Allanazarova dilafruzning
II.BOB.DAVLATLAR STRATEGIK-SHERIKLAR-ITTIFOQCHILIK YO’LIDA VA O`ZBEKISTON ROSSIYANING BUGUNGI KUNDAGI ALOQALARI
Download 1.52 Mb.
|
Dilafro`z O`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Karimov va V.Putin o`zaro aloqlarni mustahkamlamoqda.
II.BOB.DAVLATLAR STRATEGIK-SHERIKLAR-ITTIFOQCHILIK YO’LIDA VA O`ZBEKISTON ROSSIYANING BUGUNGI KUNDAGI ALOQALARI.
2.1.O’ZBEKISTON VA ROSSIYA O’RTASIDAGI STRATEGIK SHERIKLIK TO’G’RISIDAGI BITIMDAN KEYINGI SAVDO-IQTISODIY HAMKORLIK ALOQALARI O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko’tarilishi ikkala mamlakat uchun ham hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli imkoniyatlarini beradi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, ushbu hamkorlik hozirgi kunda strategik sheriklik va so’ngra ittifoqchilik darajasiga ko’tarildi. Xalqaro maydonda ham hamkorlik kengaymoqda. Rossiya va O’zbekiston xalqaro tashkilotlar va integratsion jarayonlar doirasida faol munosabatlarni yo’lga qo’ymoqdalar. (BMT, MDH, ShTX, EvroEX). Ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlanishini muhim bosqichi 2004-yil 16-iyunda V.V.Putin va I.A.Karimov tomonidan Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasida «Strategik sherikchilik to’g’risida»gi imzolangan shartnoma bo’ldi. Davlatlarimizni sherikchilik munosabatlarini 2005-yil 14-noyabrda imzolangan «Ittifoqchilik munosabatlari haqidagi bitim yuqori darajaga ko’tarildi. 2-Rasm I.Karimov va V.Putin o`zaro aloqlarni mustahkamlamoqda. 2002-yil dekabr oyida «O’zbekneftgaz» va «Gazprom» 2012-yilgacha mo’ljallangan strategik hamkorlik to’g’risidagi kelishuvni imzoladilar. Ushbu hujjatga ko’ra «O’zbekneftgaz» va yopiq turdagi hissadorlik jamiyati «Zarubejneftgaz» (1998 -yil sentyabr oyida tuzilgan) Toshkentda 2004-yil 16 aprelda, Ustyurtdagi Shoxipaxta makonidagi ishlar yuzasidan shartnomani imzoladilar. Ushbu kon 1961-yilda ochilgan bo’lib, uning zaxiralari 39,9 milliard kubometrni tashkil etadi. Ushbu konga «Zarubejneftgaz» tuzilmaviy modernizatsiya uchun 15 million AQSh dollarini ajratishini ma’lum qildi. Albatta, olingan foyda teng barobar bo’linadi. 2005-yilda gaz qazib olish yiliga 500 million kubometrni tashkil etishi kerak edi. Bundan tashqari, 2004-yilning oxirida investorlar kompleksor stantsiyasini qurib bitkazishni mo’ljalladilar. Shu tariqa Rossiya kompaniyasi Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib, gaz qazib chiqarish yuzasidan bitimini tuzdi. Bu bitim «Gazprom»ga gazni olib sotishda, ishlab chiqarishga o’tishda, shu bilan-birga mintaqada foydali bo’lgan yangi bosqichdagi faoliyatni boshlashga zamin yaratdi. Shuni aytib o’tish kerakki, O’zbekiston Respublikasida ish boshlagan birinchi kompaniyalardan biri bu «Itera» edi. «LUKoyl» bilan birga u «Qandim»- Xauzoq-Shodi bloki yuzasidan muzokaralar olib bordi. Shartnomalardagi hududda yoqilg’i zahiralari 283 milliard kubometrni tashkil etar edi, lekin 2003-yilda «Itera» «Gazprom» bilan raqobatga dosh bera olmay o’z faoliyatini to’xtatdi. «LUKoyl» esa ushbu shartnoma yuzasidan muzokaralarni davom ettirdi. O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlantirishga yo’l ochish maqsadida milliy va xalqaro transport infratuzilmalarini rivojlantirish va ulardan foydalanish, sohaga tashqi sarmoya jalb etish borasidagi hamkorlikni kengaytirishga ham kelishib olindi. Shuningdek, fan-texnika, energetika va boshqa sohalarda teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik yanada rivojlantirildi. O’zaro hamkorlik ikki tomonlama asosda va xalqaro maydonda izchil ravnaq topishi uchun turli darajadagi maslahatlashuvlar yo’lga qo’yiladi. Davlat rahbarlari, parlamentlar, hukumatlar. Xavfsizlik kengashlari, tashqi siyosat, mudofaa va huquqni himoya qilish mahkamalari va boshqa vazirlik va idoralar o’rtasida muntazam muloqotlar ta’minlanadi. 3-Rasm Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling