Uglevodlar va polisaxaridlar.
Monosaxaridlar. Uglevodlar va α-naftolning o‘zaro rangli reaksiyasi (Molish reaksiyasi). Kalsiy glyukozatning olinishi. Glyukozada gidroksil gruppalar borligini isbotlash. Monosaxaridlarning tuzilishi va ularning xossalari. Monosaxaridlarga kumush oksidning ammiakdagi eritmasining ta’siri (kumush kuzgu reaksiyasi). Monosaxaridlarga ikki valentli mis tuzlarining ta’siri (Trommer reaksiyasi). Monosaxaridlarning Feling eritmasi bilan oksidlanishi. Monosaxaridlarning ishqor ta’sirida smolalanishi. Monosaxaridlarning bromli suv ta’sirida oksidlanishi. Glyukoza va benzoil xloridning o‘zaro reaksiyasi. Glyukoza ozazonining olinishi. Formaldegiddan qandlarni hosilqilish (Butlerov sintezi). Selivanov reaksiyasi. Fruktozani aniqlash (Panov reaksiyasi).
Disaxaridlar. Saxarozaga xos sifat reaksiyalari. Kalsiy saxaratning olinishi. Maltoza va laktozaning ammiak bilan reaksiyasi. Laktozaga xos sifat reaksiyasi.
Polisaxaridlar. Kraxmalga yod eritmasining ta’siri. Kraxmalning gidrolizlanishi. Sellyulozaning mis-ammiakli eritmada (Shveyser reaktivida) erishi. Sellyulozaning gidrolizlanishi. Sellyulozadan amiloid (o‘simlik pergamentini) olish. Alkalitsellyulozaning olinishi. Nitrotsellyulozalarning olinishi. Sellyuloza triatsetatining olinishi.
Geterotsiklik birikmalar.
Bir geteroatomli besh a’zoli geterotsikllar. Furanning olinishi va unga xos sifat reaksiya. Furfurolning xossalari – fuksinsulfit kislota ta’siri, kumush ammiakatning ta’siri, anilinning ta’siri. Furfurolning olinishi. Tiofenga xos sifat reaksiya. Pirrolning olinishi va unga xos sifat reaksiya. Indolga xos sifat reaksiya.
Bir geteroatomli olti a’zoli geterotsikllar. Piridinning asos xossalari, suvda eruvchanligi va sifat reaksiyalari. Piridinning oksidlovchilarga munosabati. Piridin pikratining olinishi.
Kup xalqali (kondensirlangan) geterotsikllar. Xinolinning xossalari. Xinolinning asos xossalari. Xinolinga temir (ІІІ) xloridning ta’siri. Xinolin pikratining olinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |