Alla – O‘zbek bolalar folklori janri sifatida nargiza Abdurashid qizi Umurzaqova Kamola Baxromovna Nasirova


Download 461.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana04.01.2023
Hajmi461.14 Kb.
#1077694
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
alla-o-zbek-bolalar-folklori-janri-sifatida

www.scientificprogress.uz
 
Page 967
Alla-bolalar folklori janri sifatida dunyo xalqlari adaboyotida fikr, mulohazalar 
yetarlicha. Bu janr o‘zbek bolalar folklori janri sifatida ham bir qancha 
tadqiqodchilarimiz tomonidan o‘rganilib, o‘ziga xos tavsiflarga ega bo‘lgan. 
Shuningdek, professor To‘ra Nafasof allalarning tuzilishi xususida so‘z yuritar ekan,
allalar xalq qo‘shiqlarinnng bir janri sifatida o‘ziga xos tuzilishga ega ekanligini 
ta’kidlaydi. Professor To‘ ra Nafasovning fikriga ko‘ra allalarning bandi miqdori 
turlicha. Eng kichigi ikkiliklardan iborat. To‘rtliklar allalarning asosini tashkil
etadi. Beshlik, oltilik, sakkizlik va undan ko‘p misrali allalar ham mavjud. Hatto
20 misralik allalar ham yozib olingan. Ko‘rinadiki, allalarning misralarida
cheklanish, deyarli, yo‘q. Allalarning miqdori allachining holati, kayfiyati,
bilag‘onligi, zukkoligi, donoligi, she’riyatga munosabati kabi qator omillarga
bog‘liqdir. To‘rtliklar shaklidagi allalar tuzilish jihatidan xalq qo‘shiqlariga o‘xshab
ketadi. O‘xshash deyish albatta shartlidir, ya’ni faqat misralarning miqdorida bir 
xillik bor. Mazmunan tubdan fardlanadi, aytuvchilari ham, yaratuvchilari ham
o‘zga-o‘zga shaxslar, aytilish makoni va zamoni ham farqli. To‘rtliklarning 1-2-
misralarida onaning falsafiy va hayotiy mulohazalari, tabiat va jamiyat haqidagi
kuzatuvlari natijasi, turli-tuman fikrlari aks etgan bo‘ladi. To‘rtlik allalarning ana
shu boshlanish qismi qo‘shiqlar misralaridagi fikrga, ohangga mos. Ammo
so‘nggi 3-4-misra bola haqidagi fikrlar: istak, orzu, umid, niyat, tilak, xohish,
kelajak rejalari va shunga o‘xshash mazmundagi misralar bilan ifodalanadi. 
Bu qismning mundarijasi qatiy, faqat farzand tasviri. Allaning
maxsuslanishi ana shunda namoyon bo‘ladi. 
Osmonlarda uchar qush, alla, 
Uchar qushning yo‘li bo‘sh, alla, 
Uxlab yotsang allangda, alla, 
Onang ko‘ngli bo‘lar xush, alla. 
Ikki misralik allalar ham anchagina. Ikkiliklar, asosan, bola 
ta’rifi mazmunida tuzilgan. Bunday misralar sonini oshirish oson, tovush tuzilishi
oson va bir xil jaranglaydigan so‘zlar tanlanadi, ularga sifatlashlar qo‘shiladi,
natijada to‘rt, besh, olti va undan ko‘p misrali allalar yaratiladi. Bu tur allalarning
boshi va oxirida «alla-yo, alla» birikmasi takrorlanadi, 
O‘zbek allalari — xonadon qo‘shig‘i. Ayol jinsiga mansub kishi uni
yoshligidan o‘rganadi, tevaragida onasi aytgan alla qulog‘ida qoladi, xotirasiga
muhrlanadi, alladagi yaxshi fikrlar, ibratlar, umumlashmalar xonadondagi katta-
kichikning shuuriga singadi. Ona alla orqali oiladagi kishilarning barchasiga
ezgulik tarqatadi. U ezgulik jilvasi ila yaxshi fikrlar mujassamlangan she’riyat
orqali oila azolarini ipsonparvarlik g‘oyalari bilan oziqlantiradi. Allaning
tarbiyaviy kuch-qudrati buyuk, u faqat chaqaloq uchun yaratilgan she’riyat emas,
u ayni vaqtda kattalarning ham she’riy merosi. Shuning uchun uni yoshlarga


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 461.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling