Allanazarova dilafruzning
Download 1.52 Mb.
|
Dilafro`z O`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- TerDU__2022-2023 Topshirdi: ______________ Qabul qildi: ______________ O`ZBEKISTONNING ROSSIYA FEDERATSIYASI BILAN TASHQI IQTISODIY ALOQALARI
- II.BOB .DAVLATLAR STRATEGIK-SHERIKLAR-ITTIFOQCHILIK YO’LIDA VA O`ZBEKISTON ROSSIYANING BUGUNGI KUNDAGI ALOQALARI.
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI 4-BOSQICH G319-GURUH TALABASI ALLANAZAROVA DILAFRUZNING O`ZBEKISTON GEOGRAFIYASI FANIDAN “O`zbekistonning Rossiya federatsiyasi bilan tashqi iqtisodiy aloqalari” MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI TerDU__2022-2023 Topshirdi: ______________ Qabul qildi: ______________ O`ZBEKISTONNING ROSSIYA FEDERATSIYASI BILAN TASHQI IQTISODIY ALOQALARI REJA: KIRISH I.BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTON-ROSSIYA MANFAATLI HAMKORLIK SARI 1.1. O’zbekiston respublikasi tashqi siyosati tizimida Rossiya federatsiyasi bilan hamkorlik omillari. 1.2. O`zbekiston va Rossiyaning demokratik taraqqiyot sharoitida savdo-iqtisodiy hamkorlikning yo’lga qo’yilishi. II.BOB.DAVLATLAR STRATEGIK-SHERIKLAR-ITTIFOQCHILIK YO’LIDA VA O`ZBEKISTON ROSSIYANING BUGUNGI KUNDAGI ALOQALARI. 2.1.O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi strategik sheriklik to’g’risidagi bitimdan keyingi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari. 2.2. Davlatlararo ijtimoiy, madaniy va harbiy-texnikaviy hamkorlikning yangi tizimi. 2.3.O`zbekiston-Rossiyaning bugungi kundagi tashqi aloqalarining istiqbollari. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng o’tgan qisqa tarixiy davr mobaynida dunyoda o’zining munosib o’rnini egalladi. Hozirgi kunda biz XXI asrda oldimizda turgan muammolar yechimlari, yorqin istiqbolga erishish yo’llarida turibmiz. Bunda xalqimizning o’z taqdirini o’zi belgilash imkoniyatiga egaligi juda muhim omildir. Zero, Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Inson nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, ulg’aya boradi”1. O’zbekiston o’z tashqi siyosatini xalqaro hamjamiyatning to’laqonli sub’ekti sifatida amalga oshirish uchun real imkoniyatlarga ega bo’ldi. Yurtimiz qisqa davr ichida mustaqil davlat sifatida mustaqil tashqi siyosat olib bora olishini isbotlab kelmoqda. Bu jahon siyosatida davlatning nufuzini belgilovchi muhim mezondir. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda O’zbekiston o’z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq asosiy tamoyillarni ishlab chiqqanligi va amal qilishini ko’rsatib o’tgan edi. O’zbekiston xalqaro munosabatlar tizimiga kirib borishida o’z o’rnini egallashida, hozirgi murakkab globallashuv jarayonlari kuchayayotgan davrda o’ziga xos qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy. Lekin, bu qiyinchiliklar yengib o’tilmoqda. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakat manfaatlariga yangidan shakllanayotgan xalqaro munosabatlar tizimi va iqtisodiyoti bilan uyg’unlashib bormoqda. Iqtisodiy islohatlar xalqaro iqtisodiy jarayonlarni zamonaviy talablar asosida olib borilmoqda. Xalq manfaatlariga javob beruvchi mustahkam iqtisodiy siyosat O’zbekistonni mustaqil rivojlantirishning ajralmas shartidir1 - deb ta’kidlagan edi, I.Karimov o’z asarida iqtisodiy islohotlarni zamonaviy talablar asosida olib borish, o’z navbatida mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish bilan bir qatorda, yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqish, raqobatga kirishish muayyan yutuqlarga erishishimizga zamin yaratmoqda. Shu bilan birga, O’zbekiston o’zining tashqi siyosatini milliy-madaniy merosga asoslangan va jahon madaniy taraqqiyotining ilg’or yutuqlari bilan uyg’unlashgan holda amalga oshirmoqda. O’zbekiston jahon hamjamiyatida e’tirof etilishida ma’naviy merosimiz ham muhim o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillikni mustahkamlash, tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo’lida talay ishlar amalga oshirilmoqda. Tashqi siyosatda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar va davlatlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirish ana shunday muhim ishlardan hisoblanadi. O’zbekiston o’zining tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy faoliyatida MDH. davlatlari shu jumladan, Rossiya Federatsiyasi bilan ko’p tomonlama manfaatli hamkorlik olib bormoqda. O’zbekiston-Rossiya bular bari bir-biri bilan madaniy-ma’naviy, iqtisodiy jihatdan tarixan bog’langan «eski» qadrdonlardir. Davlatlarimiz o’rtasidagi munosabatlar rivojlanishi ancha uzoq tarixga egadir. Temuriylar, Shayboniylar davrida XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyodagi xonliklar davrida ikki o’rtada din va savdo-iqtisodiy munosabatlar yo’lga qo’yilgan edi.2 Mustaqillik davrida bu hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko’tarildi. Hozirgi kunda esa ma’lumki ittifoqchilik darajasidadir. I.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq; “Bugungi vaziyatda Rossiyadagi ahvolni puxta tahlil etib, uning dunyodagi buyuk davlatlardan biri ekani va bunga ko’p tomonlama yaqin ekanligini aslo unutmasligimiz lozim”. So`ngi yillarda prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham Rossiya bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib aloqalarni har tomonlama rivojlantirmoqda, bu kurs ishida O`zbekiston va Rossiya tashqi aloqalarining barcha sohalarini ko`rib chiqamiz. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling