«Alkogolizm» tashxisini qo’yish uchun bemorda quyidagi belgilar mavjudligi tekshiriladi
Download 20.88 Kb.
|
Alkogolizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alkogolizmni davolash uchun narkolog-shifokorga murojaat etish kerak.
- Detoksikatsiya»
Alkogolizmni davolash
Ichkilikbozlikni davolash u paydo bo’lishining barcha sabablariga yo’naltirilgan bo’lishi kerak: biologik (dezintoksikatsiya, farmakoterapiya), psixologik (psixoterapiya), ijtimoiy (hech bo’lmasa, terapiya oiladagi munosabatlarni o’zgartirishga, bundan tashqari, alkogolizm bilan og’rigan bemorning ijtimoiy va mehnat adaptatsiyasiga qaratilgan bo’lishi kerak). Boshqacha aytganda, alkogolizmni zamonaviy shaklda davolash keng qamrovli bo’lishi va faqatgina biologik terapiyani emas, balki psixoterapiyaning turli shakllarini, shuningdek, ijtimoiy choralarni o’z ichiga olishi kerak. Alkogolizmni davolash uchun narkolog-shifokorga murojaat etish kerak. Medikamentoz davolash Spirtli ichimliklarga qaramlikni bartaraf etish va surunkali alkogolli intoksikatsiyadan kelib chiqqan kasalliklarni bartaraf etish uchun ishlatiladi. Umuman olganda, ichkilikni medikamentoz davolashda barcha usullar bemorga kiritilgan dori vositasi va spirtning mos kelmasligi tufayli organizmda bemorning o’limiga olib kelishi mumkin bo’lgan moddalar hosil bo’ladi degan qo’rquvni uyg’otishga asoslanadi. Davolashning bu usuli aversiv terapiya deyiladi. Disulfiram preparati alkogol iste’mol qilganda og’ir holsizlik chaqiradi va karbimid kaltsiy bilan birgalikda qabul qilinganda 50 foizdan ortiq hollarda bemorning alkogol ichishni tashlashiga olib keladi. Shuningdek faqat kaltsiy karbamidni o’zini ichish ham mumkin, uning ta’siri disulfiramga o’xshash, ammo uning afzalligi gepatotoksikligi yo’qligi va uyqu chaqirmasligida. Naltrekson spirtli ichimliklarni ichish istagini kamaytirish, ichkilikdan tiyilishga yordam berish va alkogolli ichimliklarning yoqimli ta’sirini kamaytirish uchun ishlatiladi. Akamprosat alkogol ichish ta’sirida o’zgargan miya kimyosini barqaror qiladi va alkogolga qaram bo’lganlar orasida retsidivlar sonini kamaytiradi. Rossiyalik bioelementolog professor A. V. Skalniy alkogoliklarda rux preparatlari ta’siri ostida (alkogoldegidrogenaza fermenti molekulasiga 4 ta rux atomi kiradi) alkogolli zaharlanish va abstinetsiyalar tezroq o’tib ketgani, ular kuchlari tiklanishini tezroq his etishgani, kasalxonada yotganida kamroq shamollashli va yallig’lanishli kasalliklarga duchor bo’lishgani, ularda jigar normal faoliyat ko’rsatayotganini ko’rsatuvchi laborator ko’rsatikichlar tezroq normaga qaytishi, teri qoplamlarining holati tezroq me’yorga qaytishi kuzatilganini ta’kidlagan. Bemorga psixologik ta’sir ko’rsatish usullari Bemorning spirtli ichimliklarga salbiy munosabatini mushtahkamlash va kasallikning qaytalanishini oldini olishga yordam beradi. Bunday muolajalar muvaffaqqiyatli bo’lsa, bemorda yuzaga kelgan qiyinchiliklar va muammolarni alkogol «yordamisiz» hal qilish mumkinligi haqida g’oyaviy nuqtai nazar paydo bo’ladi. Xususan, kognitiv-xulqiy terapiya alkogolizmni davolash uchun samarali usuldir, psixoterapiyaning bu usuli alkogolikni o’z fikrlari, hissiyotlarini nazorat qilish va o’z navbatida alkogolli ichimliklar ichish istagi uyg’ongan vaqtda o’zini qanday tutishni o’rgatadi. Bemorni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo’yicha chora-tadbirlar Alkogolizmga chalingan bemorni shaxs sifatida qayta tiklash va uni jamiyat tarkibiga qayta integratsiya qilish uchun mo’ljallangan. «Detoksikatsiya» Bu alkogolli ichimliklar ichishni keskin to’xtatishda somatik holatni tuzatish uchun medikamentlarni vena ichiga tomchilatib yuborishni nazarda tutadi. Qoida tariqasida, medikamentlar bilan birga alkogolga o’xshash ta’sirga ega bo’lgan benzodiazepinlar kabi preparatlar ham kiritiladi, bu abstinent sindromni oldini olish uchun kerak. Faqatgina abstinent sindromning yengil yoki o’rtacha darajadagi alomatlari xavfi bo’lgan shaxslar uyda detoksikatsiyadan o’tishlari mumkin. Shundan so’ng, retsidiv xavfini kamaytirish uchun ichkilikka qaramlikni davolash dasturi amalga oshirilishi kerak. Benzodiazepinlar spirtli ichimliklarni keskin to’xtatilishida qo’llaniladi va ulardan uzoq muddatli foydalanish alkogolizmning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Benzodiazepinlarni muntazam ravishda qabul qiladigan alkogoliklar ularni qabul qilmaydiganlariga nisbatan spirtli ichimliklarni ichishdan kamroq tiyilishadi. Download 20.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling