Alla – O‘zbek bolalar folklori janri sifatida nargiza Abdurashid qizi Umurzaqova Kamola Baxromovna Nasirova
Download 461.14 Kb. Pdf ko'rish
|
alla-o-zbek-bolalar-folklori-janri-sifatida
www.scientificprogress.uz
Page 968 urgatish, maktab darsliklariga kiritish, yoshlikda alla matnlarini xalq ijodi namunasi sifatida o‘qitish zarurati bor. Alla qo‘shiqlarining bolalar folklori janri sifatida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Oxunjon Safarov ham o‘z tasnifini aytib o‘tgan. Uning fikriga ko‘ra alla ijtimoiy-estetik qimmatiga ko‘ra ikki vazifani bajaradi: birinchisi, bolalarni uxlatishdan iborat. Bunday allalab ovutish va uxlatish maqsadida kuylash jarayonida namoyon bo‘ladi. Xuddi shu asnoda ikkinchi vazifasi –tarbiyaviy estetik mohiyati namoyon bo‘ladi: bu allaning emotsianal ta’sirchanligidan kelib chiquvchi hususiyati bolib, bolani kuy og‘ushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma’nosini anglashga yo‘l ochish, shu zaylda estetik didini o‘stirish maqsadiga qaratilganidadir. Abu Ali Ibn Sino allaning ana shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday degan edi: “Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyasiga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil qilinadi” 1 . Tebratish ham bir necha usullar va beshik, belanchak kabi vositalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayonlar har-bir xalqning etnografik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Aytaylik, o‘zbek yoki tojiklarda allaning kuylanish ohangi tebratishning muvozanati va ritmiga mos bo‘lib, bunda tebratilayotgan narsa beshikmi yoki belanchakmi-hammasining alla ohangiga mutanosibligiga qat’iy rioya qilinadi. Fransuzlarda alla shaqildoq jo‘rligida kuylanishi haqida ma’lumotlar mavjud 2 . O‘zbeklarda ham beshik yoki belanchakka shaqildoq bog‘lash adati bo‘lsa-da, baribir, tebranish ritmiga mos ovoz bilangina allaga jo‘r bo‘linadi, fransuzlarda alla kuyi shaqildoq jo‘rligida hosil qilinishi bilan ajralib turadi. Abu Ali Ibn Sinoning allaga oid mulohazalari uni janr genezi (kelib chiqishi) ni belgilashda g‘oyat qimmatlidir. Allalarning Ibn Sino zamonidayoq Markaziy Osiyodagina emas, balki u kezgan O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlar orasida muhim ahamiyat kasb etganligi, o‘z an’anaviy hususiyatlariga ega mustaqil janr sifatida keng tarqalganligini turkiy xalqlar o‘rtasida “balu-balu” nomi bilan yuritilganligini “Devoni lug‘otit turk” dagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Alisher Navoiy ham Farhodning beshikdagi ahvolini shunday tasvirlaydi: Arusi charx tun-kun doya kirdor, Bo‘lib har tavri holidin xabardor. Beshik davrida chiniyu xitoyi, Bo‘lib yuz no‘sh lab doston saroyi. Ko‘zining nozi eldin eltib uyqu, 1 Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. I kitob, Toshkent, 1959, 293-b 2 Бек-де-Фукьерею Игры древних. Киевю 1890. С 43. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 461.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling