Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
minut hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
2 minut hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut yo`qlama-5 minut o`tilgan dars yuzasidan savol-javob-5 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash-50 minut sinov savollar namunasi – 7 minut Uyga vazifa byerish – 6 minut
Tarixiy adabiyotda 1917 yil oktyabr to’ntarishidan kyeyin O’zbyekiston hududida SHo’rolar o’rnatgan idora usulini turlicha ataydilar. SHo’ro totalitarizmi bol’shyevikcha zo’ravonlik, ma’muriy bo’yruqbozlik usuli va hokazo. Gap bu tuzumning nomida emas, balki uning mohiyatidadir. Lyenin, Stalin va ularning safdoshlari hamda hamfikrlari tomonidan yaratilgan boshqaruv tizimi jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olar edi. Albatta, bu tizim birdaniga vujudga kyelgan emas edi. Lyekin, uning asosiy byelgilari oktyabr to’ntarishidan kyeyin o’rnatilgan hokimiyat organlaridayoq ko’zga tashlangan edi. Oktyabrgacha boshlang’ich holatda mavjud bo’lgan barcha dyemokratik boshqarish organlari va muassasalari o’rniga bol’shyeviklar partiyasining zo’rlikka asoslangan monopol hokimiyati o’rnatiladi. YAngi hokimiyat organlari «Butun Rossiya bo’ylab kim tomonidan tashkil qilinishidan qat’iy nazar barcha kontrryevolyusion va zimdan qarshilik qilishga urinish hamda harakatlarni ta’qib etish va yer bilan yakson qilish» huquqini oldilar Turkistonda milliy siyosiy partiyalar va tashkilotlar («SHo’rai ulamo», «SHo’roi islom» va boshqalar) tarqatib yuborildi, gazyeta va jurnallar, shu jumladan «Ulug’ Turkiston», «Izoh», «Izhor ul-haq» va boshqalar yopildi. SHoshilinch ravishda yangi hokimiyatning markaziy va mahalliy apparati, dastavval uning organlari - favqulodda komissiyalar inqilobiy tribunallar tashkil etildi. Milliy dyemokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi bo’lgan Turkiston Muxtoriyati tor - mor etildi. SHo’ro hokimiyatining dastavval birmuncha chyeklangan xaraktyerga ega bo’lgan qatag’onlik faoliyati, 1918 yildan boshlab Turkistonda butun kuch bilan ishlab kyetdi. Bol’shyeviklar butun Rossiyada bo’lgani kabi Turkistonda ham zo’ravonlikka asoslangan diktatura idora usulini o’rnatdilar. Bu diktatura bol’shyeviklar tomonidan e’lon qilinganidyek ishchilar diktaturasi emas edi. CHunki, ishchilar nafaqat davlatni balki ishlab chiqarishni ham boshqarishga qodir emasliklargi avvaldan ma’lum edi. Buning ustiga Turkistondagi ishchilarning umumiy soni o’lka aholisining 1% ini ham tashkil qilmas edi. Bol’shyeviklar partiyasi o’rnatgan hokimiyat - shu partiya diktaturasidan iborat edi. Partiya rahbarlari buni o’sha vaqtlardayoq tan olgan edilar. Masalan, Zinov’yev Rxp(b)ning XV syezdida «Bizning partiyamiz diktaturasi shaklidagi prolyetariat diktaturasi absolyut muqarrar zaruriyat edi» 1 dyeb tan olganligi fikrimizni tasdiqlaydi. Hukmron kompartiya hokimiyat a’zolarini sun’iy ravishda «myehnatkashlar" va "myehnatkash bo’lmaganlar"ga ajratib ular o’rtasidagi ziddiyatni kuchaytirdi. Bir tomondan, kommunistik ryejim ko’r-ko’rona "myehnatkashlar ommasining» siyosiy faolligini «qo’zg’ash»ga, ularni partiya davlat tuzilmalariga va jamoat tashkilotlariga kyeng jalb qilishga intilsa ikkinchi tomondan, aholining «myehnatkash bo’lmagan» (mulkdorlar, dindorlar, amaldorlar va h.k.) qatlamlarini ijtimoiy siyosiy hayotda ishtirok etishini SHo’rolar Qonuni asosida chyeklab qo’ydi. SHu bilan birga ularga qarshi doimiy ish olib bordi. Bu kurash faqat "myehnatkash bo’lmagan" qatlamlarga emas, kommunistik ryejimga qarshi chiqqan barcha kishilarga, o’zgacha fikr yuritadiganlarga, o’zbyek xalqining va o’z ryespublikasining manfaatlarini himoya qilganlarga qarshi ham olib borildi. Bol’shyeviklar yakka hokimiyatining o’rnatilishi partiyaning siyosiy va iqtisodiy
419
hayotning barcha masalalariga total aralashuviga, hamma masalalarni kuch ishlatish, tazyiq va diktat yo’li bilan yecha boshlashiga olib kyeldi. Hokimiyat egallangandan boshlaboq amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotni boshqarishni markazlashtirish siyosati bol’shyeviklar partiyasi diktaturasini dastlab partiya Markaziy Komityeti diktaturasiga kyeyinchalik esa Markazkom siyosiy byurosi diktaturasiga aylanishiga va nihoyat mamlakatda shu yo’nalishda kyetayotgan jarayonlarning mantiqiy yakuni sifatida Markazkom bosh kotibi I.V.Stalinning mutlaq hokimiyati o’rnatilishiga olib kyeldi. Hokimiyatning bunday markazlanishi «sosialistik o’zgarishlar» dyeb atalgan siyosatning kyeng miqyosda o’tkazilishi jarayonida amalga oshirildi. Lyenin va Stalin rahbarligi ostida shakllangan SHo’ro davlati hokimiyatini ko’p qavatli piramidaga qiyoslash mumkin. Bu hokimiyat amalda faqat bir yo’nalish, ya’ni yuqoridan pastga qarab ishlar edi. Iqtisodiy sohada barcha sanoat, qishloq xo’jalik korxonalari nasionalizasiya qilinib davlat tasarrufiga o’tkazildi. Korxonalar rahbarlari, ular chiqaradigan mahsulotlar miqdori, narxi, sotilishi jarayoni, ularning faoliyati bilan bog’liq barcha masalalar partiya va davlat apparatining byevosita ishtiroki va uning nazorati ostida amalga oshirilar edi. Boshqaruvning ma’muriy-bo’yruqbozlik tizimini ta’minlashda iqtisodiyotni rivojlantirishning ryejalar asosidagi usullari muhim rol’ o’ynadi. Bular iqtisodiyotga rahbarlik qilishni davlat tomonidan ishlab chiqiladigan xalq xo’jaligi ryejalari asosida markazlashtirishni mustahkamlab bordi. Gosplan markazlashtirishni amalga oshiruvchi apparat edi. Bu siyosat nyegizida markaz manfaati yotardi. Xalq xo’jaligining alohida sohalarini boshqarish uchun xalq komissarliklari tuzildi. Ma’naviyat sohasida esa partiya rahbariyati tashabbusi bilan tuzilgan yozuvchilar, jurnalistlar, rassomlar, kinyematografistlar, haykaltaroshlar va boshqa ziyoliliar uyushmalarining faoliyati ham kyeskin qat’iylashtirilib, apparat manfaatlariga bo’ysundirilgan edi. O’zbyekiston SSR tuzilgandan kyeyin ryespublikadagi barcha SHo’ro organlari Rossiyada qanday bo’lsa xuddi shu tartibda tuzildi. Bundan ko’zlangan maqsad O’zbyekistonni Markazdan turib boshqarilishini osonlashtirishdan iborat edi. YAna shuni alohida ta’kidlash kyerakki, O’zbyekistondagi SHo’ro tashkilotlarni pastdan tortib yuqorigacha partiya boshqarar edi. Barcha qonun va qarorlar partiya organlari tomonidan tayyorlanib, mahalliy va Oliy SHo’ro syessiyalarida nomigagina tasdiqlanar edi. O’zbyekistonda SHo’rolar ish yuritishining asosiy va hal qiluvchi tamoyili partiya organlari yoki rahbarlarining barcha ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishdan iborat edi. O’zbyekistonda SHo’rolar bilan bir qatorda kasaba ushmalarining huquqlari ham partiya organlari tomonidan chyeklab qo’yilgan edi. Kasaba uyushmalari faoliyatidan ko’zlangan asosiy maqsad myehnatkashlar huquqlarini himoya qilish, ular turmush sharoitini yazshilash emas, (SHo’rolar mamlakatida bu vazifani bajarish guyoki davlat siyosatidan kyelib chiqib o’z-o’zidan sodir bo’lar emish) balki partiya qurultoylarida tasdiqdangan ryejalarni bajarishdan iborat bo’lib qoldi. Bundan tashqari yuqorida ko’rsatilgan barcha tashkilotlar, uyushmalar, korxona va muassasalar partiya organlariga majburiy ravishda muntazam hisobot byerib turar edilar. Bu holat o’sha davrda boshqarishning barcha richaglarini partiya organlariga borib ulanganligini yaqqol ko’rsatadi. Ittifoq miqyosida ham, O’zbyekistonda ham kompartiya iloji boricha ko’proq korxonalar, tashkilot va muassasalarni o’zining byevosita ta’siri bilan qamrab olishga, ularda partiya tashkilotlari tuzib, shu yo’l bilan ularni byevosita boshqarishga intildi. Masalan, O’zbyekistonda 1938 yilda 6200 ta boshlang’ich parti tashkiloti mavjud edi. Ularga rahbarlik 3 ta okrug, 1 ta viloyat, 8 ta shahar, 6 ta shahar ichidagi rayon, 104 ta rayon partiya qo’mitalari orqali amalga oshirilar edi. Kompartiya o’zining rahbarlik ta’siri bilan Ryespublikada mavjud barcha hudud, korxonalar, tashkilot va muassasalarni qamrab olgan edi. Lyekin shunday bo’lsada, amalda ryeal hokimiyat partiya organlarining emas, balki ularning rahbarlari qo’lida mujassamlashgan edi. Barcha hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan qarorlar ana shu tor doiradagi rahbarlar tomonidan qabul qilingan va ularning bajarilishi butun mamlakat uchun majburiy bo’lgan edi. 1917 yil fyevral inqilobi ta’siri ostida kurtak ochib kyelayotgan dyemokratik tamoyillar, ijodiy muloqotlar, munozaralar, ayrim masalalarni yechishda o’zaro kyelishuvlar, murosa qilishga intilishlar - bularning barchasi unutib yuborildi. SHo’ro, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari amalda partiya va davlat rahbar organlarining qaror va ko’rsatmalarini suzsiz bajaruvchi ijrochiga 420
aylantirildi. Partiya organlari bilan kyelishmasdan turib na markazda, na O’zbyekistonda birorta zarur qaror qabul qilinmas edi. Dyemokratiyani bo’g’ish, xalqning konstitusion huquqlarini nazar pisand qilmaslik SHo’ro jamiyati hayotining qonuniyatiga aylantirildi. Kyeyinchalik, ma’muriy- buyruqbozlik tizimi dyeb nom olgan boshqarish usuli butun SSSRda bo’lgani kabi O’zbyekistonda ham xuddi shu tariqa shakllangan edi. Bu tizim 20-yillarning oxiriga kyelib mamlakatda malga oshirilayotgan yangi iqtisodiy siyosatdan voz kyechilgandan kyeyin to’lasincha shakllandi. CHunki, yangi iqtisodiy siyosat xo’jalik hisobi va moddiy rag’batlantirishga yo’naltirilgan bo’lib, ular odamlarni tashabbuskorlikka, g’ayrat ko’rsatishga, moddiy manfaatdorlikka rag’batlantirar edi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi esa asosan buyruq intizomiga tayanib boshqarishni va ryejalashtirishni mumkin qadar markazlashtirishga va xalq xo’jaligini qattiq nazorat ostiga olishga yo’naltirilgan edi. Mamlakatda ma’muriy-bo’yruqbozlik tizimining qaror topishi jamiyatning qonun asosida emas, balki rahbarning ko’rsatmasi yoki buyrug’i asosida yashay boshlashiga olib kyeldi. Bu tizimning o’rnatilishi O’zbyekiston hududida sho’rolar mustamlakachiligi tartib qoidalarini mustahkamlashga ham xizmat qildi. O’zbyekistonda ma’muriy-bo’yruqbozlik tizimi mustahkamlangan sari zo’ravonlik, siyosiy quvg’in, qatag’onlik siyosati kuchaya bordi. Bularning zarurligini asoslab byerish uchun sosializm qurilishi sharoitida sinfiy kurash kyeskinlashib boradi dyegan tyezisdan tobora ko’proq foydalanildi. Xuddi boshqa ryespublikalarda bo’lgani kabi, O’zbyekistonda ham xususiy kapitalni va neimanlar, boylar, yarim fyeodal boylar xo’jaliklarining qoldiqlarini juda qisqa muddat ichida tugatish yo’li qo’llab-quvvatlandi. Mana shu nyeimanlar, yarim fyeodal boylar hammasi sosialistik qurilishning eng ashaddiy dushmanlari dyeb e’lron qilindi. Hamma yerda zararkunanda dyeb atalmish kishilarni qamoqqa olish ishlari boshlandi. O’zbyekistonda 20 yillarning o’rtalaridan avj olgan mafkuraviy dushman izlash siyosati 1927 yilgi O’zbyekiston madaniyat xodimlarining II qurultoyida to’la-to’kis partiyaviy fatvo olgach, amaliy choralarga ulanib kyetdi. Birinchilar qatorida Munavvar Qori Abdurashidxonov, Ashurali Zohidiy, Saidnosir Mirjalilov, Mahmud Hodiyev-Botu, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayevlar hibsga olindi. 1929 yilda M.Abdurashidxonov boshliq «Milliy istiqlol» tashkiloti a’zolarini qamoqqqa olish boshlandi. Bu tashkilotning qamoqqa olingan 85 a’zosidan 15 tasi otildi, qolganlari axloq tuzatish lagyerlariga jo’natildi. «Milliy intihod» tashkiloti a’zolari ham qatag’on qilindi. Mashhur jamoat arboblari Mannon Abdullayev (Ramzi), Nosir Saidov, Mahmud Mirhodiyev, Hosil Vosilov, Sodir Qodirov va boshqalar o’lim jazosiga hukm qilindi. O’zbyekistonning sosial-iqtisodiy rivojlanishi borasidagi muqobil fikr
egalari millatchilikda ayblandilar. O’zbyekistonning ilg’or fikrli farzandlari «Inog’omovchilik» va «18 lar guruhi» kabi guruhbozlikda va davlatga qarshi millatchilikda ayblanib qatag’on qilindilar. 1930 yilda Davlat Banki ma’muriyatida o’tkazilgan tozalash vaqtida qator rahbarlar qamoqqa olindilar. O’zbyekiston SSR sudi raisi Sa’dulla Qosimovning «Qosimovchilik» dyeb nomlangan ishini ko’rib chiqish boshlandi. Bu jarayonlarning mohiyati ko’zga ko’ringan siyosiy arboblarni tugatishga qaratilgan edi. So’ngroq 1930 yillarga kyelib Elbyek, Ibrat, Abdulla Qodiriy, CHo’lpon, Fitrat, Og’ojon Hoshim, Usmon Nosir qamoqqa olinib turli bahonalar bilan qatl qilindilar CHor Rossiyasi istibdodining yangi shakli yanada og’irroq zulm va zo’rlikka yuz tutishini syezgan ko’plab ziyoliliar chet elga qochib qutuldilar va o’sha yerda turib yurt ozodligi uchun kurashni davom ettirdilar. 30- yillarning boshida dindor va e’tiqodli kishilarga nisbatan zo’ravonlik qilindi. Juda katta miqdordagi islom, xristian, budda diniga taalluqli asarlar yo’q qilindi. Bu davrda O’zbyekistondagi dindorlar, ulamolarning asosiy qismi qamoq lagyerlariga jo’natildi. O’tmishda nafaqat diniy rusumlar ado etadigan, balki madaniyat, fan, tarbiya, san’at markazlari xalqning ko’p asrlik myerosini saqlovchisi bo’lgan machit va madrasalarning dyeyarli barchasi yopib qo’yildi, ayrimlari buzib tashlandi. YAna shuni qayd etish joizki, uzoq vaqt 30-yillar mamlakatimiz tarixining eng yorqin davri dyeb baholandi. Haqiqatda shu yillarda xalqning turmushi bir oz bo’lsa-da yaxshilanganini qayd etish zarur. O’zbyekistonda yirik to’qimachilik kombinati, Turksib va CHirchiqstroy kabilar shu davrda qurib bitkazildi. Biroq bugun ma’lum bo’lishicha, bularning barchasi juda og’ir 421
talofotlar va mislsiz fojialar hisobiga qo’lga kiritilgan. Xuddi shu yillarda qatag’onlik avj olgan, har qanday adolat poymol qilingan, butun mamlakat tikanli simlar bilan o’rab olingan qamoqxonaga aylantirilgan, ko’plab son-sanoqsiz aholi maxbusga aylantirilgan. Ana shu dahshatli qirg’in- barotning eng baland cho’qqisi 1937 yil bo’lgan. Tarixchi olim Robyert Konvyestnikning ma’lumotlariga ko’ra 1938 yilning oxirida SHo’ro turmalari va lagyerlarida 3 million atrofida odam hibsda bo’lgan. 1937 yilning yanvari bilan 1938 yilning dyekabri o’rtasida 7 million odam qamoqqa olingan. Ikki yil ichida bir millionga yaqin odam o’ldirilgan. 1937-38 yillar mobaynida hibsda 2 million odam o’lgan. 1938-50 yillar davomida turmalar va lagyerlarda 12 million odam halok bo’lgan. SHu davrda halok bo’lganlar va otib o’ldirilgan kishilar soni 16 millionni tashkil qiladi. Mazkur qirg’in - barot O’zbyekistonni ham chyetlab o’tgani yo’q. Bu yerda ham yuz minglab odamlar ana shu fojianing qurboni bo’lgan. Otilganlar, badarg’a qilinganlar, xo’rlanganlar orasida kyechagi inqilobchilar ham, atoqli partiya xodimlari ham, myehnatkash dyehqonlar ham, shoiru - adiblar ham bor edi. Bu to’g’rida O’zbyekiston Ryespublikasi Pryezidyenti Islom Karimov quyidagilarni qayd etadi: «1937-1938 yillarda ichki ishlar xalq komissarligi idoralari qonunchilikni juda qo’pol tarzda buzdilar va oyoq osti qildilar. Bunday byedodlik kyeyingi yillarda ham to 50-yillarga qadar davom etdi. Sira aybi bo’lmagan halol odamlar ko’plab qamoqqa olindi va qirib tashlandi. 2-masala: Stalin shaxsiga sig’inish yillari O’zbyekiston xalqlari boshiga og’ir kulfatlar soldi. 1937- 1939 yillarning o’zidagina O’zbyekiston SSR ichki ishlar xalq komissarligining «uchlik»lari tomonidan 41 ming nafardan ko’proq kishi qamaldi. SHulardan 37 ming nafardan ko’prog’i sudlandi, 6920 kishi otib tashlandi. 1939-1953 yillar mobaynida esa 61799 kishi qamoqqa olingan, ulardan 56112 nafari turli yillarga qamoq jazosiga, qolganlar otishga hukm qilingan. Ana shu ommaviy qatag’onliklar davrida ryespublikamizning davlat arboblari A.Ikromov, F.Xo’jayev, D.Manjara, S.Syegizboyev, A.Karimov, Sexer, R.Islomov, I.Xudoyqulov kabilar «millatchi», «aksil inqilobchi», «panturkist», «panislomist», «xalq dushmani», xalqaro impyeralizm ayg’oqchisi», «Troskist», «Zinov’yevchi», «o’ng og’machi» kabi «ayblar» bilan hyech qanday tyergovsiz, hatto sudsiz, markazning ko’rsatmasi bilan tuzilgan «uchlik»lar hukmi bilan jazoga tortilgandilar. Qamoqqa olinganlar soni shunchalik ko’p ediki «uchlik»lar «jinoiy ishlar»ni bir minutdan uch minutgacha vaqt davomida ko’rib chiqqanlar. «Uchlik»ning bir majlisida 500-600 tagacha ish ko’rilib, shuncha odamlar taqdiri hal qilib yuborilavyergan. Hukm ham asosan ikki xil mazmunda: otib o’ldirish yoki yozishma olib borish chyeklangan holda 10 yillik qamoq jazosi shaklida bo’lgan. Qatag’on qilinganlar turli bahonalar bilan qamoqqa olinar edi. «F.Xo’jayevning qarindoshi», «A.Ikromov bilan aloqasi bor», «Xalq dushmanini himoyalagan», va hokazo. Tuturiqsizlik shu darajaga yetdiki, 1937 yilda Samarqand viloyatida tarvuz urug’ining yangi navlari haqida Angliya josuslariga xabar byerdilar, dyeb yuzlab kishilarni qamoqqa olgan edilar. Vaholanki tarvuz urug’ining yangi navlari hyech qason sir saqlangan emas. YAna sun’iylik shundan iboratki, Angliyada usha davrda umuman tarvuz yetishtirilmas edi. Milliy adabiyot va san’atning ahvoli qiyin va nomutanosib holatda edi. SHaxsga sig’inish vaziyati og’irashib kyelayotganiga qaramay ijodiy hayot to’xtab qolgani yo’q. YOzuvchi va adiblarning safi kyengayib bordi. 1934 yilning mart oyida Toshkyentda O’zbyekiston yozuvchilari syezdi bo’ldi va ryespublikamiz yozuvchilari uyushmasi tashkil qilindi. O’zbyek yozuvchilarining nomlari jahonga kyeng yoyila boshladi. G’afur G’ulom, Oybyek, G’ayratiy, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Oydin Sobirova, Usmon Nosir, Komil YAshin va boshqalarning asarlarida xalqlarning ijtimoiy hayoti va an’analari, myehnat qahramonlari shijoati kabi xususiyatlar o’z badiiy ifodasini topdi. Lyekin 30-yillarda kuchaygan ma’muriy - buyruqbozlik tizimi va shaxsga sig’inish mafkurasi ijod ahlini, O’zbyekiston madaniy hayotini bug’a boshladi. Ijodning partiyaviylik va yagona mafkuraga bo’ysundirilishi hayotni badiiy tasvirida vulgar - sosial ko’rinishlarga kyeng yo’l ochdi. Partiya tomonidan yangi hayotni kuylashga bo’lgan chaqiriq va majburiy chyeklashlar ijodiy jarayonda tarixiy o’tmishni bir tomonlama tasvirlashga olib kyeldi. Adabiyotda borliqni, murakkab ijtimoiy muammolarni bo’yab ko’rsatish, xato va kamchiliklar to’g’risida sukut saqlash zaruriy 422
shart bo’lib qoldi. Milliy madaniyat 30-yillrda qattiq fojiaga uchradi. Inson haq-huquqlarining poymol qilinishi kuchaydi. Qatag’onlikdan ayniqsa ziyolilar zahmat chyekdilar. 1936-37 yillar davomida O’zbyekistonda 5758 nafar ziyolilar: olimlar, shoirlar, va yozuvchilar, jurnalistlar va o’qituvchilar qamoqqa olinib, ulardan 4811 tasi otib tashlangan. Ular orasida Abdulla Qodiriy, CHo’lpon, Fitrat, SHokir Sulaymon, Ziyo Said, Elbyek, Botu, A’zam Ayub, Usmon Nosir kabi millatning yetuk ziyoliliari bor edi. 40-yillar oxirlarida fan va madaniyat xodimlarini qatag’on qilishlar davom etdi. VKP(b) MQ ning 1946 yil «Zvyezda» va «Lyeningrad» jurnallari haqidagi qarorlari qatag’onlar yangi to’lqinining g’oyaviy asosi bo’lib xizmat qildi. SHu paytdan boshlab adabiyot va san’atda ijodiy dyemokratik rivojlanish uzoq yillar davomida sun’iy taqib qilindi, joylarda hur fikrlilik siquvga olindi. Markazning ko’rsatmalariga asosan Ryespublikaning partiya organlari ijodiy ziyolilarga qarshi kurash olib bordilar. Ularning asarlaridagi milliy g’oyalar ayblash uchun foydalanildi. YOzuvchi va shoirlarning asarlarida o’rta asr va oktyabrgacha bo’lgan xalq tarixini, madaniyatini badiiy tasvirlash, o’tmishni qo’msash, idyeallashtirish dyeb ayblandi va ularga «millatchi» dyegan tamg’alar yopishtirildi. Ana shu mazmunda Oybyek, Abdulla Qahhor, Mirtyemir, SHayxzoda va boshqa o’zbyek yozuvchilari qoralandi. 1951 yil avgustida O’zbyekiston matbuotida «qator shoir va yozuvchilarning ijodida mafkuraviy og’ishlar» mavzusida maqola chop etildi. Unda Turob To’la, Kamtar Otaboyev, Mirtyemir, Sobir Abdulla, Habibiy kabi ijodkorlar millatchilikda va panturkchilikda ayblanib tanqid qilindilar. SHuningdyek, Oybyek, H.Zaripov, H.YOqubov, Said Ahmad, I.Sultonov va boshqalar «o’zbyek sovyet adabiyoti vazifalaridan chyetda turishda» va «g’oyaviy jihatdan xatoliklarga» yo’l qo’yganlikda ayblandilar. 1951 yilda Maqsud SHayxzoda, SHukrullo YUsupov, G’ulom Alimov va boshqa bir qator ijodkorlar «antisovyet millatchilik faoliyati»da ayblanib qamoqqa olindilar. SHu yillarda faylasuf Vohid Zohidov, iqtisodchi A.Aminovlar panturkizmni tashviqot qilishda va burjua-millatchilikda ayblanib ta’qib qilindi. Ana shu mazmunda qatag’on qilinganlarning soni 60 dan ortiq edi. Qatog’on qilingan san’at, fan va madaniyat arboblari mustabid tuzum davrida haq-huquqsizlik qurboni bo’ldilar. Adolat bir qadar qaror topib, shaxsga sig’inish va uning oqibatlarini tugatish uchun olib borilgan kurashlardan kyeyingina asossiz qatag’on qilingan madaniyat va fan arboblari oqlandilar. 80-yillar o’rtalaridan qatag’onlik yana boshlandi. Bu qatag’onlik to’lqiniga nafaqat milliy kadrlar, ijod ahli balki xo’jalik xodimlari va davlat arboblari ham tortildi. O’zbyekistonning milliy ziyolilari hyech qachon, hattoki mustabid tuzumning «gullab- yashnagan» davrida ham o’zbyek xalqining milliy mustaqilligi g’oyalaridan voz kyechmadilar. Ochiq kurash imkoni bo’lmaganda milliy mustaqillik uchun zimdan yashirin kurash olib bordilar. O’zbyekistonda qonunchilik va huquq tartiblarini tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan musthkamlash dyegan niqoblar bilan markazdan katta vakolatga ega bo’lgan mas’ul xodimlarning «dyesant» guruhlari kyela boshladi. Ularga partiya sovyet va sud organlaridan katta lavozimlar byerildi. Uydirma, to’qib chiqarilgan «paxta ishi» va «o’zbyeklar ishi» dyeb ishlarga siyosiy tus byerdilar. Oqibatda guyoki butun O’zbyekiston jinoyatchilar makoniga aylanib qolgan dyegan tasavvur uyg’otishga harakat qilindi. Ittifoqning Gdlyan va Ivanov boshliq emissarlar guruhi ryespublikadagi turli sohalarda ishlayotgan bir nyecha minglab rahbar xodimlarni tyergov jarayoniga tortdilar, 22 mingga yaqin qamoqqa olinganlar qo’shib yozishda, poraxo’rlikda, davlat va jamoat mulkini talon-taroj qilishda ayblangan bo’lsalarda, aslida bu ish 30-50 yillardagi qatog’onlikning mantiqiy davomi edi. Maxbuslarni o’z aybiga iqror qilish uchun jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy azoblar qo’llanildi. O’zbyekiston Kompartiyasi MQning sobiq birinchi kotibi SHarof Rashidov nomiga ham nohaq tuhmatlar qilindi. Bunda O’zbyekistonning o’sha davrdagi qo’g’irchoq rahbarlarining ma’lum darajadagi hissasi bo’ldi. Aslida qo’shib yozishlar, ko’zbuyamachilik va poraxo’rlik kabi illatlar sosialistik jamiyatda tabiiy holat bo’lib, o’sha paytdagi barcha ryespublikalarda mavjud bo’lgan edi. O’zbyekistonga nisbatan «paxta ishi» oldindan, maxsus tayyorlangan siyosiy fitnadan boshqa narsa emas edi. O’zbyekiston mustaqillikka erishgach Islom Karimov tashabbusi bilan «paxta ishi» qayta 423
ko’rib chiqildi va minglab byegunoh kishilar oqlandi, qatag’onliklarga chyek qo’yildi. Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling