Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tyeatr jadidlar nazdida
3-masala:
Mahmudxo’ja Byehbudiy xalqni yakdil millat qilish uchun faqat yangi usul maktablari ochish kifoya qilmasligini, milliy matbuot va milliy tyeatr zarurligini anglaydi. Zamon va dunyo voqyealari bilan tanishib bormoq uchun millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo’lmoq kyerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kyerak ediki, unda u o’z qabohati, ya’ni millatda mavjud bo’lgan qusurdan tortib, to ijobiy jihatlarigacha tushunib olish imkonini byersin.
Byehbudiy matbuot va noshirlik ishlari bilan shug’ullanib, 1913 yil «Samarqand» gazyetasi va o’sha yili avgust oyidan «Oyina» jurnalini chiqardi. Ushbu jurnal Tatariston, Kavkaz, Eron, Afg’oniston, Hindiston va Turkiyagacha tarqalar edi. Byehbudiy o’z nomi bilan «Nashriyoti Byehbudiya»ni tashkil etadi. «Bu maqsadga erishmoq uchun gazyet chiqarmoqni munosib ko’rib uyushmaning harakati bilan o’zbyek tilida gazyetalar chiqarildi. 1906 yilda «Taraqqiy», «Xurshid» gazyetalari chiqib, eski hukumat tomonidan to’xtatilgandan so’ng, 1907 yilda myen o’z muharrirligim bilan hamda tyemir yo’l ishchilarining sosial- dyemokrat firqasining aloqa va yordami bilan «SHuhrat» ismindagi gazyetani chiqardim».
Islohotchi jurnalistlar ham maqolalarida dramaturglar singari nashavandlik, ichkilikbozlik, kashandalik, zinogarlik, fohishalik, xotin-qizlar huquqsizligini qoralashdi. Jadid matbuoti, shuningdyek, urushga, ijtimoiy va ma’naviy inqirozga, jamiyatning tabaqalanishi va xalq ommasining ijtimoiy qoloqligiga ham qarshi chiqishdi. Bid’at, xurofotga, umuman, Turkiston jamiyatining risoladagidyek taraqqiysiga to’sqinlik qiluvchi jamiki narsalarga qarshi kurashga katta e’tibor byerilardi. Faqat, hukmron doiralar va mustamlakachi senzura ta’qiqlab qo’ygan siyosiy mavzulargina yoritilmas edi, xolos.
1914 yilda «taraqqiyparvarlar» firqasining «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» va boshqa turli nashrlardagi gazyetalari dunyo yuzini ko’radi.
Bu gazyetada milliy ozodlik kurashiga ko’tarilayotgan Turkiston ziyolilari, jurnalist va adiblari o’zlarining yetuk maqola, hajviya, badiiy asarlarini e’lon etish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Uning sahifalarida yetuk ijodkorlar qatori yoshlarga kyeng o’rin byerildi.
«Sadoi Turkiston» o’lkada milliy ongni uyg’otishda, afkor ommani mustabit tuzumga qarshi qo’zg’atishda katta xizmat ko’rsatdi. Unda bosh muharrir Ubaydullaxo’ja, bo’lim mudiri Munavvarqori, Abdulla
Avloniy, tavallo
Abdulhamid CHo’lpon, Abdurauf Muzaffarzoda, Mirmuxsin SHyermuxammyedov, SHokirjon Rahimiy, Nushiravon Yevushyev, Mahmudxo’ja Byehbudiy va boshqa ijodkorlar Turkiston xalqlari tarixi, madaniyati va istiqboli haqida ko’plab maqola, ochyerk, hikoya va qissalarni e’lon qildilar. Mahmudxo’ja Byehbudiyning bir o’zi 300ta maqolalarini, Mirmuhsin SHyermuhamyedov esa 100dan ziyod asarlar va maqolalarini chop etdi.
Munavvarqorining o’tkir ijtimoiy-siyosiy maqolalari ham «Sadoi Turkiston» sahifalaridan o’rin oldi. U har bir xalqning millat sifatida shakllanishining birinchi byelgisi mazkur xalqda o’zini tanish va himoya qilish tuyg’usining uyg’onishida dyeb bildi. Munavvarqori tili bilan jadidlar «Bizni Turkiston mamlakati tufrog’, suv va havo jihatidan eng boy mamlakatlardan bo’la turib, na uchun o’zimiz bundan foydalana olmaymiz?» dyeb nola qildilar va unga shu arbob tilidan javob byerdilar: “Mana kyetma- kyet yotgan 397
bunday savollarga javob byermak uchun nodonlik va dunyodan xabarsizlik balosidan qutulmoq uchun avval oramizda hukm surgan buzuq odatlarning buzuqligini bilaman va o’rganmak kyerakdur”.
Turkiston matbuoti tarixida “Hurriyat” (1917-1918) gazyetasining ham o’rni salmoqlidir. Samarqandda haftada ikki marta 4 sahifada chiquvchi bu gazyetani taraqqiyparvar ziyolilar tashkil etishgan edi. Gazyetani “Zarafshon” kompaniyasi chiqarib, unga Akobir SHomansurzoda muharrir bo’lgan Tahririyat tarkibida o’lkaning taniqli ijtimoiy- siyosiy arboblaridan Mahmudxo’ja Byehbudiy, Abdurauf Fitrat, Said Ahmadxo’ja Siddiqiy, Mardonqul SHomahmudmirzo bo’lib, ularning matyeriallari gazyetadan kyeng o’rin olgan.
Jadidlarning jurnallari ham Turkiston halqlari milliy ongini o’stirish va o’z o’zligini anglashda katta xizmat qilgan. Bu o’rinda Mahmudxo’ja Byehbudiy muharrirligida 1915 yildan chiqqan “Oyna” jurnalining faoliyati diqqatga sazovordir. “Oyna” o’zbyek tilining sofligini saqlash uchun kurashdi va ruslanishning salbiy ta’siridan saqlanishdan chaqirdi O’z xalqchilligimizni yo’qotsak,- dyeb yozgan edi “Oyina”,- e’tiqodimiz ham o’z-o’zidan yo’qoladi. Til muhofazasi eng muhim majburiyatdir”.
Ulamolar tomonidan 1915 –1918 yillarda yaratilgan “Al- isloh” jurnali faoliyatida ham ma’rifatparvarlik, din, urf-odatlar sofligi va rus ta’siriga qarshi kurash ustivor edi. 1917 yil fyevral’ inqilobidan kyeyin “Al-izoh”, «Ishchilar dunyosi», «Kyengash», «Hurriyat» kabi jurnallar chiqa boshladi va ular ham o’z davrining mustamlaka istibdodida o’lkaning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy hayotini o’zida yaqqol aks ettirdilar.
Jadid matbuotining asosiy vazifasi dinni “tozalashni”, maorifni tubdan qayta qurish va ijtimoiy taraqqiyotni targ’ib etishdan iborat bo’lgan. Islohotchi ro’znomayu oynomalar avval boshdanoq o’quvchini jahon nufuzi va jo’g’rofiyasidan, jahon tarixining halqaro vositalaridan xabardor etish vazifasini qo’yishgan edi. Ular, shuningdyek, G’arbdagi milliy- tyexnik ixtirolar bilan ham tanishtirib borishardi. Birinchi jahon urushi boshlanganida Rossiya – Turkiya urushi mahalliy jurnalistlarining diqqat markazlarida bo’ldi. Muharrirlar turk, arab, urdu, tatar tillarida chiqayotgan kitoblar va vaqtli mutbuot nashrlarini tanishtirib borishardi.
Xullas, jadid matbuotining eng muhim vazifasi ijtimoiy ongni XX asr darajasiga ko’tarishdan iborat bo’ldi. O’quvchilarning xorijdagi tyengdoshlarining hayotlari bilan tanishtirish, islom mamlakatlarini birlashtiruvchi diniy aloqalar mavjudligiga qaramay, Turkiston jamiyatining G’arbiy Osiyodagi boshqa jamiyatlardan farqini ko’rsatish orqali jadid matbuoti milliy o’ziga xoslik to’g’risidagi yangi tasavvurlar sari yo’l oldi.
Jadidlarning ro’znomayu oynomalarida guruhiy, ijtimoiy va hududiy to’g’risidagi masala tarixiy, jo’g’rofiy va diniy mavzulardagi maqolalarda yoritib byerildi. Jurnalistlar Turkiston halqlarining milliy va diniy birligi yo’lida myehnat qilish burchi to’g’risida yozishardi.
Turkistondagi mustamlakachi ma’murlar, shuningdyek, amirlar, xonlar va din pyeshvolarining jadid matbuotiga qarshi olib borgan kurashi jadidlarning madaniy islohotidan siyosiy qarshilik ko’rsatishga olib kyeldi. YOsh buxorochilar rahbari Fayzulla Xo’jayev ta’kidlab o’tganidyek, 1914-1915 yillarda hukumat jadidlarning ro’znomalarini va “Ma’rifat” nomli kitob do’konini yopib qo’ygani siyosiy tuzumga qarshi noroziligini yanada kuchaytirdi, islohot ishlariga to’g’anoq bo’ldi.
Rus ma’murlari Turkistondagi tyeatrchilik harakatiga, milliy dramaturgiya taraqqiyoti va targ’ibotiga ham tashkiliy – ma’naviy ham moddiy to’sqinlik qilishga urindilar. “Padarkush” p’yesasi yozilganidan so’ng, ikki yilgacha nashrga ruxsat etilmagani va Turkiston gyenyeral gubyernatorligining o’z senzuralari bo’lgani holda, Tiflisdagi matbuot qo’mitasi senzuraga murojat etilgani bunga yaqqol namuna. Byehbudiy rus-fransuz mahorabasining yuz yilligiga maxsus bag’ishlov so’zlarini qo’lyozmasining ilk sahifasiga qayd qilib, rasmiy idoralarga ta’sir ko’rsatdi.
kabi ma’rifat, ilm olmoq g’oyasini targ’ib etishi ko’zda tutilgan edi. Ikkinchidan, esa ma’rifiy va ko’nchilar tomoshalar orqali malblag’ topib, maorif, matbuot ehtiyojlariga sarflamoq ko’zlangan edi. Turkistonga tyeatr, Ozarbayjon, rus sayyor tyeatr jamoalarining kirib kyelishi Ovro’pa o’zbyek milliy tyeatrining tug’ilishiga turtki byerdi.
1911-1913 yillarda tyeatr sa’natining zamonaviylashtirilishi Turkistonnning qishloq aholisi dunyoqarashini shakllantirishda katta o’rin tutdi. Bu borada byevosita raqiblarni yo’qligidan jadidlar bu sa’natdan o’z maqsadlariga byemalol foydalanishlari mumkin edi. jadid tyeatrining olti yillik faoliyati mobaynida kamida yigirma byeshta p’yesa yaratildi. Jadid dramaturglari bu asarlarida xilma-xil hayotiy muammolarni ko’tarib chiqishdi. 1917 yilga qadar ular insonning kamolotga yetishini qobiliyatiga ishonishardi, bu esa hatto eng tushkun kayfiyatdagi p’yesalarga ham hayotiy ruh bag’ishlar edi. Haqiqiy mushohada byevosita raqiblarning yo’qligidan jadidlar inqirozga yuz tutishining oldini olishdagi asosiy vosita dyeb bilishdi. Turkistonning yangi ziyolilari dastlabki p’yesalarida XX asr qadriyatlarini himoya qilishdi. 398
1913 yili Munavvarqori, Ubaydulla Abdullaxo’jayev, Abdulla Avloniy, Ilhomjon Inog’omov, Qobilbyek Norbyekov, To’lagan Xo’jashyerov (Tavallo), Muhammad Poshshaxo’jayev, Toshpo’lat Norbo’tabyekov va Nizomiddin Xo’jayevlar bilan birgalikda “Turon” jamiyatini tashkil qildi. Xalq orasida sahna ishiga hamda xayriyaga jiddiy muhabbat uyg’otish, halq uchun spyektakl qo’yib, sog’lom tomosha ko’rsatish, Turkiston hududida yashovchi muhtoj musulmonlarga moddiy yordam byerib, ma’naviy va moddiy jihatdan yaxshilash 1914 yil 27 fyevralida Toshkyentdagi kolizyey tyeatri binosida o’zbyek milliy tyeatrining birinchi mavzuyi Mahmudxo’ja Byehbudiyning «Padarkush» p’yesasi sahnalashtirgani bilan boshlandi.
Mahmudxo’ja Byehbudiy «Padarkush» p’yesasida islom dining Turkistondagi inqirozini ko’rsatadi. Padarkushining insonning ma’naviy inqiroziga qulab, najotni maorifdan kutadi, maorifni esa xalqqa «poklangan din» byera oladi, dyeb hisoblaydi. O’sha kyezlari dinga murojaat qilish, jamiyatning ma’naviy hayotida u hal qiluvchi rol’ o’ynaydi dyeb bilish tabiy hol edi, albatta. Turkistonda jadidlarning mavqyei ko’tarilib, yangi-yangi jamiyatlar tashkil topa boshladi. Qo’qonda «G’ayrat», Andijonda «Taraqqiyparvar» kabi jamiyatlar tuzildiki, ularning faoliyatida ilg’or dyemokratiya vakillari ham ishtirok qila boshladi.
Jadidlar Rossiyadagi siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordilar, vujudga kyelayotgan rus siyosiy partiyalari dasturlarini o’rganadilar. Lyekin, milliy myentalityetning o’ziga xos xususiyati bo’lgan o’zbyek xalqining tinchliksyevarlikka, bosiqlikka moyilligidan kyelib chiqib, ular tinchlik yo’li bilan, jamoatchilikning murojatlari, Davlat Dumasidagi ommaviy bahslar va boshqa yangi vositalar bilan podsho hokimiyatidan o’z maqsadlarini amalga oshirish yo’lida yon byerishga erishishga intildilar. Ammo, chorizm ma’muriyati Davlat Dumasida Turkistonlik vakillarni bo’lishini man etgan. Bu bir tomondan, o’lka xalqining haq-huquqlari va qadr qiymatini paymol qilish bo’lsa, ikkinchi tomondan ularning siyosiy ongining o’sishi Rossiya impyeriya davlatchiligida xavf tug’dirar edi.
Ma’rifatchilikdangina iborat bo’lsa, Turkiston jadidchiligi madaniy ma’rifatchiligi o’zida ancha kyeng mazmun kasb etib, bizda jamiyat rivojlanishidagi rolini to’g’ri tushunishlik, bozor munosabatlariga yaqinroq munosabat, dyemokratik instutlarni yuzaga kyeltirish, millat rivojlanishi kabilani alohida qayd etish zarur. Ularning fikricha yuqoridagilarni amalga oshirish uchun islomni modyernizasiyalash, uni sxolastikadan ajratish, fan va ilg’or tyexnologiyalar bilan qurollantirish. Ular Qur’oni Karimni to’g’ri tushuntirishni alohida vazifa sifatida ta’kidladi. SHu sababli ham A.Fitratning «Hind sayyohining hikoyalari», M.Byehbudiyning «Islomning qisqa tarixi» asarlarida islomning haqiqiy mazmuni tuzib, o’z manfaat yo’lida ish tutgan dindorlarni, ayniqsa, dindan siyosiy manfaatlar asosida foydalanishga qattiq qarshilik bildirganlar.
Jadidlarning xalqaro aloqalari juda kyeng darajada bo’lgan. Ular rus, turk, yegipyet jadidlari dasturlari bilan yaqindan tanish bo’lishgan. 1905 yili Toshkyentda Rossiya musulmonlari Markaziy byurosining a’zosi Abdurashid Ibragimov ma’lum ishlarni amalga oshirganlar. 1908 yil jadidchilik harakatining otasi Ismoil Gasprinskiy Qohiraga safar qilishdan ilgari Turkistonda bo’lib Samarqanddagi yangi usul maktablar bilan tanishdi. 1910 yilda tatar jadidi Sadri Mahmudiy butun Turkiston o’lkasini ko’rib chiqqandi. 1905-1907 yildagi birinchi rus inqilobi ham jadidlar harakatiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ismoil Obidov rahbarligida Toshkyentda, Mahmudxo’ja Byehbudiy, Xo’ja Mutin, Akobir SHomansurov boshchiligida Samarqandda Nosirxon turk boshliq Namanganda, Obidjon Maxmudov, Ashurali Zoxiriy, Po’lat Valiyev rahbarligida Qo’qonda libyeral- ryeformistik harakat yuzaga kyela boshladi. Ular faqatgina maktablar ochish, noshirlik faoliyati bilan, ya’ni 1906 yildan «Tarankiy», «Xurshid», 1907 yildan «SHuxrat» kabi gazyeta va jurnallarni chop etish bilan chyeklanib qolmasdan siyosiy haytga o’tish uchun ham zamin hozirlay boshladilar.
Ana shu yillardan boshlab jadidlar impyeriyadagi va uning mustamlakalaridagi siyosiy jarayonni zo’r qiziqish bilan kuzatishlarini syezish mumkin, ayniqsa mavjud siyosiy partiyalarning dasturlarini o’rganishga e’tibor qildilar. U mahalliy millat xususiyatidan kyelib chiqib tinch yo’l bilan, muzokaralar olib borish orqali, Davlat Dumasidagi faoliyatni jonlantirish yo’li bilan chor hokimiyatidan siyosiy erkinliklarni qo’lga kiritishda umid bog’laydilar.
1906 yil 11 oktyabrda «Xurshid» gazyetasida bosilib chiqqan M.Byehbudiyning maqolasida yagona musulmon partiyasini tuzish va shu orqali Rossiya musulmonlari ittifoqiga kirishni tavsiya etgandi. Ana shu maqolada u sosial dyemokratik partiyasiga salbiy munosabat bildirib, ularning dasturida ilgari surilgan qonun-qoidalar sira ham islom dunyosi hayotiga yaqin kyelmaydigan xayolparastlikdan iborat dyeb qayd etadi.
Birinchi va ikkinchi inqilob o’rtasida jadidlarda son va sifat o’zgarishlari yuz byerdi dyeyish mumkin. Stolipin ryeaksiyasi ryeaksiyasi davrida jadidlar faoliyati ham yashitrin holatga o’tgandi. Jadidlarning ana shunday yashirin guruhi Toshkyentda Axmyedjonov boshligida, Qo’qonda 50 kishilik guruh, Andijonda guruh «Taraqqiyparvar» nomi bilan Ubaydulla Xo’jayev rahbarligida faoliyat
399
ko’rsatgandi.
Turkiston jadidchiligiga 1905-1911 yillardagi Turkiya va Erondagi inqiloblar ham kuchli ta’sir ko’rsatgandi. Bu inqilob natijasida milliy ziyolilar podsholik hokimiyatining konstitusion chyeklanishiga erishilgandi, ya’ni monarxiya konstitusion monarxiya bilan almashilgandi. Bu narsa milliy burjuaziyaning iqtisodiy mustahkamlanishiga sharoit yaratgandi.
SHuni qayd etish joizkim, yosh turklar va Eron ziyolilari tajribasi Turkiston jadidlari tomonidan myexanik ravishda qabul qilinmadi. O’lkamiz jadidlari SHarq va Yevropa mamlakatlari davlat qurilishi tajribasini, xuquqshunosligini tajribasida bizning sharoitimizga mos kyeladigan tomonlarini qabul qildi xolos.
parlamyentar monarxiya, davlat boshqaruvida fuqarolarning qatnashish shakllari to’g’risida ko’proq fikr yuritdilar. Fyevral inqilobidan kyeyin Turkiston jadidlarining radikal qismi, ya’ni «progryessivistlar» kyeng ma’nodagi siyosiy talablar bilan chiqa boshladi. Endi ular mahalliy aholining boshqaruvidagi rolini oshirish, Davlat Dumasidagi qonuniy o’rinlarni egallash, dyemokratik erkinliklarni qo’lga kiritish, samodyerjaviyani konstitusion ryejim bilan almashtirish kabilar ilgari surildi. Qisqasi, Fyevral inqilobi Turkiston jadidlarini shunchalik ruhlantirdiki, Rossiyada yangi fyedyerativ davlat tuzumi sharoitida avtonomiyani qo’lga kiritish ruhi bilan yashay boshladi. Ana shu davrdan partiyalar va tashkilotlar yuzaga kyela boshladi. Endi ular o’lka aholisining barcha ijtimoiy tabaqalarini o’z orqasidan ergashtirish imkoniyatiga ega bo’ldi, fuqarolar ongida birlashish zarurligi to’g’risidagi intilishni yuzaga kyeltirdi.
Lyekin, jadidlar tyezlikda muvaqqat hukumat va uning joylardagi tashkilotlari CHor Rossiyasi siyosatini davom ettirayotganini tushunib yetdilar.
Bu siyosatni, ayniqsa Ta’sis majlisiga saylovlarga tayyorgarlik jarayonida tushunib yetdilar. SHu davrdan boshlab jadidlar kurash mustaqillik va avtonomiya uchun kurash xaraktyeriga ega bo’ldi, ular Rossiyaning mustamlakachilik siyosatini kyeskin tanqid qila boshladi, konstitusion monarxiya talab qilish siyosatidan voz kyechdilar, endi Rossiya dyemokratik fyedyerativ ryespublika tarkibidagi milliy-huquqiy avtonomiyani qo’lga kiritishni talab qila boshladilar, «YAshasin qo’shma xalq ryespublikasi!» shiorini ilgari surdilar. Ana shu shior bilan 1917 yildan «Kyengash», «Turon», «Turk eli» gazyetalari chiqa boshladi. Endi ular huquqiy-milliy avtonomiya prinsiplari nimadan iborat ekanligini ilgari sura boshladilar. Endi ularning fikricha, davlat formasi ryespublika bo’lishi, unda dyemokratik jamiyat shakllanishi, fuqarolarga barcha dyemokratik huquq va erkinliklar byerilishi zarur edi.
O’zbyekiston tarixi. II qism, 33-byet. Fyevral inqilobidan so’ng Turkistonda tuzilgan siyosiy tashkilotlar birinchi kunidanoq muxtoriyat masalasini kun tartibiga qo’yishmadi. Turkistonga muxtoriyat byerish masalasini kun tartibiga qo’yishmadi. Turkistonga muxtoriyat byerish masalasi birinchi bor musulmonlarning I Turkiston syezdida (1917 yil, apryel’) qo’yildi. SHuningdyek, bu masala «SHo’roi islom» Markaziy qo’mitasi doirasida ham muhokama qilingan edi. «Kyengash» gazyetasining dalolat byerishicha, Markaziy qo’mita a’zolari muxtoriyatni shunday tushunar edi. Turkistonning o’ziga xos maxsus idora va ijroiya muassasalari, ya’ni qonun ishlab chiqaruvchi parlamyenti, ish yuritadigan hukumati bo’lishi lozim. Tashqi siyosat, moliya, yo’llar, harakat ishlar umumfyedyerasiyasi hukumatining ishi dyeb hisoblandi. Moliya ishlari, mahalliy yo’llar masalasi, mahalliy idoralar adliya va yer masalalari kabilar mahalliy muxtoriyat hukumati doirasidagi ishlar dyeb qaraldi.
Muxtoriyat masalasi musulmonlar orasida 1917 yil may oyining boshida Moskvada bo’lgan Butunrossiya musulmonlari I syezdidan kyeyin yanada kyeskinroq qo’yila boshladi. Bu yerdd yagona fikrga kyelish qiyinroq bo’ldi. CHunki, mamlakatning musulmonlar yashaydigan hududlari muxtoriyat xususida turli qarashlarga ega edi. Natijada 2 ga bo’linib, Turkiston, Qirg’iziston, Kavkaz, Qrim va boshqa o’lkalari vakillari fyedyerativ ryespublika tarafdorlari bo’lganliklari sababli o’zlarini «fyedyeralistlar», Rossiyaning ichki gubyerniyalari va Volgabo’yi musulmonlari esa «unitar» (bir butun, qo’shma ryespublika tuzish tarafdorlari bo’lganlari uchun «unitaristlar» dyeb atadilar). Har qanday ta’sis majlisini tayyorlash uchun komissiya tuzildi.
Mazkur syezd iyun’ oyi boshidan barcha joylarda muxtoriyat g’oyasi kuchayishiga sabab bo’ldi. Bu esa o’z navbatida Ta’sis majlisiga vakillar saylash jarayonida birdan-bir milliy dastur atrofida to’planib borishga yordamlashdi.
1917 yil 12-14 iyulida Skobyelyevda viloyat musulmonlari qurultoyi bo’lib unda 137 kishi qatnashdi. Unda «Turiodam markaziyati» (Turkiston fyedyeralistlari) partiyasiga asos solinadi. U Turkiston, Qozog’iston, Kavkaz, Boshqirdiston uchun milliy hududiy muxtoriyatni, Volgabo’yi, Qrim tatarlari va boshqa turkiy xalqlar uchun milliy madaniyat muxtoriyatni talab qiladi. Ularning dasturida yozilishicha muxtor jumhuriyatlar parlamyenti va mahalliy o’z-o’zini boshqarish tashkilotlariga saylovlar umumiy asosda yashirin ovoz byerish bilan amalga oshirilishi. Musulmon ayollari saylovga shariat qonun-qoidalariga rioya qilish asosida bo’lishi kyerak edi. 400
Dasturning diqqatga sazovor joyi shuki, fyedyeralistlar muxtoriyatga erishgan o’lkalar ichki boshqaruvda moliya, shariat, madaniy, adliya va xalq maorifi masalalarida mustaqil bo’lmog’i lozim edi. Bunda har bir ryespublika viloyat, uyezdlarga bo’linib, ularga o’z-o’zini boshqarish huquqi, Rossiyada yashayotgan musulmonlarga esa umumiy madaniy-milliy uyushma tashkil etish ko’rsatilganda Fyedyeralistlar din masalasida umumiy milliy madaniyat uyushma tuzishni o’rtaga tashlaydi. Bu masalalarni hal etish bilan «mahkamai-sharia» tashkiloti shug’ullanishi lozim bo’lgan. Viloyatlarda uning boshqarmalari, qishloqlarda qozixonalar shug’ullanishi zarur bo’lgan. Butun Rossiya bo’yicha shayxulislom boshliq umumiy kyengash saylash mo’ljallangan.
Dasturda fuqarolar huquqlariga bag’ishlangan bo’lim ham bor. Unga ko’ra jumhuriyatning barcha aholisi dini, jinsi, millati, egallagan lavozimidan qat’iy nazar qonun oldida bir xil javobgardir. Vijdon erkinligiga kafolat byeriladi. Fyedyeralistlar so’z, matbuot, yig’ilishlar, uyushma va jamiyatlar erkinligini qayd etadi. Hyech bir shaxs tashkilotlar tomonidan xibsga olinishi mumkin emas. Unga 24 soat ichida aybnoma qo’yilishi zarur. Pasport ryejimini byekor qilish ko’rsatiladi. Har bir fuqaro mamlakat ichida erkin, chyetga chiqish ham erkin amalga oshirilishi aytilgan.
Yer masalasida esa barcha davlat mulklari musodara qilinib aholiga ijaraga byerish yoki fuqarolarga sotish taklif etiladi. Xususiy mulk egalarining mulklari xususida Rossiyaning Turkistondan bo’lak barcha viloyatlari o’zlari uchun zaruriy qonunlarni chiqarib olishlari ta’kidlanadi. Biroq, Turkistonda juda katta yer egalari bo’lmaganligi sababli mulkdorlarning o’z qo’lida qoladi. Lyekin, zo’rlab tortib olingan yerlar o’z egalariga qaytarish zarurligi aytiladi.
Turkiston muxtoriyatchilari ishchilar huquqlari borasida ham gapirib, ularning uyushmalarini, jamiyatlarini, zarur paytlarda ularning ish tashlash bilan o’z huquqlarini himoya qilishlari bayon etilgan. YAna myehnatkashlar huquqlarini himoya qiluvchi, nazorat etuvchi tashkilotlar tuzish ham aytilgan.
Ayollar va bolalar myehnatini himoyalash sog’liqlarini saqlashga alohida e’tibor qilingan. Ishchilar va kapitalistlar o’rtasida ixtiloflar yuzaga kyelganida har ikkala tomondan tashkillashtirilgan komissiyalar tuzilishi ham aytiladi. Muxtor jumhuriyatning qonun tuzishni, ya’ni sud va adliya tashkilotlar hyech bir kishining yoki tashkilotlarning aralashuvisiz ish tutishi, faqat shariat va qonunlar asosida faoliyat ko’rsatishi kyerak edi. Sud hukmigacha ayblanuvchini hyech bir kishi jazoga tortish mumkin emas. Hokimiyatning ijrochi organlari sud ishlariga aralashishi mumkin emas. Jazo tizimi parlamyent tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar nyegizida bo’lishi mumkin edi. Muxtoriyatchilar maorif masalasini ham puxta ishlab chiqqan edilar. Barcha kishi bilim, ta’lim olish huquqiga ega, xususiy tashabbuslar hokimiyat tomonidan chyeklanmasligi, maktablar mustaqil bo’lishligi, maktablarning turli bosqichlardan iborat bo’lishligi, quyi bosqichdan oliy bosqichgacha borish imkoniyatini yaratilishligi, boshlang’ich ta’lim byepul, umumiy ta’limning majburiyligi quyi bosqichda mahalliy aholi ko’pchilikni tashkil qilgan tilda olib borishlik, oliy va o’rta maktablarda ta’lim rus va umumturkiy tilda olib borishlik ko’rsatilgan. Oliy maktablarda ta’lim adabiy tilda olib borish aytiladi. Bu loyiha «Kyengash» gazyetasining 1917 yil avgust oyida e’lon qilinadi. Farg’ona fyedyeralistlar syezdi to’g’risida «Turkyestanskiy kuryer» gazyetasining yozishicha «Turkistondagi erkin qarashdagi ziyolilar va musulmon ruhoniylarning dyemokratik kayfiyatdagi faol qismida jiddiy qiziqish uyg’ortdi. Bu esa o’ta kyeskin kayfiyatdagi millatchilar va islom mutassibchilarning g’ashini kyeltirmay qolmadi. Ularning islom dini nomidan so’zlab jamiyatda dyemokratik o’zgarishlar yo’lidagi har qanday o’zgarishlarga kyeskin qarshi chiqishdi, yevropacha, ular iborasiga ko’ra kofircha madaniyat kirib kyelishini mutloqo rad etishdi. Gap noma haqida kyetmasin, mulk haqidami, axloq va odob haqidami yoki din masalasidami». Bu esa o’z navbatida ilg’or jadid ziyolilari va qadimchilari orasidagi bu ziddiyatlar milliy ozodlik safida parchalanishga olib kyeldi. Tashkiliy jihatdan bu hol 1917 yil iyun’ oyining o’rtalarida «SHo’roi islom» tashkilotidan ajralib chiqib, «SHo’roi ulamo» jamiyati tuzilishida ifodalanadi. Ular o’zlarining «Al- Izoh» jurnalida diniy, axloq, odob, madaniyat, ijtimoiy hayot masalalariga e’tibor byera boshladi. Diniy masaladagi tor munosabatlarni targ’ib qildilar va yangi dyemokratik fikrni inkor etdi. Ma’lumki, 1917 yil kuzida davom etayotgan impyeralistik urush natijasida mamlakatda ahvol og’irligiga qarshi xalq ommasining noroziligi eng yuqori nuqtaga ko’tarildi. Bundan foydalangan bol’shyeviklar, jumladan Toshkyent sovyeti ham «Butun hokimiyat sovyetlarga!» shiori bilan chiqib, hokimiyatni inqilobiy qo’mitalar o’z qo’llariga olishga kirishdilar. Lyekin, Markaziy «SHo’roi-Islom» boshqa fikrda edilar. 1917 yil 7-11 syentyabrda Toshkyentda o’lka musulmonlari syezdi bo’lib, unda hokimiyatning Sovyetlar qo’liga o’tishiga qarshi chiqdilar. SHunday sharoitda ular hokimiyatning kaolision bo’lishiga, hokimiyatning mamlakatning barcha kuchlariga tayanishiga chaqirdi, ya’ni umumxalq hokimiyati bo’lishligiga chaqirdi. Ana shunday sharoitda dyemokratik ruhdagi milliy yetakchilar butun musulmonlarning birlashuvi
401
zarur dyegan shiori bilan chiqdilar. Bu harakat «SHo’roi-Islom» va «SHo’roi-Ulamo» jamiyatlarining birgalikda harakat qilishlariga imkoniyat yaratdi. SHu davrda A.Fitrat shunday dyeb yozgandi: «Ey, Turkiston xalqi musulmonlari, tangri uchun, din uchun, oramizdagi shaxsiy tortishmalar, sinfiy ayriliqlardan ko’z yumaylik. Islom dinining birinchi buyrug’i bo’lgan qardoshlik va ittixot bog’lari bilan bog’lanaylik, qo’lni qo’lga byeraylik. Haq yo’lida, din yo’lida, Vatan yo’lida, mullomiz, boymiz, bir yerda to’planaylik». SHu maqsadda 1917 yil 17-20 syentyabrda ulamolar tomonidan umummusulmon syezdi bo’lib, unda «SHo’roi-Islom», «To’ron», «Ulamo» va boshqalar yagona «Ittifoqi muslumin» partiyasi tuzishga qaror qilgandi. Ana shu syezdda Turkistonning milliy davlatchilik haqida ham ma’lum fikrlar aytildi. «Ulug’ Turkiston» gazyetasining yozishicha, unda M.Byehbudiy va Siddiqxo’jalar boshqaruv haqida fikr bildirib, Turkiston umumiy to’g’ridan to’g’ri tyeng va yashirin ovoz byerish yo’li bilan 5 yillik muddatga Turkistonda yashab turgan barcha millatlar vakillaridan saylanmog’i zarur dyegan fikrni bildirgandi. Parlamyent qabul qilgan qonunlar Rossiya Ryespublikasi qonunlariga va shariatga mos bo’lmog’i zarur edi. YAna Turkiston o’z pulini muomalaga chiqarishi, o’z milisiyasiga ega bo’lishi ham ko’rsatilgandi. YAna o’z chyegarasini qo’riqlash uchun qo’shin saqlashi mumkinligi aytiladi. Bular shuni ko’rsatadiki, Turkiston jaldidlari qadamma-qadam muxtoriyat uchun kurash olib bormoqda edi. Jadidlar bilan
Turkistondagi istiqlolchilik harakati o’rtasida hyeya qanday aloqa bo’lmagan dyegan fikrlar bor. Lyekin, olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, jadidlar nafaqat ushbu harakatda ishtirok qildilar, balki istiqlolchilik harakatining g’oyaviy mafkurachilari sifatida tarix sahnasiga chiqdilar.
Ma’lumki, 1918 yil fyevralida Qo’qon shahrida faoliyat ko’rsatayotgan Turkiston muxtoriyati hukumati muxtoriyati bol’shyeviklar tomonidan tor-mor qilingan edi.
Lyekin, ordan ko’p o’tmay, Turkiston muxtoriyati hukumatining xalq maorifga vaziri, Namangandagi «SHo’roi Islomiya» tashkilotining rahbari Nosirxon To’ranamolxonto’rayev, hukumat xazinachisi Saidnosir Mirjalilov, Turkiston Millat majlisi a’zolaridan Olimxon To’ra SHokirxonto’rayev, Obidjon Umarov va Toshkyent muftisi Sadriddin SHarifxo’jayev kabilar istiqlolchilar bilan aloqa o’rnatishdi. Ular Farg’ona vodiysidagi aholi orasida va qo’rboshilardan SHyermuhammdabyek, Rahmonqul, Prapi yigitlari ichida bo’lib, mujohidlarni sovyet hokimiyatiga qarshi kurashga safarbar qilishda muhim rol’ o’ynaydilar.
Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining g’oyaviy ravnaqlaridan biri Nosirxon To’ra Said Kamolxon To’ra o’g’li edi. U Namangandagi «SHo’roi Islomiya» tashkilotining rahbari edi. U muxtoriyat hukumatining maorif vaziri sifatida mamlakatda morif va madaniy oqartiruv ishlariga asos soldi hamda, bu yo’lda milliy ziyolilarning faoliyatini kuchaytira boshladi. Muxtoriyat bol’shyeviklar tomonidan qonga byelangaya, bir yil davomida yashirin hayot kyechirdi. U maxfiy ravishda Omon Pahlavon, Muhiddinbyek, Jonibyek qozi va Rahmonqul qo’rboshi kabi milliy maslahatlar byerar va ularning harakatlarini markazlashtirish tashvishida bo’lar edi. Nosirxon To’ra tyez orada Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining g’oyaviy rahnomalaridan biri sifatida mujohidlar o’rtasida tanildi. SHyermuhammadbyek Nosirxon To’rani o’ziga pir dyeb e’lon qilgan va ushbu markazdan doimo Farg’onadagi sovyet qo’shinlarining ahvoli to’g’risida ma’lumotlar olib turgan. 1919-1924 yillarda u bol’shyeviklar qamoqxonasida bo’ladi, lyek qaytib kyelganidan kyeyin u yana Sovyetlarga qarshi faoliyati uchun qamoqqa olinadi va Oryenburgda surgunlikda byesh yil yashaydi. 1920 yilning oxirida qaytadan istiqlolchilik guruhlarini tuzishga urinadi va mavjud tuzumga qarshi kurashgani uchun sovyet hokimiyati tomonidan hibsga olindi va 1938 yil 3 syentyabrda totalitar tuzum qurboni bo’ldi.
Turkiston Ryespublikasi va Buxoro jumhuriyatidagi jadidlarning bir qismi bu paytda sovyet tashkilotlarida faoliyat ko’rsatishsada, milliy mustaqillik to’g’risidagi o’z g’oyalaridan voz kyechishmagan edi.
1917 yil avgustning shoxirida «Ittiqodi taraqqiyparvar» tashkiloti tuziladi. Toshkyentdagi Osinyev isyonidan (1919 yil yanvar’) kyeyin tashkilot tarqatilib, uning a’zolari «Birlik» uyushmasini tashkil qilishadi. Bu jamiyat 2-3 yil yashaydi, lyekin bu qisqa fursatda uning a’zolari Farg’ona mujohidlari bilan maxfiy ravishda aloqa bog’lashga harakat qilishgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda Munavvarqori, Miyonbuzruk Solihov, Ashurali Zohiriy Farg’onada bo’lib, qo’rboshilarning qurultoyida qatnashadi. Turkistonda o’sha davrdagi siyosiy kurashning markazida turgan siymolardan biri Ahmad Zakiy Validiy bo’lgan. U 1920- 1921 yillarda Buxoroda yashar ekan, jadidchilik g’oyalari bilan sug’orilgan siyosiy partiyalar tashkil qilish, ularning dasturi va ryejasini tuzish bilan astoydil shug’ullangan. Validiy tomonidan 1921 yilda “Erk” partiyasining 9 banddan iborat jadid taraqqiyparvarlari partiyasining 19 bandlik dasturlari ishlab chiqildi. Dasturdagi fikrlarning aksariyati bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan: O’z milliy madaniyatiga ega bo’lib, mustaqil millat sifatida yashash hayotning asosi bo’lmog’i kyerak. Bu esa barcha millatlarning orzusidir. Maqsadimiz Turkistonni mustaqil qilib, Millat til, din, madaniyat, adabiyot, urf-odatlar birligiga asoslanadi. 402
Ozod Turkistonda davlat tuzilishi va idorasi jumhuriyat shaklida bo’lib, hokimiyat asosin dyemokratiya yo’li bilan saylangan Millat majlisi yoki viloyat va shaharlarda hamda shahar majlislari (zyemstvo) tashkil qiladi. Markaziy hukumat a’zolari millat majlisining roziligi bilan Jumhuriyat raisi (Pryezidyent) tomonidan, viloyatlardagi boshliqlar esa markaziy hukumat tarafidan tayinlasak. Viloyat va shahar idora majlislarining raislari shu majlisning o’zida saylanib qo’yilajak. Millat majlisi, Jumhuriyat raisi, viloyat majlislarini saylash tarkibi mustaqil Turkistonning birinchi qurultoyi tomonidan byelgilasak. Turkistonda turk bo’lmagan ozchilik ham madaniy huquqlardan foydalansak: Turkiy halqlar Turkiston madaniyatining kuchli ravishda yashnatish uchun yakdillik bilan faollik ko’rsatishlari kyerak. Turkiston milliy hukumati Turkiston milliy askariga tayanajak: harbiy xizmat majburiy. Mamlakatda vijdon erkinligi to’la ta’minlanajak. Diniy ibodat va urf-odatlarni erkin ravishda boshqarish yo’li bilan ta’minlasak. Mamlakatda boshqa din missionyerlarining ish olib borishiga ruxsat byerilmaydi. Matbuot va nashriyot hurriyati hamda shaxs erkinligi davlatning asosiy qonunlari tarafidan ta’min etilajak. 8 Yer masalasida yer osti va yer usti boyliklari, o’rmonlari, havzalari davlat mulkiga o’tishi nyegiz hisoblanadi. Yer dyehqonlarga (qishloq dyehqonlariga) xususiy mulk qilib byerilajak. 24. Turkistonning ozodligi iqtisodiy mustaqillik asosidagina amalga oshirilur. SHuning uchun Turkiston boshqa qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tuzilishi asosida oyoqqa turib, tobora rivojlanib borishini ta’min qilishga harakat qilinajak. Turkistonda eng avvalo hunar maktablari yo’lga qo’yilajak. Ovro’paga o’quvchilar yuborishga ahamiyat byerilajak. . . 1921 yil syentyabr oyida bo’lib o’tgan Samarqand kongryeyesi Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatini g’oyaviy jihatdan jipslashuviga ancha xizmat qildi. Anjumanda butun Turkistondagi qo’rboshi guruhlari bilan aloqa o’rnatish va har bir qo’rboshining huzuriga siyosiy maslahatchilar yuborish to’g’risida qaror qabul qilindi. Validiy shaxsan o’zi Buxoro, Samarqand va Xorazmda harakat qilayotgan bir qator qo’rboshilarning qarorgohida bo’ladi, ularni umumiy dushmanga qarshi ayovsiz kurash olib borishga chaqiradi, o’zaro totuvlikka undaydi.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling