Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davan — qadimgi Farg’ona davlati.
- Q a n g’ davlati
- Kushon podsholigi.
- Tohiriylar va Somoniylar davlati
Qadimgi Xorazm. Mil.av.IV asrda Xorazm Axomaniylar davlatidan ajralib, o’z mustaqilligini tiklab oladi. Makedoniyalik Aleksandrning harbiy yurishlari, so’ngra Salavkiylar hukmronligi davrida ham o’z erkini saqlab qolgan Xorazm bu yangi fotixlar bilan mustaqil davlat sifatida aloqada bo’ladi. Ma’lumki, mil.av.VII-V asrlardayoq uzil-kesil shakllangan Xorazm vohasining o’troq xo’jaligini, asosan, dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan. Bunday ishlab chiqaruvchi xo’jaliklarning kengayishi esa, o’z navbatida vohada ko’plab shahar, qishloq va qal’alarning qad ko’tarishiga, hunarmandchilikning kulolchilik, temirchilik, to’qimachilik, zargarlik va qurolsozlik kabi turli sohalarining yuksak darajada rivoj topishiga olib kelgan. Bu davrda qadimgi Xorazmda ayniqsa, dehqonchilik vohalari, aholi turar joylari muhofazasiga katta ahamiyat beriladi. Shahar, qishloq va qal’a darvozalari g’ulomgardish, burj va nishon tuynuklari bilan mustahkamlanadi. Ulkan va o’ta mustahkam qal’alari tufayli bu qadimgi diyor Xorazm («Xu-var- zm»), ya’ni «yaxshi yoki ajoyib qal’ali o’lka» ma’nosini anglatuvchi nom bilan shuhrat topgan. Bunday qal’alar Avesto kitobida «var» atamasi bilan tilga olinadi. Yozma manba va arxeologiya ma’lumotlarining guvohlik berishicha, mil.av.III - mil. III asrlarda Xorazm Sirdaryoning o’rta oqimida tashkil topgan Qang’ davlatining tarkibida bo’lgan.
kichik o’troq dehqonchilik vohalari kengayib, mil.av. IV-1 asrlarda ishlab chiqaruvchi xo’jalikning turli sohalari rivoj topadi. Bir nechta qishloq va shaharlar qad ko’taradi. Qadimda bu obod tarixiy o’lka va bosh shahri tabiatiga monand mazmunni anglatuvchi «Parkana», ya’ni «suv bo’yi» yoki oddiygina «vodiy» deb yuritilgan. Qadimgi Xitoy yozma manbalarida u Dayyuan (Davan) nomi bilan tilga olinib, Quva shahri (Qayqubat) uning poytaxti bo’lgan. Davanda o’troq ziroatkor aholi bilan bir qatorda tog’ oldi va dashtlik hududlarda chorvador qabilalar ham yashagan. Chorvachilikda, ayniqsa yilqichilikka e’tibor kuchli bo’lgan. Davan qadimda o’zining zotli «samoviy» arg’umoqlari bilan shuhrat qozongan. Davan tulporlari, ayniqsa Xitoyda juda qadrlangan. Mil.av. II asrda Davanda qaviylik darajasidagi hokimlik hukm surgan. Davlat boshqaruvida oqsoqollar kengashi muhim o’ringa ega bo’lgan. Davlat va jamoalarga tegishli hayotiy masalalar oqsoqollar kengashida hal etilgan. Davanda pul zarb etish bu vaqtda hali yuzaga kelmagan edi. Tashqi va ichki savdo pulsiz mol ayirboshlash vositasida amalga oshirilgan. Qo’shni davlatlar, ayniqsa Xitoy bilan bo’lgan savdo muhim o’ringa ega bo’lgan. Mil.av. Sh asr boshlarida Sirdaryoning o’rta oqimidagi yerlarda ko’chmanchi chorvador sak qabilalarining Q a n g’ davlati tashkil topadi. Qadimgi Xitoy manbalarida esa u «Kangkiya», zamonaviy o’qilishda «Kangyuy» va «Kandzyuy» shaklida tilga olingan. Bu davlatning hududi qadimgi Choch (Toshkent) vohasi, Talas vodiysi va Chu daryosining quyi oqimida joylashgan. Mil.av. II-I asrlarda Qang’ davlati nihoyatda kengayib o’ziga 5 ta o’troq viloyat: Choch, Kesh,
302
Sug’d, Buxoro va Xorazm hokimliklarini bo’ysundiradi va yirik davlat birlashmasiga aylanadi. Mamlakat bir qancha el, yurt va o’troq dehqonchilik viloyatlariga bo’lingan. Davlatni xoqon boshqargan. Xoqonlik vorisiy bo’lib otadan o’g’ilga meros tariqasida o’tgan. Davlat boshqaruvida qabila oqsoqollari va harbiy sarkardalardan iborat oliy kengash muhim o’ringa ega bo’lgan. Qang’ davlatiga tobe viloyatlar mahalliy hokimlar qo’lida bo’lib, ular xoqonlikka muttasil boj to’lab turgan. Qang’ davlatiga tobe o’troq viloyatlarda hunarmandchilik va savdo shaharlari, mustahkam yirik qal’a va ibodatxona ko’p bo’lgan. Shaharlar turar joylarining aksariyati paxsa va xom g’ishtlardan qurilgan. Shaharning tashqi devori, qal’asi, darvozalari, burj va nishon tuynuklari kabi mudofaa
inshootlarining mustahkamligiga alohida ahamiyat berilgan.Shaharlarda hunarmandchilikning turli sohalari, xususan, kulolchilik va temirchilik ancha rivoj topgan. Qang’ davlati Xitoy, Kushon, Parfiya, Rim va Kavkazorti mamlakatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqada bo’lgan. Uning hududidan Buyuk ipak yo’li kesib o’tganligi tufayli tashqi savdo aloqalarda sarbonlikni qo’lda saqlab turishga intilgan. Milodning V asriga kelib Qang’ davlati parchalanib, uning hududida bir necha mustaqil davlatlar tashkil topadi. Kushon podsholigi. Mil.av. 1-asr oxirida Guyshuang yabg’usi Kujula Kadfiz 5 hokimlik (jabg’ulik)ni birlashtirib, o’zini Guyshuang hokimi deb elon qiladi. Tarixda bu davlat Kushon podsholigi nomi bilan shuhrat topadi. Qadimgi Chag’oniyon viloyatida joylashgan Dalvarzin mavzei Kushon podsholigining poytaxtiga aylantiriladi. Kujula Kadfiz hokimlik davrida «yabg’u», «shohlar shohi» va «buyuk xaloskor» kabi jarangdor unvonlar bitilgan tangalar zarb etiladi. Kujula Kadfiz o’z davlat chegaralarini kengaytirish va qudratini mustahkamlash maqsadida boshqa hududlarga yurish qiladi. Mil.av. 1 asr oxiri va mil. 1 asr boshlarida Kushon podsholigi nufuzi jihatidan Xitoyning Xan davlati, Parfiya podsholigi va Rim saltanati bilan raqobatlashadigan qadimgi dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylanadi.Kujula Kadfiz vafotidan so’ng, podsholik taxtiga o’g’li Vima Kadfiz o’tiradi. U pul islohoti o’tkazib, mis chaqalar bilan bir qatorda oltin tangalar zarb etadi. Hindistonning shim.-g’arbiy qismini o’z davlatiga qo’shib olib, Rim saltanati bilan aloqa o’rnatadi. Vima Kadfizdan so’ng Kushonlar saltanati taxtiga Kanishka I o’tiradi. Uning hukmronligi davrida (mil. 78—123) mamlakat har jihatdan rivoj topib yuksaladi. Panjob va Kashmir viloyatlari qo’shib olinib, davlat chegaralari yanada kengaytiriladi. Podsholik poytaxti Baqtriya shimoldan janubga — Purushapur (hoz. Peshovar shahri)ga ko’chiriladi. Kushon podsholigining chegaralari bu davrda janubda Panjob viloyati, shimolda esa Hisor tog’i tizmalari bo’ylab o’tadi. Shaharlar soni ortib, ularda buddaviy dinining hashamatli me’moriy obidalari: ibodatxona, monastirlar, stupa (sajdagoh)lar qad ko’taradi. Ibodatxonalar Budda va uning sanam (bodisatva)lari haykallari bilan bezatilib, shahar me’morchiligi bilan uzviy bog’langan holda tasviriy va amaliy san’at, haykaltaroshlik yuqori darajada rivoj topadi. Arxeologiya yodgorliklari va topilmalardan ma’lum bo’lishicha bu davrda hunarmandchilik, ayniqsa kulolchilik, misgarlik, zargarlik va qurolsozlik taraqqiy etadi. Hunarmandchilik mahsulotlarining ortishi bilan ichki va tashqi, xususan, chorvador aholi bilan savdo aloqalari avj oladi. Kushon podsholigining Xan davlati va Rim saltanati bilan iqtisodiy va elchilik munosabatlari yuksak darajaga ko’tariladi. Kuchli tabaqalanish oqibatida yuzaga kelgan qo’zg’olonlarning avj olishi natijasida III acr o’rtalarida Kushon podsholigi parchalanib, barham topadi.
3-masala Milodiy IV-VI asrlar O’rta Osiyo tarixida ko’chmanchi qabilalarning kirib kelishi hamda yangi siyosiy uyushmalarning yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Ammo shuni e’tiborda tutish lozimki, o’rganilayotgan davrda O’rta Osiyoga kelib joylashgan qavmlar Amudaryo va Sirdaryo hududlarida hayot kechirib kelayotgan chorvador xalqlarga madaniy va til jihatidan ancha yaqin elatlar edilar. Shunday elatlardan biri kidariylar bo’lib, ular haqidagi asosiy ma’lumotlar Xitoyning Beyshi solnomasida hamda g’arb mualliflaridan Prisk Paniyskiy asarlarida uchraydi. Ushbu ma’lumotlarning tahlili kidariylar sulolasining asoschisi, dastlabki hukmdor Sidolo yoki Kidara IV asrda humronlik qilganligini ko’rsatadi. Ammo bu ma’lumotlar to’liq emas. Ba’zi manbalarda Kidara Kushonlar davlatining so’nggi hukmdori sifatida tilga olinadi. Ushbu ma’lumotlardan 303
kidariylar kushonlarning bevosita davomchilari bo’lganligini taxmin qilish mumkin. O’sha davr tangalarini o’rgangan olimlar fikricha, kidariylar Tohariston va Gandxarani 412-437 yillar oralig’ida o’z qo’llari ostida birlashtirganlar. Kidariylar haqidagi ma’lumotlar nihoyatda cheklangan. Ularda kidariylarning 456 yili Hindistonga borib Gupta davlatini bosib olganliklari, u yerda 75 yil hukmronlik qilganliklari, 477 yili Gandxaradan Xitoyga elchilar yuborganliklari ma’lum, xolos, kengroq ma’lumotlar hozircha mavjud emas. IV asr o’rtalarida o’lkamizga shimoldan ko’chmanchi xioniylarning hujumi boshlanadi. Ularga tadbirkor hukmdor Grumbat boshchilik qilgan. Xioniylar 353 yili So’g’dga yurish qiladilar va uni bosib oladilar. Shu tariqa O’rta Osiyoda Xioniylar davlati tashkil topadi. IV asrning 60-70-yillariga kelib xioniylarning forslar bilan munosabatlari buziladi. Eron shohi Shopur II xioniylarga qarshi kurashib, ikki marotaba yengiladi. Ma’lumotlar yetarli bo’lmasada, mutaxassislar xioniylar kidariylar bilan ittifoqda bo’lganligini taxmin qiladilar. Bunda ular shu davrda Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi yerlar xioniylar ta’siri ostida bo’lganligi hamda ba’zi manbalarda xioniylar kidariylar bilan yonma-yon tilga olinishiga asoslanadilar. Eftaliylar haqidagi ma’lumotlar Rim, Vizantiya, Suriya, Arman, Xitoy va Fors manbalarida hamda Firdavsiyning “Shohnoma” asarida uchraydi. Eftaliylarning kelib chiqishi haqida yagona fikr mavjud emas. Ba’zi tadqiqotchilar eftaliylarni O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida yashovchi qadimgi mahalliy elatlardan, boshqalari esa ularni Orol oldi va Xorazmdan kelib chiqqanligini qayd qiladilar. Manbalardan birida (Lazer Parbskiy, V asr) eftaliylar yetti xonadondan iborat massagetlarning yetakchi urug’laridan biri sifatida bayon qilinadi. Xitoy manbalarida eftaliylar yuyechjilarning boshqa bir shoxobchasi, ya’ni gaogyuy qabilasining tarmog’i, yoxud Qang’yuy avlodlari sifatida talqin qilinadi. O’zlarini alxonlar deb atagan eftaliylar Baqtriya-Toxariston yerlarida yashagan azaliy boxtar qavmidan chiqqan etnik guruh ekanligini qayd qiluvchi fikrlar ham mavjud. Zamonaviy tadqiqotlar eftaliylarning haqiqiy vatani Baqtriya-Toxaristonga muvofiq kelishini ko’rsatmoqda. Manbalarda yozilishicha, eftaliylar yagona hukmdor izmiga itoat etuvchi, batartib xalq bo’lib, fuqarolar orasida va qo’shni davlatlar bilan munosabatlarda ular uchun adolat asosiy mezon hisoblangan. Eftaliylar qudratli va ulkan davlat barpo etdilar. Uning hududlari Kushon davlati hududlaridan ham katta edi. Uning hududiga O’rta Osiyoning asosiy qismi, Sharqiy Turkiston hamda Shimoliy Hindistonning yarmi Gandxara bilan birgalikda tarkibiga kirgan.Eftaliylar Eron sosoniylarining harbiy qudratini sindira oldilar. Sosoniylarning sharqqa yurishlari eftaliylarning qarshiligi tufayli to’xtadi. Ular Eron shohlarining ichki siyosatiga ham aralashib, hatto kimni taxtga o’tqazish masalasini hal qilish ularning qo’lida bo’lgan. Eron davlati har yili eftaliylarga katta miqdorda o’lpon to’lab turgan. Eftaliylar manbalarda dastlab 453-454 va 457 yillar voqyelari bilan bog’liq tarzda tilga olinadi. Ularda keltirilishicha, eftaliylar ularga hujum qilgan Yazdigerd II qo’shinini tor-mor keltirib, Eronning ichkarisiga ham talon-taroj yurishlarini amalga oshirganlar. Mazkur voqyealar 453-454 yillarda sodir bo’lganligi qayd qilinadi. Shuningdek, 457 yilda eftaliylar hukmdori Vaxshunvar Chag’oniyon, Toxariston va Badaxshonni o’ziga bo’ysundirgan. 456 yilda eftaliylardan Xitoyga dastlabki elchilar kelgan. 459 yili Eron taxtiga o’tirgan Pero’zning hokimiyatga kelishi manbalarda eftaliylar bilan bog’liq ravishda bayon qilinadi. Dastlab eftaliylar yordamida hokimiyatga kelgan Pero’z keyinchalik ularning g’animiga aylanadi hamda 459-484 yillarda eftaliylarga qarshi uch marta yurish qiladi va har gal mag’lubiyatga uchraydi. Mazkur mag’lubiyatlar natijasida Xuroson hududi to’laligicha eftaliylar tasarrufiga o’tadi. Eftaliylar jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy tuzumining tahlili bu davrda aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lib, qolgan qismi esa ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullanganligini ko’rsatadi. Eftaliylarning ko’pchiligi mahalliy aholi bilan aralashib, o’troq turmush tarziga o’tgan hamda shahar hayotini o’zlashtirganlar. Ko’chmanchi turmush tarzini afzal ko’rganlari esa kigiz o’tovlarda yashab, keng va sersuv yaylovlarga ega bo’lishgan. Shu boisdan ular manbalarda goh chorvadorlar, goh shaharliklar sifatida tilga olinadi. 304
Eftaliylar davlatida aholi turli dinlarga e’tiqod qilgan. Mamlakat hududlarida zardushtiylik va buddaviylik dinlari keng yoyilgan. Shuningdek, shaharlarda nestorianlar (nasroniylikning ilk ko’rinishi) va ibroniylar (yahudiylar) jamoalari ham mavjud bo’lgan. Eftaliylar davrida hunarmandchilikning qulolchilik, shishasozlik, chilangarchilik, bo’zchilik, zargarlik, qurolsozlik kabi sohalari ravnaq topgan. Bu davrda shaharlar soni ortib, birgina Zarafshon vohasida o’nga yaqin savdo hunarmandchilik shaharlari mavjud bo’lgan. Shuningdek, bu davrda rangli oynalar ishlab chiqarish ham keng yoyilgan. Eftaliylar Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy singari qudratli va boy mamlakatlar bilan xalqaro savdo munosabatlarini keng yo’lga qo’yganlar. 2. V asrning 2-yarmi — VI asrning 1-yarmilarida Oltoy va Janubiy Sibirda Ashina qabilasining yabg’ulari Asanshod, Tuu va Buminlar boshchiligida turkiy qabilalarning ittifoqi vujudga keladi. Qadimgi turk manbalarida bu ittifoq «turk», «turkel», «turkyut» va «turk budun» kabi nomlar bilan tilga olingan. Xitoyliklar Ashina qaramog’idagi odamlarni «tukyu» deb ataydilar. «Turk» so’zining lug’aviy ma’nosi «kuchli, chidamli» demakdir. V asrda Ashina tevaragiga to’plangan o’rda askarlari «turk» nomi bilan atalgan bo’lsalar, VI-VII asrlarda faqat turk tilida so’zlashadigan aholi shu nom bilan atalardi. VI asr o’rtalarida Bumin boshliq turk ittifoqi tele qabilasini o’ziga bo’ysundirgach, Markaziy Osiyodagi eng kuchli Jujan xoqonligiga qaqshatqich zarba beradi. 551 yilda Bumin «xoqon», ya’ni hukmdor unvoniga muyassar bo’lib, Turk xoqonligiga asos soladi. Oltoy xoqonlikning markazi bo’lib qoldi. Hukmronlikni mustahkamlab olgach, Bumin va uning ukasi Istomi xoqonlik chegaralarini kengaytirishga kirishadi. Qisqa vaqt ichida Yenisey daryosi bo’ylarida yashovchi qirg’izlar va shu atrofdagi boshqa xalqlar janubi-g’arbiy Manjuriyaning mo’g’ul qabilalari—kidanlar bo’ysundiriladi. Shimoliy Xitoy viloyatlari bosib olinib, Xitoy imperatori turklar bilan sulh tuzishga, keyinchalik esa hatto yiliga 100 ming to’p ipak mato hisobida xoqonlikka o’lpon to’lab turishga majbur bo’ladi. 555 yildayoq turklar Sharkiy Turkistonning obod dehqonchilik viloyatlarining kattagina qismini va boy hunarmandchilik shaharlarini hamda Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng dasht mintaqasini butunlay egallab oladi, xoqonlik hukmronligi Xorazmga ham yoyilib, uning chegarasi Eftaliylar davlati yerlariga borib tutashadi. Shunday qilib, VI asrning 70—80 yillarida Yeniseyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo’ylarigacha, Manjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho’zilgan ulkan maydonda aholisi aksari ko’chmanchi chorvador qabilalardan iborat Turk xoqonligi tashkil topdi. Turk xoqonligi chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy qabilalarning ittifoqidan iborat bo’lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqarar edi. Hukmdorning hokimiyati urug’-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. Mamlakat aholisi ko’chmanchi chorvador va o’troq dehqonlardan iborat edi. Ko’chmanchi chorvador aholi budun yoki qora budun (qora xalq) deb atalardi. VI asr oxirlarida boshlangan o’zaro qabilaviy urushlar va sulolaviy kurashlar oqibatida Turk xoqonligi 603 yilda ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Ulardan biri Mo’g’ulistonda tashkil topgan Sharqiy turk xoqonligi, ikkinchisi esa, O’rta Osiyo, Jung’ariya va Sharqiy Turkistonning bir qismini o’z tasarrufiga olgan G’arbiy turk xoqonligi edi. G’arbiy xoqonlikning markazi Yettisuv edi. VII asrning 1-choragida G’arbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Hind daryosi bo’ylariga borib taqaladi. Xoqon Tun yabg’u hukmronlik qilgan yillarda boshqaruv tartiblari isloh etiladi. O’troq aholi viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog’lash va ular ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning yabg’u unvoni berilib, ular xoqonning noibiga aylanadilar. Natijada O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytirilib, ular huzuriga xoqonlikning vakillari — tudunlar yuboriladi. Tudunlar viloyatlarda boju yasoqlarni jamg’arish ustidan nazorat qilar va ularni xoqon qarorgohiga jo’natish bilan shug’ullanardi. Biroq xoqonlikning harbiy-ma’muriy tayanchi hisoblangan dulu va nushibi kabi qabila uyushmalari zodagonlari o’rtasida hokimiyat uchun tobora kuchayib borgan kurash oqibatida G’arbiy turk xoqonligi zaiflashib, bo’linib ketadi. Vaziyatdan foydalangan Xitoyning Tan 305
imperiyasi qo’shinlari 657—659 yillarda Yettisuvga bostirib kiradi. Natijada xoqonlik xitoylarga qaram bo’lib qoladi. G’arbiy turklarning ularga qarshi muttasil kurashi natijasida VII asr oxiriga kelib xoqonlik mustaqillikni tiklab oladi. Chochdan to Beshbaliq va Turfongacha bo’lgan viloyatlarda dulu qabila ittifoqidagi turkashlar hukmronligi o’rnatiladi. Yangitdan tiklangan bu turklar davlati tarixda Turkashlar xoqonligi nomi bilan yuritiladi. Keyinchalik Turkashlar xoqonligi Sharqda yarim asrdan ortiqroq vaqt davomida Tan imperiyasining bosqinlarini daf etib, Xitoy qo’shinlarini O’rta Osiyo va Sharqiy Turkiston yerlariga bostirib kirishlariga yo’l qo’ymaydi. G’arbda esa Movarounnahrga jadal bosib kelayotgan yangi g’anim — Arab xalifaligi lashkarlariga qarshi Buxoro, Sug’d va Choch aholisi bilan bir safda turib shiddatli janglarda qatnashadi. 4-masala
Arablarning O’rta Osiyo hududlaridagi deyarli bir asrlik hukmronlik davri, bu hududning erksevar xalqlarining o’z eli, Vatanining mustaqilligi yo’lidagi kurashini, intilishini so’ndira olmadi.
Darhaqiqat, IX asr boshlariga kelib Arab xalifaligida yuzaga kelgan siyosiy tanglik, Xuroson va Movarounnahrda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar, eng muhimi, bu hududda yuz bergan Rofe ibn Lays qo’zg’aloni (806-810) mazqur o’lka xalqlari uchun xalifalik tobeligidan qutilish, yurt mustaqilligini qo’lga kiritish yo’lida qulay imkoniyatlarni vujudga keltirgandi. Gap shundaki, mashhur xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vafotidan so’ng xalifalik taxtini egallash uchun uning o’g’illari - Amin va Ma'mun o’rtasida qizg’in kurash boshlangan edi. Bir necha yilga cho’zilgan bu siyosiy mojaro nafaqat xalifalik markazini tang ahvolga solib qolmasdan, balki unga tobe bo’lgan hududlardagi voqealar rivojiga ham sezilarli ta'sir ko’rsatgan. Xuroson noibi Ma'mun o’z kurashida Xuroson va Movarounnahrning nufuzli kuchlariga tayanib, nihoyat 813 yilda xalifalik hokimiyatini egallaydi. Bundan avvalroq Ma'mun bu o’lkada xiyla uzoq davom etgan Rofe ibn Lays qo’zg’alonini bostirishda mahalliy feodal kuchlar madadidan foydalangandi. Ma'munning xalifalik taxtiga chiqishiga katta harbiy yordam ko’rsatgan Xuroson nufuzli doiralarining yirik namoyandasi Toxir ibn Husayn bir qancha muddat Bog’dodda xalifalik qo’shinlariga ham boshchilik qilgan edi. Xalifa Ma'mun Xuroson va Movarounahrda davom etayotgan arablarga qarshi kuchli muxolifatchilik harakatilarini bartaraf etish qiyinligini anglab yetganidan bu hududlarni boshqarish huquqini mahalliy feodal tabaqa vakillari ixtiyoriga berishga majbur bo’ladi. Shu yol bilan u mazkur o’lkalarning xalifalikka tobeligini saqlab qolmoqqa intiladi. Mahalliy hukmdorlar esa uddaburonlik bilan, xalifalikning zaiflashganligidan, shuningdek yangi xalifa Ma'munning "iltifoti"dan foydalanib, boshqaruv jilovini qo’lga kiritgach, undan yurt mustaqilligi, uning ravnaqi va qudratini oshirish yo’lida foydalanishga qat'iyan yo’l tutdilar. Xurosonda Tohir ibn Husayn va uning avlodlari, Movarounahrda esa Somon Xudot va uning vorislari tomonidan siyosiy hokimiyatni kiritilishi, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi mana shu tarzda amalga oshdi. Tohiriylar davlatining asoschisi Tohir ibn Husayn 821 yildan e'tiboran Xuroson noibligini qo’lga kiritadi. Dastlab Movarounahrning ko’pgina viloyatlari ham bu davlat tarkibiga kirgan. Buning boisi, ikkala o’lkaning noiblik markazi Xurosonning Nishopur shahri bo’lgan. Tohir ibn Husayn o’z davlatining mustaqilligini tiklash maqsadida 822 yilda xalifa nomini xutba namozidan chiqarib tashlashga amr kiladi. Biroq tez orada uning sirli o’limi bu borada katta ishlar qilinishiga imkon bermaydi. Uning vorislari Talha (822-828), Abul Abbos Abdulloh (830-844), Tohir ibn Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir (862-873) davrlarida Tohiriylar davlatining mustaqilligi xiyla ta'minlandi. Tohiriylar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotni, mulkiy munosabatlarni rivojlantirish, qishloq xo’jaligini tartibga keltirish, suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash, suv inshootlari barpo etish, shuningdek fuqarolardan olinadigan soliqlarni mo'tadillashtirishga ahamiyat beradilar. Jumladan, Abdullox ibn Tohirning chiqargan bir farmonida "dehqonlarni xafa qilmaslik", bularsiz xazinaga yetarli miqdorda soliq tushmasligi alohida o’qtirilgandi. Biroq shunga qaramay, Tohiriy hukmdorlar amalda dehqonlarni emas, balki ko’proq yirik mulkdorlar, savdogarlarning manfatlarini himoya qilardilar. Shu bois Tohiriylar davrida oddiy aholi, ayniqsa dehqonlar og’ir asoratda yashash, haddan ziyod soliq- o’lponlar to’lashga majbur etilgandi. Birgina 844 yilda
306
ulardan olingan soliq miqdori 48 mln. dirxamni tashkil etgan. Bu o’sha davr sharoiti uchun mislsiz edi. Shuning uchun ham mamlakatning Seyiston va boshqa viloyatlarida dehqon g’alayonlari yuzaga kelib, kuchayib borgan. Mamlakatning sharqiy hududlarida yuzaga kelgan g’oziylar harakati va dehqonchilik vohalaridagi g’alayonlar ko’shilib, keng miqyoslar kasb etib bordi. Bu harakatilarning yetakchilariga aylangan, asli kelib chiqishlari hunarmand - miskar bo’lgan aka-uka Yoqub va Amir ibn Layslar 873 yilda Toxiriylar sulolasini ag’darib tashlashga muvaffaq bo’ldilar. Buning natijasida Yoqub ibn Lays asos solgan safforiylar (miskarlar) sulolasi hokimiyatga keldi. Biroq yangi hukmdor Yoqub shaxsiy hayotda qanchalik oddiy turmush tarziga amal qilib yashamasin, o’z kurolli kuchlarini jangovarligini kuchaytirish, askarlarini maosh bilan ta'minlashga urinmasin, bari-bir oddiy mehnatkash xalqning maishiy axvoli, intilishi, maksad- g’oyalari unga butunlay begona bo’lib kolaverdi. Shuning uchun safforiylar siyosati faqat mayda va o’rta mulqdorlariga daxl etgani holda oddiy mehnatchilarning ayanchi qismatini chetlab o’tgandi. Binobarin, bu sulola hukmronligi davrida ham xalqning og’ir soliqlar to’lashi, boshqa to’lovlar va majburiyatlar avvalgidek o’zgarmay qolaverdi. Bu xoll Amr ibn Lays (879-900) hukmronligi davri uchun ham xos bo’ldi. Buning oqibati o’laroq, mamlaqatda xalq norozilik harakati, dehqon g’alayonlari to’xtovsiz kuchayib bordi. Bu hol oxir-oqibatda safforiylar sulolasi xukmronligining ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarini qaqshatib, uni halokatga mahkum etmay qolmadi. Movarounnahrda somoniylar sulolasi xukmronligining yuzaga kelish jarayoni ham IX asr boshlariga to’g’ri keladi. Bunda ham xalifa Ma'mun o’ziga sodiq xizmat qilgan mahalliy hukmdorlardan Somonxudot avlodlariga Movarounahr hududlarini boshqarish huquqini topshiradi. Chunonchi, Asad ibn Somon o’g’illaridan Nuh Samarqandga, Ahmad Farg’onaga, Yaqub Shosh va Ustrushonaga, Ilyos Chag’aniyon va Hirotga hoqimlik qiladilar. IX asr o’rtalariga kelib Ahmad va uning o’g’li Nasr Somoniylar Movarounahrning ko’pchilik hududlarini birlashtirishga muvoffaq bo’ladilar. Nasr Somoniy (856-888) davrida Movarounahr mavqei yanada kuchayib bordi. Xurosonda Tohiriylar sulolasi ag’darilgach (853y), uning tarkibiga kirgan Buxoro yerlari Somoniylar tasarufiga olinadi. Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib etib tayinlaydi (874y) va Somoniylar hukmronligi deyarli Movarounahrning barcha hududlariga yoyiladi. Ammo, ko’p o’tmay Ismoil o’z hokimiyatini kuchaytira borgach, u o’zining vassallik mavkeini tan olmay, Nasr hoqimiyatining xazinasiga to’laydigan yillik daromad miqdorini keskin kamaytiradi. Buning natijasida aka-ukalar o’rtasida uzoq muddatli katta urish bo’lib, unda (888y) Ismoil g’olib chiqadi va hokimiyatni o’z ko’liga oladi. Akasi Nasr vafotidan so’ng (892y) Ismoil Somoniy Movarounahrning yagona hukmdoriga aylanadi. Shu tariqa, o’zbek davlatchiligi qayta tiklanadi va yuksalib boradi. Mamlakat aholisining mutlaq ko’pchiligi turkiy qavmlardan iborat bo’lib, davlat ishlarini yuritishda turkiy qo’shinlar va lashkarboshilarning mavqei yuqori bo’lgan. Ismoilning 893 yilda sharqdagi turkiy qabilalarga qarshi qilgan muvaffaqiyatli yurishi, Tarozni egalab, katta o’lja, asirlar bilan qaytishi ham Somoniylar kudrati yuksakligidan yaqqol dalolat beradi. Ismoil Somoniy davlati qudratining o’sib borishidan cho’chigan va uni zaiflashtirishni ko’zlagan Bog’dod xalifasi Xurosondagi Safforiy hukmdorlarga yordam berib, ularni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi. Bu esa 900 yilda ikkala davlat o’rtasida katta urushga sabab bo’ladi. Urush natijasi Somoniylar foydasiga hal bo’lib, buning oqibatida Xuroson yerlari ularning qo’l ostiga o’tadi. Xalifalikning esa bu yerdagi ta'siri keskin pasayadi. Ismoil katta, qudratli davlatga ega bo’lgach, u markaziy davlat boshqaruvi tizimini va shunga muvofiq keladigan mahalliy idora organlarini vujudga keltiradi. Bu tizim uning o’g’li Nasr II davrida (914-943) ham takomillashib boradi. Bunga ko’ra podshoh (amir) saroyi oliy dargoh va devonlar (vazirliklar)ga bo’linadi. Bunda eng asosiy siyosiy-ma'muriy va ho’jalik boshqaruvi vazir devoni tasarrufida bo’lgan. Boshqa devonlar esa unga bo’ysungan. Mamlakat hayotida muhim rol o’ynagan bu devonlar quyidagilardan iborat: Mustafiy devoni-davlat xazinachisi; devoni Amid al-mulk - davlatning muhim hujjatlari bilan, boshqa xorijiy ellar bilan, davlatlararo diplomatik munosabatlar o’rnatish ishlari bilan shug’ullangan. 307
Sohib ash-shuhrat devoni - harbiy ish, qo’shining oziq-ovqati, maoshi va hokazo sohalarni o’z tasarrufiga olgan. Sohib al-barid devoni pochta-aloqa xizmati sohasi vazifalari bilan shug’ullangan. U ayni chog’da davlat sirlari, mas'ul lavozimdagi xodimlarning ish faoliyati bilan ham mashg’ul bo’lgan. Bu devon boshlig’i faqat markaziy hokimiyatga bo’ysungan. Davlatning muhtasib denoni esa bozorlardagi savdo-sotiq, toshu tarozi o’lchovlari nazorati bilan shug’ullangan. Mushriflar devoni davlat ishlari nazorati, xazinaning daromad va xarajatlarini tekshirib borish bilan band bo’lgan. Shuningdek Davlat mulklari (erlari) devoni, qozilik (sud ishlari) devoni, Vaqf (diniy muassasalar mulklari) devoni singari devonlarning ham markaziy davlat boshqaruvidagi roli va o’rni alohida bo’lgan. Pochta-aloqa xizmatidan boshqa hamma devonlarning mahalliy bo’limlari mavjud bo’lib, ular mahalliy hokimlar, ularning idoralariga bo’ysungan. Har bir shaharda shahar boshlig’i - rais ma'muriyati mavjud bo’lgan. Davlatda islom dinining ta'siri g’oyatda katta bo’lganligidan oliy diniy mansab - Shayxul- islomning mavkei yuqori darajada e'tirof topgan. Somoniylar markaziy hokimiyat boshqaruvini qanchalik takomillashtirib bormasinlar, biroq ular mamlakatning hama hududlarida ham o’z hukmronlik ta'sirini birdek o’tkaza olmaganlar. Masalan, Xorazm, Chag’aniyon, Xuttalon viloyatlarining ichki mustaqilligi buni isbot etadi. Somoniylar davrida qishloq xo’jaligi, mahalliy ishlab chiharish, hunarmandchilik, savdo- sotiq munosabatlari, shaharlar hayoti ancha yuqsaldi. Mamlakat mustaqilligi ta'minlangan, nisbiy ichki siyosiy barqarorlik, kuchli markaziy hokimiyat tizimi mavjud bo’lgan bir sharoitda jamiyatning barcha hayotiy sohalarida sezilarli o’zgarishlar, ijtimoiy siljishlar yuz berib borgan. O’lkaning Shosh, Farg’ona va Xorazm vohalarida turli xil g’alla ekinlari yetishtirish, bog’dorchilik, sohibkorlik, polizchilik, paxta yetishtirish ancha kengayib bordi. Ko’plab suv inshootlari barpo etildi. Qishloq ahli xomashyodan turli ishlov berish yo’li bilan har xil matolar ishlab chiqara boshladi. Jumladan, Zandona qishloqida sifatli bo’z to’qish (u chetga ham chiqarilgan), Samarqand yaqinidagi Vadar qishloqida sarg’ish tusli chiroyli yumshoq, pishiq matolar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Bu yerdagi to’qilgan matodan oliy amaldorlar ham kiyim tiktirishda foydalanganlar. Shaharlarda ko’plab hunarmandchilik korxonalari, o’nlab karvonsaroylar, bozor rastalari mavjud bo’lib, doimiy ravishda ishlab turgan. Shahar bo’lish uchun mazkur joyda qamida 32 xil hunar-kasb turlari bo’lishi kerakligi o’sha davr uchun xos bo’lgan. Somoniylar davrida Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh, Isfijob, shuningdek, Farg’ona, Xorazm vohasi shaharlari savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatida g’oyatda ravnaq topgan. Buyuk Ipak yo’li bu shaharlarni xalqaro karvon savdosi bilan tutashtirib, ularda yetishtirilgan barcha noyob mato-yu mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishini ta'minlagan. Metall ishlash, nodir metallardan, chunonchi, oltin, kumush, mis va boshqa ma'danlardan qimmatlu, bezakli buyumlar, asbob-anjomlar tayyorlash shaharlarda keng rivojlangan. Uch joyda (Buxoro, Samarqand, Farg’ona) kumush pullar zarb etilgan. Shoshda charm mahsulotlari, Farg’ona va Iloqda kurol-yaroqlar yuqori darajada tayyorlangan. Shuningdek Farg’ona vodiysi, Ohangaron, Samarqand, Nurota tumanlarida kon-ruda ishlab chiqarilishi taraqqiy topdi. Ip - yigirish, to’kuvchilik va to’imachilik (gilamlar, poyondozlar v.b) hunarlari rivojlangan bo’lib, bu soha yumushlariga xotin-qizlar ham jalb qilingan. Somoniylar davrida mulk shakllari uch xil bo’lib. birinchisi - mulki sultoniy, ya'ni davlat yerlari, ikkinchisi mulklar, (xususiy mulklar) va uchinchisi - vaqf mulklaridan iborat edi. Somoniylar davrida davlat boshlig’i o’z farzandlari, yaqinlariga, amirlar, hokimlar, lashkarboshilarga ularning xizmatlari evaziga tuman, shahar, hatto viloyatlarni ham in'om qilgan. Bunday mulq - iqto, ularning egalari -iqtadorlar deb atalgan. Iqtadorlar o’ziga in'om etilgan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlar evaziga daromad olgan. Aholi iqtadorga bo’g’doy, paxta, quruq meva, gazmol yoki pul shaklida soliq to’lagan. Iqtadan foydalanish muddati davlat boshlig’iga bog’liq bo’lgan. Avvallari iqto vaqtincha berilgan, iqtador bunday mulkdan mahrum ham etilgan, ayrimlari iqtadan umrbod foydalanganlar. 308
Somoniylar davlati o’zining muayyan bosqichlarida ijtimoiy-siyosiy va boshqa sohalarda qanchalik yuksalish, muhim o’zgarish jarayonlarini boshdan kechirmasin, biroq keyinchalik asta- sekin tushkunlik, parokandalik sari yuz tutib bordi. X asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xususan keyingi Somoniy hukmdorlar: Nuh ibn Nosir (943-954), Abdul Malik (954-962), Mansur ibn Nuh (961-971), Nuh II ibn Mansur (997-999) davrida mamlakat oliy hokimiyati ichida ham, mahalliy feodal beklar, amaldorlar o’rtasida ham o’zaro ichki nizolar, ziddiyatlar to’htovsiz kuchayib bordi. Davlatning harbiy tayanchi hisoblangan turk gulomlaridan iborat qo’shin boshliqlari oliy hukmdor saltanatiga bo’ysunmay, ayrim viloyatlarni egallashga ko’z tika boshladilar (Masalan, Alptegin, Abu Ali v.b.). Mahalliy hukmdorlarning o’zboshimchalik, boshboshdoqlik xatti-harakatilarining avj olishi ularni jilovlashga markaziy hokimiyatning ojizligi - bular davlatning yanada zaiflashuviga sabab bo’ldi. Xalq norozilik harakati shu qadar alangalanib bordiki, hatto amir Abdumalik vafoti bahonasi bilan boshlangan qo’zg’alon amir saroyini bosib olib, uni yakson qilish bilan tugallandi. Bunday jiddiy nizolar, ziddiyatli jarayonlar pirovard oqibatda Somoniylar davlati tanazzulini tezlashtirishga olib keldi. Buning natijasida sharqdan kelgan Qorahoniylar sulolasi Somoniylar hukmronligini barxam topdirib, uning hududlarini o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling