Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
2-masala: Rossiya impyeriyasining Turkistondagi agrar siyosatidan ko’zlangan bosh maqsadi va asosiy yo’nalishlarini davlat mulklari va ziroatchilik vaziri A.V.Krivoshyein shunday ifodalagan: "Bu markaziy masalada uch ko’rinish mavjud. Agar birinchisida yarqirab turgan yozuv "Paxta" bo’lsa, ikkinchisida "Sug’orish" va nnxoyat uchinchisida uncha ko’zga tashlanib turmagan bo’lsa ham aslida hammasidan muximi - "ruslarni ko’chirib kyeltirib o’rnashtirish" yozuvi turibdi". i Podshoning vaziri markazning Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining asosiy yunalishlarini juda lo’nda, muxtasar tarzda, ya’ni "Paxta", "Sug’orish", "ruslarnn ko’chirib kyeltirish" kabi uch so’zda ifodaladi. A.A.Krivoshyein o’z fikrlarini aniq dalillashga urinib, masalannng dastlab iktisodiy tomoniga urg’u byeradi. "Bizning ichki bozorimizga so’nggi 20 yil Amyerika paxtasi uchun fakat boj tariqasida 700 million rubldan to’lashga to’g’ri 384
kyeldi. 1900 yildan esa yiliga 40 million rubldan to’lab kyelmoqdamiz" i .
Turkistonning Rossiya saltanati uchun byebaho boyliklar makoni jamligi masalasiga, ya’ni mavzuning sof iqtisodiy tomoniga Sankt- Pyetyerburg alohida e’tibor qaratgan edi. Oliy lavozimli yana bir arbob.M.Brodovskiy Turkiston o’lkasining Rossiya manfaati bobidagi o’rni va axamiyatini yanada ixchamroq qilib ifodalaydi. "Impyeriyaga qo’shib olingan bu hududga dyeb yozgan edi u, - impyeriya bilan chambarchas bog’langan mustamlaka sifatida qaralishi lozim... Bu joy Yevropa Rossiyasi manufaktura sanoati extiyoj syezayotgan janubiy iqlim mahsulotlarini yetishtirishga qodir. Qisman ko’chmanchi va chorvador va qisman o’troq asosan dyehqon aholi yashaydigan bu mustamlaka manufaktura sanoati juda past rivojlangan. SHuning uchun ham u tabiiy ravishda Yevropa Rossiyasi manufaktura maxsulotlari chaqqon sotiladigan bozorga aylanadi". Podsho amaldori Turkistonning mustamlaka sifatidagi ahamiyatini davom ettirib "istilo etilgan bu o’lkadagi bo’sh yerlarga hukumat xo’jayin ekanligini hisobga olsak, O’rta Osiyodagi mulklarimiz ichki gubyerniyalardagi ortiqcha aholini ko’chirib kyeltirishga imkon byeruvchi mustamlaka ahamiyatini kasb etadi" i
Yer suv masalasi o’tkir muammoga aylandi. Yer-suv munosabatlarida chorizm ikki maqsadni ko’zlab ish tutgan. U O’rta Osiyoda o’z hukmronligini mustahkamlash va uning iqtisodiy imkoniyatlaridan mustabid Rossiyaning xukmron tabaqalari manfaatlari yo’lida foydalanishga intilgan. SHu maqsadlar uchun mahalliy hukmron doiralarning qarshiligini sindirish, o’lkada amalda bo’lgan qadimiy munosabatlarni saqlab qolish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga imkon byermaslik kyerak edi. Uzoqni ko’zlagan maksaddan kyelib chiqqan holda Rossiya Turkistonda olib borgan yer-suv munosabatlarida quyidagi siyosatni o’tkazdi: 1. O’lkadagi barcha yerlar davlat xazinasiga tyegishli dyeb e’lon qilindi. O’troq mahalliy aholiga yer myerosiy yakka jamoa egaligi tariqasida, ko’chmanchn aholiga esa muddati chyeklanmagan tarzda jamoa bo’lib foydalanish uchun topshirildi. 2. O’troq joylarda yer undan amalda foydalanayotganlarga biriktirildi. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingunga qadar katta yer egalari dyehqonlarga ijaraga byergan yerlar endilikda ijarachilarga myerosiy tarzda foydalanishga topshirildi. CHorizmning yer-suv sohasidagi bunday "tantiligi" sababi birinchidan, Rossiyaning dastlabki yillarda ko’chirish ehtiyojlari uchun earur yer jamg’armasiga muhtoj bo’lmagani, ikkinchidan, bu sohada o’ziga raqib bo’lgan mahalliy zodagonlar bilan kurashda kyeng myehnatkashlar ommasini byetaraf qilish bilan izohlangan. 3. Ko’p hollarda vaqflar avvalgi tarzida qoldirildi, ammo ayrim hollarda vaqf yerlarini davlat ixtiyoriga olish ham mumkinligi byelgilandi.. Kyeyinroq ushbu mulk tugatib yuborildi. 4. Sobiq imtiyozli shaxsiy mulk yerlariga boshqalar qatori soliq solindi. CHorizm o’zbyek xonliklarini bosib olgach bu yerda azaldan davom etib kyelayotgan yerga egalik qilish shakliga duch kyeldi. SHu sababli bu masalani darhol o’zlariga mos ravishda o’zgartirish uchun shoshilmadi. Ular asosiy e’tiborni xonliklardan tortib olingan hududlarda mustamlakachilik davlat boshqaruvining mustahkam asoslarini yaratishga qarashdilar. Yer egaligi va suvdan foydalanishga to’g’ridan-to’g’ri aralashmadilar. CHorizm bosqinchi ma’muriyati avvalo soliq undirish payiga tushdi. SHu jarayonda yer-suv munosabatlarini chuqur o’rganishga kirishdi. Unga mutaxassislar jalb etildi. CHunki kapital va bozor munosabatlarining O’rta Osiyo iqtisodiyotidan tobora mustahkam o’rin olish ayniqsa, paxtachilikni rivojlantirish zarurati va yer egaligi yerdan foydalanishda shunga mos kyeluvchi tartib qoidalarni joriy qilishni taqozo qilar edi. CHorizm bularni oldin hisobga oldi. O’rta Osiyo istilo qilingandan kyeyin 70-yillarning oxiri va ayniqsa 80-yillarning boshlarida paxtachilikni rivojlantirish chor Rossiyasi iqtisodiy siyosatining asosiy masalalaridan biri bo’lib qoldi. Ko’zga ko’ringan podsho amaldorlaridan biri chorizmning O’rta Osiyodagi iqtisodiy siyosati vazifalarini quyidagicha ta’riflab byerdi. Myening qat’iy fikrim shuki, masala o’lka uchun haqiqatan markaziy masaladir. Uning bitta emas. balki uchta asosiy tomoni bor. SHulardan biri - rus askar ommasiga aniq, ravshan bo’lib qolgan masala – «Paxta», ikkinchisi "Sug’orish", hozir unchalik ko’zga ko’rinmasada, lyekin eng muhim bo’lib qolgan, lyekin eng muhim bo’lib qolish ehtimoli bo’lgan uchinchi masala "ruslarni ko’chirib kyelib joylashtirish" dir. O’rta Osiyo xom ashyo bazasi sifatida tobora katta ahamiyat kasb qila bordi. Paxtachilikni rivojlantirish munosabatlari asta-syekin birinchi o’ringa qo’yiladigan bo’lib qoldi. Paxtachilikni rivojlantirish faqat Rossiya savdo va sanoat kapitalining manfaatlariga emas, balki mahalliy ekspluatatorlarning, avvalo yirik fyeodallarning yer egaligi va savdo sudxo’rlik kapital manfaatlariga ham mos bo’lib tushar edi. Rossiya sanoatida paxta tolasiga bo’lgan ehtiyojning ortib borishi bu yerlarda yetishtiriladigan paxtaning sifatiga e’tiborni kuchaytirdi. SHu maqsadda o’lka yerlarida paxtaning Amyerika navlarinn yetishtirishni yo’lga qo’yish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boruvchi stansiyalar tashkil etildi. Mustamlaka yillarida bunday navlar o’lka paxtachiligida yetti barobar ko’paydi. 385
Rossiya uchun Turkistondan ko’proq foyda ko’rish maqsadida o’lkaning o’zida xom ashyoga dastlabki ishlov byeruvchi korxonalar tashkil etishga kirishildi. Bunday korxonalar o’lkada barpo bo’layotgan sanoatning asosiy sohasi edi. 1900 yilgacha Turkistonda 170 dan ortiq sanoat korxonalari ishga tushirildi. Bularning 80%ini paxta ishlov byeruvchi korxonalar tashkil etdi. O’lkaning ko’plab unumdor yerlariga paxta ekilishi boshoqli ekinlar ekiladigan maydonlarning qisqarishiga olib kyeldi. Ming yillar davomida o’zini oziq-ovqat bilan ta’minlab kyelgan mahalliy aholi asta- syekin oziq-ovqat masalasida Rossiyaga qaram bo’lib qoldi. G’alla mahsulotlari o’lkaga Rossiyadan kyeltirilib, unga chor ma’murlarining o’zi narx-navoni byelgiladi, Sanoatda band bo’lgan mahalliy ishchilarning turmush sharoiti yana ham og’ir edi. Paxta yakkahokimligini o’rnatish maqsadida Turkistondan Rossiyaga yuboriladigan paxtadan butunlay boj olinmaydigan bo’ldi. 1879 yildan esa boj yig’imi har pud paxtadan 40-50 tiyin miqdorida byelgilandi. Soliq olish ham paxtakorlarga ayrim imtiyozlar byerildi. O’rta Osiyoning arzon xom ashyo manbai va rus sanoat mollari sotiladigan qulay bozor bo’lishini 1876 yildayoq gyenyeral-mayor Vyerigin impyerator Nikolay 1 (1825-!856) ga yo’llagan taqdimnomasida bayon qilgan edi. Vyerigin Rossiyada ishlab chiqarilayotgan mollar mamlakat ichkarisida ham zo’r-bazo’r sotilayotgani va sifati past bo’lgani uchun Yevropa bozorlarida sira raqobatga dosh byermasligini ko’rsatib, O’rta Osiyo bu jihatdan rus sanoati mollari sotiladigan qulay bozorga aylanishi mumkinligini bayon qilgan edi. Bu fikrni syenator graf.K.X.Palyen rivojlantirib shunday dyegan edi: «Turkistonni istilo qilishning siyosiy sabablarini hisobga olmagan taqdirda ham bu o’lka Rossiya tarafidan bosib olinishining dastlabki kunlaridanoq Rossiya uchun ikki jihatdan qiziqish uyg’otgan edi: 1. Moliyaviy siyosati jihatidan davlat daromadi manbai va ichki ishlab chiqarish mahsulotlari uchun yangi bozor. 2. Mustamlakachilik siyosati nuqtai nazaridan markaziy gubyerniyalardagi ortiqcha aholini ko’chirish uchun yangi hudud sifatida diqqatga loyiq edi» i .
yilda paxta maydoni 41,4 ming tanobni tashkil qilgan bo’lsa, 1915 yilga kyelib u 541,9 ming tanobga yetdi, ya’ni 13 barobarga o’sdi. O’lka Rossiyaning asosiy paxta bazasiga aylandi. Bu haqda Turkiston jadidlari yetakchilaridan Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev 1917 yil iyun oyida Qozonda o’tgan 2-Butunrossiya musulmonlari qurultoyida shunday dyegan edi: «SHu kungacha Turkiston rus kapitalistlari uchun govmish sigir bo’lib kyelmoqda. Bugunda Turkiston Rossiyaga paxta yetkazuvchidir». Tyemir yo’llar bo’lmasa Rossiya O’rta Osiyoni mustamlaka qilib turolsada, uning boyliklaridan to’la foydala olmas edi. O’rta Osiyo bilan Rossiya bozori o’rtasida byevosita aloqalar o’rnatish ham qiyin bo’lardi. CHorizm tyemir yo’llar orqali o’zining istilo qilib olingan o’lkadagi harbiy siyosiy mavqyeini mustahkamladi. Turkiston gyenyeral-gubyernatorligi tashkil etilganidan kyeyin oradan sal vaqt o’tmay Turkistonni Rossiyaning Yevropa qismi bilan tyemir yul orqali bog’lash masalasi qo’yildi. Kaufman gyenyeral- gubyernator bo’lib turgan vaqtdayoq, 1874 yilda Oryenburgda tuzilgan maxsus tyemir yo’l komissiyasi Oryenburgdan Toshkyent tomon O’rta Osiyo maxsus tyemir yo’lini qurishni zarur dyeb topdi. Biroq o’sha vaqtda by loyiha ma’qullanmadi. Turkistonning istilo qilinishi Kaspiy dyengiz sohilidan boshlab tyemir yo’l qurishni yangi loyihasini vujudga kyeltirdi. Zakaspiy tyemir yo’li birinchi katta tyemir yo’l magistrali bo’ldi. Harbiy maqsadni ko’zlab qurilgan bu tyemir yo’l o’lkaning iqtisodiy-siyosiy soha katta o’zgarishlar bo’lishiga olib kyeldi. Savdo-sotiqni rivojlantirishda va ayniqsa paxta yetishtirishni kuchaytirishda tyemir yo’li katta turtki bo’ldi. 1881 yil 1 syentyabrda tyemir yo’lning 317 chaqirimlik birinchi qismi Qizil Arvotga yetkazildi. Tyemir yo’l 1885 yilning 30 noyabrida Ashxobotga, 1886 yilda esa Marvga yetkazildi. 1886 yilning oxirida tyemir yo’l Qoraqum cho’llaridan o’tkazildi. Amudaryo ustida vaqtinchalik yog’och ko’prik qurilib bo’lgandan kyeyin tyemir yo’l 1888 yilning boshida Samarqand shaxrigacha olib borildi. Tyemir yo’lning oxiri Samarqandga yetkazilgandan kyeyin bu yo’nalish Farg’ona vodiysi va Toshkyent tomon yana uzaytirish masalasi qo’yildi. YAngi Samarqand-Andijon tyemir yo’lini uning Toshkyentga va yangi Marg’ilonga olib boradigan shaxobchalarini qurish 1895 yildan boshlanib, 1899 yilda tamomlandi. Zakaspiy tyemir yo’li kyeyinchalik O’rta Osiyo tyemir yo’li bu yerda yetishtirilayotgan paxtaning dyeyarli hammasini tashib boradigan bo’ldi. Mustamlaka Turkistonda tyemir yo’llarning qurib bitirilishi o’lkani Rossiya sanoatining g’ildiragiga yanada mahkamroq bog’ladi. O’lkaning xom ashyo yetkazib byeruvchi manba sifatidagi o’rni mustaxkamlangach, bu yerda turli firma va birjalar kirib kyela boshladi 83 ular Tupkistonning iqtisodiy hayotida jadallik bilan o’z ta’sirini kuchaytirib bordi. Ular O’lkadan xom-ashyo olib kyetish, Rossiyadan sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari olib kyelib sotish bilan chyeklanmay sug’oriladigan yerlarni sotib olib paxta ekishni kyengaytirdilar. Paxtachilikning rivojlanishi bunday firma-birjalar, mahalliy sudxo’r va 386
savdogarlar uchun katta imkoniyatlar yaratib byerdi. Ular asosan xom-ashyo yetishtirish yo’liga o’tib olgan dyehqonlarga kyelasi yil oladigan hosili hisobidan pul qarz bepap edilar. Dyehqonlarning moddiy ahvoli og’irlashgan sari ularning hosildan tushgan daromadi qarzini to’lashga, yerga ishlov byerishga, oilasiga oziq- ovqat mahsulotlarini sotib olishga ham yetmas, ikkinchi tomondan katta yer maydonlari mahalliy boylar va sudxo’rlar qo’liga o’tib kyeta boshladi. Bu holat yersiz dyehqonlar, mardikorlar va arzon ishchi kuchini yana ko’paytirishga sabab bo’ldi.
Rossiyaning Turkistondagi mustamlaka siyosati asosida o’lkani ruslashtirish g’oyasi turgani uchun rus nufusini Turkistonda muntazam ko’chirib kyeltirish mustabid hokimiyatning doimiy e’tiborida bo’ldi. Mahalliy xalqlarning milliy siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga zid ravishda «Turkiston — ruslar uchun» shiori ostidagi islohotni amalga oshirishga harakat qildi. 1886 yilgi «Nizom» rus aholisini ko’chirib kyeltirish yo’li bilan o’lkani ruslashtirish harakatini qonuniy mustahkamlab, o’lka siyosiy tus byerdi. Ko’chib kyeluvchilarga 10 dyesyatinadan kam bo’lmagan yer ajratish byelgilandi. Turkistonga kyelib o’rnatish va yer-mulkka ega bo’lish huquqi faqat nasroniy dinining pravoslav mazhabidagilardagina byerildi. 1886 yilgi qonunga ko’ra o’lkaga ko’chib .kyeluvchilarni tanlash va joylashtirish tartiblari byelgilandi. Rus dyehqonlari qora tuproqli Markaziy hududlarda bo’lgan yer taqchilligidan qutulish va mustamlaka Turkistonda boyish uchun ham Rossiyadan byeto’xtov oqib kyela boshlaganlar. Ular ma’muriyatning ruxsatisiz ham kyelib o’zboshimchalik bilan tub aholiga qarashli yerlarni egallay boshladilar. 15 yil davomida, ya’ni 1875-2890 yillar ichida Turkistonda 1300 ta oila joylashib, 19 ta rus qishlog’i tashkil qildi. 1891-1892 yillarda Rossiyada ocharchilik boshlanganda esa Turkistonga ko’chib kyeluvchilarning soni nihoyatda ko’payib kyetdi. Ana ikki yil davomida 25 ta rus qishlog’i paydo bo’lib rus dyehqonlarning soni ikki barobarga ko’paydi. Mahalliy aholi bilan rus dyehqonlari o’rtasidagi yer-suv masalasida, sug’orish inshootlaridan foydalanish bobida o’zaro to’qnashuvlar ko’paydi. Mustamlaka o’lkaga ruslarni ko’chirish masalasi bilan shug’ullanuvchi maxsus idora - «Ko’chirib kyeltirish boshqarmasi» tashkil qilindi. CHor hukumati 90-yillar oxiridan rus dyehqonlaridan kam yerli va yersizlarga «Osiyo» Rossiyasida bo’sh yotgan yerlardan foydalanishga kyeng imkoniyatlar yaradi. CHorizm turli yo’llar va vositalar bilan yerlarni rus mujiklari foydasiga musodara qilishga urindi. Epra soliqlar miqdorini haddan tashqari oshirib yuborish ana shunday vositalarda biri bo’ldi. Natijada aholi o’z yerlarini sotishga yoki undan butkul voz kyechishga majbur bo’ldi. Birgina Marg’ilon tumanida shu tariqa o’zbyeklarning 11,5 ming tanob yeri musodara qilindi. Jalolquduq viloyatida esa solig’ini to’lolmay erdan voz kyechgan o’zbyek dyehqonlariga qarashli joyda 3 rus posyelkasi, Andijon tumanida 2, O’shda esa 1 posyolka barpo etildi. SHu tariqa 1906-1913 yillar mobaynida Turkistonda 116 rus posyolkasi qurildi. Rus hukumati o’ziga mustahkam tayanch barpo etish va hukmronligini mustahkamlash maqsadida rus shaharlari va posyolkalarini qurishga alohida ahamiyat byerdi. Natijada Rossiyaning turli joylaridan Turkiston o’lkasiga ko’chib kyeluvchi kishilar sono tobora oshib bordi. XIX asrning oxiriga kyelib, o’lkada o’rnashgan ruslarning soni 197420 kishiga yetdi. Ularda 95941 tasi shaharlarda va 101479 tasi posyolkalarda yashagan. 1906 yigacha faqat harbiy xizmatni o’taydigan kazaklarga Yettisuv viloyatida 752197 dyesyatina, Sirdaryo viloyatida 159561 dyesyatina, Farg’ona viloyatida 9925 dyesyatina, Samarqand viloyatida 22907 dyesyatina kaspiy orti viloyatida 10318 dyesyatina yer byerilgan. Bundan tashqari rus dyehqonlari katta hajmdagi yerlar bilan ta’minlangan. 1917 yilgi ma’lumotga ko’ra o’lkadagi ruslarning soni 750 000 ga yetib, 400 ming kishi shaharda va 350 ming kishi posyolkalarda yashagan. Ular bilan birga bir nyecha o’n ming harbiyning istiqomat qilgani hisobga olinsa, u vaqtda ruslar soni bir milliondan oshib kyetadi. Ruslar Toshkyent, Samarqand, Andijon, Qo’qon, Farg’ona, Namangan va boshqa eski shaharlarning yonbag’ridagi joylarda o’rnashganlar. Bulardan tashqari, Ashxobod, Krasnovodsk, Pyerov, Kozoli, YAngi Marg’ilon, Pishnak, Kopal va boshqa rus shaharlari mavjud edi. Turkistonda rus nufuzini ko’paytirishga markaz katta e’tibor byerib, bunga mablag’ni ayamadi. 1908-1910 yillarda o’lkani taftish qilgan markaz vakili syenator graf. K.X.Palyen Turkistondagi rus hukmronligining asosiy vositasi o’lkada o’ziga to’q rus dyehqonlarini ko’paytirish dyeb hisobladi. Syenatorning fikricha ana shunday mujiklar – impyeriya bilan mustamlakani o’zaro bog’lovchi va yaqinlashtiruvchi «ishonchli» unsur bo’lib qoldi. 1906-1915 yillarda Sirdaryo-Farg’ona ko’chiruv hududi bo’yicha rus mujiklari uchun mahalliy aholiga qarashli 744,9 ming tanob yer musodara qilindi. Mustabid hokimiyatining bunday talonchilik siyosati haqida Rossiya parlamyenti Davlat Dumasida knyaz’ Mansurov gapirib, Turkistonda ma’muriyat yerli aholi ustidan «kryepostnoy huquqini amalda qo’llayotganini» alohida uqtirib o’tgani byejiz emas edi. Podsholik agra siyosati 1906 yilgi milliy ozodlik qo’zg’alonidan so’ng ochiqdan-ochiq zo’ravonlik 387
tusini oldi. Gyenyeral gubyernator AN.Kuropatkin buyrug’i bilan birgina Jizzax tumanida o’zbyek dyehqonlarining 1810 tanob yeri rus mujiklari foydasiga tortib olindi. Xulosa qilib shuni alohidp ta’kidlash lozimki, podsha hukumatining agrar siyosati va uning o’tkir tig’i bo’lgan ko’niruvchilik tadbirlari oxir-oqibatda o’lkada ruslarni ko’paytirishga olib kyeldi. Ularning iqtisodiy mavqyeini kuchaytirib mahalliy xalqqa nisbatan kalondimog’likni yanada oshirdi. By esa buyuk rus shovinizmining ijtimoiy iqtisodiy zaminini yaratdi.
XIX asr 2-yarmi davomida Turkiston hududi bosib olingach, o’lkaning turli xo’jalik tarmoqparini Rossiya manfaatlariga bo’ysundirish izchil olib borildi. Dastlabki bosqichda mustamlakachilik hukumati o’lkadagi xalq ta’limi an’analariga tyegmadi. Uni har tomonlama atroflicha o’rganish bilangina chyeklandi. Bu vaqtda Turkistonda ko’pla6 eski maktablar ishlab turdi. Bular asosan boshlang’ich va o’rta hamda oliy diniy ta’lim byeruvchi bilim o’choqlari edi. Eski maktabda kambag’allarning bolalari birinchi bosqich ta’lim- tarbiyadan so’ng o’qishni tamomlagan hisoblanardi. O’ziga to’q oilalarning farzandlari yana 8 yil o’qishpn davom ettirar edilar. Umuman olganda eski va o’rta bosqichdan maorif tizimlarida o’qish oson emasdi. Harflarni hijjalab o’qish, yozish, diniy kitoblarni yod olish murakkab ish xisoblanardi. SHuning uchun ko’p o’quvchilar maktabni tashlab kyetishga majbur bo’lardi. Turkistonda madrasadagi ta’lim O’rta asrlardayoq o’zini har tomonlama oqlagan. Ulardan jahonga mashhur olimlar yetishib chiqqani va ular fanning «byeshigini tyebratganligi» dunyoga ma’lum. Biroq XIX asrga kyelib madrasalar o’z nufuzini yo’qotib, mahalliy o’lka ahamiyatiga ega mugaxassislar yetkazib byeruvchi dargoh darajasiga tushib qolgan edi. Bunga xonliklarning o’zaro fyeodal urushlari, chor Rossiyasining o’lkani xarob qiluvchi siyosati, shuningdyek ta’limda diniy jihotlarga haddan tashqari e’tibor byerilib, dunyoviy fanlarga davlat g’amxo’rligining yo’qligi ham salbiy ta’sirini ko’rsatdi. Turkiston o’lkasidagi musulmon maorif shaxobchalari gyenyeral gubyernatorlik xazinasidan ta’minlanadigan xomiyligidan mahrum qilindi. Fon Kaufman madrasalarni aslo yoqtirmas edi. CHunki ular mustamlakachilik tartiblariga zid, milliy mafkura tarqatuvchi ilm dargohlari edi. SHuning uchun hukmdor madrasalardan tushgan shikoyat xatlarni tyekshirmasdan, e’tiborsiz qoldirishga buyruq byerdi. Rossiya mustamlakachiligi Turkiston aholisini tobyelik, itoatgo’ylik muxitida tarbiyalash, so’ngra ruslar bilan mahalliy xalqlarni aralashtirib yuborib yevropacha turmush tarzining g’alabasini ta’minlashga intildi. Rus mustamlakachilarini Turkistondagi kyeng tarmoqli xalq maorifi o’choqlari – maktablar va madrasalar g’oyat ajablantirgan edi. Istilochilar ularning faoliyati bilan tanishib, mustamlakachilik tadriji uchun o’sha maktab va madrasalarning g’oyat xavfli ekanligini payqadilar. CHorizm ruslashtirish siyosatini ayni shu sohadan boshlash kyerakligini anglab, o’ch dasturini ishlab chiqishga tirishdi. Turkistonning birinchi gyenyeral-gubyernatori KP Kaufman aktiv faoliyat ko’rsatdi. 1880 yilda Impyeriya Davlat Kyengashida Turkistondagi maxalliy aholi bolalarinp ruslar bilan birgalikda o’qitish masalasi ko’rilganda Turkiston aholisining «savdo-sotiq, dyehqonchilikda suyagi qotganligi va yuvosh tabiati» ta’kidlanib, ularning «impyeriyadan boshqa musulmonlardan kyeskin ajralib turishlari» qayd qilindi. Impyeriya Davlat Kyengashining 1880 yil fyevral oyidagi qarori Turkistonni gyenyeral- gubyernatori KP Fon Kaufman tomonidan qizg’in qo’llab-quvvatladi va ruslashtirish siyosatining yangi bir tabaqasi xalq maorifiga qaratildi. Kaufman «ruslar va tuzyemyeslarning bolalarini» birgalikda tarbiyalash masalasini ko’tardi. U musulmon va rus maktablarining ajralib turishi iqtisodiy va siyosatdan jihatdan zararli dyeb hisobladi. Bu g’oyani Kaufmanning izdoshi gyenyeral lyeytyenant N.O.Rozyenbax (1884-1889) davom ettirib, ibtidoiy turdagi boshlang’ich maktablar «rus- tuzyem» maktablari tarmog’ini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. 1884 yilda Toshkyentda birinchi rus-tuzyem maktabi ochilib, ularning soni X1X asr oxirida yuzdan oshib kyetdp. Bunday maktablarda o’quv kuni ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda ikki soatnpk mash6nozpp rus ukptuvchpsp, ikkinchi kismida esa sabokni uzbyek muallimi olib borgan. Fargona xarbiy gubyernatori gyenyeral-lyeytyenanti N.I. Korol’kov 1898 yilda impyeratorga yo’llagan hisobotida podsho ma’muriyatining o’lkani ruslashtirish bobidagi dasturini bayon etib, tuzyemyeslarning o’z bolalarini ixtiyoriy ravishda rus-tuzyem maktablarga byerishiga erishish muhimligiga e’tiborni qaratgan. Buning uchun u mahaliy ma’muriyat ialdorlariga yaqin 6yesh yil ichida yuritishni rus tiliga ko’chirtirish lozimligini o’qtiradi. Korol’kov bu tadbir «tuzyemslarni» mansabga qiziqib farzandlarini rus-tuzyem maktablariga byerishga istagini uyg’otadi dyeb hisoblagan. Gyenyeral M.D.Skobyelyev xalqimizni parokanda qilishning yangi yo’llarini izlab topdi. Nihoyat otish, chopish, qon to’kish bilan uzoq vaqt shug’ullangan gyenyeralning Turkiston zabt etilgach «Biror millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning tili, tarixi, dini, san’atini va madaniyatini yo’q qilsang bas, tyez orada o’zi adoyi tamom bo’ladi…» dyeyishi byejiz emas edi. Oqibat mustamlakachilar maorif siyosatini ikki yo’nalishda olib bodilar. Birinchisi, Turkiston xalq 388
maorifiga rus tili va rus-tuzyem maktablari ochib byerish. Ikkinchidan, milliy qadriyatlarni tarbiyalaydigan ma’naviyat o’choqlarini asta-syekinlik bilan butunlay yo’q, qilishdan iborat edi. Uni Turkisgop gyenyeral- gubyernatori Vryevskiyning Turkiston hududidagi viloyatlar harbiy gubyernatorlariga yo’llagan maktubidan ko’rish mumkin. «SHunday vaqt kyeldiki, — dyeb yozgan edi. Vryevskiy, — endi tub yerliklar rus va rus maktablarida har qanday faoliyat uchun zarur bilim va malakalar o’chog’ini qurishsin. Ular madrasa va maktablardagi bilim, endilikda davlat hamda ijtimoiy tuzumga yaroqsiz ekanligini his qilishsin. Rus tilini biluvchi mahalliy musulmonlardan barcha sohalarda «rus-tuzyem» maktablari va shahar bilim - yurtlarini muvaffaqiyatli tugallagan yerliklar bolalariga jiddiy imtiyozlar byerilsin» dyegan fikrini ilgari surdi va uni amalga oshirdilar. CHorizm Turkiston o’lkasi aholisini ruslashtirish siyosatining riyokorligi shunda ediki, rus amaldorlari o’zbyek, qozoq,qirg’iz turkman, tojik xalqlari orasidan yetishib chiqqan va ruschani mukammal o’rgangan odamlarni xushlamay ulardan cho’chib turgan va o’rni kyelganda ta’qib qilgan. Masalan, Abay Qo’nanbayev, CHo’qon Valixonov, Sattorxon Abdug’afforov, Furqat SHarifxo’ja Poshshaxo’jayev, Muxiddinxo’ja Hakimxo’jayev va b. CHor hukumatining niyati birinchidan, xalqimizni jismonan yo’qotish bo’lsa, ikkinchidan esa, ma’naviy mavh etish edi. Xalqni og’ulantirish, uning axloq va ma’naviyatini buzish maqsadida Turkistonga ichkilik balosi olib kyelindi. CHorizmning Toshkyentda qurgan birinchi korxonasi ma’naviy qiyofasini o’zgartirib yuborish uchun 1867 yildan boshlab Turkistonda rus aholisini ommaviy tarzda ko’chirib kyeltirish boshlandi. Ular uchun dastlab Toshkyentda yangi shahar qurildi. Marg’ilon yaqinidagi Sim qishlog’i o’rnida «Novыy Margalan» hozirgi Farg’ona qurildi. Buxoro yaqinidagi qadim Hoqon qishlog’ining nomi o’zgartirilib Kogon dyegan rus shaharchasi bunyod etildi. Qo’qon, Andijon, Namangan, Samarqand shaharlarining ichida va yonida ruslar uchun «slobodka»lar qurildi. Xalqimiz kyeyinchalik bu joylarni «Islobodka» - «islovodxona» dyeb atadi. Eng unumdor suvli yerlar ruslarga bo’lib byerildi. Rus xudolari vujudga kyeltirildi. Rus ta’sirini kuchaytirishning yana bir yo’li vaqf mulkining tugatilishi bo’ldi. Vaqf mulklari tortib olindi. Ruxoniylar tirikchilik manbai – doimiy daromaddan marhum etildi. Masjid, madrasa, maktab va darsxonalar qarovsiz qoldirildi. Eng qimmatli tarixiy boyliklar shu jumladan, nodir qo’lyozmalar muqaddas kitoblar Moskva va Pyetyerburgga tashib kyetildi. N.Ostroumov kabi missionyerlar ziyolilarimiz ongini zaharlashga intildilar V.Bartol’dga o’xshash syermahsul tarixchilar chor hukumatiga «Turkistonni qo’lda abadiy saqlab qolish uchun janub, sharq va g’arb darvozalarini taqataq byerkitib, faqat shimolga – Russiyaga yo’lni ochiq qoldirish kyerak» dyegan shaytoniy maslahatlar byerdilar. Amalda shunday qilindi ham. Faqat rus madaniyatini ulug’lash, targ’ib qilishda xalqni ruslashtirishda turkistonlik ziyotilarni jalb qilishga katta ahamiyat byerildi. Bunga rozi bo’lganlar rag’batlantirildi. Hatto bunday noma’qul ishga ayrim atoqli shoirlar ham qo’l urishgan. Bunga misol qilib «Suvrov» qasidasini, Dukchi Eshon qoralab yozilgan «Bachchag’ar» hajviyasini kyeltirish mumkin. Vaholangki, Dukchi Eshon milliy ozodlik va istiqlol uchun kurashgan asl vatanparvarlardan biri edi. U hajv qilingan o’sha shye’r sho’rolar davrida chiqqan maktab darsliklariga ham kiritilib, yosh avlodga Dukchi Eshon haqida mutlaqo yolg’on tasavvur hosil qilinib kyelindi. YOsh avlod ongida o’tmishimiz haqida noto’g’ri taassurot qoldirib, ruslarga nisbatan katta og’a tuyg’usini uyg’otishga intildi, ta’lim-tarbiya shu asosda olib borildi. Turkiston bosib olinib, bu yerda mustamlakachilik tartib qoidalari o’rnatilgach, o’lkada o’ziga xos murakkab tarixiy ijtimoiy vaziyat yuzaga kyeldi. Bunday vaziyat hukmronlik muhiti birinchi navbatda madaniyat, fan, san’at, adabiyot, ijtimoiy-siyosiy fikr, xalq, turmush tarziga o’z ta’sirini o’tkazdi. O’lkada yevropacha turmush tarzi bilan xalqning an’analari yuzma- yuz kyeldi. Ularning bir qancha sohalari ziddiyatli to’qnashgan bo’lsa, ba’zilarida yaqinlashuv jarayoni kuzatildi. Bu vokyea tarixiy xodisalar XIX asrning oxiri XX asr boshlarida jarayon sifatida rivojlanib bordi. Mustimlakachilir mafkurasi, bosqinchi, zulmkor kuch sifatida o’lkadagi milliy madaniyatga tish- tirnog’i bilan qarshi bo’lgan bo’lsa, Turkiston hududidagi johil va mutaassib kuchlar ham Yevropaning ilg’or fan va madaniyatiga salbiy munosabatda bo’ldilar. Milliy madaniyatning barq urib o’sishiga to’sqinlik qildilar.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling