Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti - 2 soat Talabalar soni : 20 – 28 nafargacha
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- O’quv faoliyati natijalari
- ” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni
2-masala: Amir Tyemur Movarounnahrni mo’g’ullar istibdodidan ozod qildi. CHingizxon va Botuxon voyronaga aylantirgan shahar-qishloqlarni, suv inshootlarini tikladi. CHingiziylar davlati hukmronligi davrida oddiy xalq talanib, ozodligi toptalib, toju-taxt uchun kurashlar natijasida mamlakat vayron bo’lib, ko’plab hunarmandlar, san’at va istye’dod sohiblari o’z yurtdidan bosh olib chiqib kyetishiga majbur bo’ldi. Xullas, bu davrda bir yarim asrlik mustamlakachilikdan so’ng milliy davlatchilik va madaniyatimizni, xalqimiz ozodligi va mustaqilligini qaytadan tiklashdyek og’ir vazifani hal qilishga qodir buyuk sarkarda va davlat arbobi zarur edi. Ana shunday yuksak mas’uliyat buyuk bobomiz Amir Tyemur zimmasiga tushdi. Amir Tyemurning buyuk xizmati shundaki, xalqimizning o’z taqdirini o’zi byelgilash huquqini, tinchligi va farovonligi, xavfsizligi, ozodligining kafolati bo’lgan markazlashgan qudratli davlatga asos soldi. Milliy davlatchilik an’analarini qayta tiklashga kirishdi. Samoniylardan to CHingiziylar davrigacha o’zbyek
351
davlatchiligida mavjud bo’lgan, CHingizxon davrida unutilgan hokimiyatning ikkiga – dargoh timsolidagi qonun chiqaruvchi hamda dyevonlar – vazirliklar timsolidagi ijroiya tizimlariga bo’linishini qaytadan tikladi. Amir Tyemur davlat tizimida Qurultoy, ya’ni qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirdi. Bu bugungi tushunchadagi kongryess, assamblyeya, majlis kabilarga to’g’ri kyeladi. Har qanday davlatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy rivojini ta’minlash va jamiyat taraqqiyotini kafolatlash uchun qat’iy ijro intizomiga asoslangan ijroiya hokimiyati zarur edi. Amir Tyemur buyuk davlat arbobi sifatida ana shunday tizimni yarata oldi. Uning saltanati ijroiya hokimiyati tizimidagi yetti vazirlik bo’lib, ularning to’rttasi markazda, uchtasi sarhadlarda faoliyat yuritgan. Birinchi vazir mamlakat va raiyat ishlarini boshqargan. Bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni, raiyat ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliqlar ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni, mamlakat obodonchiligini, xalqning turmushini va vazifani tartibga solish ishlarini sohibqironga bildirib turgan. Ikkinchisi sipoh vaziri bo’lib, sipohiylarning ahvolidan xabar olish, harbiylarga tyegishli mulklarni boshqarish, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy mashqlarni uyushtirish va tashkil etish kabi ishlarni boshqargan. Uchinchi vazir egasiz qolgan, vafot etgan, qochib kyetganlarga tyegishli mulklarni, xorijlik savdogarlardan olinadigan zakot va bojlarni, chorvalarni, yaylovlarni boshqarib, ulardan kyeladigan soliq ishlari bilan shug’ullangan. To’rtinchi vaziri – saltanat ishlarini yuritishlishini amalga oshirgan. Qolgan uch vazir bosib olingan hududlarni va ulardan kyeladigan daromadlarni hisobga olish, sarhadlar va tobye mamlakatlardagi ishlarni boshqargan. Amir Tyemur hokimiyatining uchinchi tarmog’i – sud hokimiyatini shakllantirishga ham alohida e’tibor byerdi. Umumiy sudlar mamlakat va raiyat ishlarni bo’yicha qoziligi, lashkar qoziligi, axdos qoziliklarini tashkil etdi. Amir Tyemurning hayoti va faoliyatida uch davr yaqqol ko’zga tashlanadi. Birinchisi (1336-1359) sarkarda va davlat boshlig’i sifatida shakllanish davri. Ikkinchisi (1360-1385) Amir Tyemurning Movarounnahrni mo’g’ullar zulmidan ozod etib, yagona markazlashgan davlat tuzib, o’zaro urushlarga barham byergan sarkarda va davlat arbobi bo’lib yetishgan davridir. Uchinchisi (1386-1405) esa Amir Tyemurning buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida qudratli davlat chyegaralarini kyengaytirish maqsadida uch yillik, byesh yillik yurishlar davridir. SHunday qilib Amir Tyemur saltanati O’rta Osiyoda 35 yil (1370-1405) hukm surdi. U Markaziy Osiyo hududlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirdi. Hind va Gangadan to Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan’-SHandan to Bosforgacha ulkan impyeriya barpo etdi. Xullas, Amir Tyemurning buyuk tarixiy xizmatlari shundaki, birinchidan Movarounnahrda qon- qardosh xalqlarni mug’ullar zulmidan qutqarib, yagona markazlashgan davlatga birlashtirdi. Ikkinchidan, Oltin O’rda tormor qilinib, uning o’rnida mustaqil xonliklarning vujudga kyelishiga yordam byerdi. Uchinchidan, Oltin O’rdaning qulashi natijasida rus xalqi o’z mustaqilligiga erishdi. To’rtinchidan Tyemurning Turk sultoni Boyazid Yildirimga byergan qaqshatqich zarbasi Yevropa xalqlarni Turklar asoratidan saqlab qoldi.
Amir Tyemur davlatining ichki va tashqi siyosati. 1366-1370 yillar oralig’ida Amir Tyemur o’z e’tiborini ichki ishlarga qaratdi. Amir Husayn va Amir Tyemur o’rtasidagi ziddiyatlar 1370 yilda Husaynning o’ldirilishi va Amir Tyemurning taxtga o’tirishi bilan yakunlandi. Movarounnahrning amaldagi xoni CHingizxon avlodiga mansub bo’lgan Suyurg’atmish qo’liga o’tdi. Davlat boshqaruv tizimi esa Movarounnahr amiri nomini olgan Amir Tyemur qo’lida qoldi hamda Kyesh shahridan Samarqandga ko’chib, uni o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Amir Tyemurning Movarounnahrdagi birlashtirish siyosati boshlangan edi. U Amurdaryo va Sirdaryo oralig’ida turgan yerlarni o’ziga bo’ysindirib, o’ziga itoat ettirdi. Farg’ona, SHosh viloyatlarini o’z tasarrufiga kiritish unga qiyin bo’lmadi. Sirdayoning quyi oqimidagi Oltin o’rdaga qarashli yerlarni egallashda u bu yerlardagi ichki sulolaviy urushlardan foydalandi. Amir Tyemur Xorazmni ham qaytadan Movarounnahrga kiritishga intildi. Jami 5 marta yurish qilib 1372-1388 yillarda Xorazmni egaladi va so’fiylar sulolasini tugatdi. SHunday qilib, Yettisuvdagi va Sirdaryo etaklaridagi yerlardan tashqari, Turkiston yerlarining hammasi Amir Tyemur qo’liga o’tdi. Amir Tyemurning harbiy yurishlari tarixda «uch yillik» (1386-1388), «byesh yillik» (1392-1396) «yetti yillik» (1399-1405) urushlar dyeb nom olgan. Tyemur 1381 yilda Hirotga yurish qiladi. Bu davrda Hirotni kurdlar sulolasi boshqarar edi. Ularning hukmdori G’iyosiddin Pir Ali Tyemurga qattiq qarshilik ko’rsatmadi. Lyekin 1383 yilda Hirotda qo’zg’olon ko’tarildi. Qo’zg’olon bostirildi va kurdlar sulolasi kurashi bilan sarbadorlarning so’nggi hokimi bo’lgan Ali Muayyod ixtiyoriy suratda o’z yerlari va hokimiyatning Tyemurga topshirdi. XIV asrning 80-yillari o’rtasiga kyelib butun Xuroson Amir Tyemur ixtiyoriga o’tdi. «Uch yillik» urush davrida Amir Tyemur Ozorbayjon, Tabriz, Mozandaron, G’ilonni bo’ysundiradi. SHundan kyeyin u Kavkazga yurish boshlab, Tiflis, Arzirum va Van qal’asini egalladi. SHundan qulay payt kyelganidan, ya’ni Amir Tyemurning Erondaligidan foydalangan To’xtamish Movarounahrga Qamariddin yetakchiligida qo’shin yubordi. 352
1388 yil yanvarida Amir Tyemurning qaytishini kutgan dushman orqaga qayta boshladi. Amir Tyemur amrlarining Xusayn, SHayx ali Bahodir va boshqalarga dushmanni daf qilishni topshirdi. Ular Sirdaryo bo’yidagi Sarisuv dyegan joyda dushmanni quvib yetib unga katta talofot yetkazdilar To’xtamish 1388 yil oxirida Amir Tyemurga qarshi qayta hujum boshladi. Amir Tyemur esa urushga tayyorlanish uchun Sagoron (Kattaqo’rg’on)da qarorgohini tikib, qo’shinlarini jangavor holatga kyeltirdi. Amir Tyemur dushmanning orqa tarafidan hujum qilish uchun Qo’n’li o’g’lon, Tyemur Qutlug’ o’g’lon, SHayx Ali Bahodir qo’mondonligidagi qo’shinlarni yuboradi. Hujum muvaffaqiyatli bo’ldi. To’xtamish zo’rg’a qochib qutuldi. To’xtamishning Tyeryek daryosi bo’yida tor-mor etilishi va 1395 yilda Saroy Byerkaning xaroba qilinishi Oltin o’rdacha juda kuchli zarba bo’ldi. SHundan kyeyin u o’zini o’nglay olmadi. Amir Tyemur Ozarbayjonga bir nyecha marotaba hujum qilib bordi va 1387 yilda uni bo’ysundirishga muyassar bo’ldi. Armaniston va Gruziyani Amir Tyemur 1392 yilda bo’ysundiradi. Tyemurning uzoq Hindistonga yurishi 1398 yilda tamomlandi. Amir Tyemurning harbiy mahorati shunda ediki, u o’z dushmanlarini erkin nafas olishga qo’ymagan. 1400 yilda Amir Tyemur qo’shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni Faraj bilan kurash olib bordilar. 1402 yilda Amir Tyemur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi marta to’qnashdi va uni tor-mor etdi. Amir Tyemur o’z qo’shinlari bilan 1404 yilning oxirida Xitoyda qarab yo’lga chiqqandi. 1405 yil yanvar oyining o’rtalarida O’trorda to’xtashga qaror qilishadi va bu yerda 18-fyevral kuni Tyemur vafot etdi.
Amir Tyemur – atoqli davlat arbobi, mohir diplomat. Tyemur o’zining hayoti davomida harbiy istye’dodi, mohir sarkardaligi, diplomatliligi va yetuk davlat arbobi bo’lganligi tufayli milliy yuksalish va insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ulkan markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo’ldi. U turk-mo’g’ul an’analariga amal qilgan holda o’z davlati hududlarini suyurg’ol (ulus) tariqasida in’om qilish yo’li bilan boshqargan. Tyemur Movarounnahrdan tashqaridagi yerlarini to’rt ulusga bo’lib, farzandlariga in’om etdi. Bu masalaning e’tiborli tomoni shundaki, garchi sohibqiron tomonidan bo’lib byerilgan yerlar ichki mustaqillikka ega bo’lsalarda, lyekin amalda batamom markaziy homikiyatga bo’ysundilar. Tyemur mohir diplomatligini shundan bilsa bo’ladiki, u uluslar o’rtasida o’zaro nizolar kyelib chiqmasligi uchun ularning faoliyatini doimo o’zi nazorat qilib turadi. Sohibqiron chyet davlatlar bilan aloqani kyeng yo’lga qo’ydi. U davr shart-sharoitlariga ko’ra tashqi siyosatda qat’iy faol harakat qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga chiqara oldi. Sohibqironning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan g’alabalaridan so’ng Fransiya, Angliya, Gyenuya va Vizantiya erkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif etgan. SHunday qilib, u Yevropa davlatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish, savdo karvon yo’llarini rivojlantirish niyati borligini ko’rsatib, o’z davlati shuhratini Yevropaga tarqata oldi. Uning saltanatini dovrug’i bu mamlakatlarga yetib borishi bilan Fransiya, Angliya, Gyenuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlarning qirollari sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o’rnatishga intilganlar. SHu bois ular sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Tyemurning chyet davlatlar bilan olib borgan diplomatik aloqalarida uning o’g’li Mironshoh ko’p yordam byergan. Uning doimo amal qilib kyelgan «Kuch adolatdadir» dyegan so’zlari uning davlatni boshqarishdagi yuksak qobiliyatidan dalolat byeradi. Bundan tashqari «Tyemur tuzuklari» – bu adolatli hamda kuchli davlat barpo etish yo’lidagi muhim qonun qoidalar to’plamidir. Amir Tyemur tarixda mohir diplomat va davlatlar o’rtasida yaxshi munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarini yo’lga qo’yish tarafdori sifatida chuqur iz qoldirdi. U Yevropa va Osiyo o’rtasida o’zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan kyeng ko’lamli ishlarni amalga oshirdi. Amar Tyemurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug’roviy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Bu afzallik xalqlar hyech qanday to’sqinliksiz harakat qiladigan yangi yo’llarning ochilishida ham namoyon bo’ldi. Bundan 600 yil oldin o’rnatilgan ilk diplomatik munosabatlar hozirgi kunda ham davom etib kyelmoqda. Ispaniya O’zbyekiston mustaqilligini 1991 yilda tan olib, 1992 yilda diplomatik aloqalarini o’rnatdi. SHu kungacha ikkala mamlakat rahbarlari bir nyecha bor rasmiy uchrashuvlar o’tkazdilar. Ushbu uchrashuvlar bobomiz Amir Tyemur boshlab byergan Ispaniya va O’zbyekiston o’rtasidagi o’zaro tarixiy, diplomatik va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida yangi bosqich bo’ldi. Yevropalik olimlar Amir Tyemur va uning faoliyati haqida bundan to’rt yuz yil ilgari gapira boshlagan edi. 1553 yilda Floryensiyada ital’yan olimi Pyerondino qalamiga mansub «Skiflik buyuk Tamyerlan» kitobi bosilib chiqdi. Bu Yevropada Amir Tyemur haqidagi ilk ilmiy tadqiqot hisoblanadi. Yevropa tillarida (ispan, ingliz, fransuz) e’lon qilingan bo’lib manbalar ichida birinchi o’rinda ispan elchisi Rui Gonsalyes dye Klavixoning «Samarqandga Amir Tyemur saroyiga sayohat kundaligi (1403- 1406)» turadi. 353
Bir nyecha yevropalik bastakorlar opyeralarda Amir Tyemur obrazini yaratganlar. XVII asr boshida ital’yan bastakori Gaspirni «Tamyerlan» opyerasini yaratdi. Ushbu opyera Vyena tyeatrida sahna yuzini ko’rdi. Bastakor Lyeo uni Nyeapol’ tyeatrida sahnalashtirdi. Butun jahonning ellikdan ortiq mamlakatida tyemurshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. O’tgan olti yuz yil mobaynida Yevropa tillarida Amir Tyemurga bag’ishlab yozilgan salmoqli asarlarning soni 500 ga yetdi, SHarq tillarida esa 900 dan oshdi. Bugungi kunda O’zbyekistonda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Tyemurning myerosi va faoliyatini ilmiy tadqiq etuvchi tyemurshunoslik fani vujudga kyeldi. Ryespublikamizning taniqli olimlari Akmal Saidov, Halim Boboyev, Jo’raboy Toshqulov, Azamat Ziyo, Abdurashid Mamatov, SHohista O’ljaboyeva, Sadriddin Xidirovlar Amir Tyemur myerosini va faoliyatini o’rganishda munosib hissalarini qo’shib kyelmoqdalar va sarkarda Buyuk davlat arbobi Amir Tyemur tavalludining 670 yilligi ryespublikamizdagi kabi dunyoning ko’pgina mamlakatlarida ham kyeng nishonlandi.
354
Amaliy mashg’ulot rejasi 1.X1Vasrning ikkinchi yarmi va XV asrda Movarounnahr va Xurosonda moddiy madaniyat ravnaqi. 2.Temuriylar davrida ilm-fan. Ulug'bekning ilmiy inaktabi. 3.Hattotlik, tasviriy san'at va musiqa madaniyati. 4.Badiiy adabiyot. Alisher Navoiy ijodiy myerosi.
nomayondalar, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi olib borgan ishlari haqida bilim beriladi. Pedagogik vazifalar: XIVasrning ikkinchi yarmi va XV asrda Movarounnahr va Xurosonda moddiy madaniyat ravnaqi, yuksalishi hamda siyosiy-ijtimoiy ahvol yoritiladi Temuriylar davrida ilm-fan ravnaqi hamda Ulug'bekning ilmiy maktabining faoliyatini yoritib berish Hattotlik, tasviriy san'at va musiqa madaniyati holatlari talqin etiladi. Badiiy adabiyot, uning rivoji Alisher Navoiy ijodiy myerosining o’rganilish ahamiyati yoritiladi
XIVasrning ikkinchi yarmi va XV asrda Movarounnahr va Xurosonda moddiy madaniyat ravnaqi, yuksalishi hamda siyosiy-ijtimoiy ahvol gapirib beriladi Temuriylar davrida ilm-fan ravnaqi hamda Ulug'bekning ilmiy maktabining faoliyatini tarixiy faktlar asosida tahlil qilinadi va gapirib beriladi Hattotlik, tasviriy san'at
va musiqa
madaniyati holatlari talqin etiladi. Badiiy adabiyot, uning rivoji Alisher Navoiy ijodiy myerosining o’rganilish ahamiyati yoritiladi
suhbat, tushuntirish, tezkor so’rov, zigzag (arra) texnikasi
Ommaviy, guruhlarda ishlash Ta’lim berish vositalari O’quv
qo’llanma, proyektor,
o’quv
topshiriqlari, test savollar Ta’lim berish sharoiti Texnik ta’minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo’ljallangan auditoriya
Og’zaki
nazorat: savol-javob, testlar, tarqatma materiallar
355
Tayyorlov bosqichi Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. Mavzu bo’yicha tayanch konspektlar ishlab chiqadi. Belgilangan ta’limiy maqsadlarga erishishni ta’minlovchi o’quv topshiriqlarini ishlab chiqadi. Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta’minlash uchun yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi. Ekspert guruhlar faoliyat natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
1. O’quv mashg’ulotiga kirish bosqichi
1.1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarini e’lon kiladi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi. 1.2. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so’rov o’tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi. 1.3. Faoliyat kichik guruhlarda o’quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. 1.4.
Qo’shimcha ma’lumotlar aks etgan
tayanch konspektlarni tarqatadi. 1.5. Ekspert guruhlar faoliyati natijalarini baholash mezonlarini e’lon qiladi. Tinglaydilar.
Savolni muhokama qilib, ularga javob beradi.
2. Asosiy bosqich (60 daqiqa) 2.1.
Talabalarni to’rtta
kichik guruhga
bo’ladi. Mashg’ulotning o’tkazilish tartibini yana eslatadi. O’quv mashg’uloti «o’zi o’rganib, o’zgaga o’rgatish», ya’ni hamkorlikda o’rganish prinsipi asosida o’tkazilishini aytadi 2.2. Guruhlarga ekspert varaqlarini, shu bilan birga, har bir talabaga geometrik shakl tarqatadi va faoliyatlarini tashkil qiladi (geometrik shakllarni vaqtincha bir joyga
ko’yishlarini, vakti kelganda ulardan foydalanishlarini aytadi). Guruhlarda ishni tashkil kiladi. (matnni o’rganib, muhokama kilishga 15 daqiqa beradi). 2.3. Doira shaklini olgan talabalar 1-stol, uchburchak shaklini olganlar 2-stol va to’rtburchak olganlar 3-stol atrofiga o’tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to’plangan talabalar o’z savollarini boshqa talabalarga yoritishini tushuntiradi. O’zaro o’rgatish jarayoni boshlanadi (15 dakika). Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni
yo’naltiradi, maslahatlar beradi. 2.4. Talabalarni o’zlarini dastlabki joylariga, stol atrofiga kelib o’tirishlarini aytadi. 2.5. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 nafardan talaba chiqib, faoliyat natijalarini taqdim qilishlarini aytadi. Taqdimot uchun xar bir guruhga 8 daqiqadan vaqt ajratadi. Yo’naltiruvchi, maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Javoblarni aniqlashtiradi, to’ldiradi, izoh beradi va tuzatishlar kiritadi. 2.6. Har bir gurux taqdimoti oxirida ekspert savollari bo’yicha xulosalar qiladi. Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Topshiriq bo’yicha faoliyat boshlaydilar. Matnlarini o’qib, savollarga javob topadi. Ma’lumotni muhokama kilib, fikr almashib, sistemalashtiradi. Format kog’oziga sxema tarzida tushiradi, taqdimot uchun materiallar tayyorlaydilar.
Faoliyat natijasini taqdimot qiladilar.
3–Yakuniy bosqich (15 daqiqa) 3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi. 3.2.O’quv mashg’ulotini natijalarini sharhlaydi, guruhlar faoliyati bahosini e’lon qiladi. 3.3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: amaliy mashg’ulotga tayyorlanib kelish; nazorat savollariga og’zaki javob berish Tinglaydilar.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling