Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
2-masala:
SHarqda Uyg’onish davrning eng birinchi namoyondalaridan biri mashhur matyematik, astronom va gyeograf, «hozirgi zamon algyebrasining otasi» Al- Xorazmiy nomi bilan bog’liq. Bu olim 783 yilda Xorazmda tug’ilgan. YOshligidanoq ilm- fanga chanqoq edi. Arab, fors, hind va yunon tillarini o’rganadi. U dastlabki ma’lumotlarni o’z ona yurtida oladi. O’z bilimini yanada takomillashtirish maqsadida Xorazmiy Al- Ma’mun akadyemiyasida o’z izlanishlarini davom ettiradi. Bu yerda O’rta Osiyolik va Xurosonlik ilm ahillari juda ko’p edi. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Marvdan YAhyo ibn Abu Mansur, al- Farg’oniy, Xobash al- Marvaziy, Farobdan Abu Abbos al-Javhariy va shunga o’xshash ko’plab olimlar bor edi.
Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kyelgan. Ulardan «Aljabr va al muqobilya hisobi haqida qisqacha kitob»- algyebraik asar, «Hind hisobi haqida kitob» yoki «Qo’shish va ayrish haqida kitob» - arifmyetik asar, «Kitob sur’at- ul- arz»- gyeografiyaga oid asar, «Zij», «Dasturlar bilan ishlash haqida kitob» va hokazo asarlari bor.
Xorazmiyning mashhur «Hisob aljabr va muqobila» nomli algyebraga oid asari uzoq asrlar davomida G’arb va SHarq olimlariga algyebra fanidan qo’llanma bo’lib xizmat qildi. Italiyaning Monarda Bonachi, Kardon, Tartal’ya kabi matyematik olimlari o’z davrida Xorazmiy asarlarining lotincha tarjimasidan foydalandilar. Xorazmiy birinchi va ikkinchi darajali tyenglamalarni ishlab chiqdi.
Xorazmiyning astronomiyaga oid «Ziji» ham daslabki astronomik asar hisoblanib o’rta asr SHarqdagina emas balki G’arbda ushbu fanning rivojiga katta hissa qo’shgan. Xorazmiy rahbarligida Bog’dodda qurilgan rasadxonada ulkan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ko’p yillik izlanishlar olib borgan Xorazmiy IX asrning 20- yillarida yangi astronomik jadval yaratdi. Bu jadvalda buyuk olim Hindiston astronomik jadvalini qattiq tanqid qildi. Xorazmiy ijodida gyeografiya ham muhim o’rin tutadi. Gyeografiyaga oid «Kitob suratal arz» nomli asarida olim tarixda birinchilardan bo’lib Amudaryo va Sirdaryoning Orol dyengiziga qo’yilishini, undan tashqari muhim ko’plab tog’larning gyeografik joylashuvini, daryolar, dyengizlar va okyeanlar havzalarining shaklini bayon etib byergan. Al- Xorazmiyning ushbu asarining 1037 yilda ko’chirilgan nusxasi Strasburg kutubxonasida saqlanmoqda.
O’rta asrlarda yashagan O’rta Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matyematik va gyeograf al- 342
Forobiy salmoqli o’rin egallaydi. Abu Nasr Muhammad al- Forobiy 870 yil Sirdaryo bo’yidagi Farob qishlog’ida tug’iladi. Forobiy uning taxallusi bo’lib, uning to’liq nomi Abu Nasr Muhammad Uzlug’ Tarxondir.
Forobiy ko’p qirrali olim bo’lib, u o’rta asr fani va tilini turli sohalarini o’rgangan mashhur faylasuf, qomusiy olimdir. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra Forobiy 70 dan ortiq tilni yaxshi bilgan.
Taxminan 941 yildan boshlab Forobiy Damashqda, shahar chyetidagi bog’da qorovul bo’lib, faqirona hayot kyechirgan. Asosiy ishi ilm bilan shug’ullangan. Uni saroyga taklif etganda ham ko’nmagan, oddiy hayot kyechirishni afzal ko’rgan.
Forobiy bir asarni o’qib tushunib olmasa uni qayta- qayta o’qigan. Masalan, buyuk YUnon faylasufi, O’rta asr SHarqida "Birinchi muallim" dyeb atalgan Aristotyelning "Jon haqida" asarini Forobiy "yuz marta o’qidim, yana o’qishim kyerak" dyeb yozgan ekan. Kunlardan birida Forobiydan "Siz ulug’ olimmi yoki Aristotyelmi?" dyeb so’rashganda u kishi «Agar myen Aryestotyel’ zamonida yashaganimda, uning eng yaxshi ko’rgan shogirdlaridan biri bo’lar edim»- dyeb javob byergan ekan.
SHarq mamlakatlarida Forobiyni ulug’lab «Al muallim as- soniy» (ikkinchi muallim) «SHarq Arastusi» dyeb atashgan. Forobiy, ayniqsa Aryestotyel’ asarlariga ko’p sharhlar yozgan, uning asarlarini YAqin va O’rta SHarq xalqlari orasida kyeng tarqalishiga sababchi bo’lgan. Buyuk alloma Ibn Sino ham uning sharhlaridan foydalanganini yozadi. U Aryestotyelning «Myetafizika» asariga Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina bu asarni to’liq tushunganligini ta’kidlagan edi. Forobiy o’zining 77 yillik umri mobaynida 160 dan ziyod asarlar yozgan, ammo bu asarlarning 40 tasi bizgacha yetib kyelgan, uning «Substansiya haqida so’z», «Masalalar manbai» kabi falsafiy asarlari, ya’ni «Isbot kitobi», «Fizika usullari haqida kitob», «Inson a’zolari haqida risola» va boshqa asarlari.
Ilm, bilish va aql haqidagi ta’limot Forobiy asarlarida («Ilm va san’atning fazilatlari») anchagina izchil va mukammal ishlangan. Uning fikricha insonning ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha a’zolarni hayot uchun zarur bo’lgan qon bilan ta’minlab turuvchi markazdir, barcha ruhiy «quvvatlar», jumladan bilish qobiliyati muayyan a’zoga bog’liq.
Forobiy o’zining «Aql ma’nolari haqida» risolasida aql masalasini chuqur tahlil qiladi. Aql bir tomondan ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan tashqi ta’sir, ta’lim- tarbiya natijasi ekanligini uqtiradi.
Forobiy aqlli inson haqida shunday dyeydi: «Aqlli dyeb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga byerilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga, zo’r istye’dodga ega, yomon ishlardan o’zini chyetga oladigan kishilarni aqlli, oqil dyesa bo’ladi».
Forobiy o’rta asrlar sharoitida birinchi bo’lib, jamiyatning kyelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida izchil ta’limot yaratadi. U «Fozil shahar aholisining maslagi» risolasida jamiyatni inson jamoasining kyelib chiqishi haqida shunday yozadi. «Har bir inson yashashi uchun yetuk bo’lishi uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, ammo u bu narsalarni bir o’zi qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. SHuning uchun inson shaxslari ko’paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga kyeladi». Forobiy o’zining bu asarida shaharlarning paydo bo’lishi, uning insonlarning uyushtirishidagi ahamiyati to’g’risida ham yozib qoldirgan. Forobiy o’zining ««Baxt saodatga erishuv yo’llari haqida risola» asarida o’zi orzu qilgan fozil jamiyatni yanada yorqin tasvirlaydi. "Davlatning vazifasi insonlarni baxt- saodatga olib borishdir"- dyeb yozadi u,- "bu esa ilm va yaxshi ahloq yordamida qo’lga kiritiladi». Forobiy davlatni yetuk shaxs (monarxiya), yetuk hislatga ega bo’lgan bir nyecha shaxslar (aristokratiya) va saylangan shaxslar (dyemokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi. Forobiyning fikricha «Fozil jamiyat va fozil shahar (yoki mamlakat) aholisi kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar bu yerda ozod yashaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar , zavq, lazzatlar paydo bo’ladi». Forobiy bunday fozil jamoani erkin davlatni boshqaruvchi podsho yoki rahbarga, xalq haqida doimo g’amxo’rlik qilishni, boshqalar manfaatini o’z manfaatidan doimo ustun qo’yishni talab qiladi. Bunday jamoani (davlatni) idora etuvchi guruhlar o’zlarida oltita xislatni ifodalashlari zarurligi aytiladi. Bular adolatli bo’lish, dono bo’lishlik, qonunlarga rioya etish, qonunlar yarata olishlik, kyelgusini oldindan ko’ra bilishlik, boshqalarga g’amxo’r bo’lishlik. Forobiy umrining oxirida Misrga boradi va u yerdan Damashqqa borib 950 yilda vafot etadi. O’rta asr fyeodal SHarqining buyuk allomalaridan yana biri qomusiy olim gyeograf, gyeolog, astronom, etnograf, tabib Muhammad ibn Ahmad Byeruniy bo’lib, ul zot 973 yilning 4 oktyabrida qadimgi Xorazmning Markaziy shahri Qayoshda (hozirgi Qoraqalpog’iston avtonom Ryespublikasining Byeruniy SHobboz) tumanida dunyoga kyelgan. Byeruniy ota- onasidan erta yetim qoladi, ammo yaxshi insonlar qo’lida tarbiya topadi, yoshligidan ilm- fanga qiziqadi, kyeyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo’lida ta’lim oladi. Byeruniy ona tilidan tashqari arab, so’g’diy, fors, yunon va qadimgi yahudiy tillarni yaxshi bilgan Hatto u Hindistonga
343
borib sankrit tilini ham o’rganadi. Uning Hindiston yeri, tog’lari, daryolari, o’simliklari va hayvonot dunyosi, xalqi, dini va urf- odatlarini batafsil ta’riflagan «Hindiston» asari shu tarzda dunyoga kyelgan. Bu davrda Maxmud G’aznaviy vafot etadi va uning o’rniga taxtga o’g’li Ma’sud o’tiradi. Endi Byeruniyning ahvoli yaxshilanib astronomiyaga oid «Ma’sud qonuni» asarini yozadi. Bu asar sulton Ma’sudga bag’ishlangan edi. O’sha davr olimlaridan biri YOqutning yozishicha ««Ma’sud qonuni» kitobi matyematika va astronomiya bo’yicha ungacha yozilgan hamma kitoblarning izini o’chirib yuborgan». Byeruniyning «Minyeralogiya» asari O’rta Osiyo, YAqin SHarq, hatto Yevropada ham minyeralogiya sohasidagi eng yaxshi asardir. Uning oxirgi asari «Dorivor o’simliklar haqida kitob»ining qo’lyozmasi XX asrning 30- yillarida Turkiyada topildi. Asar «Saydona» nomi bilan mashhurdir. Bu asarda Markaziy Osiyo hududlarida o’sadigan dorivor o’simliklarni to’la tavsifi byerilgan. Byeruniyga fan olamida katta shuhrat kyeltirgan asarlaridan biri «Qadimgi yodgorliklar» kitobi bo’lib, unda olim yunonlar, rumliklar, forslar, so’g’dlar, xorazmliklar hamda arablarning islomgacha bo’lgan urf- odatlari, diniy e’tiqodlari, matyematika va gyeografik tushunchalari to’g’risida qimmatli tarixiy ma’lumotlar bayon qilingan. Byeruniy shogirdi Abu-l Fadl as- Syeraxsiy ma’lumoti bo’yicha 1048 yilda vafot etgan. Byeruniy so’ngi avlodlariga katta ilmiy myeros qoldirdi. Bu olim nafaqat SHarqda balki G’arbda, butun dunyoda mashhur buyuk siymo edi. Byeruniy O’rta SHarq olimlari ichida birinchi bor Yerning dumaloq ekanligi va Yer Quyosh atrofida aylanishini ilmiy isbotladi. U 5 myetr kyeladigan globus yaratdi, dunyo xaritasini chizdi. U o’zining gyeliosentrik ilmiy xulosasini yaratdi. Byeruniyning faoliyatiga XIII asrda yashagan Suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanna Bar Ebryey (1226- 1286) yuqori baho byergan: «O’sha o’tgan yillarda yunon va hind falsafasi dyengizini kyechib o’tgan Byeruniy, o’tmish ilmida shuhrat topdi. Uning asarlari nihoyatda ko’p va ishonarli, bir so’z bilan aytganda, o’z davrida undan so’ng va hozirga qadar ham hamkasblari orasida astranomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo’lmagan». O’zbyekistonda ham bu siymoning ijodiga yuqori baho byerilib kyelinmoqda. Ko’plab asarlari chop etildi. Byeruniyning asarlari bir nyecha nusxada o’zbyek, rus tillariga tarjima qilinib O’zbyekiston FA tomonidan nashr etildi, uning nomida ko’chalar, institutlar bor. Fan sohasida nufuzli Byeruniy nomli davlat mukofoti ta’sis etilgan. O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini o’rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan yana biri, o’rta asrning ensiklopidist olimi va faylasufi Abu Ali ibn al- Husayn Abdulloh ibn Ali ibn Sino bo’lib, u kishi 980 yilda Buxoro yonidagi Afshona qishlog’ida tug’iladi. Uning otasi somoniy Nuh ibn Mansur saroyida amaldor edi. Ibn Sino boshlang’ich ta’limni Buxoroda oladi. U istye’dodli, xotirasi kuchli, zyehni o’tkir bo’lganidan o’z davrida ma’lum bo’lgan ilmlarini tyezda egallay boshlaydi. «Bolalikda olingan bilim toshga o’yib yozilgan xatdyek mustahkam bo’ladi»- dyegan edi, Ibn Sino,- «Balog’at yoshidagi bilim esa muzga yozilgan yozuvdyek tyez yo’qolib kyetadi»- dyeb davom ettirgan. Buyuk allomaning butun hayoti va ijodi ham bu fikr to’g’riligini isbotlaydi. Ibn Sino yoshligidanoq Abu Abdullo Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh al- Kumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o’rganib, asta- syekin tabiblik bilan ham shug’ullana boshlaydi. U o’zidan avval o’tgan SHarq mutafakkirlarining asarlarini, qadimgi yunon tabiiy- ilmiy, falsafiy myerosini, xususan Aristotyel’, Evklid, Ptolomyey, Gippokrat, Pifagor asarlarini qunt bilan o’rgangan. Ibn Sino o’zining qisqa, ammo syermazmun hayotida 450 dan ortiq asarlar yozdi. Bu asarlardan 40 tasi tibbiyot, 80 tasi falsafa bo’yicha, ahloq- odob bo’yicha esa 85 ta asari ma’lum. Afsuski, allomaning 160 ga yaqin asarlari bizgacha yetib kyelgan. Ibn Sino asarlarining ko’p qismi arab tilida, ba’zilari fors tilida yozilgan. Uning bizgacha ma’lum bo’lgan yirik asari «Kitob ush- shifo» (SHifo kitobi) 22 jilddan iborat bo’lib, ushbu kitob lotin va yevropa tillariga tarjima qilingan. YAna bir shox asari «Al-Konun» butun dunyoga mashxur bo’lib, u 500 yil mobaynida Yevropa oliy o’quv yurtlarida shifokorlik bo’yicha asosiy o’quv qo’llanmasi vazifasini bajargan.
Ibn Sino haqiqiy, ahloqiy fazilatlarga va idyeal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar uzaro yordam asosida yashashlari kyerak dyeb ta’kidlaydi. Jamiyat adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi kyerak, jamiyat a’zolari ushbu qonunlarga itoat etishlari zarur. Qonunni buzgan kishilar, adolatsizlik jazolanishi lozim. Basharti hokim podshoning o’zi adolatsizlikka yo’l qo’ygan bo’lsa, halqning unga qarshi qo’zg’oloni to’g’ri va jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanmog’i lozim.
Ibn Sino o’zining syerqirra maxsuldor ijodi va boy myerosi bilan jahon ma’daniyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. U o’z davrida SHarq va Ovropada «SHayx ur - rais», «Olimlar boshlig’i», «Tabiblar podshoxi» kabi buyuk nomlarga sazovor bo’ldi. U o’nlab shogirdlar tayyorladi. Ajoyib olim va shoir Umar Xayyom ham ul zotning shogirdidir. SHvyed botaniki Karl Linnyey Ibn Sino sharafiga doimo yashil bo’lib turvchi tropik o’simlikning nomini «Aviseniya» dyeb atadi. 344
IX-XII asrlarda Movorounnaxr va Xorazmda adabiyot va badiiy sa’nat rivoj topdi. Bu davrda yashagan badiiy ijod ustalari Abdulla Rudakiy, Daqiqiy, Abulqosim Firdavsiy va boshqalarning nomlari tariximizda munosib o’rin qoldirdi. Abulqosim Firdavsiy (942-1020) Xurosonning Tus shahri yaqinidagi Taboron qishlog’ida tug’ilgan, Arab va Fors adabiyotini yaxshi bilgan.
Firdavsiy o’zining «SHoxnoma» asari bilan shuxrat topgan. Bu asar islomga qadar bo’lgan Eron shoxlarining afsonoviy qaxramonlariga bag’iщlangan bo’lib, u 120 ming misradan iborat. SHoir uni yozish uchun 35 yillik umrini sarf etgan. Bu asar yozib bo’lingach turk sultoni Maxmud G’aznaviyga topshiriladi. «SHoxnoma» sultonga ma’qul tushadi. Sulton bu asar uchun Firdavsiyga 100 ming dirxam oltin byerishni vazirga topshiradi. Ammo vazir unga 60 ming kumush dirxam byeradi.
Dyemak, shoir o’z davrida asari uchun yetarli mukofot ololmagan. Ammo Firdavsiy «SHoxnoma» asari bilan o’ziga abadiy haykal yaratdi va avlodlar tashakkurga sazovor bo’ldi. Uning asarini iqtidorli sharqshunos olim Firdavsiy nomidagi halqoro mukofot sovrindori SHoislom SHomuxammyedov 1984 yilda o’zbyek tiliga tarjima qilgan. O’rta asr fors – tojik shye’riyatning buyuk ustozi Abu Abdullo Rudakiy bo’lib, 860 yilda Samarqand yaqinidagi Panjrudak qishlog’ida, dyexqon oilasida tug’ildi. U yoshligida shye’riyatga ixlos qo’yadi va Abdul Abbos Baxtiyor qo’lida musiqadan bilim oladi.Rivoyatlarga kura u onadan ko’zi ojiz tug’ilgan. Hayoti davrida 1mln.300000 misra shye’r yozgan. Uning shye’rlarida X asrning ijtimoiy hayoti, halqning orzu umidlari, aql idroki, hulq-atvori va bilimning zarurligini asosiy o’rin egallaydi. Ro’dakiy fikricha haqiqiy do’stlik uchun kishilarning hatto turli dinda bo’lishlari ham xalaqit byermaydi Jaxonning shodligi yig’ilsa butun Do’stlar diydoridan bo’lolmas ustun Rudakiy hayotni o’zining birinchi ustozi dyeb hisoblaydi Har kishi olmasa hayotdan ta’lim, Unga o’rgatolmas hyech bir muallim.
ko’p edi. Ulardan biri Abu Bakr Narshaxiydir (899-959y). Olimning myeros tariqasida yagona asari «Buxoro tarixi» bizgacha yetib kyelgan. Bu asar O’rta Osiyoda Arablar istilosi natijasida Islom dinining tarqatilishi va undan oldingi davrlar hamda Buxoroga yaqin shaxar, qishloqlar halqlarning iqtisodiy, madaniy , ijtimoiy, siyosiy tarixiga oid muhim ma’lumotlar o’z aksini topgan. YAna asarda Buxoroning arablar sarkardasi Ubaydullox ibn Ziyod tomonidan fatx etilishi, Qutayba ibn Muslimning hukmronligi, arablar zulmiga qarshi Buxoroda ko’tarilgan «oq kiyimlilar»(Muqanna) qo’zg’oloni, Samoniylar hukmronligining o’rnatilishi haqida qiziqarli, takrorlanmas ma’lumotlar byerilgan.
«Buxoro tarixi» asari halqimiz tarixini o’rganishda nodir manba bo’lib xizmat qiladi. Bu asar 1991 yilda «Kamalak» nashriyotida A.Rasulov tomonidan tayyorlanib chop etildi. 3-masala: XI-XII asrlarga kyelib ijtimoiy, madaniy hayotda turkiy tilning kyeng tarqalib borishi, davlat ishlarida kyeng qo’llanishi ko’zga tashlandi.: arab, fors tillaridagi badiiy asarlar bilan birga turkiy tilda ham yirik dostonlar, shye’rlar yaratildi.YUsuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilik» (Saodatga boshlovchi bilim) asari shulardan biridir. Bu asar 13,5 ming misradan iborat bo’lib, pand nasixat usulida yozilgan.
Asarda markazlashgan davlatni mustahkamlash, nizolarga chyek qo’yish, obodonchilikka e’tibor byerish, ilm egallash, kambag’allar axvolini yaxshilash kabi iqtisodiy masalalar bilan birga, amaldorlarning burchlari, elga adolatli bo’lishi, davlatni idora etish uchun bilimli kishilarni jamlash darkorligi kabi siyosiy masalalar xam o’z o’rnini topgan. YUsuf Xos Hojib ushbu asarida «Saodat kaliti- fanni egallash»- dyeb nasihat qiladi. Bu asar to’rt tayanch unsur asosiga qurilgan: Biri to’g’rilikka tayanch- Adolat, Biri Davlat erur, u qutli g’oyat, Uchinchi- ulug’lik Aql va Zako, To’rtinchi- qanoat erur byebaho. XI asrning yana bir zabardast olimlaridan biri Mahmud Qoshg’ariy bo’lib, ul kishining hayoti va faoliyati haqida yetarli ma’lumotlar bizgacha yetib kyelmagan. Uning to’liq ismi Mahmud ibn Muhammad Qoshg’ariydir. YOsh Mahmud Balosog’unga (Qirg’izistonning hozirgi To’qmoq shahri) oilasi bilan ko’chib kyelgandan so’ng, bu yerda arab va fors tillarini o’rganadi. U turkiy xalqlar tarixi, tili, madaniyati, urf- odatlarini puxta o’rganish maqsadida butun Markaziy Osiyoni kyezib chiqadi. Izlanishlar natijasida u «Javohirun naxvori lug’ati turk» (Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari) va «Dyevoni lug’atit turk» (Turk tilining lug’ati) asarini yozdi. Qoshg’ariy asari sodda va lunda yozilgan. Unda qadim turk alifbosi, fonyetik qonuniyatlari,
345
orfografik qoidalari puxta tushuntirib byerilgan. «Dyevon»da 7500 dan ortiq turkiy so’z va iboralar izohlangan. Asarda yuzlab kishilarning ismlari, shahar va o’lka, daryo va yaylov, jug’rofiy atamalar, turli qabila va elatlarning nomlari, fasllar, turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsonalar, rivoyatlar 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli so’zlar o’rin olgan. «Dyevon da saqlangan ikki yirik asar: «Alp Er To’nga marsiyasi» va «Qish va YOz» munozarasi ko’pchilikning diqqatini o’ziga tortadi. Marsiya 44 satrdan iborat bo’lib, unda turkiy el o’zining syevimli qahramoni, hoqoni va yo’lboshchisigagina emas, boy byerilgan imkoniyatlar, parchalangan elat, tushkunlikka tushgan Turkiy impyeriyadagi manaviy holatiga ko’z yosh to’kadi, motam qiladi. Bu shye’rning mazmuni shunday: Alp Er To’nga o’ldimi, YOmon dunyo qoldimi, Zamon o’chin oldimi, Endi yurak yirtilur. Xulosa qilganda Mahmud Qoshg’ariyning islomdan ilgari va ilk islom davri turkiy madaniyat obidalarini tadbiq etib byerishdagi xizmatlari nihoyatda ulkan. Uning «Dyevoni»ni Markaziy Osiyo mintaqasida yashagan turkiy xalqlar hayoti haqida qomusiy asar dyeb atash mumkin. Bu asar 3 tomda o’zbyek tilida nashr etilgan. Hozirgi zamon jahon ilmiy jamoatchiligi XI asr buyuk olimi M. Qoshg’ariyni qiyosiy tilshunoslikning asoschisi dyeb tan oladi. Bu davrni turkiyzabon shoirlaridan yana biri Ahmad YUgnakiydir. Uning bizgacha yagona «Hibatul haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») nomli dostoni yetib kyelgan. Bu asar 484 misradan iborat. Ahmad onadan ko’zi ojiz tug’iladi. U haqida A. Navoiy ma’lumotlar byergan. Uning o’smirlik chog’lari Bog’dod yaqinidi o’tadi. Bu yerda u ustozlaridan bilim oladi. U o’z asarida bilimning ahamiyatini, uni qadrlash zarurligini o’qtiradi. «Bilimli kishi qimmatli oltindir. Bilimsiz johil kishi arzimas qalbaki aqchadir. Bilimli ayol erdir, bilimsiz er ayoldir». Ahmad YUgnakiy asarining 2 bobi «Tilni tiyish va boshqa odoblar haqida» dyeb nolanadi. Unda kishi boshiga har qanday ish tushsa, tili tufayli sodir bo’ladi. Ahmoq odamning tili- dushmani. Bobda shoir sir saqlashni muhimligi haqida gapirib «Hatto yaqin do’stingdan ham ehtiyot bo’l» dyeya ogohlantiradi.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling