Allomalardan


IMOM TERMIZIY – BUYUK MUHADDIS VA YETUK ALLOMA


Download 375.53 Kb.
bet2/3
Sana15.11.2023
Hajmi375.53 Kb.
#1774132
1   2   3
Bog'liq
imon buhoriy

IMOM TERMIZIY – BUYUK MUHADDIS VA YETUK ALLOMA




Shu yilning 14 fevral kuni Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2774-sonli Qarori e’lon qilindi. Albatta, bu quvonchli voqea har bir ilmu ma’rifat ixlosmandlari uchun chin ma’noda quvonarli hol bo‘ldi. Qolaversa, ulug‘ allomaga bo‘lgan hurmat, uning shaxsiga bo‘lgan faxrimizning yorqin ifodasidir.Mazkur Qarorning asosiy maqsad va vazifalaridan biri – Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirishdir.Chindan ham, bularning barchasi o‘sib kelayotgan kelajak avlod uchun ajdodlar merosini o‘rganish, tadqiq etish, xalqimiz hamda keng jamoatchilikka yetkazish uchun ulkan imkoniyat.Buyuk muhaddis haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalo, uning hayoti haqida ma’lumotga oz bo‘lsada ega bo‘lishimiz darkor. Allomaning to‘liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhoq Abu Iso Sullamiy Zariyr Bug‘iy Termiziy bo‘lib, u hijriy 209 (melodiy 824) yili Termiz yaqinidagi Bug‘ (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) qishlog‘ida o‘rta hol oilada tavallud topgan. Imom Termiziyning oilasi, ota-onasi haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Termiziyning ko‘zi ojizligi to‘g‘risida tarix kitoblarida turli ma’lumotlar keltirilgan. Ba’zi tarixchilar uni tug‘ma ko‘zi ojiz bo‘lgan desalar, ba’zilari olim umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganini yozadilar.Imom Termiziy yoshligidan o‘ta tirishqoq, idrokli, aql- zakovatli bo‘lganligi bois o‘z tengdoshlari ichida ajralib turgan. Ilmga o‘ta qiziqishi tufayli o‘sha davrning ko‘pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallagan. Termiz, Samarqand, Marv va Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlarida istiqomat qilgan mashhur ulamo va muhaddislar asarlarini qunt bilan o‘rgangan. Qo‘shni Balx va Hayraton shaharlaridagi ilm ahllari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilishiga munosib hissa qo‘shgan yetuk olimlardan biridir. Yoshligidan ilmu-fanga tashna Imom Termiziy 850 yildan, ya’ni yigirma olti yoshidan boshlab uzoq yurtlarga, qator xorijiy mamlakatlar va shaharlarga safarlar qiladi. Jumladan, u Hijozda — Makka va Madina, Iroq, Xurosonning qator shaharlarida ko‘plab muhaddis, faqih, va ulamolar bilan uchrashib, muloqotda bo‘lib, ulardan ta’lim oladi, qizg‘in ilmiy munozara va bahslarda ishtirok etadi.Shu bilan bir qatorda Iso Termiziy payg‘ambar alayhissalom hadislarini to‘plashga alohida e’tibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U o‘zi o‘qigan yoki biror roviydan eshitgan hadisini alohida qog‘ozlarga qayd etib borar, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlab to‘g‘riligiga to‘liq ishonch hosil qilsagina maxsus qog‘ozlarga qayd etardi. Hadislarning to‘g‘riligiga shubha bo‘lganda ularni alohida ajratib yozardi. Shu tariqa hadislar sahiyh (to‘g‘ri, ishonchli), hasan (yaxshi, ma’qul), zaif (bo‘sh, ishonchsiz), g‘ariyb (g‘alati) kabi turlarga ajratilgan.Hadis ilmini egallashda va takomillashtirishda Imom Termiziy o‘z davrining mashhur muhaddislaridan tahsil oldi. O‘ o‘sha davrning yetuk muhaddisi sifatida ko‘pgina shogirdlarga ustozlik ham qilgan. Alloma zehnining o‘tkirligi hamda quvvai-hofizasi kuchliligi xususida tarixiy manbalarda ko‘plab misol va rivoyatlar keltiriladi.Muhaddis bobokalonimiz Imom Iso Termiziy zamonidagi olimlar uning hadis ilmidagi xizmatlarini yuqori baholagan. Ulardan biri Imom Termiziyni “Hadis ilmida iqtido qilinadigan yagona olim” deb yozsa, boshqa biri esa uni “Birinchilardan bo‘lib hadislarni sahih, hasan, zaifga taqsim qilganiga guvohlik beradi”. Ayniqsa, muhaddis olimning asarlaridagi ravonlik faqat ziyoli kishilar uchun emas, balki har bir inson tushunishi mumkin bo‘lishiga sabab ekanini alohida ta’kidlash joiz. Dunyo ulamolari buyuk ilm sohibi bo‘lgan hamda yuksak e’tirofga munosib ko‘rilgan bobokalonimizning ibratli hayot yo‘llari va boy ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish biz yoshlar uchun ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, shunday yetuk muhaddislarning avlodi bo‘lish har birimizning zimmamizga ulkan mas’uliyatni yuklar ekan, jamiyatimizning har bir a’zosi, ayniqsa yoshlarimiz ularga munosib avlod, ilm-ma’rifat nurini taratguvchi mayoq bo‘lishlari ham qarz, ham farzdir. 
Termiziy Abu Iso, Imom Termiziy (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabki maʼlumotni ham shu yerda olgan. Termiziy Abu Isoning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilmagan, faqat tarixchilar uning: “Bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, so‘ng u yerdan Termizga ko‘chib kelganlar”, – degan fikrini keltirish bilan chegaralanadilar.[1] Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq
yillar IroqIsfahonXurosonMakka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmibayonfikdtarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom BuxoriyImom MuslimImom Abu DovudQutayba ibn SaydIshoq ibn MusoMaxmud ibn Gʻaylon va boshqa uning ustozlari edi.
Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda boʻlgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini eʼtirof etadi. Oʻz navbatida Imom Buxoriy oʻz shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim", degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi.
Termiziy yoʻlda, safarda boʻlganda ham, yoki bir joyda muqim turganda ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ularni tartibli ravishda alohida-alohida qayd qilib borardi. 868-yil xorij safaridan oʻz yurtiga qaytgan Termiziy ilmiy-ijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashgʻul boʻldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, islom dini va oʻz obroʻsiga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo molmatosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning gʻamini yeyish Termiziyning hayoti tarzi edi. Termiziyning shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida Makhul ibn alFadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamod ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiy va boshqalarni koʻrsatish mumkin.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]


Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. "Al-jomeʼ as-sahih" ("Ishonarli toʻplam"), "ashShamoil annabaviya" yoki "AshShamoil annabiy sallolohu alayhi va sallam" ("Paygʻambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "alIlal filhadis" ("Hadislardagi illatlar"), "Risola filxilof valjadal" ("Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola"), "atTaʼrix" ("Tarix"), "Kitob uzzuhd" ("Zohidlik kitobi"), "Kitob ulasmo valkuno" ("Ismlar va kunyalar kitobi") va boshqa Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, "Al-jomeʼ as-sahih" boʻlib, 6 ta ishonchli hadislar toʻplamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda "Jomeʼ at-Termiziy", "Sahihi Termiziy", "Sunani Termiziy" nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asarlaridan yana biri "ash-Shamoil an-nabaviya" Muhammad (alayhi sallom)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi gʻoyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. "Ash-Shamoil an nabaviya"ning 1-qismida keltirilgan hadisi shariflar paygʻambarning suvrat (tashqi qiyofasi) iga, 2-qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosiyu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga, yaʼni siyratga bagʻishlangan.Kitobning 16-asrga oid bir qoʻlyozmasi ToshkentdaOʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. "Ash-Shamoil an-nabaviya" oʻzbek tiliga oʻgirilib soʻnggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi. 1990-yil Termiziy tavalludining 1200-yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi 2016 2017-yillari qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirildi.

IX asr hadis ilmi rivojida oltin davr hisoblanadi. Bu davrda Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Dorimiy, Imom Abu Dovud, Ahmad ibn Hanbal va Abd ibn Humayd Keshiy kabi muhaddis allomalar faoliyat yuritgan. Ular boshlab bergan xayrli ishlarni Imom Termiziy ham chuqur masʼuliyat va katta ishtiyoq bilan davom ettirgan.


Hadis ilmini egallash va takomillashtirishda Imom Termiziy oʻz davrining koʻpgina mashhur muhaddislaridan tahsil oldi. Uning ustozlari qatorida Imom Buxoriy, Imom Muslim, Abu Dovud, Qutayba ibn Said, Isʼhoq ibn Muso, Mahmud ibn Gʻiylon, Said ibn Abdurrahmon, Muhammad ibn Bashshor, Ali ibn Hajar Marvaziy, Ahmad ibn Muniyʼ, Muhammad ibn Musanno, Sufyon ibn Vaqiʼ va yana bir qator taniqli muhaddislarni koʻrsatish mumkin[1].
Muhammad Habibulloh Muxtor, Imom Termiziyning ustoz-shayxlarining soni 221 ga yetganini aytadi. Bularning 9 nafaridan “Sihohi sitta” (“Olti eng ishonchli hadislar toʻplami”)ning mualliflari hadis rivoyat qilgan. Imom Termiziy 19 ustoz-shayxdan hadis rivoyat qilib, bu borada Imom Buxoriy va Imom Muslimga sherik boʻlgan. 28 ustoz-shayxdan hadis rivoyat qilib, Imom Buxoriyga, 41 nafar ustoz-shayxdan hadis rivoyat qilib, Imom Muslimga sheriklik qilgan. 42 nafar ustoz-shayxdan hadis rivoyat qilish bilan qolgan beshta eng ishonchli hadis toʻplami muallifidan ajralib turgan[2].
Imom Termiziy xorijiy mamlakatlarga safari chogʻida hadislar toʻplash bilan birga, kitob yozishga ham kirishgan. Safardan qaytgach, olimlar bilan ilmiy munozaralarda qatnashgan, xususan, mashhur muhaddis alloma Imom Buxoriy bilan birga koʻplab ilmiy bahslarga borgan va undan koʻp ilmni oʻrgangan.
IX asrda Nishopur musulmon olamidagi eng yirik ilmiy markazlardan biri boʻlib, u yerda ilm-fan, ayniqsa, hadis ilmi yuqori darajada rivojlangan. Bu shaharda koʻplab mashhur olimlar toʻplanib, oʻzaro ilmiy munozaralar va bahslar oʻtkazgan. Bular qatoridan Imom Buxoriy, Imom Muslim ibn Hajjoj, Imom Termiziy va boshqa muhaddislar ham oʻrin olgan.
863-868 (250-255) yillar oraligʻida Nishopurda Imom Buxoriy va Imom Termiziy oʻrtasida koʻpdan-koʻp ilmiy munozaralar va samimiy doʻstona uchrashuvlar boʻlib oʻgan[3]. Imom Buxoriy mashhur boʻlgan paytda, yoshi qirqdan oshgan va turli mamlakatlar olimlaridan taʼlim olgan Imom Termiziy ham yetuk olim darajasida tanilgan boʻlgan. Shu sababli ham Imom Buxoriy bilan turli masalalarda ilmiy bahslar olib borgan edi.
Imom Termiziy kuchli xotirasi bilan oʻz davrining olimlaridan ajralib turgan. Oʻtkir zehni va quvvai-hofizasi bilan ustozi Imom Buxoriydan qolishmagan. Hifzda (yodlashda) u haqida masallar keltirilgan[4]. Imom Termiziy hadis ilmida iqtido qilinadigan buyuk olimlardan biridir[5].
Imom Buxoriy ham shogirdi Abu Iso Termiziyga yuqori baho berib: “Sen mendan foydalanganingdan koʻra men sendan koʻproq foydalandim”[6], deb taʼkidlagan. Imom Termiziyga bunday yuksak baho berishi uning qanchalik darajada ilmga ega ekanini koʻrsatadi.
Imom Termiziy ustozidan faqat hadis ilmidan saboq olmagan, balki fiqhni ham oʻzlashtirgan. Bu haqda Shamsiddin Zahabiy (1274–1348) “Tazkirat huffoz” asarida: “Hadisda Buxoriydan fiqh oʻrgangan”, degan.
Imom Termiziy ustozi va safdoshi Imom Buxoriyni butun umri davomida hurmatlab, unga samimiy sadoqatda boʻlgan.
Hofiz Umar ibn Allak bunday yozadi: “(Imom) Buxoriy vafot etar ekan, oʻzidan keyin Xurosonda ilm, xotira, taqvo va zohidlik borasida Abu Isoga oʻxshagan biror kishini qoldirmadi. U (Buxoriyning vafotidan qaygʻuga botib,) shu darajada qattiq yigʻladiki, hatto koʻzlari koʻr boʻlib qolib, bir necha yil shu holida yashadi”[7].
Hadislar islomning ikkinchi asosiy manbasidir. Bu borada koʻp tadqiqotlar olib borilgan va kitoblar yozilgan. Bu kitoblar orasida ishonchli hadislar manbasi sifatida “Kutubi sitta” hadis toʻplami keltiriladi.
Barcha hadis kitoblaridagi hadislar sahihlik jihatidan bir-biridan ajralib turadi. “Sahihul Buxoriy” va “Sunani Termiziy”dagi hamma hadislar sahihlik jihatidan bir-biriga teng boʻlmaganidek, bir-biridan farq ham qiladi.
Imom Buxoriy, Imom Muslim va Imom Termiziyning asarlari barcha mavzularga oid hadislarni qamrab olgani sababli “Jomeʼ” turkumiga kirsa, Abu Dovud, Imom Nasoiy va Ibn Mojaning asarlari, asosan, fiqhiy mavzularga oid ahkom hadislarni qamrab olgani sababli “Sunan” turkumidagi kitoblar qatoriga kiradi.
“Sunani Termiziy”, “Kitabul ilal”dagi hadislarni hisobga olmaganda 3956 ta hadisni tashkil qiladi. “Sunani Termiziy” tarkibiy jihatdan boblarga boʻlingan boʻlib, boblar sarlavha tarzida boʻlingan. Bobga doir hadislar boʻlim mazmunini toʻla-toʻkis ifodalagan. Bu bobga doir masalada muallif bir qancha hadis va undan keyin roviylar nomlarini keltirgan, soʻng bu masala yuzasidan boshqa ulamo va faqihlarning fiqh masalalariga oid fikr va farqlarini tartib bilan yozgan. Rivoyat qilingan hadisning sahih, hasan yoki zaiflik darajasiga oʻz munosabatini bildirib, hadis roviylari, sanadlar va sanadni qamrab olgan illatlar xususida oʻz fikrini bildirib oʻtgan.
“Sahihul Buxoriy” asari takror hadislar bilan birga 97 kitob, 7375 hadisdan iborat. Takrorlanmagan hadislar soni 4000 ga yetadi. “Sunani Termiziy” asari, Ahmad Muhammad Shokir tahqiqiga koʻra, 46 ta boʻlim (bob) 2496 ta bob, 3956 ta hadisdan iborat.
Imom Buxoriy (vaf. 256/870) bob nomlarida birinchi navbatda oyatlarga, soʻngra marfu hadislarga joy ajratsa[8], Termiziy asosan bob nomlarida shu bobda kelgan hadislardagi mavzuni anglatgan kalit soʻzlarni ishlatishni maʼqul koʻrgan.
“Sunani Termiziy”da taqtiʼ[9] jarayoni va takrorlar kamligi uni “Jomeʼ as-Sahih”dan ajratib turadi. “Sahihul Buxoriy”da takrorlangan hadislar soni “Sunani Termiziy”dagiga qaraganda koʻproq.
“Sahihul Buxoriy” asarida faqat sahih hadislar, “Sunani Termiziy”da esa sahih hadislar bilan birga hasan va zaif hadislar ham kelgan.
Imom Buxoriy takrorlangan hadislarni turli sanadlar bilan berish prinsipini qabul qilgan. Imom Termiziy hadis matnini keltirganidan keyin turuqlar orasiga tahvil (ح) belgisini qoʻygan[10]. Bundan tashqari, agar mavzu haqida bir xil yoki shunga oʻxshash rivoyatlar boʻlsa, sahobalarning ismlarini zikr qilgan.“Sunani Termiziy”ning oxiriga “Kitabul ilal” ilova qilingan. “Sahihul Buxoriy”da bunday holat kuzatilmaydi. Lekin Imom Termiziy “Kitabul ilal”ni yozishda Imom Buxoriyning asarlaridan foydalangani haqida bunday yozadi: “Hadislar, roviylar, ularning tarixdagi illatlarini yozishda Imom Buxoriyning “Kitob at-tarix” asaridan foydalandim, yana koʻprogʻini Muhammad ibn Ismoil Buxoriy bilan qilgan ilmiy munozaralarim paytida olganman. Shuningdek, Abdulloh ibn Abdurrahmon, Abu Zurʼadan ham foydalandim-u lekin baribir koʻprogʻi Muhammad Buxoriydan, kamrogʻi esa Abdulloh bilan Abu Zurʼadandir”[11].
Imom Termiziy vafot etguniga qadar ilm talabida boʻldi. U Imom Buxoriy bilan uchrashgandan soʻng oʻzining eng buyuk asarlari – “Al-jomeʼ”, “Al-ilal al kabir” va “Ash-shamoil”ni yozdi[12].
Umar ibn Allak (vaf. hij.325): “Na Iroqda, na Xurosonda ilal, tarix va isnod sohasida Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriydan koʻra bilimdonroq biror olimni koʻrmadim», deb taʼkidlaydi[13].
“Jomeʼ as-Sahih” asarida asosiy boʻlimlar (boblar) uchun “kitab” (كتاب) atamasi ishlatilsa, “Sunani Termiziy”da asosiy boʻlimlar (boblar) uchun “kitab” (كتاب) atamasi bilan birga “abvab” (ابواب)[14] atamasi ham qoʻllangan.Imom Termiziy hadislardan keyin roviylar haqida maʼlumot bergan va hadislarning sahihlik holatini bildirgan. Bu masalada faqihlarning qarashlari, ulamo oʻrtasidagi ittifoq yoki ixtiloflarga ishora qilgan. Roviylarning holatini, agar boʻlsa illlatini ham bayon qilgan. Imom Buxoriy esa hadislardan keyin bunday tushuntirishga koʻp oʻrin bermaydi.
Hofiz Hiraviy Ansoriy (vaf. 481 h) bunday degan: “Abu Iso Termiziyning kitobi mening nazdimda Imom Buxoriy va Imom Muslimning kitoblaridan foydaliroqdir. Chunki, Imom Buxoriy va Imom Muslimning kitoblaridan yetuk maʼrifat ahlidan boʻlgan kishilargina foydalana oladi. Hadislariga sharhlar va tushunchalar berib oʻtilgan ushbu kitobdagi foydalardan esa har qanday faqih va har qanday muhaddis foydalana oladi”[15].
Imom Buxoriy va Imom Termiziyning asarlari hech qachon oʻz qimmatini yoʻqotmaydi. Ularda keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlib, odamlarni halol, adolatli, iymon-eʼtiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmat-eʼtiborli boʻlishga chorlaydi

Download 375.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling