Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot vaqti - 2 soat Talabalar soni : 20 – 28 nafargacha Mashg’ulot shakli
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- O’quv faoliyati natijalari
- “Buxoro. Xiva va Qoqon xonliklarining tashkil topishl. ( X V I - X I X asr ortalarida)” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi
- 8- Mavzu: Buxoro, Xiva va Qoqon xonliklarining tashkil topishi.
- ( X V I - X I X asr ortalarida) Ryeja
- Dars o`tish vositalari
- – 80 minut.
- 50 minut
8-mavzu Buxoro. Xiva va Qo'qon xonliklarining tashkil topishi. ( X V I - X I X asr o'rtalarida) 8.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi 367
Mashg’ulot vaqti- 2 soat Talabalar soni: 20 – 28 nafargacha Mashg’ulot shakli Bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash buyicha seminar mashguloti Amaliy mashg’ulot rejasi 1 .Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi. 2.Xiva va Qo’qon xonligining tashkil topishi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi 3.Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarinig ichki va tashqi aloqasi O’quv mashg’ulotining maqsadi: Buxoro. Xiva va Qo'qon xonliklarining tashkil topishshi. ( X V I - X I X asr o'rtalarida) to’g’risidagi bilimlarni shakllantiradi va kerakli ma’lumotlar bilan mustahkamlaydi Pedagogik vazifalar: Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi to’g’risidagi bilimlarni tarixiy manbalar asosida yoritadi. Xiva va Qo’qon xonligining tashkil topishi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumini yoritadi va
mustahkamlaydi Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarinig ichki va tashqi aloqasini yoritib berish
Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi to’g’risidagi bilimlarni tarixiy manbalar asosida tahlil qilgan holda to’laqonli ravishda gapirib beradi. Xiva va Qo’qon xonligining tashkil topishi.ularning boshqaruv tizimi hamda ijtimoiy-iqtisodiy tuzumini tarixiylik nuqtai nazaridan asoslab gapirib beradi. Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarinig ichki va tashqi aloqalari qanday ekanligini ining ijobiy va solbiy tomonlarini gapirib beradi. Ta’lim berish usullari suhbat, tushuntirish, tezkor so’rov, zigzag (arra) texnikasi
Ommaviy, guruhlarda ishlash Ta’lim berish vositalari O’quv
qo’llanma, proyektor,
o’quv
topshiriqlari, test
savollar, tarqatma materiallar, turli xil innovasion texnologiyalar
Texnik ta’minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo’ljallangan auditoriya
Og’zaki nazorat: savol-javob, tarqatma test materiallari
“Buxoro. Xiva va Qo'qon xonliklarining tashkil topishl. ( X V I - X I X asr o'rtalarida)” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi 368
Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar Tayyorlov bosqichi Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. Mavzu bo’yicha tayanch konspektlar ishlab chiqadi. Belgilangan ta’limiy maqsadlarga erishishni ta’minlovchi o’quv topshiriqlarini ishlab chiqadi. Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta’minlash uchun yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi. Ekspert guruhlar faoliyat natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
1. O’quv mashg’ulotiga kirish bosqichi
1.1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarini e’lon kiladi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi. 1.2. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so’rov o’tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi. 1.3. Faoliyat kichik guruhlarda o’quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. 1.4.
Qo’shimcha ma’lumotlar aks etgan
tayanch konspektlarni tarqatadi. 1.5. Ekspert guruhlar faoliyati natijalarini baholash mezonlarini e’lon qiladi. Tinglaydilar.
Savolni muhokama qilib, ularga javob beradi.
2. Asosiy bosqich (60 daqiqa) 2.1.
Talabalarni to’rtta
kichik guruhga
bo’ladi. Mashg’ulotning o’tkazilish tartibini yana eslatadi. O’quv mashg’uloti «o’zi o’rganib, o’zgaga o’rgatish», ya’ni hamkorlikda o’rganish prinsipi asosida o’tkazilishini aytadi 2.2. Guruhlarga ekspert varaqlarini, shu bilan birga, har bir talabaga geometrik shakl tarqatadi va faoliyatlarini tashkil qiladi (geometrik shakllarni vaqtincha bir joyga
ko’yishlarini, vakti kelganda ulardan foydalanishlarini aytadi). Guruhlarda ishni tashkil kiladi. (matnni o’rganib, muhokama kilishga 15 daqiqa beradi). 2.3. Doira shaklini olgan talabalar 1-stol, uchburchak shaklini olganlar 2-stol va to’rtburchak olganlar 3-stol atrofiga o’tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to’plangan talabalar o’z savollarini boshqa talabalarga yoritishini tushuntiradi. O’zaro o’rgatish jarayoni boshlanadi (15 dakika). Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni
yo’naltiradi, maslahatlar beradi. 2.4. Talabalarni o’zlarini dastlabki joylariga, stol atrofiga kelib o’tirishlarini aytadi. 2.5. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 nafardan talaba chiqib, faoliyat natijalarini taqdim qilishlarini aytadi. Taqdimot uchun xar bir guruhga 8 daqiqadan vaqt ajratadi. Yo’naltiruvchi, maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Javoblarni aniqlashtiradi, to’ldiradi, izoh beradi va tuzatishlar kiritadi. 2.6. Har bir gurux taqdimoti oxirida ekspert savollari bo’yicha xulosalar qiladi. Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Topshiriq bo’yicha faoliyat boshlaydilar. Matnlarini o’qib, savollarga javob topadi. Ma’lumotni muhokama kilib, fikr almashib, sistemalashtiradi. Format kog’oziga sxema tarzida tushiradi, taqdimot uchun materiallar tayyorlaydilar.
Faoliyat natijasini taqdimot qiladilar.
3–Yakuniy bosqich (15 daqiqa) 3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi. 3.2.O’quv mashg’ulotini natijalarini sharhlaydi, guruhlar faoliyati bahosini e’lon qiladi. 3.3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: amaliy mashg’ulotga tayyorlanib kelish; nazorat savollariga og’zaki javob berish Tinglaydilar.
369
( X V I - X I X asr o'rtalarida) Ryeja: 1. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi. 2. Xiva va Qo’qon xonligining tashkil topishi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi 3. Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarinig ichki va tashqi aloqasi Asosiy adabiyotlar 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kyelajak yo’q. - T. "SHarq,", 1998. 2. Karimov I.A. Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimlardagi tabrik so’zi. - "Xalq so’zi", 1997, 21-oktyabr. 3. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 4. Bayoniy M. SHajarayi Xorazmshohiy, - T.: G’afur G’ulom nashriyoti, 1994. 5. Ziyoyev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. - T.: "SHarq", 1998. 6. O’zbekiston tarixi. 1-qism. – T., Universitet, 1999 y. 7. O'zbekistonning yangi t a r i x i. Birinchi kitob: Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T., «Sharq». 2000y. 8. O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003y, 320-334b. 9. Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. 10. O’zbyeknston xalqlari tarixi. - T,, "Fan", 1993, 2-jild. 11. O’zbyekistonning yangi tarixi. 1-kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T., 2000. Qo’shimcha adabiyotlar: 12. Ibrat I. Farg’ona tarixi. - T.: Kamalak, 1991. 13. Mirza Abdulaziz Somiy. Mang’it hukmdorlari tarixi. - M., 1962. 14. Xoshimov I. Hindistonda Boburiylar sulolasi saltanati. - T., "O’qituvchi", 1996 y., 15. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali.
Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarga O’zbyekiston tarixi fanining tadqiqot ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish, shuningdyek turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga byerilgan ta’riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuni syerqirra mavzu ekanligidan talabalarni boxabar etish. Dars o`tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) Dars o`tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi:
Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati-2 minut Talabalarning davomati – 3 minut Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash (o’tilgan mavzu bo’yicha)-50 minut Sinov savollar namunasi (savol-javob triqasida)– 10 minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-5 minut Uyga vazifa byerish – 5 minut 1-masala: Vatanimiz tarixi o’zbyek davlatchiligi taraqqiyoti bir tyekisda kyechmaganligi, uning silsilasida zafarli va inqirozli davrlar bo’lganligidan guvohlik byeradi. Sohibqiron Amir Tyemur asos solgan saltanat eng yirik va qudratli davlat bo’lganligi jahonga ma’lum. Amir Tyemur o’zidan qudratli davlatni, saltanat qurish va davlatni boshqarish qonun-qoidalari bayon etilgan mashhur qo’llanma qoldirgan edi. "…Farzandlarim va avlodimdan bo’lganlarning har biri, dyeb yozgan edi u o’ziniig tuzuklarida - unga muvofiq ish yuritsin... bu tuzuklardan saltanat ishlarini boshqarishda qo’llanma sifatida foydalangaylar, toki myendan ularga yetadigan davlat va salganat zararu tanazzuldan omon bo’lgay" i . S'oxibqiron Amir Tyemur vorislariga "millatning dardiga darmon bo’lish, eaiflarni ko’rish va yo’qsillarnri boylar zulmiga tashlamaslik" ni uqtirib, "adolat va yaxshilik qilmoq, dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin" dyeya vasiyat qilgan edi. Ammo uning dasturi va vasiyatlariga amal qilinmadi. Taxt, hokimiyat ilinjida avj olgan o’zaro ixtilof va
370
ichki kurashlar, jangu jadallar davlatni zaiflashtirib, mamlakatni inqirozga va parokandalikka olib kyeldi. Hurmatli Pryezidyentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidyek "Kyecha jahonga Ahmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Byeruniy, Imom Buxoriy, Amir Tyemur, Ulug’byek, Alishyer Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni byergan bu millat XVII-XIX asrlarga kyelib, to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib kyetdi. Nyega so’nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimiening qattiq, qarshiligiga qaramay, chor Rossiyasining o’lkamieni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikni ham o’rni bo’lmaganmikan?" i
ko’chmanchi, o’zbyeklar davlati hukmdori Muhammad SHayboniy hujumi boshlandi. SHayboniyxon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda Xisor viloyatini, 1504-1505 yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni shuningdyek, Marv, Mashhad, Toshkyent, Farg’ona va Sirdaryo yerlarini zabt etdi.Qat’iyatli sarkarda SHayboniyxon tyemuriy shahzodalar orasida o’ziga munosib raqibni Zaxiriddin Muhammad Bobur siymosida uchratdi. Bu ikki o’zbyek sarkardasi, ikki shoir va ikki davlat arbobi ittifoqlashib, tyemuriylarning butun SHarq, va G’arbga yoyilgan shuxratini barqaror etish, Sohibqiron Amir Tyemur asos solgan davlat shukuhini tiklash o’rnira o’earo kurash, uni egallash bilan band bo’lishdi.. Natijada, Movapoynnahp va Xuroson yagona davlat tarkibidan ajralib kyetdi. Eronda kuchayib borayotgan savafiylar bu vaeiyatdan foydalanib, bu ikki sarkarda kurashiga aralashdi. Mamlakatda parokandalik avjiga chiqib, avvalgi qudratdan putur kyetdi.
Bobur 1526 yilning 21 apryelida Dyehli hukmdori Ibrohim Lo’diy qo’shinlarini tor-mor kyeltirdi. Bu g’alaba natijasida Bobur SHimoliy Hindistonni egalladi. 1526 yilning 27 apryelida Dyehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba o’qildi. SHu tariqa, yangi saltanat – Boburiylar saltanatiga asos solinadi. Bobur podshoh Hindistonda bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lgan mayda mustaqil rojalarni (hukmdorlarni) ham qilich, ham siyosat yo’li bilan birlashtiradi va 1530 yilgacha markazlashgan yirik saltanatini barpo etadi. Bu saltanat 332 yil (1526-1858 yillar), ya’ni Hindistonni Buyuk Britaniya to’liq bosib olgunga qadar hukm surdi.
YOsh Bobur mirzoning ota taxtiga o’tirish davri Movarounnahrda fyeodal tarqoqlik kuchaygan, o’zaro qonli urushlar avjiga chiqqan davrga to’g’ri kyeldi. Zyero, o’sha davrdagi tarixiy sharoit Bobur mirzoni ham bu qonli kurashlar girdobiga tortdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur kurashdi, mag’lubiyatga uchradi, katta g’alabalarga erishdi. Og’ir qismat o’rnini katta baxt, shon-shavkat egalladi. Bularning bariga Bobur podshoh sabr-qanoat, aql-zakovat, jasorat, halollik, odillik salohiyati bilan erishdi. U Hindistonda buyuk saltanatga asos soldi. Bobur podshohning buyukligi ham ana shundadir.
Bobur podshoh bilimga chanqoq buyuk davlat arbobi bo’lganligi uchun ham bilim olishga intilganlarga hamisha otalarcha g’amxo’rllik qilgan. Uning o’zi ham ajoyib olim, turkiy nazmda asarlar bitgan Alishyer Navoiydan kyeyin turadigan tyengi yo’q shoir, yirik bastakor edi. Bobur podshoh o’zining «Boburnoma» hamda «Mubayyin», «Turkiy dyevon» kabi asarlari bilan mashhur ijodkor hamdir. «Boburnoma» asari O’rta Osiyo tarixini, Hindiston tarixini to’g’ri aks ettirgan asardir.
Bobur podshoh davlat ishlarini yuritishda masalaning iloji boricha tinch vositalar va adolat yo’li bilan hal qilinishiga intilgan.
Kimki unga bosh egib kyelgan bo’lsa uning gunohidan o’tgan. Kimki Bobur podshoh hokimiyatini tan olgan bo’lsa unga o’zi egalik qilib turgan hudud in’om etilgan, o’zi o’sha hudud hukmdorligida qoldirilgan. Hindiston hukmronligi yillarida turli dinga mansub xalqlarning diniy e’tiqotini, urf-odatlarini kamsitmagan, aksincha, hurmat bilan qaragan.
Bobur kimlar bilan janglarda to’qnash kyelgan bo’lsa ularning tajribalarini o’rgangan. CHunonchi, shayboniylardan urushning «to’lg’ama» usulini, mo’g’ullardan pistirma qo’yish, afg’onlardan poroxli miltiq ishlatishni, turklardan esa otliq qo’shinni unumli ishlatishni o’rgangan.
Bundan tashqari, Bobur kuchli to’pchilarqo’shinini tuza olgan. Bobur Hindiston yurishidan oldin intizomli va tajribali sarbozlardan iborat qo’shin tuza olgan. Boburning mohir sarkardaligini hatto chyet el olimlari ham tan olgan. Boburning 12 ming kishilik lashkari bilan 100 ming kishilik lashkarga ega bo’lgan Dyehli sultonini tor-mor etgani ham uning mohir sarkardaligini isbotlaydi.
Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir bastakor, ayni paytda mashhur tarixchi olim hamdir. Bu borada uning nomini abadiylikka muhrlagan asar – «Boburnoma»dir.
Bu asar – Movarounnahr, Afg’oniston, Hinsdiston va Eron xalqlari tarixi, gyeografiyasi haqida juda qimmatli ma’lumotlar byeradi.
Bu xotira asarlar sirasiga kiradi. Asar 1493-1529 yillar oralig’ida bo’lib o’tgan tarixiy voqyealar, asarda tilga olingan joylar tabiat haqida yilma-yil hikoya qiladi.
Xususan, «Boburnoma»da SHayboniyxonning Samarqandni egallashi tafsiloti quyidagicha: 371
«Samarqand hukmdori sultonali mirzoning onasi Zuhrabyegi og’a bilmaslig’idin va byeaqlig’idin maxfiy SHayboniyxonga kishi yiborur, bu mazmun biladikim, SHayboniyxon ani olur bo’lsa, o’g’li SHayboniyxong’a Samarqandni byergay. Otasining viloyatini olg’ondin so’ng Sultonali mirzog’a byergay».
Bobur podshoh 1530 yilning 26 dyekabrida 47 yoshida vafot etadi. uni Agra shahrida Jamna daryosi yonidagi Bog’i Oromga dafn etadilar. Uning vasiyatiga ko’ra, bir nyecha yildan so’ng Bobur podshohjasadi Qobuldagi Bog’i Kalonga ko’chiriladi. Bu bog’ni Bobur podshohning o’zi katta myehr bilan obod qilgan edi. Kyeyinchalik bu bog’ Bog’i Bobur dyeb atala boshlagan. Bobo yurtidan ajralgan, oxir-oqibatda Hindistonni zabt etgan Bobur va uning avlodlari uch acp mobaynida bu mamlakatni idora qildilar. Movarounnahrda SHayboniylar sulolasi hokimiyat tyepasiga kyeladi. Qariiyb, bir asrga yaqin davom etgan shayboniylar hukmronligi davrida ham tinchlik bo’lmadi, qirg’inbarot urushlar, o’zaro ichki kurashlar davom etdi. SHayboniy Ubaydullaxon (1533 - 1539) raxtga ko’tarilgach, Buxoroning mavqyei hem siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ancha kuchaydi va Movarounnahrning siyosiy-ma’muriy markazita aylantirildi. Abdullaxon (1557-1598) davrida. 1557 yilda poytaxt rasman Samarqanddan Buxoroga ko’chirildi va bu sana tarixga Buxoro xonligi tashkil topgan yil bo’lib kirdi. 1601 yildan e’tiboran Buxoro xonligida hokimiyat Ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi qo’liga o’tdi. 150 yilcha (1601-1751) hukmronlik qilgan ashtarxoniylar sulolasi davrida ham Buxoro xonligida barqarorlik bo’lmadi. Xonlik viloyatlarida hukmronlik qiluvchi amirlar va byeklarning o’zboshimchaligi, markaziy xokimiyatdagi amaldorlar o’rtasidagi o’zaro kyelishmovchiliklar, urug’chilik, mavqye talashish mamlakatning tinkasini quritdi. SHuning uchun ham XVIII asrning birinchi yarmida Byxopo xonligi va Xiva xonligi Eron shohi Nodirshox, zarbiga uchradi. Ichki nizolar, mahalliychilik va o’zaro kurashlar zaiflashtirgan bu ikki xonlik Nodirshoxning ta’sir doirasiga tushdi. Nodirshohni vasiy sifatida tan organ Muxammad Raxim 1753 yilda o’zini Buxoro amiri dyeb e’lon qildi va 1920 yilgacha hukm surgan mang’itlar sulolasiga asos soldi, ammo u ichki kurashlarga butkul barxam byera olmadi. Natijada Buxoro xonligidan mustaqil yana bir davlat tashkil topdi va u tarixda "Qo’qon xonligi" dyeb nom oldi. Ko’qon atrofida yashab turgan o’zbyek qabilalaridan biri minglar o’z yetakchisi - SHoxruxbiyni hokimiyat tyepasiga ko’tardilar. Ko’qon shahri chyetida joylashgan Tyepaqo’rg’on SHoxruxbiyning qarorgohiga aylantirildi. Qoraqalpoq (Orol) yerlari XVII-XIX asr boshida Quvondaryo va YAngidaryo havzasini to’liq qamrab, Amudaryo etaklarigacha cho’zilgan edi. Lyekin XIX asr boshida Xiva xonlari Orolbo’yi aholisini bo’ysundirishga qaratilgan harbiy harakatlarni boshlaydi va bu harakatlar 1810 yili Muhammad Raximxon (1806-1825) davrida quyi Amudaryodan YAngidaryogacha bo’lgan qoraqalpoq, yerlarining Xiva xonligiga qo’shib olinishi bilan tugaydi. SHunday qilib jahon sahnasida XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida buyuk Tyemur saltanati uch tarqoq o’zbyek xonligini o’zida gavdalantirdi. 1740 yilda Nodirshox, Buxoro xonligiga qarashli yerlarning kattagina qismini bosib oladi va xonlik taxtiga o’zining tarafdorlaridan Muhammad Hakim Otaliqni o’tkazadi. Natijada ashtarxoniylar, sulolasining so’nggi vakili Abul Fayzxon o’z mavqyesini boshlaydi. Mang’it qabilasidan bo’lgan Muhammad Hakim Otaliqning hokimiyatdagi ta’siri kuchayib kyetadi. 1747 yilda Nodirshox o’ldirilgach otasining o’rniga otaliq tayinlangan Muhammad Raxim Abulfayzxonni qatl ettiradi va Buxoro taxtini egallaydi. Muhammad Raximga qarshi viloyat hokimlari isyon ko’taradilar. Mazkur isyonni Muxammad Raxim shafqatsiz bostirib, 1753-yilda o’zini amir dyeb e’lon qiladi. SHu bilan mang’itlar sulolasi hukm surgan Buxoro amirligiga asos solinadi. Amirlik hududidagi uzoq davom etgan urushlar iqtisodni izdan chiqarib, dyexkonchilikka putur yetkazadilar. Fyeodal tarqoqlik avjiga chiqdi. Bundan foydalangan Xiva xoni o’zini mustaqil dyeb e’lon qiladi. Faqat amir SHoxmurod zamonida (1785-1800) amirlik birmuncha mustahkamlanadi. Ammo amir Haydar (1800-182b) zamonida hali fyeodal tarqoqlik va o’zaro urushlar davom etdi. Buxoro amiri Xiva xonligiga va SHaxrisabz byekligiga qarshi tinimsiz urushlar olib boradi. Buxoro xonligining chyet ellar bilan, jumladan, Hindiston, Turkiya, Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlanadi. Tarixiy manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra 1572-1578 yillardayoq, Hindistonda Buxoro xonining elchilari, Buxoroda Hindiston podshoxining elchilari bo’lgan. 1583-1595 yillarda Buxoro elchilari va savdo karvonlari Mockvada bo’lgan. Xonlikda hokimiyat huquqi chyeklanmagan xonlar ixtiyorida bo’lib, jamiyat hayoti shariat qonunlariga asoslgan holda shakllantirilgan edi. Otaliq lavozimidagi shaxs xonning o’ng qo’li hisoblangan dyeb, butun mamlakatni boshqarish tarmoqlari uning qo’liga to’plangan edi. Naqib mansabidagi shaxs ham xonning eng yaqin odamlaridan hisoblanib, u harbiy ishlar va tashqi siyosat bilan shug’ullangan. Xonlikda, shayxulislom katta mavqyera eta bo’lgan. U eng yakin ruhoniy va sud ishlarining sardori xisoblanib, jamiyatning ma’naviy hayotini boshqargan. Undan kyeyingi o’rinlarda qozikalon (oliy sud) turgan. Vaqf yerlarini naeorat qilish sadrlarning zimmasiga yuklatilgan. Qo’shin uchun alohida qozi 372
tayinlangan. Qonunshunoslik va umuman shariatga doir muhim masalalarni hal etish a’lam lavozimidagi shaxs zimmasida bo’lgan. Xonlikda yana eshikog’aboshi, miroxur, ishg’ovul, lashkarboshi, to’pchi boshi, mirzaboshi (bosh kotib), xazinachi, myextar, mirob kabi boshqa lavozimlar bor edi. Mamlakat hayotida dyehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo asosiy o’rinni egallagan. Xonlikdagi sun’iy cyg’opish yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Dyehqonchilikda 10 xildan ortiq g’alla turlari yetishtirilib, bug’doy, guruch, jo’xori va boshka oeiq- ovqat mahsulotlarini tayyorlashga alohida e’tibor byerilgan. Dyehqonchilikda paxtachilikka ham katta e’tibor byerilgan. Xonlikda ipakchilik ko’proq Zarafshon vodiysida ravnaq topgandi. U Farg’ona vodiysini qamrab olib, ko’p miqdorda pilla yetishtirishgan. Polizchilik va bog’dorchilik kyeng quloch yoyib, uzum, qovun, olma, nok, tarvuz, byehi, shaftoli, o’rik, gilos, yong’oq, anjir kabi turli tuman nozu nye’matlar yetishtirilgan. CHorvachilikda ot, qo’y, tuya, qoramol singari hayvonlar yaylovlar, tog’ yonbag’irlarida boqilgan. SHahar axolisi mollarini o’z xovlilarida boqqanlar. Hunarmandchilikning o’nlab turlari, xususan, to’qimachilik, bo’yoqchilik, tikuvchilik, duradgorlik, byeshikchilik, sandiqchilik, do’ppido’zlik, tyemirchilik, taqachilik va boshqa xunarlar kyeng tarqalgan. Dyehqonchilik va hunarmandchilik bir-birlari bilan chambarchas. bog’langan bo’lib, hayotni ta’minlashda asosiy omillar hisoblangan. Jamiyatni tyebratuvchi bu ikki yo’nalish ichki va tashqi savdoning taqdirini ham byelgilagan. Zyero, hunarmandlar dyehqonchilik xomashyosi asosida turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqarib, ichki va tashqi bozor talablarini qondirib turganlar. Buxoro xonligi Xiva va Qo’qon xonliklari bilan qizg’in savdo olib borgan. Buxoroliklar mohir savdo, hunar kishilari sifatida dong chiqarib, Eron, Afg’oniston, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Arabiston, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan,savdo- sotiq olib borganlar. Madaniy hayotda ham ancha ishlar qilindi. Avvalombor, xoy saroyida nodir asarlarni o’z ichiga olgan kutubxonaning bo’lishi diqqatga sazovordir. Misol tariqasida Abdulazizxon va Abdullaxonning kutubxonalarini ko’rsatish mumkin. "Zamonlar o’tar, yillar, asrlar o’tadi. Hyech shubha yo’qki, farzandlarimiz, nyevaralarimiz, kyelakjak nasllar Buxoroga, uning qadim tarixiga qayta –qayta murojaat etadilar" i
Buxoro ayniqsa, Abdullaxop vaqtida rivojlanib, hashamatli madrasalar, masjidlar va boshqa jamoat binolari qurildi. Xususan, Modarixon, Ko’kaldosh, Gavkushon, Juybor, Fatxulla Qushbyegi, Mirakon, Xo’ja Popca, Abdullaxon malrasalari myemorchilikning noyob namunalari sifatida namoyon bo’ldi. Bulardan tashqari Juyboriy shayxlari, Baxovuddin Naqshband va boshqa din pyeshvolari qabrlari ustiga qurilgan maqbaralar diqqatni tortadi. Xonlikda o’ymakorlik sohasida ham ajoyib namunalar yaratildi. Garchand xonlikda fan va madaniyat bo’yicha birmuncha yangiliklar qo’lga kiritilgan bo’lsada, lyekin o’zaro chiqishmovchiliklar va uzoq davom etgan qonli urush tufayli u izchil ravishda, kyeng ko’lamda rivojlanish imkoniyatiga ega bo’lmadi. Bundan Abdullaxon davri musgasnodir, albatta. "Bu azim shahar Karmana, Boykyent, Vobkyent, SHofirkon, Romiton, G’ijduvon kabi qadimgi kyentlarni o’z bag’riga olgan Buxoro vohasida yashagan erksyevar ajdodlarimiz har qanday istibdod va zulmga qaramay, el-yurt ozodligi yo’lida muttasil qaxramonona kurashib kyeldilar". i
bo’lmiщ G’oibni (1747-1757) xon dyeb e’lon qiladilar. Nihoyat, 1770 yilga kyelib, qo’pg’irot qabilasi vakillarining' hukmronligi boshlanib, ularning namoyandasi Muhammad Ali Inoq (1770-1790) hokimiyatni qo’lga oladi. Uning davrida turkmanlar va buxoroliklarning hujumi qaytariladi. XVI asr boshlarida Elbarsxon Xiva xonligini tashkil etgan edi. Xiva xonligiga Mang’ishloq hamda Xurosoning shimoliy qismi kirgan. Elbarsxon 1538 yilda vafot etgach, undan kyeyingi xonlar tyez-tyez almashinib turgan. Xiva xonlarn o’z qo’li ostilaridagi xalqni itoat qildirish maqsadida bir qabila bilan ikkinchi kabila o’rtasidagi nizoni kuchaytirishga harakat qilib, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yar, urishtirar edilar. Bu urushlar xonlikni xonavayron qilardi. 1593 yilda o’zaro urushlardan foydalangan Buxoroni Abdullaxon II Xiva xonliginn bosib oladi. Lyekin ko’p o’tmay, 1598 yilda Xiva xonligi yana mustaqillikni qo’lga kiritadi. Xiva xonligiga qo’shni bo’lgan qalmoqlar, qozoqlar, Ural qozoqlari bir nyecha marta xonlikka hujum qiladilar, ammo mag’lubiyatga uchraydilar. Ayniqsa, Arab Muhammad davrida (!602- 1623) xonlikdagi o’zaro fyeodal urushlar kuchaydi va 16?3 yilda turkmanlar yordamida Asfandiyorxon (1623-1643) taxtni egallaydi. 1698 yilda Xiva xonligini Buxoro xoni Subxonqulixon egallab, unga o’z noibi SHohniyozni xon etib tayinlaydi. XVIII asrning birinchi yarmida Xiva xonligida o’zbyeklar bilan turkmanlar o’rtasidagi o’zaro urushlar kuchayadi. Buning natijasida atrofdagi qozoq va qalmoqlarning xonlikka qarshi hujumlari kyeskinlashadi. Xon avlodlari o’rtasida ham taxt uchun kurash avj oladi. Natijada Xiva xonligi zaiflashib
373
qoladi, bundan foydalangan Eron shoxi Nodirshoh Afshar 1740 ynlda Buxoro bilan bnr vaqtda Xiva xonligiga ham xujum qilnb uni o’ziga bo’ysundiradi. Nodirshoh turkman va yovmut qabilalarini Xiva xonligidan Xurosonga ko’chirtirib yuboradi. 1747 yilda Nodirshoh o’ldirilgach, Xiva xonligi yana mustahkam bo’lib oladi. 1763 yilgacha davom etgan kurashdan so’ng o’zbyek qabilasidan bo’lgan inoqlar hokimiyatni idora etadilar. 1804 yildan boshlab ular Xiva xonligini rasmiy ravishda egallaydilar. Muhammad Raximxon davri (1806-1825) da Xiva xonligi butunlay birlashtirildi. Bu davrda markaziy hukumat mustahkamlandi, mamlakatning ichki ahvoli ancha yaxshilandi. Xiva xonligini izmida bo’lgan Xiva, yangi Urganch, Xazorasp, Xo’jayli, Toshxovuz, Gurlan, Xonqa shaharlarida turli hunarmandchilik sohalari rivojlanadi, ular savdo markaziga aylanadi. YAngi Urgyench boeori chyet ellgk savdogarlar bilan ham gavjum bo’ladi. Xiva xonligi 20 byeklik va viloyatlarga bo’lingan edi. Muhammad Raximxon davrida Dyevoni Oliy ta’sis etilib, yangi soliq islohoti o’tkaziladi. Bojxona va zarbxona tashkil etiladi, buning natijasida davlat daromadi ko’payadi. Bu davrda qo’shni mayda byeklar Orol atrofidagi qabilalar Xiva xonligiga qo’shib olinadi. Xiva xonligi Muhammad Raxim (1806-1825) vaqtida ancha qaddini rostlab, Orol aholisi va qoraqalpoqlar bo’ysundirildi. U katta xonlarda so’ng chorvador nomli turkmyen qabilalarini xonlik tarkibiga kiritdi. Olloqulixon (1825- 1842) va Muhammad Amin (1845-1855) vaqtida Xiva qo’shinlari bir nyecha marotaba Xurosonga qarshi hujum qilib, uni talon-taroj maydoniga aylantirdilar. Sayid Muxammad (!856-1864) hukmronligi paytlari turkmanlar va qisman qoraqalpoqlar bilan to’qnashishga to’g’ri kyeldi. Xonlik taxtida eng ko’p o’tirgan xonlardan biri Sayid Muhammad Rahim II (1865-1910) bo’ldi. Xonlikda davlat tuzilishi Buxoronikidan dyeyarli farq qilmagan. Xon xuquqi chyegaralanmagan holda davlatni boshqargan. Undan kyeyingi eng nufuzli lavozim vazir yoki qushbyegi hisoblanib, soliqlarni to’plash va umuman xonning barcha topshiriqlarini bajarish bilan mashg’ul bo’lgan. Kanallar qazish va ariqlarni tozalashni uyushtirish xam ularning zimmasiga yuklangan. SHuningdyek, qozi, rais, yasovul va boshqa mansablar mavjud edi. SHaharlarni hokimlar va ularning yordamchilari bo’lmish yuzboshilar va oqsoqollar idora-qilganlar. Xonlik hayotida shayxulislom (oxun) va mufti nufuzli o’rinni egallagan. Xonlikning qo’shini asosan otliqlardan iborat bo’lib, unga lashkarboshi qo’mondonlik qilgan. Askarlar tinchlik paytlarida dyehqonchilik va boshqa kasblar bilan shug’ullanganlar. Bunday askarlikka yozilgan kishilar soni X1X asrning 30-yillarida 40 ming kishiga borgan. Askarlik xizmatidagilar soliqlardan va jamoat ishlaridan ozod etilib, har bir kishi yurishda qatnashganligi uchun 5 oltin tanga olgan. Xonning hoxishiga ko’ra harbiy lavozimdagilar 10, 20, 50, 100 va undan ko’proq miqdorda oltin tanga olishgan. Xususan, biylarga 50 tangadan 100 tangagacha, yuzboshilarga 10 tangadan 20 tangagacha maosh tayinlangan. Xon saroyida yaxshi qurollangan 1000 kishi xizmat qilgan. Qo’shinning vsosiy qismi qilich, o’q-yoy va nayza bilan qurollangan. SHuningdyek oz miqdorda pilta miltiq va to’plar bor zdi. Unda o’zbyeklar bilan bir qatorda turkmanlar, qozoqlar va qoraqalpoqlar ham xizmat qilganlar. Umuman aytganda, Xiva xonligining qo’shini harbiy tyexnika jihatidan ancha orqada qolib kyetgan edi. Xonlikda sun’iy sug’orishga alohida ahamiyat byerilgan. XVI asrning o’rtalarida YAngiariq va Toshli YOrlish nomidagi ikkita kanal qazilgan. 1602 yili esa, Arab Muhammad kanali bunyod etilgan. Bu suv inshooti turk qal’asining yuqori tomoniga o’rnashgan bo’lib, tobora kyengayib borgai. U Kuygun. dyegan joyga tarkalgan, va bu yerdan Orol dyengiziga quyilgan. XVII asrning b0-80 yillarida SHoxobod va YOrlish kabi ikkita kanal qurilgan. YOrlishning uzunligi 92 km, o’rtacha kyengligi 17,5 myetrga borgan. SHoxobod kanalining uzunligi 143 km, o’rtacha kyengligi 30 myetr hisoblanib, yirik suv inshooti bo’lgan. SHuningdyek, G’oziobod kanalining ham qurilganligi ma’lum Sun’iy sug’orishda 1815 yili Qilich Niyozboy kanalining qurilishi katta ahamiyatga ega bo’lib, unda Byeshubli, Gurlan, Nukus, Uyg’ur, Polvonbyek kanallari ajralib chiqqan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, Qorako’z, YAngiyon, Abbos, Toshsoka va boshqa kanallar ishga tushirilgan. Xonlikda Amudaryodan turli tomonlarga chiqarilgan kanallar Xorazm vohasida yangi yerlarnn o’zlashtirishda, dyehqonchilikni rivojlantirpshda hal qiluvchi omil hisoblangan. SHuni aytib o’tish lozimki, sun’iy sug’orish tarmoqlaridan ko’p talofot ko’rilgan. Bundan tashqari har yili erta bahorda kanallar va ariqlar xashar yo’li bilan tozalab turilgan. Bu nihoyatda ko’p kuch va mablag’ni talab etuvchi ishga minglab kishilar jalb qilingan. Yerlar davlat va xususiy kishilarning qo’lida bo’lib, ularning muayyan qismi vaqfga byerilgan. Dyehqonchilik va bog’dorchilikda paxta, bug’doy, arpa, jo’xori, qovun, tarvuz, olma, nok, shaftoli, o’rik, tut va turli xil mahsulotlar yetishtirilgan. Manbalarda ko’rsatilishicha, xorazmliklar - mohir mirishkor va myehnatsyevar kishilar sifatida dong taratganlar. Xonlikda chorvachilik, ayniqsa, turkmanlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar orasida zo’r rivojlangan edi. Bu yerlarda kuy, ot, tuya va qoramolar xonlikning markaziy
374
tumanlariga ming-minglab kyeltirib sotilgan. Qo’shnnda turkman otlarining o’rni katta bo’lgan. SHaxar va qishloqlarda hunarmandchilikning kyeng tarqalganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Bularga ko’ra, to’qimachilik hunari o’sib, paxta va ipakdan turli gazlamalar tayyorpagan. Gazlamalar anvoyi ranglar bilan bo’yalib, ular orasida nafis matolarning qadri balasd bo’lgan. Bo’yoqchilik alohida kasb sifatida qadrlangan. Paxtadan ip yigirish hunari kyeng quloch yoygan, Bu ish bilan xotin-qizlar shug’ullangan. Kalavi ip xorijiy mamlakatlarga, xususan Rossiyaga yuborib turilgan. Mamlakatda kulolchilik kyeng tarqalib tovok-kosa, piyola, lagan va boshqa uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlangan. O’lkada oltnn, kumush qimmatbaho toshlardan va boshqa ma’danlardan zargarlik buyumlarini tayyorlash ko’payganligi h,aqida ma’lumotlar bor. Myetallardan pichoq,ustara, tyesha, kyetmon, byel, qaychi, taqa, bolta, arra, o’roq, omoch kabi asboblarni yasaydigan ustalar ko’p edi. By o’lkada ko’nchilik rivojlanib charm pishirish, mahsi, etik, kavush tikish, zgar-jabduk, tayyorlashga alohida ahamiyat byerilgan. SHolcha namat va yungdan ishlangan boshqa buyumlar ishlab chikarilgan. Xunarmandchilikda qilich, oybolta, payza, qalpoq singari harbiy qurol aslahalar, porox tayyorlangan. Ammo miltiq to’plarning sifati ancha past bo’lib, zamon, talabiga jzvob byera olmagan, o’nlardan ko’proq, solish uchun foydalanilgan. Xonlikda aravalar, suv chiviriqlari, tyegirmon toshlarini tayyorlaydngan mohir ustalar bor edi. Xiva xonligida ichki va tashqi savdoning tutgan o’rni katta bo’lgan. Xiva, Urganch, Xazorazsp, Xonqa, Toshhovuz, Xo’jayli, Gurlan, CHimboy va boshqa joylarda savdo-hunarmandchilik mahsulotlarini ko’rish mumkin edi. Xonlik mintaqadagi ko’p joylar ayniqsa Buxoro xonligi bilan qizg’in savdo aloqasida bo’lgan. Bundan tashqari, turkmanlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar bilan savdo aloqalari muntazam ravishda davom etgan. Bu ko’chmanchi xalqlardan qoramol, qo’y-echki, jun, oziq-ovqat mahsulotlari olinib, evaziga gazlama, kiyim-kyechak, uy-ro’zg’or asboblari va noz-nye’matlar byerilgan. O’troq va ko’chmanchi aholi har jihatdan bir-biriga chambarchas bog’langan holda hayot kyechirganlar. Xiva xonligi Eron, Afg’oniston, Hindiston, Rossiya va boshqa joylar bilan savdo aloqalari olib borgan. Uzoq vaqtlar mobaynida xivalik savdogarlar Astraxan, Nijniy Novgorod, Oryenburg singari shaharlarda savdo bilan shug’ullanganlar. U yerlarga turli xil gazlamalar, paxta, ipak va boshqa mollar olib borilgan, Rossiyadan esa tyemir, cho’yan, charm, tunuka, movut, to’tiyo, qand kabi mollar kyeltirilgan. Bular orasida fabrikada to’qilgan gazlamalarni ham ko’rish mumkin edi. Ayniqsa, Rossiyadan kyeyingi asrlarda tyemir, po’lat va boshqa myetallarning kyeltirilishi g’oyat foydali edi. CHunki ulardaa asosan dyehqonchilik va hunarmandchilik uchun zarur ishlab chiqarish qurollari tayyorlangan. Bu davrda xonlikda tarixga doir qimmatli asarlar yaratildi. CHunonchi, xon Abdulg’oziyning qalamiga mansub «SHajari turk» va «SHajarai tarokima» asarlari diqqatni o’ziga jalb etadi. "SHajarai turk" ryc va boshqa Ovrupo tillariga tarjima qilingan. Unda xonlikning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir qimmatli ma’lumotlar o’z aksini topib, asar turkiy xalqlar tarixini o’rganishda muhim manba hisoblangan. Abdulg’oziyning "SHajarai tarokima" asari ham g’oyat qimmatlidir. Munisning "Firdavs-al-iqbol" asari bo’lib, syermazmunligi va boy ma’lumotlari bilan ajralib turadi. Munis vafotidan kyeyin ularning davomini jiyani Ogahiy yozgan. Bunda xonlikning tarixi 1872 yil bilan tugallangan. Munis-Ogahiyning tarixiy asarida xonlikning siyosiy hayoti, Xuroson va Buxoroga qilingan harbiy yurishlar, turkmanlar hamda qorakalpoqlar haqida noyob ma’lumotlar mavjuddir. "Firdavs-al-iqbol" haqida taniqli sharqshunos V.V.Bartol’d shunday dyeydi: «Adabiy va tarixiy asarlar sifatida Munis va Ogahiyning asarlari qanchalik kamchiliklarga ega bo’lmasin, bu asarlar tasvirining to’laligi va faktik matyeriallarga mo’lligi jihatidan Buxoro va Qo’qon xonliklari tarixi bo’yicha yozilgan, bizgacha yetib kyelgan barcha asarlari ancha ustun turadi» Xivada tarixiy asarlar tarjimasi bilan ham qizg’in shug’ullanganlar. By yerda Mirxond, Xondamir, Vosifiy kabi buyuk zotlarning asarlari o’zbyek tiliga tarjima qilingan edi. Muhammad Raximxon davrida va shoir Ahmad tomonidan 30 ta shoirning ijodi va faoliyatiga bag’ishlangan tazkira yaratildi. Xorazmda mye’morchilik va qurilish sohasida ham katta ishlar qilindi. XVII asrdan boshlab hashamatli binolar qurila boshlandi. Masalan, Arab Muhammad madrasasi (1616), SHyerg’ozixon madrasasa (1718-1719) va boshqa ayrim masjidlar, hammomlar shular jumlasidandir. Ayniqsa, qo’ng’irotlar sulolasi vaqtida, xususan XIX asrdan boshlab.poytaxt Xivani yangi binolar bilan byezashga va obodonlashtirishga katta etibor byerildi. Zyero, Eltuzor va Olloqulixon saroyi (1830-1833), karvonsaroy, tim (1832) va boshka hashamatli jamoat binolari qad ko’tardi. Olloqulixon bino etgan saroy Toshhovli nomida yuritilib, u yerda mamlakatning oliy boshqaruv idoralari joylashgan edi. Xonlikda madrasalar qurishga katta e’tibor qaratilgan. Natijada Xo’jambyerdi (1688), Qozi Fozilbyek (1799), Muhammad Amin Inoq (1765), Arabxona (1810), Polvon ota (1835), Raximxon (1843), Raxmonbyerdiboy (1843), Kutlimurod Inoq (1809), Muhammad Aminxon (1851) va shunga o’xshash yana 14 madrasa bunyod etilgan. Mingdan ortiq masjidlar din va xalq xizmatida edi. Maktablarda ham hayot qaynagan. Madrasalarning ko’pligi savodxonlikning ancha yuqori darajada
375
bo’lganligidan darak byeradi. "Xiva bizning jonli tariximiz, bu dunyoga kyelib kyetgan qancha-qancha saltanatlar guvohi, yurtimizning, xalqimizning, millatimizning mislsiz o’tmishidan, ota-bobolarimizning dahosidan, ma’naviy mulkimizning buyuk iqtidori va qudratidan dalolatdir" i
Xonlikda san’at sohasida ham olg’a siljishlar yuz byerganligi haqida ma’lumotlar bor. Xullas, bu davrda Xiva xonligi uzoq va mashaqqatli yo’lni bosib, siyosiy tomondan ko’proq o’zaro chiqishmovchiliklar va qonli urushlar girdobida hayot kyechirdi. XVII asr va X1X asrning birinchi yarmida xonlikda birmuncha qulay shapoit yuzaga kyelgan bo’lsada, lyekin fan va madaniyatning izchillik bilan rivojlanishiga o’zapo upushlar xalaqit byeradi. XVIII asr boshlarida Farg’ona vodiysida Qo’qon xonligi tashkil topadi. Ming qabilasidan chiqqan SHoxruxbiy 1710 yilda CHodak xo’jalari hokimiyatini yiqitib, dastlab Farg’ona vodiysida Buxoro amirligidan mustaqil bo’lgan mulkka asos soladi. Tarixchi Abdulkarim Buxoriyning yozishicha mazkur mulk Farg’ona dyeb atalib, SHoxruxbiy o’g’li Muhammad Raximbiy xukmdorligi davrida (1721-1740) syekin-asta kyengaya boradi. SHoxruxbiyning ikkinchi o’g’li Abdulkarimbiy (1740-1760) davrida Qo’qon, Andijon, Namangan va Marg’ilon shaharlarida savdo va hunarmandchilik taraqqiy etadi. Abdulkarimbiy markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun fyeodallar o’zboshimchaligiga chyek qo’yishga intiladi. Norbo’tabiy (1769-1800) davrida CHust, Namangan va Xo’jand byeklar qarshiligi bostiriladi. Uning vafotidan so’ng 1800 yildan fyeodallar o’ptasida hokimiyat uchun kurash yana kuchayadi va natijada taxtga Norbo’tabiy o’g’li Olimbyek o’tqaziladi. Olimbyek (1800-1809) Qo’qon xonligida fyeodallvr o’zboshimchaligini bostiradi. U harbiy isloxot o’tkazib, o’z davlatining qudratini oshiradi. 1803-yillar davomida Olimbyek Toshkyent, CHimkyent va Cayramni bosib oladi, Olimbyekning markazlashgan kuchli davlat tuzish yo’lidagi intilishi ba’zi fyeodallar guruhi orasida kyeskin norozilik tug’diradi. Buning natijasida u ukasi Umarxon boshchilik qilgan fitnachilar tomonidan 1809 yilda o’ldiriladi. Umarxon (1809-1822) Qo’qon xoni bo’lgach, Turkiston shahri va qozoq dashtlarining anchagina qismini xonlikka qo’shib oladi. Toshkyent, Buxoro va Xivadan Oryenburgga boradigan karvon yo’llari tutashgan joyda oqmachit qal’asini qurdiradi. Umarxonning o’g’li Muhammad Alixon (1822-1842) taxtga o’tirgach 1826 yilda SHarqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh ko’targan musulmon aholiga yordam byerish uchun qo’shin tortib boradi va sharqiy Turkistonning Oqsuv, Qashg’ar, YOrkyent, Xutan shaharlaridan soliq, olish huquqini qo’lga kiritadi. Muhammad Alixon 70 mingga yaqin sharqiy turkistonlik musulmonlarning o’zi bilan olib kyelib, SHaxrixon va uning atrofidagi qishloqlarga joylashtiradi. U 1834 yilda Oloy tog’ining janubiy etaklaridagi Qoratyegin, Darvoz, SHugnon, Rushon va Voxon byekliklarini Qo’konga bo’ysundiradi. Biroq bu muvaffaqiyatlar uning mavqyeini mustahkamlay olmadi. Bu davrda xonliklar va amirliklar o’rtasida o’zaro kurashlar avj oladi. Masalan, Qo’qon xonining ichki dushmanlari, ya’ni xonga qarshi kayfiyatdagi fyeodallar va pyhoniylap oshkora bosh ko’tarib chiqishga botinmay, Buxoro amiri Nasrulloga yordam so’rab murojaat qiladilar, 1840 yilda Qo’qon bilan Buxoro o’rtasidagi urush Muhammad Alixonning mag’lubiyati bilan tugaydi. Qo’qon xoni o’zini Buxoro amiriga tobye dyeb tan olishga Xo’jand shahrini Buxoroga topshirishga majbur bo’ladi. 1842 yili Qo’qon xonligida xon zulmiga qarshi qo’zg’olon ko’tarilgach, bundan xabar topgan amir Nasrullo Qo’qonga yana lashkar tortib kyeladi. Muhammad Alixon va uning yaqin qarindoshlari qatl etiladi. Amir Nasrullo Qo’qon xonligini Buxoro amirligaga qo’shib olinganligini e’lon qilib. Qo’qonga o’z noibi va boshqa shaharlarga o’ziga sodiq byeklarni tayinlab qaytib kyetadi. Ammo ko’p o’tmay, 1842 yilning yozida yana katta qo’zg’olon ko’tariladi va Buxorodan tayin qilingan noib va byeklar yiqitiladi. Norbo’tabiyning - ukasi SHyerali (1842-1845) xon qilib ko’tariladi. 1843 yili amir Nasrullo o’z mavqyeini tiklash maqsadida Qo’qonga yana qo’shin tortib kyelib, shaharni 40 kun qamal qiladi. Biroq xuddi shu vaqtda Xiva xoni Olloqulixon Buxoroga hujum qilganligi sababli amir yana qaytib kyetishga majbur bo’ladi. Xo’jand va Toshkyent shaharlari yana Qo’qon xonligiga o’tadi va Qo’qon xonligi Umarxon davridagi chyegaralarini tiklaydi. SHyeralixonni taxtga o’tqazishda ko’maklashgan qippchoqlar Qo’qon xonligidagi eng muhim mansablarni egallab olishga intila boshlaydi. Lyekin SHyeralixon bunga yo’l byermaydi. Natijada qipchoqlar qo’zg’olon ko’tarib, xon qo’shinlarini tor-mor kyeltiradilar. Qipchoq oqsoqollari yana SHyeralixon taxtda qoldirishga va qipchoqlar boshlig’i Musulmonqulni amiri lashkar, ya’ni qo’shin qo’mondoni hamda bosh maslahatchi qilib tayinlashga qaror qiladilar. Musulmonqul bosh qo’mondon bo’lgach, Qo’qon xoni qo’shinlarini qipchoq yigitlaridan qayta tuzib, eng muhim vazifalarga qipchoqlarni qo’ya boshlaydi va butun hokimiyatni o’z qo’liga oladi. SHyeralixon nomigagina xon bo’lib qoladi, 1845 yili Musulmonqulxonning O’shdagi qo’zg’olonini bostirishga kyetganligadan foydalanib, ba’zi o’zbyek byeklari Oloy qirg’izlari bilan til biriktiradilar va SHyeralixon o’rniga Olimbyekning o’g’li Murodxonni taxtga o’tqazadilar. SHyeralixon o’ldirilib, saroy talanadi va o’g’illari zindonga tashlanadi. Byxopo amiri tomonidan qo’llab-quvvatlangan Murodxon o’zini Buxoro amirining noibi dyeb z’lon qiladi. Bu voqyealardan xabardor bo’lgan Musulmonqul tyezlik bilan 376
qipchoqlardan katta qo’shin to’plab, Qo’qonga yurish qiladi va Murodxon lashkarlarini tor-mor kyeltiradi. Murodxon qatl qilinib, taxtga SHyeralixonning o’gli Xudoyorxon o’tkazildi. Mysylmonqul butun hokimiyatni o’z qo’liga oladi. U Xudoyorxonni o’ziga kuyov qilib, yuqori mansablarni qipchoqlarga byera boshlaydi. Qipchoqlar yoppasiga Qo’qonga ko’chib kyelib, shahar aholisining uy-joylarini tortib ola boshlaydilar. Sug’orish kanallari qipchoqlar tasarrufiga o’tadi. Dyehqonlar suv uchun o’lpon to’lashga majbur etiladi. Buning ustiga Musulmonqulning Qo’qonga bo’ysunmay qo’ygan Toshkyent, O’ratyepa, Xo’jand byeklariga qarshi olib borgan muvaffaqiyatsiz urushlari xalk, ahvolini yomonlashuviga olib kyeladi. Bularning barchasi xalq noroziligini kuchaytiradi va qo’lg’alon ko’tarilish ehtimolini tug’diradi. O’z mavqyeidan xavotir bo’lgan Xudoyorxon Musulmonqulni va uning tarafdorlari bo’lgan qipchoqlarni tugatishga qaror qiladi. 1852 yil 9 oktyabrda Toshkyent va Qo’qonda qipchoqlar qirg’in qilinadi. Musulmonqul qo’lga olinib, Qo’qonga olib kyelinadi va qatl etiladi. Qipchoqlarga qarashli yer suvlar musodara qilinadi. Musulmonqul guruhi tor-mor qilingan bo’lsa ham hokimiyat uchun kurash to’xtamaydi va qisqa vaqt ichida Qo’qon xonligida xonlar bir nyecha marotaba almashadi. 1858-1862 yillarda SHepalixonning o’g’li Mallaxon, 1862 yilda Xudoyorxonning akasi SHomurodxon, 1862-1863 yillarda yana Xudoyorxon, 1863-65 yillarda Mallaxonning o’g’li Sulton Saidxon Qo’qonga xonlik qilishadi. 1865 yilda yana Xudoyorxon Buxoro amiri Muzaffar yordamida Qo’qon taxtini egallashga muvaffaq bo’ladi. Taniqli o’zbyek yozuvchisi Abdulla Qodiriy xonlik davrlariga bag’ishlab "O’tgan kunlar", "Myehrobdan chayon" romanlarini yozgan. By asarlarda u xonlar zamonidagi Qo’qondagi ijtimoiy hayotni mohirlik bilani tasvirlab byeradi. Ayniqsa yozuvchi o’zining "O’tgan kunlar" romanida Qo’qon xonligidagi voqyealarni tasvirlab «qipchoqqa qirg’in" dyegan bobida o’sha voqyealarning asl mohiyatini ochib byeradi. YOzuvchi YUsufbyek Xoji tilidan xonlikdagi o’zaro nizolarni qoralab va Turkiston xalqlarining boshiga tushajak ofatlarni bashorat etib, shunday yozadi: "Maksadlari juda ochiq - dyeli Hoji. Bittasi mingboshi bo’lmoqchi, ikkinchisi Normuhammadxonning o’rniga minmoqchi, uchinchisi yana bip yana bir shaharni qaram qilib qilmoqchi… ittifoqi nima ekanligini bilmagan yolg’iz o’z manfaatining shaxsiyasi yo’lida, bir- birini yeb, ichgan mansabparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog’idan - yo’qolmay turib, bizning odam bo’lishimizga aqlim yetmay qoldi… shu holda kyetadigan, bir-birimizning tyegimizga suv quyadigan bo’lsak, yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimiz egallar va biz bo’lsak o’z qo’limiz bilan kyelgusimizni o’ris qo’liga qoldirgan bo’lamiz» i - dyeydi. Xonlikning siyosiy hayotida ko’proq o’zaro urushlar, tarqoq va parokandali hukm surib, markaziy hokimiyat talon-taroj maydoniga aylangan edi. Oqibatda davlat nihoyatda zaiflashib, xonlik yerlari tobora qisqarib bordi. Qo’qon xonligidagi hokimiyatning boshqaruv tartiblari Buxoro va Xiva xonliklaridan dyeyarli farq qilmaganyu bu yerda ham xon chyeklanmagan huquqqa ega bo’lib, o’zining hoish irodasiga ko’ra ish yuritgan. Xonlik viloyatlarga taqsimlangan bo’lib, ularni byek hokim lavozimidagi amaldor boshqargan. Vazir xondan kyeyingi ikkinchi shaxs hisoblanib, muhim masalalar bo’yicha hukmdor bilan kyelishgan holda ish olib borgan. Oliy, o’rta va qo’yi ma’muriy boshqaruvda quyidagi mansablar mavjud edi: qushbyegi, otaliq, devonbyegi, mingboshi, shayxulislom, qozikalon, parvonachi, ishg’ovul, sarkor, ipak, dasturxonchi, amin, yasovul, oqsoqol. Mingboshi yoki otaliq harbiy unvon hisoblangan. Saroy qoshida maxsus kyengash tuzilgan bo’lib, unga eng oliy vakillar kiritilgan. Xon - kyengashining raisi va faoliyatini byelgilovchi shaxs hisoblangan. Qo’shinda mingboshi, byeshyuzboshi, yuzboshi va o’nboshi lavozimlari bo’lgan. Uning muayyan qismi muntazam xizmatni o’tab, ko’pchiligi tinchlik paytida dyehqonchilik, hunarmandchilik va boshqa ishlar bilan shug’ullangan. Harbiy xizmatni o’tovchilarga bir ot va egar jabduq byerilgan. YUzboshiga bir yilga 147 so’m, ellikboshiga 98 so’m, o’nboshiga 65 so’m, oddiy sarbozga 48 so’m haq to’lashgan. Viloyatlardagi qo’shinni ta’minlash hokim, poytaxtdagisi esa hukumat zimmasida bo’lgan. Qo’shin qilich, nayza, piltali miltiq, va to’plar bilan qurollangan bo’lib, harbiy mahorati ancha pasayib kyetgan edi. Ichki o’zaro to’qnashuvlar, ayniqsa, Buxoro xonligi bilan urushlar qo’shinni tinkasini quritgandi. Boshqa xonlikdagi o’xshash Farg’ona vodiysida va qaram joylarda sun’iy sug’orish hal qiluvchi o’rinni egallagan. SHu bois sug’orishga alohida e’tibor byerilgan. Vodiyda Oloy va Turkiston tizmasidan oqib tushadigan Norin daryosi suvidan kyeng foydalanilgan. Oqbura, Aravon, Isfayram, SHohimardon, So’x va Isfara singari daryolar ham katta ahamiyatga ega bo’lgan. SHuningdyek, Qoradaryo va uning irmoqlari bo’lmish Qurshob Qoraxo’ja, G’ar, YAssi, Kugart, Maylisoy hamda CHotqol tog’laridan oqib tushadigan Podshoota, Kosonsoy, G’ovacoy daryolari dyehqonchilikning rivojlanishida muhim o’rin tutgan. Norin va Qoradaryo qo’shilishidan yuzaga kyelgan Sirdaryo eng katta suv manbai edi. Farg’ona vodiysida sun’iy sug’orishga SHoxruxbiy va Erdonabiy vaqtida alohida e’tibor byerilgan. Xususan, Erdonabiy Co’x daryosidan ariq chiqarib, yangi yerlarni o’zlashtirgan. So’x daryosidan ariqlar Norbo’tabiy davrida qazilgan. Olimxon esa oltita kanal chiqargan va Oltiariq nomli katta qishloqning yuzaga
377
kyelishiga sababchi bo’lgan. Muhammadalixon ham So’g’ddan ariq qazigan. Sun’iy sug’orishning rivojlanishi dyehqonchilikning va umuman vodiyda ishlab chiqarishning o’sishiga olib kyelgan. Dyehqonchilikda paxta, ipak, tamaki yetishtirilishi bilan birgalikda sabzavotchilik va bog’dorchilik rivojlantirilgan. Hunarmandchilik ham kyeng quloch yoygan. Ayniqsa, to’qimachilik, kulolchilik, ko’nchilik, tikuvchilik, bo’yoqchilik, misgarlik, tyemirchilik, duradgorlik va hunarmandchilikning boshqa turlari rivojlandi. Ular faqat ichki extiyoj uchun emas, balki tashqi bozor uchun ham turli tuman nafis mahsulotlarni ishlab chiqarganlar. Xonlikda savdo-sotiq qizg’in tus olgan. Qo’qon, Andijon, Marg’ilon, Namangan va O’sh yirik savdo- hunarmandchilik markazlariga aylanib, Buxoro, Toshkyent, Samarqand, Xo’jand, Xiva hozirgi Qirg’iziston va Qozog’iston yerlari bilan yaqindan savdo aloqalarini olib borganlar. O’z navbatida Qo’qon savdogarlarini Turkiston o’lkasining ko’p joylarida uchratish mumkin edi. Ular ayni bir, paytda Xitoy, Hindiston, Turkiya, Rossiya, Arabiston va boshqa xorijiy mamlakatlar bilan savdo qilganlar. Ma’naviy hayot ham rivojlangandi. X1X asr davomida qimmatli tarixiy asarlari yaratildi. 1822 yilda Mirzo Qalandar Isfaragiy tomonidan "SHoxnoma" asari, nihoyasiga yetkazildi. Muhammad Hakimxonto’ra Qo’qandiyning "Muntahab ab-tavorix" asari o’zining syermazmunligi va ma’lumotlarga boyligi bilan ajralib turadi. Hakimxon ko’pni ko’rgan muallif hisoblanib, Rossiya, Turkiya, Makka va Madinaga sayohat qilgan. Bu asar xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini o’rganishda qimmatli manbadir. Mulla Niyoz Muhammad Xo’jandiyning «Tarixi SHoxruxi» asari ham qimmatlidir. Avaz Muhammadning "Tarixi jahon pomoyi" va mulla Mirzo Olimning "Ansob assalotin va tavorix il-xavokin" kabi asarlari yozilgan. Xonlikda adabiyot sohasida ham yutuqlarga erishilib, ko’plab mashhur shoirlarning salmog’i ancha bo’ldi. Qo’qon xoni Umarxonning o’zi ''Amiriy" taxallusi bilan o’zbyek tilida go’zal g’azallar yozgan. Uning rafiqasi Mohlaroyim "Nodira" taxallusi bilan shye’rlar yozib, butun sharqda mashhur shoira, davlat arbobi, go’zal va bokira ayol sifatida nom taratdi. Nodira o’zbyek shoirasining taxallusidir, u tyengi yo’q, yakkayu yagona, ma’nosini anglatadi. Nodira faqat o’zbyek tilidagina emas, balki fors-tojik tilida ham "Maknuna", "Komila" taxallusida.shye’rlar, g’azallar bitgan. 1822 yilda Umarxon to’satdan vafot etgach, mamlakatni boshqarish tashvishlari Nodirabyegimga qoldi. CHunki o’g’li Muhammad Alixon yosh edi. Nodira' mamlakat xo’jaligini yaxshilash, madaniy hayotini jonlantirish bo’yicha muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Nodirani, eng olijanob va e’tiborga loyiq tadbirlaridan biri shu bo’ldiki, u o’z atrofiga zamonasining qobiliyatli va ijod egalari bo’lmish shoirlarni to’pladi va ularga xomiylik qildi. Uvaysiy, Maxzuna, Mushtariy va boshqalar uning eng yaqin maslakdosh va maslahatgo’ylari edilar. Nodira insoniylik, ezgulikni ulug’ladi, hayotbaxsh orzu-umidlarni tarannum etdi. 184? yilda Nodira hayotida katta fojyea yuz byerdi. Buxoro amiri Nasrullaxon Qo’qonni bosib oldi va Nodirabyegimni shariatni buzganlikda ayblab, uni qatl qildi. Nodira fyeodal jaholatning qurboni bo’ldi. Xonlikda mye’morchilik ham kyeng rivojlandi. Ajoyib madrasalar, masjidlar, karvonsaroylar, jamoa binolari qad ko’tardi. Masalan, Norbo’tabiy madrasasi (1799), Jomye’ masjidi (1815); Qo’qon O’rdasi (xon saroyi 1870) mye’morchilikning yorqin namunalari sifatida-hamon savlat to’kib turibdi. Xonlikda maktab madrasalarda savod chiqarish bilan birga diniy va roman dunyoviy fanlar bo’yicha mashg’ulot o’tkazilgan. Ularda ta’lim va tarbiya olgan kishilar orasidan mashhur shoirlar, olimlar yetishib chiqqan. Biroq o’zaro qonli urushlar va kyelishmovchiliklar hamda xonlarning aksariyati madaniyatga yegarli darajada e’tibor byermasliklari orqasida istye’dodlar makoni vodiyda fan va madaniyat uzviy rivojlanish imkoniga ega bo’lmadi. Umumiy xulosalar shundan iboratki, garchand Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarida hayot o’z yo’lida davom etib, muayyan darajada olg’a siljishlar va yutuqlar ko’zga tashlangan bo’lsada, biroq ular mavjud tabiiy boyliklarga va kyeng imkoniyatlarga taqqoslanganda, dyengizdan cho’mich suvga o’xshab kyetadi. Bunga tinimsiz davom etgan taxt uchun kurashlar va xonliklarning o’zaro urushlari orqasida yuzaga kyelgan og’ir sharoit sabab bo’lgan edi. Unchalik katta bo’lmagan mintaqada bir-biriga uchta mustaqil xonlikning mavjudligi pirovardida fojyeali oqibatlarni tug’dirdi. Xonlarning ko’pchiligi siyosiy va harbiy jihatdan o’ta zaifligi, ko’proq shaxsiy manfaatlarini o’ylab ish yuritishlarn hamma qo’shinning zamonaviy qurol aslahalari bilan ta’minlanmasligi mamlakat mudoofasiga chidab bo’lmaydigan darajada salbiy ta’sir ko’rsatdi. Turkistonda parokandalik va og’ir sharoit hukm surayotgan davrlarda Rossiya Ovrupaning qudratli davlatlaridan biri sifatida maydonga chiqdi. Uning qo’shini har jihatdan yaxshi ta’minlangan va' qurollangan bo’lib jangovarlik faoliyati ancha baland edi. Xullas, sun’iy sug’orish ishlari, qurilishdan tortib dyehqonchilik, hunarmandchilik, fan va madaniyatgacha, ichki savdodan tashqari iqtisodiy aloqalargacha (Eron, Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, Rossiya va boshqalar) oid ma’lumotlar, umuman olganda yurtimiz va ajdodlarimiz XVII-XIX asrlarda dunyoning ko’pchilik xalqlari va mamlakatlaridan orqada bo’lganligini ko’rsatadi. Undan oldingi o’tmish madaniyatni nazarda tutsa kyelayotgan fan va tyexnika acpida (XX) taraqqiyotning oldingi saflarida
378
turishlari uchun potyensial imkoniyatlar bor edi. i Ammo, ulardan foydalanishga bir qator omillar yo’l qo’ymagan. Birinchdan, asrlar davomida bir butun bo’lib kyelgach mamamlakatning, bir iqtisodiy va madaniy makonda yashab kyelgan xalqning uchga bo’linib kyetishi, xonliklar, o’rtasidagi to’xtovsiz urushlar har bir xonlik o’rtasidagi boshboshdoqlik va hokimiyat uchun o’zaro tinimsiz davom etgan ichki nizo va urushlar butun mamlakatni xonavayron qildi. Bu jarayon guruhbozlikni kyeltirib chiqardi, qabilalarning etnik aralashuviga, bir xalq bo’lib qovushishiga, jipslashishiga xalaqit byerdi. Davlat darajasida ham viloyatlar darajasida xam yagona xalq, yagona vatan tushunchasini qadri anglab olinmadi. Ikkiinchdan, aholi xon va byeklarning turli lavozimdagi mansabdorlarning zo’ravonligidan o’z6oshimchaligidan, mansabini suistye’mol qilishidan, g’ayriqonuniy soliq va jarimalardan himoya qilinmadi. Uchinchidan, asosiy boylik bo’lgan yerga mulkchilikning eski usuli bip nyecha asrlardan byeri o’zgarmadi. Xonliklarda oliy hukmdor yerning birdan bir egasi bo’lib, yer ishlovchilarga - dyehqonlarga ijara tarzida xatlab biriktirilgan edi. Dyehqon yer egasi emas, yerdan olinadigan hosilning egasi edi xolos. SHu bois dyehqon yerni acpab-avaylashga uning unumdorligini oshirishga intilmadi. To’rtinchidan xonliklarda sanoat rivojiga e’tibor kuchaymadi. Oltingugurt, rangli myetallar, marmar, toshko’mir, nyeft kabi tabiiy boyliklarga syerob konlar bo’lsa-da, ularni qazib olish tog’-kon ishlarini rivojlantirish, kyemasozlikni yo’lga qo’yish masalalari hal qilinmadi. Byeshinchidan, tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Daromad istye’mol va qo’shin xarajatlarini zo’rga qoplar, kapitalga aylanmasdi. Pul, oltin-kumush xon va amaldorlarning xazina to’plash manbai bo’lib qolgan edi. Oltinchidan, xonliklarning savdo munosabatlarida hamon ayriboshlash usuli davom etardi. O’rta Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga bu yerda yagona ichki bozor tashkil topmadi. Yettinchidan va eng muhimi, X1X asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududidagi xonliklarda o’z millati, xalqi va Vatani istiqboli uchun qayg’uradigan, odamlapni bir g’oya va bir ezgu maqsad yo’lida birlashtira oladigan hamda ortidan eprashtipa oladigan yo’lboshchi - sardor bo’lmadi. Buxoro amirligida ham. Qo’qon va Xiva xonliklarida ham shunday arbob tarix sahnasiga chiqmadi. Bosqinchilarga ko’ksini qalqon qilib, ko’hna Turon jangovar shavkatini namoyish qila oladigan va Turkistonni bir umumiy uy dyeb bilgan yurtboshi topilmadi.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling