Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot vaqti - 2 soat Talabalar soni : 20 – 28 nafargacha Mashg’ulot shakli
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- O’quv faoliyati natijalari
- “Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi Ish Faoliyat mazmuni
- Dars o`tish vositalari
- 80 minut.
- 7 minut
11-mavzu Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat 1.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi 403
Mashg’ulot vaqti- 2 soat Talabalar soni: 20 – 28 nafargacha Mashg’ulot shakli Bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash buyicha seminar mashguloti Amaliy mashg’ulot rejasi 1 . T u r k i s t o n M u x t o r i y a t i v a u n i n g f ojiali taqdiri. 2 . Far g ’ on a vod i ysi - qurolli harakat markazlaridan biri. Bu yerldagi harakatlarning mohiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, va uning bosqichlari. 3.Buxoro va Xorazmda Sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat.
nomayondalar, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi olib borgan ishlari haqida bilim beriladi.
O’zbekistonda yer-suv islohatlarining mohiyati haqida bilimlarni mustahkamlash; Harbiy kommunizm siyosati va NEP haqida tassavurlarni kengaytirish; O’zbekistonda sanoatlashtirish, qishloq xo’jaligini jamaolashtirish siyosatining mazmun-mohiyatini ochib berish; Sovet hokimiyati davrida O’zbekistonning ma’naviy-madaniy qaramligini uning oqibatlari haqida ma’lumot berish
O’zbekistonda yer-suv islohatlarining mohiyati haqida bilimlarni mustahkamlash;
Harbiy kommunizm siyosati va NEP haqida tassavurlarni kengaytirish;
O’zbekistonda sanoatlashtirish, qishloq
xo’jaligini jamaolashtirish siyosatining mazmun-mohiyatini ochib berish;
Sovet hokimiyati davrida O’zbekistonning ma’naviy- madaniy qaramligini uning oqibatlari haqida ma’lumot berish Ta’lim berish usullari suhbat, tushuntirish, tezkor so’rov, zigzag (arra) texnikasi
Ommaviy, guruhlarda ishlash Ta’lim berish vositalari O’quv
qo’llanma, proyektor,
o’quv
topshiriqlari, test savollar Ta’lim berish sharoiti Texnik ta’minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo’ljallangan auditoriya
Og’zaki nazorat: savol-javob
404
bosqichlari va vaqti Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar Tayyorlov bosqichi Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. Mavzu bo’yicha tayanch konspektlar ishlab chiqadi. Belgilangan ta’limiy maqsadlarga erishishni ta’minlovchi o’quv topshiriqlarini ishlab chiqadi. Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta’minlash uchun yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi. Ekspert guruhlar faoliyat natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
1. O’quv mashg’ulotiga kirish bosqichi
1.1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarini e’lon kiladi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi. 1.2. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so’rov o’tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi. 1.3. Faoliyat kichik guruhlarda o’quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. 1.4.
Qo’shimcha ma’lumotlar aks etgan
tayanch konspektlarni tarqatadi. 1.5. Ekspert guruhlar faoliyati natijalarini baholash mezonlarini e’lon qiladi. Tinglaydilar.
Savolni muhokama qilib, ularga javob beradi.
2. Asosiy bosqich (60 daqiqa) 2.1.
Talabalarni to’rtta
kichik guruhga
bo’ladi. Mashg’ulotning o’tkazilish tartibini yana eslatadi. O’quv mashg’uloti «o’zi o’rganib, o’zgaga o’rgatish», ya’ni hamkorlikda o’rganish prinsipi asosida o’tkazilishini aytadi 2.2. Guruhlarga ekspert varaqlarini, shu bilan birga, har bir talabaga geometrik shakl tarqatadi va faoliyatlarini tashkil qiladi (geometrik shakllarni vaqtincha bir joyga
ko’yishlarini, vakti kelganda ulardan foydalanishlarini aytadi). Guruhlarda ishni tashkil kiladi. (matnni o’rganib, muhokama kilishga 15 daqiqa beradi). 2.3. Doira shaklini olgan talabalar 1-stol, uchburchak shaklini olganlar 2-stol va to’rtburchak olganlar 3-stol atrofiga o’tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to’plangan talabalar o’z savollarini boshqa talabalarga yoritishini tushuntiradi. O’zaro o’rgatish jarayoni boshlanadi (15 dakika). Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni
yo’naltiradi, maslahatlar beradi. 2.4. Talabalarni o’zlarini dastlabki joylariga, stol atrofiga kelib o’tirishlarini aytadi. 2.5. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 nafardan talaba chiqib, faoliyat natijalarini taqdim qilishlarini aytadi. Taqdimot uchun xar bir guruhga 8 daqiqadan vaqt ajratadi. Yo’naltiruvchi, maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Javoblarni aniqlashtiradi, to’ldiradi, izoh beradi va tuzatishlar kiritadi. 2.6. Har bir gurux taqdimoti oxirida ekspert savollari bo’yicha xulosalar qiladi. Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Topshiriq bo’yicha faoliyat boshlaydilar. Matnlarini o’qib, savollarga javob topadi. Ma’lumotni muhokama kilib, fikr almashib, sistemalashtiradi. Format kog’oziga sxema tarzida tushiradi, taqdimot uchun materiallar tayyorlaydilar.
Faoliyat natijasini taqdimot qiladilar.
3–Yakuniy bosqich (15 daqiqa) 3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi. 3.2.O’quv mashg’ulotini natijalarini sharhlaydi, guruhlar faoliyati bahosini e’lon qiladi. 3.3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: amaliy mashg’ulotga tayyorlanib kelish; nazorat savollariga og’zaki javob berish Tinglaydilar.
405
Ryeja: 1. T u r k i s t o n M u x t o r i y a t i v a u n i n g f ojiali taqdiri. 2. Far g’ona vodi ysi - qurolli harakat markazlaridan biri. Bu yerldagi harakallarning mohiyati, harakatlantiruvchi kuchlari. 3. Buxoro va Xorazmda Sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat.
1. Asosiy adabiyotlar: 2. Karimov I.A. O’zbyekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkyent, «O’zbyekiston», 1997. 328-byet. 3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kyelajak yo’q. Toshkyent, «O’zbyekiston», 1998. 31- byet. 4. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. - T., O’zbekiston, 1996 y. 5. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 6. Aliyev A. Mahmudxo’ja Behbudiy. – T., Yozuvchi, 1994y. 7. Jadidchilik islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. – T., Universitet, 1999 y. 8. Qosimov B.Ismoilbek Gaspirali. – T.,1992 y. 9. Ziyoev H. Turkistonda Rossiya tajavuzi va hukmronligiga qarshi kurash. -., “Sharq”, 1998 y. 10. O'zbekistonning yangi t a r i x i. Birinchi kitob: Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T., «Sharq». 2000y, 253-318; 412-444 b 11. O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003y, 359-380 b. 12. A’zamxo’jayev S. Turkiston muhtoriyati (Mustaqilligimz tarixidan sahifalar). Toshkyent, «Fan», 1996. 60-byet. 13. Ibrohimov Q. Madaminbyek. Toshkyent, «YOzuvchi», 1993. 14. Mustafo CHo’qay o’g’li. Istiqlol jallodlari. Toshkyent, 1992. 8-byet. 15. Rajabova R.YO. va boshqalar. O’zbyekiston tarixi (1917-1993 y.y.) Toshkyent, «O’qituvchi», 1994. 16. Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y.
17. R.Tursunov. Jadidlarning Turkiston ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarashlari. “O’zbekiston tarixi” ilmiy jurnal 2004 y, № 3. 18. Rajabbov Q. Mustaqil Turkiston uchun mushohadalar (1917-1935 y.y.). Jamiyat va boshqaruv. 1998, № 1-2, 3-4. 19. Ibodullayev A. Qo’rboshi Madaminbyek. Toshkyent, «YOzuvchi», 1993. 20. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali.
Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarga O’zbyekiston tarixi fanining tadqiqot ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish, shuningdyek turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga byerilgan ta’riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuni syerqirra mavzu ekanligidan talabalarni boxabar etish. Dars o`tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) Dars o`tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut yo`qlama-5 minut o`tilgan dars yuzasidan savol-javob-5 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash-50 minut sinov savollar namunasi – 7 minut Uyga vazifa byerish – 6 minut 1-masala: 1917 yilning boshida Sankt-Pyetyerburgda bo’lib o’tgan voqyealar ta’sirida Turkistonda ham yangi 406
jamiyatni shakllantirish uchun harakatlar boshlanib kyetdi. Turkiston-ijtimoiy-siyosiy hayotida asosiy masala muhtoriyat maqomini olishdan iborat edi. Bu g’oyalarni ilgari so’rishda Turkiston jadidlari katta rol o’ynadi. CHunki bu vaqtga kyelib ushbu harakat ma’rifatchilikdan, siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko’tarilgan edi. 1917 yilning o’zidayoq Butunturkiston musulmonlarining to’rt marotaba qurultoyi o’tkazildi. Ularda Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyati tashkil etish g’oyasi olg’a surilgan edi. «Turkiston muhtoriyati»ning faoliyati haqida kyeyingi davrda juda ko’plab kitoblar monografiyalar, ilmiy maqolalar chop etilmoqda. Masalan, M.CHo’qayevning «Istiqlol jallodlari (1917 yil xotiralari), T., G’.G’ulom nashriyoti, 1992 yil; Qayumxon Vali: Mustafo CHo’qaybyekni eslab. «Xalq so’zi», 1992, 27 fyevral; O.SHarafutdinov Mustafo CHo’qayev. «SHarq yulduzi», 1992, №4; Saidakbar A’zamxo’jayevning «Turkiston muxtoriyati», (T., «Fan», 1996) nomli manografiyalarini talabalar varaqlab chiqsa, maqsadga muvofiq bo’ladi dyeb o’ylaymiz. 1917 yil mart oyida tashkil topgan «SHuroi Islomiya» jamiyat atrofida birlashgan jadidchilar ham kyelajakda Rossiyada tashkil qilinadigan fyedyerativ-dyemokratik ryespublika tarkibida Turkiston muxtor jumhuriyatini barpo etishdan iborat edi. 1917 yilning dastlabki oylarida Muhtoriyat tizimi haqida ochiq so’zlashlar bo’lmadi. CHunki bu mavzu faqat Markaziy SHo’ro doirasida qilinar edi. 1917 yil may oyining boshida Moskvada bo’lib o’tgan Birinchi Butun Rossiya umummusulmon syezdidan kyeyin muxtoriyat masalasi kun tartibiga faolroq quyila boshlandi. Biroq syezd rahbarlari har qancha harakat qilmasin, yagona fikrga kyelisha olmadi. Jumladan, mamlakatning musulmonlar yashaydigan hududlari muhtoriyat xususidagi masala kyeskin bahslarga sabab bo’ldi. Bu tortishuvlar natijasida syezd ikkiga bo’linib kyetdi. Rossiyaning Turkiston, Qirg’iziston, Kavkaz, Qrim kabi o’lkalari vakillari fyedyerativ jumhuriyat tarafdori bo’lib, o’zlarini «Fyedyeralistlar» dyeb atadi. Rossiyaning ichki gubyerniyalari va Volga bo’yi musulmonlari vakillari esa unitar (bir butun, qo’shma ryespublika tarafdori bo’lib, o’zlarini «Unitaristlar» dyeb hisobladilar. Lyekin har qalay syezd dyemokratik ruhdagi qaror qabul qildi. Unda Ta’sis majlisiga saylovlar o’tkazish haqidagi qonun loyihasini tayyorlash bo’yicha maxsus komissiya tuzildi. Ubaydulla Xo’jayev ana shu komissiya tarkibiga a’zo bo’lib kirdi. Zaki Validiy o’z «Xotiralari»da shunday yozadi: «Iyun oyi boshidan boshlangan kurash natijasida muhtoryat g’oyasi ta’siri hamma yerda kuchaya boshladi. Bu esa bizni Rossiya ta’sis majlisi (Uchryedityel’noye sobraniye)ga vakillar saylashda birdan bir milliy dastur atrofida to’planib borishimizni ko’rsatdi. Buning natijasida 1917 yilning 12-14 iyulida Skobilyev (Hozirgi Farg’ona) shahrida viloyat musulmon tashkilotlarining qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda dyeyarli dyemokratik yo’nalishda bo’lgan turli musulmon tashkilotlaridan 137 kishi qatnashdi. Unda dasturiy hujjat qabul qilindi. Bu dasturda nimalar haqida gap kyetadi: Unda yoritilishicha, muxtor jumhuriyatlar parlamyenti va mahalliy o’z-o’rniga boshqaruv tashkilotlariga saylovlar umumiy asosda yashirin ovoz byerish yo’li bilan amalga oshiriladi. 20 yoshga yotgan barcha kishilar millati, jinsi , sinfi va dinga mansubligidan qat’iy nazar tyeng saylov huquqiga ega dyeb ko’rsatiladi. Musulmon ayollarining saylovdagi ishtiroki esa «shariat qonun-qoidalari asosida o’tishi lozim» dyeb o’qtiriladi. Ushbu dasturining diqqatga sazavor tamoni shundaki, unda Turkiston fyedyeralistlari muhtoriyatga erishgan o’lkalar ichki boshqaruv masalalarida, moliya, shariat, madaniyat, adliya va xalq maorifi masalalarida mustaqil bo’lmoqlari kyerak, dyegan fikr ilgari so’rilgan. Bunda har bir jumhuriyat, viloyat, uyezdlarga bo’linib, ularga mahalliy o’z-o’zini boshqaruv huquqi byerilishi lozimligi ta’kidlandi. Dasturda fuqarolarning huquqlariga bag’ishlangan bo’lim ayniqsa diqqatga sazovor. Unda: «Jumhuriyatning butun aholisi, dini va millatidan farqli o’laroq qonun oldida bir xil javobgardir» dyeb maxsus qayd etilgan. «Vijdon erkinligiga kafolat byerilib, hyech bir kimsa o’zining e’tiqodi uchun ta’qib qilinmaydi», buning ustiga «hukumat tarafidan biror bir din yoki mazhab oqimi boshqalar oldida alohida mavqyega ega emas» dyeb uqtirilgan. Dasturda maorif masalasi juda puxta ishlab chiqilgan. Bilim olish huquqi kishilarning jinsi, millati va dinidan qat’iy nazar, himoya qilindi. Dasturda maktab mustaqilligi e’lon qilinadi. Oliy maktab, birinchi navbatda, dorulfununlar mustaqil bo’lishlari lozim. Boshlang’ich maktablar byepul, umumta’lim majburiy bo’lishi lozim. Quyi sinflarda o’qitish esa mahalliy aholi ko’pchilikni tashkil qilgan tilda olib borilishi lozim. Oliy o’quv yurtlarda hamda o’rta maktablarda rus va umumturkiy til majburiy sanaladi. Biroq oliy maktabda darslar barcha turkiylar uchun umumiy hisoblangan adabiy tilda olib boriladi. Undan tashqari dasturda erkinliklar, pasport tartibini byekor qilish har bir fuqaroning mamlakat ichkarisida va tashqarisida erkin harakatlanishi iqtisodiy masalalarda soliqlarni qisqartirish, yer masalasi, uni ijaraga byerish yoki sotish, ishchi va xizmatchilarning haq-huquqlarini himoya qilish kabi masalalar ham o’z o’rnini olgan. Xulosa qilib aytganda, Farg’onada qabul qilingan ushbu dasturining ahamiyati haqida
407
«Turkistonskiy kur’yeri» gazyetasining 1917 yil 26 iyuldaga sonida shunday yoziladi: «U o’z ahamiyatiga ko’ra, birinchi o’rinda turmog’i kyerak. Zotan ana shu syezdda ulkaning mususlmon aholisi o’zini siyosiy organizm sifatida mavjud ekanligini anglab yetdi va o’lkadagi barcha musulmonlarni birlashtirish kyerak bo’lgan dasturni qabul qildi. Ana shu syezddan e’tiboran birinchi musulmon firqasi - turk adami Markaziyati (fyedyeralistlar) firqasi ish boshladi». Turkistonda siyosiy partiyalar tuzilishi, ular tomonidan dasturiy hujjatlar qabul qilinishi Turkistonda milliy harakatning kyeng quloch yoyganidan dalolat byerar edi. Biroq Sank-Pyetyerburg oktyabr to’ntarishi oqibatida 1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Turkiston o’lkasida, xususan Toshkyent va Qo’qonda yuz byergan voqyealar milliy ozodlik harakatini butunlay boshqa yunalishdan kyetishga majbur qildi. 1917 yil 26-28 noyabr (yangi hisob bilan 9-11 dyekabr) Qo’qon shahrida Turkiston o’lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo’lib o’tdi. Qurultoyda Dyemokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisini yevropalik qismi vakilligi ham tyeng huquqli bo’lib ishtirok etdilar. Turkistonni boshqarish tuzumi to’g’risidagi masala uch kun davom etgan qurultoyning diqqat markazida turdi. Qurultoyda o’lkaning barcha mintaqalari va ko’pgina jamoat tashkilotlardan 200 nafardan ortiq vakillar ishtirok etdi. Unda vakillarning siyosiy faolligi tufayli muhim masalalar yuzasida qizg’in munozaralar bo’lib o’tdi.
Ma’lumki, musulmonlarning ushbu nufuzli qurultoyi va unda qabul qilingan qarorlar 10 yillar davomida «millatchilar guruhining yig’inida e’lon qilingan burjua muxtoriyati» dyeb noto’g’ri talqin qilib kyelindi. Hujjatlar esa ushbu holning butunlay aksi bo’lganligini isbotlaydi. Masalan, Turkiston jadidlarining otasi sanalgan Mahmudxo’ja Byehbudiy o’z ma’ruzasida qurultoyning Turkiston xalqlari tarixida o’lkan ijobiy, tarixiy hodisa va burilish davri ekanini ta’kidlab, «Qurultoyimiz qabul qilayotgan qarorlar shuning uchun ham ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining yevropalik vakillari ham ishtirok etmoqdalar» dyeydi. Byehbudiy qurultoy hay’atida musulmonlar bilan bir qatorda boshqa milliy guruhlarning ham vakillari bo’lishini yoqlab chiqdi. Qurultoyda Turkistonni boshqarish shakli to’g’risidagi masala yuzasidan so’zga chiqqanlarning ko’pchiligi Turkistonni muxtor Ryespublika dyeb e’lon qilinishini, bu esa o’lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kyelib chiqqani va unga mos tushishini uqtiradi. Muxtoriyat va mustaqillik e’lon qilish fikrini hamma qo’llab quvvatlaydi. 1917 yil 28 noyabr (11 dyekabr)da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, Turkiston muxtoriyati dyeb ataladigan bo’ldi. Butunrossiya Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat kyengashi va Turkiston xalq (millat) majlisi qo’lida bo’lishi kyerak edi. Turkiston Muvaqqat kyengashi a’zolaridan tuzilgan Muvaqqat hukumat hay’ati tarkibiga 8 kishi saylandi yana 4 o’rin yevropalik aholi vakillariga ajratildi. Hukumatning Bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri etib qirg’iz «Aralash o’rda» partiyasining rahbari Muhammadjon Tanishboyev saylandi. Kyeyinchalik Mustafo CHo’qayev hukumat boshlig’i bo’ldi. Islom Sulton o’g’li SHoahmyedov - bosh vazir o’rinbosari, Mustafo CHo’qayev - tashqi ishlar vaziri, Ubaydullo Xo’jayev - harbiy vazir, Hidoyatbyek YUrg’uli Agayev - yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Maxmudov - oziq-ovqat vaziri, Abduraxmon O’rozboyev - ichki ishlar vazirining o’rinbosari, Solomon Abramovich Gyersfyel’d moliya vaziri lavozimlarini bajarishga kirishdilar. Vazirlardan uch kishi oliy ma’lumotli huquqshunos, ikki kishi o’rta malakali huquqshunos ekanligini Muxtoriyat hukumati a’zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanligidan dalolat byeradi. Qurultoy jarayonida Turkiston Millat majlisi 54 kishidan iborat qilib saylandi, shundan 36 kishi mahalliy millat vakillari edi. Turkiston o’lkasi mahalliy myehnatkashlar ommasi Muxtor hukumatini qo’llab-quvvatladi. CHunki bu davrda yangi hukumatni quvvatlovchi yirik shaharlarda miting va namoyishlar bo’lib o’tdi. Turkiston muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq o’rtasida katta e’tibor qozondi. Abdurauf Fitrat Muxtoriyat e’lon qilingan kunni «Milliy laylat ul-qadrimiz» dyeb atadi. 1917 yil 1 dyekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a’zolari maxsus Murojaatnoma e’lon qildi. Unda Turkistondagi barcha aholi: millati, irqi, dini, tili, jinsi, yoshi va siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi. Turkistonda tashkil topgan bu yangi hukumat ko’p o’tmay Millat Majlis tomonidan tasdiqlangan qonunlar e’lon qildi. Konstitusiya tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb etdi. «El bayrog’i», «Birlik tug’i», «Svobodniy Turkyestan», «Izvyestiya vryemyennogo Pravityel’stva Avtonomnogo Turkyestana» kabi hukumat gazyetalari o’zbyek, qozoq va rus tillarida nashr etila boshlandi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun O.Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o’tdi. 1918 yil milliy qo’shin tarkibida 1000 dan ortiq askar bo’lgan bo’lsa, harbiy vazir Ubaydullo Xo’jayev ishtirokida o’tkazilgan ko’rik - parad vaqtida askarlar soni 2000 kishiga yetgan. Bundan tashqari Qo’qonda taxminan shuncha mirshablar bor edi. hukumat iqtisodiy sohada 30 million so’m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo’lga qo’ydi. CHunki har xil muammolarni, ya’ni gazyetalar nashr etish, qo’shinlar
408
ta’minoti uchun mablag’ kyerak edi. Afsuski, o’lka bol’shyeviklari Turkiston Muxtoriyati hukumatiga katta xavf dyeb qaradilar. Turkiston Sovyetlarining IV syezdi Turkiston Muxtoriyati hukumatini va uning a’zolari qonundan tashqari dyeb hisobladi va hukumat a’zolarini qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi. Hatto bol’shyeviklar partiyasining vakili, o’lka myehnat komissari P.Poltoraskiy qurultoyda bu yangi hukumatni «boylar muhtoriyati» dyeb atadi. Turkiston XKS Muhtoriyati hukumatni tugatish uchun harbiy harakat boshladi. Bol’shyeviklar o’zining bu jirkanch harakatida armanlarning «Dashnoksutyun» partiyasi a’zolaridan kyeng foydalandi. 1918 yilning 19 fyevralida (eski hisob bilan 6 fyevral) Qo’qon shahrida ko’rsatayotgan Turkiston Muhtoriyati hukumati bol’shyeviklarning qonli hujumlari natijasida ag’darib tashlandi. Hukumat ag’darilgach ham Qo’qon va uning atrofidagi tinch aholini talash va o’ldirish battar avjiga chiqdi. Faqat Qo’qonning o’zida uch kun davomida 10000 kishi o’ldirildi. Sobiq xonlik poytaxti bo’lgan Qo’qon shahri butkul vayronaga, «o’liklar shahriga» aylandi. Nihoyat, 1918 yil 22 fyevralda Qo’qon shahridagi RusOsiyo banki binosida bol’shyeviklar tomonidan tayyorlangan «Tinchlik shartnomasi» imzolandi. Uning ikkinchi moddasida: «Aholi o’lka XKS hokimiyati va barcha mahalliy sovyet tashkilotlarini tan oladi», dyeb yozilgan edi. Turkiston Muhtoriyati hukumati atiga 72 kun umr ko’rgan bo’lsada, u erksyevar xalqimizni milliy mustaqillikka va istiqlol uchun da’vat etdi. Turkiston muhtoriyatchilarining ozodlik kurashi izsiz yo’qolib kyetmadi, balki bu harakatning uchqunlari 1918 yilning bahorida Farg’ona vodiysida so’ngra butun Turkistonda alangalana boshladi. Tarixda bu harakat istiqlolchilik yoki milliy ozodlik harakati dyeb nom oldi. «Turkiston Muhtoriyati» hukumatining umri qisqa bo’lganligini Mustafo CHo’qayev shunday ifodalaydi: «Bu hukumatning tyezda tugallanishiga asosiy sabab, ular qo’llariga olib borib, ryejalar tuzdi, ular mutlaqo byefoyda ishlar edi». 1917 yilga kyelib Turkiston xo’jaligi batamom tushkunlikka uchradi. Birinchi Jahon urushi mamlakat iqtisodiga kyeskin ta’sir ko’rsatdi. Ekin maydonlari kyeskin kamayib, 1917 yilda 2,3 mln. dyesatinaga tushib qoldi. Biroq u 1917 yil oxiriga kyelib yarmiga, 1918 yilda esa uchdan ikki qismiga qisqargan. O’lkaning uchta o’zbyek viloyatlarida 1917 yilda 8440 ming bosh qoramol bo’lgan bo’lsa, 1920 yilda ular soni 3440 ming boshni tashkil etgan. Paxtachilikdagi inqiroz surunkali tus oldi. 1915 yili 542 ming dyesyatina yerda paxta yetishtirilib, uning yalpi hosili 831 ming tonnani tashkil etgan bo’lsa, 1921 yili bu raqamlar 76 ming dyesyatina va 15 ming tonnani tashkil etdi. Bunga sabab, sovyet hokimiyatining agrar sohadagi noto’g’ri tadbirlari edi. Oktyabr davlat to’ntarishidan so’ng sovyet hokimiyatining pomyeshchik yer egaligini yo’q qilish to’g’risidagi dyekryetiga binoan yerlar qashshoq dyehqonlarga taqsimlab byerila boshlandi. Ular bu tadbirlarni Turkistonda ham o’tkazmoqchi bo’ldilar. Lyekin bu yerda sharoit ya’ni dyehqonlar ommasining urf-odati, kayfiyati boshqacha edi.
1917 yil 9 dyekabrida Turkiston XKS yerni sotish va sotib olishni man qiluvchi, yerni ijaraga byerishni chyeklovchi qarorlar qabul qildi. Ammo u qog’ozda qoldi. SHunday qilib yer to’g’risidagi dyekryet bajarilmadi. Dyehqonlar agrar masalani Turkistonda inqilobiy zo’ravonlik bilan qayta ko’rilishiga yo’l qo’ymadilar. Turkiston aholisining 80% dan ortig’ini dyehqonlar tashkil etib, ular uch guruhga bo’linar edi: badavlat dyehqonlar, o’rta hol dyehqonlar va kambag’allar. Sovyet hokimiyati davridagi ba’zi o’zgarishlarni hisobga olmaganda, bu holat 20-yillar oxirigacha davom etib kyeldi. O’lkaning uchta o’zbyek viloyatlarida ikkinchi guruh dyehqonlar uchdan ikki qismini tashkil etar edi. Sovyet xokimiyatining xususiy mulkchilikni tugatish borasidagi olib borgan tadbirlari ko’plab salbiy oqibatlarni kyeltirib chikardi. Turkistonda xususiy mulkchilik byekor kilingan joylarda vayronagarchiliklar kuchaydi, egasiz korxonalar, yer maydonlari, bog’lar qarovsiz qoldi, ulardagi jihozlar talandi. SHaharlarda non tanqisligi syezila boshladi. Kartochka tizimi joriy etildi. Bunday sharoitda Sovyet hokimiyati dyehqonlarni hamda ulkadagi hunarmand kosiblarni talay boshladi. Ularning oziq-ovqatlarini, donlarini, ot- ulovlarini, mollarini tortib ola boshladi. 1920 yilda Turkistonda oziq-ovqat razvyorstkasining joriy etilishi, ya’ni oziq - ovqatga davlat monopoliyasi asosida xo’jaliklardan ortiqcha g’alla va boshqa mahsulotlarni majburan tortib olinishi xalq noroziligiga sabab buldi. "G’arbiy kommunizm" nomini olgan bu siyosat asosida shahar va qishloqlarda voyaga yetgan va 55 yoshgacha bo’lgan myehnat bilan band bo’lmagan har bir fuqaro majburiy ravishda myehnatga jalb qilindi. Hatto nomoz paytida askarlar machitlarga bostirib kirib odamlarni zo’rlik bilan ishga haydab borgan. Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling