Alla – O‘zbek bolalar folklori janri sifatida nargiza Abdurashid qizi Umurzaqova Kamola Baxromovna Nasirova
Download 461.14 Kb. Pdf ko'rish
|
alla-o-zbek-bolalar-folklori-janri-sifatida
www.scientificprogress.uz
Page 969 Anga uyqu keturmakka navogo‘ 3 . Ushbu misralardan ko‘rinadiki, shoir alla aytuvchini “navogo‘” deya ta’riflayotir. Binobarin, “navogo‘” alla aytuvchi, ma’nosini ifodalaydi. Bu dalilning qimmati shundaki, Farhod tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar safida maxsus allachi yoki alla aytuvchi enaga ham bo‘lganligini tasdiqlaydi. Ana shu tasdiq, o‘z navbatida, alla ijrochiligining mahsus san’at-navogo‘ylik darajasida tadrijiy takomilga erishganligini, shu soha bilan shug‘ullanuvchilarning navogo‘ sifatida alohida e’tibor qozonganliklarini yaqqol ko‘rsatdi. Jahon madaniyati taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan ana shu uch buyuk siymo-Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy va Alisher Navoiyning bu guvohliklari allaning uzoq zamonlardan beri xalqimiz turmushiga, bolalar tarbiyasiga keng va chuqur singiganidan dalolat beradi. Allalarni onalar dunyosisiz , sezgilarisiz, tashvishlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, biroq bularning barchasi instingtiv tug‘ma sezgirlik tarzida emas, balki, ming yillar davomida yashagan onalarning necha-necha avlodlari yaratgan hayot tajribalari sifatida, ularning qanchadan-qancha yanglishuvlari, ajralishlari, kuyinishlaridan tug‘ilgan achchiq saboq sifatida yuzaga kelgan. Shu ma’noda allalar “onalarning instingtiv faoliyati natijasi bo‘lmay, balki ijtimoiy tajribalar, ijtimoiy ong mahsuli” 4 hisoblanadi. Ular ona-shoira bilan ishchi-tarbiyachining bir siymoda birlashgan vaqtida, asl, o‘lmas poeziya sifatida hamma adabiyotlarning boshlang‘ichi bo‘lib vujudga kelganlar 5 . Zotan, allalarda onalik mehru saxovati, dardu iztiroblari, orzu armonlari, sevgi-yu hijronlari, quvonchu o‘kinchlari, ayriliqu aldanishlaripog‘onama-pog‘ona silsilaviylikda o‘sib boradi. Buni rus allashunosligi onalik tuyg‘ularining uch bosqichi sifatida xarakterlab, ularni bir-biridan shunday ajratib ko‘rsatadiki 6 , bu holni o‘zbek allalarida ham ko‘rish mumkin. Birinchi bosqich. Bunday allalarda bolani o‘rab olgan muhit ifodasi bo‘rtib turadi, aniqrog‘i bola bilan bog‘liq predmetlar: beshik, belanchak va boshqalar ta’riflanadi. Ammo bu poetik ta’rif ona shaxsiy kechinmalaridan, onalik tuyg‘ularidan xoli bo‘ladi. Shunisi ham borki, bu tipdagi rus allalarida bolani uni o‘rab olgan muhit bilan tanishtiriishga alohida e’tibor beriladi. Shu maqsadda turli-tuman qushlar va hayvonlar poetik maqtovida ularning ham salbiy, ham ijobiy hususiyatlarini ko‘rsatishgan. O‘zbek allalarida esa, asosan, beshik yoki belanchakning maqtovi bilan cheklanadi. Hayvonlar, qushlar va hashoratlar poetik ta’rifidan tarkib topgan allalar yo‘q hisobi. Ammo o‘zbek allalarida hayvonlarning bolalari va qushlar nomi bilan aloqador erkalash ohangi bor: bolalar qo‘zichoqqa, toychoqqa, toyloq yoki bo‘taloqqa, 3 Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent, 1960, 277-b. 4 Мельников М.Н. Русский детский фольклор Сибири. С. 37. 1970. 5 Горький М. Адабиёт ҳақида. Тошкентб 1967. 339- б. 6 Ветухов А. Народные колыбельные песни. М., 1892, с. 131. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 461.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling