Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81

 

3-masala: 

"Avyesto"  zardo’shtiylik  dini  ta’limoti  bayon  qilingan  kitobgina  bo’lib  qolmay,  u  o’sha  davrdagi 

O’rta  Osiyo  xalqlarining  siyosiy  -iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  hayotini  o’rganish  uchun  xizmat  qiladigan 

g’oyat muhim manba hisoblanadi. 

Zardo’sht  yashagan  va  "Avyesto"  kitobi  yozilgan  davrda  O’rta  Osiyoda  aholining  asosiy  qismi 

o’troq  hayotga,  dyehqonchilik  va  hunarmandchilikka  o’ta  boshlagan,  ko’chmanchi  chorvachilikka  e’tibor 

kuchaygan,  qadimgi  shaharlar  va  dyehqonchilik  viloyatlari  (So’g’diyona,  Marg’iyona,  Baqtriya,  Parfiya, 

Xorazm)ning  va  qadimgi  davlatlarning  shakllanish  jarayoni  kyechayotgan  palla  edi.  Vatanimiz  xalqlari 

hayotida  yuz  byerayotgan  bu  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  o’zgarishlar  uning  taraqqiyot  yo’liga  g’ov 

bo’layotgan  mafkurani  yangilashni,  yangi jamiyat talablariga javob byera oladigan  diniy islohiyatni  amalga 

oshirishni talab etar edi. "Avyesto" da ana shu islohiy talab o’z aksini topdi. 

"Avyesto"  asarida  urug’  jamoasi,  iqtisodiy  tyengsizlik,  sinfiy  tabaqalanish  haqidagi  muammolar 

ochiladi. Kitobda "Avyesto" davri jamiyati to’rt pog’onali ekanligi yaqqol ko’zga tashlanadi. O’sha davrdagi 

oila "Nmana" dyeb atalgan. Uning boshlig’i esa "Nmanapati" dyeb yuritilgan. Oila tarkibiga "nmanapati" ga 

bo’ysunuvchi  "nmanapatni"  (katta  ayol)  "vaysa",  "vira",  "pariaytor"  (oilaning  kichik  a’zolari)  kirgan. 

Nmanadan  yuqori  pog’onani  "vis"  egallagan.  "Vis"  ning  rahbarini  "vispati"  dyeb  ataganlar.  "Vis"  nafaqat 

urug’  jamoasi,  balki  shu  urug’  jamoasi  yashayotgan  qishloq  ma’nosini  ham  bildirgan.  Dastlab, 

taxminimizcha,    "vis"  da,  ya’ni  qishloqda  bir  -biriga  yaqin  qarindosh  oilalar  yashashgan,  kyeyinchalik  esa 

"vis"  qashloq  jamoasiga  aylana  borgan.  "Vis"  da  ko’p  masalalar  "nmanapati"lar  a’zo  bo’lgan  urug’ 

kyengashida  hal  qilingan.  Unda  nafaqat  diniy  masalalar,  balki  urug’ning  ichki  hayoti,  ishlab  chiqarish, 

huquqiy, jamoat ishlariga aloqador masalalar ham ko’rib chiqilgan. 

"Avyesto" matnlarining tahlili o’sha davr jamiyatida ancha chuqur ijtimoiy va mulkiy tabaqalanishi 

sodir  bo’lganligini  ko’rsatadi.  Unda  qoramol  podalarining  sohiblari,  ruhoniylar,  qullar,  dyehqonlar, 

hunarmandlar, askarlar, turli pog’onadagi oqsuyaklar haqida ko’plab ma’lumotlar bor. 

Bir  nyecha  urug’larning  birikmasidan  tashkil  topgan  qabila  "zantu"  dyeb  nomlangan.  Qabila 

boshlig’i  "zantupati"  dyeb  atalgan.  B.G’ofurovning  fikricha  o’sha  davr  jamiyati  hayotida  "zantu"  unchalik 

kata  rol’  o’ynamagan.  Jamiyat  tarkibida  "zantu"  dan  yuqori  turuvchi  hududiy  birlik  "dax’yu"  nomi  bilan 

yuritilgan.  "Avyesto"ning  qadimiy  qismida  "dax’yu"  davlat  sifatida  emas,  balki  yirik  urug’  qabilaviy 

birlashmalar  istiqomat  qilayotgan  hududiy  birlik  sifatida  tasvirlangan.  YA’ni  dax’yu  davlat  tarkibidagi 

ma’lum bir etnik uyushma yashagan viloyat bo’lgan. "Dax’yu" (viloyat) boshlig’i "dax’yupati" dyeb atalgan. 

"Avyesto"da  uchraydigan  amal  sohibi  hisoblangan  "sastar"  atamasi  "dax’yu"  ning  ma’lum  bir  qismining 

hukmdori ma’nosini bildiradi. 

"Avyesto" yozilgan davrda "dax’yu" lar birlashuvi asosida dastlabki davlatlar vujudga kyelganligini 

"dax’yusasti"  atamasi  tasdiqlashi  mumkin.  CHunki  bu  atama  viloyatlar  ustidan  hukmronlik  ma’nosini 

bildiradi.  Bunday  birlmashalarning  ustida  barcha  "dax’yu"larning  "dax’yusastisi"  turgan.  U  mutloq 

hukmronlikka  ega  bo’lmagan,  chunki  "dax’yunam  fratyematado"  dyeb  nomlangan  viloyat  boshliqlarining 

kyengashi  "dax’yusasti"  hokimiyatini  chyegaralagan.  SHunday  bo’lsada  "dax’yusasti"ning  mavjudligi 

viloyatlar davlat darajasiga ko’tarilganligini bildiradi.  Bu  dastlabki  davlat uyushmasining o’z  diniy rahbari, 

oliy sud’yasi bo’lgan, u Zardo’shtroema nomi bilan atalgan. Uning hukmi mutloq bo’lgan va unga hyech kim 

e’tiroz bildirishga haqqi bo’lmagan. 

"Avyesto"ning  kyeyingi  davrlarda  yozilgan  Vyendidat  qismida  Axuramazda  yaratgan  16 

mamlakatning  hududiy  ma’muriy  va  siyosiy  boshqaruv  tizimiga  oid  ma’lumotlar  uchraydi.  Unga  ko’ra 



 

293 


                                                                                                                                                                                        

davlatni  shoh  -  "kavi"  idora  qilgan.  "Kavi"  muhim  ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  huquqiy  masalalarni  o’zida 

mujassamlashtirgan.  Profyessor  Muhammadjon  Imomnazarovning    yozishicha  "kavi"  ni  hukmdorlik 

huquqining byelgilanishida "farr" ("Avyesto" tilida "xvarno") prinsipi  qonuniy asos sifatida  qabul  qilingan. 

Uning  ma’nosi  shuki,  oliy  dunyoviy  hokimiyat  sulolaning  bir  vakilidan  ikkinchisiga  o’tishida  muayyan 

ilohiy  byelgi  sodir  bo’ladi,  ya’ni  muayyan  bir  jonivor  qush  yoki  yog’du  shu’lasi  hukmdorlikka  tanlangan 

kishini  ajratib  ko’rsatadi.  Xalqimiz  orasida  tarqalgan  "falonchining  boshiga  baxt  qushi  qo’nibdi"  iborasi 

ushbu qadim an’ananing izlariga ishora etadi. 

Zardo’shtning  siyosiy-huquqiy  ta’limotida  Markaziy  Osiyo  hududida  davlatning  shakllanishi  uch 

davrga  bo’linadi:  Birinchi  davr  eng  qadimgi  davr  bo’lib,  bunda  adolat  va  insoniy  saodat  hukmron  bo’lgan. 

Ikkinchi  davrda  yaxshilik  ruhlari  bilan  yomonlik  ruhlari  o’rtasidagi  adolat  uchun  kurash  davom  etgan. 

Uchinchi  davrda  aql-idrok  va  adolat  tantana  qilib,  dyehqonlar  badavlat,  davlat  tizimi  mustahkam  bo’lishi 

uchun  "YAxshilik  ta’limini  va  sadoqatini  amalga  oshirib…  yaxshi  hokimlar  hukm  yuritavyersinlar. 

Odamlarga  va  ularning  avlodlariga  baxt-saodat  kyeltiradigan  adolatli  qonunlarni  amalga  oshirsinlar…" 

dyeyiladi.  Bundan  tashqari  "Avyesto"  da  jamiyatnig  uchta  kastaga:  kohinlar,  askarlar  va  dyehqonlarga 

bo’linganligi  haqida  ma’lumot  bor.  "Avyesto"ning  kyeyingi  qismlarida  esa  to’rtinchi  kasta:  hunarmandlar 

tilga olingan. 

SHunday  qilib  "Avyesto"  matnlarining  tahlili  o’sha  davr  jamiyati  sinfiy  tabaqalanganligi,  davlat 

vujudga  kyelganligini  ko’rsatadi.  SHu  bilan  bir  qatorda  ijtimoiy  hayotda  ibtidoiy  jamiyatning  juda  ko’p 

qoldiqlari  saqlanganligi  ham  "Avyesto"da  o’z  aksini  topgan.  Masalan,  ayolning  ancha  yuqori  ijtimoiy 

mavqyega ega ekanligi jamiyat hayotida urug’, qabila kyengashlarining katta roli saqlanganligi va hokazolar 

shundan dalolat byeradi. 

"Avyesto"da har yili mart oyi birinchi haftasining bir kuni ayollar bayrami sifatida nishonlanganligi 

e’tirof  etilgan. Dyemak bizning  oilaga, yosh avlodlarga, xotin-qizlarga bo’lgan  munosabatimizning  ildizlari 

"Avyesto" bilan ham bog’liq ekan.  

Kitobda  o’sha  davrdagi  madaniy  ma’rifiy  hayotning  barcha  sohalari,  jumladan  ta’lim  tarbiyaga  oid 

qimmatli  ma’lumotlar  mavjud.  Mazkur  yodgorlikdagi  ayrim  qayd  va  iboralar,  nom  va  atamalarga  ko’ra 

zardo’shtiylikning  ilk  kurtaklari  paydo  bo’la  boshlagan  davrdayoq  Movarounnahr  va  Xuroson  xalqlari 

yashagan  mintaqalarda  ta’lim  va  tarbiya  xiyla  rivojlangan.  O’sha  davr  ta’lim  jarayonida  kundalik  hayot 

uchun  zarur  barcha  bilimlar  o’qitilgan,  hunarlar  o’rgatilgan.  Ayniqsa  harbiy  ta’limga  alohida  e’tibor 

byerilgan.  Zyero, "Avyesto"da 50 dan ziyod harbiy qurollarning nomlari tilga olingan. 

Zardo’shtiylik  qabul  qilingach,  ibodatxona  -  otashkadalar  huzurida  podsholik  tasarrufidagi  maxsus 

maktablar  ochilgan,  ularning  ta’lim  tizimi  ishlab  chiqilgan.  Bolalar  4  yoshgacha  ota-onalar  qo’lida,  5 

yoshdan    8  yoshga  qadar  xususiy  muallimlar  nazorati  va  tarbiyasida  bo’lgan.  Qizlar  15  yoshgacha,  o’g’il 

bolalar  17  yoshgacha  jamoat  ixtiyoridagi  maktablarda  ta’lim  olishgan.  Ularga  ma’qul  (diniy)  va  mankul 

(dunyoviy)  bilimlar  mutanosib  tarzda  o’qitilgan:  ular  otashkada  tasarrufidagi  darmongoh  (poliklinika), 

sihatgoh  (kasalxona)  lardan  o’tishgan,  o’qish  byevosita  ishlab  chiqarish,  ijtimoiy  foydali  myehnat  bilan 

qo’shib  olib  borilgan.  Masalan,  o’quvchi  va  talabalar  "qilni  qirq  yoradigan"  ustozlar  rahbarligida  dorivor 

o’simliklar  yig’ishga  jalb  etilgan,  ibodatgoh  ixtiyoridagi  vaqf  yerlarida  turli  yumushlar  bilan  uzluksiz  band 

bo’lishgan,  badantarbiya  bilan  uzluksiz  shug’ullanishgan.  Ta’lim  jarayoniga  asta-syekin  matyematika, 

astronomiya,  tib  bilimi,  tarix,  huquqshunoslik,  gigiyena  singari  fanlar  ko’proq  kirib  borgan.  YOshlarning 

ma’naviy  kamolotini  ko’zlab  ularga  zardo’shtiylik  dini  asoslari,  Axuramazdaning  farzlariyu  Zardo’sht 

o’gitlari puxta o’qitilib, diniy duolar maxsus yodlattirilgan. Ikkinchi tomondan uch yaxshi ishda sustkashlik 

qilmaslik: andishai nyek (yaxshi xulq), guftori nyek (yaxshi so’z), kirdori nyek (yaxshi amal)ni hamisha esda 

tutish  hamda  uch  yomon  ishdan  -  andishai  bad  (yomon  xulq),  guftori  bad  (yomon  so’z)  va  kirdori  bad 

(yomon amal)dan yuz o’girishga odatlantirilgan. Har bir zardo’shtiyni pokniyat, halol qilib voyaga yetkazish 

talablaridan kyelib chiqib, "Avyesto" da tarbiyachilar va muallimlarning burchlari byelgilangan. 

Ustoz  haqida  gap  kyetganda  "Avyesto"da  ularni  "shaharu  qishloqlarda,  butun  mamlakatda 

ma’naviyatdan  ta’lim  byeradigan,  osha  yo’lini  tutganlari  tufayli,  xonadonlarga  yangi  anjomlarni  olib 

kiradigan, xalq ardog’iga  sohib bo’lgan toifalar sifatida olqishlaymiz", dyeyiladi.  

Xullas  eng  ko’hna yodgorligimiz "Avyesto"da qadimgi ajdodlarimizning boshqaruv tizimi,  ijtimoiy 

turmushi,  madaniy  hayoti  va  ta’lim  tizimiga  oid  qiziqarli  ma’lumotlar,  mushohadalar  anchagina  va  ular 

hanuz o’z qimmatini yo’qotgan emas.  

4-masala: 

Zardo’sht  asos  solgan  yakkaxudolik  dini  dastlab  Markaziy  Osiyoning  Katta  Xorazm  va  Baqtriya 

davlatlari  hududlarida  va  SHimoliy  SHarqiy  Eronda  tarqalgan.  Zardo’shtiylik  yakkaxudolik  dini  sifatida 

Ahamoniylar hokimiyatni egallab Markaziy Osiyoni bosib olgach, zavolga uchraydi.  

Doro yozuvlarida Zardo’sht ham, uning ta’limoti ham biror marta tilga olinmagan. Ahamoniylarning 

diniy tyerminologiyasi  "Avyesto" an’analaridan  kyeskin farq  qiladi. To’g’ri Eron shohlari  o’z saltanatlarini 



 

294 


                                                                                                                                                                                        

barqaror  qilishda  zardo’shtiylik  dinining  ahamiyati  va  o’rniga  yetarli  darajada  baho  byera  olganlar.  Ammo 

bu  dindagi  o’rta  hol  dyehqonchilik,  mo’’tadil  kamtarona  hayotdan  iborat  turmush  tarzini  ilohiylashtirib, 

quldorlik  munosabatlarini  qoralash  Eron  shohlariga  yoqmaydi.    SHuning  uchun  bo’lsa  kyerak  olamning 

yakkayu  yagona  yaratuvchisi  bo’lgan  Axuramazda  ahamoniylar  tomonidan  qabilaviy  xudolarni 

birlashtiruvchi  bosh  xudoga  aylantiriladi.  YA’ni  zardo’shtiylik  yakka  xudolik  dinidan  ko’p  xudolik  diniga 

aylantiriladi.  Aslini  olganda  bu  diniy  rivojlanishdagi  orqaga  chyekinish  edi.  Lyekin  bu  masalaga  boshqa 

tomondan  qarasak  shu  narsa  yaqqol  ko’rinadiki,  ahamoniylar  tomonidan  birmuncha  o’zgartirilgan 

zardo’shtiylik  dinining  davlat  dini  sifatida  qabul  qilinishi  bu  din  rivoji  va  ta’sir  doirasining  kyengayishi 

uchun  katta  ta’sir  qildi.  CHunki  Ahamoniylar  davlati  Markaziy  va  Old  Osiyo  hududlarini  o’z  tarkibiga 

kirgizgan  o’z  davrining  g’oyatda  kuchli  davlati  edi.  Ahamoniylar  homiyligi  ostida  zardo’shtiylik  dini 

Markaziy Osiyodan O’rta yer dyengizigacha hududlarda tarqalgan o’sha davr uchun dunyo ahamiyatiga ega 

bo’lgan dinga aylanadi. Bu dinning muqaddas kitobi bo’lgan "Avyesto" shu hududlarda kyeng tarqaladi. Bu 

davrda zardo’shtiylik arablarning ajdodlari va yahudiylar orasiga ham kirib boradi. 

Alyeksandr  Makyedonskiy  Doro  III  ni  mag’lubiyatga  uchratib,  Ahamoniylar  saltanatining 

hududlarini bosib olgandan kyeyin zardo’shtiylik dinini butunlay yo’q qilib tashlamoqchi bo’ldi va bu dinga 

oid  ko’plab  kitoblarni  yoqtirib  yubordi.  Qattiq  ta’qib  ostiga  olinishiga  qaramasdan  zardo’shtiylik  dini  o’z 

ta’sir doirasini yo’qotmadi. Aksincha, nafaqat ilgaridan hukmron bo’lgan hududlarda, balki qadimgi YUnon 

va Rim impyeriyasi hududlarida ham o’z tarafdorlarini ko’paytirdi. Bu hududlarda zardo’shtiylikdagi quyosh 

xudosi  Mitraga  e’tiqod,  ayniqsa  baland  bo’lgan.  Kyeyinchalik  butun  O’rta  yer  dyengizi  bo’ylab  tarqalgan 

zardo’shtiylik xristian  mafkurasining vujudga kyelishiga katta hissa qo’shdi. Bundan tashqari zardo’shtiylik 

va  yahudiy  xristian  g’oyalarining  o’ziga  xos  tarzda  aralashuvi    asosida  III  asrda  majusiylarning  dualistik 

ta’limoti rivojlandi. SHu  g’oyaviy asosda pavlikian (VII asr), bogomil (X asr), albigay (XII-XIII asrlar) va 

boshqa xristian syektalari tashkil topgan. 

Zardo’shtiylik  ta’limoti  asosida  kurdlar  orasida  "yozid"lar  syektasi  paydo  bo’lib,  u  hozirgacha 

saqlanib  kyelmoqda.  XX  asr  boshlarigacha  Boku  shahrida  otashparastlar  ibodatxonasi  va  unda  ibodat 

qiluvchilar saqlanib qolgan edi. Zardo’shtiylik dini milliy din sifatida Eronda yashovchi gyebrlar va G’arbiy 

Hindistonda  istiqomat qiluvchi parslar orasida hozirga qadar saqlanib kyelmoqda.  

Bizning  o’lkamizda  arab  istilosi  va  islom  dinining  tarqalishi  davrida  zardo’shtiylik  va  uning 

muqaddas  kitobi  "Avyesto"  qattiq  ta’qib  ostiga  olingan.  Lyekin,  shunday  bo’lsada,  xalqimiz  ma’naviy 

hayotida, turmush tarzi va axloqiy qoidalarida zardo’shtiylik dini va "Avyesto" an’analari hozirga qadar o’z 

ta’sir kuchini saqlab qolgan. "Navro’z", "Myehrjon" bayramlari, to’y, dafn marosimlarida olov bilan bog’liq 

udumlarning saqlanib qolganligi va hokazolar shular jumlasiga kiradi. 

"Avyesto" nafaqat SHarq mamlakatlarining, balki insoniyatning farahli bolalik pallalari bilan bog’liq  

olam  haqidagi  e’tiqod,  bilim  va  tasavvurlari  qomusidir.  Eramizdan  avvalgi  ming  yillar  davrida    O’rta 

Osiyoda kyeng tarqalgan zardo’shtiylik dini nainki o’z davri, balki kyeyingi davr jahon ma’naviy -madaniy 

taraqqiyoti tarixida ham juda katta rol’ o’ynagan. SHuning uchun ham bu buyuk asarga qiziqish butun dunyo 

miqyosida  oshib  boryapti.  1771  yilda  Fransiyada,  1870  yilda  Londonda  ,  1933  yilda  Byerlinda 

"Avyesto"shunoslik  markazlari  tashkil  etilgan.  Bugungi  kunda  jahonning  23  joyida  "Avyesto"  markazlari 

ishlab  turibdi.  "Avyesto"  kitobi  1825  yilda  ingliz,  1901  yilda  rus,  1972  yilda  fransuz,  1973  yilda  nyemis 

tillarida nashr etilgan. Hozirgi kunlarda "Avyesto"ning o’zbyekcha nusxasi ham nashrga tayyorlanmoqda . 

1999  yil  noyabrida  Parijda  YUNYeSKO  Bosh  konfyeryensiyasining  30  syessiyasi  "Avyesto"ning 

jahon madaniyati va dinlari tarixidagi tutgan o’rnini hisobga olib "Avyesto" yaratilganligining 2700 yilligini 

butun  dunyo  miqyosida  nishonlash  haqida  qaror  qabul  qildi.  O’zbyekiston  Ryespublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi  2000  yil  29  martda  ushbu  sanani  mamlakatimizda  nishonlash  to’g’risidagi  qarorida  2001  yil 

oktyabr  oyida  Ryespublikamizda  "Avyesto"  kunlari  o’tkazish,  ilmiy  konfyeryensiya  tashkil  qilish  kabi 

tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Bularning barchasi "Avyesto" hozirgi kunda ham jahon xalqlari 

ma’naviy hayotiga ta’sirini va hayotiy qiymatini yo’qotmaganligini ko’rsatadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

295 


                                                                                                                                                                                        

 

 



 

 

 



2-mavzu  

Vatanimiz hududida davlatchilikning vujudga kelishi  va uning  taraqqiyot 

bosqichlari

 

1.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi 

Mashg’ulot  vaqti-

2 soat 

Talabalar soni: 20 – 28 nafargacha 

Mashg’ulot shakli 

Bilimlarni 

kengaytirish 

va 

mustahkamlash 

buyicha seminar mashguloti 

 

 

 

 

Amaliy mashg’ulot 

rejasi 

1.Markaziy Osiyoda i1k    davlatlar    paydo    bo'lishi: Katta 

Xorazm, Baqtriya, Sug'diyona. 

2. Markaziy Osiyoda antik davr davlatlari. (Salavkiylar, 

Yunon-Baqtriya, Qang’, Davon, Kushonlar saltanati ) Ularning 

vatanimiz xalqlari tarixida tutgan o’rni 

3 Ilk o’rta asr davlatlari: Xiyoniylar, Kidariylar, Eftaliylar, va 

Turk xoqonligi davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli 

4  Markaziy  Osiyoda  markazlashgan      davlatlarning    taraqqiy 

etishi: Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar

 

O’quv mashg’ulotining maqsadi:   

Vatanimiz hududida davlatchilikning vujudga kelishi  va uning  taraqqiyot 

bosqichlari to’g’risida  hamda  ilk o’rta asr, rivoojlangan o’rta asr davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy  hamda  

madaniy taraqqiyoti bosqichlari haqidagi  bilimlarni mustahkamlashdan iborat 

 

Pedagogik vazifalar

  O’zbek  davlatchiligining  shakllanishi,  bosqichlari, 

rivojlanishi  hamda    ularning  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyoti to’g’risidagi  bilimlar haqida gapiriladi; 

  Markaziy Osiyoda  antik davr davlatlazri ularning 

tashkil  topishi,  boshqaruv  tizimi  hamda    ijtimoiy-

iqtisodiy  hayoti to’g’risida fikr yuritiladi 

  Ilk  o’rta  asr  davlatlarining  (

Xiyoniylar, 

Kidariylar,  Eftaliylar,  Turk  xoqonligi

vujudga  kelishi,  ularning  o’zbek  davlatchiligi  



tarixida  tutgan  o’rni    va  roli    haqida    fikrlar 

umumlashtiriladi;  

  Markaziy  Osiyoda  tashkil  topgan  markazlashgan 

davlatlarning  taraqqiy  etishi,  ularning  boshqarua 

tizimi  hamda  iqtisodiy  va  madaniy    aloqalari  

to’g’risida  fikr  yuritiladi 



O’quv faoliyati natijalari: 

  Markaziy  osiyoda  ilk  davlatlarning  paydo  bo’lishi  hamda  

ularning yozma manbalardagi tasnifi yoritib beriladi; 

  Antik  davr  xususiyatlari  hamda    shu  davr  davlatlarining 

taraqqiy  etishi  hamda    inqirozi  sabablari    manbalar  tahlili 

asosida  to’liq bilimlar shakllantiriladi 

 

  Tarixiy  manbalar  asosida    markaziy  osiyodagi    ilk  o’rta    asr 



davlatlar,  ularning  hududi,  boshqaruv  tizimi  hamda    madaniy  

aloqalari  to’g’risidagi  bilimlar shakllantiriladi; 

 

 

  Markazlashgan 



davlatlarning 

boshqaruv 

tizimining 

shakllanganligi  hamda  uning  oqibatida  Markaziy  Osiyoda 

renessans madaniyatining vujudga kelganligi  manbalar asosida 

to’plangan bilimlar orqali boyitiladi 



Ta’lim berish usullari 

suhbat,    tushuntirish,  tezkor  so’rov, 

zigzag (arra) texnikasi  

Ta’lim berish shakllari 

Ommaviy, guruhlarda ishlash  



Ta’lim berish vositalari 

O’quv 


qo’llanma, 

proyektor, 

 

o’quv 


topshiriqlari, test savollar 

Ta’lim berish sharoiti 

Texnik  ta’minlangan,  gurhlarda  ishlash 

uchun mo’ljallangan auditoriya 

Monitoring va baholash 

Og’zaki nazorat: savol-javob  



 

 

 

 

 

 

296 


                                                                                                                                                                                        

 

 

 

 

 



Vatanimiz hududida davlatchilikning vujudga kelishi  va uning  taraqqiyot bosqichlari

” mavzusi 

bo’yicha amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi

 

Ish 

bosqichlari va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

Ta’lim beruvchi 

Ta’lim oluvchilar 

Tayyorlov bosqichi 

Mavzuni  aniqlaydi,  ta’limiy  maqsadni  belgilaydi  va 

kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. 

Mavzu bo’yicha tayanch konspektlar ishlab chiqadi. 

Belgilangan  ta’limiy  maqsadlarga  erishishni  ta’minlovchi 

o’quv  topshiriqlarini ishlab chiqadi.  

Kichik  guruhlarda  samarali  faoliyatni  ta’minlash  uchun 

yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi. 

Ekspert guruhlar faoliyat  natijalarini  baholash mezonlarini 

ishlab chiqadi. 

 

 



 

 

 



1. O’quv 

mashg’ulotiga 

kirish bosqichi 

      (10  daqiqa) 

1.1.  Mashg’ulot  mavzusi,  uning  maqsadi  va  kutilayotgan 

natijalarini  e’lon  kiladi,  ularning  ahamiyatliligi  va 

dolzarbligini asoslaydi. 

1.2.  Mavzu  bo’yicha  asosiy  tushunchalarga  ta’rif  berishni 

taklif  qiladi  va  shu  asosda  tezkor-so’rov  o’tkazib  talabalar 

bilimlarini faollashtiradi. 

 1.3.  Faoliyat  kichik  guruhlarda  o’quv  topshiriqlarini 

bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. 

1.4. 


Qo’shimcha 

ma’lumotlar 

aks 

etgan 


tayanch 

konspektlarni tarqatadi. 

1.5.  Ekspert  guruhlar  faoliyati  natijalarini    baholash 

mezonlarini e’lon qiladi. 

Tinglaydilar. 

 

 



 

Savolni muhokama qilib, 

ularga javob beradi. 

 

 



2. Asosiy bosqich 

(60 daqiqa) 

 

 

 

2.1. 


Talabalarni 

to’rtta 


kichik 

guruhga 


bo’ladi. 

Mashg’ulotning  o’tkazilish  tartibini  yana  eslatadi.  O’quv 

mashg’uloti  «o’zi  o’rganib,  o’zgaga  o’rgatish»,  ya’ni 

hamkorlikda o’rganish  prinsipi asosida o’tkazilishini aytadi  

2.2.  Guruhlarga  ekspert  varaqlarini,  shu  bilan  birga, har  bir 

talabaga  geometrik  shakl  tarqatadi  va  faoliyatlarini  tashkil 

qiladi 

(geometrik 



shakllarni 

vaqtincha 

bir 

joyga 


ko’yishlarini,  vakti  kelganda  ulardan  foydalanishlarini 

aytadi). 

Guruhlarda ishni tashkil kiladi. (matnni o’rganib, muhokama 

kilishga 15 daqiqa beradi). 

2.3.  Doira  shaklini  olgan  talabalar  1-stol,  uchburchak 

shaklini  olganlar  2-stol  va  to’rtburchak  olganlar  3-stol 

atrofiga o’tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to’plangan 

talabalar  o’z  savollarini  boshqa  talabalarga  yoritishini 

tushuntiradi.  O’zaro  o’rgatish  jarayoni  boshlanadi  (15 

dakika). 

Talabalar 

faoliyatini 

kuzatadi, 

ularni 


yo’naltiradi, 

maslahatlar beradi.  

2.4.  Talabalarni  o’zlarini  dastlabki  joylariga,  stol  atrofiga 

kelib o’tirishlarini aytadi.  

2.5. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 

nafardan  talaba  chiqib,  faoliyat  natijalarini  taqdim 

qilishlarini  aytadi.  Taqdimot  uchun  xar  bir  guruhga  8 

daqiqadan  vaqt  ajratadi.    Yo’naltiruvchi,  maslahatchi 

sifatida  ishtirok  etadi.  Javoblarni  aniqlashtiradi,  to’ldiradi, 

izoh beradi va tuzatishlar kiritadi. 

2.6.  Har  bir  gurux  taqdimoti  oxirida  ekspert  savollari 

bo’yicha xulosalar qiladi. 

Kichik guruhlarga 

bo’linadilar.  

 

 

 



 

Topshiriq bo’yicha faoliyat 

boshlaydilar. Matnlarini 

o’qib, savollarga javob 

topadi. Ma’lumotni 

muhokama kilib, fikr 

almashib,  sistemalashtiradi.  

Format  kog’oziga  sxema 

tarzida tushiradi,  

taqdimot uchun  

materiallar 

tayyorlaydilar.  

 

 

 



 

 

Faoliyat natijasini 



taqdimot qiladilar. 

 

 



 

297 


                                                                                                                                                                                        

3–Yakuniy bosqich 



(15 daqiqa) 

3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi.  

3.2.O’quv  mashg’ulotini  natijalarini  sharhlaydi,  guruhlar 

faoliyati bahosini e’lon qiladi. 

3.3.  Mustaqil  ishlashlari  uchun  vazifa  beradi:  amaliy 

mashg’ulotga tayyorlanib kelish; nazorat savollariga og’zaki 

javob berish  

Tinglaydilar. 

 


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling