Alkadiyenlarning olinishi, fizik va kimyoviy xossalari. Ishlatilishi va muhim birikmalari.
Reja:
1. Sinflanishi, nomenklaturasi va izomeriyasi
2. Olinish usullari
3. Fizikaviy xossalari va tuzilishi
4. Kimyoviy xossalari
ALKADIYENLAR
Molekulasida ikkita qo‘sh bog‘ tutgan to‘yinmagan uglevodorodlar alkadiyenlar (diyen uglevodorodlar) debataladi. Ulaming umumiy formulasi CnH2n-2 bilan ifodalanadi. Diyenlar alkinlarga izomer hisoblanadi.
Sinflanishi, nomenklaturasi va izomeriyasi
Alkadiyenlar ikkita qo‘shbog‘ning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab uch turga bo‘linadi:
1. Kumulyativ qo‘shbog‘li diyenlar (allenlaryoki 1,2-alkadiyenlar).
Bularga allen va uning gomologlari CH2=C=CH2 kiradi.
2. Konyugirlangan (oralatma) qo‘shbog‘li diyen uglevodorodlar yoki
1.3- alkadiyenlar . Bularda ikkita qo^hbnog^p M^aoddjiy bog‘ bilan ajratilgan bo‘ladi.
3.Izolyatsiyalangan yoki ajratilgan qo‘shbog‘li diyen uglevodorodlar yoki
1.4- , 1,5-, 1,6- va hokazo alkadiyenlar. Bularda ikkita qo‘shbog‘ bir-biridan ikki
( ^C=C—ch2—ch2—C=C^ j va undan ortiq oddiy bog‘lar bilan ajratilgan.^ I I '
Ba’zi diyen uglevodorodlarning trivial nomlari hozir ham qo‘llaniladi:
CH3
I
ch2=c=ch2 ch2=c—ch=ch2
allen izopren
Sistematik nomenklaturaga ko‘ra diyen uglevodorodlar alkadiyenlar deyiladi. Ularning nomlari tegishli alkanlar nomida gi oxirgi harfni -diyen qo‘shimchasiga almashtirish bilan hosil qilinadi:
CH2=CH—CH=CH2 CH3—CH=CH—CH2—CH=CH2
1,3 -butadiyen 1,4-geksadiyen
Alkadiyenlarda uglerod skeletining izomeriyasi, qo‘sh bog‘larning holat izomeriyasi, aylanma izomeriya va geometrik izomeriya uchraydi.
1,3-butadiyen ikkita tekis (S-sisva S-trans) aylanma izomer shaklida bo‘ladi va ular oddiy C-C bog‘ atrofida aylanish natijasida bir-biriga o‘tib turadi.Xona haroratida 1,3-butadiyenning taxminan 99 foizi barqaror S-trans-, 1 foizi esa S-sis shaklida bo‘ladi.
CH2=C—H CH2=C—H
I « * |
CH2=C—H H—C=CH
S-sis- S-trans-
Diyen uglevodorodlardan 1,3-butadiyen va izopren katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki ularning polimerlanish mahsulotlari (tabiiy va sintetik kauchuklar) xalq xo‘jaligida keng ishlatiladi.
Shuning uchun 1,3-butadiyen va izoprenning olinish usullari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |