Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
2-masala: Dyexqonlarni talash ularning Kaxr - g’azabi, noroziligini yanada oshirdi. Bu esa o’z navbatida o’lkada milliy ozodlik xarakatining boshlanishiga sabab bo’ldi.
409
Turkisonda sovyet hokimiyati va bol’shyevikcha ryejimga qarshi istiqlolchilik harakati 1918 yil fyevral oyining so’nggi o’n kunligida boshlanadi. Sovyet davri tarixshunosligida Turkistondagi bu harakatga noto’g’ri baho byerilib, uni o’lkadagi fuqarolar urushining bir qismi sifatida yoki "bosmachilik" dyeb baho byerilgan edi. "Bosmachi" so’zi aslida "bosmoq" fye’lidan olingan. Turkiyada nashr qilingan "Buyuk turk so’zligi" (Katta turk lug’ati)da bu so’zning ma’nosi "birdan hujum qilmoq" dyeb ifodalangan. Bu harakat haqida so’z yuritilgan 1918-1919 yilning o’rtalarigacha bo’lgan davrga tyegishli arxiv hujjatlarida ham "bosmachi" so’zi uchramaydi. Faqatgina 1919 yilning o’rtalaridan boshlab sovyet vaqtli matbuotida va ayrim rasmiy hujjatlarda "bosmachi" so’zi qo’llanilgan. Haqqoniy ma’noda bu harakat istiqlolchilik yoki milliy ozodlik harakati edi. Turkistondagi bu harakatni 2 davrga bo’lish mumkin: birinchi davr 1918-1924 yillar, ikkinchi davr esa 1925 yildan to 30 yillarning o’rtalarigacha. Bu harakatning birinchi bosqichi 1918 yil fyevraldan 1920 yilning bahorigacha qurolli kurashning boshlanishi va uning ommaviy harakatga aylanishi bilan xaraktyerlanadi. bU yillardagi voqyealarning rivojlanishida Kichik Ergash, Katta Ergash va ayniksa Madaminbyek syezilarli ta’sir ko’rsatadi. Birinchi davrning ikkinchi bosqichi 1920 yilning martidan 1922 yilning oxirigacha davom etib, bu bosqichda barakat tyeppasida SHyermuxammadbyek turadi. Uchinchi bosqich 1923-1924 yillarni o’z ichiga olib, bu davrda istiqlolchilik harakati biroz susayadi. Bu davrda kurboshilarning undan ortiq qurultoylari bo’lib o’tadi. Harakatning ushbu birinchi davrida Farg’ona vodiysida 200 nafar qo’rboshi to’dalari (1921 yil) faoliyat ko’rsatgan bo’lsa 1923 yilga kyelib ularning soni 230 nafarga yetdi. Turkistondagi bu harakatning dastlabki Bachkir qishlog’ida bo’lgan qurultoyida bosh kumondon etib Ergash, 1919 yil Oyim qishlogidagi qurultoyda Madaminbyek, 1923-24 yillarda esa Islom Pahlavon, Yormat Maxsum ismli kishilar bosh qo’mondonlik vazifasiga saylangan. Turkistonda boshlangan bu harakatning harakatlantiruvchi kuchlari to’g’risida Turkiston MIK raisi Nozir Turaqulov shunday dyeydi: "Bu xarakatga asosan dyehqonlar va hunarmandlar jalb etilgan bo’lib, 1920 yil dyekabrda Farg’ona vodiysida qurollangan vatanparvarlarning soni 57860 kishi bulgan". Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga 1970 yil 10 martida Turkiyaning Adami shahrida vafot etgan sobiq Bosh kumondon SHyermuhammadbyek aytganidyek: "Bosmachilik" Turkistoniining istiqloli uchun bir oraga kyelgach chinakam millat fidoyilarining xarakati edi". Uning ukasi Nurmuxammadbyekning aytishicha "Bu barakat Vatan, Millat, Din mudofaasi uchun hayotlarini fido qilgan» kurashchilarning harakati edi". Turkistondagi bu xarakatga qatnashganlar o’zlarini "bosmachi" dyeb atashmaganlar. Masalan, 1975 yil Turkiyada vafot etgan "Turkman bosmachilarining a’zolaridan biri Mirzo" Pirnafasning guvohlik byerishicha "Biz o’zimizni kurboshi dyeb atar edik, ammo Anvar poshsho harakatga raxbarlik» qila boshlagach, u bunga chyek qo’ydi va o’zimizni "mujokid» dyeb atashga bo’yruq byerdi". Turkistonda istiklolchilik» harakati vujudga kyelishi bosh sababi sovyet hokimiyatining o’lkada yuritayotgan mustamlakachilik va shovinistik siyosati bo’ldi. Bol’shyeviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sosialistik tadbirlar (Korxonalarning davlat ixtiyoriga utkazilishi, xususiy mulkning byekor qilinishi, oziq- ovqat razvyortkasi va g’alla monopoliyasi, kozixonalarning masjid, xususiy maktab v byekitilishi, vakf yerlarining tugatilishi, majburiy myehnatning joriy kilinishi) hamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchiliklari harakatga alohida kyeskinlik va qo’laylik bag’ishladi, uning tobora kyengayishiga va rivojlanishiga olib kyeldi. Istiqlolchilik harakatining o’ziga xos milliy ko’rinishi va Turkistonga xos xususiyatlari bo’lgan harakatning boshidan oxirigacha ustivor bo’lgan fikr bu butun Turkiston mustaqilligi bo’lib qolavyerdi. Turkistondagi istiqlolchilik harakati haqida yangi manbalarga murojaat etsak, bu harakatda Farg’onalik SHakarxon va Muhiddinbyekning onasi singari o’zbyek va qirg’iz ayollaridan chiqqan qurboshilar o’z yurti, vatan ozodligi uchun kurash olib borgan. CHunki ushbu kungacha adabiyotlarda qurboshi ayollar haqida hyech qanday ma’lumotlar yo’q edi. Ularning niyatlari bosmachilik emas, balki CHor Rossiyasi bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashi edi. Turkistonda istiqlolchilar harakatining asl mohiyatini ochib byeradigan tarixiy hujjatlar sobiq sho’rolar davrida saqlanmagan. CHunki bu hujjatlarni istiqlolchilarning o’zlari bilan birga xorijga olib kyetganlar. Moskva va Sankt Pyetyerburg Davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlardagi voqyealar SHo’ro davriga xos qilib bitilgan. SHu sababli ushbu harakatning mohiyati noto’g’ri talqin qilingan. Vatanni tark etib, o’zga yurtlarda kun ko’rishga majbur bo’lgan istiqlolchilar va ularning avlodlari qo’lida ko’pdan ko’p qimmatli hujjatlar va matyeriallar dunyoning turli burchaklarida saqlanmoqda. Tarixchi olim R. SHamsiddinov xizmat safari bilan 1995 yil kuzida AQSHda bo’lganida N’yu-Yorkda yashayotgan Davronbyek xonadoniga tashrif buyuradi. Bu kishi SHo’rolar davrida Kur SHyermat dyeb haqoratlangan, aslida esa sobiq bosh qumondon SHyermuhammadbyekning o’g’li edi. Davronbyekning aytishicha u
410
kishining otasi va amakisi Nurmuhammadbyeklar 1927 yili Qobul shaxridagi Bog’i Alimardonga to’planishib, Andijonlik istiqlolchi Abdulxay Maxdum kotibligida Farg’ona vodiysida 1917-24 yillardagi istiqlol urushi haqida ba’zi bir ma’lumotlarni esga olib aniqlab, kyelajak avlod uchun bir hujjat tayyorlagan. U Abdulkay Maxdum tomonidan eski (o’zbyek) turkiy tilda arabcha imloda yozilgan. Unda Farg’ona vodiysida istiqlol uchun kurash olib borgan ba’zi qurboshilar haqida ma’lumotlar byerilgan. Bu hujjatda aytilishicha SHyermuhammadbyek 23 yoshida istiqlol uchun kurashga otlanib, avval 13000, so’ngra 103 ming askarga ega bo’lgan. Uning yetakchiligida Parpibyek, Ergashbyek, Madaminbyek, Xolxo’ja Eshon, Nurmuhammadbyek, Jonibyek qozilar milliy ozodlik kurashini olib borganlar. Quqonlik 35 yoshli Ergashbyek 12000 askari bilan b yil urush olib borgan. Marg’ilonlik Madaminbyek 23 yoshida 10000 askar bilan 3 yil urush olib borgan va 1920 yil mayida shahid bo’lgan. 43 yoshli Ushlik Xolxo’ja 10000 askarga ega bo’lgan va bir guruh yigitlari bilan Oloy vodiysida qor kuchkisi ostida qolib kyetgan. Bu hujjatda Andijonlik Parpibyek qurboshi, ko’kjarlik Muhiddinbyek, Namanganlik Omon polvon, YAkkatutlik Nurmuhammadbyek, Uzganlik Jonibyeklar kabi o’nlab millat Vatan mustaqillik uchun janglarda kahramonlik ko’rsatgan va shahid kyetgan qurboshilarning nomlari tilga olingan. Qobuldagi Bog’i Alimardonda shahid kyetgan bu vatandoshlarimizning xotirasiga qo’yilgan xotira lavhasida shunday so’zlar yozilgan "Qabringda rohat top millat shahidlari, yosh Farg’ona mujohidlari, kahramonlari!" Sobiq SHo’rolar hukumati va Qizil Armiyaning Turkistonlik istiqlolchilarga qarshi qizg’in janglarida 15000 nayza va qilichlar, 61 tup, 324 pulyemyot, b ta samolyot, 3 ta aerostat, 4 ta bronyepoyezd ishtirok etdi. Bu urushlar Turkiston aholisiga juda qimmatga tushdi. 1917-30 yillar o’rtasida Turkistondan 1,9 mln kishi o’z vatanlarini tashlab xorijga chiqib kyetishga majbur bo’ldi. 1 mln kishi vafot etdi. 1,7 mln kishi Turkistondan badarg’a qilindi. Endi, Turkistondagi istiqlolchilik harakatining g’oyaviy rahnomolari kimlar bo’lgan, bu harakatning jadidlar bilan aloqasi bormi dyegan savollarga to’xtalsak Turkistondagi istiqlolchilik harakatlarining g’oyaviy rahnamolari ham yetarli darajada mavjud bo’lib, ular asosan jadid munavvarlari va islom ulamolari edi. SHuni alohida ta’kidlash kyerakki, istiqlolchilik harakatiga g’oyaviy rahnamolik qilish borasida jadidlar bilan ulamolar o’rtasida o’zaro raqobat mavjud edi. Namanganlik Nosirxon Tura Said Kamolxon Tura o’g’li, Toshkyentlik Muftiy Sadriddinxon Maxsum SHarifxo’ja Qozi o’g’li, Turkiston MIKning sobiq o’rinbosari Turaqo’l Jonuzoqov, asli Boshkirtistonlik Ahmad Zakiy Validiy Tug’on va boshqalar istiqlolchilik harakatining g’oyaviy mafkurachilari edi. Harakatga rahbarlik qilgan islom ulamolari orasida yassaviylik va naqshbandiylik tariqatining pirlari ham ko’p bo’lgan. Turkiston Muhtoriyati hukumati bol’shyeviklar tomonidan tor-mor etilgan bo’lsa ham, u Farg’ona vodiysida istiqlolchilik harakatini tashkiliy jihatdan rasmiylashtirdi, unga milliy tus byerdi. Qo’qondagi muxtor hukumatning tor-mor qilinishi istiqlolchilar harakatini butun Farg’ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki bo’ldi. Hatto «Turkistoln Muhtoriyati» hukumatining ba’zi qochib qutulgan a’zolari bu harakatga qo’shildi. Turkistonda CHor Rossiyasining mustamlakachilik va bol’shyeviklarning zo’ravonlik siyosatiga qarshi bu milliy ozodlik harakati Turkistonda 1918 yil fyevral oyidan ommaviy tus oldi.
Dastlabki istiqlolchi guruhlarning tuzilishi Qo’qon atrofidagi Baqchir qishlog’i edi. Xorijdagi tarixis manbalarga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu harkatga 200 ming kishi ishtirok etib, ulardan 70 minggi qurolangan va 125 minggi esa qurolsiz kishilar edilar. Dastlabki istiqlolchi guruhlarning tashkil topishi Kichik va Katta Ergashlarning nomlari bilan bog’liqdir. Turkiston Muhtoriyati hukumati qo’shiniga boshchilik qilgan Kichik Ergash qo’rboshi 1918 yil 19- 21 fyevralda Qo’qon shahrida qizil askarlarga qarshi bo’lgan «Ikki kunlik urush natijasida mag’lubiyatga uchradi, uning 2000 kishilik armiyasidan omon qolgan ikki yuztacha kishi Kichik Ergash rahbarlar Qo’qon uyezdidagi Bachqir qishlog’iga (Qo’qondan 18 chaqirim ishlash - sharq tomonda) jang bilan chyekinishdi. O’zining kindik qoni to’kilgan Bachqir qishlog’ida Kichik Ergash yig’inlari bilan qal’a shaklida istyehkom qurib, mustahkam o’rnashib oldi. 26 fyevral kuni Baqirga 5 ta qizil gvardiyachilar otryadi va dashnoqlar drujyenasi hujum qilishdi. 27 fyevralda bo’lgan janglarning birida Kichik Ergash shahid bo’lgacha, uning o’rniga Katta Ergash qo’rboshi Farg’ona vodiysida bol’shyeviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash boshladi. Sovyet hokimiyati va bol’shyeviularga qarshi milliy istiqlol harakatini tashkil qilish endi uning zimmasiga tushgan edi. 1918 yil mart oyiga kyelib Farg’ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ortiq qo’rboshi dastalari faoliyat ko’rsatardi. Madaminbyek Skobyelyev uyezdda, SHyermuhammadbyek va
Nurmuhammadbyek Marg’ilon atroflarida, Omon Pahlovon, Qobul, Sotiboldi qozi va Rahmonqul namangan uyezdida, Parpi qo’rboshi Andijon shahri atrofida Eshmat qo’rboshi Qo’qonlik Buvayda qishlog’ida, Umar - CHoli Urganch qishlog’ida Jalilbyek qozi o’zgan tomonda, Muhiddinbyek Novqotda harakat qilmoqda edi.
411
Bu tarqoq holda bo’lgan istiqlolchilik harakatini yagona qo’mondonlikka bo’ysundirish va birgalikda harakat qilish maqsadida «SHo’roi Islom» va «SHo’roi Ulamo» tashkilotlari a’zolarining tshabbusi bilan 1918 yil mart oyining oxirida Bachqir qishlog’ida Farg’onadagi butun qo’rboshilarning birinchi qurultoy chaqirildi. Unda 40 dan ortiq yirik qo’rboshilar qatnashdi. Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining boshlig’i qilib Katta Mulla Ergash saylandi va uning butun Musulmon qo’shinlarining Oliy bosh qo’mondoni «Amir aslmuslimiy» unvoni byerildi. Ergash qo’rboshining o’rinbosarlari qilib Madaminbyek va SHyermuhammadbyek tayinlandi. Umuman olganda, Farg’ona vodiysida 1918 yilning o’rtalarida kyelib, taxminan yuzga yaqin qo’rboshi o’zi dastlabki bilan qizil armiya qismlariga qarshi kurash olib borilmoqda edi. Lyekin shuni tan olish kyerakka, barcha qo’rboshi dastalari ham milliy mustaqillik uchun kurashdilar dyeb bo’lmaydi. Ba’zi guruhlar o’z manfaatlari yo’lida to’ntarishdan kyeyingi tartibsizliklar va boshboshdoqlikdan foydalanib xalqni talash, boylik orttirish maqsadida harakat qilib aholi orasida obro’sizlandilar. Bular kichik-kichik guruhlarga bo’lib, ular umumiy istiqlolchilik harakatiga qo’shilmas, o’zlari mustaqil harakat qilar edilar. Sovyet hukumati esa bundan ustalik bilan foydalanib, Turkiston xalqlari o’rtasida haqiqiy istiqlolchilarni obro’sizlantirishga, ularga «bosmachilar» dyeb tamg’a osishga harakat qilar edi. Istiqlolchi dastalarning bunday kurash usullari sovyet qo’shinlarining ularga qarshi o’tkazayotgan harbiy opyerasiyalarni qiyinlashtirar edi. Farg’onadagi milliy qurolli istiqlolchilar bilan kurashning o’ziga xosligini tavsiflab, Turkiston frontining qo’mondoni M.Frunzye buyruqlarining birida shunday e’tirof etadi: «Aholi zich joylashgan va o’nqir - cho’nqirlari ko’p Farg’ona rayonlarida shaykalarni ta’qib qilish juda qiyin vazifa bo’lib, haddan tashqari katta - kuch-quvvatni talab qiladi. Barcha tomonlari ariqlar bilan kyesishgan va bir-birini to’sib turgan tog’lar bilan qurshalgan tumanlardan iborat bo’lgan, aholisi zich joylashgan Farg’ona vodiysida kurash haddan tashqari mushkul edi. Holdan toydirgan dushman bir joyda tarqalib kyetsa, dam olib hamda pastqam va ovloq o’rinlarda kuch to’plagach, yana boshqa joylarda paydo bo’lardi. Ularning qo’qqisdan qilgan hujumlari hali jangga tayyorgarlik ko’rishga imkoniyati bo’lmagan jangchilardagina emas, balki barcha aholi o’rtasida ham to’xtovsiz asabiy zo’riqish tug’dirardi va shu sabali Farg’onada kurashning usullari boshqa frontlardagi kurash usullaridan farq qiladi. Bu yerda front chizig’i yo’q, u hamma joydan o’tadi». Turkiston istiqlolchilari orasida tanilgan va xalqning hurmatiga sazovor bo’lgan Madaminbyek siymosida sarkardalik, davlat va siyosat arbobiga xos sifatlar o’zaro qo’shilib kyetgan edi. U Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilarning haqiqiy ma’nodagi dohiysi, tan olingan yo’lboshchisi edi. «O’z oldiga sovyet hokimiyatini ag’darish va Farg’ona Muhtoriyatini tiklash vazifasini qo’ygan Madaminbyek tadbirkor siyosatchi va udaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi», dyeb tan olinadi, rasmiy bir hujjatda. Madaminbyek vodiydagi sovyet hokimiyati organlariga muqobil ravishda bol’shyeviklardan ozod qilingan hududlarda o’zining siyosiy boshqaruv usulini joriy qildi. Bunday boshqaruv usulini yana Ergash va SHyermuhammadbyek qo’rboshilargina tashkil qilgan edilar. «U bizning rahbarlik faoliyatimizda yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarimizdan ustalik bilan foydalanardi. Uning o’z «boshqaruv apparati», o’zining «tribunali», o’zining gyenshtabi» bo’lgan: u qonunlar chiqargan», dyeb e’tirof qiladi. Madaminbyekka qarshi kurashgan Gramotobich bu fikrni Madaminbyekni jang maydonlarida yaxshi bilagn muxolifi M.Polikovskiy ham o’z xotiralarida tasdiqlaydi. 1918 yil mart oyida bo’lgan Farg’ona vodiysi istiqlolchilarning birinchi qurultoyida istiqlolchilar harakatining qo’mondoni qilib Katta Ergash (Mulla Ergash) saylangan bo’lsada, aslida bu birlashish amalda mustahkam bo’lmagan edi. Bunga sabab, birinchidan, «Amir al-muslimiy» unvoniga ega bo’lgan Mulla Ergashning dunyoqarashi tashkilotchilik qobiliyati, tashabbuskorligi va eng muhimi, harbiy salohiyati ko’p o’tmadanoq unga byerilgan unvon va vazifa talabiga javob byermasligi syezilib qoldi. Ikkinchidan esa, shuhratparastlik va manmansirash kasaliga mubtalo bo’lgan qo’rboshilar o’zini mustaqil «qo’mondon» syezib boshqalarga bo’ysunmasdan alohida harakat qilishga intilishi kun sayin kuchayib bordi. Jumladan, Madaminbyekning o’zi Katta Ergashga bo’ysunishni istamas edi. Ana shu salbiy xususiyatlar istiqlolchilarni yagona bir qo’mondonlik ostiga birlashib mustamlakachilikka qarshi kurashish imkonini byermas edi. SHunday qilib, 1919 yilning boshiga kyelib, Forg’ona vodiysida istiqlolchiliku harakatining ikkita katta markazi vujudga kyeldi. Birinchi markaz Madaminbyek boshchilgida bo’lib, viloyatning Skobyelyev, Andidon va Namangan uyezdlarini qamrab olgandi. Madaminbyekning qarorgohi Marg’ilon shahridagi uncha uzoq bo’lmagan Toshloq tumanining Gabobo qishlog’ida joylashgan edi. «1919 yil yanvarida Madaminbyek qo’l ostida 16000 kishidan iborat qo’shin bo’lgan», dyeb ta’kidlanadi. Farg’ona viloyat ijroqo’mni nomiga 1919 yil 27 yanvarda yo’llangan o’ta shoshilinch ma’lumotnomada 1919 yilning fyevral oyiga kyelib esa Madaminbyek yigitlari 20000 kishiga yetgan bo’lsa, shu yilning o’rtalariga kyelganda 25000 kishidan ortib, Farg’ona vodiysida mustamlakachi sovyet hukumatiga qarshi tura oladigan salmoqli harbiy kuchga aylangan edi. 412
Istiqlolchilar harakatining ikkinchi markazi qurboshi Katta Ergash boshlig’idagi Qo’qon uyezdida bo’lib, Ergashning qarorgohi YAngi qurg’on volostidagi Baqir qishlog’ida joylashgan edi. Uning asosiy o’rinbosari qurboshi Eshmat qig’iz edi. Madaminbyek boshchiligidagi istiqlolchilar guruhi muvoffaqiyatli janglar qilib eski Marg’ilonni, Farg’ona viloyati markazi. Skobyelyev shahrini, Namangan uyezdiga qarashli yirik shaharlardan biri CHustni egallaydilar. Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919 yilning yozi va ko’zida o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Madaminbyek boshchiligidagi qo’shining vodiyda sovyet hokimiyatining bo’lishi yoki bo’lmasligini shubha ostiga qo’ygan edi. Natijada Farg’ona vodiysida tobora kuchayib borayotgan istiqlolchilar harakatini bostirish uchun maxsus Farg’ona fronti tashkil etildi. Bu front o’z vazifasini bajara olmadi, so’ng, 1919 yil15 avgustda M.Frunzye qumondonligida Turkiston fronti tashkil etildi. Uning tarkibiga Rossiya fyedyerasiyasidan kyeltirilgan 1,4,11 - armiyalar kiritildi. Biroq Farg’ona vodiysiga tabora qo’shimcha kuchlarning tashlanishi natijasida 1920 yilning yanvar oyining o’rtalariga kyelib jongovor tashabbus qizil armiya qo’shinga o’tdi. Farg’ona fronti qo’shinlari birinchi bo’lib Katta Ergash qurboshini mag’lubiyatga uchratdi. P.parmonov boshchiligidagi yig’ma otryad ququondan chiqib 1920 yil 18 yanvarda Ergashning qarorgohi Bachqir qishlog’ini egalladi. 1920 yil 14 mayda Korovul qishlog’ida Xolxuja Eshon tomonidan Madaminbyekni o’ldirilishi bilan Turkistonda istiqlolchilar harakatining birinchi bosqichi tugaydi. Savolning shu yerida albatta talaba Madaminbyekning o’ldirilishi sabablari, uning o’zi kim dyegan savolllraga to’liqroq to’xtalsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 1920-24 yillarda istiqlolchilik harakati Buxoro va Xorazm ryespublikalarida xam avj oldi. Buxoro Xalq Ryespublkasidagi harakatning Turkistondagi istiqlolchilik harakatidan farq qiladigan asosiy tomoni shundan iboratki, vatanparvarlar Buxoroda ikki jabhada turib kurash olib borishlariga to’g’ri kyeldi. Bir tomondan amirlik tuzumi tarafdorlari bo’lgan mujohidlar, jadidlardan iborat. Buxoro hukumatiga va shuningdyek Qizil Armiya qo’shinlariga qarshi kurash olib bordilar (Ibrohimbyek, Mulla Abdulkahhor va boshqalar). Ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g’oyalariga sodiq bo’lgan Buxorolik vatanparvarlar Fayzulla Xo’jayev boshliq Buxoro Xalq Ryespublikasi Hukumati bilan yashirin aloqalar o’rnatib, Buxoroning muqaddas tuprog’idan qizil askarlarning olib kyetilishi, Buxoro Ryespubliikasining mustaqilligi amalda qaror topishi uchun kurashdilar (Anvar Podsho, Davlatmanbyek, Jabborbyek, Doniyorbyek va boshqalar). Xorazm Xalq Ryespublikasida qizil Armiyaga qarshi kurashning tyeppasida Junaidxon turdi. U Xorazmda siyosiy hokimiyat uchun kurash boshlab, katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Qiska muddatda Junaidxon o’z ko’shinini 20000 kishiga yetkazdi. O’zbyek hunarmandlari va dyexqonlaridan tashkil topgan dastlabki guruhlarga Madraimboy, Sa’dulla bola, SHokir bola va boshqalar rahbarlik qilgan. Junaidxon boshchiligidagi mujohidlar hujumga o’tib, 1920 yil yozida ko’hna Urganch, Xujayli, Ilonli va Taxtani qayta egallashdi, ko’plab qizil askarlarni asrga olishdi. Junaidxon Sovyet kumondonligiga maxsus maktub yo’llab, agar ko’shinlar Xorazmdan olib chiqib kyetilmasa asirlarni otib tashlashini bildiradi. Biroq Sovyet qumondonligi Junaidxonning haqli talabini rad qilgach, u bosqinchilarni otib tashlashga buyuradi. 1924 yilga kyelganda istiqlolchilar iqtisodiy tanazzul va qashshoklik, dahshatli ochlik, xalqning og’ir turmushini ko’rmasliklari mumkin emas edilar. Tinimsiz davom etgan yetti yillik urushdan Turkiston xalqlari ham, kurboshi va ularning yigitlari juda ham toliqan edilar. SHuning uchun qasoskorlarning ko’pchiligi 1924 yil davomida qarshilikni to’xtatdilar. Bunga ularning rahbarlari orasida jipslik va umumiy dasturning yo’qligi ham sabab bo’ldi. Lyekin oldinda kurashning to’liq o’n yili turar edi. vatanparvarlar yana 1935 yilgacha bosqinchi qizil armiya ko’shinlariga qarshi kurashini olib bordilar. Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling