Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma’lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va tasnifi. Tibbiyotda ishlatilishi


Download 373.98 Kb.
bet2/5
Sana13.01.2023
Hajmi373.98 Kb.
#1091263
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Alkaloidlarning kimyosi Alkaloidlarning strukturasini aniqlash juda qiyin va murakkab vazifa xisoblanadi. Bu vazifani xal qilishda organik kimyoning barcha analitik va sintetik usullaridan foydalaniladi. Bunda bir necha umumiy usullar bor. Xalqa ochilishi reaksiyasi. Bunga asosan Gofman reaksiyasi qilinadi. Gofman to‘rtlamchi qizdirilganda suv, uchlamchi amin va tuyinmagan uglevodorod xosil qilib parchalanishini topdi. (C2H5)4 - N-OH  (C2H5)3 - N  CH2 q CH2  H2O Alkaloidlarni o‘rganishda ular ko‘pincha metil gruppa tutuvchi uchlamchi asos bo‘lganligi uchun dissotsiyalash reaksiyasi muximdir. Bu reaksiya xar xil usulda olib borilishi mumkin. SHundan asosiylari quyidagilar. 1. Bromsian ta’siri. Ba’zi xolatlarda VrSN ta’sirida uchlamchi asosda xalqa emas, metil gruppa bilan azot o‘rtasidagi bo\ uziladi. 2. Yodgidratni quruq xaydash 3. Asosga gipoxloridlar ta’siri. Avval xloramin, keyin ikkilamchi amin bo‘ladi. 4. Asosning permanganat bilan oksidlanishi

Alkaloidlarning tibbiyotda ishlatishi Alkaloidlar tibbiyotda ishlatiladigan dorivor moddalar ichida eng qimmatli xisoblanadi. Ular ko‘pincha spetsifik (ma’lum kasallikka nisbatan) va boshqa dorilar bilan almashtirilib bo‘lmaydigan ta’sirga ega bo‘lganligi uchun turli kasalliklarni davolashda keng miqyosda ishlatiladi. Dorixona va zavodlarda alkaloidli maxsulotlardan xar xil dori turlari (damlama, qaynatma, nastoyka, ekstarktlar, yangi galen preparatlari) tayyorlanadi xamda sof xoldagi alkaloidlar va ularning tuzlari ajratib olinadi. Masalan: YAssi bargli senetsio - Senecio platyphylloides Som. et Lev – o‘simligi; ildizpoyada -2,2-4%, er ustki qismida, poyada - 0,2-1,2%, bargida - 0,39-3,5%, uru\ida - 5% gacha alkaloidlar saqlaydi.

Fizik-kimyoviy xossalari Ko‘pchilik alkaloidlar rangsiz, optik faol (qutblangan nur tekisligini o\diruvchi), xidsiz, achchiq mazali, uchmaydigan, qattiq, kristall yoki amorf modda. SHu bilan birga rangli (barberin to‘q sariq rangga bo‘yalgan), suyuq, xidli va uchuvchan (anabazin, nikotin, koniin va boshqalar) alkaloidlar xam bo‘ladi. Alkaloidlar molekulasida uglerod, vodorod va azot atomlari bo‘lishi kerak, kislorod bo‘lishi shart emas. Odatda molekulasida kislorodsiz alkaloidlar ko‘pincha suyuq, xidli va uchuvchan, kislorodlilari esa xidsiz, uchmaydigan, kristall modda bo‘ladi. O‘simliklar tarkibida alkaloidlar 3 xil ko‘rinishda uchraydi: 1. Sof (asos) xolida 2. Kislotalar bilan birikkan birikmalar - tuzlar holida. 3. Azot atomi bo‘yicha oksidlangan N-oksid shaklida.


Download 373.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling