkilotlarining  qurultoyi  bo’lib  o’tdi.  Unda  dyeyarli  dyemokratik  yo’nalishda  bo’lgan  turli 

musulmon  tashkilotlaridan  137  kishi  qatnashdi.  Unda  dasturiy  hujjat  qabul  qilindi.  Bu  dasturda  nimalar 

haqida  gap  kyetadi:  Unda  yoritilishicha,  muxtor  jumhuriyatlar  parlamyenti  va  mahalliy  o’z-o’rniga 

boshqaruv  tashkilotlariga  saylovlar  umumiy  asosda  yashirin  ovoz  byerish  yo’li  bilan  amalga  oshiriladi.  20 

yoshga yotgan barcha kishilar millati, jinsi , sinfi va dinga mansubligidan qat’iy nazar tyeng saylov huquqiga 

ega  dyeb  ko’rsatiladi.  Musulmon  ayollarining  saylovdagi  ishtiroki  esa  «shariat  qonun-qoidalari  asosida 

o’tishi lozim» dyeb o’qtiriladi. 

Ushbu dasturining diqqatga sazavor tamoni shundaki, unda Turkiston fyedyeralistlari muhtoriyatga 

erishgan  o’lkalar  ichki  boshqaruv  masalalarida,  moliya,  shariat,  madaniyat,  adliya  va  xalq  maorifi 

masalalarida  mustaqil  bo’lmoqlari  kyerak,  dyegan  fikr  ilgari  so’rilgan.  Bunda  har  bir  jumhuriyat,  viloyat, 

uyezdlarga bo’linib, ularga mahalliy o’z-o’zini boshqaruv huquqi byerilishi lozimligi ta’kidlandi. 

Dasturda  fuqarolarning  huquqlariga  bag’ishlangan  bo’lim  ayniqsa  diqqatga  sazovor.  Unda: 

«Jumhuriyatning  butun  aholisi,  dini  va  millatidan  farqli  o’laroq  qonun  oldida  bir  xil  javobgardir»  dyeb 

maxsus qayd etilgan. 

«Vijdon  erkinligiga  kafolat  byerilib,  hyech  bir  kimsa  o’zining  e’tiqodi  uchun  ta’qib  qilinmaydi», 

buning ustiga  «hukumat tarafidan biror bir  din  yoki  mazhab oqimi boshqalar oldida alohida  mavqyega  ega 

emas» dyeb uqtirilgan. 

Dasturda maorif masalasi juda puxta ishlab chiqilgan. Bilim olish huquqi kishilarning jinsi, millati 

va  dinidan  qat’iy  nazar,  himoya  qilindi.  Dasturda  maktab  mustaqilligi  e’lon  qilinadi.  Oliy  maktab,  birinchi 

navbatda,  dorulfununlar  mustaqil  bo’lishlari  lozim.  Boshlang’ich  maktablar  byepul,  umumta’lim  majburiy 

bo’lishi lozim. Quyi sinflarda o’qitish esa mahalliy aholi ko’pchilikni tashkil qilgan tilda olib borilishi lozim. 

Oliy o’quv yurtlarda hamda o’rta maktablarda rus va umumturkiy til majburiy sanaladi. Biroq oliy maktabda 

darslar barcha turkiylar uchun umumiy hisoblangan adabiy tilda olib boriladi. 

Undan  tashqari  dasturda  erkinliklar,  pasport  tartibini  byekor  qilish  har  bir  fuqaroning  mamlakat 

ichkarisida va tashqarisida erkin harakatlanishi iqtisodiy masalalarda soliqlarni qisqartirish, yer masalasi, uni 

ijaraga byerish yoki sotish, ishchi va xizmatchilarning haq-huquqlarini himoya qilish kabi masalalar ham o’z 

o’rnini olgan. 

Xulosa  qilib  aytganda,  Farg’onada  qabul  qilingan  ushbu  dasturining  ahamiyati  haqida 


 

407 


                                                                                                                                                                                        

«Turkistonskiy  kur’yeri»  gazyetasining  1917  yil  26  iyuldaga  sonida  shunday  yoziladi:  «U  o’z  ahamiyatiga 

ko’ra,  birinchi  o’rinda  turmog’i  kyerak.  Zotan  ana  shu  syezdda  ulkaning  mususlmon  aholisi  o’zini  siyosiy 

organizm  sifatida  mavjud  ekanligini  anglab  yetdi  va  o’lkadagi  barcha  musulmonlarni  birlashtirish  kyerak 

bo’lgan dasturni qabul qildi. Ana shu syezddan e’tiboran birinchi musulmon firqasi - turk adami Markaziyati 

(fyedyeralistlar) firqasi ish boshladi». 

Turkistonda  siyosiy  partiyalar  tuzilishi,  ular  tomonidan  dasturiy  hujjatlar  qabul  qilinishi 

Turkistonda  milliy  harakatning  kyeng  quloch  yoyganidan  dalolat  byerar  edi.  Biroq  Sank-Pyetyerburg 

oktyabr  to’ntarishi  oqibatida  1917  yil  oktyabr-noyabr  oylarida  Turkiston  o’lkasida,  xususan  Toshkyent  va 

Qo’qonda  yuz  byergan  voqyealar  milliy  ozodlik  harakatini  butunlay  boshqa  yunalishdan  kyetishga  majbur 

qildi. 

1917  yil  26-28  noyabr  (yangi  hisob  bilan  9-11  dyekabr)  Qo’qon  shahrida  Turkiston  o’lka 



musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo’lib o’tdi. Qurultoyda Dyemokratik musulmon ziyolilar talabi 

bilan  Turkiston  aholisini  yevropalik  qismi  vakilligi  ham  tyeng  huquqli  bo’lib  ishtirok  etdilar.  Turkistonni 

boshqarish  tuzumi  to’g’risidagi  masala  uch  kun  davom  etgan  qurultoyning  diqqat  markazida  turdi. 

Qurultoyda  o’lkaning  barcha  mintaqalari  va  ko’pgina  jamoat  tashkilotlardan  200  nafardan  ortiq  vakillar 

ishtirok etdi. Unda vakillarning siyosiy faolligi tufayli muhim masalalar yuzasida qizg’in munozaralar bo’lib 

o’tdi. 


Ma’lumki,  musulmonlarning  ushbu  nufuzli  qurultoyi  va  unda  qabul  qilingan  qarorlar  10  yillar 

davomida  «millatchilar  guruhining  yig’inida  e’lon  qilingan  burjua  muxtoriyati»  dyeb  noto’g’ri  talqin  qilib 

kyelindi. Hujjatlar esa ushbu holning butunlay aksi bo’lganligini isbotlaydi. Masalan, Turkiston jadidlarining 

otasi  sanalgan  Mahmudxo’ja  Byehbudiy  o’z  ma’ruzasida  qurultoyning  Turkiston  xalqlari  tarixida  o’lkan 

ijobiy,  tarixiy  hodisa  va  burilish  davri  ekanini  ta’kidlab,  «Qurultoyimiz  qabul  qilayotgan  qarorlar  shuning 

uchun  ham  ahamiyatliki,  unda  Turkiston  aholisining  yevropalik  vakillari  ham  ishtirok  etmoqdalar»  dyeydi. 

Byehbudiy  qurultoy  hay’atida  musulmonlar  bilan  bir  qatorda  boshqa  milliy  guruhlarning  ham  vakillari 

bo’lishini yoqlab chiqdi. 

Qurultoyda  Turkistonni  boshqarish  shakli  to’g’risidagi  masala  yuzasidan  so’zga  chiqqanlarning 

ko’pchiligi  Turkistonni  muxtor  Ryespublika  dyeb  e’lon  qilinishini,  bu  esa  o’lka  aholisining  ijtimoiy 

maqsadlaridan kyelib chiqqani va unga mos tushishini uqtiradi. Muxtoriyat va mustaqillik e’lon qilish fikrini 

hamma qo’llab quvvatlaydi. 

1917 yil 28 noyabr (11 dyekabr)da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, Turkiston 

muxtoriyati  dyeb  ataladigan  bo’ldi.  Butunrossiya  Ta’sis  majlisi  chaqirilgunga  qadar  hokimiyat  Turkiston 

Muvaqqat  kyengashi  va  Turkiston  xalq  (millat)  majlisi  qo’lida  bo’lishi  kyerak  edi.  Turkiston  Muvaqqat 

kyengashi a’zolaridan tuzilgan Muvaqqat hukumat hay’ati tarkibiga 8 kishi saylandi yana 4 o’rin yevropalik 

aholi  vakillariga  ajratildi.  Hukumatning  Bosh  vaziri  hamda  ichki  ishlar  vaziri  etib  qirg’iz  «Aralash  o’rda» 

partiyasining  rahbari  Muhammadjon  Tanishboyev  saylandi.  Kyeyinchalik  Mustafo  CHo’qayev  hukumat 

boshlig’i  bo’ldi.  Islom  Sulton  o’g’li  SHoahmyedov  -  bosh  vazir  o’rinbosari,  Mustafo  CHo’qayev  -  tashqi 

ishlar  vaziri,  Ubaydullo  Xo’jayev  -  harbiy  vazir,  Hidoyatbyek  YUrg’uli  Agayev  -  yer  va  suv  boyliklari 

vaziri,  Obidjon  Maxmudov  -  oziq-ovqat  vaziri,  Abduraxmon  O’rozboyev  -  ichki  ishlar  vazirining 

o’rinbosari,  Solomon  Abramovich  Gyersfyel’d  moliya  vaziri  lavozimlarini  bajarishga  kirishdilar. 

Vazirlardan  uch  kishi  oliy  ma’lumotli  huquqshunos,  ikki  kishi  o’rta  malakali  huquqshunos  ekanligini 

Muxtoriyat hukumati a’zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanligidan dalolat byeradi. 

Qurultoy  jarayonida  Turkiston  Millat  majlisi  54  kishidan  iborat  qilib  saylandi,  shundan  36  kishi 

mahalliy millat vakillari edi. 

Turkiston  o’lkasi  mahalliy  myehnatkashlar  ommasi  Muxtor  hukumatini  qo’llab-quvvatladi. 

CHunki  bu  davrda  yangi  hukumatni  quvvatlovchi  yirik  shaharlarda  miting  va  namoyishlar  bo’lib  o’tdi. 

Turkiston  muxtoriyati  hukumati  qisqa  muddat  ichida  xalq  o’rtasida  katta  e’tibor  qozondi.  Abdurauf  Fitrat 

Muxtoriyat e’lon qilingan kunni «Milliy laylat ul-qadrimiz» dyeb atadi. 

1917  yil  1  dyekabrda  Turkiston  Muxtoriyatining  Muvaqqat  hukumati  a’zolari  maxsus 

Murojaatnoma  e’lon  qildi.  Unda  Turkistondagi  barcha  aholi:  millati,  irqi,  dini,  tili,  jinsi,  yoshi  va  siyosiy 

e’tiqodlaridan qat’iy nazar yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi. Turkistonda tashkil topgan bu yangi 

hukumat  ko’p  o’tmay  Millat  Majlis  tomonidan  tasdiqlangan  qonunlar  e’lon  qildi.  Konstitusiya  tayyorlash 

uchun taniqli huquqshunoslarni jalb etdi. «El bayrog’i», «Birlik tug’i», «Svobodniy Turkyestan», «Izvyestiya 

vryemyennogo Pravityel’stva  Avtonomnogo Turkyestana»  kabi  hukumat  gazyetalari o’zbyek,  qozoq  va rus 

tillarida  nashr  etila  boshlandi.  Nashr  ishlarini  yaxshilash  uchun  O.Mahmudovning  bosmaxonasi  hukumat 

ixtiyoriga o’tdi. 1918 yil milliy qo’shin tarkibida 1000 dan ortiq askar bo’lgan bo’lsa, harbiy vazir Ubaydullo 

Xo’jayev  ishtirokida  o’tkazilgan  ko’rik  -  parad  vaqtida askarlar  soni  2000  kishiga  yetgan.  Bundan  tashqari 

Qo’qonda taxminan shuncha mirshablar bor edi. hukumat iqtisodiy sohada 30 million so’m miqdorida ichki 

zayom  chiqarishni  yo’lga  qo’ydi.  CHunki  har  xil  muammolarni,  ya’ni  gazyetalar  nashr  etish,  qo’shinlar 


 

408 


                                                                                                                                                                                        

ta’minoti uchun mablag’ kyerak edi. 

Afsuski,  o’lka  bol’shyeviklari  Turkiston  Muxtoriyati  hukumatiga  katta  xavf  dyeb  qaradilar. 

Turkiston  Sovyetlarining  IV  syezdi  Turkiston  Muxtoriyati  hukumatini  va  uning  a’zolari  qonundan  tashqari 

dyeb  hisobladi  va  hukumat  a’zolarini  qamoqqa  olish  haqida  qaror  qabul  qildi.  Hatto  bol’shyeviklar 

partiyasining  vakili,  o’lka  myehnat  komissari  P.Poltoraskiy  qurultoyda  bu  yangi  hukumatni  «boylar 

muhtoriyati»  dyeb  atadi.  Turkiston  XKS  Muhtoriyati  hukumatni  tugatish  uchun  harbiy  harakat  boshladi. 

Bol’shyeviklar  o’zining  bu  jirkanch  harakatida  armanlarning  «Dashnoksutyun»  partiyasi  a’zolaridan  kyeng 

foydalandi. 

1918 yilning 19  fyevralida (eski  hisob bilan 6 fyevral) Qo’qon shahrida ko’rsatayotgan Turkiston 

Muhtoriyati  hukumati  bol’shyeviklarning  qonli  hujumlari  natijasida  ag’darib  tashlandi.  Hukumat 

ag’darilgach  ham  Qo’qon  va  uning  atrofidagi  tinch  aholini  talash  va  o’ldirish  battar  avjiga  chiqdi.  Faqat 

Qo’qonning  o’zida  uch  kun  davomida  10000  kishi  o’ldirildi.  Sobiq  xonlik  poytaxti  bo’lgan  Qo’qon  shahri 

butkul vayronaga, «o’liklar shahriga» aylandi. 

Nihoyat,  1918  yil  22  fyevralda  Qo’qon  shahridagi  RusOsiyo  banki  binosida  bol’shyeviklar 

tomonidan  tayyorlangan  «Tinchlik  shartnomasi»  imzolandi.  Uning  ikkinchi  moddasida:  «Aholi  o’lka  XKS 

hokimiyati va barcha mahalliy sovyet tashkilotlarini tan oladi», dyeb yozilgan edi. 

Turkiston Muhtoriyati hukumati atiga 72 kun umr ko’rgan bo’lsada, u erksyevar xalqimizni milliy 

mustaqillikka  va  istiqlol  uchun  da’vat  etdi.  Turkiston  muhtoriyatchilarining  ozodlik  kurashi  izsiz  yo’qolib 

kyetmadi,  balki  bu  harakatning  uchqunlari  1918  yilning  bahorida  Farg’ona  vodiysida  so’ngra  butun 

Turkistonda  alangalana  boshladi.  Tarixda  bu  harakat  istiqlolchilik  yoki  milliy  ozodlik  harakati  dyeb  nom 

oldi.  «Turkiston  Muhtoriyati»  hukumatining  umri  qisqa  bo’lganligini  Mustafo  CHo’qayev  shunday 

ifodalaydi:  «Bu  hukumatning  tyezda  tugallanishiga  asosiy  sabab,  ular  qo’llariga  olib  borib,  ryejalar  tuzdi, 

ular mutlaqo byefoyda ishlar edi». 

1917  yilga  kyelib  Turkiston  xo’jaligi  batamom  tushkunlikka  uchradi.  Birinchi  Jahon  urushi 

mamlakat  iqtisodiga  kyeskin  ta’sir  ko’rsatdi.  Ekin  maydonlari  kyeskin  kamayib,  1917  yilda  2,3  mln. 

dyesatinaga  tushib  qoldi.  Biroq  u  1917  yil  oxiriga  kyelib  yarmiga,  1918  yilda  esa  uchdan  ikki  qismiga 

qisqargan. O’lkaning uchta o’zbyek  viloyatlarida 1917 yilda 8440 ming bosh qoramol bo’lgan bo’lsa, 1920 

yilda ular soni 3440 ming boshni tashkil etgan. Paxtachilikdagi inqiroz surunkali tus oldi. 1915 yili 542 ming 

dyesyatina  yerda  paxta  yetishtirilib,  uning  yalpi  hosili  831  ming  tonnani  tashkil  etgan  bo’lsa,  1921  yili  bu 

raqamlar 76 ming dyesyatina va 15 ming tonnani tashkil etdi. 

Bunga  sabab,  sovyet  hokimiyatining  agrar  sohadagi  noto’g’ri  tadbirlari  edi.  Oktyabr  davlat 

to’ntarishidan  so’ng  sovyet  hokimiyatining  pomyeshchik  yer  egaligini  yo’q  qilish  to’g’risidagi  dyekryetiga 

binoan  yerlar  qashshoq  dyehqonlarga  taqsimlab  byerila  boshlandi.  Ular  bu  tadbirlarni  Turkistonda  ham 

o’tkazmoqchi bo’ldilar. Lyekin bu yerda sharoit ya’ni dyehqonlar ommasining urf-odati, kayfiyati boshqacha 

edi. 


1917  yil  9  dyekabrida  Turkiston  XKS  yerni  sotish  va  sotib  olishni  man  qiluvchi,  yerni  ijaraga 

byerishni  chyeklovchi  qarorlar  qabul  qildi.  Ammo  u  qog’ozda  qoldi.  SHunday  qilib  yer  to’g’risidagi 

dyekryet bajarilmadi. Dyehqonlar agrar masalani Turkistonda  inqilobiy zo’ravonlik bilan  qayta ko’rilishiga 

yo’l qo’ymadilar. 

Turkiston  aholisining  80%  dan    ortig’ini  dyehqonlar  tashkil  etib,  ular  uch  guruhga  bo’linar  edi: 

badavlat dyehqonlar, o’rta hol dyehqonlar va kambag’allar. Sovyet hokimiyati davridagi ba’zi o’zgarishlarni 

hisobga  olmaganda, bu holat 20-yillar oxirigacha davom  etib kyeldi. O’lkaning uchta o’zbyek  viloyatlarida 

ikkinchi guruh dyehqonlar uchdan ikki qismini tashkil etar edi.  

Sovyet xokimiyatining xususiy mulkchilikni tugatish borasidagi olib borgan tadbirlari ko’plab salbiy 

oqibatlarni  kyeltirib  chikardi.  Turkistonda  xususiy  mulkchilik  byekor  kilingan  joylarda  vayronagarchiliklar 

kuchaydi,  egasiz  korxonalar,  yer  maydonlari,  bog’lar  qarovsiz  qoldi,  ulardagi  jihozlar  talandi.  SHaharlarda 

non  tanqisligi  syezila  boshladi.  Kartochka  tizimi  joriy  etildi.  Bunday  sharoitda  Sovyet  hokimiyati 

dyehqonlarni hamda ulkadagi  hunarmand kosiblarni talay boshladi. Ularning  oziq-ovqatlarini, donlarini, ot-

ulovlarini, mollarini tortib ola boshladi.  

1920  yilda  Turkistonda  oziq-ovqat  razvyorstkasining  joriy  etilishi,  ya’ni  oziq  -  ovqatga  davlat 

monopoliyasi  asosida  xo’jaliklardan  ortiqcha  g’alla  va  boshqa  mahsulotlarni  majburan  tortib  olinishi  xalq 

noroziligiga  sabab  buldi.  "G’arbiy  kommunizm"  nomini  olgan  bu  siyosat  asosida  shahar  va  qishloqlarda 

voyaga  yetgan  va  55  yoshgacha  bo’lgan  myehnat  bilan  band  bo’lmagan  har  bir  fuqaro  majburiy  ravishda 

myehnatga jalb qilindi. Hatto nomoz paytida askarlar machitlarga bostirib kirib odamlarni zo’rlik bilan ishga 

haydab borgan.  



Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling