Allanazarova dilafruzning
O`zbekistonning tashqi aloqalar xaritasi
Download 1.52 Mb.
|
Dilafro`z O`zbekiston
O`zbekistonning tashqi aloqalar xaritasi.
4-Rasm O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tashqi savdosi(umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida, 2017). Unda Rossiyaning ulushi. 2.2. DAVLATLARARO IJTIMOIY, MADANIY VA HARBIY-TEXNIKAVIY HAMKORLIKNING YANGI TIZIMI Davlatlarimiz o’rtasidagi munosabatlarning yillar davomida rivojlanib borishi manfaatli aloqalarni ko’p sohada chuqurlashtirishga olib keldi. Ikki o’rtada imzolangan «strategik sheriklik» to’g’risidagi va «Ittifoqchilik munosabatlari» to’g’risidagi bitimlar mintaqamiz va yurtimizda tinchlik, barqarorlikni ta’minlash uchun poydevor bo’ldi. Shu bilan birga mamlakatlarimiz o’rtasidagi madaniy, ijtimoiy, harbiy sohalarda hamkorlik yana yangi bosqichga chiqdi. 2004-yil 16- iyunda imzolangan «strategik sheriklik» to’g’risidagi bitimning 12-moddasida: -«tomonlar ijtimoiy, madaniy sohalarda tashkilotlar, uyushmalar o’rtasidagi aloqa va almashinuvlarni o’rnatish va qo’llab-quvvatlashlari ko’rsatib o’tilgan yo’nalishlarda ko’zlangan dastur va ishlarni amalga oshirish orqali gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantiradi»-deyilgan. Ushbu fikrlar albatta, tomonlararo bo’ladigan yaqinlashuvga yangi zamin tayyorladi, keyingi hamkorlik uchun asos yaratadi. 2005-yil 15-noyabrdagi bitimning 12-moddasida: -tomonlar gumanitar sohadagi hamkorlik qiluvchi fuqarolar uchun bevosita aloqalarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish uchun shartnoma huquqiy asosni yaratish shart-sharoitlarini ta’minlaydilar- deb ko’rsatib o’tilgan. Ushbu yaratilgan shartnomaviy huquq asoslari ikki o’rtada yuqoridagi sohalarda faoliyat ko’rsatadigan fuqarolar uchun muhim hisoblanadi. Hozirda Rossiyaning V.M.Lomonosov nomidagi MDU ni Toshkent shaxrida filialini ochish mo’ljallanmoqda. Yana 2006-yilda Rossiya O’zbekiston madaniyat kunlari, 2007 yilda esa O’zbekistonda Rossiya madaniyat kunlari o’tkazish mo’ljallangan. Rossiya Federatsiyasining elchisi F.Muxametshin vatandoshimiz Sovet Ittifoqi qaxramoni I. Karimovga va 5 ta «Shuhrat» ordeni kavalerlariga Rossiya Prezidenti V.Putinning shaxsiy tabrigi va sovg’alarini topshirdi. Urush va mexnat faxriylariga jami 1800 kishiga moddiy yordam ko’rsatildi. 550 dan ortiq insonga sanatoriya va sog’lomlashtirish markazlariga yo’llanmalar berildi. O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan Rus milliy madaniy markazlarning ham hissasi bor. Ular O’zbekiston millatlararo munosabatlarni rivojlantirish aloqalarni tashkil etishda o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Rus milliy madaniy markazlari mustaqillikka erishganimizdan so’ng birinchilardan bo’lib tashkil topdi. Markaz 1994-yilda nodavlat, notijorat tashkilot sifatida yuzaga keldi. U o’z tarkibiga aholining barcha qatlamlari vakillarini birlashtirdi. Ular rus madaniyatini saqlash va rivojlantirishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar. Ushbu markaz faoliyati Rossiya Federatsiyasining elchixonasi va «Roszarubejsentr» bilan bog’liqdir. Ular birgalikda ko’plab tadbirlar o’tkazdilar. Rossiya elchixonasi xomiyligida Rus milliy madaniy markazi delegatsiya «Moskva XXI asr vatandoshlariga» xalqaro konferensiyasida ishtirok etdilar. Unda Moskva ma’muriyati ko’magida xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari ijodiy xamkorlik dasturi qabul qilindi. 2004-yilda O’zbekiston miqyosida Rus milliy madaniy markazlarining 10 yillik tantanalari keng nishonlandi. Aytish kerakki 10 yil ichida markazning faoliyat doirasi ancha kengaydi. Toshkentda markaz turli konsert, ijodiy kecha va boshqa bir qator tadbirlarni muntazam o’tkazib kelmoqda. «Veteran» xor kopellasi, «Orfey» vokal studiyasi, «Ulibka» ansambli muntazam faoliyat ko’rsatmoqda. Markaz qoshida «Mangologiy dvorik» A.Axmatova muzeyi tashkil etilgan. Rus milliy madaniy markazlariga ijroiya raisi etib 2005 yilda S.N.Gerosimova tayinlandi. U bu markaz tomonidan olib borilayotgan barcha ishlarga boshchilik qildi. Markazning viloyatlardagi filiallarining faoliyati ham ancha kengaydi. RMM Rossiya elchixonasi, Rus provaslav eparxiyasi boshqaruvi bilan aloqani uzmagan holda turli tadbirlar: Maslinista, Rojdestvo, pasxa va boshqa bayram tadbirlarini o’tkazdi. Urush va mexnat faxriylaridan 781 kishiga 2005 yilda sog’liklarini tiklash uchun sanatoriylarga yo’llanma berdilar. 36 kishi Moskva shahrida davolandi. Bu ishlarga 108 million so’m ajratilgan. Markazning Andijon, Farg’ona, Samarqand, Buxoro, Termiz, Navoiy filiallarining faoliyati 10 yil ichida ancha yuqori bosqichga chiqdi. Toshkent shaxri tumanlarida ham filiallari faoliyat ko’rsatmoqda. Toshkentda Rossiya fan va madaniyat markazining ochilishi ham ijtimoiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlashda muhim omil bo’ldi. Ikki mamlakat olimlari, adiblari rassomlar o’zaro dasturlarni birgalikda amalga oshirish uchun qulay imkoniyatga ega bo’ldilar. 2005-yil avgust oyida Rossiya Federatsiyasi Fan va ta’lim vaziri A.Fursenkoning Toshkentga tashrifi, tomonlarni istiqboldagi hamkorligini rivojlantirishga o’z hissasini qo’shdi. Bo’lib o’tgan bir qator uchrashuvlar chog’ida turli masalalar muhokama qilinib, shartnomalar imzolandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan chegaralardan o`tishda “yashil yo`lak” tashkil etilgani natijasida O`zbekiston meva-sabzavotlarini Rossiyaga yetkazib berish qariyb 36 foizga oshgani, Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgani davlatlar o„rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarining yanada yaxshilanayotganidan dalolat beradi. - Birgina “Lukoyl” kompaniyasi O`zbekistonga 7 milliard dollar investitsiya kiritgani, Qandim gazini qayta ishlash majmuasi ishga tushirilgani, “Rosatom” Atom energiyasi bo`yicha davlat korporatsiyasi bilan energetika sohasida Sheriklik va ilmiytexnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo„yicha kelishuvga erishilgani bugungi kunning yaqqol isboti hisoblanadi. 2018-yil oktyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning O`zbekistonga tashrifi chog`ida Rossiya O`zbekistonning muhim savdo sherigidir deb ta`kidlab o`tdi. Hozirda Rossiya – O`zbekiston o`rtasida erkin savdo tartibi amal qilmoqda. Buning natijasida ikki davlat o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga o`sgan. Ikki davlat rahbarlari o`rtasida o`tkazilgan muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish korxonalari o`rtasidagi kooperatsiyani rivojlantirish, transport va energetika sohalarida o`zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. Mavzu doirasidagi ikki davlat o„rtasidagi strategik sheriklik masalalarining yangi bosqichga o`tganligi o`rganilganda davlat rahbarlari tashrif doirasida umumiy qiymati 25 milliard dollar bo`lgan savdoiqtisodiy va investitsiyaviy hujjatlar imzolangan. Shuningdek, ikki mamlakat hukumatlari o`rtasida 2019-2024 yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturining qabul qilinishi ham muhim ahamiyat kasb etgan. Muzokaralarda madaniy-gumanitar aloqalarni, ayniqsa, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e`tibor qaratilgan. Hozirda yirik loyihalardan biri hisoblangan Rossiyaning O`zbekiston iqtisodiyotidagi eng yirik sarmoyadori “Lukoyl” kompaniyasi iShtirokidagi navbatdagi yirik loyiha amalga oshirildi. Uning umumiy qiymati 3,4 milliard dollardan ortiq. Korxona yiliga 8,1 milliard kubometr gaz qazib chiqarish va qayta ishlash quvvatiga ega. Bundan tashqari Rossiyaning boshqa bir energetika giganti - “Gazprom” kompaniyasi ham O`zbekistonda faol iSh olib bormoqda. U o`zbek gazini sotib olish va geologiya-qidiruv ishlarida ishtirok etmoqda. Mahsulotni taqsimlashga doir kelishuvga asosan, “Shoxpaxta” gaz konini o`zlashtirish bo`yicha pilot loyihani amalga oshirish davom ettirilmoqda. Rossiyaning “Yevrosement” xoldingi tarkibidagi “Ohangaronsement” OAJ O„zbekistonda sement ishlab chiqarish quvvati bo„yicha ikkinchi o„rinda turadi. Hozirgi kunda xolding tomonidan Toshkent viloyatida “quruq usul” bilan sement ishlab chiqariladigan yangi zavodni barpo etish bo`yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Chirchiq qishloq xo„jaligi texnika zavodi AJ bazasida “Rostselmash” zavodi ishtirokida kombaynlar ishlab chiqarish bo`yicha qo„shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2018-yilning 7- sentyabr kuni ikki davlat hukumat rahbarlari Abdulla Aripov hamda Dmitriy Medvedevlar uchrashuv chog`ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Muhokama doirasida atom energetikasi, sanoat, qishloq xo`jaligi, ta`lim sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirishga alohida e`tibor qaratildi. Kelishuv natijasi o`laroq O`zbekiston hududida atom elektr stansiyasini loyihalashtirish va qurish, Shuningdek, ishga tushirish va foydalanishda hamkorlikni ko`zda tutuvchi bitim imzolandi. Shuningdek, 2018-yil oktyabr oyida Toshkentda ikki davlat Prezidentlari ishtirokida “O`zbekiston - Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi o`tkazildi. Bu Rossiya Federatsiyasi sub`ektlari va O`zbekiston Respublikasi ma`muriy-hududiy birliklari o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri muloqot uchun doimiy maydonga aylanishiga zamin yaratdi. Rossiya – O`zbekiston munosabatlarining holati va istiqbollarini baholaganda, ikki tomonlama iqtisodiy ko`rsatkichlarga e`tibor qaratish o`rinlidir. Birgina 2018-yilning yanvar - avgust oylarida O`zbekiston tashqi savdosida Rossiyaning ulushi 18,3 foizni tashkil etgan. Binobarin, bu ko„rsatgich Rossiya O„zbekistonning etakchi savdo sherigiga aylanib borayotganligidan dalolat. O`zaro tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasini inobatga olgan holda, 2018-yil yakunida ko„rsatkichlarni besh milliard dollarga etkazish vazifasi qo`yilgani buning yaqqol dalilidir. Toshkent shahrida o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o„rtasidagi hududlararo hamkorlik I Forumi davlatlar o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikning mustahkamlanishiga va rivojlanishiga zamin yaratdi. Mazkur forumda Rossiyaning 17 ta hududidan 1000 ga yaqin ishbilarmon doira vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, 2018-yilning 3-oktyabr kuni Oliy Majlisning ikkala palatasi rahbariyati bilan uchrashuv chog`ida Valentina Matvienko parlamentlararo hamkorlik munosabatlari rivoji xususida OAV vakillariga bergan intervyusida O`zbekiston va Rossiya o`zaro ishonchga asoslangan munosabatlarga ega ekanligi hamda Rossiya uchun O`zbekiston ishonchli ittifoqchi va strategik hamkor mamlakat ekanligini ta‟kidladi. Qolaversa, so`nggi uch yilda mamlakatlarimiz o`rtasida barcha sohadagi o„zaro munosabatlar jadallik bilan rivojlanayotganiga e`tibor qaratildi. Bu o`z navbatida ikki davlat o`rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar, parlamentlarimiz hukumatlarimiz, fuqarolik jamiyatlarimiz o`rtasida o`rnatilgan o`zaro muloqotlar izchillik bilan rivojlanib borayotganligini ko`rsatadi 2-Jadval
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling