Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot shakli Bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash buyicha seminar mashguloti
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- Pedagogik vazifalar
- O’quv faoliyati natijalari
- ” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti
- Dars o`tish vositalari
336
5-mavzu Markaziy Osiyo xalqlarining IX-XII asrlar davri mad'aniyati. Ajdodlartmizning insoniyat sivilizasiyasiga qo'shgan hissasi 1.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti- 2 soat Talabalar soni: 20 – 28 nafargacha Mashg’ulot shakli Bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash buyicha seminar mashguloti Amaliy mashg’ulot rejasi 1.IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyatining yuksalishiga ta'sir ko'rsatgan tarixiy shart-sharoitlar. 2.Ilm-fan ravnaqi. Markaziy Osiyoning allomalar va ularning jahon sivilizasiyasi xazinasiga qo'shgan bebaho hissasi. 3.Badiiy adabiyotning rivoj t o pi s hi . Mahmud Qoshg'ariy. Yusuf Xos Xojib Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy va boshqalar. 4.Markaziy Osiyolik buyuk islomshunos olimlar.
Markaziy Osiyo xalqlarining IX-XII asrlar davri mad'aniyati. Ajdodlartmizning insoniyat sivilizasiyasiga qo'shgan hissasi qaqida ma’lumotlar berish orqali shakllantiriladi
337
Pedagogik vazifalar: IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyatining yuksalishiga ta'sir ko'rsatgan tarixiy shart-sharoitlar haqida bilimlarni mustahkamlash; Ilm-fan ravnaqi. Markaziy Osiyoning allomalar va ularning jahon sivilizasiyasi xazinasiga qo'shgan bebaho hissasi haqidagi tasavvurlarni kengaytirish; 3.Badiiy adabiyotning rivoj t o p is h i. Mahmud Qoshg'ariy. Yusuf Xos Xojib Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy va boshqalarning qo’shgan hissalarini boyitish; 4.Markaziy Osiyolik
buyuk islomshunos olimlar
haqidagi tasavvurlarni kengaytirish
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyatining yuksalishiga ta'sir ko'rsatgan tarixiy shart-sharoitlar haqida
chuqurlashtirgan holda gapirib berish; Ilm-fan ravnaqi. Markaziy Osiyoning allomalar va ularning jahon sivilizasiyasi xazinasiga qo'shgan bebaho hissasi haqidagi bilimlarni to’lasincha tushuntirib berish; 3.Badiiy adabiyotning rivoj t o p ish i. Mahmud Qoshg'ariy. Yusuf Xos Xojib Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy va boshqalarning qo’shgan hissalarini har tomonlama tahlil qilgan holda gapirib berish; 4.Markaziy Osiyolik buyuk islomshunos olimlarning fanga qo’shgan hissalarini yangicha ma’lumotlar asosida gapirib berish;
suhbat, tushuntirish, tezkor so’rov, zigzag (arra) texnikasi
Ommaviy, guruhlarda ishlash Ta’lim berish vositalari O’quv
qo’llanma, proyektor,
o’quv
topshiriqlari, test savollar Ta’lim berish sharoiti Texnik ta’minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo’ljallangan auditoriya
Og’zaki nazorat: savol-javob
Tayyorlov bosqichi Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. Mavzu bo’yicha tayanch konspektlar ishlab chiqadi. Belgilangan ta’limiy maqsadlarga erishishni ta’minlovchi o’quv topshiriqlarini ishlab chiqadi. Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta’minlash uchun yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi. Ekspert guruhlar faoliyat natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
338
1. O’quv mashg’ulotiga kirish bosqichi (10 daqiqa) 1.1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarini e’lon kiladi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi. 1.2. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so’rov o’tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi. 1.3. Faoliyat kichik guruhlarda o’quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. 1.4.
Qo’shimcha ma’lumotlar aks etgan
tayanch konspektlarni tarqatadi. 1.5. Ekspert guruhlar faoliyati natijalarini baholash mezonlarini e’lon qiladi. Tinglaydilar.
Savolni muhokama qilib, ularga javob beradi.
2. Asosiy bosqich (60 daqiqa) 2.1.
Talabalarni to’rtta
kichik guruhga
bo’ladi. Mashg’ulotning o’tkazilish tartibini yana eslatadi. O’quv mashg’uloti «o’zi o’rganib, o’zgaga o’rgatish», ya’ni hamkorlikda o’rganish prinsipi asosida o’tkazilishini aytadi 2.2. Guruhlarga ekspert varaqlarini, shu bilan birga, har bir talabaga geometrik shakl tarqatadi va faoliyatlarini tashkil qiladi (geometrik shakllarni vaqtincha bir joyga
ko’yishlarini, vakti kelganda ulardan foydalanishlarini aytadi). Guruhlarda ishni tashkil kiladi. (matnni o’rganib, muhokama kilishga 15 daqiqa beradi). 2.3. Doira shaklini olgan talabalar 1-stol, uchburchak shaklini olganlar 2-stol va to’rtburchak olganlar 3-stol atrofiga o’tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to’plangan talabalar o’z savollarini boshqa talabalarga yoritishini tushuntiradi. O’zaro o’rgatish jarayoni boshlanadi (15 dakika). Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni
yo’naltiradi, maslahatlar beradi. 2.4. Talabalarni o’zlarini dastlabki joylariga, stol atrofiga kelib o’tirishlarini aytadi. 2.5. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 nafardan talaba chiqib, faoliyat natijalarini taqdim qilishlarini aytadi. Taqdimot uchun xar bir guruhga 8 daqiqadan vaqt ajratadi. Yo’naltiruvchi, maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Javoblarni aniqlashtiradi, to’ldiradi, izoh beradi va tuzatishlar kiritadi. 2.6. Har bir gurux taqdimoti oxirida ekspert savollari bo’yicha xulosalar qiladi. Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Topshiriq bo’yicha faoliyat boshlaydilar. Matnlarini o’qib, savollarga javob topadi. Ma’lumotni muhokama kilib, fikr almashib, sistemalashtiradi. Format kog’oziga sxema tarzida tushiradi, taqdimot uchun materiallar tayyorlaydilar.
Faoliyat natijasini taqdimot qiladilar.
3–Yakuniy bosqich (15 daqiqa) 3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi. 3.2.O’quv mashg’ulotini natijalarini sharhlaydi, guruhlar faoliyati bahosini e’lon qiladi. 3.3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: amaliy mashg’ulotga tayyorlanib kelish; nazorat savollariga og’zaki javob berish Tinglaydilar.
1.
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyatining yuksalishiga ta'sir ko'rsatgan tarixiy shart-sharoitlar. 2. Ilm-fan ravnaqi. Markaziy Osiyoning allomalar va ularning jahon sivilizasiyasi xazinasiga qo'shgan bebaho hissasi. 3.
Ba dii y adabiyotning rivoj t op i s hi . Mahmud Qoshg'ariy. Yusuf Xos Xojih Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy va boshqalar. 4. Markaziy Osiyolik buyuk islomshunos olimlar. Asosiy adabiyotlar: 339
1. Karimov I.A. "O’zbyekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li". T: "O’zbyekiston", 1992. 2. Karimov I.A. "Istiqlol va ma’naviyat". T: "O’zbyekiston", 1994. 3. Karimov I.A. Imom al Buxoriy yodgorlik majmuasining ochilishiga bag'ishlangan marosimda so’zlagan nutqi. «Xalq so’zi». 1998y, 24-oktyabr. 4. Asarlar, T.7,183-187 b 5. Karimov I.A. Ahmad-a l F a r g ' o n i y haykalining ochilishiga bag'ishlangan marosimda so'zlagan nutqi Xalq so'zi», 1999. 25-oktvabr. Asarlar, T.7, 187-192b 6. Karimov I.A. Burxoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqi, - Asarlar, T9, 13-123 b 7. Karimov I. A. Imom Motrudiy tavalludiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqi, - Asarlar, T.9, 122-132 b 8. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 9. Abdunabiyev A. "Vklad v mirovuyu sivilizasiyu". T: "O’zbyekiston", 1998. 10. Axmyedov B. "Tarixdan saboqlar". T: "O’qituvchi", 1994, 37-51-53,162 byetlar. 11. Vambyeri X. "Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi". T: "Fan", 1990. 12. Buyuk siymolar, allomalar (1-2 kitob). T: "Myeros", 1995, 1996. 13. O’lmas obidalar. T: "Fan", 1989. 14. O’rta Osiyo xalqlari hurfikrligi tarixidan. T: "Fan", 1990, 54-104 byetlar. 15. Nizomulmulk. Siyosatnoma. T: "Adolat", 1997. 16. Hamidov H. SHohnomaning shuhrati. T: "O’zbyekiston", 1991. 17. Usmonov Q. Sodiqov M., Oblamurodov N “O’zbekiston tarixi”. – T., 2002 y. 18. Xayrullaev M. Uyg’onish davri va Sharq mutafakkiri. – T.,O’zbekiston, 1971 y. 19. O'lmas obidalar. T., «Fan». 1989y. 20. O'rta Osiyo x a l ql a r i hurfikrligi tarixidan. T., «Fan», 1990, 54-106 betlar. 21. Xayrullaev M.M “Ma’naviyat yulduzlari”., T. 2001 y 22. O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003 191-267 b 23. Q.Usmonov., M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. Qo’shimcha adabiyotlar: 24. Abdinabiyev A. Vklad v mirovuyu sivilizasiyu. T., «O'zbekiston», 1998y. 25. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar.- T.,O’qituvchi, 1994y, 37-53 b 26. Vamberi X. Buxoro yohud Movarounnahr tarixi. T., «Fan», 1990y. 27. Uvatov U. Donolardan saboqlar. P., «Abdulla Qodiriy», 1994y. 28. www.xonatlas.uz –O’zbekiston madaniyati. 29. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali.
Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarga O’zbyekiston tarixi fanining tadqiqot ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish, shuningdyek turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga byerilgan ta’riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuni syerqirra mavzu ekanligidan talabalarni boxabar etish. Dars o`tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) Dars o`tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi: Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati-2 minut Talabalarning davomati – 3 minut Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash (o’tilgan mavzu bo’yicha)-50 minut Sinov savollar namunasi (savol-javob triqasida)– 10 minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-5 minut Uyga vazifa byerish – 5 minut 1-masala: 340
Mustaqillikka erishgan mamlakatimiz milliy madaniyatining tyezkorlik bilan rivojlanishi tabiiy ravishda uning asosiy manbai bo’lmish madaniy myerosimizni kyeng va chuqur hamda ilmiy asosda izchil o’rganishimizni taqozo etadi. Uzoq o’tmishga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari tarixi o’z boshidan turli voqyealarni kyechirdi.
YAqin va O’rta SHarq mamlakatlari madaniyatining rivojlanishida, jamiyat ma’naviy hayotida IX asrdan boshlab kyeskin yuksalish boshlandi. Bu rivojlanish bir nyecha asr davom etdi. O’sha davrlarning ilmiy tiliga aylangan arab tiliga turli chyet tillaridan tarjima qilish avj oladi. Matyematika, astronomiya, ximiya, myedisina, minyeralogiya, etika sohasida yangi ixtirolar qo’lga kiritildi. Tarix, falsafa sohasida o’sish, ko’tarinkilik yuz byerdi. Uyg’onish davri hozirgacha faqat G’arbiy Yevropa mamlakatlariga xos bo’lgan jarayon sifatida tasvirlanar edi. Ammo 1955 yildan byeri SHarq xalqlari tarixida uyg’onish davri masalasida shug’ullanib kyelgan akadyemik N. I. Konrad o’zining "Zapad i Vostok" (1966) nomli maqolalar to’plamida yoritgan uyg’onish davri dyeb... "Eron, O’rta Osiyo, SHimoliy G’arbiy Hindiston tarixida IX- XIII asrlarni, Yevropa tarixida XIVasrlarni" hisoblash mumkin.
Markaziy Osiyoda ro’y byergan bu madaniyatni uyg’onish davri yoki jahon tarixida Ryenyessans davri dyeb nom olgan davr Yevropada XV- XVII asrlarda boshlandi. Bu davrda Yevropa mamlakatlarida birin- kyetin madaniy yuksalish, birinchi navbatda ijtimoiy- iqtisodiy o’zgarishlar bilan jamiyat hayotida shaharlarning, shahar madaniyatining, hunarmandchilik, ishlab chiqarishni rivoj topishi bilan uzviy bog’liq edi. Ryenyessans madaniyati birinchi bo’lib Italiyada boshlanadi. CHunki, bu davrda Italiya O’rta dyengizda, tyemir yo’l va havo yo’llari bo’lmagan bir davrda, suv yo’li orqali savdo-sotiqni rivojlantirib, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy- madaniy aloqalarni avj oldirib kyelgan. VIII asrlarga kyelib O’rta Osiyo YAqin SHarqda yangi vujudga kyelgan arab davlati- xalifalik tomonidan istilo etildi. IX asrlarning o’rtalariga kyelib arab xalifaligi SHarqda eng kuchli rivoj topgan impyeriyaga aylandi. Xususan, xalifalar Mansur, Xorun ar- Rashid,Ma’mun davrlarida xalifalikning markaziy shahri Bog’dod iqtisodiy va madaniy markazga aylandi. SHuni ta’kidlash lozimki, Markaziy Osiyo arablar tomonidan bosib olinishi osonlik bilan bo’lmadi. Ular bosqinchilik siyosatini yurgizish bilan birga qadimgi madaniyat, dinlar, yozuvlar, bilimdonlarga qarshi ham kyeskin kurashni avj oldirdilar. Islom orqali bu yerlarda arab tili va arab yozuvi ham tarqaldi. Qadimgi yozuvlar xorazm, so’g’d, turk yozuvlari yo’qotilib, ularni himoyachilari qattiq jazolandilar.
Kyeskin kurashlarga, qarshiliklarga qaramay yerlik xalq bosqinchilarga qaram bo’lib qoldi. Bu qaramlik IX asrning oxirlarigacha davom etdi. Buyuk olim Byeruniy va buxorolik tarixshunos olim Narshaxiy tavsificha bosqinchilar yerli xalqlarga ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan katta zarar kyeltirdi, yerli hokimiyat tugatildi, shaharlar, qadimgi madaniyat yodgorliklari, mavjud yozuvlar yo’q qilindi, kitoblar yondirib yuborildi, arxityektura, san’at namunalari barbod bo’ldi. Ilm- ma’naviyat fidoiylari qurbon etildi, ular tahqirlandi. SHu bilan birga bu davrda arab xalifaligida ham katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Hokimiyat Ummaviylar sulolasidan Abbosiylarga o’tdi. YAngi sulola byenihoya katta saltanatni idora qilishda, uning taraqqiyotini ta’minlashda ilmu- fanning ahamiyatini chuqurroq angladi. Xalifa Xorun ar- Rashiddan (786- 809) so’ng uning o’g’li Ma’mun o’z tasarrufidagi o’lkalardan olimlarni xalifalikning yangi poytaxti Bog’dodga taklif etdilar, ularning samarali ishlari uchun sharoit yaratdilar. Bu davrda davlatni boshqarishda Abbosiylar ma’muriyati ayniqsa ko’plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. CHunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo’lgan bilimdonlar hali oz, borlari esa zaif edi. SHu boisdan Movarounnahr, Xorazm va Xurosonda mahalliy tillarda yozilgan asarlar yo’qotilib, yerli bilimdonlar quvg’in ostiga olib turilgan bir paytda bu mamlakatlarning ko’pgina ilm toliblari xalifalikning markaziy shaharlariga Damashq, Qohira, Bog’dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo’ldilar.
Bu davrda ayniqsa Bog’dod shahri SHarqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. VIII asr oxirida bu shaharda "Baytul- hikma" (Donishmandlar uyi) islom SHarqining Fanlar Akadyemiyasi tashkil topgan edi. "Baytul- hikma"da katta kutubxona hamda astranomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy myerosini o’rganish va asarlarni arab tiliga tarjima qilish bilan ham shug’ullanganlar.
Arab xalifaligining talonchilik siyosati yerli xalqning barcha haq- huquqlaridan marhum bo’lishi, madaniyatining oyoq osti qilinishi va zulm hamda islom dini, arab tili va yozuvi, xalifalik qonun va qoidalarining zo’rlik bilan joriy etilishi natijasida mahalliy aholi orasida norozilik tobora kuchayib qo’zg’alonlar qo’tarilishiga sabab bo’ldi. VIII- IX asrlarda Abu Muslim, SHarik ibn shayx, Sumbat, Muqanna, Hamza ibn Xorij, Rofi ibn Layslar boshchiligida qator xalq qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi. Bu qo’zg’olonlar ayrim hollarda diniy tus oldi. VIII asr oxiriga kyelib O’rta Osiyoda arab xalifaligining hukmronligi o’rnatildi. Islom dini hukmron din bo’lib, arab tili davlat tili maqomiga ko’tarildi.
VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab islom ichida shialar, sunniylar, mutaziliylar, mutakallimlar kabi turli oqimlar vujudga kyeldi. IX asrda islom va boshqa ta’limotlar ta’sirida tasavvuf shakllandi va musulmon SHarqiga tarqaldi. 341
Arab tili musulmon SHarqda xususan Markaziy Osiyoda fors va turkiy tillarni chyetlab o’tib, umumiy din va ilm- fan tiliga aylanib, turli xalqlar madaniyatining o’zaro aloqasiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Xalqning mustaqillik uchun kurashi natijasida IX asrning oxirlarida Markaziy Osiyoda yerli somoniylar davlati vujudga kyeladi.Somoniylarning sayi- harakatlari natijasida IX asrlarning oxirlariga kyelib, butun Movarounnahr xalqlari arablar ta’siridan qutuldi va bu yerda fyeodal davlati - Somoniylar hukmronligi shakllandi. So’ngra bu hududda Xorazmshohlar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Qoraxoniylar davlatlari vujudga kyeldi. Ammo bu davlatlar o’rtasida ichki nizolar, qabila boshliqlari o’rtasida ahillik, birlik, kyelishuvning yo’qligi tufayli ular uzoq umr ko’rmay yo’q bo’lib kyetdi. Lyekin shu bilan birga YAqin va O’rta SHarqda yangi shakllangan musulmon o’lkalari o’rtasida iqtisodiy madaniy aloqalar avj oldi. Madaniyat namunalari bilan almashuv, o’zaro ma’naviy ta’siri kuchaydi. Qadimgi Hind, Eron, Arab, YUnon madaniy boyliklari qorishib adabiyotlarda "Musulmon madaniyati" dyeb nom olgan yangi madaniy qatlam vujudga kyeldi. Qadimiy madaniyati yuksak bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’z mustaqilligiga erishgach xalq qisqa vaqt ichida o’z madaniyatida yuksak cho’qqilarga erishdi. SHaharlar, shahar madaniyatining tyez rivoji hamda madaniy aloqalarning kuchayishi samarasi bo’lgan Uyg’onish, Ryenyessans shu davrda boshlandi. Buxoro, Samarqand, Marv, Ko’hna Urganch, Xiva kabi shaharlar o’z davrining madaniyat markazlari sifatida ma’lum bo’ldi. Bu yerlarda savdo- sotiq ijtimoiy- siyosiy hayot bilan bir qatorda madaniy aloqalar, bilim o’choqlari rivoj topdi. Markaziy Osiyo fyeodal davlatlari boshqa musulmon o’lkalari bilan yaqindan aloqa o’rnatdilar. Yerli olimlar o’zga mamlakatlarga borib ilm olish hamkasblari bilan yaqindan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Bu davrda O’rta Osiyoda Muso al- Xorazmiy, Al- Farg’oniy, Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Byeruniy kabi buyuk allomalar, Maxmud Qoshg’ariy, YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Firdavsiy, Rudakiy, Narshahiy kabi madaniyat arboblari Imom al- Buxoriy, At Tyemiziy kabi buyuk muhaddislar yetishib chiqdi. Ular o’z ijodlari, asarlari bilan o’z xalqlarini dunyoga mashhur qildilar. Ushbu allomalar, olimlar va buyuk siymolarning faoliyatiga qisqacha to’xtalib o’tish o’ta joizdir.
Markaziy Osiyo olimlari o’sha paytlarda ma’lum bo’lgan barcha ilm sohalari bilan qiziqdilar, dunyoviy va diniy fanlar rivojiga o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shdilar. Bu haqda M. Xayrullayevning «O’rta Osiyoda ilk uyg’onish davri madaniyati» («Fan», 1994), F. Sulaymonovning «SHarq va G’arb» («O’zbyekiston», 1997) asarlarida, shuningdyek «Buyuk siymolar, allomalar» («Myeros», 1995-96) to’plamlarida syermazmun va boy ma’lumotlar, ishonarli misol va dalillar kyeltirilgan. Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling