Alkenlaming elektron tuzilishi va geometrik izomeriya
Download 467.06 Kb.
|
8 TALIK MAVZU KIMYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli-tuman uglevodorodlar
`` ALKENLAMING ELEKTRON TUZILISHI VA GEOMETRIK IZOMERIYA. Siz kundalik hayotda yonilgʻisi benzin boʻlgan avtomobillarni koʻp koʻrsangiz ham, benzin oʻzi qanday koʻrinishda boʻlishini kamdan kam koʻrasiz! Oddiy koʻz bilan koʻrganda benzin unchalik qiziq boʻlmagan sargʻish-jigarrang suyuqlik, xolos. Shunday boʻlishiga qaramay, benzin nihoyatda turfa xil molekulalardan iborat. Ularning orasida uglevodorodlar (faqat vodorod va ugleroddan iborat molekulalar) katta qismni tashkil qiladi. Benzin tarkibidagi uglevodorodlarning baʼzilari nisbatan kichik va bor-yoʻgʻi toʻrtta ugleroddan tarkib topgan, qolganlari esa ancha kattaroq boʻlib, oʻn ikkitagacha uglerod atomlaridan iborat. Baʼzi uglevodorodlar toʻgʻri chiziq hosil qilsa, baʼzilari tarmoqli struktura hosil qiladi; ayrimlarida faqatgina bitta bogʻ boʻlsa, qolganlari qoʻshbogʻ yoki uchbogʻ, shuningdek, halqasimon strukturalar ham hosil qiladi. Benzin tarkibidagi uglevodorodlar turli xil, bir-biridan farq qiluvchi xossalarga (qaynash va suyuqlanish harorati kabi) ega boʻlsa ham, ularning barchasi yoqilganda energiya ishlab chiqaradi. Turli-tuman uglevodorodlar Benzin misolida koʻrganimizdek, uglevodorodlar turli xil shakllarda boʻladi. Ular uzunligi jihatidan farq qilishi, tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan, chiziqli yoki halqali shaklga ega (yoki ikkalasi ham) boʻlishi mumkin va uglerodlar bir-biri bilan yakka, qoʻshbogʻ va uchbogʻ kabi turli xil birikmalarni hosil qilishi mumkin. Ikkita uglevodorod bir xil molekulyar formulaga ega boʻlsa ham, ularning atomlari bir-biri bilan turli yoʻllar bilan bogʻlanib, izomerlar hosil qila oladi (va baʼzida bu ikki molekulaga bir-biridan farq qiluvchi xossalarni beradi). Ushbu strukturaviy xossalarning har biri uglevodorod molekulasining uch oʻlchamli shakliga yoki molekulyar geometriyasiga taʼsir qilishi mumkin. DNK, oqsillar va uglevodlar kabi yirik biologik molekulalarda uglerod skeletidagi strukturaviy farqlar koʻpincha molekulaning funksiyasiga taʼsir qiladi. Download 467.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling