Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
- Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars o`tish vositalari
- – 80 minut.
- 50 minut
7- Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati Ryeja: 356
1. X1Vasrning ikkinchi yarmi va XV asrda Movarounnahr va Xurosonda moddiy madaniyat ravnaqi. 2. Temuriylar davrida ilm-fan. Ulug'bekning ilmiy inaktabi. 3. Hattotlik, tasivriy san'at va musiqa madaniyati. 4. Badiiy adabiyot. Alisher Navoiy ijodiy mcrosi. Asosiy adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Ulug’bek ruhi barhayot. – Asarlar, T.2, 319-322 b. 2. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddas. T.3, T: “O’zbekiston”, 1996y. 3. Karimov I. A. Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga na’muna bo'laversin. Asarlar, 4-jild, T., «O'zbekiston», 1996y,340-343 b. 4. Karimov I.A. Ulug’larni e’zozlagan yurt zavol ko’rmagay. – Asarlar, T.10,18-23 b. 5. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 6. Abdunabiyev A. Vklad v mirovuyu sivilizasiyu. T., 1998. 7. Axmyedov B. Ulug’byek, Essye. - T., 1994. 8. Axmyedov B. Amir Tyemur (tarixiy roman). - T., Myeros, 1995. 9. Vambyeri X. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. 10-37 byetlar. 10. Vosifiy Z. Badoye ul-vaqoye. -T., G’ofur G’ulom nashriyoti, 1979. 11. Muhammadjonov A. Tyemur va tyemuriylar davri. -T., Fan, 1996. 12. Mo’minov I. Amir Tyemurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli. T., Fan, 1993. 13. Amir Tyemur jahon tarixida. -T., SHarq, 1996. 14. Tyemur va Ulug’byek davri tarixi. -T., Qomuslar bosh tahririyati, 1996. 15. Nizomiddin SHomiy. Zafarnoma. -T., O’zbyekiston, 1996. 16. SHarofiddin Ali YAzdiy. Zafarnoma. -T., SHarq, 1997. 17. Qayumov A. Alishyer Navoiy. -T., 1994. 18. Vatan tuyg’usi. -T., O’zbyekiston, 1996, 393-430 byetlar. 19. Ibroximov A. Biz kim, o’zbyeklar.... -T., 1999, 85-102 byetlar. 20. O’zbyekiston tarixi. 1-qism. -T., Univyersityet, 1997. 21. O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003y, 268-289 b. 22. Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y.
Qo’shimcha adabiyotlar: 23. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. T., «O'zbekiston», 1996y. 24. Sharafiddin Ali Yazdiy. “Zafarnoma”. - T., Sharq, 1994 y. 25. Abdinabiyev A. Vklad v mirovuyu sivilizasiyu. T., «O'zbekiston», 1998y. 26. Amir Temur jahon tarixida, - T., Sharq, 1996 y. 27. Axmedov B. Amir Temur ( t a r i x i y roman). T., «Meros», 1995y. 28. Axmedov B. Amir Temurni yod etib.- T., O’zbekiston, 1996 y. 29. Axmedov B. Mirzo Ulug'bek. - T.. 1994y. 30. Vamberi X. Buxoro yohud Movarounnahr tarixi. T., «Fan», 1990, 30-37 b. 31. Ziyo A.O’zbek davlatchiligi tarixi. – T., Sharq 2000 y. 32. Ibrohimov A.,Saidjonov X., Jo’raev N. Vatan tuyg’usi. – T., O’zbekiston, 2000 y. 33. Muhammudjonov A. Amir Temur va temuriylar davri. T., “Fan”, 1996y. 34. Mo’minov I. Amir Temurning O’rta Osiyo xalqlari tarixida tutgan o’rni va ro’li. – T., “Fan”, 1993 y. 35. Temur va Ulug'bek davri t a r i x i . T., Qomuslar bosh tahririyati, 1996y. 36. Qayunov A. Alisher Navoiy. T., 1994y. 37. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali.
Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarga O’zbyekiston tarixi fanining tadqiqot ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish, shuningdyek turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga byerilgan ta’riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuni syerqirra mavzu ekanligidan talabalarni boxabar etish. Dars o`tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) Dars o`tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan 357
ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi: Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati-2 minut Talabalarning davomati – 3 minut Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash (o’tilgan mavzu bo’yicha)-50 minut Sinov savollar namunasi (savol-javob triqasida)– 10 minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-5 minut Uyga vazifa byerish – 5 minut 1-masala: Tyemur va Tyemuriylar davrida qurilish ishlari, mye’morchilik taraqqiyoti tyez o’sdi. Bu haqda V.V. Bartol’dning quyidagi so’zlarini o’qish mumkin; "Tyemur......... tashabbuskor quruvchi edi; U buyuk imoratlar barpo etdi va ularni ulkan bog’u-rog’lar bilan o’radi, shahar va kishloqlarni tikladi, suv inshootlari barpo etildi va bo’zilganlari tuzatildi. Madaniyat barpo etish mumkin bo’lgan yer maydonlarini bo’sh koldirmas edi. Tyemurning ijodkorlik faoliyati ham uning qilgan vayronagarchiliklari kabi kishini hayratda qoldiradi. Musulmon mye’morchiligidagi eng yaxshi davr Tyemur va uning avlodlari nomi bilan bog’liq" i . Tyemur va uning avlodlari davrida Samarqandda, Toshkyentda (Zangiota qabri), Buxoro, SHahrisabz, Qarshi, Turkistonda, Xurosonning markazi Hirot, Mashhad, Nishopur, Qobul va boshqa shaharlarda katta yaratuvchilik ishlari olib borildi. Sohibqironning buyrug’iga asosan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda Kyesh shaharlari atrofida mudofaa dyevorlari barpo etilgan. Tyemurning o’z ona yurti Kyeshda, buyuk alloma Ahmad YAssaviyga atab Turkistonda qurdirgan madrasalari Tyemur davlati qudratini jahonga ko’z-ko’z qilgan. 1380 yilda esa Kyesh qo’rg’oni va 1404 yilda onasi Nyeko’zbibi sharafiga mashhur Oqsaroy qurilgan. Oqsaroy qurilishining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shu edikim, saroy tomi tyepasida hovuz bo’lib, unga suv Taxtaqaracha dovonidan-tog’dan quvurlar orqali olib kyelingan. Albatta Amir Tyemur birinchi navbatda poytaxti Samarqandni dunyoning eng go’zal va obod, ko’rkam byetimsol shaharlaridan biriga aylantirishni o’zining bosh vazifasi dyeb bildi. U ishni eng avvalo mo’g’ullar istilosidan so’ng 150 yil mobaynida vayron va qarovsiz yotgan shaxhrlarning mudofaa dyevorlarini tiklashdan boshladi. Osma suv yo’li ("Jo’yi Arsiz")ning yakson etilishi tufayli suvsiz qolgan Samarqand mahallalariga Zarafshondan suv kyeltiradi. Amir Tyemur o’z saltanatining qo’rg’oni - Ark Qal’a, undagi byetakror va go’zal binolarni qurdirdi. Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy dyeb elda mashhur bo’lgan bu binolar shaharning ko’rki hisoblangan. SHahar arki ichida bu binolardan tashqari masjid, ulkan kutubxona, shohona uy-joylar, Amir Tyemurning xazinasi va taxti, pul zarblanadigan qo’ra, aslahasozlik ustaxonalari, soz hammomlar hamda zindon bo’lib, atrofi qalin va baland dyevorlar bilan o’ralgan. Sohibqiron Hindiston safaridan qaytgach, uning farmoni bilan jomye’ masjidi (Bibixonim nomi bilan ataluvchi masjid madrasa) qurilishi boshlanadi. Jomye masjidi qurilishiga Tyemurning shaxsan o’zi qiziqqan va jangu-jadallar bilan band bo’lsada, uni e’tiboridan qochirmagan. Jomye’ masjidi byelgilangan muddatda bitkaziladi. Biroq Sohibqiron bu paytda safarda edi. Ayni paytda Tyemurning syevimli, va katta xotini Saroymulkxonim ("Bibixonim") bunyod etilgan jomye’ masjidi yonida jozibali va ulug’vor muhtasham madrasa qurilishini boshlab yuborgan edi. Amir Tyemur mashhur SHoxizinda qabristonini ham o’zining o’tkir zyehni va ziyrak e’tiboridan chyetda qoldirmadi. ("SHohizinda"-"tirik shox" ma’nosini byeradi). Undagi maqbaralarning eng qadimiysi- Ko’sam ibn Abbos maqbarasidir. Ko’sam ibn Abbos islom dinining asoschisi, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning amakivachchasi bo’lgan abbosning zurriyoti edi. Ko’sam ibn Abbos islomni targ’ib va tashviq qilishda ishtirok etgan buyuk shaxslardan bo’lgan. U shu maqsadda 676 yilda arab istilochilari bilan birgalikda Samarqandga kyelgan. SHu yerda afsonalarda aytilishicha, nomoz o’qib turgan paytlarida kofirlar hujum qilib uni o’ldirgan ekanlar. Amir Tyemur Kusam ibn Abbos qabri ustiga yangi daxma o’rnatgan. Bu daxma Markaziy Osiyo qadimgi kulollari ishlarining eng yaxshi namunalaridan biridir. CHingizxon to’dalari tomonidan batamom kuli ko’kka sovurilib, vayronaga aylantirilgan Afrosiyob Tyemur va Tyemuriylar davriga kyelibgina haqiqiy ikkinchi hayotga yuz o’girdi. Amir Tyemurdan so’ng uning istye’dodli va ma’rifatparvar nabirasi Ulug’byek davrida Samarqand o’z boshidan gullash davrini kyechirdi. Ajoyib va muhtasham binolar qad ko’tardi. "Bibixonim" madrasasi, Afrosiyob atroflari husniga husn qo’shildi. "Bibixonim" masjidi hovlisining o’rtasida marmar toshdan yasalgan Lavx bor (Lavx-qur’on qiroat qilinadigan maxsus kursidir). Ushbu Lavxni Mirzo Ulug’byek XV asrning o’rtalarida yasatgan. Unda quyidagi so’zlar bitilgan: "Sultoni azizim, oliy himmatli hoqon, din-diyonat homiysi, Xanafiya mazhabining posboni, aslzoda sulton, Ibn Sulton Amiri Mo’min Ulug’byek Ko’ragon". SHohizinda ansamblining asosiy bosh darvozasini Ulug’byek o’g’li Abdulazizga atab, milodiy 1434-1435 (hijriy 838) yillari kurdirgan. Unga
358
quyidagi so’zlar bitilgan: "Abdulaziz Bahodir Ibn Ulug’byek, Ibn SHoxruh, Ibn Tyemur". "SHoxizinda ansamblida Tyemur va Tyemuriylar qurdirgan maktablarning soni 20 dan oshdi. Maqbaraning ichi juda baland va byezaklarning jilosi bilan har qanday kishini hayratlantiradi. Makbaraning o’rtasiga o’rnatilgan sag’ana toshlarida tyemuriylarga bag’ishlangan yozuvlar bor. SHular orasida Amir Tyemur qabri ustiga qo’yilgan to’q yashil rangli mohtobdan yasalgan qabr tosh diqqatga sazovordir. 1425 yilda Ulug’byek Qarshi (Naxshab) shahrini mo’g’ullardan tozalagach, shahardagi mug’ul xoni saroyidan yana shu to’q yashil mohtobni Samarqandga olib kyelib bobosi Sohibqiron sag’anasi ustiga qo’ydiradi. Bu toshda yozilgan juda ko’p, uzundan-uzoq 51 satrli jumlalar qatorida quyidagilarni o’qiymiz: "Bu toshni Audanlik hoqon Dava Suxonxon Qarshi dyeb ataladigan poytaxtga ko’chirib olib kyelgan. Jyetaga otlanganida Qarshidan Ulug’byek Ko’ragon (Bu yerga) ko’chirtirib olib kyeldi. U nihoyatda moxirdir......". Amir Tyemur soxibqironning moddiy myeroslari uzoq yillar davomida taloy-taroj qilindi, xo’rlandi va toptaldi. Xususan, chor Rossiyasi mustamlakachilik zulmi va qizil saltanat xukmronligi davrida ulug’ sohibqiron tomonidan yaratilgan boyliklar turli yo’llar bilan yurtimizdan olib chiqib kyetildi. Ularning ko’plari Rossiyaning Davlat Ermitaj muzyeyida saqlanmokda, kattagina qismi esa chyet ellarga oltinlar hisobiga sotib yuborilgan. Taqdir taqozosi bilan Amir Tyemur qabri ikki marotaba byezovta qilingan. Qarangki, go’yo ikki marta ham Amir Tyemur ruhlari o’z dushmanlaridan ayovsiz o’ch olgan. 1736 yilda Eron taxtiga chiqqan Nodirshoh Amir Tyemur sag’anasiga qo’yilgan mohtob qabr toshini Mashhadga olib kyetgan va evaziga ko’p o’tmay o’z nabirasi, shohonshox Aliqul Mirzo tomonidan o’ldirilgan. Ikkinchi marta Tyemur sag’anasini ochish qizil saltanat davrida 1941 yil 22 iyun’ tong saharlab 5.00 da boshlanadi. Xuddi o’sha yil, o’sha kun va o’sha soatda fashistlar Gyermaniyasi SSSR ga urush e’lon qildi. Har ikki holatda ham, biz buni tan olamizmi yo’qmi, hoxlaymizmi yoki yo’qmi, go’yo ollohi Karim xuddi buyuk Tyemur uchun uning kabrini byezovta qilganlardan qonuniy o’ch olganday tuyuladi kishiga. Go’ri Amir ansamblining ko’rki va faxri uning maqbarasining gumbazidir. Gumbazdagi rangdor naqshlar yorqinligi va syerjiloligi bilan har qanday kishini hayratga soladi. Xullas, bu go’zal va byetakror maqbara mangulikka Amir Tyemur xotirasigagina yodgorlik bo’lmasdan, balki nomsiz mye’morlar, mohir rassomlar, xalq ijodi qudratining timsoli naqqoshlar sharafiga ham o’rnatilgan abadiy haykaldir. Amir Tyemur Samarqandni dunyoning eng ko’rkam va go’zal shaharlaridan biriga-yer yuzining sayqaliga aylantirishni o’zining vazifasi dyeb bildi. Uning tushunchasi bo’yicha Samarqand Tyemurning kuch va qudratini jahonga ko’z-ko’z qilib ko’rsatish kyerak edi. Ko’rkam va go’zal Samarqand oldida dunyoning boshqa davlatlari poytaxtlari bamisoli kichik-kichik qishloqlarga o’xshab ko’rimsiz bo’lib turishi lozim, dyeb hisoblanardi. Ulug’ bobomiz ana shu mantiq asosida Samarqand atrofida bir qancha manzilgohlar to’zib, ularga jahondagi yirik davlatlarning poytaxtlari nomlarini byerdi; Bog’dod, Damashq, Qohira, SHyeroz, Sultoniya, Parij va hokazo. Parij kyeyinchalik xalq talafo’zida Forish dyeb yuritiladigan bo’ldi. Amir Tyemur davrida Samarqandning dovrug’i doston bo’ldi. Uning to’rt tomonida to’rtta darvozasi bo’lgan. SHahar atrofi qazilgan handaqlardagi zilol suvlar bilan o’ralgan edi. SHaharning toza va ozodaligi juda ko’p manbalarda madh etilgan. Jumladan, tarixchi Al G’azzoliyning yozishicha, "muxtasiblar ko’chaga tarvuz qovun po’choklarini, hamda boshqa chiqindilarni tashlab, yo’lovchilar uchun sirg’anish xavfini tug’dirmaslikni, oqova suvlar sachrab odamlarning kiyimlarini iflos qilmasligini, qassoblar ko’chalarda yoki do’konlarning oldida mol so’yib atrofni ifloslantirmasliklarini, har kim o’z tomonidan qurgan qorni o’zi tozalashini va boshqa obodonchilik ishlarini qattiq nazorat kilganlar". 220 gyektarni egallagan birgina Afrosiyobning o’zida Amir Tyemur hukmronligi davrida 80 ga yaqin hammom, qulay va gavjum 5 ta bozor bo’lgan. Tarixchi sayyox Ibn Haqqulning hikoya qilishicha, "Samarqandda oqar suv kirmagan biror ko’cha, biror hovli dyeyarli yo’k edi, faqat ba’zi uylargina bog’siz edi" (O’sha manba). Odamlar ko’chalarda ariqlarda oqib o’tadigan toza zilol suvlardan ekinlik suvi o’rnida foydalanganlar. Amir Tyemur poytaxti Samarqand atrofini bog’u-rog’lar bilan o’rab olgan va byevosita Sohibqironning buyrug’i bilan bir-biridan go’zal o’ndan ortiq bog’ barpo etilgan. i Bular; Bog’i Naqshi Jahon, Bog’i Byehisht, Amirzoda SHoxrux bog’i, Bog’i Byedil, Dilkusho, Bog’i Zog’on, Bog’i Baland, Davlatobod, Bog’i CHinor, Bog’i Nav, Bog’i Jahonnamodir. Tarixchi Ibn Arabshox Amir Tyemur bog’lari to’g’risida bunday dyeb yozadi: "Tyemur Samarqandda ko’pdan ko’p bo’stonlar barpo qilib, baland va mustahkam qasrlar bunyod etdi. Ularning har qaysisi g’arobatli tartibda, ko’rkam va ajib suratda edi; Bo’stonlar asosini mustahkam qilib, faxomatli myevali ko’chatlar ularni byezadi. Ularning birini Eram Bog’i, ikkinchisini Dunyo Ziynati, yana boshqasini Firdavs Jannati, unisini SHimol Bog’i, bunisini Oliy Jannat dyeb atadi. SHuningdyek, ba’zi joylarni buzdirib, u bo’stonlardan har biri ichida bir qasr qurdirdi. Bu qasrlarning qay biriga o’z majlislarini, o’z suratini turli shakllarda; birida kulib turgan, ikkinchisida qahrlangan, o’zi qilgan janglar tasvirlarini, rasmiy tantanadagi suvratlarini; podshoxlar, amirlar, sayidlar, ulamolar va ulug’lar bilan suhbat qurgan majlislarni; sultonlarni 359
uning huzurida qo’l qovushtirib turishlarini, xizmat yuzasidan boshqa mamlakatlardan huzuriga kyelgan podshoxu sultonlarning vakillarini, o’zining ov xalakalariyu yashirin xaydlarini, Hind, Dashti Qipchok va Ajam janglariyu, o’z zafarlari suratini, dushmanlarining qay ahvolda yengilib qochganini, ayshu ishrat majlislari va sharoblari, qadaxlariyu soqiylarini, o’z ulfati qo’shiqchilarining, turli maqomdagi g’azalxonlik kuychilarining, huzuridagi syevgilariyu (nikohidagi) pok xonimlarning va bulardan boshqa uning biri-biriga o’xshab, ulanib kyetgan. Uning butun umri mobaynida o’zga mamlakatlarda voqye bo’lgan hodisalar suratini tasvirlatdi. Bular hammasi hyech bir nokissiz va ziyodasiz, qay tarzda yuz byergan bo’lsa, shundayligicha aks ettirildi. Bundan maksad; o’zining ishlaridan g’oyibona xabardor bo’lib, ularni o’z ko’zi bilan mushohada etmaganlarga yaqqol namoyon qilib ko’rsatish edi. i
mavjud bo’lgan hayvon dunyosiyu, parrandalar tafsilotini ta’rifga olish uchun qalam ojizlik qiladi. A.Byerdimurodovning "Amir Tyemurning Samarqanddagi bog’lari" turkum maqolalarida "Dilkusho bog’i" to’g’risida quyidagi satrlarni o’qiymiz; "Tyemur xijriy 788 yil (1397) ning ko’zida xushmanzara Konigil vohasida yangi bog’ barpo etishga buyruq byerdikim, u o’zining go’zalligi bilan mamlakatdagi barcha bog’lardan ajralib tursin..... Samarqandda yashovchi O’rta Osiyoning eng mohir mye’morlari tomonidan bir yarim ming gaz kyeladigan bohning asosiy g’ishtini qo’ydilar. Kirish yo’llarini ajratdilar. Saroyning gumbazlari naqshlar bilan byezaldi, dyevorlar usti koshinlari bilan qoplandi. Bog’ning to’rt burchagida katta san’at va yuksak did bilan ishlangan, ajoyib bo’yoklar byerilgan shiyponlar qurildi. Bog’ chorqirra xiyobonlarga va turli xil shakldagi bog’chalarga bo’lindi. Tyemur xiyobonlarning yo’llari chyetiga myevali daraxtlar, ba’zilariga gul o’tkazishni hoxlardi. Bog’ uning (Tyemurning) mayligi javob byergani uchun ham "Bog’i Dilkusho" dyeb ataldi. Bog’ning o’rtasida baland gumbazli uch oshyonli saroy qurildi. 1404 yilning syentyabrida jahongir Tyemurning qabulida ispaniyalik elchi Klavixo bu bog’da favvoradan suv otilib turganligini, boqqa kiriladigan darvoza juda kyeng va yuksak, oltin va boshka kimmatbaxo toshlar bilan byezatilganligi, ustiga taxtiravon o’rnatilgan oltita fil borligini yozadi ("Turkiston", 1992 yil, 21 noyabr’). Amir Tyemurning muxoliflari uni kamsitishga urinib Tyemur bosib olgan mamlakatlardan ustalar, mye’morlar va olimlarni ko’chirib olib kyelmaganda Samarqandda va Tyemur hukmronlik qilgan mamlakatning boshqa shaharlarida bu darajada hashamatli va go’zal qurilish va binolar bo’lmas edi, dyeb isbotlashga byehuda urinadilar. Biz ulug’ bobomiz Amir Tyemurning o’z yurishlari davrida minglab ustalar, mye’morlar, qurilish ashyolari va boyliklarni Samarqandga olib kyelganligini inkor etmaymiz. Jumladan, Samarqand SHahrisabz va boshqa shaharlardagi qurilish va mye’morchilik ishlarida SHyeroz, Tabriz, Isfaxon, Xorazmdan ko’plab mye’mor va musavvirlar va boshqa hunarmandlar ishlaganlar. Lyekin, asosiy ish boshqaruvchilar maxalliy ustalar va mye’morlar bo’lganlar, birinchi galda ularning milliy an’ana san’at ijodlari yetakchi o’rinni egallagan. Darvoqye, Samarqand, Buxoro va Xorazmda hali Tyemur xukumronligigacha qurilgan va mavjud bo’lgan va shu kunlargacha ham saqlanib kyelayotgan tarixiy obidalar, o’lkamizda olib borilgan arxeologik qazilma yodgorliklarining guvohlik byerishicha, xalqimiz qadim-qadimdan qurilish va mye’morchilik san’atida hayratomuz va noyob qobiliyat egalari o’lkasi bo’lganligini ko’ramiz. Buyuk Amir Tyemurning moddiy madaniyat bobidagi bunyodkorlik faoliyatini uning avlod-ajdodlari, birinchi navbatda Ulug’byek (1394-1449) davom ettirdi. Taniqli olim Ashraf Ahmyedovning 1991 yilda "Fan" nashriyotida chop etilgan "Ulug’byek" risolasida bunday dyeyiladi: "Ulug’byekning eng xayrli ishlaridan biri - bir vaqtning o’zida uchta shaharda Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda madrasa, ya’ni o’sha davrning oliy o’quv yurtini barpo etganligidir. Samarqandda buning uchun u bozor maydoni tanlaydi va 1417 yili bu yerda madrasa qurilishini boshlab, uni 1420 yili tugatdi.... Samarqanddagi madrasa qurilgan yerni u Ryegiston dyeb ataydi". Otaxon tarixchimiz Bo’riboy Axmyedovning ma’lumotlariga qaraganda G’ijduvondagi madrasa 1433 yilda ishga tushirilgan. Bulardan eng kattasi Samarqanddagi madrasa hisoblangan: "Madrasaning tog’ shukuhli hay’ati ustuxonband mustahkamligidan falak binosidan tinchlikni olg’on, yuksaklik jihati bo’lmi azamatnishon pyeshtoqi og’irligidan yeru zaminga zilzila solgan, aning oliy darajalik kungralarini qudrat ustasi falak ayvonining mukarnaskorligi birlan bir xilda yasag’on, lojuvard koshinlarini kazonaqqosh falakning charog’on yulduzlari birlan bir tartibda naqsh qilib, alarga dahldor qilg’on; quyosh kabi jilvasi, zaringor naqshlari go’zal falak gumbazi birla hamvazn erdi i . Madrasa ikki qavatdan iborat bo’lgan va ellik nafar hujrasi bor edi. Ulug’byek madrasasida yuzdan ortiq talaba istiqomat qilgan va ta’lim olgan. Mirzo Ulug’byek dovrug’ini jahonga tanitgan ulkan kurilishlardan yana bittasi 1420-1429 yillarda qurib bitkazilgan ulkan va hashamatli bino-bu Ulug’byek Rasadxonasidir. Ulug’byek bu rasadxonani dunyoda shu paytgacha bor bo’lgan barcha rasadxonalardan ulug’ va har tomonlama ustun bo’lishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Bo’riboy Ahmyedov bu haqda shunday hikoya qiladi: "Biz quraturg’on 360
rasadxona barcha jihatlari bilan ash-SHammosiyadagidan ham, Kasiyundogidan ham, Marog’adagidan ham kam bo’lmasligi lozim". Ulug’byek bu o’rinda "Xalifa ma’mun" (813-833) zamonida, Bag’dod yonida qurilgan, YAhyo ibn Mansur bosh bo’lgan mashhur rasadxonani, Xolid ibn Abdumalik bosh bo’lgan Damashq rasadxonasini,
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling