Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
-mavzu Turkistondagi Jadidchliik harakati
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot shakli Bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash buyicha seminar mashguloti
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- O’quv faoliyati natijalari
- “Turkistondagi Jadidchliik harakati” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti
- Qo’shimcha adabiyotlar
- Dars o`tish vositalari
- 80 minut.
- 7 minut
10-mavzu Turkistondagi Jadidchliik harakati 1.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti- 2 soat Talabalar soni: 20 – 28 nafargacha 389
Mashg’ulot shakli Bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash buyicha seminar mashguloti Amaliy mashg’ulot rejasi 1.X1X asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Jadidchilik harakatining yuzaga kelishi. 2.Turkiston jadidlari ilgari surgan g'oyalar, qarashlar va ularning ilg'or, progressiv mazmun-mohiyati. 3.Jadidlarning o'lka xalqlari orasida olib borgan madaniy-oqartuvchilik faoliyati. 4.Jadidchilik namoyandalarining Turkistondagi demokratik va milliy istiqldichilik harakatlariga o'tqazgan muhim ta'siri.
nomayondalar, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi olib borgan ishlari haqida bilim beriladi.
jadidchilik harkatining
mazmun-mohiyati, ularning ma’naviy sohadagi ishlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash; jadidlarning ma’naviy-ma’rifiy sohasidagi tadbirlari keng ochib beriladi; jadidlarning yozgan asarlari haqidagi bilimlar kengaytiriladi; jadidlar tomonidan tashkil etilgan
xayriya jamg’armalari haqidagi bilimlar kengaytiriladi; O’quv faoliyati natijalari: Jadidlarning asosiy maqsadlari, ularning
jamiyatni rivojlantirishdagi roli ochib beriladi; Jadidlarning Turkistondagi atoqli arboblarining faoliyati ochib beriladi; Podsho Rossiyasining agrar siyosatining mohiyati ochib beriladi; Jadid ma’orifi, adabiyoti, matbuoti, teatri haqida to’liq ma’lumot beriladi Jadidlarning madaniy-ma’rifiy va xayriya jamiyatlari to’g’risida to’liq ma’lumot beriladi..
suhbat, tushuntirish, tezkor so’rov, zigzag (arra) texnikasi
Ommaviy, guruhlarda ishlash Ta’lim berish vositalari O’quv
qo’llanma, proyektor,
o’quv
topshiriqlari, test savollar Ta’lim berish sharoiti Texnik ta’minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo’ljallangan auditoriya
Og’zaki nazorat: savol-javob
390
Tayyorlov bosqichi Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. Mavzu bo’yicha tayanch konspektlar ishlab chiqadi. Belgilangan ta’limiy maqsadlarga erishishni ta’minlovchi o’quv topshiriqlarini ishlab chiqadi. Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta’minlash uchun yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi. Ekspert guruhlar faoliyat natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
1. O’quv mashg’ulotiga kirish bosqichi
1.1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarini e’lon kiladi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi. 1.2. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so’rov o’tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi. 1.3. Faoliyat kichik guruhlarda o’quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. 1.4.
Qo’shimcha ma’lumotlar aks etgan
tayanch konspektlarni tarqatadi. 1.5. Ekspert guruhlar faoliyati natijalarini baholash mezonlarini e’lon qiladi. Tinglaydilar.
Savolni muhokama qilib, ularga javob beradi.
2. Asosiy bosqich (60 daqiqa) 2.1.
Talabalarni to’rtta
kichik guruhga
bo’ladi. Mashg’ulotning o’tkazilish tartibini yana eslatadi. O’quv mashg’uloti «o’zi o’rganib, o’zgaga o’rgatish», ya’ni hamkorlikda o’rganish prinsipi asosida o’tkazilishini aytadi 2.2. Guruhlarga ekspert varaqlarini, shu bilan birga, har bir talabaga geometrik shakl tarqatadi va faoliyatlarini tashkil qiladi (geometrik shakllarni vaqtincha bir joyga
ko’yishlarini, vakti kelganda ulardan foydalanishlarini aytadi). Guruhlarda ishni tashkil kiladi. (matnni o’rganib, muhokama kilishga 15 daqiqa beradi). 2.3. Doira shaklini olgan talabalar 1-stol, uchburchak shaklini olganlar 2-stol va to’rtburchak olganlar 3-stol atrofiga o’tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to’plangan talabalar o’z savollarini boshqa talabalarga yoritishini tushuntiradi. O’zaro o’rgatish jarayoni boshlanadi (15 dakika). Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni
yo’naltiradi, maslahatlar beradi. 2.4. Talabalarni o’zlarini dastlabki joylariga, stol atrofiga kelib o’tirishlarini aytadi. 2.5. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 nafardan talaba chiqib, faoliyat natijalarini taqdim qilishlarini aytadi. Taqdimot uchun xar bir guruhga 8 daqiqadan vaqt ajratadi. Yo’naltiruvchi, maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Javoblarni aniqlashtiradi, to’ldiradi, izoh beradi va tuzatishlar kiritadi. 2.6. Har bir gurux taqdimoti oxirida ekspert savollari bo’yicha xulosalar qiladi. Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Topshiriq bo’yicha faoliyat boshlaydilar. Matnlarini o’qib, savollarga javob topadi. Ma’lumotni muhokama kilib, fikr almashib, sistemalashtiradi. Format kog’oziga sxema tarzida tushiradi, taqdimot uchun materiallar tayyorlaydilar.
Faoliyat natijasini taqdimot qiladilar.
3–Yakuniy bosqich (15 daqiqa) 3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi. 3.2.O’quv mashg’ulotini natijalarini sharhlaydi, guruhlar faoliyati bahosini e’lon qiladi. 3.3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: amaliy mashg’ulotga tayyorlanib kelish; nazorat savollariga og’zaki javob berish Tinglaydilar.
391
1. X1X asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Jadidchilik harakatining yuzaga kelishi. 2. Turkiston jadidlari ilgari surgan g'oyalar, qarashlar va ularning ilg'or, progressiv mazmun-mohiyati. 3. Jadidlarning o'lka xalqlari orasida olib borgan madaniy-oqartuvchilik faoliyati. 4. 4.Jadidchilik namoyandalarining Turkistondagi demokratik va milliy istiqldichilik harakatlariga o'tqazgan muhim ta'siri. Asosiy adabiyotlar: 1. Karimov I.A.Istiqlol va ma’naviyat. – Toshkyent, O’zbyekiston, 1994. 2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 3. Aliyev A. Mahmudxo’ja Byehbudiy. – Toshkyent, «YOzuvchi», 1994. 4. Alimov D., Rashidova D. Mahmudxo’ja Byehbudiy va uning tarixiy tafakkuri. – Toshkyent, Akadyemiya,1999. 5. Jadidchilik islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. – T., Universitet, 1999 y. 6. O'zbekistonning yangi t a r i x i. Birinchi kitob: Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T., «Sharq». 2000y, 253-318; 412-444 b 7. O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003y, 359-380 b. 8. Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. 9. Ziyoyev X.Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. – Toshkyent, «SHarq», 1998. 10. Sodiqov M. Erksyevar el vorislarimiz. – Toshkyent, «Kamalak», 1992. 11. Xo’jayev F. Tanlangan asarlar. – Toshkyent, «Fan», 1976, 1-jild. 12. Qosimov B. Ismoilbyek Gaspirali. – Toshkyent, 1992. 13. O’zbyegim. – «Vatan syeriyasi» - Toshkyent, 1992. 14. O’zbyekistonning yangi tarixi. 1-kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. – Toshkyent, 2000.
Qo’shimcha adabiyotlar: 15. R.Tursunov. Jadidlarning Turkiston ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarashlari. “O’zbekiston tarixi” ilmiy jurnal 2004 y, № 3. 16. Jadidchilik islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. – T., Universitet, 1999 y. 17. O'zbekistonning yangi t a r i x i. Birinchi kitob: Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T., «Sharq». 2000y, 253-318; 412-444 b 18. O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003y, 359-380 b. 19. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali.
Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarga O’zbyekiston tarixi fanining tadqiqot ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish, shuningdyek turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga byerilgan ta’riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuni syerqirra mavzu ekanligidan talabalarni boxabar etish.
mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar)
jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut yo`qlama-5 minut o`tilgan dars yuzasidan savol-javob-5 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash-50 minut sinov savollar namunasi – 7 minut Uyga vazifa byerish – 6 minut
392
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida Turkiston sof mustamlakaga aylanib, chorizm uni iqtisodiy jihatdan to’la quvvat bilan kyemira boshladi. Turkiston o’lkasi jahon mustamlaka zanjiridagi eng mustahkam xalqa bo’lib, Farbiy Yevropa mustamlakachiligi uning yonida oddiy bir hol edi. Mustamlakachilarning ruscha modyeli shunday tashkil etildi-ki, unda mahalliy aholini jaholatda, savodsizlikda, qashshoqlikda ushlab turish lozim edi. Mustamlakachilarning bu ryejasi Turkistonni istagancha talash, ezish, toptash imkoniyatini uzoq vaqt saqlab qolish huquqini byerdi.
Turkistonda amalga oshirilayotgan siyosat rus to’qimachilari va savdogarlari manfaatlarini to’la himoya qilar, ularni o’lkaning istalgan joyida erkin iqtisodiy faoliyat yurgizishini qonunlashtirib qo’ygan edi.
Podsho ma’muriyati Turkistonni xom-ashyo manbaiga va uni rus mollari sotiladigan bozorga aylantirish uchun barcha vositalarni ishga soldi. O’lka boyliklarini tinimsiz tashib kyetish ryejasi ishlab chiqildi.
Turkiston daromad manbai sifatida ham podsho Rossiyasi xazinasini boyitib bormoqda edi. Bu daromadlar XIX asrning oxiriga kyelib 158 million so’mni tashkil etib, impyeriya xazinasiga tushdi.
Turkiston o’lkasini mustamlakachilik zanjiriga bog’lash va xalqimizni «paxta quliga» aylantirishdyek zulmkor siyosatning jadallik bilan olib borilishi tufayli yurtimiz Rossiyaning asosiy xom- ashyo bazasiga aylantirildi. Vatanimiz nafaqat harbiy harakatlar maydoniga, balki ekologik urush maydoniga ham aylantirildi.
Rossiya sanoat egalari bankirlar Turkistondan xom ashyo tashib foyda olish bilangina shug’ullanmay, arzon ishchi kuchi mavjud bo’lgan shaharlarda paxtaga dastlabki ishlov byeradiga zavodlar, foyda olish mumkin bo’lgan boshqa turli xil sanoat korxonalari qurishga kirishdilar.
Rossiyaning Turkistonda olib borayotgan agrar siyosatining asosini paxta yakkahokimligini ta’minlash tashkil qildi.
XX asrning boshlarida paxtachilik Turkiston sanoati va qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 40 foizini tashkil etgan bo’lsa, don – 37 foiz, chorvachilik – 15,8 foiz, bog’dorchilik – 3 foiz, uzumchilik – 3 foiz, boshqa sohalar – 1,2 foizni tashkil qildi. Paxtachilik impyeriyaning chyet ellarga sarflaydigan 70 million oltin pulini tyejashga imkon byergani ham to’qimachilik, gazlama sanoatining gurkirab o’sishiga turtki byerdi.
Bu raqam Rossiya tomonidan Turkistonning ayovsiz tarzda talanganligining yaqqol dalilidir. Dyehqonlarga og’ir shartlar asosida qarz byerilib, ko’pchilik oilalar uni to’lashning uddasidan chiqolmas, natijada yerini ularga topshirishdan boshqa chorasi qolmasdi. Yeridan mahrum bo’lgan minglab dyehqonlar mardikorlar safini to’ldirar, ular yer egalariga yo yollanib ishlar, yoxud shaharda ochilayotgan sanoat korxonalariga borib, arzimagan pulga qanoat qilishga majbur edi. Qishloq aholisini qattiq ekspluatasiya qilish oqibatida xalqning ahvoli kyeskin og’irlashdi. 1909 yilga qadar kambag’allar 62 foizni tashkil qilsa, 1917 yil 70 foizdan ortiq aholi qashshoqlik va kambag’allik darajasiga tushdi. Faqat, 17 foiz aholi o’rta hol, qolganlari o’ziga to’q va boy oilalar hisoblanardi.
Umuman olganda, xalqning ahvoli tobora og’irlashib, xonavayronlikka yuz tutuvchi oilalar ko’payib boravyerdi.
Xonavayron bo’lgan dyehqonlar, hunarmandlar hisobiga saflarini kyengaytirib borayotgan Turkiston ishchilar sinfining ahvoli ham jiddiy edi. Zotan, uning shakllanish jarayoni ham mustamlaka sharoitida o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ldi.
Rossiyaning Yevropa qismida rus dvoryan pomyeщchiklari bilan rus dyehqonlari, sanoat burjuaziyasi bilan ishchilar o’rtasida sinfiy kurash birinchi rus inqilobi yillarida kyeskin tus olib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston xalqlarining milliy o’z-o’zini anglash jarayoniga kuchli turtki byerdi.
Markaziy Osiyo hududi kapitalistik bozor munosabatlarga ishchilar, ilmiy kuchlar, ishlab chiqarish vositalarining faol ishtirokida tortildi. Ana shu jarayonda o’zbyek milliy burjuaziyasi – savdo sanoat egalari ham shakllana bordi. CHorizm mahalliy burjuaziyaning paydo bo’lishini aslo istamasdi. U o’sib kyelayotgan o’zbyek mahalliy burjuaziyasining iqtisodiy-siyosiy huquqlarini chyeklab, uning rivojlanishi, qudratli bo’lib kyetishiga to’siq qo’ygan edi. Milliy burjuaziya bu kamsitishdan norozi edi. Millat ravnaqini o’ylovchi taraqqiyotparvar kuchlar o’zbyek xalqining hunarmandlari, dyehqonlari, burjuaziyasi, ruhoniylari – barcha tabaqalari orasida mavjud edi. Ular xalqning milliy ongini oshirish va o’zligini anglatishni eng avvalo ma’rifat, ilmu-urfondan qidirdilar.
Ular buni amalga oshirmay turib, xalqni umumiy, hal qiluvchi mustaqillik kurashiga otlantirib bo’lmasligini yaxshi bilardilar.
Musulmonlar va qolavyersa, turkiylar dunyosining jahon taraqqiyotining uzilib qolganligini, bu g’oyat xavfli holga barham byerish kyerakligini hamda umumturkiy qavm el-uluslardagi jaholatni yo’q qilib, ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlarga tyenglashish zarurligini birinchi bo’lib, turkiy qrim-tatar xalqining ulug’ farzandi Ismoil Gaspirali (1851-1914) tushunib yetdi. U jadidchilik harakatining butun turk dunyosidagi «g’oyaviy otasi»dir. U Rossiyaga mustamlaka bo’lgan barcha musulmon hududlar maorifini 393
mutlaqo isloh qilish, ularda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasini ko’tardi. Maktab va madrasalarda diniy ta’limot, arab, fors va rus tillarini o’rganish bilan bir qatorda tibbiyot, hikmat, kimyo, nabotat, nujum, handasa fanlarini o’qitish zarurligini ilgari surdi va uni amalga oshirishga kirishdi. U 1884 yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi. O’zi dastur tuzib, darslik yozdi. Ana shu darslik yordamida 40 kun ichida 12 o’quvchining savodini chiqardi. Bu usul «usuli savtiya» - harf tovushi usuli, ya’ni «usuli jadid» nomi bilan tyez shuhrat qozondi.
1892 yilda Ismoil Gaspirali musulmon maktablarini isloh qilishga doir loyihasini Turkiston gyenyeral-gubyernatori Rozyenbakga yubordi. Turkiston hukmdori uni mutlaqo rad qildi. Undan javob ololmagach Ismoil Gaspirali 1893 yilda Turkistonga o’zi kyeldi. U Turkistonning yirik shaharlarida bo’lib, taraqqiyparvar ziyolilar bilan uchrashuvlar o’tkazib, jadid maktablarining ahamiyatini tushuntirib byerdi. Ismoil Gaspirali Samarqandga, undan Toshkyentga kyeldi. Turkiston gyenyeral-gubyernatorligi amaldorlari uni dushmanlik nazari bilan kutib oldilar. CHunki, ularning Turkistondagi maorif siyosati xalqni qorong’ilikda ushlab turishdan iborat edi.
1893 yil 8 iyunda u Buxoro amiri huzurida bo’ldi va amir bilan murosa-madora qilib, unga ilm- fanning Buxoro amirligi taraqiyotida tutadigan ahamiyatini zo’r byerib tushintirishga harakat qildi. G’arbiy Yevropa rivojlanishining asl sabablari tabiiy-dunyoviy ilmlar ravnaqiga e’tibor qaratilganida ekanini kyeskin dalillarda isbotladi. Amir zo’rg’a bitta jadid maktabi ochilishiga rozilik byerdi.
Ismoil Gaspiralining sa’y-harakati bilan ochilgan yagona yangi usul maktabi uchqunlari Turkiston hududlari bo’ylab yoyildi. Uning Buxorodagi shogirdlari jadid maktablarini ko’paytirish va xazinadan ularga mablag’ ajratish maqsadida amirni qistay boshladilar.
Ma’lumotlarga qaraganda, dastlabki jadid maktablari 1893 yili Samarqandda, 1898 yili Qo’qonda Soloxiddin domla, 1899 yilda Toshkyentda Mannon Qori va shu yilda Toshkyenda SHamsiddin domlalar tomonidan ochilgan.
Lyekin, johil ruhoniylar harakati tufayli Gaspiralining safdoshlari ta’qibga uchradilar va zindonga tashladilar. Bundan xabar topgan Ismoil Gaspirali 1904 yilda Buxoroga yana kyelib amir bilan muzokaralar olib bordi. Natijada, amir uning otasi nomi bilan ataluvchi «Muzaffariya» jadid maktabini ochishga ruxsat byerdi.
Ismoil Gaspiralining Turkistonga safari jadidchilik harakatining rivojlanishiga katta ta’sir qildi. Barcha Turkistonlik jadidlar uni o’zlarining chinakkam ustozlari dyeb bildilar. Ular Turkiston shaharlarida jadidchilikni targ’ib qildilar va amaliyot bilan qo’shib olib bordilar. 2-masala:
CHorizmning dahshatli harbiy siyosiy kuch ekanligini hammadan ko’ra jadidlar chuqurroq tushunardilar. SHunga ko’ra millat, xalq qayg’usi bilan yashovchi ziyolilar xalqni uyg’otish maqsadida maorif, tarixni o’rganish, adabiyot, matbuot, din, san’at sohalarida bir qator islohot o’tkazishni taklif etishdi. Ular axloq-odob, e’tiqod, adliya, sog’liqni saqlash sohalarini qayta ko’rib chiqish va mukammallashtirish, xotin-qizlar ahvolini ijtimoiy-madaniy turmushning barcha jabhalarini yaxshilash g’oyalarini o’rtaga tashlashdi. Bu g’oyalarni amalga oshirishni jadidlar o’z zimmasiga olganlar.
Qoloqlik va jaholat, o’lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon sivilizasiyasidan orqada qolib kyetishi, islom va shariatning oyoq-osti qilinishi va bunday og’ir fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish haqida o’z zamonasining ilg’or ziyoli qatlamlarida fikr- mulohazalar paydo bo’la boshladi. Jaholat uyqusidan uyg’onish tarixiy zaruriyatga aylangan edi. Boshqacha qilib aytganda, jadidchilik harakati ijtimoiy rivojlanishning, tarixiy taraqqiyotning talab va ehtiyojlariga javob sifatida maydonga kyelgan ulkan ijtimoiy siyosiy oqim, harakat edi. O’lkada millatning dard- alamlarini, butun ayanchli, mudhish, fojiali og’ir qismatini o’z qalbi va vjudidan o’tkazib, o’zining butun borlig’ini, aql-zakovatini, ongli hayotini erk, ozodlik, taraqqiyot uchun safarbar etgan ziyolilarning butun bir yangi avlodi shakllangan edi.
Jadidlar o’z harakatlarining boshidan jamiyatning madaniy-ma’rifiy sohasidagi dolzarb muommolarni o’rganib chiqib, bu sohalarda isloh qilishni hukumatdan talab qilib, o’z g’oyalarini xalqqa yetkaza boshladilar. Turkistonda jadidchilik yangi maktablar ochish, unda diniy bilimlar bilan birgalikda aniq dunyoviy fanlarni o’qitish, rivojlangan Ovro’po mamlakatlaridan fan, tyexnika sohasida ibrat olish, yoshlarga chyet tillarni o’rgatib, xorijiy o’quv yurtlariga yuborib, o’qitish, so’z va matbuot erkinligiga erishish, dyemokratik parlamyentarizm davlat tuzumini tashkil etish uchun kurashish, milliy mustaqillikka islohot yo’li bilan erishish kabi musulmon dunyosiga mansub jamiyatning ilg’or vakillari qalbidagi ezgu niyatlarini ifodaladi. Jadidlar Markaziy Osiyoda yashovchi aholining o’ziga xos hayot tarziga chuqur qiziqishi uning tarixini o’rganishni yangicha tushunish bilangina chyeklanib qolmay, adabiyotga, shu jumladan, darsliklarga yangicha qarashni ham qamrab olgan edi. Jadidlar amalga oshirgan oltita islohotdan eng birinchisi aholiga, Markaziy Osiyoning siyosiy va ma’naviy hayotiga juda kuchli ta’sir ko’rsatgan maorif islohoti bo’ldi. Biroq
394
jadidlar mahalliy aholining fikrini va o’z hayotlarini o’zgartirish uchun avvalombor Turkiston tarixini o’rganishni zamonaviylashtirishga urinib ko’rishdi. 1903-1914 yillarda ular bir qancha yilnoma yaratishdi. Bu yilnomalarda, jumladan, mang’it va qo’ng’irot sulolalarining Markaziy Osiyo xalqlari uchun ahamiyatini qayta ko’rib chiqishga urinib ko’rilgan edi.
Mahmudxo’ja Byehbudiy mutaassiblarning tarixni tasvirlash byema’nilik va faqat dahriylarning ishi dyegan da’volari yolg’onligini ko’rsatishga urinib, Qur’oni Karim ham, Muhammad payg’ambarimiz hadislari ham tarixga dahldorligini isbotlab byerdi. CHunonchi, Qur’oni Karimning chorak qismi tarixiy ma’lumotlardan iborat. Jadidchilikda dastlab, ularning e’tiborida maorifni isloh qilish vazifasi ko’ndalang turdi. Ular islohotlarni amalga oshirishning zarur ekanligini nafaqat nazariy jihatdan asoslab byerdilar, balki yangi usulda o’qitiladigan maktablar ochib, kutubxonalar, qiroatxonalar barpo etib, o’quv qo’llanmalar yozib o’z g’oyalarini amalda qo’llash yo’lida ulkan ishlar qildilar. Jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurash dasturida asosan uch yo’nalish mavjud edi. Birinchisi – yangi usul maktablari tarmog’ini kyengaytirish, ikkinchisi – umidli yoshlarni chyet ellarga o’qishga yuborish va nihoyat, uchinchisi – turli ma’rifiy jamiyatlar qurish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazyetalar chop etish edi. Ana shu dasturni amalga oshirish borasida Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev, Mahmudxo’ja Byehbudiy, Abdulla Avloniy, Toshpo’latbyek Norbo’tabyekov, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulhamid CHo’lpon va Abdurauf Fitrat kabi ziyolilar jonbozlik ko’rsatishdi. Jadid maktablarini qurishdan maqsad xalqning umumiy saviyasini ko’tarish, zamonaviy fanlarni egallagan injyenyer, vrach, jurnalist, yuristdan tortib, davlat arbobigacha bo’lgan kishilarni tarbiyalash va ular yordamida davlat idoralarini yerlilashtirish, shu tarzda mustamlakachilarni Turkiston tasarrufidan siqib chiqarish edi. Jadidlar ana shu maqsadni amalga oshirish uchun «usuli jadid» maktablarini tashkil etibgina qolmay, ayni paytda milliy matbuot, adabiyot va tyeatrni yaratishga ham katta e’tibor byerdilar va jadidchilik harakatining bu jabhalari orqali Turkiston xalqlari hayotini tubdan o’zgartirib, mustaqil o’zbyek davlatini qurmoqchi bo’ldilar. Turkistonning eng fidoyi va vatanparvar yoshlarini xalqni milliy o’zligini anglash, milliy uyg’onish sari faoliyatlarini kuchaytirishlariga turtki bo’ldi. Mahmudxo’ja Byehbudiy Turkistonda ushbu kurashning bayroqdori bo’ldi. Jadidchilik g’oyalarini ildiz otishi yo’lida butun umrini sarfladi. Jahonning taraqqiy qilgan davlatlaridagi tyexnikaviy, ilmiy, siyosiy rivojlanishni o’z ko’zi bilan ko’rmoq uchun Farbu SHarq mamlakatlariga 1899-1900 yillar davomida safar qildi. Safardan qaytib kyelgach, yangi usul maktablarini ochish yo’lida g’ayrat ko’rsatadi. SHunday maktablardan birini M.Byehbudiy o’z mablag’i hisobidan 1903 yilda Jomboyda ochadi. Jadid Hoji Muin va Abdulqodir SHakuriylar bu maktabda saboq byerdilar. 1908 yil bunday maktablarni Mirza Abdulvohid ham tashkil qildi. 1911 yilda jadid maktablari Turkistonda 63 ta bo’lib, ularda 4106 bola o’qigan. 1917 yil boshlarida o’lkada 100ga yaqin jadid maktablarida 5 mingdan ziyod o’quvchi bo’lgan. «Jadid» maktablari an’anaviy «qadim» maktablariga nisbatan butunlay yangi ilmiy-amaliy uslubiyat va tashkiliy tizimga ega bo’lgan. «Qadim» maktablarida bolalar yozish va o’qishni 5-6 yilda o’rganib, savod chiqarsa, jadid maktablarida buning uchun o’rta hisobda 2 yil hatto 6 oy kyerak bo’ldi. Bu maorif va ta’lim sohasidagi katta kashfiyot edi. U ta’lim-tarbiya jarayonini bir nyecha marta tyezlashtirdi. O’qitish birinchi marta bolalarning o’z ona tilida olib boriladi.ular diniy ta’lim olish va ibodat qilishni o’rganishi bilan birga dunyoviy ilmlar (matyematika, gyeografiya, tarix, ona tili va adabiyot, fors va rus tillari)dan saboq oladi. Maktab pullik bo’lgan. Unga o’rta hol va boy badavlat kishilar baholi qudrat bolalari uchun oyiga 50 tiyindan bir yarim so’mgacha pul to’lagan. Lyekin, unda 30-35 foiz kambag’al oilalar bolalari tyekin o’qishi shart bo’lgan. Byehbudiyning tashabbusi bilan Samarqand va Kattaqo’rg’on shaharlarida yuzaga kyelgan yangi maktablarda faqat o’g’il bolalargina emas, balki qiz bolalar ham o’qitilgan. YAngi usul maktablarini kyeng targ’ib qilish, ulardan ta’lim tarbiya natijalarini aholi o’rtasida namoyish etish maqsadida yillik va bitiruv imtihonlar olish marosimlari tantanali vaziyatda o’tkazilgan. Bu haqda matbuotda byerilgan xabarlarda o’quvchi yoshlarning ota-onalari, mahalla va shaharning baobro’y kishilari, shoir va yozuvchilar taklif qilingan. SHuni ham qayd etish kyerakki, jadid maktablari yosh avlodga faqat milliy ruhnigina emas, balki umuminsoniy qadriyat va baynalmilallikni ham singdirishga harakat qilgan.jadid maktablari chorizmning yerli turkistonliklar uchun ochgan rus-tuzyem maktablaridan ham o’qish – o’qitish ishlari jihatidan ustun turardi. CHunki, bu maktablar yagona boshqaruv tizimiga ega bo’lganligi sababli o’qitish turlicha o’quv dasturi va turli darsliklarga tayangan holda olib borilgan. Ta’lim o’qituvchilarining o’zlari yaratgan darsliklar asosida olib borilgan. Faqatgina, Mahmudxo’ja Byehbudiyning 1904-1909 yillarda «Risolai asbobi savod»,
395
«Risolai jug’rofiyai umroniy», «Risolai jug’rofiyai rusiy», «Kitobat ul-atfol», «Amaliyoti islom», «Tarixi islom» kabi kitoblari paydo bo’ldi. Uning boshqa safdoshlari ham o’quvchilar uchun turli kitob va darsliklarini yaratdilar. YAngi usul maktablaridagi o’quv dasturi turkiy yoki forsiy tilda o’qish, yozishni, arifmyetika, tibbiyot, tarix, jug’rofiyani o’z ichiga olardi. Unda, shuningdyek, din asoslarini o’rganishga katta e’tibor qilinar, ya’ni bu dastur shu paytgacha qo’llanilgan dasturga nisbatan ancha kyeng bilim byerardi. Bu xil maktabdagi ta’lim talabalarni nafaqat jamiyatda biron o’rin egallash, balki uni o’zgartirish uchun tayyorlar edi. Toshkyentdagi madrasalarning birida dars byeruvchi Munavvarqori Abdurashidxonov yangi dasturlardan birini yaratgan, unga diniy ta’limot; muqaddas an’analar; islom ta’limoti tarixi; arab grammatikasi; myeros huquqi; arifmyetika; butunjahon jug’rofiyasi; islom tarixi; muqaddas tarix; arabiy va turkiy imlo fanlari kiritilgan edi. Jadidlar maorifining diniy tizimini ham zamonaviylashtirishga urinib ko’rishdi. Ular tomonidan tashkil etilgan jadid maktablarida tatar, turk, fors va ozarboyjonlar yozgan darsliklar bilan bir qatorda turkistonlik mualliflarning darsliklaridan ham foydalanila boshlandi. Qat’iy tizim, darslik va honazolar yo’qligiga qaramay jadidlar talabalar amaliy bilim olishlari uchun urinishardi. YAngi usul maktablarining darsliklarida jug’rofiy va etnik birlikka oid yangi islohotlar yaqqol bo’lmasa-da har qalay syeziladi. Islohotlar matbuotida ijtimoiy va hududiy birlikka katta e’tibor byerildi. Biroq jadidlar bundan boshqa muammolarni ham dolzarb dyeb hisoblashardi. SHu davrda Turkiston aholisining katta qismi yangi ijtimoiy va madaniy maqsadlarda olib borishi mumkin bo’lgan yangi guruhiy tuzilmalar to’g’risidagi davomli bahsga jalb etilgan edi. Diniy ta’limni isloh qilish Turkistondagi an’anaviy islomni o’zgartirdi va hatto ta’sirini bir qadar pasaytirdi. YAngi usuldagi maktablarida diniy ta’limga katta e’tibor byerilishiga qaramay, ruhoniylar bu maktablar talabalarini davlat diniga qarshi ruhda tarbiyalab zarar kyeltiradi, dyeb hisoblashardi. Din pyeshvolari jadidlarni ta’limning diniy usullaridan og’ishda ayblashdi. Mutaassiblar til va yozuvni o’rgatishning fonyetik usulini, shuningdyek, dasturga arifmyetika, jug’rofiya va ayniqsa, ularning fikricha diniy dunyoqarashga zid kyeluvchi tabiatshunoslikning kiritilganligini nihoyatda kyeskin tanqid qilishdi. Turkistonlik diniy islohotchilar islomga e’tiqod kamayib borayotganiga ruhoniylarning poraxo’rligi va axloqsizligi ortib borayotgani sababchidir, dyeb hisoblashdi. Mahmudxo’ja Byehbudiyning fikri bo’yicha esa butun diniy tizimni to’liq qayta qurishni ilohiyotchilar va ruhoniylarning yangi avlodini tayyorlashdan boshlamoq lozim edi. Mahalliy ruhoniylar jadidlarni «kofirlar» dyeb e’lon qilib, ularga qarshi xalqni kurashga chaqirganlar. Manbalarda ko’rsmatilishicha, birinchi vaqtlarda, Munavvarqori Abdurashidxonov – Turkiston jadidlarining yo’lboshchisi, - o’z maktabida rus tilini va dunyoviy ilmlarni o’qitishni tashkil etganda, mahalliy xalq uni «kofir qori» dyeb atadi, lyekin kyeyingi vaqtlarda Munavvarqorining myehnatlarini ijobiy natijasini tushunib, unga ochiq ko’ngillik bilan munosabatda bo’ldilar. Mahalliy aholining bir qismi jadidchilikka qarshi chiqib, eski fyeodal tuzumni va eski diniy usuldagi o’qitishlarni oqlab chiqdilar. Jamiyatning eski yo’l tarafdorlari «qadim» nomini oldilar. Qadimchilar jadidlar tomonidan ochilayotgan yangi usuldagi maktablariga bolalarini byermaslikni xalqqa targ’ib qilganlar. «YAqinda tashkil topgan «jadidlar» bizning farzandlarimizning axloq va odobini buzayaptilar. Hyech kim ularning maktabiga bolalarini o’qitishga byermasin. Agarda, biror kishi o’z bolasini o’qitishga byersa, biz uning kallasini olamiz», dyeb mahalliy aholini qo’rqitganlar. Ma’lumki, Turkistondagi mavjud eski o’quv sistyemasi, asosan, vaqflar va maktab shogirdlarining muayyan to’lovlari bilan mablag’lantirib turilar edi. Jadid maktablari esa o’ziga to’q oilalar farzandlari bilan birga kambag’al bolalarini ham o’qitar, ular asosan byepul o’qitilar edi. Oqibat mablag’sizlikdan ba’zi maktablar yopilib ham qolardi. Ana shu xalqning oldini olish, nochor oilalar farzandlarining ham to’laqonli ilm o’rganishlari hamda ularni o’quv qurollari va darsliklar bilan ta’minlash va bundan tashqari, iqtidorli yoshlarni taraqqiy topgan xorijiy davlatlarga yuborib o’qitish uchun mablag’ topib byerish maqsadalarida «jamiyati xayriya»lar tashkil etiladi. 1909 yilda Munavvarqori maslakdosh do’stlari bilan hamkorlikda toshkyentlik bir boyning raisligida «jamiyati xayriya» tashkil qiladi. Bu jamiyat raisining o’rinbosari bo’lgan Munavvarqori «Toshkyentda musulmon jamiyati» maqolasida ana shu tashkilot faoliyati haqida bunday yozgan: «Bu ittifoqning natijasi bo’lsa kyerak. Bir nyecha yildan byeri qaror byerilub ochilmay yotgan «Dorul ojizin»ni rasman ochib, bir nyecha miskin va ojizlarni tarbiyaga oldi. Bir nyecha maktab va madrasalarga yuz so’m va ikki yuz so’m lab xayriyalar byerdi. Bir nyecha byeva va byechoralarga sadaqalar byermoqda va oltmish faqir va qashshoq bolalarni turli maktablarda o’qitib, tarbiya qilib turmakdir…». Jadidlar bu jamiyat orqali qashshoq, kasalmand kishilar va o’quvchilarga yordam ko’rsatish bilangina chyeklanmadi. Ular Rossiya va Turkiya shaharlaridagi oliy o’quv yurtlariga Turkiston yoshlarini bilim olishga yuborish ishi bilan ham jiddiy shug’ullandilar. Munavvarqori SHayxontohur dahasidagi baobro’ kishilardan Kattaxo’ja Xo’jayevning uyiga
396
Toshkyentning katta boylarini chaqiradi va «O’zbyek ziyoli bolalarini Gyermaniyaga yuborib o’qitishga juda muhtojmiz, bolalar o’quv, ilm, tahsil olib kyelsalar, millatiga katta xizmat qila oladilar», dyedi. O’qishga boradiganlarning ro’yxati o’qilgach, boylar ancha pul to’plab byerdilar va Munavvarqori «Millatimizning kyelajakdagi baxtu saodati uchun shunday katta himmatlaringizga ko’pchilik tomonidan rahmatlar aytaman», dyeb tashakkur bildirdi. O’zbyek taraqqiyparvar boylari yoshlarni chyet ellarga yuborib, zarur kasblarni egallab foydali xizmat qilishlari uchun qayg’urgan jadidlarni qo’llab-quvvatladilar. 1910 yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy, Mirza Abduvohid, Hamidxo’ja Myehriy, Ahmadjon Mahdum kabilar «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qilib, 1911 yili 15, 1912 yili 30 nafar talabani Turkiyaga o’qishga yubordi. Taniqli jadid Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat 1909-1913 yillarda Istambulda tahsil olgan. Asadullaxo’ja o’g’li Ubaydullaxo’ja Rossiyada adliya bo’yicha ta’lim olib qaytdi va birinchi oliy ma’lumotli o’zbyek advokati bo’ldi. «Rossiya impyeriyasi qonunlar majmuasi»ni yaxshi o’zlashtirib, Ubaydullaxo’ja adliya bo’yicha mutaxassis-advokat diplomini oladi. Byehbudiy asos solgan milliy matbuot-gazyeta va jurnallarda millat va Turon zaminining dolzarb muammolaridan bahs ochildi. Unda vatanparvar ziyolilar maqolalari e’lon qilina boshlaydi. Jumladan, Fitratning ushbu jurnalda bosilgan maqolalaridan biri «Himmat va saboti bo’lmagan millatning haqqi hayoti yo’qdir» dyeb nomlangan edi. Millat, Ona-Turkiston dardi, milliy qadriyatlarni himoya qilish, xalqlarning erkini ta’minlash, ma’rifatli qilish maqsadini Abdulla Avloniy ko’zlaydi. 1904 yilda rus-yapon urushi chiqib, bu urush butun Rusiya ishchilarining ko’zini ochganidyek, bizning ko’zimiz ochildi. 1905 yildagi Rossiyada boshlangan inqilob to’lqini bizga ham ta’sir qildi, bizning tashkilotimiz siyosiy maslaklarga tushunib, birinchi navbatda qora xalqni oqartmoq, va ko’zini ochmoq chorasiga kirishdi. Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling