Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma’lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va tasnifi. Tibbiyotda ishlatilishi
Alkaloidlarning xromatografik taxlili
Download 373.98 Kb.
|
Презентация Microsoft PowerPoint
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari
1Alkaloidlarning xromatografik taxlili Alkaloid saqlovchi o‘simliklarning va alkaloidlarni analiz qilishda xromatografik usullarning xamma turlari (adsorbsion, ion almashish, taqsimlanish, bo‘linish va boshqalar) keng miqyosda qo‘llaniladi. Bu usullardan alkaloidni ajratmada qancha va qanday birikmalar borligi, alkaloidlar yi\indisidan ayrimlarini ajratib olishda xamda ularning miqdorini aniqlashda foydalaniladi. Xromatografik analiz qilish uchun avval maxsulotdan tegishli ajratma tayyorlanadi. Buning uchun maydalangan maxsulotdan 1 g olib, 100 ml xajmli kolbaga solinadi, ustiga xlorid kislotaning 1% li eritmasidan 25 ml quyib, vaqt-vaqtida chayqalib turgan xolda bir necha soat davomida qo‘yib qo‘yiladi yoki qaynab turgan suv xammomi ustida 5 min qizdiriladi, so‘ngra uni sovitib, paxta orqali 100 ml li bo‘luvchi voronkaga filtrlanadi.Alkaloidlarning yupqa qavatli xromatografik (YUKX yoki TSX) taxlili KSK markali slikagel yopishtirilgan 12 x 9 sm li oyna plastinkasi yoki «silufol» plastinkasining «start» chizi\iga kapilyar naycha yordamida o‘simlikdan tayyorlangan ajratmadan xamda «guvox» alkaloidlar eritmasidan bir-biridan 2 sm masofada 0,1 ml dan tomiziladi. Do\lar quriganidan so‘ng plastinka oldindan xloroform - atseton - dietilamin (5:4:1) suyuqliklar aralashmasi qo‘yib qo‘yilgan xromatografik kamerasiga joylashtiriladi. Xromatografiya qilish vaqti (30-40 min) o‘tgandan so‘ng plastinka kameradan olinadi, quritiladi va unga Dragendorf reaktivlari purkaladi. Natijada o‘simlikdan ajratib olingan va «guvox» alkaloidlar sariq fonda zar\aldoq do\lar xolida ko‘riladi. Do\larning Rf lari xisoblanadi. So‘ngra o‘simlik ajratmasidagi va «guvox» alkaloidlarning Rf larini solishtirib ko‘rib, o‘simlikda qanday alkaloid borligi aniqlanadi.Alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari Alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari ko‘p bo‘lib, ular alkaloidlarni cho‘ktirish, oksidlash, asos sifatida neytrallash xamda turli rangdagi birikmalar xosil qilishga asoslangan. Maxsulot tarkibidagi alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari bilan uch bosqichdan iborat: 1. Alkaloidlarni maxsulotdan erituvchilar yordamida ajratib olish. 2. Alkaloidlarni turli aralashmalardan tozalash. 3. Toza alkaloidlar miqdorini turli usullar bilan aniqlash.Download 373.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling